O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi

07:49, 18 март 2024
8
0

O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli va eng ommabop o’zbekcha, arabcha, tojikcha, forscha, islomiy va zamonaviy ismlar manosi to’plami.

O‘g‘il bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi

MUHAMMAD
Maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallamning) Allohning eng yaqin do‘sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so‘nggi payg‘ambardir.
YASIN
Iymonli, e’tiqodli bo‘lsin, din yuragida bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Qur’oni Karimda keltirilgan «Yosin» surasiga (Qur’onning yuragi) nisbat olib qo‘yilgan.
IMRON
Tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, imonli, e’tiqodli, jasur, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan.
ALISHER
Sherdek jasur, dovyurak, qudratli, bo‘lib o‘ssin va to‘rtinchi halifa Alidek kuch-qudrat, iymon va zakovat egasi bo‘lsin.
MUSTAFO
Tanlangan, saralab olingan, dovyurak. Bu nom Muhammad SAVning siyratlaridan biridir.
HUMOYUN
Qutlug‘, muborak, noyob, tengsiz. Humo qushidek sofdil, erk yigit
ISLOM
Aynan: O‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) olib kelgan din nomi.
AYUB
O‘kinuvchi, afsuslanuvchi, pushaymon qiluvchi. Bu ism Ayyub payg‘ambarning nomidir. Ba’zi adabiyotlarda Ayyub — sabrli, chidamli; hurmatli yoki tavba qiluvchi, ibodat qiluvchi deb ham izohlanadi
AZIZ
Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Alloh nomi ila bog‘liq.
OTABEK
Shahzoda, xonzoda, beklar boshlig‘i, yetkachisi, sardori; ilg‘or, obro‘-e’tiborli, nasl-nasabli bola.
ALI
Eng yuksak, eng ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad payg‘ambarning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir.
SHAHZOD
Shohlar nasliga mansub bola, podshoh o‘g‘li, boy. Zodagon, sardor, hukmron va qirollardek savlatli, viqorli, obro‘-e’tiborli.
MUHAMMADALI
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)oliy martabali, yuksalgan, ulug‘vordir yoki qar. Muhammad va Ali ularning kuyovlari, dinimizdagi 4-xalifaning ismi.
DALER
Baquvvat, qo‘rqmas, botir, azamat, jasur, dovyurak. Yuragida o‘tir bor, xavfga tik boquvchi.
UMAR
Mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi
AKOBIR
Aynan: eng ulug‘lar, eng kattalar, mansabdorlar yoki ulug‘lar nasliga mansub, oliy tabaqali, yuqori nasabli bola
ABDULLOH
Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning otalarining ismi
NODIR
Siyrak, kam uchraydigan, tengsiz yoki bebaho, topilmas, qadrli qimmatli.
KAMRON
Baxtga elituvchi, baxt keltiruvchi. Odamlarni xushnud qilib, quvonch ulashuvchi.
YAHYO
O‘ta sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi.
ZUBAYR
Kuchli, qudratli, aqilli, dono, idrokli, zehnli, baquvvat, bilagida kuchi bor. Abu Abdulloh az-Zubayr ibn Avvam al-Kurashi (594 — 656) — payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning amakivachchasi ( Safiya payg‘ambarning xolasining o‘g‘li) va xalifa Ali, shuningdek Xadichaning jiyani.
MUROD
Murod-maqsadli yoki orzu qilngan, qo‘msalgan bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
MUHAMMADYUSUF
Muhammad — maqtovga, olqishlarga sazovor. Muhammad payg‘ambar (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina)ning ismi. Muhammad payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) Allohning eng yaqin do‘sti, so‘nggi dunyoga kelgan, kamtarin payg‘ambardir. Yusuf — qadimiy yahudiycha nom, Iosifning (Ya’qub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi Sharqda go‘zallik, xushro‘ylik timoslidir.
JALOL
Buyuk, yuksak martabali, oliy nasabli, go‘zal, ko‘rkam, ulug‘, katta, benihoya.
IBROHIM
«Injil «dagi Avrazm ismining arabcha shakli bo‘lib, «xalqlar otasi» ma’nosini anglatadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Ibrohimning Ishoq va Ismoil degan o‘g‘illari bo‘lgan. Ishoqdan yahudiylar xalqi, Ismoildan esa arablar tarqalgan.
DILSHOD
Quvnoq, baxtiyor, shodon yoki ko‘nglimizni quvonchi bo‘lgan farzand, dili shod bo‘lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu-hurramlik bahsh etuvchi
MUHAMMADAMIN
Muhammad (sallolohu alayhi vassallam)ga sodiq, ishnochli, sadoqatlidir.
AZIM
Ulug‘vor, ulkan, katta, qudratli, mashhur, taniqli, dong‘i ketgan, buyuk, kuchli. baquvvat. Allohning sifatlaridan biri.
AMIR
Hokim, hukmron, yo‘lboshchi yoki Amr — hayot, tiriklik.
TEMIR
Temirdek mustahkam irodali, mahkam, ya’ni baloqazolarga bardoshli, umri uzoq bola.
ABUBAKR
Aynan: «bo‘taloqning onasi» yoki aybsiz, gunohsizning, rostgo‘yning otasi. Ba’zilar Abubakr ismi «Tong otasi » deb izohlaydi. Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) bilan birga namoz o‘qigani uchun Bakr shu laqabni olgan.
SHERZOD
Aynan: Sher bolasi, ya’ni dovyuraklar, jasurlar, azamatlar, qo‘rqmas botirlar avlodidan bo‘lgan bola.
AKBAR
Ulug‘, ulkan, buyuk, hurmatli, obro‘-e’tiborli, odamlar nazarida bo‘lgan, mo‘’tabar, aziz.
RUSTAM
«Avesto»dagi Raodastan so‘zidan yasalgan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, yengilmas, dovyurak, jasur, matonatli, bahodir. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» dostonidagi Zol o‘g‘lining ismi.
BEHRUZ
Baxtli saodatli kunda, shodiyonada tug‘ilgan bola yoki bu bola tug‘ilgan kun oilaga, yaqinlariga quvonch, shodlik olib kelgan.
SAID
Baxtli, saodatli, omadli yoki to’lei baland, intiluvchan, iqboli porloq, yuksaluvchi, mukammal bo‘luvchi, kamolga yetuvchi.
QOZOQ
Ko‘rinishi qozoqqa o‘xshagani uchun shunday atalgan yoki erkin, hur, ozod yohud uyga qozoq mehmon kelganda yoki qozoqlar orasida tug‘ilgan bola ham shunday nomlanadi.
ABDURAHMON
O‘ta mehribon va mehrli Zotning quli, ya’ni Allohning quli
BOBUR
Aniq ma’nosi noma’lum. Ba’zi manbalarda: 1) yo‘lbars, arslon; 2) ulug‘, ulkan, buyuk; 3) tez gapiradigan odam ma’nolarida talqin qilingan.
AKMAL
Yetuk, barkamol, kuchli, mukammal va benuqson ma’nosida.
ASAD
Asad oyida (shamsiy yil hisobi bilan beshinchi oy nomi iyun, avgust oylariga to‘g‘ri keladi) tug‘ilgan bola yoki asad — sher, arslon, ya’ni qo‘rqmas, dovyurak, qudratli deganidir.
JASUR
Qaytmas, mard, jur’atli, jasoratli, dovyurak, qo‘rqmas, yuragida o‘ti bor.
FIRDAVS
Bog‘, ko‘kalamzor, jannat bog‘i, jannat, sakkizinchi jannat nomi.
ASILBEK
Beklar avlodiga mansub aslzoda bola
ABDUAZIZ
Izzat va kuch-qudrat sohibi bo‘lgan g‘olib Allohning bandasi, itoatkor quli
A’ZAM
Eng ulug‘, eng buyuk, qudratli, sahovat olovida toblangan, yengilmas.
SOVUT
Sovut (urush quroli, zirh)dek mahkam; himoya qilingan bola
MUHAMMADRIZO
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) tanlangan, so‘rab olingan, Allohning rozi rizoligi uchun yashaydigan zotdir.
DODHO
Adolashparvarl haqqoniyat va to‘g‘rilik sohibi. Dodho — o‘tmishda Buxoro xonligida yuqori mansablardan biri bo‘lgan va u xon oldiga kiruvchilarni qabul qilivchi shasx hisoblangan
SHOHRUZ
Ulug‘, yaxshi, saodatli kun degan ma’noni anglatadi, ya’ni Shohruz saodatli, ulug‘ kunda tug‘ilgan, har bir kuni ajoyib deganidir. Podshohlardek obro‘li bo‘lsin.
BILOL
Uch kunlik oy, yangi tug‘ilgan oy, (Hilol) yoki sog‘lom bola. Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sahobalaridan biri bo‘lgan.
SUXROB
Qizil yog‘du; yoqut, la’l. Bu nom “Shohnoma“ dostoni qahramoni. Rustamning ismidir
SHOHRUX
Shohlar avlodidek viqorli, kelishgan, chiroyli yoki shaxmatdagi shoh figurasi ruhi (ladya, to‘ra). Rivoyatga ko‘ra, Temur shaxmat o‘ynab o‘tirganida o‘g‘li tug‘ilganini eshitadi va unga Shohrux deb ism beradi.
ISMOIL
Aynan: «Xudo eshitdi» yoki Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola. «Tavrot»dagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning xotini Hojar Allohdan farzand so‘rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug‘ilgan bolaga Ismael(Ismoil) deb ism berilgan. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) o‘g‘illarining ismi bo‘lgan.
SHAHZODA
Shoh farzandi, shohlar nasliga mansub qiz. Yuqori martabali, mehribon, ko‘ngli toza obro‘-e’tiborli bo‘lsin.
MUSLIM
Musulmon, islom diniga amal qilgan, xudojo‘y, solih mo‘min, Allohga shak-shubhasiz ioat etuvchi banda.
SARDOR
Yetakchi, rahnamo, yo‘lboshchi, boshliq; urug‘ yoki qabila boshlig‘i; lashkar boshlig‘i; qo‘mondon.
HASAN
Yaxshi, tuzuk; chiroyli, sohibjamol. Ba’zi manbalarda ezgulik, yaxshilik, fasohatli deb izohlanadi. Bu nom Ali ibn Tolibning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘li — Hasan ibn Alining ismi bo‘lgan (595-669) Hasan — payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning nabirasi, imom Hasanning ismi. Husayn va Hasan Alining o‘g‘illari bo‘lib, islomning birinchi shahidlari hisoblanadi.
USMON
Siniqchi, singanlarni davolovchi, shikastband yoki og‘ir, bosiq, mard, jasur. Bu nom Usmon ibn Affon (614-656 yillar) choryorlar deb yuritiluvchi halifalarning uchinchisining ismi.
MUHAMMADSOLIH
Muhammad ( sollallohu alayhi vasallam) saxovatli, himmatli, muruvvatlidir yoki Muhammad taqvoli, taqvodor, odil, adolatlidir. Solih nomi payg‘ambarning sifatlaridan biri.
DIYOR
O‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin.
ANVAR
Yorug‘, nurli, charog‘on yoki iqboli porloq, tol’ei baland, hayotda omadli bola.
JAHONGIR
Olamni bo‘ysundiruvchi, fath etuvchi, g‘olib, muzaffar.
MAHMUD
Maqtalgan, maqtovga sazovor, dongdor, atoqli. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
JAMSHID
Ulug‘, ulkan, muazzam, buyuk, qudratli. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asaridagi afsonaviy podshohning nomi.
ISFANDIYOR
Allohning tuhfasi, ehsoni, muqaddas tuhfa. Qadimgi Eron dostonlarida tasvirlangan, o‘z dushmanlariga tutqich bermaydigan qahramonlardan birining nomi yoki ispand — dorivor o‘simlik (sadaf) nomidan.
JAVOHIR
Qimmatbaho toshlar, zebu-ziynatlar egasi, boy-badavlat bo‘lsin yoki javohir toshidek bebaho, qimmatli.
UMID
Orzu, umid qilingan, kutilgan yoki yashab ketishga umid qilingan bola.
DONIYOR
Yaqinlar, do‘stlar yoki bilimli, dono yoki (qadimiy yahudiycha) Allohning ehsoni, sovg‘asi, marxamati. Afsonalarga ko‘ra, Xo‘ja — Doniyor payg‘ambar arab voizi Kusam ibo Abbosning sherigi bo‘lgan. Shuningdek ular Xo‘ja Doniyorni Qur’on va Eski Ahd kitoblaridan biri Doniyor deb hisoblashadi. Uning qoldiqlari, aniqrog‘i uning qo‘li Temur tomonidan Suzo shahridan Samarqandga olib kelingan. Ularning dafn etilgan joylari ustiga maqbara qayta qurilgan. XX asr boshlarida qayta ta’mirlangan.
SHAHBOZ
Aynan: shunqor, lochin, ya’ni dovyurak, mard; chaqqon, sezgir, shiddatkor, qudratli bo‘lsin.
ARAB
Arablar nomi (etnonim)ga nisbat berilgan ism yoki qora bola yoki arafada tug’ilgan bola
ABDUMALIK
Molikning, podshohning, ya’ni Allohning quli, itoatkor bandasi
SAMANDAR
Salamandra — o‘tdan paydo bo‘lib, o‘t ichida yashovchi, kalamushsimon, afsonaviy, hayvon (qush) nomi. Samandar o‘sha nomning arabcha shakli. Ism sifatida chidamli, kuchli, irodali, mustahkam, toblangan ya’ni o‘lmaydigan, yashaydigan, umri uzoq bo‘ladigan ma’nolarini bildiradi.
KAMOL
Yetuk, mukammal, nuqsonsiz, bekamu-ko‘st. Asli: Kamoliddin.
SANJAR
Aynan: sanchmoq, pichoq bilan urmoq; shiddatli, o‘tkir, kuchli yoki qal’a, qo‘rg‘on, yoxud g‘olib, muzaffar. So‘nggi saljuqiy sultonining ismi bo‘lgan.
SHAHRIYOR
Buyuk podshoh, shohlar shohi, shohanshoh
MUSULMON
Islom diniga e’tiqod qiluvchi; islom diniga bo‘ysunuvchi; xudojo‘y, Allohning sodiq quli
BEKZOD
Bek farzandi, beklar avlodiga, zotiga manusub bola. Viqorli, kuchli, mard bo‘lsin.
SAMIR
Suhbatdosh, hamsuhbat, dilkash inson yoki suvsardek qimmatli, qadrli, e’zozli.
ILHOM
Ruhlanish, jo‘sh urish, mavjlanish, intilish, hayotni sevish, ilhomlanib yashash.
FARRUX
Yuzidan nur yog’iluvchi, ochiq chehrali, chiroyli ko’rkam
OYBEK
Beklar naslidan bo‘lgan omadli, baxtli tole’i oydek porloq bola yoki oybek urug‘i (o‘zbek urug‘laridan biri)ga mansub bola.
ABBOS
Aynan: qovog‘i soliq, badjahl, beshavqat yoki dovyurak, jangvor xo‘mraygan jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug‘iladi. Payg‘ambarimiz Muhammadning (sallolohu alayhi vassalam) amakilarining ismlari Abbos bo‘lgan.
SALOHIDDIN
Dinning yaxshiligi, ezguligi, hayirli ekanligi, din bahsh etuvchi iqbol, saodat yoki dinning saodoatli, baxtli farzandi.
SHOHJAHON
Jahonga shoh degan ma’noni anglatadi, ammo bu ism islom dinida nojoiz hisoblanadi, chunki dunyoning hukmdori yolg‘i Alloh.
BAHROM
Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo‘lsin.
DAMIR
Temir, ya’ni temirdek mustahkam, bardoshli, yashovchi, qattiq, kuchli, chidamli.
DOSTON
Dovrug‘i tillarda doston bo‘lgan, taniqli, mashhur. Bu nom Rustamning otasi Zolning (Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni qahramoni) laqabi bo‘lgan.
NOYOB
Kam uchraydigan, kam topiluvchi, nodir, kamyob, tengsiz yoki yashirin hammadan berkitilgan, asrab avaylangan, muhofaza qilingan.
RASUL
Alloh tomonidan yuborilgan; Allohning elchisi, vakili, payg‘ambar. Qar.Rasululloh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
SARVAR
Yo‘lboshchi, boshliq, rahnamo, yetakchi, ilg‘or, peshqadam, sardor.
FARHOD
Aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari qahramoni Farhoddek tog‘ni talqon qiluvchi bo‘lsin
HABIB
Suyukli, qadrdon, g‘amxo‘r do‘st. Asli Habibulloh. Allohning suyuklisi va do‘sti. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning sifatlaridan biridir.
ULUG‘BEK
Buyuk hukmron, buyuk sulton yoki beklarning beki. Amir Temur nabirasi, davlat arbobi va olim Ulug‘bekdek yuqori martabali bo‘lsin degan niyatda ham qo‘yiladi.
ABROR
Pokiza, pokdomon, toza qalbli, solih, taqvodor, iymonli; yaxshi, go‘zal hulq-atvor va fe’l egasi.
QURON
Ko‘paysin, unsin (o‘ssin) yoki quran (oltoy — mo‘gulcha) — guran — xuran — “uch“, “uchinchi“, ya’ni oiladagi uchinchi bola
MIRONSHOH
Amirlar shohi, amirlarning sardori, yetakchisi, yo‘lboshchisi
SHAHRAM
Shoh askari, shohni qo‘riqlovchi, Sosoniylar davridagi qal’a Vizantiya imperiyasiga qarshi turgan
AHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.

Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi

SAFIYA
Aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan.
NARGIZ
Nargis(bo‘tagul)dek nozik, zebo, go’zal qiz
IMONA
Ishonch, ishonish, e’tiqod qilish, toat ibodat qilish, sig‘inish; imoni, e’tiqodi mustahkam.
NILUFAR
Nilufar (savsan) o‘simligidek chiroyli, zebo qiz, o‘ziga maftun etuvchi.
YASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul
QIZLAR
“Qizlar“ so‘zi bilan boshlanadigan ismlar — Qizlargul, Qizlarbasning eq.shakli
FARZONA
Aqilli, dono, olima, ziyoli, o‘qimishli, donishmand, oqila yoki yagona, tengsiz yohud mehribon, muruvvatli, saxovatli, saxiy.
ODINA
Juma kuni, ya’ni xosiyatli, qutli kunda tug‘ilgan qiz.
MUSLIMA
Musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz.
SHAHRIZOD
Asli: Shahrzod. Ochiq chehrali, jilmayib, tabassum qili, kulib turib, xayrixohlik bilan boquvchi, nigoh tashlovchi
MUBINA
Jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y latofatli, zebo qiz.
LAYLO
Tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (safsan)dek go‘zal, latofatli, sadoqatli qiz. Qadimiy yahudiy tilida: Liliya – Safsangul
SUMAYYA
Samo, osmon. Islomda birinchi shahid bo‘lgan ayol. Qiyomatdan keyin jannatga birinchilardan bo‘lib kiradigan ayol.
DILDORA
Dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil jasur, dovyurak.
SOLIHA
Pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, oq ko’ngil, mehribon, oqila, iymonli, sadoqatli, muslima qiz.
IMRONA
Tiriklik, barhayotlik, uzoq umr ko‘ruvchi
SAMIYA
Sami — Sami’ ismlarning ma’nodosh shakli.
SAMINA
Qadrli, izzat-obro‘li qiz yoki Samin (gul)dek chiroyli, zarif, latofatli qiz.
MADINA
Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism
DURDONA
Inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli, chiroyli, nafis, suluv qiz
SABINA
Qadrli, qimmatli, suyukli, mehribon, e’zozli. Sabini (Sabini), markaziy italiyaning qadimgi xalqi. Rimliklar ular bilan doimiy urush olib borgan. Ammo miloddan avaalgi 82 yilda qo‘mondon Sulla bu xalqni mag‘lubiyatga uchratgan va rimliklar matonatli ayollarni xotin va kanizaklar qilib olishgan.
SAKINA
Asli: Sokina. Tinch, osoyishta, sokin, osuda, turg‘un, sobit, mahkam turuvchi, mustahkam.
MAFTUNA
Zavqlantiruvchi, maftun etuvchi; chiroyli, jozibali, go‘zal, latofatli, suluv.
ROZIYA
Qoniqqan, mamnun yoki maqbul tushuvchi, ma’qul keluvchi; yoqimli, suyukli, e’zozli, qadrli; rozilik, shukronalik, itoatgo‘ylik, mamnunlik bahsh etgan.
YASINA
Qur’oni karimda kelgan Yosin surasiga nisbat, qoriya bo‘lsin. Quro’on ilmini o‘rgansin degan niyatda ham qo‘yiladi.
NOZIMA
Tartibga, intizomga rioya qiladigan, ya’ni tartibli, sarishta.
SADIA
Jannatiy ayol, go’zal sofdil, mehribon, sodiq
ANTIQA
Topilmas, noyob, tengsiz
HADICHA
Chala tug‘ilgan. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning birinchi xotini Hadicha (taxm. 555 — 556 — 620 — 621) ning ismi, Fotimaning onasi
RUHSHONA
Nurli, ravshan, porlovchi, hushro‘y, zebo, suluv.
IYMONA
Iymonli, e’tiqodi mustahkam, qalbi pok, Allohga sig‘inuvchi, itoatkor qiz
IFORA
Hushbo‘y, yoqimli iforli, nafis hid taratuvchi.
AFRUZA
Oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz.
SEVARA
Suyukli, mehribon, sevimli, go‘zal, latofatli, yoqimtoy, qadrli aziza qiz.
ROBIYA
Oiladagi to‘rtinchi bola yoki hijriy oy hisobining to‘rtinchi kunida tug‘ilgan bola.
NIGINA
Uzuk, qimmatbaho tosh bilan ziynatlangan uzuk; qimmatli, qadrli; bebaho, go‘zal, zebo.
SA’DIYA
Baxtli, taxtli, saodatli, iqboli porloq, to’lei baland. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ni emizgan onalari Halimayi Sa’diya sad qabilasidan.
ZARINA
Zarli, oltinli, zarlangan, zarrin, chiroyli, go‘zal, ko‘z qamashtiruvchi husn sohibasi, suluv qiz.
FARANGIZ
Nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, suyukli, shul’a sochuvchi go‘zal qiz.
CHAROS
Katta qora ko‘zli qiz, ko‘zlari charosdek chiroyli, fusunkor, jozibali, nafis, latofatli, suluv va go‘zal qiz.
SAFINA
Aynan: kema, Nuh payg‘ambarimizning kemasi, u najot ramzi deb tasavvur qilinadi yoki shirinso‘z, shirinkalom qiz yohud yaqin, samimiy do‘st.
KAMOLA
Kamolga erishgan yetuk,zebo, ko’rkam, mukammal inson. Boshqalarga namuna, ibrat, o‘rnak bo‘la oladigan qiz.
JASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi.
UMIDA
Orzu qilingan, umid bilan kutilgan qiz yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz.
MARYAM
Aynan: juda achchiq, zahar-zaqqum yoki Alloh qadrlagan, sevgan qiz yohud nomusli, pokdomon, qiz. Iso payg‘ambarning onasining ismi.
ZAHRO
Yorqin, ravshan, oq yuzli. Nurli, porloq, nur taratuvchi yoki intiluvchi, havas qiluvchi, oldinga intiluvchi.
SAMIRA
Suhbatdosh, hamsuhbat, shirinso‘z, dilkash va ko‘ngli ochiq qiz.
MOHINUR
Oyning nuri, oydin, oydindek pokiza, suluv, chiroyli, oydek go‘zal qiz.
OSIYO
Aynan: Tegirmon yoki Osiyo qizi. Osiyo farzandi.
RUXSHONA
Xushro‘y, ko‘rkam chehrali qiz, chiroyli, nurli, go‘zal yuzli, suluv.
OYSHA
Yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (sallolohu alayhi vasallam)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan.
SHOHSANAM
Sanamlarning shohi, go‘zallarning sardori, suluvlar shohi, zebolikda benazir, beqiyos qiz, viqorli, tengsiz go‘zal.
RAYYONA
Rayyon- jannat eshiklaridan biri. Bu eshikdan faqat ro‘za tutganlar kiritiladi.
DILNOZ
Ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis, dil sohibi
SHAHINA
Shohlar avlodi vakillaridek mard, jasur, ziyrak, dovyurak, odobli, qo‘rqmas qiz.
SAIDA
Baxtli, omadli, to’lei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz.
NAVOZISH
Qadrli, aziz, erka qiz yoki mehrli, mehribon qiz
ZAYNAB
Kelishgan, bo‘yi raso, ko‘rinimli, go‘zal hamda gullardek nafis. Zaynab nomi Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qizlarining ismi bo‘lgan.
MUSHTARIY
Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor.
KUMUSH
Kumushdek qadrli, qimmatbaho, e’tiborni tortuvchi qiz yoki oq yuzli oq badan, nafis, go‘zal qiz.
FOTIMA
Aynan: fatiat — ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam)ning kenja qizlarining ismi bo‘lgan. Egizak qizlar tug‘ilganda kattasini Fotima deb nomlash millatimizda urfga aylangan.
PARIZODA
Parilardan tug‘ilgan, ya’ni go‘zallar avlodiga mansub, tengsiz chiroyli, suluv, go‘zal qiz.
OMINA
Himoya qilingan, xavf-xatardan holi. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad SAVning onalarining ismi bo‘lgan.
ZINNURA
Nurli, ravshan, chiroyli, dilbar qiz. Odamlar hayotini yoritishga intiluvchan, yaqinlariga yaxshilik ulashuvchi.
MILANA
Shirin degan ma’noni anglatib, ko‘proq serb xorvat xalqlari orasida keng tarqalgan ismdir. Shuingndek, rus tilida «mingyillik», «zxamonaviy» ma’nosini anglatadi.
DILFUZA
Dilfiruza ismning o‘zgartirilgan shakli. Dilni yorituvchi, ko‘ngilga, qalbga shodlik, quvonch olib keluvchi, shavq bag‘ishlovchi, tengsiz, ko‘rkam.
SHAHNOZA
Shohona, beklarcha yoki nozli karashmali, latofatli. Shohlar, aslzodalar avlodiga mansub nozik va zebo go‘zal qiz.
MUZAYYANA
Bezangan, ziynatlangan, qadri baland, zarrin, orasta, zebo, go‘zal va maftunkor.
MARJONA
Dur, inju, marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho, latofatli, go‘zal, yorqin, zebo va suluv qiz.
IRODA
Istab orzu qilib erishilgan qiz yoki Allohning irodasi, muruvvati bo‘lgan qiz, yohud irodali, chidamli qiz.
MUNISA
Do‘st, o‘rtoq, sirdosh; sodiq do‘st, maftunkor, ishonchli, suyanish mumkin bo‘lgan qiz.
AMINA
Aynan: omonlikda saqlanuvchi, ya’ni muhofaza qilingan ishonchli ravishda qo‘riqlangan, bexatar, daxlsiz yoki rostgo‘y, vafodor. Amina — Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) onasining ismi bo‘lgan
BIBISORA
Bibi — xonim, beka, oyim, yuqori tabaqaga mansub ayol. Bu so‘z o‘tmishda mashhur turk ayollarining faxriy unvoni bo‘lgan va «xonim, beka, uy sohibasi» ma’nolarini anglatgan. O‘zbek shevalarida bibi — buvi, ona, qaynona ma’nolarini anglatadi, qizlar ismining birinchi, ikkinchi qismida kelib hurmat, erkalash munosabatalarini hamda «qiz bola» ma’nosini anglatadi. Sora — tanlangan, saralangan, eng a’lo yoki toza, pokiza, xolis.
NIGORA
Go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy.
SABRINA
Sabr-toqatli, bardoshli, chidamli, yengilmas, irodali, kuchli, matonatli. Sabriya ismining shakllaridan biri. Uels nomi Angliyadagi daryo nomidan kelib chiqqan. Afsonalarga ko‘ra, malika Sabrina baxtsiz sevgidan daryoga cho‘kib ketgan. Yozuvchi Samuel Teylorning «Go‘zal Sabrina» (1954 yildagi «Sabrina») romani hamda kinofilm, shuninglek spktakl chiqganidan so‘ng bu ism mashhur bo‘lib ketgan.
SITORA
Aynan: Yulduz, baxtli, omadli, chiroyli, to’le baland qiz, yulduz kabi porloq.
MALAK
Farishta, ya’ni chiroyli, suluv, sohibjamol, zebo, go‘zal, sof, pok, ozoda, orasta.
ZILOLA
Tiniq buloq suvidek pokiza, sof, toza, beg‘ubor oqila qiz.
SEVINCH
Shodlik, quvonch, baxtiyorlik, mehribon, xursandchilik ramzi hisoblanadi. G‘am-g‘ussasiz, armonsiz, dardlardan forig‘ holda hayot kechirsin degan niyatda qo‘yiladi.
BONU
Shoh sultonlar, aslzodalar nasliga mansub qiz, beka, xonim, begoyim, obro‘-e’tiborli nasabli qiz. Ko‘pchilik ismlarga qo‘shimcha tariqasida ham qo‘yib ishlatiladi. Masalan: Madinabonu, Hadichabonu.
E’ZOZA
Hurmatga, izzat-ikromga, e’zozlanishga sazovor qiz.
NODIRA
Tengi yo‘q, yagona, tengsiz, bebaho, benazir, nodir, betakror, beqiyos go‘zallik sohibasi go‘zal, latofatli, zebo qiz.
SOLIXA
Qar. Soliha
DILAFRUZ
Dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi, dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh etuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi.
MUXLISA
Oqko‘ngil qiz, xudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz.
ANISA
Do‘st, o‘rtoq, dugona, sevimli, suyukli, qadrdon, dilga yaqin inson.
FERUZA
Baxtli, iqboli baland, to’lei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi.
SHIRIN
Totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli.
MALIKA
Qirolicha; podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika — Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir.
RAYONA
Qar. Rayyona
SARVINOZ
Tik qomatli, bo‘y-basti kelishgan, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz.
PARVINA
Hulkar yulduzidek oliy martabali, to’lei baland, hayoti porloq, nurga to‘la, bekamu-ko‘st bo‘lsin.
SHUKRONA
Sabr-toqatli, qanoatli, boriga qanoat qiluvchi, itoatkor, shukronalik hissini tuygan, Allohga shukr qiluvchi.
SABRIYA
Sabr-toqatli, matonatli qiz, qanoatli, sabrdan topilgan, mushkulotlarga bardosh beruvchi.
DIYORA
O‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand.
RA’NO
Qizil guldek go‘zal, chiroyli, latofatli, ra’no guldek suluv, purlatofat qiz.
AZIZA
Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob.
ASAL
Bol, asaldek shirin, totli, ya’ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz.
DILNUR
Ravshan, nurli qalb egasi, mehru-shafqat sohibasi, mehr nuri, dil sohibi, ko‘nglidan nur yog‘iluvchi, ko‘ngli ochiq qiz.
MUMTOZ
Tanlangan, saralangan, sarbaland, mashhur, e’tiborli, odamlar nazari tushgan, zo‘r.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0