Tahorat olib yotishning 6 fazilati haqida hadislar

10:41, 18 март 2024
3
0

1 — Tahoratli holda yotgan bandaning haqiga farishtalar duo qiladi. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim pok holida uxlasa, uning haqqiga bir farishta: «Allohim, bu bandangni mag‘firat qil. Chunki u pok holida uxladi», deydi (Imom Ibn Hibbon rivoyati).

2 — Tahoratda yotgan bandaning duosi maqbul bo‘ladi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir mo‘min banda Allohni zikr qilib, pok holida uxlasa va kechasi turib, Allohdan dunyoyu oxirat yaxshiligini so‘rasa, Alloh unga so‘ragan narsasini, albatta beradi», dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

3 — Qiyomat kunida ham tahoratli holida tiriladi. Ulamolar: «Uyquga yotishdan oldin olingan tahoratni o‘limga tayyorgarlikning dastlabki qadami» deydilar. Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: «Tahorat olib yotgan holida vafot etgan kishining ruhi tahoratli holda qayta tiriladi» (Fathul Boriy, Umdatul Qoriy).

4 — Tahoratda yotish yomon tushlar ko‘rishdan saqlaydi. Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh aytadi: «Kim tahorat olib o‘rniga yotsa, yaxshi tush ko‘radi» (Fathul Boriy).
Muhammad Zakariyo Kandehlaviy rahmatullohi alayhi bunday deydi: «Tahorat olgan holda uxlashga yotish, yomon tush ko‘rishdan saqlaydi» (Taqrir Buhoriy).

5 — Tahoratda yotish tunni ibodat bilan o‘tkazganning savobiga noil etadi. Al-Ijliy aytadi: «Kim tahorat olgan holida Alloh taoloni zikr qilib o‘rniga yotsa, to uyg‘onguniga qadar Alloh taoloning ibodatida qoim bo‘lganlar savobiga musharraf bo‘ladi». (Fathul Boriy).

6 — Tahoratda yotgan bandaning ruhi Alloh taoloning Arshi oldida sajda qiladi. Abu Dardo roziyallohu anhu aytadi: «Qachon mo‘min banda uxlasa, uning ruhi Arshga ko‘tariladi. Agar banda tahoratli holida yotgan bo‘lsa, uning ruhiga Arshda Alloh taologa sajda qilishiga ijozat beriladi» (Ibn Muborak Kitabuz-Zuhd, Fathul Boriy).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat ustiga tahorat qilsa, Alloh unga o‘nta (savob) yaxshilik yozadi», deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Hazrat Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan birortangiz tahorat olsa-yu, tahoratini yaxshilab qilsa, so‘ngra: «Ashhadu allaa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu. Va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu», deb aytsa, albatta, unga jannatning sakkiz eshigi ochiladi va u xohlaganidan kiradi», dedilar» (Imom Muslim rivoyati).


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0