Aprel oyida dam olish kunlari 2024 yil

04:46, 01 апрель 2024
254
0

“2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, 2024-yil aprel oyida quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼiy nazar):

  • 11-aprel – payshanba.

6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

  • 12-aprel – juma.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:

  • 13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga.

Hozirgi rejaga ko’ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo’lishi kutilmoqda. Bular:

  • 🔴 10 aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
  • 🔴 11 aprel, payshanba — barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni;
  • 🔴 12 aprel, juma — 6 kunliklarga qo’shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13 aprel, shanbadan ko’chirilgan dam olish kuni;
  • 🟢 13 aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
  • 🔴 14 aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📖 Sharh:

Ramazon oyining 30-kuni 9 aprel, seshanba kuniga to’g’ri kelmoqda. Demak, agar yangi oy ko’rinishi o’zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to’g’ri kelishi mumkin.

Demak, 13 aprel, shanba kuni barcha xodimlarga, 6 kunliklarga ham, 5 kunliklarga ham ish kuni bo’ladi.

Agar mabodo yangi oy ko’rinishi hozirgi taqvimdan farq qilib qolsa, unda dam olish kunlariga ham o’zgarish kiritilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
2
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
158
0