Samaradorlik va Besamarlik haqida maqollar to‘plami

07:16, 19 март 2024
2
0

Samaradorlik hamda besamarlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Yaxshi qaror — tajriba samarasi. Tajriba esa — yomon qarorlar samarasi» (Uolton Riston).

Och molim — to‘q molim,
To‘q molim — yo‘q molim.

Ter to‘kkanga yer bitar.
Ter to‘kkanga — yer to‘kar.

Ishlaganing — uyingga,
O‘rganganing — o‘zingga.

Arpaning doni bo‘lguncha,
Bug‘doyning somoni bo‘l.

Otning zo‘ri qiya oshganda bilinar.

Issiq suyak sindirmas,
Sovuq jonni tindirmas.

Ko‘p otgan bilan mergan bo‘lmas,
Ko‘p aytgan bilan chechan bo‘lmas.

Mevali daraxtga har kim ham kesak otar.

Yig‘lagan bilan o‘lik tirilmas,
Yamagan bilan chirik tikilmas.

Ot yaxshisi — yovmut,
To‘n yaxshisi — movut.

Daraxt o‘sib qush qo‘nar

Issiq ovqat — tanga rohat.

G‘ayrati bor kishining
Unumi bor ishining.

Yiroqdagi suv bilan suvsoqlik qonmas.

Muzdan oyna bo‘lmas,
Simobdan — ko‘z.

Mingta hap-hapdan,
Bitta chop-chop yaxshi.

Oltin chiqqan joyni odam bo‘yi qazi.

Kulol mo‘ndida suv ichar.

Quruq so‘z quloqqa yoqmas.

Harakat, harakatda barakat.

Tug‘mas tovuq ko‘p qaqillar.

To‘rtta shap-shapdan,
Bitta hap-hap yaxshi.

Ola ekkan oz olar,
Rosa ekkan soz olar.

Erta o‘ngmagan kech o‘ngmas,
Kech o‘ngmagan hech o‘ngmas.

Harom molning barakasi yo‘q.

O‘lmagan qui oltin kosada suv ichar.

Ot boylovda semirar,
Qo‘y — yaylovda.

Kulolning ichishga kosasi yo‘q

Ter to‘kkanga — besh yong‘oq,
To‘kmaganga — puch yong‘oq.

Ko‘p gapirgandan ko‘p ish kutma.

Harom qo‘l aralashsa,
Halol qo‘ldan qut ketar.

Qohati yelin sutli bo‘lar.

Et — etga, sho‘rva — betga.

Qutli qo‘noq kelsa, qo‘y egiz tug‘ar,
Qutsiz qo‘noq kelsa, qo‘yga qashqir chopar.

Shoyi bilan kimxob kiydim, egnimda yo‘q,
Qazi bilan qarta yedim, qornimda yo‘q.

Rahbar nopok bo‘lsa, ishda unum yo‘q.

«Nimani o‘qiding?» deb so‘rama,
«Nimani bilding?» deb so‘ra.

Mevali daraxtning shoxi xam.

Qochgan qutulmas, quvgan yetolmas.

Befoyda kundadan o‘tin yaxshi.

Erda gina bo‘lmaydi,
Erda xina bo‘lmaydi.

Mevali daraxtga hamma qaraydi.

Mevali daraxt ko‘p kaltak yeydi.

Olma sabog‘idan ortiq bo‘lmas.

Olmagan qushdan ola bo‘yin sichqon yaxshi.

Moling bo‘lsa zotli,
Ro‘zg‘oring ham totli.

Quruq tovoqqa fotiha yuqmas

Joyi bor, yo‘lagi yo‘q,
Palaxmoni bor, g‘o‘lagi yo‘q.

Ola chiqdi — balo chiqdi.

Echki bo‘lsin, taka bo‘lsin, suti bo‘lsin.

Etmish yulduz yarim oyga tatimas.

Ter to‘kib mehnat qilsang, yerdan zar unar.

Ter to‘ksang, don to‘kasan,
Don to‘ksang, non to‘kasan.
Ter to‘ksang, dur olasan.

Qaring bor — barakang bor.

Quruq qoshiq og‘iz yirtar.

Tuqqaning yaramaydi, tukkaning yaraydi.

Oriq ho‘kizda yog‘ yo‘q,
So‘yaman desang, pichoq yo‘q.

Har yumushning fash bor,
Har bir ishning asli bor.

Barakah qo‘lning so‘ygan chumchug‘i ham qo‘y bo‘ladi.

Non yemasning ishiga boq.

Haydan kelgan huvga ketar,
Yomg‘irdan kelgan suvga ketar.

Unumli mehnat — katta daromad.

Oyoqda bo‘lgandan og‘izda bo‘lgan yaxshi

Baxmal kiydim — egnimda yo‘q,
Palov yedim — og‘zimda yo‘q.

Ma’roqi sigir sut bermas.

Daraxtning soyasi tagiga tushmas.

Milk so‘rgan bilan qorin to‘ymas.

Kuygandan kul chiqar.

Yiroqdagi quyruqdan,
Yaqindagi o‘pka yaxshi.

Kulolning kulfatin ko‘r,
Tutgani sopol tovoq.

Unumsiz ishga urinma,
Ko‘pdan qolib surinma.

Ishlaganda qulday ishla,
Otlanganda bekday otlan.

Ter to‘kib sochsang urug‘,
Er seni qo‘ymas quruq.

Ming qayg‘u bir ish bitirmas.

Qo‘nishiga qarama, unishiga qara.

Ko‘rgan ko‘p bilar,
O‘qigan — oz.

Ter to‘kmagan er emas,
Qo‘l tegmagan yer emas.

Kirib chiqma, bilib chiq.

Bo‘rdoqi yeyman desang,
Qizingni qassobga ber.

O‘g‘irlik morning barakasi bo‘lmas.

Gap bilan osh pishmas

Amali yo‘q so‘fidan,
Tuxumi yo‘q tovuq yaxshi.

Ona aqli — qiz aqli,
Ota so‘zi — aql ko‘zi.

Mol yo‘qolsa, egasi sabab.

Kuydirsa ham, kun yaxshi.

Gap bilan va’da berma,
Ish bilan va’da ber.

Tegib tursa — «mo‘h-mo‘h»,
Tegmay qolsa — «ho‘k-ho‘k».

Ko‘ngil kirin aytsa ketar,
Ko‘ylak kirin yuvsa ketar.

Harom qo‘l bor joyda baraka bo‘lmas.

Hechdan ko‘ra kech yaxshi.

Osmon to‘la farishta,
Har qaysisi bir ishda.

Otamning unumi bor,
Onamning — tinimi.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
151
0