Go‘zallik va Xunuklik haqida maqollar to‘plami

08:02, 19 март 2024
7
0

Go‘zallik, chiroy hamda xunuklik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir» (Jaloliddin Rumiy).

Husn — yarim davlat, yarim ofat.

Chiroylilik murod emas, xunuklik uyat emas.

Sumbul taqimda,
Yigit ko‘zi unda.

Qari bo‘lsa ham qiz yaxshi,
Achigan bo‘lsa ham — qimiz.

Kiyiming janda bo‘lsa ham, ganda bo‘lmasin.

O‘yin soz bilan,
Qiz — noz bilan.

O‘ziga boqmagan o‘zgaga yoqmas.

Odamga — libos, eshakka — to‘qim.

Tog‘ning ko‘rki — lola bilan,
Uyning ko‘rki — bola bilan.

Olmoqning ko‘rki — bermoq.

Har gulning hidi boshqa.

Oq ko‘ngillikning yuzi ko‘rkam.

Pes ham o‘z yo‘liga,
Husn ham o‘z yo‘liga.

Qozi rishvasiz bo‘lmas,
Qiz ishvasiz bo‘lmas.

Chiroyli qizning nozi bor

Kishining chiroyi yuzida.
Kulgi chehra yoritar.

Qiz husni — yuragida.

Har qushning qanoti o‘ziga yarasha.

So‘qir ko‘zga surmaning keragi yo‘q.

Notavon ko‘ngilga — qo‘tir jomashov.

Quloq so‘z uchun,
Olam ko‘z uchun.

Ko‘ra-ko‘ra ko‘rkam bo‘lar,
Yura-yura chechan bo‘lar.

Kamtarlik ham husn.

Havoning taftiga boq,
Odamning aftiga boq.

Yuz — o‘tdan issiq.

Uyga palos yarashar,
Xotinga — libos.

Gulning to‘ni — qirq yamoq, ammo xushbo‘y.

Xunukdan Xudo bezor

Qori bo‘lmasa, qish xunuk,
Yori bo‘lmasa — qiz xunuk.

Etmish go‘zallikning bittasi — mehnat.

Toz — tanishdan,
Qo‘tir — qamishdan.

Qozon qayda — suv shunda,
Suluv qayda — ko‘z shunda.

Kapalak gulni deydi,
Bulbul — kuyini.

Umr o‘zar, husn to‘zar.

Ko‘zga yaqin — ko‘ngilga yaqin.

Supurgi yerning husni,
Kamtarlik — erning.

Yoshning ko‘zi — yashilda.

Suluvidan jiluvi yaxshi.

Bozorga — baqqol,
Yigitga — soqol.

Kiyikli tog‘ — suyukli tog‘.

Chiroy husn-u jamolda emas, fazl-u kamolda

Kal boshiga — shamshod taroq.

Daraxt — yer ziynati,
Kiyim — er ziynati.

Husn goh baxt keltirar,
Goh — kulfat.

Egri bo‘lsa ham yo‘l yaxshi,
Qari bo‘lsa ham qiz yaxshi.

O‘rdak o‘ziga oro bersa ham, oqqush bo‘lolmas.

Qizning qilig‘i yaxshi,
Sutning — ilig‘i.

Qizning ko‘zi — qizilda,

Turq boshqa-yu, ko‘rk boshqa.

Har narsaning yarashig‘i bor.

Didsiz o‘tirgan yerini ham changitar.

O‘yida bor-u, bo‘yida yo‘q.

Tovus tanasiga qarab yayraydi,
Oyog‘iga qarab yig‘laydi.

Inson qo‘li — gul.

Chiroy to‘yda kerak

To‘nni yaxshi ko‘rsatgan —
Engi bilan yoqasi.

Pardozni pardoz buzar.

Oyda ham dog‘ bor.

Maydon ko‘rki — yog‘ish,
Gilam ko‘rki — naqsh.

Tashiga qarama, ichiga qara.

Yaxshi husn — yarim baxt.

Pardoz qilgan chiroyli
Ammo husni bir oyli.

Bog‘ o‘zini tog‘ aylar,
Tog‘ o‘zini — bog‘.

Qiz bola — uy ziynati.

Xol — joyida aziz.

Odamga — lafz, go‘salaga — dum.

Qiz bola — gul-lola.

Go‘zal ko‘rish ko‘zga savob

Yaxshi qiz — yoqadagi qunduz,
Yaxshi yigit — ko‘kdagi yulduz.

Otni yaxshi ko‘rsatgan —
Tuyoqdagi taqasi.

Yaxshining yuzi oftobni ilitar.

Shaharda bir xotin bo‘lsa,
Zargar ochidan o‘lmas.

Sozli tordan — nozli sado.

Ipor isini yashirib bo‘lmas.

Ipor isi sandiqdan ketmas.

Gul o‘ssa — yeming ko‘rki,
Qiz o‘ssa — elning ko‘rki.

Cho‘tirning ham o‘z husni bor.

Nozsiz xotin — yolqinsiz o‘tin.

Yigit chiroyi — arg‘umog‘i,
Kelin chiroyi — chaqalog‘i.

Qiz bola erda yaxshi,
Er olmasa go‘rda yaxshi.

Har go‘zalning bir aybi bor

Har kimning didi boshqa.

Cho‘lda o‘sgan giyoh ham — cho‘lga husn.

Yirtiq to‘nga — zar yamoq.

Terak ham bog‘ ziynati.

Pardozlini uyda ko‘r,
Xotiningni to‘yda ko‘r.

Oydinda oq kiygan,
Ko‘lankada ko‘k kiyar.

Chopmasang ham ot yaxshi,
Quchmasang ham qiz yaxshi.

Gulning ham tikani bor.

Odamning yuzi quyoshni uyaltirar.

Kir ko‘ylakka — jun yoqa.

So‘z ko‘rki — maqol,
Guzar ko‘rki — baqqol,
Yigit ko‘rki — soqol.

Ko‘sa qariganini bilmas.

Qimizni kim ichmas.

Chiroylilik murod emas, xunuklik uyat emas

Bog‘ chiroyi gul bilan.

Xushxulqlik — jamol,
Kamtarlik — kamol.

Aqlli xotin — uy ko‘rki,
Chiroyli xotin — ko‘cha ko‘rki.

Eshakka — to‘qim, odamga — libos.

Qizning isi — gulning isi.

Qiz qilig‘i bilan issiq.

Oy suluvi — nur, Soy suluvi — suv.

Yaxshi qomat — yarim omad.

Qirqqacha ko‘sa yaxshi,
Qirqdan so‘ng o‘lsa yaxshi.

Qizni kim sevmas.

Suluv suluv emas,
Suygan — suluv.

Chiroyga non botirib yeb bo‘lmas

Onangni otangga bepardoz ko‘rsatma.

Yigit ko‘rki — ot-yarog‘.

Daraxtning husni — bargi bilan mevasi.

Xotinga mol berma, xol ber.

It desa, quyrug‘i yo‘q,
Sigir desa — muguzi.

Bog‘ ko‘rki — bodom,
Dunyo ko‘rki — odam.

Suqma bo‘lsa ham yo‘l yaxshi,
So‘qir bo‘lsa ham qiz yaxshi.

Qiz bor — qirg‘iz qovoqli,
Qiz bor — qarchig‘ay qanotli.

Yaxshining yuzida zuluk ham xol bo‘lib ko‘rinar.

Har bog‘ning — guli,
Har chorbog‘ning — bulbuli.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
151
0