O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng ko‘p qidirilgan ismlar manosi

08:53, 16 март 2024
4
0

O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng ko’p qidirilgan o’zbekcha, forscha, tojikcha, arabcha, islomiy va zamonaviy ismlar manosi to’plami.

O’gil bola uchun eng ko’p qidirilgan ismlar manosi

MUHAMMAD
Maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallamning) Allohning eng yaqin do‘sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so‘nggi payg‘ambardir.
IMRON
Tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, imonli, e’tiqodli, jasur, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan.
MUSTAFO
Tanlangan, saralab olingan, dovyurak. Bu nom Muhammad SAVning siyratlaridan biridir.
ALI
Eng yuksak, eng ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad payg‘ambarning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir.
UMAR
Mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi.
ISLOM
Aynan: O‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) olib kelgan din nomi.
IBROHIM
«Injil «dagi Avrazm ismining arabcha shakli bo‘lib, «xalqlar otasi» ma’nosini anglatadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Ibrohimning Ishoq va Ismoil degan o‘g‘illari bo‘lgan. Ishoqdan yahudiylar xalqi, Ismoildan esa arablar tarqalgan.
KAMRON
Baxtga elituvchi, baxt keltiruvchi. Odamlarni xushnud qilib, quvonch ulashuvchi.
SARDOR
Yetakchi, rahnamo, yo‘lboshchi, boshliq; urug‘ yoki qabila boshlig‘i; lashkar boshlig‘i; qo‘mondon.
AZIZ
Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Alloh nomi ila bog‘liq.
ABDULLOH
Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning otalarining ismi.
AZIZBEK
Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Alloh nomi ila bog‘liq.
AMIR
Hokim, hukmron, yo‘lboshchi yoki Amr — hayot, tiriklik.
ASADBEK
Asad oyida (shamsiy yil hisobi bilan beshinchi oy nomi iyun, avgust oylariga to‘g‘ri keladi) tug‘ilgan bola yoki asad — sher, arslon, ya’ni qo‘rqmas, dovyurak, qudratli deganidir.
BILOL
Uch kunlik oy, yangi tug‘ilgan oy, (Hilol) yoki sog‘lom bola. Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sahobalaridan biri bo‘lgan.
AKBAR
Ulug‘, ulkan, buyuk, hurmatli, obro‘-e’tiborli, odamlar nazarida bo‘lgan, mo‘’tabar, aziz.
OTABEK
Shahzoda, xonzoda, beklar boshlig‘i, yetkachisi, sardori; ilg‘or, obro‘-e’tiborli, nasl-nasabli bola.
FIRDAVS
Bog‘, ko‘kalamzor, jannat bog‘i, jannat, sakkizinchi jannat nomi.
SANJAR
Aynan: sanchmoq, pichoq bilan urmoq; shiddatli, o‘tkir, kuchli yoki qal’a, qo‘rg‘on, yoxud g‘olib, muzaffar. So‘nggi saljuqiy sultonining ismi bo‘lgan.
JAHONGIR
Olamni bo‘ysundiruvchi, fath etuvchi, g‘olib, muzaffar.
SAID
Baxtli, saodatli, omadli yoki to’lei baland, intiluvchan, iqboli porloq, yuksaluvchi, mukammal bo‘luvchi, kamolga yetuvchi.
SARVAR
Yo‘lboshchi, boshliq, rahnamo, yetakchi, ilg‘or, peshqadam, sardor.
YUSUF
Muhammad — maqtovga, olqishlarga sazovor. Muhammad payg‘ambar (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina)ning ismi. Muhammad payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) Allohning eng yaqin do‘sti, so‘nggi dunyoga kelgan, kamtarin payg‘ambardir. Yusuf — qadimiy yahudiycha nom, Iosifning (Ya’qub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi Sharqda go‘zallik, xushro‘ylik timoslidir.
ALISHER
Sherdek jasur, dovyurak, qudratli, bo‘lib o‘ssin va to‘rtinchi halifa Alidek kuch-qudrat, iymon va zakovat egasi bo‘lsin.
JAVOHIR
Qimmatbaho toshlar, zebu-ziynatlar egasi, boy-badavlat bo‘lsin yoki javohir toshidek bebaho, qimmatli.
SHAHZOD
Shohlar nasliga mansub bola, podshoh o‘g‘li, boy. Zodagon, sardor, hukmron va qirollardek savlatli, viqorli, obro‘-e’tiborli.
MUHAMMADALI
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)oliy martabali, yuksalgan, ulug‘vordir yoki qar. Muhammad va Ali ularning kuyovlari, dinimizdagi 4-xalifaning ismi.
JUMA
Juma kuni, ya’ni xosiyatli kunda tug‘ilgan bola.
JAMSHID
Ulug‘, ulkan, muazzam, buyuk, qudratli. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asaridagi afsonaviy podshohning nomi.
SHERZOD
Aynan: Sher bolasi, ya’ni dovyuraklar, jasurlar, azamatlar, qo‘rqmas botirlar avlodidan bo‘lgan bola.
MUROD
Murod-maqsadli yoki orzu qilngan, qo‘msalgan bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
TEMUR
Temirdek mustahkam irodali, mahkam, ya’ni baloqazolarga bardoshli, umri uzoq bola.
ABROR
Pokiza, pokdomon, toza qalbli, solih, taqvodor, iymonli; yaxshi, go‘zal hulq-atvor va fe’l egasi.
DONIYOR
Yaqinlar, do‘stlar yoki bilimli, dono yoki (qadimiy yahudiycha) Allohning ehsoni, sovg‘asi, marxamati. Afsonalarga ko‘ra, Xo‘ja — Doniyor payg‘ambar arab voizi Kusam ibo Abbosning sherigi bo‘lgan. Shuningdek ular Xo‘ja Doniyorni Qur’on va Eski Ahd kitoblaridan biri Doniyor deb hisoblashadi. Uning qoldiqlari, aniqrog‘i uning qo‘li Temur tomonidan Suzo shahridan Samarqandga olib kelingan. Ularning dafn etilgan joylari ustiga maqbara qayta qurilgan. XX asr boshlarida qayta ta’mirlangan.
DILSHOD
Quvnoq, baxtiyor, shodon yoki ko‘nglimizni quvonchi bo‘lgan farzand, dili shod bo‘lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu-hurramlik bahsh etuvchi.
USMON
Siniqchi, singanlarni davolovchi, shikastband yoki og‘ir, bosiq, mard, jasur. Bu nom Usmon ibn Affon (614-656 yillar) choryorlar deb yuritiluvchi halifalarning uchinchisining ismi.
OYBEK
Beklar naslidan bo‘lgan omadli, baxtli tole’i oydek porloq bola yoki oybek urug‘i (o‘zbek urug‘laridan biri)ga mansub bola.
JASUR
Qaytmas, mard, jur’atli, jasoratli, dovyurak, qo‘rqmas, yuragida o‘ti bor.
ANVAR
Yorug‘, nurli, charog‘on yoki iqboli porloq, tol’ei baland, hayotda omadli bola.
AKMAL
Yetuk, barkamol, kuchli, mukammal va benuqson ma’nosida.
BOBUR
Aniq ma’nosi noma’lum. Ba’zi manbalarda: 1) yo‘lbars, arslon; 2) ulug‘, ulkan, buyuk; 3) tez gapiradigan odam ma’nolarida talqin qilingan.
ABBOS
Aynan: qovog‘i soliq, badjahl, beshavqat yoki dovyurak, jangvor xo‘mraygan jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug‘iladi. Payg‘ambarimiz Muhammadning (sallolohu alayhi vassalam) amakilarining ismlari Abbos bo‘lgan.
RUSTAM
«Avesto»dagi Raodastan so‘zidan yasalgan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, yengilmas, dovyurak, jasur, matonatli, bahodir. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» dostonidagi Zol o‘g‘lining ismi.
SAMANDAR
Salamandra — o‘tdan paydo bo‘lib, o‘t ichida yashovchi, kalamushsimon, afsonaviy, hayvon (qush) nomi. Samandar o‘sha nomning arabcha shakli. Ism sifatida chidamli, kuchli, irodali, mustahkam, toblangan ya’ni o‘lmaydigan, yashaydigan, umri uzoq bo‘ladigan ma’nolarini bildiradi.
BEHRUZ
Baxtli saodatli kunda, shodiyonada tug‘ilgan bola yoki bu bola tug‘ilgan kun oilaga, yaqinlariga quvonch, shodlik olib kelgan.
NODIR
Siyrak, kam uchraydigan, tengsiz yoki bebaho, topilmas, qadrli qimmatli.
FARHOD
Aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari qahramoni Farhoddek tog‘ni talqon qiluvchi bo‘lsin.
BEKZOD
Bek farzandi, beklar avlodiga, zotiga manusub bola. Viqorli, kuchli, mard bo‘lsin.
ZUBAYR
Kuchli, qudratli, aqilli, dono, idrokli, zehnli, baquvvat, bilagida kuchi bor. Abu Abdulloh az-Zubayr ibn Avvam al-Kurashi (594 — 656) — payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning amakivachchasi ( Safiya payg‘ambarning xolasining o‘g‘li) va xalifa Ali, shuningdek Xadichaning jiyani.
ASILBEK
Beklar avlodiga mansub aslzoda bola.
MUHAMMADAMIN
Muhammad (sallolohu alayhi vassallam)ga sodiq, ishnochli, sadoqatlidir.
DOSTON
Dovrug‘i tillarda doston bo‘lgan, taniqli, mashhur. Bu nom Rustamning otasi Zolning (Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni qahramoni) laqabi bo‘lgan.
ULUG‘BEK
Buyuk hukmron, buyuk sulton yoki beklarning beki. Amir Temur nabirasi, davlat arbobi va olim Ulug‘bekdek yuqori martabali bo‘lsin degan niyatda ham qo‘yiladi.
BEK
Hukmdor, hokim; boshqaruvchi; o‘tmishda mo‘tabar mansablardan biri bo‘lgan yoki bek — berk — mustahkam, mahkakam, xavfsiz.
DAVRON
Davr sursin, umri shodon, baxtiyor o‘tsin, davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo‘lsin ma’nosida.
SHAHZODA
hoh farzandi, shohlar nasliga mansub qiz. Yuqori martabali, mehribon, ko‘ngli toza obro‘-e’tiborli bo‘lsin.
SHOHJAHON
Jahonga shoh degan ma’noni anglatadi, ammo bu ism islom dinida nojoiz hisoblanadi, chunki dunyoning hukmdori yolg‘i Alloh.
IMRONBEK
Tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, imonli, e’tiqodli, jasur, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan.
HUMOYUN
Qutlug‘, muborak, noyob, tengsiz. Humo qushidek sofdil, erk yigit.
SHAVKAT
Shon-sharafli, shuhratli, dong‘i olamlarga yoyilgan, kuchli, qudratli, irodali, zabardast, kuch-g‘ayratli, shijoatli.
ABDULAZIZ
Izzat va kuch-qudrat sohibi bo‘lgan g‘olib Allohning bandasi, itoatkor quli.
NURMUHAMMAD
Maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallamning) Allohning eng yaqin do‘sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so‘nggi payg‘ambardir.
MIR
“Amir“ so‘zining qisqargan shakli. Ma’nosi rais, sayid, boshliq. “Mir“ so‘zi xalifa Alining avlodlaridan bo‘lgan sarkardalarning faxriy unvoni bo‘lgan.
BAXTIYOR
Saodat, qut, istiqbol yor bo‘lgan bola yoki shodon, quvnoq. Baxt-saodat, quvonch yor bo‘lsin.
UMID
Orzu, umid qilingan, kutilgan yoki yashab ketishga umid qilingan bola.
ISMOIL
Aynan: «Xudo eshitdi» yoki Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola. «Tavrot»dagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning xotini Hojar Allohdan farzand so‘rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug‘ilgan bolaga Ismael(Ismoil) deb ism berilgan. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) o‘g‘illarining ismi bo‘lgan.
SALOHIDDIN
Dinning yaxshiligi, ezguligi, hayirli ekanligi, din bahsh etuvchi iqbol, saodat yoki dinning saodoatli, baxtli farzandi.
SAMIR
Suhbatdosh, hamsuhbat, dilkash inson yoki suvsardek qimmatli, qadrli, e’zozli.
ABDURAHMON
O‘ta mehribon va mehrli Zotning quli, ya’ni Allohning quli.
AZAMAT
Ulug‘, ulug‘vor, buyuk, qudratli yoki dovyurak, mard, jasur, maqtovga sazovor.
ARAB
Arablar nomi (etnonim)ga nisbat berilgan ism yoki qora bola yoki arafada tug’ilgan bola.
XURSHID
Quyosh (oftob); g‘oyat go‘zal yohud jozibali, iqboli baland bola.
NUR
Yog‘du, ziyo, ravshanlik; baxtli, omadli, tolei baland. Bu so‘z Allohi Taoloning va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatalaridan biridir.
MUZAFFAR
Yenguvchi, g‘olib, zafar qozonuvchi: shuhratli, xushbaxt, omadli.
SHOHRUX
Shohlar avlodidek viqorli, kelishgan, chiroyli yoki shaxmatdagi shoh figurasi ruhi (ladya, to‘ra). Rivoyatga ko‘ra, Temur shaxmat o‘ynab o‘tirganida o‘g‘li tug‘ilganini eshitadi va unga Shohrux deb ism beradi.
AZIM
Ulug‘vor, ulkan, katta, qudratli, mashhur, taniqli, dong‘i ketgan, buyuk, kuchli. baquvvat. Allohning sifatlaridan biri.
DILMUROD
Ko‘nglimizdagi istak, orzu (murod) bo‘lgan bola; dilga taskin, qalbga malham bergan bola.
KOMRON
Baxtli, saodatli; maqsadiga erushuvchi; kuchli, qudratli, omadli, tolei porloq.
RASUL
Alloh tomonidan yuborilgan; Allohning elchisi, vakili, payg‘ambar. Qar.Rasululloh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
DIYOR
O‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin.
ZAFAR
G‘olib, muzaffar, yengilmas, zafar quchuvchi, g‘alabaga erishuvchi, kuragi yerga tegmagan; baxtli, saodatli, iqboli porloq, to’lei baland.
XURSHID
Quyosh (oftob); g‘oyat go‘zal yohud jozibali, iqboli baland bola.
AYUB
O‘kinuvchi, afsuslanuvchi, pushaymon qiluvchi. Bu ism Ayyub payg‘ambarning nomidir. Ba’zi adabiyotlarda Ayyub — sabrli, chidamli; hurmatli yoki tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi deb ham izohlanadi.
AKOBIR
Aynan: eng ulug‘lar, eng kattalar, mansabdorlar yoki ulug‘lar nasliga mansub, oliy tabaqali, yuqori nasabli bola.
MANSUR
Sardor, sarkarda, yo‘lboshchi, yengilmas, g‘olib, peshqadam, yetakchi, yo‘lidan qaytmas, faqat olg‘a intiluvchi.
AHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.
ILHOM
Ruhlanish, jo‘sh urish, mavjlanish, intilish, hayotni sevish, ilhomlanib yashash.
ABUBAKR
Aynan: «bo‘taloqning onasi» yoki aybsiz, gunohsizning, rostgo‘yning otasi. Ba’zilar Abubakr ismi «Tong otasi » deb izohlaydi. Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) bilan birga namoz o‘qigani uchun Bakr shu laqabni olgan.
DALER
Baquvvat, qo‘rqmas, botir, azamat, jasur, dovyurak. Yuragida o‘tir bor, xavfga tik boquvchi.
RAVSHAN
Yorug‘, nurli, shu’lali, porloq, tiniq, beg‘ubor. Pok, g‘am-g‘ussasiz, charog‘on yoki iqboli porloq, kuchli, idrokli, to’lei yorqin bola bo‘lsin.
SIROJIDDIN
Dinning nuri, mash’ali, quyoshi, oftobi. Nurli, porloq, yorqin, chiroyli, zebo.
MAHMUD
Maqtalgan, maqtovga sazovor, dongdor, atoqli. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
HASAN
Yaxshi, tuzuk; chiroyli, sohibjamol. Ba’zi manbalarda ezgulik, yaxshilik, fasohatli deb izohlanadi. Bu nom Ali ibn Tolibning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘li — Hasan ibn Alining ismi bo‘lgan (595-669) Hasan — payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning nabirasi, imom Hasanning ismi. Husayn va Hasan Alining o‘g‘illari bo‘lib, islomning birinchi shahidlari hisoblanadi.
BAHROM
Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo‘lsin.
JAVLON
Chiroyli va shahdam qadamlar tashlovchi, harakatchan, chaqqon, tezkor, javlon uruvchi, jo‘shib toshuvchi.
FAZLIDDIN
Dinning yuksakligi, kamoloti, afzalligi yoki dinning marhamati, in’omi, tuhfasi, fazli, kamolga yetishganligi.
SUHROB
Qizil yog‘du, yoqut, la’l. Bu nom «Shohnoma» dostoni qahramoni Rustamning ismidir.
BUNYOD
Asos, tamom, ushalgan orzu, maqsadiga erishgan, yaratuvchi, yetuklik ma’nosida, shuningdek, bunyod qiluvchi, barpo qiluvchi.
ILYOS
Aynan: Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan.
MUHAMMADYUSUF
Muhammad — maqtovga, olqishlarga sazovor. Muhammad payg‘ambar (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina)ning ismi. Muhammad payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) Allohning eng yaqin do‘sti, so‘nggi dunyoga kelgan, kamtarin payg‘ambardir. Yusuf — qadimiy yahudiycha nom, Iosifning (Ya’qub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi Sharqda go‘zallik, xushro‘ylik timoslidir.

Qiz bola uchun eng ko’p qidirilgan ismlar manosi

IMONA
Ishonch, ishonish, e’tiqod qilish, toat ibodat qilish, sig‘inish; imoni, e’tiqodi mustahkam.
MUBINA
Jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y latofatli, zebo qiz.
MADINA
Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism.
MUSLIMA
Musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz.
SOLIHA
Pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, oq ko’ngil, mehribon, oqila, iymonli, sadoqatli, muslima qiz.
MAFTUNA
Zavqlantiruvchi, maftun etuvchi; chiroyli, jozibali, go‘zal, latofatli, suluv.
AFRUZA
Oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz.
FARZONA
Aqilli, dono, olima, ziyoli, o‘qimishli, donishmand, oqila yoki yagona, tengsiz yohud mehribon, muruvvatli, saxovatli, saxiy.
SABINA
Qadrli, qimmatli, suyukli, mehribon, e’zozli. Sabini (Sabini), markaziy italiyaning qadimgi xalqi. Rimliklar ular bilan doimiy urush olib borgan. Ammo miloddan avaalgi 82 yilda qo‘mondon Sulla bu xalqni mag‘lubiyatga uchratgan va rimliklar matonatli ayollarni xotin va kanizaklar qilib olishgan.
IYMONA
Iymonli, e’tiqodi mustahkam, qalbi pok, Allohga sig‘inuvchi, itoatkor qiz.
AZIZA
Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob.
SAMIYA
Sami — Sami’ ismlarning ma’nodosh shakli.
YASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul.
ROBIYA
Oiladagi to‘rtinchi bola yoki hijriy oy hisobining to‘rtinchi kunida tug‘ilgan bola.
FERUZA
Baxtli, iqboli baland, to’lei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi.
DILNOZA
Ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis, dil sohibi.
NILUFAR
Nilufar (savsan) o‘simligidek chiroyli, zebo qiz, o‘ziga maftun etuvchi.
NARGIZA
Nargis(bo‘tagul)dek nozik, zebo, go’zal qiz.
DILDORA
Dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil jasur, dovyurak.
YASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul.
MALIKA
Qirolicha; podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika — Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir.
SHUKRONA
Sabr-toqatli, qanoatli, boriga qanoat qiluvchi, itoatkor, shukronalik hissini tuygan, Allohga shukr qiluvchi.
SAMIRA
Suhbatdosh, hamsuhbat, shirinso‘z, dilkash va ko‘ngli ochiq qiz.
MARJONA
Dur, inju, marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho, latofatli, go‘zal, yorqin, zebo va suluv qiz.
HADICHA
Chala tug‘ilgan. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning birinchi xotini Hadicha (taxm. 555 — 556 — 620 — 621) ning ismi, Fotimaning onasi.
BONU
Shoh sultonlar, aslzodalar nasliga mansub qiz, beka, xonim, begoyim, obro‘-e’tiborli nasabli qiz. Ko‘pchilik ismlarga qo‘shimcha tariqasida ham qo‘yib ishlatiladi. Masalan: Madinabonu, Hadichabonu.
SARVINOZ
Tik qomatli, bo‘y-basti kelishgan, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz.
FOTIMA
Aynan: fatiat — ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam)ning kenja qizlarining ismi bo‘lgan. Egizak qizlar tug‘ilganda kattasini Fotima deb nomlash millatimizda urfga aylangan.
SEVINCH
Shodlik, quvonch, baxtiyorlik, mehribon, xursandchilik ramzi hisoblanadi. G‘am-g‘ussasiz, armonsiz, dardlardan forig‘ holda hayot kechirsin degan niyatda qo‘yiladi.
OMINA
Himoya qilingan, xavf-xatardan holi. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad SAVning onalarining ismi bo‘lgan.
SABRINA
Sabr-toqatli, bardoshli, chidamli, yengilmas, irodali, kuchli, matonatli. Sabriya ismining shakllaridan biri. Uels nomi Angliyadagi daryo nomidan kelib chiqqan. Afsonalarga ko‘ra, malika Sabrina baxtsiz sevgidan daryoga cho‘kib ketgan. Yozuvchi Samuel Teylorning «Go‘zal Sabrina» (1954 yildagi «Sabrina») romani hamda kinofilm, shuninglek spktakl chiqganidan so‘ng bu ism mashhur bo‘lib ketgan.
FARANGIZ
Nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, suyukli, shul’a sochuvchi go‘zal qiz.
MUXLISA
Oqko‘ngil qiz, xudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz.
SEVARA
Suyukli, mehribon, sevimli, go‘zal, latofatli, yoqimtoy, qadrli aziza qiz.
IMRONA
Tiriklik, barhayotlik, uzoq umr ko‘ruvchi.
JASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi.
DURDONA
Inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli, chiroyli, nafis, suluv qiz.
ZARINA
Zarli, oltinli, zarlangan, zarrin, chiroyli, go‘zal, ko‘z qamashtiruvchi husn sohibasi, suluv qiz.
UMIDA
Orzu qilingan, umid bilan kutilgan qiz yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz.
DIYORA
O‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand.
ZILOLA
Tiniq buloq suvidek pokiza, sof, toza, beg‘ubor oqila qiz.
NOZIMA
Tartibga, intizomga rioya qiladigan, ya’ni tartibli, sarishta.
OYSHA
Yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (sallolohu alayhi vasallam)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan.
NIGORA
Go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy.
MOHINUR
Oyning nuri, oydin, oydindek pokiza, suluv, chiroyli, oydek go‘zal qiz.
MUNISA
Do‘st, o‘rtoq, sirdosh; sodiq do‘st, maftunkor, ishonchli, suyanish mumkin bo‘lgan qiz.
ODINA
Juma kuni, ya’ni xosiyatli, qutli kunda tug‘ilgan qiz.
MARYAM
Aynan: juda achchiq, zahar-zaqqum yoki Alloh qadrlagan, sevgan qiz yohud nomusli, pokdomon, qiz. Iso payg‘ambarning onasining ismi.
IRODA
Istab orzu qilib erishilgan qiz yoki Allohning irodasi, muruvvati bo‘lgan qiz, yohud irodali, chidamli qiz.
DILFUZA
Dilfiruza ismning o‘zgartirilgan shakli. Dilni yorituvchi, ko‘ngilga, qalbga shodlik, quvonch olib keluvchi, shavq bag‘ishlovchi, tengsiz, ko‘rkam.
SITORA
Aynan: Yulduz, baxtli, omadli, chiroyli, to’le baland qiz, yulduz kabi porloq.
NODIRA
Tengi yo‘q, yagona, tengsiz, bebaho, benazir, nodir, betakror, beqiyos go‘zallik sohibasi go‘zal, latofatli, zebo qiz.
OSIYO
Aynan: Tegirmon yoki Osiyo qizi. Osiyo farzandi.
SOFIYA
Aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan.
SAIDA
Baxtli, omadli, to’lei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz.
NIGINA
Uzuk, qimmatbaho tosh bilan ziynatlangan uzuk; qimmatli, qadrli; bebaho, go‘zal, zebo.
SAFIYA
Aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan.
MUSHTARIY
Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor.
DILNURA
Ravshan, nurli qalb egasi, mehru-shafqat sohibasi, mehr nuri, dil sohibi, ko‘nglidan nur yog‘iluvchi, ko‘ngli ochiq qiz.
LAYLO
Tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (safsan)dek go‘zal, latofatli, sadoqatli qiz. Qadimiy yahudiy tilida: Liliya – Safsangul
SAFINA
Aynan: kema, Nuh payg‘ambarimizning kemasi, u najot ramzi deb tasavvur qilinadi yoki shirinso‘z, shirinkalom qiz yohud yaqin, samimiy do‘st.
RUXSHONA
Xushro‘y, ko‘rkam chehrali qiz, chiroyli, nurli, go‘zal yuzli, suluv.
SUMAYYA
Samo, osmon. Islomda birinchi shahid bo‘lgan ayol. Qiyomatdan keyin jannatga birinchilardan bo‘lib kiradigan ayol.
ZUHRA
Aynan: nur, yorqin, ravshan, porloq. Cho‘lpon yulduzi, Zuhrodek nurli, ko‘rkam, go‘zal, baxt-saodat sohxibi. Zuhro Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning qizi Fotimaning sifati (laqabi) bo‘lgan.
SHAHNOZA
Shohona, beklarcha yoki nozli karashmali, latofatli. Shohlar, aslzodalar avlodiga mansub nozik va zebo go‘zal qiz.
GULNOZA
Gul kabi nafis, nozik yoki nozli, jilvali gul, yohud go‘zal va nozli qiz.
YASINA
Qur’oni karimda kelgan Yosin surasiga nisbat, qoriya bo‘lsin. Quro’on ilmini o‘rgansin degan niyatda ham qo‘yiladi.
SHAHRIZODA
Asli: Shahrzod. Ochiq chehrali, jilmayib, tabassum qili, kulib turib, xayrixohlik bilan boquvchi, nigoh tashlovchi.
DILAFRUZ
Dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi, dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh etuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi.
KAMOLA
Kamolga erishgan yetuk,zebo, ko’rkam, mukammal inson. Boshqalarga namuna, ibrat, o‘rnak bo‘la oladigan qiz.
CHAROS
Katta qora ko‘zli qiz, ko‘zlari charosdek chiroyli, fusunkor, jozibali, nafis, latofatli, suluv va go‘zal qiz.
RAYYONA
Rayyon- jannat eshiklaridan biri. Bu eshikdan faqat ro‘za tutganlar kiritiladi.
YULDUZ
Yulduzdek yorug‘ yuzli, nurli, chiroyli,latofatli va suluv qiz. To’lei yulduzdek yuksak va iqboli porloq, hayoti nurga to‘la bo‘lsin.
BIBISORA
Bibi — xonim, beka, oyim, yuqori tabaqaga mansub ayol. Bu so‘z o‘tmishda mashhur turk ayollarining faxriy unvoni bo‘lgan va «xonim, beka, uy sohibasi» ma’nolarini anglatgan. O‘zbek shevalarida bibi — buvi, ona, qaynona ma’nolarini anglatadi, qizlar ismining birinchi, ikkinchi qismida kelib hurmat, erkalash munosabatalarini hamda «qiz bola» ma’nosini anglatadi. Sora — tanlangan, saralangan, eng a’lo yoki toza, pokiza, xolis.
GULMIRA
Guldek nafis, nozik, suluv, aqilli va idrokli. Keng tarqalgan ismlardan biri.
SORA
Bibi — xonim, beka, oyim, yuqori tabaqaga mansub ayol. Bu so‘z o‘tmishda mashhur turk ayollarining faxriy unvoni bo‘lgan va «xonim, beka, uy sohibasi» ma’nolarini anglatgan. O‘zbek shevalarida bibi — buvi, ona, qaynona ma’nolarini anglatadi, qizlar ismining birinchi, ikkinchi qismida kelib hurmat, erkalash munosabatalarini hamda «qiz bola» ma’nosini anglatadi. Sora — tanlangan, saralangan, eng a’lo yoki toza, pokiza, xolis.
FARIDA
Yakka, yagona, tengsiz, benazir, aqilli, mehribon, odobli, bebaho, nodir, noyob, marvarid yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan qiz.
ZEBO
Ko‘rkam, chiroyli, go‘zal, suluv, husni jamoli nafis qiz.
IFORA
Hushbo‘y, yoqimli iforli, nafis hid taratuvchi.
GULNORA
Anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda tug‘ilgan qiz.
NASIBA
Rizqu-ro‘zli, nasibali qiz. Umri to‘kin-sochinlikda, bekamu-ko‘st o‘tsin, nasibali bo‘lsin ma’nosida.
PARIZODA
Parilardan tug‘ilgan, ya’ni go‘zallar avlodiga mansub, tengsiz chiroyli, suluv, go‘zal qiz.
NAFISA
Nafis, nozik, go‘zal, nafosatli, latofatli, foyda keltiruvchi, yaxshiliklar qiluvchi.
ZIYODA
Qizlari yetarli (ziyoda) bo‘ldi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin yoki umri ziyoda, uzun bo‘lsin, baxtli bo‘lsin. Badanda ortiqcha belgisi, ortig‘i bo‘lsa ham bu ism qo‘yiladi.
MAHLIYO
Sehrlovchi, jozibali, yoqimtoy, o‘ziga jalb etuvchi, ko‘ngilni rom qiluvchi, nazokatli, suluv qiz.
ROZIYA
Qoniqqan, mamnun yoki maqbul tushuvchi, ma’qul keluvchi; yoqimli, suyukli, e’zozli, qadrli; rozilik, shukronalik, itoatgo‘ylik, mamnunlik bahsh etgan.
KOMILA
Nuqsonsiz, barkamol, yetuk, bekamu-ko‘st, namunali, ibratli qiz.
SHIRIN
Totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli.
E’ZOZA
Hurmatga, izzat-ikromga, e’zozlanishga sazovor qiz.
KUMUSH
Kumushdek qadrli, qimmatbaho, e’tiborni tortuvchi qiz yoki oq yuzli oq badan, nafis, go‘zal qiz.
OZODA
Erkni, hur, qaram bo‘lmagan, ixityori o‘zida; baxtli, baxtiyor yoki toza, pokiza, ozoda, saranjom, tartibli, begunoh, benuqson, beg‘ubor. Ba’zi manbalarada saxiy, oq ko‘ngil, qalbi pok deb ham izohlanadi.
ZARNIGOR
Tilloga bezangan, zeblangan, bebaho, qadri baland, zarrin yoki sochlari tillodek jilvali, tovlanib turuvchi, chiroyli, maftunkor qiz.
SA’DIYA
Baxtli, taxtli, saodatli, iqboli porloq, to’lei baland. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ni emizgan onalari Halimayi Sa’diya sad qabilasidan.
AMINA
Aynan: omonlikda saqlanuvchi, ya’ni muhofaza qilingan ishonchli ravishda qo‘riqlangan, bexatar, daxlsiz yoki rostgo‘y, vafodor. Amina — Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) onasining ismi bo‘lgan.
MOHIRA
Mahoratli, ustamon, puxta, pishiq, qo‘li gul, epchil, chaqqon, ozoda va sarnjom qiz.
ASAL
Bol, asaldek shirin, totli, ya’ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz.
SHAHINA
Shohlar avlodi vakillaridek mard, jasur, ziyrak, dovyurak, odobli, qo‘rqmas qiz.
MALAK
Farishta, ya’ni chiroyli, suluv, sohibjamol, zebo, go‘zal, sof, pok, ozoda, orasta.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0