Kredit ta'minoti uchun jismoniy shaxslarning kafilligi bo‘yicha dolzarb savollar

10:09, 27 март 2024
3
0
1. Bir vaqtning o‘zida ikkita qarzdorning kreditiga kafil bo‘la olamanmi?

Sizni ikkinchi kredit uchun kafil sifatida qabul qilinishingiz bankning kredit siyosatiga hamda sizning va mijoz – asosiy qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholash natijalariga bog‘liq. Siz boshqa bir kredit bo‘yicha kafil bo‘lish uchun murojaat qilganingizdan so‘ng, bank baholash natijasiga ko‘ra murojaatingizni qanoatlantirishi yoki rad etish to‘g‘risida xulosa berishi mumkin.

2. Agar qarz oluvchi oylik kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamasa, men kafil sifatida ularni to‘lashim kerakmi?
Esda tuting! Kreditni qaytarish jadvaliga asosan bank qarzdorlikni so‘ndirish uchun kerakli summani istalgan bank kartangiz hisobvarag‘idan ruxsatingizsiz (akseptsiz) yechib olishi mumkin. Ushbu shartlar odatda kafillik shartnomasida belgilanadi. Shartnomani imzolashdan oldin uni diqqat bilan o‘rganib chiqing.

Siz kafil sifatida har qanday holatda qarz oluvchi bilan birgalikda berilgan kreditni, shu jumladan jarimalar va boshqa kredit to‘lovlarini to‘lash uchun bank oldida javobgarsiz. Agar kafillik shartnomasida solidar javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa, bank qarz oluvchiga va kafilga bir vaqtning o‘zida qarzni qaytarish uchun murojaat qilish huquqiga ega. Subsidiar javobgarlik bo‘lsa, qarz beruvchi avval qarz oluvchidan qarzni qaytarib olishga harakat qilishi kerak. Agar qarz oluvchi qarzni to‘lay olmasa yoki aloqaga chiqmasa, kafildan qarzni undirishga harakat qilinadi.

Agar to‘lashni rad qilsam nima bo‘ladi?

Agar qarz oluvchi ham, kafil ham kreditni to‘lamasa, qarz beruvchi sudga murojaat qilish huquqiga ega.

3. Qanday qilib kafillikni bekor qilishim mumkin?


  •  kredit shartnomasiga muvofiq, kreditning asosiy summasi, hisoblangan foizlar va boshqa to‘lovlar to‘liq qaytarilgandan so‘ng kafillik bekor qilinadi;
  • qarzdor kreditni to‘lay olmagan holatda, bu majburiyat kafil zimmasiga o‘tadi. Agar kafil kredit shartnomasi bo‘yicha qarzdorning majburiyatlarini bajarsa, kreditorning huquqlari kafilga o‘tadi. Natijada, kreditor qarzdorga bo‘lgan talabni tasdiqlovchi hujjatlarni kafilga topshirishi shart.
  •  Kafilning roziligisiz kredit boshqa shaxsga o‘tkazilsa, kafillik bekor qilinadi;
  • Majburiyatni bajarish muddati kelganda qarzdor yoki kafil tomonidan taklif qilingan tegishli ijroni qabul qilishdan kreditor bosh tortsa, kafillik bekor qilinadi;
  •  Kafillik shartnomada ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng bekor qilinadi. Agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, bank majburiyatni bajarish muddati tugagan kundan boshlab bir yil ichida kafilga nisbatan da'vo qo‘zg‘atmasa, kafillik bekor qilinadi.
4. Kredit ajratilgandan keyin kafillik shartnomasini bekor qilishim mumkinmi?
Eslab qoling! Kafil sifatida siz bank oldida qarz oluvchi bilan bir xil darajada javobgarsiz. Shu jumladan, foizlar, jarimalar to‘lash, qarzni undirish uchun qonuniy xarajatlarni qoplash va qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarni bajarmaslik yoki noto‘g‘ri bajarish natijasida bankning boshqa yo‘qotishlariga ham javobgar hisoblanasiz.

Majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababli kasallik, ish yoki mol-mulkni yo‘qotish, qarz olgan do‘sti bilan arazlashish kafillikni rad etish uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi. Qonun hujjatlariga muvofiq, kafillik faqat qarz oluvchi yoki kafil qarzni qaytarganda yoki kafillik muddati tugagandan so‘ng bekor qilinadi.

5. Kafilning o‘zi kredit olishi mumkinmi?

Mumkin. Lekin hamma hollarda ham emas. Ushbu qaror bankning kredit siyosatiga va kafilning kreditga layoqatliligini baholashga bog‘liq bo‘lib, bu holda qarz oluvchi sifatida baholanadi.

Agar qarz oluvchida boshqa kredit bo‘yicha kafillik mavjud bo‘lsa, bankning kredit berish to‘g‘risidagi qarori quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:


  • kafillik bo‘yicha ajratilgan kredit summasi;
  •  so‘ralgan kredit miqdori;
  •  kreditning muddati va uni qaytarishgacha bo‘lgan muddat;
  • daromad miqdori - sizning daromadingiz ikkala kredit bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak.

Shunday qilib, kafilga qanday cheklovlar qo‘yiladi va nimalarga alohida e'tibor qaratilishi kerak?

  1. Agar qarz oluvchi kreditni to‘lamasa, siz kafil sifatida kreditni to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Bu yerda gap nafaqat qarzning asosiy miqdori, balki foizlar, komissiyalar va jarimalar haqida ham ketmoqda.
  2. Kafillik shartnomasini tuzishda siz javobgarlik turiga e'tibor berishingiz kerak. Javobgarlik solidar yoki subsidiar ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Solidar javobgarlikda qarzdor to‘lovlarni amalga oshirmasa, bank kafildan qarzni to‘lashni talab qilishi mumkin. Subsidiar javobgarlikda esa kafilga da'vo qilishdan oldin bank avval qarzdor kreditni to‘lay olmasligi to‘g‘risida dalillarni to‘plashi kerak bo‘ladi.
  3. Agar siz kredit uchun kafil bo‘lishga rozi bo‘lsangiz, yaxshilab o‘ylab, mas'uliyat bilan qaror qabul qiling – oylik to‘lovlar miqdorini va ularning byudjetingizga ta'sirini baholang, chunki qarz oluvchi tomonidan kredit majburiyatlari qaytarilmagan taqdirda siz qarzni to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

Manba: Finlit.uz

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil DIQQAT #RASMAN RAMAZON HAYITI NAMOZINING O’QILISh VAQTLARI BILAN...
09.04.24
5
0
Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish
Xalq banki «XAZNA» ilovasi Oyiga 5mln so’mgacha 0 % komissiya bilan uzcard dan humo ga va aksincha o’tkazish mumkin....
01.04.24
3
0