Bahona va Natija haqida maqollar to‘plami

09:14, 19 март 2024
6
0

Bahona, sabab va natija haqida eng sara maqollar to‘plami. «Har bir inson munosib yashash uchun yetarlicha kuchga ega. Zamonning og’irligi haqidagi gaplar dangasalikni oqlash uchun bahona» (Lev Landau).

Saboq mushkul bo‘lsa,
o‘quvchini uyqu bosar.

Sholining bahonasida,
ko‘rmak suv ichar.

To‘kilgan to‘lmas, yiqilgan to‘ymas.

Qalin bergandan keyin
O‘lik kuyov ham tobutda yotmas.

Qizi borning nozi bor,
Qiyin ishning qimmati zo‘r.

Oz oshga imdov yo‘q.

Ot ag‘nasa, tuk qolar.

Osmon yig‘lamay, yer kulmas.

Hasharchining bolasi
Tilla qoshiq o‘ynaydi.

Eshakning yuki yengil bo‘lsa, yotag‘on bo‘lar.

Ajal yetmay, chivin o‘lmas.

Pul bermas ma’raka buzar.

Eshagi yo‘qning tushovi yo‘q.

Eshagidan tushovi qimmat.

Ajali yetgan sichqon
Mushukka g‘amza qilar.

Qimorboz boy berganda
Jamshidni yodlar,

Termilgan qozon qaynamas,
Qaynasa ham quyilmas.

O‘zi bir tanga,
To‘ni qirq tanga.

Karvon yo‘lda tuzalar.

Kamay — misdan, balg‘am — isdan.

Molga balomat — boshga salomat.

Muz erisa, suv bo‘lar,
Suv sovisa, muz bo‘lar.

Er qo‘yar bo‘lsa, xotin yomon,
Xotin qo‘yar bo‘lsa, er yomon.

Sholining bahonasida kurmak suv ichar

Osmon ola — yer ola.

Ishni ko‘rib ustaga baho ber,
Ustani ko‘rib — shogirdiga.

O‘yin bilmaganga joy tor.

Qaqillagan tovuq tug‘may qo‘ymas,
Guvillagan olov yonmay qo‘ymas.

Qarzdorning yolg‘oni cho‘ntagida bolalar.

O‘rinsiz haqorat soqovni burro qilar.

Kemada kim borini chiqqanda bilasan.

Nima eksang, shuni o‘rasan.

Elak so‘ragan iyagini yer.

Ichmas edim kosaning qaymog‘ini,
Zor bo‘ldim kubining ayroniga.

Tuya elakka qolganda oqsar.

Quruq supraga duo yo‘q,
Sendan menga davo yo‘q.

Changakdagi go‘sht sassiq.

Gunohiga yarasha jazosi.

Et totligini qo‘ysa,
Men o‘g‘riligimni qo‘yardim.

Bo‘ladigan ishning bo‘lgani yaxshi,
Uydagilarning tingani yaxshi.

Kelinning siri kelgan yerida bilinar.

O‘yin bilmagan xotinga
Uy torligi bahona.

Mol chiqasiga kelsa, egasi sababchi

Bermas qizning qalini ko‘p.

Odamdan — odam, hayvondan — hayvon.

Ko‘rganning till bildirar,
Kuyganning — dili.

Oyoq changi og‘izga kirar.

Osmondan nam tushmasa, giyoh unmas.

Bola yig‘lamasa, ona sut bermas.

Pishgan ovqatning umri qisqa.

Pishak go‘shtga yetmasa — «puf sassiq».

O‘zolmagan otga uzangi bahona.

Egasi yo‘q mol — oldin topganniki.

Ot tortishib ot tanir,
Er tortishib — el.

Borishda maqtanma, kelishda maqtan.

Quruq suyakni it g‘ajimas.

Yutim bo‘lmasa, bitim bo‘lmas.

Sukut — alomati rizo.

Otilmagan sopqon ham betga tegar, ham ketga.

Alas-alasga o‘t kerak.

Sotmasning moli qimmat.

Besabab oyoqqa tikan kirmas

Qichigan yerdan qo‘l ketmas.
Qulunli biya ovulga sig‘mas.

Eshagi — bir tanga,
To‘qimi — ming tanga.

Erinchoqqa ish buyursang,
Senga aql o‘rgatar.

Oxurga neni solsang, xurmachadan shuni olasan.

Bug‘doyning borar joyi — tegirmon.

Yutqazgan o‘yinga to‘ymas,
Yiqilgan — kurashga.

Boyagi-boyagi, boyxo‘janing tayog‘i.

Oldim baloni, urdim baloga,
Chiqdi balosi, qoldim baloga.

Alamzadaning tili zahar.

Olma og‘ochidan ohs tushmas.

Tug‘mas tovuqning tuxumi aziz.

Boy bo‘lganda — qochishni.

It yeganini qusar.

O‘g‘ri itning quyrug‘i qisiq.

Bir kunlikka ham ravot kerak,
Ming kunlikka ham.

Yig‘lagisi kelgan bola,
Otasining soqolini o‘ynar.

Arazlagan bolaga osh totli.

Daydiga ish, bahona

Qarzdorning cho‘ntagi teshik.

Aravani ot emas, arpa tortar.

Surnay chalishni bilmaganning ohangi ko‘p.

Qo‘y katta, qo‘zi kichik,
Echki sizga lozim emas.

Ermagi yo‘q enasinikida sigir sog‘ar.

Olov so‘nsa, soviydi,
Giyoh so‘lsa, quriydi.

It chopar, deb bit chopar.

Non qiyshiq emas, bug‘doyi qiyshiq.

El yursa, yung to‘zar.

Gul tufayli tikan suv ichar.

Eshagi — bir tanga,
Tushovi — o‘n tanga.

Nima solsang oshingga,
Shu chiqar qoshig‘ingga.

O‘roqchining yomoni o‘roq tanlar.

Tuyasidan qo‘ng‘irog‘i qimmat.

Sovuqdan qo‘rqqan qishni yoqtirmas.

Qo‘ling yetgan shoxning shaftolisi shirin.

Ot oriqlasa, tuvaloq bo‘lar.

Karnaychidan — bir puf.

Termilganing tilanganing emasmi.

Devor yiqilmay, handak to‘lmas.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
151
0