Saxiylik va Baxillik haqida maqollar to‘plami

11:04, 19 март 2024
5
0

Baxillik, xasislik hamda saxiylik haqida eng sara maqollar to‘plami. «So‘ralmasidan bergan haqiqiy saxiy odam, qasos olishga qodir bo‘laturib, avf etgan haqiqiy mard odam» (Husayn ibn Ali).

Baxilning bog‘i ko‘karmas,
Ko‘karsa ham meva bermas.

Qimmati oz — himmati oz.

Bermaganni berib uyaltir.

Sukutda hikmat ko‘p,
Bulutda — himmat.

Baxildan tosh so‘raguncha,
Gadoydan osh so‘ra.

Yaxshining ko‘ngh — tog‘,
Baxilning ko‘ngli — dog‘.

Ashling xatosi yo‘q,
Nokasning — atosi.

Tegirmonda tug‘ilgan sichqonning fe’li keng.

Suv ichirmasga sut ichir.

Ol, desang, suyunar,
Ber, desang, kuyunar.

Xasis hayosiz bo‘lar,
Eri giyo(h)siz bo‘lar.

Baxil, bo‘lmaydi ahil.

Qora suv chanqoq qondirmas,
Baxil kishi qo‘noq qo‘ndirmas.

Baxilni hurmati bo‘lmas

Qo‘lingdan bermasang, yo‘lingdan ber,
Yo‘lingdan bermasang, so‘zingdan ber.

Shabnamga quduq to‘lmas,
Dunyoga baxil to‘ymas.

Baxilning mushugi bor,
Sichqon kirmas uyiga.

Qizg‘anganing qizil itga yem bo‘lar.

Xayrli qo‘l qayrilmas.

Pishiq bo‘lib netarsan,
Sodda yetar boshingga.

Baxil bo‘lma, saxiy bo‘l,
O‘smog‘ingga to‘g‘ri yo‘l.

Kiygan to‘ning eskirar,
Kiydirganing eskirmas.

Etimchadan boy chiqsa,
Ayron bermas icharga.

Maqtasang, saxiyni maqta,
Toptasang, baxilni topta.

Yashirib yeganning qorni to‘ymas.
O‘zi yemas, itga bermas.

Xashak o‘ti xonani kuydirar,
Hasad o‘ti tanani kuydirar.

Olarda — olmon, berarda — bezgak.

Saxiy bilan baxilni eshagining to‘qimi bildirar

Ming qo‘y beradigan yigitning
Peshanasida bir qo‘yning izi bo‘ladi.

Bor bo‘lsa, ko‘rolmaydi,
Yo‘q bo‘lsa, berolmaydi.

Olarda — kirar jonim,
Berarda — chiqar jonim.

Tug‘mas xotinga igna ham davlat.

Haris bo‘lgan haqir bo‘lar.

Tantiga tanbeh yo‘q.

Baxildan omonat ajab,
Karimdan xiyonat ajab.

Baxilniki doim «yo‘q»,
Saxiy yo‘q bo‘lsa ham to‘q.

Baxil bilganin buklar,
Topganin taxlar.

Olarda hisobi — to‘qqiz,
Berarda sanog‘i — o‘ttiz.

Berdining berdi oti bor,
Oldining oldi oti bor.

Zang temirni kemirar,
Hasad — odamni.

Keng bo‘lsang, kam bo‘lmaysan.

Qaynananiki — o‘rtada,
Kelinniki — xaltada.

Saxiy xor bo‘lmas, baxil behishtga kirmas

Saxiy topsa, o‘rtada,
Baxil topsa, xaltada.

Chumsoxga cho‘mich tegsa, cho‘michda qoqar.

Hasad qilma, havas qil.

Yaxshi topsa, elga yoyar,
Yomon topsa, go‘rga yoyar.

Baxil ehsondan qochar,
Xasis mehmondan qochar.

Himmat — erdan, arvoh — go‘rdan.

Qo‘chqor bo‘lar qo‘zining
Peshonasi do‘ng bo‘lar.

Do‘nonning toyligi bo‘lmas,
Nokasning — boyligi.

Bo‘lib yegan bo‘rtib chiqar,
Butun yegan turtib chiqar.

Tikadigan beka bo‘lsin,
Kiyadigan cho‘ri bo‘lsin.

Bir kunga ho‘kiz o‘lmas,
Ikki kunga egasi bermas.

Hasad o‘tini daryo o‘chirolmas.

Berarmanga beshov ko‘p,
Olarmanga oltov oz.

Baxil boyga borguncha,
Karamli toqqa bor.

Saxiyning xayriga baxilning boshi og‘rir

Xayr ham — xayr,
Dalolat ham — xayr.

Qo‘lim ochiq — yuzim ochiq.

Qallobning bolidan
Saxiyning zahri yaxshi.

Oshxonang keng — go‘rxonang keng.
Oqqan ariqdan suv oqar.

Himmatli himmatidan topar.

O‘rdak bergan g‘oz olar.

Olishda: Hoy-hoy,
Berishda: Voy-voy.

Ko‘ngli ochiqning — yo‘li ochiq.

Suvsiz yerda tol bo‘lmas,
Qovoqarida bol bo‘lmas.

Kambag‘alning to‘yi to‘kin bo‘lar,
Boyning to‘yi yupun bo‘lar.

Boy topsa, bosib yer,
Botir topsa, barcha yer.

Baxilning yerida sunbul ko‘karmas.

Ol-olchining do‘sti ko‘p,
Ber-berchining do‘sti yo‘q.

Gul — dasta-dasta,
Gul bermagan nokasta.

Baxilning bag‘ri qattiq

Boy bo‘lsang, sholg‘om ye,
Kambag‘al bo‘lsang — palov.

So‘rab berguncha, urib ber.

Erdan sado chiqsa chiqar,
Baxildan sado chiqmas.

Berganing bir yumurta,
O‘ldirding turta-turta.

Emas yerga o‘t bitar,
Ichmas yerga suv bitar.

Ol, desang — hiring-hiring,
Ber, desang — diring-diring.

Xasisdan don tilaguncha,
Gadoydan non tila.

Har kim himmatiga yarasha topar.

Baxilning tuynugidan yel kirmas,
Eshigidan — el.

Baxilning shami oqsa,
Ko‘zining yoshi oqar.

Xasisdan tuxum olsang, sarig‘i chiqmas.

Hasad ko‘chatini ekkan,
Balo mevasini yer.

Baxilning tuzi tatimas

Qizg‘anchiq buzoq emgan uloqni ko‘rolmas.

Baxilning qo‘li siqiq,
Qo‘lidan ham dili siqiq.

Meniki bitsin, seniki yitsin.

Qo‘y bergan kishi ipidan qochmas,
Qiz bergan kishi — sepidan.

Bermas kelin keliga suv quyar.

Tangrining molini shayton qizg‘anar.

Bor bo‘lib yemaganning ur tishiga,
Yo‘q bo‘lib yeyman, deganning ur ichiga.

Cho‘loqning sayri yo‘q,
Xasisning — xayri.

Tikuvchidan boy chiqsa,
Qaychi bermas bicharga.

Xasisning pulidan yulduz yaqin.

Saxiyning ishiga baxilning tishi qamashar

Xasis to‘y qilsa, bakovul bo‘lma.

Ko‘ngling keng bo‘lsa, hujra ham saroy.

Berag‘on qo‘lim — olag‘on.

Baxil borini qiymas,
Yo‘q uni topohnas.

Saxiyning o‘ng qo‘li berar,
Chap qo‘h bilmas.

Sog‘ay desang, suti yo‘q,
Qirqay desang, juni yo‘q.

Himmatli ko‘kka ko‘tarilar,
Himmatsiz yeiga ko‘milar.

O‘ziga baxillik qilgan,
O‘zgaga saxiylik qilmas.

Baxilning qo‘lida oy bo‘lsa,
Olamni yoritmas.

Olishda: Bismillo,
Berishda: Astag‘furillo.

Saxiy bilan baxil bir buloqdan suv ichmas

Ema, ichma, bo‘l baxil,
Boy bo‘lmasang, men kafil.

Eshak bo‘lsin, xayrli bo‘lsin.

Bermasning oshi pishmas,
Pishsa ham qozondan tushmas.

Berardan ham bir so‘ra,
Bermasdan ham bir so‘ra.

Xayr qilsang, butun qil.

Besh panjangni og‘zingga tiqma.

Boyning molini baxil qizg‘anar.

Uying tor bo‘lsa ham,
Ko‘ngling keng bo‘lsin.

Berganga — qo‘sha-qo‘sha,
Bermaganga — o‘sha-o‘sha.

Baxildan bosh bo‘lmas,
Ahilga sirdosh bo‘lmas.

Saxiy bo‘lmasa, baxil harom o‘lar

Baxil avliyo bo‘lmas,
Avliyo baxil bo‘lmas.

Cherchidan podsho bo‘lsa,
In’omi igna bo‘lar.

Tog‘ belgisi tosh bilan,
Boy belgisi osh bilan.

Baxilning ko‘zasidagi suvdan na foyda.

Berganga bir ham ko‘p,
Olganga o‘n ham oz.

Qarnog‘i yo‘q uyida,
Odami yo‘q to‘yida.

Asl qushning bolasi
Oldiga qo‘ymay osh yemas.

Ko‘ngli ochiqning — qo‘li ochiq,
Qo‘li ochiqning — yo‘li.

Og‘a bo‘lar yigitning
Peshonasi keng bo‘lar.

Qamish suvga to‘ymas,
Xasis — pulga.

Patirdan qil chiqmas,
Baxildan pul chiqmas.

Baxil to‘ymas, baxilligini qo‘ymas

Boy bo‘lsang, alak kiy,
Kambag‘al bo‘lsang — ipak.

Olimsog‘ing bo‘lsa-bo‘lsin,
Berimsog‘ing bo‘lmasin.

Ahmoqda aql bo‘lmas,
Aqlli baxil bo‘lmas.

Himmati yo‘qning hurmati yo‘q.

Taqlidchiga tole yor,
Hasadchiga — halokat.

Haris qarisa ham, harisligi qarimas.

Baxil topsa, bosib yer,
Saxiy topsa, barcha yer.

Birovga bersam — essiz oshim,
Uyda tursa — sasir oshim.

Emas yerda yumush ko‘p.

Qush — qanoti bilan,
Er — himmati bilan.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
151
0