Bilmaslikning foydasi, juda ibratli voqea

20:35, 18 март 2024
2
0

Bir ishbilarmon Janubiy Amerikada tuxum sarig‘icha keladigan olmos sotib oldi. Biroq olmosning o‘rtasida teshik bor edi.

Balki birorta jo‘yaliroq maslahat berar degan umidda tadbirkor bir yaxshi zargarning oldiga bordi. Zargar olmosni ko‘rib, zavq bilan bosh silkitdi:

– Bu toshni ikkiga bo‘lish mumkin. Undan ikkita brilliant chiqadi va har biri olmosning o‘zidan ko‘ra qimmatroqqa baholanadi.

Biroq bitta muammo bor: agar zarb to‘g‘ri berilmasa, bu mo‘jaz mo‘jiza parcha-parcha bo‘lib ketadi.

Bu parchalardan yasalgan brilliantlar juda arzon ketadi, to‘g‘risini aytganda, sariq chaqaga qimmat bo‘lib qoladi. Men bunaqa tahlikali ishni bo‘ynimga ololmayman, uzr.

Ishbilarmon bu masalada o‘zi safar qilgan juda ko‘p mamlakatlardagi zargarlarga murojaat qildi. Ammo ular ham xuddi shu gapni deyarli takrorladi.

Oxiri unga Amsterdamdagi keksa va mohir zargarga uchrashni tavsiya etishdi. Ishbilarmon taʼrifi ketgan zargarning huzuriga yo‘l oldi. Usta durbin-monokli bilan olmosga yaxshilab tikilgach, boshqalar singari bu ishning tahlikali jihatlari haqida so‘zlay ketdi.

Ishbilarmon zargarning so‘zini kesib, bu gaplarni ko‘p va xo‘b eshitgani, deyarli yod bilishini aytdi. Zargar ishni olishga ko‘ndi, narxini ham belgiladi.

Tosh egasi narx-navoga rozi bo‘lgach, usta uzoqroqda o‘zlariga orqa qilib ishlab o‘tirgan shogirdini chaqirdi. Ustozidan kerakli topshiriqni olgan shogird toshni kaftiga qo‘yib, bolg‘acha bilan urdi.

Ikkiga bo‘lingan toshga eʼtibor ham bermay ustoziga qaytarib berdi. Ishbilarmon hayratini yashirolmadi:

– Zo‘r-ku, bu yigit sizda qachondan beri ishlaydi?

– Endi uchinchi kun. U bu toshning haqiqiy bahosini bilmaydi. Shu sababli qo‘rqmay, qo‘llari qaltiramay ishga kirishdi, – deb javob berdi nuroniy zargar.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0