Naqd va naqdsiz pullar

12:36, 26 март 2024
7
0

Qaysi biri qulay: naqd pul yoki naqdsiz shakldagi pul?

  • Naqd pul - aholi tomonidan ishlatiladigan va jismoniy ekvivalentda ifodalangan davlatning valyutasidir.
  • Naqdsiz shakldagi pul - bu moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarining bank hisob-varaqlarida va jismoniy shaxslarning bank kartalarida saqlanadigan mablag'dir.

Naqd pulsiz to'lovlar nima?

Naqd pulsiz to‘lovlar – bank kartalar, to'lov talabnomalari, hozirda esa, mobil hamyonlar va elektron pullardan foydalangan holda naqd pulsiz ko'rinishda amalga oshiriladigan to'lovlardir.

 

Qaysi biri qulayroq naqd pul yoki bank kartasi?

Naqd pul shaklidagi to'lovlarni amalga oshirish juda oson – cho'ntagingizda yetarli mablag'lar hamda kerakli valyuta bo'lsa bas. Uning eng katta afzalligi – xoxlagan joyingizda to'lovni komission to'lovlarsiz amalga oshirish imkoniyati.

Uning salbiy tarafi shundan iboratki, naqd pulingiz o'g'irlanishi yoki yo'qolishi ehtimoli kattadir, bu bilan Siz hamyonizdagi barcha pulingizdan ajralib qolishingiz mumkin.

Undan tashqari, naqd pul gigiyena talablariga ham javob bermaydi.

Naqd pulda to'lashning afzalliklari:

  • naqd pul hech qanday texnik qurilmalar, mobil yoki internet aloqasini talab qilmaydi;
  • naqd pul umumiy qabul qilingan to'lov vositasi;
  • naqd pullar karta va pul o'tkazmalariga xizmat ko'rsatish bo'yicha qo'shimcha komission xarajatlarini talab qilmaydi.

Bank kartasi orqali to'lovlarni amalga oshirish afzalliklari:

  • ul va qaytimlarni hisob kitob qilishga hojat yo'q;
  • agar bank kartasi yo'qolsa, pul hisobvaraqda qoladi. Agar darhol kartani blokirovka qilsangiz, keyin uni qayta tiklab, mablag'laringizni ishlatishni davom ettirishingiz mumkin;
  • barcha amaliyotlaringizni nazorat qilishingiz mumkin;
  • kommunal to'lovlarni masofaviy shaklda to'lashingiz mumkin (mobil ilovalar yordamida);
  • onlayn xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin;
  • mablag'larni kartadan kartaga o'tkazishingiz mumkin;
  • kreditlarni mobil ilova orqali masofadan so'ndirish;
  • cash back (xarid uchun pulning bir qismini bonus sifatida qaytarilishi) olish;
  • valyutani joyida konvertatsiya qilish imkoniyati;
  • mobil ilova orqali kontaktsiz to'lovlar.

Bank kartasi orqali to'lashning kamchiligi - qo'shimcha xarajatlarning mavjudligidir. Masalan, pul mablag'laringizni naqdlashtirish yoki bir kartadan boshqa kartaga mablag'larni o'tkazish uchun vositachilik haqi undirilishi mumkin. Shuningdek, karta yo'qolgan bo'lsa, uni qayta tiklash uchun haq to'laysiz.

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0