Qiz bolalar uchun barcha ismlar manosi

09:48, 17 март 2024
13
0

Qiz bolalar uchun o‘zbekcha, arabcha, tojikcha, forscha, islomiy va zamonaviy ismlar manosi bilan tanishib chiqing.

A harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

AFRUZA
Oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz.
ANISA
Do‘st, o‘rtoq, dugona, sevimli, suyukli, qadrdon, dilga yaqin inson.
ANTIQA
Topilmas, noyob, tengsiz.
ANSORA
Yordamchi, doimo ko‘makdosh, yaqinlariga suyanchiq, madadkor, yordamini ayamaydigan, kerakli vaqtda muhtoj inson yonida turib oladigan.
ASILA
Aslzoda, nasli toza qiz, sof, pokiza, qalbi g‘uborsiz, benuqson qiz.
ANORA
Shakllari: Anoraxon, Anorabonu, Anoraoy.
AZIMA
Mag‘rur qiz yoki oiladagi birinchi farzand ma’nosida.
ASLIYA
Sof, pokiza, toza; aslzoda.
AZALIYA
Abadiy, cheksiz, doimiy degan ma’noni anglatadi. Shuningdek azaliya o‘simligi ham mavjud bo‘lib, boshqa gullarga o‘xshamagan xususiyatlari mavjud. Ushbu gulning xavfli jihatlaridan biri alkoloidlarni ham o‘z tarkibiga oladi. Azaliya kurtaklana boshlaganda yorqin ranglar bilan tovlanadi. Bir vaqtning o‘zida bitta butada besh yuztaga yaqin gul bo‘lib, ikki yarim oy davomida ochilib turadi.
ALFIYA
Ming yillik, yashovchi, umri uzoq, barakali, bardoshli, chidamli, sabr-qanoatli, hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tuvchi qiz.
AZRO
Iffatli, nomusli. bokira yoki chiroyli, go‘zal, zebo. Hayo-iboda tengsiz, andishali va latofatli qiz.
AROFAT
Makkayu Madina oralig‘idagi tog‘ (tepalik) nomi, hajga borganlar to‘planuvchi joy. Arofat — muqaddas tog‘ hisoblanadi.
AQIDA
Qat’iy ishonch, ixlos; yashab ketadi degan qat’iy umid qilib qo‘yiladi.
ALIMA
Bilimli, aql-zakovatli, dilkash qiz.
ASEM
Chiroyli, toza, pok.
ABIRA
Xushbo‘y, yoqimli, yoqimtoy.
AHDIYA
Ahdida, qarorida turuvchi, bir so‘zli qiz; sodiq vafodor.
ANBAR
Xushbo‘y, yoqimli, muattar, mushkbo‘y, ajoyib hidli yoki qalqon, g‘ov, to‘siq.
AFYONA
Oldinda turuvchi.
ASMA
Juda yuksak, o‘ta buyuk, purviqor.
AMINA
Aynan: omonlikda saqlanuvchi, ya’ni muhofaza qilingan ishonchli ravishda qo‘riqlangan, bexatar, daxlsiz yoki rostgo‘y, vafodor. Amina — Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) onasining ismi bo‘lgan.
ASAL
Bol, asaldek shirin, totli, ya’ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz.
AMIRA
Hukmron, yo‘lboshchi, sardor, yetakchi, muzaffar, peshqadam bo‘lgan qiz. Amirlar avlodidan.
ALINA
Qo’ng’roq gulga tariflashgan.
ADIBA
Yozuvchi qiz, ziyoli, ilmli, ijodkor, ilhom izlagan, nazokatli, tarbiyali, odobli, namunali, iffatli qiz.
AFIFA
Iffatli, bokira, pokiza, ozoda, or-nomusli, hayoli-iboli, oqila, farishtamisol qiz.
AMALIYA
Ishonch, umid, ojiza, eng a’losi degan ma’noni anglatadi. Ojiza ayol bo‘lishiga qaramay, doimo umid bilan yashaydigan, kuchli inson bo‘lib voyaga yetsin degan niyatda qo‘yiladi.
AFSONA
Afsonaviy go’zallikda tengi yo’q, ko’xna afsonalardagidek suluv, afsonaviy qiz.
AFIYA
Sog‘lom, ma’naviy va jismonan sog‘lom, har taaflama farovonlikka erishuvchi, g‘am, tashvish va kasallikdan ozod, yiroqda.
ASHURA
Muharram oyining o‘ninchi kuni (ashur, ashura) — muqaddas kunda tug‘ilgan qiz. Ba’zan Ashir, Ashira — “baxtiyor“ deb ham izohlanadi.
ALMIRA
Tinchlik, Ispaniyada shu nomli xudud ham bor.
ANZOR
Orzu, umid qilingan qiz yoki qarash, nazar, e’tibor.
ASINA
Mustahkam, ikkilanmaydigan.
ASIMA
Himoyaga olingan yoki iffatli. Shakllari: Osima, Osimaxon.
A’LOXON
Yuksak, oliy; o‘zgalardan ustun turuvchi, qadrli, e’zozli.
ASLINA
Asl malikalar avlodidan bo’lgan qiz.
AZIZA
Qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, izzatli, noyob.
ALIYA
Jamiyatda yuqori martabaga erishuvchi, o‘z o‘rnini topib obro‘-e’tiborli bo‘lib, oliy darajaga ko‘tariluvchi.
ALBINA
Chiroyli, aqlli, hayo-iboli, o’qimishli, kelajakda baxtyor.
AFRO‘ZA
Ravshan, munavvar, shu’lador, yorqin, kuydiruvchi, otashli, issiq taratuvchi, zebo va o‘ta maftunkor qiz.
ARMUG‘ON
Tuhfa, sovg‘a, had’ya.
AYNURA
Oy nuri, juda chirоyli, ochiq kungili, beg’ubor.
ASLZODA
Aslzodalardan xisoblangan yani ulug’ insonlar avlodidan tug’ilgan.
AFZUNA
Ziyoda, ortiq, yuksak tutuvchi. Yuqoriga intilgan, qadrli, qimmatli. E’tiborga loyiq,, yuksak martabali.
ALIFA
Chin ma’noda barchaga barobar bo‘lib, haqiqiy do‘st bo‘lsin, sadoqat timsoliga aylansin. Xonadonga tinchlik, totuvlik olib kelsin.
AZMIYA
Ezgu niyatli, ulug‘ maqsadli; kuchli, irodali.
ADOLAT
Adolatli, haqgo‘y, to‘g‘rilik, odillik; adolatsevar, haqparvar, odamlar dardu g‘amiga, nohaqlikka befarq bo‘lmagan.
AHLIYA
Ayol, oila yoki loyiq, munosib, arziydigan; do‘st, inoq.
ANZIRAT
Tengsiz, benazir, nodir, noyob yoki dorivor o‘simliklardan birining nomi.
ADIDA
O‘suvchi, ulg‘ayuvchi, o‘sib-unuvchi.
AYON
Aslzoda, zodagonlar nasliga mansub yoki ochiq, ravshan, oqko‘ngil, jozibali.
ANORXOL
Qizil xolli va norli qiz.
AMRIYA
Hukmronlar nasliga mansub qiz, amr beruvchi.
ANZURA
Anzira~Anzirat~Anzurat ismining qisqargan shakli yoki anzur — piyoz, piyozdek achchiq, yomon qiz. Ko‘z tegishdan asrash uchun shunday ism beriladi.
AYYOMA
Qadriyat, vaqt, kun deganidir. Diniy qadriyatlarni qadrlovchi, har bir kunidan mazmunli hamda unumli foyladlanuchi inson bo‘lsin ma’nosida.
ANZIRA
Anzira~Anzirat~ Anzurat ismining qisqargan shakli yoki anzur — piyoz, piyozdek achchiq, yomon qiz. Yomon ko‘zlardan asrash uchun beriladigan ism.
ASNORA
Jannat guli.
AYZADA
Oydek barchaning yo‘lini nurafshon qilib, barchaning hojatini chiqaruvchi samimiy inson bo‘lib voyaga yetsin degan niyatda qo‘llanadi.
ANORGUL
Qizil xolli, guldek go‘zal qiz yoki anorning gulidek chiroyli qiz.
ATIRGUL
Qizil atir guldek go‘zal, yoqimli qiz.
ARSHINISO
Aynan: ayollar taxti; ayollar hukmdori, podshohi.
AYLAR
Oylar — qizlar, go‘zallar yoki luchchak shaftoli pishganda tug‘ilgan qiz.
AQLIYA
Idrokli, zehnli; aqlli, farosatli qiz.
ASHURXOL
Muqaddas kunda tug‘ilgan xolli qiz.
ATLAS
Nafis, muloyim, nodir; yoqimli.
AYNIJAMOL
Ko‘rkamli va nafosatning mohiyati, mujassami, g‘oyat go‘zal, zebo qiz.
AZIZBEGIM
Beklar naslidan bo‘lgan qadrli, suyukli qiz.
ASHURGUL
Muqaddas kunda tug‘ilgan guldek ko‘rkam, zebo qiz.
ASALBIBI
Yoqimtoy, suyukli va aslzoda qiz.
ANBARNISO
Yoqimtoy, dilkash ayol yoki to‘silgan, himoyalangan ayol.
AQIQA
Qizil rangli qimmatbaho tosh; Aqiqa bola tug‘ilishi munosabati bilan oilada uyushtiriluvchi ziyofat (to‘ycha)ni ham anglatadi.
ARABGUL
Guldek ko‘rkam va arabga o‘xshash qiz.

B harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

BIBISORA
Bibi — xonim, beka, oyim, yuqori tabaqaga mansub ayol. Bu so‘z o‘tmishda mashhur turk ayollarining faxriy unvoni bo‘lgan va «xonim, beka, uy sohibasi» ma’nolarini anglatgan. O‘zbek shevalarida bibi — buvi, ona, qaynona ma’nolarini anglatadi, qizlar ismining birinchi, ikkinchi qismida kelib hurmat, erkalash munosabatalarini hamda «qiz bola» ma’nosini anglatadi. Sora — tanlangan, saralangan, eng a’lo yoki toza, pokiza, xolis.
BEGOYIM
Beklar, aslzodalar avlodiga mansub, oliy nasab, viqorli, martabasi baland qiz.
BENAZIR
Tengsiz, tengi yo‘q; husnda yagona; eng go‘zal.
BARCHIN
Shoyi mato, ipak mato, parchin yoki balchin, barchin — go‘zal, zebo qiz.
BAXTIGUL
Guldek chiroyli, saodatli qiz, baxtli inson, hayoti osuda.
BARFINA
Qorli, birinchi qor yog‘gan kuni tug‘ilgan qiz, qor qizi.
BIBIHOJAR
Bibi — xonim, beka, ulug’, Hojar — ayol.
BOKIRA
Iffatli, ma’suma; pokiza qiz.
BAHOROY
Bahordek ko‘rkam, ko‘hlik qiz, go’zal jamolli. Oyday yuzing yorug’ bo’lsin ma’nosida.
BASIYA
Yetar, qizlar tug‘ilishi yetar, keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.
BIBIDUR
Marvarid, durdek aziz, qimmatli va ulug‘ martabali qiz.
BIBIFOTIMA
Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning qizlari Fotima r.a. ismlaridan kelib chiqqan.
BONU
Shoh sultonlar, aslzodalar nasliga mansub qiz, beka, xonim, begoyim, obro‘-e’tiborli nasabli qiz. Ko‘pchilik ismlarga qo‘shimcha tariqasida ham qo‘yib ishlatiladi. Masalan: Madinabonu, Hadichabonu.
BAHORA
Ko‘klamda, bahorda tug‘ilgan qiz yoki hayoti bahordek gullagan, yashnoq, go‘zal, chiroyli. ko‘rkam, fayzli bo‘lsin.
BIBIXONIM
Xonlar, hukmronlar nasliga mansub ayol; mo‘tabar, mumtoz qiz.
BILLURA
Sof, toza, beg‘ubor, benazir, billur toshidek qimmatli. Pok, nuqsonsiz, ozoda, sarishta qiz.
BAHRINISO
Ayollarning eng nurlisi, go‘zali, shukuhli va dilkashi.
BEG’UBOR
Toza, g’uborsiz, pokiza.
BASHORAT
Xushxabar, quvonchli darak, sevinch olib keluvchi yangilik, mujda; baxt-saodat, rohat-farog‘at darakchisi, yaxshilik elchisi.
BINAFSHA
Binafsha guldek ko‘rkam, nafis, suluv qiz.
BADRIYA
To‘lin oydek ko‘hlik qiz.
BEGZODA
Beklar nasliga mansub qiz yoki Behzoda (qar.)
BIBIGUL
Ulug‘ martabali va guldek go‘zal qiz.
BEKPOSHSHA
Beklar naslidan bo‘lgan mag‘rur, viroqli, baland martabali qiz yoki erka, hur qiz.
BIBINOR
Badanida qizil xol (belgi) bilan tug‘ilgan martabasi baland qiz.
BALXIYA
Balxlik qiz yoki balx tut pishganda tug‘ilgan qiz.
BEGIMOY
Oydek suluv, aslzoda qiz; ulug‘ martabali qiz.
BARNO
Aynan: yosh, navqiron, chiroyli, kelishgan, hushbichim, hushqad.
BIBI
Xonim, beka, oyim; yuqori tabaqaga mansub ayol. Bu so‘z o‘tmishda mashhur turk ayollarining faxriy unvoni bo‘lgan va “xonim, beka, uy sohibasi“ ma’nolarini anglatgan. o‘zbek shevalarida bibi — buvi, ona, qaynona, ma’nolarini anglatadi, qizlar ismining birinchi, ikkinchi qismida kelib hurmat, erkalash munosabatlarini hamda “qiz“, “qiz bola“ ma’nosini anglatadi.
BIBINUR
Aslzodalar naslidan bo‘lgan baxtli, saodatmand qiz yoki baland martabali qizning hayoti ravshan nurli bo‘lsin.
BIBIMARYAM
Aynan: achchiq yoki Allohning xohlagani, yoqtirgani, suyuklisi.
BAXTINISO
Ayollarning baxtlisi, eng saodatlisi, iqboli baland, to’lei porloq, umri baxtga to‘la bo‘lgan qiz.
BAHRIYA
Nurli, ko‘rka; baxtli, omadli qiz.
BARFIYA
Qorqiz, qorli qiz, qor qizi.
BAXNIYORA
Baxtli qiz, baxt yor bo’lsin ma’nosida.
BIBIZODA
Aslzoda ayollar nasliga mansub qiz yoki aslzoda ayol farzandi.
BAYRAMBIBI
Bayram kuni tavallud topgan ulug‘ martabali qiz.
BINIROBIYA
Oiladagi to‘rtinchi farzand, to‘rtinchi qiz yoki qoya, cho‘qqidek mustahkam, yuksak qiz.
BIBIZILOL
Musaffo, pokiza, ozoda, pokdomon qiz.
BOMDOD
Bomdod namozi paytida, tong saharga tug‘ilgan qiz.
BAXTIYA
Baxt qizi, tolei baland qiz.
BADIRA
To‘lin oy, to‘lin oy kechasi tug‘ilgan qiz yoki to‘lin oydek go‘zal, sohibjamol.
BULBUL
Shirin tilli, so‘zga chechan, notiq, Shakllari: Bulbuloy, Bulbulxon.
BOG‘ZODA
Bog‘ farzandi, bog‘sifat, bog‘dek ko‘rkam qiz.
BIBINISO
Ayollarning mo‘tabari, ulug‘i yoki aslzoda ayol.
BIBIJON
Ulug‘ martabali, jondan aziz qiz.
BADALBIBI
Oldingi turmagan bolalar evaziga berilgan baland martabali, aslzoda qiz.
BALQIYA
Baxtli, tolei porloq yoki qar. Balxiya.
BIBISHAMSIYA
Quyosh qizi, quyoshdek porloq, baxtli qiz.
BAXMAL
Aynan: duxoba; muloyim, mayin, qimmatli.
BEGIYA
Beklar avlodiga mansub qiz; aslzoda, baland martabali qiz.
BIBISH
“Bibi“ so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning (Bibisora, Bibiniso) eq.
BIBISANAM
Aslzoda dilbar, baland martabali go‘zal qiz.
BARZIYA
Barz — ekin; barziya — dehqon qiz, g‘allakor yoki dehqon qizi.
BIYRON
O‘tkir tilli, chechan, pokiza qiz. Eht. Bibinor (qar.)
BIBICHA
Jajji, kenja qiz.
BIBISULUV
Qizlarning go‘zali, zebosi.
BILIMXON
Bilimdon, bilimdonlarning sardori bo`lgan qiz. Kelajakda yaxshi yuqori martabali qiz bo’lsin deb umid qilish.
BIBIQIZ
Ulug‘ martabali, e’zozli, aslzoda qiz yoki buvisi yoki onasi ismi bilan atalgan qiz.
BINOBAR
Asos, zamin yoki quruvchi, yaratuvchi, bunyodkor. Ba’zi manbalarda bu ism Sanobarga taqlidan yasalgan deb ko‘rsatiladi.
BO‘RIXOL
Bo‘ri jag‘I (terisi) dan o‘tkazilgan va xol bilan tug‘ilgan qiz.
BOYBEKA
Boyning qizi, boylar naslidan bo‘lgan oliy martabali qiz.
BAXTLI
Saodatli, iqbolli, qutli qiz.
BO‘STONGUL
Bo‘stonga mansub gul, chiroyli, zebo qiz.
BEGINISO
Ayollarning ulug‘i, aslzodasi yoki ayollarning boshlig‘i, sardori.
BOZORGUL
Bozor kuni yoki bozorda tug‘ilgan guldek go‘zal qiz.
BEHNOZA
Beklarga xos, noz-karashmali qiz.
BOZORXOL
Bozor kuni tug‘ilgan xolli qiz.
BARGINISO
Yashnagan; go‘zal, zebo. Tojikchada ma’nosi yaproq.
BOG‘IYA
O‘suvchi, ulg‘ayuvchi yoki bog‘dek yashovchi, xurram qiz yohud shaddod, isyonkor qiz.
BIBIQAND
Shirin, dilkash, yoqimtoy qiz.
BOYCHECHAK
Boychechak ochilgan paytda tug‘ilgan qiz yoki boychechakdek nafis, go‘zal bo‘lsin.
BAXTIQIZ
Baxtli, saodatli qiz.
BARNOGUL
Aynan: yosh, navqiron, chiroyli, kelishgan, hushbichim, hushqad.
BUVSANAM
Buvisining ismi berilgan go‘zal qiz.
BARGIXOL
Chiroyli, go‘zal xolli qiz.
BIBIOY
Oydek suluv, aslzoda qiz.
BUVZILOL
Buvisining ismi berilgan pokiza, ozoda qiz.
BUVXOL
Buvisining ismi berilgan xolli qiz.
BARNOGUL
Aynan: yosh, navqiron, chiroyli, kelishgan, hushbichim, hushqad.
BIBIXOL
Xol bilan tug‘ilgan muhtarama, aslzoda qiz.

D harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

DILNUR
Ravshan, nurli qalb egasi, mehru-shafqat sohibasi, mehr nuri, dil sohibi, ko‘nglidan nur yog‘iluvchi, ko‘ngli ochiq qiz.
DILDORA
Dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil jasur, dovyurak.
DILFUZA
Dilfiruza ismning o‘zgartirilgan shakli. Dilni yorituvchi, ko‘ngilga, qalbga shodlik, quvonch olib keluvchi, shavq bag‘ishlovchi, tengsiz, ko‘rkam.
DINORA
Tillo tangadek qimmatli, qadrli e’zozlanuvchi, ya’ni aziz, mo‘tabar qiz. Dinora — Jakomo Meyerbeyer nomli operaning qahramoni.
DILBAR
Yoqimli, yoqimtoy, ko‘ngilni oluvchi, maftun qiluvchi, go‘zla, suyukli, zebo.
DILSORA
Sof, toza qalb egasi; mehrli, mehribon, rahm-shavqatli, yaqinlari uchun doim qayg‘uruvchi.
DIYANA
Diyonatli, kechirimli qiz.
DENIZ
Dengiz, dengizdek mavjlanuvchi (turkcha).
DAMIRA
Temir, ya’ni temirdek mustahkam, yashovchi, bukilmas, juda bardoshli.
DONO
Aqilli, dono, zakovatli, bilimli, ziyrak, zukko, ibratli, namuna bo‘la oladigan qiz.
DILORA
Dilga oro beruvchi, nur taratuvchi.
DILDOR
Dildan sevilgan, chin muhabbat sohibasi, dilni rom qiluvchi yoki rahmdil, jasur, dovyurak.
DAMINA
Sabr-toqatli, irodali qiz.
DILFIRUZA
Dilni yorituvchi, ko‘ngilga shodlik, shavq bag‘ishlovchi, tengsiz, ko‘rkam, go‘zallikda misli yo‘q, latofatli, lobar.
DONOXON
Aql-farosatli va ulug‘ martabali, e’zozli qiz.
DAVRIYA
Davr, farzandi, zamon qizi.
DINОRА
Qimmаtbаho, dinor toshi. Qarang: Dinara.
DAVLATOY
Badavlat hamda oydek suluv qiz.
DEVONA
Farzandga zor, gado bo‘lib yurganda erishilgan o‘g‘il yoki bolani yomon ko‘zdan asrash uchun Devona deb nomlanadi.
DIYORA
O‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand.
DILNOZ
Ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis, dil sohibi.
DUNYO
Tarkibida «dunyo» so‘zi mavjud ismlarning eq. qismi. Dunyodek, olamdek katta, bag‘ri keng, mard, labzi halol inson.
DILSHODA
Quvnoq, baxtiyor, shodon yoki ko‘nglimizni quvonchi bo‘lgan farzand, dili shod bo‘lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu-hurramlik bahsh etuvchi.
DILNOZA
Ishvali, nozli qalb egasi, nozik, nafis, dil sohibi.
DILRABO
Dilni tortuvchi, qalbni maftun etuvchi, jozibali, latofatli, nazokatli, ko‘ngilni jalb qiluvchi, suyukli, qalbi va dili ehtirosli, yoqimtoy, oqko‘ngil, go‘zal qiz.
DILROZ
Dil istagi, niyatlari ezgu, qalbi pokiza, beg‘ubor qiz. Boburiylar naslidan bo‘lgan malikaning ismi Dilroz bo‘lgan.
DILYORA
Ko‘ngil hamrohi, qalb hamdami yoki mehr-shavqat egasi, dilni yorituvchisi, qalb nuri.
DINNURA
Dinning nuri, yorug‘ligi, yorqinligi, ikki olam nuri, porlab turuvchi javohiri.
DILOVAR
Jasur, qo‘rqmas, dovyurak, shijoatli; pahlavom, qahramon.
DILNORA
Sof ko‘ngilli, qalbi toza, mehribon, g‘amxo‘r va nor (qizil xol) bilan tug‘ilgan qiz.
DURIYA
Nafis, yaltiroq; qimmatli, bebaho.
DILBEGIM
Dillarning, qalblarning begoyimi, malikasi bo‘lsin. Odamlarning yuragidan yaxshiligi bilan o‘rin olsin. Barchaga birdek barobar bo‘lib, saxovatli, bag‘ri keng, jasur bo‘lsin.
DILXUSH
Dildan xush ko‘rilgan, dildan istalgan, qalb orzusi bo‘lgan qiz.
DILORO
Maftunkor, maftun qiluvchi suyukli yoki dilga oro beruvchi, qalb qiynati.
DILRUH
Dilga jon, ruh baxsh eruvchi, qalb madori, baxtga elituvchi.
DILNIGOR
Intizor, umidvor bo‘lib, dildan qo‘msab, intiq bo‘lib erishilgan qiz.
DURDONA
Inju donasi, a’lo marvarid; eng aziz, qadrli, chiroyli, nafis, suluv qiz.
DILAFRUZ
Dilni quvontiruvchi, shodlantiruvchi, dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh etuvchi, kayfiyatni ko‘taruvchi.
DINARA
Oltin pul, kumush tanga, qimmatli ma’nosida.
DILOROM
Ko‘ngilga taskin, orom beruvchi, huzur-halovat, osoyishtalik baxsh etuvchi; suyukli, sevimli qiz.
DILSO‘Z
Jonkuyar, mehribon, mushfiq, dildagi gaplarning egasi, chin so‘z.
DILNAVOZ
Yurakka quvonch baxsh etuvchi, qalbga yaqin, suyukli. Qadrli, dilni erkalovchi, ko‘ngilga zavqu-shavq bag‘ishlovchi sevimli, suyukli, zebo, go‘zal qiz.
DILZODA
Yurakdan, chin dildan topilgan, intizor bo‘lib kutib erishilgan, suyukli qiz yoki mehr-sadoqatli, dili pok, vafoli farzand.
DILYOR
Ko‘ngil hamrohi, qalb hamdami yoki mehr, shavqat egasi, dilni yorutuvchi.
DILAFRO‘Z
Dilni quvoniruvchi, shodlantiruvchi; dil guli, dilni ochuvchi, yayratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh eruvchi, kayfiyatni ko’taruvchi.
DARYOXON
Umri daryodek uzun va mo‘tabar, suyukli qiz.
DILSOZ
Ko‘ngil, qalb malhami.
DUNYOBEGIM
Olamning tengsiz bekasi, dunyodagi ulug‘ martabali ayol.
DURZODA
Aslzodalar avlodi, naslidan bo‘lgan qiz, durdek bebaho.
DILMURA
Dilim xursand digan ma’noni bildiradi.
DILBAND
Dilga yaqin, jigarband, aziz; jozibali, maftunkor go‘zal.
DILZOR
Dildan zor bo‘lib, orziqib erishilgan, umid va ishonch bilan, intizor bo‘lib kutilgan qiz, murodga yetishishga sabab bo‘lgan.
DURXONIM
Injudek bebaho va baland martabali, e’zozli qiz.
DILFIKR
Samimiy, dildan fikrlovchi, to‘g‘ri so‘z.
DILHIROJ
Dilning, ko‘ngilning xirasini ochuvchi, kamgap, sokin, og‘ir, bosiq, vazmin.
DINDOR
Dinni, musulmonchilikni mahkam tutuvchi, xudojo‘y, dinini sevuvchi, kuchli e’tiqod qiluvchi.
DURJAHON
Olam injusi, tengsiz, benazir qiz yoki injudek qimmatli qizning umri jahon kabi keng, munavvar bo‘lsin.
DAQIQA
Shirinso‘z, nozik, latif so‘z egasi, notiqa; nafosatli dilbar qiz.
DILYANA
Dilga xush yoquvchi, aziz va xushbichim.
DILRO’ZA
Ro’za oyida tug’ilgan qiz.
DILAFRO‘ZA
Dilni ochuvchi, yaratuvchi, ko‘ngilga huzur, shodlik baxsh eruvchi zebo qiz.
DILXUMOR
Dilni maftun etuvchi, ko‘ngilni elituvchi, ya’ni zebo, dilkash qiz.
DILBARNISO
Ayolarning yoqimlisi, eng go‘zali, zebosi, suyuklisi.
DILUZAR
Dilkash, hushmomla, chiroyli.
DILSEVAR
Yurakdan sevuvchi, qalbdan mehr beruvchi, ota-onasi, yaqinlariga menhribon qiz.
DILOR
Dilorom, Diloro ismlarining qisqargan shakli.
DEBOXON
Debo-yupqa, nafis ipak, mato, harir-kiyim, ya’ni muloyim, nafosatli qiz.
DILKASH
Ko‘ngilni, rom qiluvchi , yoqimtoy, diltortar, xushchaqchaq, suyukli qiz.
DARYOGUL
Umri daryodek davomli, uzun, hamda guldek go‘zal qiz.
DILSHUNOS
Dilga yaqin, qalbni tushunuvchi, dillarga orom beruvchi.
DILNOZIK
Nozik dilli, ko‘ngilchan, dilkash.
DILOBAR
Go‘zal, ko‘rkam, kelishgan, yoqimtoy, nafis, hushfe’l, dilkash qiz.
DILOVOZ
Dilni tortuvchi, sehrlovchi; maftunkor qiz.
DUNYOXON
Tarkibida «dunyo» so‘zi mavjud ismlarning eq. qismi. Dunyodek, olamdek katta, bag‘ri keng, mard, labzi halol inson.
DUNYONUR
Tarkibida «dunyo» so‘zi mavjud ismlarning eq. qismi. Dunyodek, olamdek katta, bag‘ri keng, mard, labzi halol inson.
DONOGUL
Aqlli, zukko va guldek ko‘rkam qiz.

E harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

E’ZOZA
Hurmatga, izzat-ikromga, e’zozlanishga sazovor qiz.
ELNURA
Elga nur sochuvchi, foyda kelltiruvchi, elni sevuvchi, ardoqlovchi. El chirog‘i, shul’asi, mash’ali, eliga yorug‘lik ulashuvchi.
ESMIRA
Izmir shahrida yashaydigan qiz , yoki Zumrad yashil olmosi.
E’TIBOR
Diqqat-e’tiborga, izzatu-ehtiromga, e’tirofga loyiq, mansub yoki Allohning muruvvati, nazari, tuhfasi, hadyasi bo‘lgan qiz.
E’ZOZ
Hurmatga, izzat-ikromga sazovor qiz.
ELBEKA
Eli, xalqining ardoqli, suyukli qizi, el qizi.
ERKINOY
Ozod, erkin, hur, baxtiyor hamda oydek suluv qiz.
ELDONO
Elining, yurtining bilimdon qizi.
EHSONOY
Tuhfa, sovg‘a qilingan qiz.
ELNURI
Elning nurli, hayoti porloq qizi.
ELCHECHAK
Elning guldek chiroyli qizi yoki umri chechakdek yashnagan bo‘lsin.
ERKAGUL
Erkin, baxtiyor, ozod qiz.
EGAMOY
Alloh bergan oydek suluv qiz.
ELIF
Arab alifbosining bosh harfi, turkcha talaffuzda. Birinchi bo’lib yursin degan ma’noda qo’yiladi.
ESFIRA
Osmondagi yulduzdek charog‘on, porloq bo‘lsin. Hayot yo‘li nurli, yorug‘, farovonlikdan iborat bo‘lsin.
ELZARA
El suygan qiz, elning boyligi, g‘ururi, yuzi, iftixori.
ELNOZA
El suygan, elning nazari tushgan nozik, nozli, suluv qiz.
ELINUR
Elga nurli farzand bo’lish.
ELZORA
Elning chiroylii qizidek aqlli bo’lsin, hech narsaga zor bo’lmasin.
EHTIROM
Ardoqli, izzat-hurmatli qiz.
ELBIBI
Elning, yurtining baland martabali, suyukli qiz.
ELNOZ
Elning nozli, erka farzandi.
EHTIYOTXON
Ziyrak, xushyor qiz yoki Alloh o‘z panohida asrasin, ehtiyor qilsin.
ELSUYAR
O‘z elini sevuvchi, xalqparvar, vatanparvar bola yoki elga, xalqiga suyukli, e’zozli bola bo‘lsin.
ELMIRA
Oy tutilishi, oy tutilganida tug‘ilgan qiz..
ELNORA
Elning, xalqning, holli yoki norli qizi. Tanasida, yuzida holi bor yoki nori bor qiz.
ELINURA
Elparvar, el suygan chiroyli qiz.
EMINA
Tinch, osoyishta, osuda va erkin umr kechirsin.
ESMINA
Yangi gul manosini bildiradi.
ELSHODA
Eli, xalqiga shodlik, quvonch keltiruvchi qiz yoki elning shodon, baxtiyor farzandi yohud elning rahbari, sardori.
ERKAOY
Oydek suluv, suyukli, arzanda qiz.
ERKLI
Erki o‘zi bilan bo‘lgan, xur, ozod qiz.
ERKASULUV
Suyukli, erkatoy hamda zebo qiz yoki suluvlarning erkatoyi; eng azizasi.
ELGO‘ZAL
Elning, yurtning go‘zal, ko‘rkam farzandi.

F harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

FARZONA
Aqilli, dono, olima, ziyoli, o‘qimishli, donishmand, oqila yoki yagona, tengsiz yohud mehribon, muruvvatli, saxovatli, saxiy.
FERUZA
Baxtli, iqboli baland, to’lei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi.
FAZILAT
Yaxshi hislatlar egasi, go‘zal xulqi bilan boshqalardan afzal, ustun turuvchi.
FAIZA
Fayzli, nurli, yorqin, ravshan, chiroyli, go‘zal, istarali, latofatli.
FAROG‘AT
Tinch, osoyishta, osuda; farovon, ravshan, ochiq-oydin, rohat, farog‘atda yashovchi.
FARZIYA
Itoatli, bo‘ysunuvchan, tartibli, dono, odobli, ilmli qiz.
FAXRINUR
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning e’tibori, iltifoti; payg‘ambar bergan tuhfa yoki mag‘rurlik, iftixorlik ziyosi.
FAYOZA
Qo‘li ochiq, sahiy degan ma’noni anglatadi. Muruvvatli inson bo‘lib voyaga yetsin degan niyatda qo‘llanadi.
FIRUZA
Baxtli, iqboli baland, to’lei porloq, saodatli qiz yoki firuza (ko‘k tusli tovlanuvchi qimmatbaho tosh)dek aziz, qimmatli, qadrli, bebaho, chiroyli, zebo, nafis; nurli nur sochuvchi.
FARZOD
Ajoyib, munosib, loyiq; serhasham.
FANUZA
Mash’al, quyosh.
FAVRIYA
Yengilmas, g‘olib yoki najor, ko‘mak.
FAYROZA
Fayzli, ro’za oyida tug’ilgan.
FARZAN
Aqlli, dono, donishmand.
FARMONA
Buyruq, amr; Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola.
FARRUXJAMOL
Go‘zal husnli, sohibjamol, cherasidan nur yog‘iluvchi.
FAROSAT
Fahm-farosatli, odobli, oqila.
FARANGIZ
Nur sochuvchi, ziyokor yoki go‘zal, suyukli, shul’a sochuvchi go‘zal qiz.
FARIDA
Yakka, yagona, tengsiz, benazir, aqilli, mehribon, odobli, bebaho, nodir, noyob, marvarid yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan qiz.
FAYYOZA
Mehribon, muruvvatli, sahiy, himmatli, qo‘li ochiq, ezgulik ulashuvchi, qalbi toza, yaxshilkka boy.
FAYRUZA
G‘olib degan ma’noni anglatadi. Hayoti muvaffaqiyatlarga to‘la bo‘lib, shod-xurram umr kechirsin.
FERANGIZ
Nur taratuvchi, ziyokor. Fors malikasining ismi.
FARZODA
Ajoyib, munosib, loyiq, serhasham, qimmatli, bebaho.
FARAH
Shodon, xursand, baxtiyor.
FAXRINA
Yaxshi fazilatlarni o‘zida mujassam qilgan, barchaga o‘rnak qilib ko‘rsatishga arzirli qiz bo‘lsin. Qadri baland, g‘ururli inson bo‘lsin ma’nosida.
FATHIYA
Yenguvchi, g‘olib; jasur qiz.
FONIYA
Yashirin yoki bilimli, dono.
FARVIZ
Hoshiya, shoyi hoshiyadek chiroyli qiz.
FOTIMA
Aynan: fatiat — ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam)ning kenja qizlarining ismi bo‘lgan. Egizak qizlar tug‘ilganda kattasini Fotima deb nomlash millatimizda urfga aylangan.
FARIZA
O‘z burchini ado etuvchi, intizomli, sarishta yoki farisa — chiroyli, parilardek. Go‘zal yohud o‘lja, g‘animat. Bu so‘z ko‘k yo‘talga qarshi dori bo‘luvchi qush go‘shti nomi hamdir.
FAXRIYA
Faxrli, iftixorli yoki maqtalgan, olqishlarga sazovor, maqtovga loyiq, matonatli yaxshi xulqli qiz.
FARINA
Chiroyli, go‘zal, sohibjamol; nafis, muloyim, aqlli, o‘qimishli, yoqimtoy, ota-onasiga yaqinlariga mehribon, saxiy.
FARAHNOZ
Baxtiyorlik, shodlik gashtini suruvchi, quvnoqlik nozlarini qiluvchi, hayotdan zavqlanib yashovchi.
FARYONA
Faryod, qichqiriq bilan shovqin qilib tug‘ilgan qizga aytiladi.
FOZILA
Bilimdon, aqilli, dono, zukko qiz, olima, ziyoli, o‘qimishli, quntli, ziyrak.
FOTIHA
G‘olib, muzaffar; jasur qiz; boshlanish, ochqich — Qur’onning birinchi surasi nomi yoki duo, rozilik berish.
FARIHA
Kelishgan, go‘zal qadli.
FIKRIYA
Idrokli, o‘tkir fikrli qiz.
FORIHA
Asli: Foruq, Foruqa — yaxshi-yomonni farqlaydigan, ziyrak. Bu nom xalifa Umarning laqabi bo‘lgan yoki Forig‘, Foriq — xalos bo‘lgan, xur, ozod.
FARIBA
Chiroyli, go‘zal, dilbar; jozibali.
FAZLINISO
Ayollarning eng yuksagi, ulug‘vori; eng hurmatli va mo‘tabari, e’zozlisi.
FAZLIXON
Yuksak, ulug‘vor qiz yoki mehribon, himmatli, olihimmat qiz.
FIDOYAT
Maqsad yo‘lida o‘zini tamoman baxshida etgan.

G harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

GULSANAM
Zebolarning, go‘zallarning guli, ya’ni tengsiz go‘zal, sanamlar malikasi, betakror chiroyli, suluv va maftunkor qiz.
GULNOZ
Gul kabi nafis, nozik yoki nozli, jilvali gul, yohud go‘zal va nozli qiz.
GULRUX
Gulyuzli, chehrasi guldek go‘zal, nafis, jozibali, latofaltli qiz.
GULSHAN
Umri gulzordek obod, farovon, zebu-ziynatli, fayzu tarovatli bo‘lsin, shod, xurram, xursand bo‘lib yursin.
GULNUR
Nurli, yorqin, nur sochuvchi gul yoki guldek go‘zal, nafis suluv qizning umri baxtli, nurga to‘la bo‘lsin.
GULBAHOR
Bahor guli, ko‘klam chechagidek dilbar, suluv, sohibjamol, go‘zal qiz, hbahorda uyg‘onish davrida tug‘ilgan qiz. Hayoti guldek chiroyli bo‘lsin ma’nosida.
GULANDOM
Gulbadan, gulqad, gulbichim, hushbichim, nozik badan, nozanin, go‘zal, latofatli.
GULYORA
Gul, chechak kabi ko‘rkam yoki gul kabi go‘zal do‘st, hamdam yoki gulning hamdami, gul oshig‘i.
GANJINA
Xazina, boylik, xazina egasi yoki tengsiz, bebaho qiz.
GULZIRA
Zira gulidek yoqimtoy qiz.
GULYUZ
Chehrasi guldek, chiroyli qiz. Sol: Gulchehra, Gulro‘y.
GULPARI
Gul va parilardek zebo qiz yoki parilarning go‘zali.
GULJANNAT
Jannat guli, tengsiz go‘zal qiz. Qar. Gul va Jannat
GULANOR
Anor gulidek chiroyli yoki badanida qizil nor xol bilan tug‘ilgan qiz.
GULHIDA
Gulning hidi, hush ifori, guldek iforli, go‘zal, nafis, nozik.
GULJAMOL
Guldek go‘zal husn sohibi, husni jamoli guldek zebo qiz.
GULBEGIM
Guldek dilbar malika, bek qizi.
GULINOZ
Gul yuzli, go’zal, guldek chiroyli qiz.
GULIDA
Gul kabi chiroyli.
GULNORA
Anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda tug‘ilgan qiz.
GO‘ZAL
Ko‘rkam, chiroyli, zebo, suluv, latofatli, jozibali, nazokatli.
GULASAL
Guldek go‘zal, chiroyli, nafis, latofatli va boldek shirin, yoqimtoy suyukli, aziz qiz.
GULSUM
Asli: Ummagulsum Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) payg‘ambar qizining.
GULI
“Gul“ so‘zi bilan boshlanadigan ba’zi qo‘shma ismlarning (Guliniso, Gulira’no) eq. shakli.
GULRA’NO
Qizil guldek ko‘rkam, go‘zal, nafis, sohibjamol, o‘zidan chiroy taratuvchi qiz.
GULCHIROY
Guldek ko‘rkam, gulyuzli qiz.
GULSEVAR
Gul sochuvchi, gul shaydosi, gulni sevadigan qiz, umr bo‘yi gulga o‘xshab ochilib yursin.
GULSARA
Gullarning sarasi, tanlangan, guldek nozik, suluv, maftunkor va go‘zal.
GULNOZA
Gul kabi nafis, nozik yoki nozli, jilvali gul, yohud go‘zal va nozli qiz.
GULLAR
Ko‘karar (gullar) deb umid qilamiz, ya’ni o‘lmaydi, yashaydi yoki qar. Gullarbas.
GULXUMOR
O‘ziga tortuvchi, o‘ziga maftun etuvchi.
GULNIGOR
Suyukli, chiroyli, ko‘rkam gul; orziqib kutilgan qiz Kutilgan, chiroyli qiz.
GULCHINOR
Guldek go‘zal qiz chinordek uzoq umr ko‘rsin yoki umri gul kabi ko‘rkam va chinor umridek uzun bo‘lsin.
GULBONU
Baland martabali guldek dilbar qiz.
GULNISO
Ayollarning guli, go‘zali, ayollarning eng ko‘rkami.
GULMIRA
Guldek nafis, nozik, suluv, aqilli va idrokli. Keng tarqalgan ismlardan biri.
GAVHAR
Dur, marvariddek bebaho qiz yoki asl, aslzoda.
GULCHEHRA
Gul yuzli, hushro‘y, sohibjmol, chiroyli, maftunkor, istarali, go‘zal chehrali suluv qiz.
GULZODA
Go‘zallar nasliga mansub, hurliqolar avlodidan bo‘lgan qiz, guldek nafis, latofatli, zebo va suluv.
GULSHODA
Guldek ko‘xlik, suluv, go‘zal va quvnoq, shodlanib yuruvchi, g‘am-g‘ussasiz, baxtiyor qiz.
GULHAYO
Guldek qo‘hlik, chiroyli, nafis hamda odobli, hayoli iboli, nozik iffatli, nigohini hayo bilan yashiruvchi qiz.
GULJAHON
Aynan: baxtli kunlar, ya’ni baxtli, saodatli kunda tug‘ilgan. Hayotda baxtiyor, iqboli, porloq, to’lei baland bo‘lsin.
GUL
Guldek chiroyli, go‘zal yoki umri guldek yashnoq bo‘lsin. Tarkibida gul so‘zi mavjud ismlarning eq.
GULXAYO
Iboli, hayoli, guldek go’zal.
GULLOLA
Loladek, lolaguldek chiroyli qiz lolalar ochilganda tug‘ilgan qiz.
GULIZA
Gul kabi go‘zal, maftunkor, latofatli, nafis, suluv, chiroyli, o‘ziga rom etuvchi qiz.
GULOYIM
Guldek zebo va mo‘tabar, qadrli qiz.
GULIBONU
Yuqori martabali, guldek dilbar qiz.
GULDASTA
Gullar dastasi, o‘ramidek zebo qiz yoki baxtli, saodatmand qiz.
GULAFRO‘Z
Guldek ko‘rkam, zebo hamda nurli, yorqin qiz.
GO‘YOXON
So‘zga chechan, notiqa, so‘zamol qiz.
GULFINA
Gullar aro eng go’zali, chiroyli va barno qiz misoli.
GULISTON
Hayoti gulzordek yashnagan, farovon bo‘lsin yoki inoyatli, himmatli, saxovatli qiz bo‘lsin.
GULSINA
Gulsiyna, ko‘kragi gulga to‘la, ya’ni shodon, baxtiyor yoki qar. Gulsuna.
GULBIBI
Yuksak martabali guldek go‘zal qiz.
GULZOR
Umri gulzor, chamandek obod, yashnagan bo‘lsin.
GULINOR
Anorning guli, anor gulidek go‘zal qiz yoki qizil xolli qiz.
GULZEBO
Guldek chiroyli, sohibjamol qiz.
GULOBAR
Gul keltiruvchi, gul tarqatuvchi qiz, ya’ni shodlik, baxt keltiruvchi qiz.
GULISHAYDO
Maftun qiluvchi, asir qiluvchi gul.
GULSHAYDO
Gulni sevuvchi, gullar oshig‘i yoki kishini maftun qiluvchi, guldek zebo qiz bo‘lsin.
GULDONO
Guldek ko‘rkam va aqlli, bilimdon qiz yoki gul donasi, yagona, tengsiz gul.
GULBAHRA
Guldek ko‘rkam va baxtli, xushhol qiz yoki barra (shoyi matodek muloyim) qiz.
GULG‘UNCHA
Gul g‘unchasidek go‘zal, dilbar qiz.
GULZUHRO
Guldek go‘zal va Zuhrobek nurli, tole’ porloq qiz.
GULBARG
Qizilgul bargi, yaprog‘I; ko‘rkam, chiroyli dilbar.
GULNAMO
Guldek, gulmonand, gulsifat qiz, ya’ni go‘zal, chiroyli qiz.
GULSUMAN
Gulsuman o‘simligi (jasmin)ning gulidek go‘zal yoki Gulsimon — guldek, gulmonand qiz.
GULCHECHAK
Chechak (gullar)ning eng sarasi yoki chechaklardek go‘zal qiz.
GULNOR
Anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda tug‘ilgan qiz.
GULIRAYHON
Rayhon gulidek go‘zal va rayhondek yoqimtoy qiz.
GO‘ZALOY
Ko‘rkam, chiroyli, zebo, suluv, latofatli, jozibali, nazokatli.
GULSABOH
Tong guli, sahar chog‘i ochilgan gul, tonggi chechak yoki tongda tug‘ilgan go‘zal.
GO‘ZALBONU
Ko‘rkam, chiroyli, zebo, suluv, latofatli, jozibali, nazokatli.
GULNOR
Anor gulidek zebo, gul chehrali qiz yoki anor gullaganda tug‘ilgan qiz.
GULNURA
Nurli, yorqin, nur sochuvchi gul yoki guldek go‘zal, nafis suluv qizning umri baxtli, nurga to‘la bo‘lsin.

H harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

HADICHA
Chala tug‘ilgan. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning birinchi xotini Hadicha (taxm. 555 — 556 — 620 — 621) ning ismi, Fotimaning onasi.
HABIBA
Suyukli, sevimli, mehribon, aziz, qadrli, qimmatli, e’tiborli, e’zozli qiz.
HUSNORA
Orolangan, bezangan, o‘ziga qaragan, zebo qiz; husnda tengsiz, o‘ziga munosib bo‘lgan, mos tushgan go‘zal husn, chiroy va latofat sohibasi.
HAFSA
Aynan: Sher, arslon; jasur, dovyurak qiz.
HOJAR
Toshdek mustahkam bo‘lsin, yashasin, o‘lmasin. Toshdek mustahkam qiz yoki ko‘chib yuruvchi, sayohatchi. Bu nom Ibrohim payg‘ambar xotinining ismi, ya’ni Ismoilning onasining nomi bo‘lgan.
HUSNIDA
Xusniddin ismiga qiyosan yasalgan ism.
HUSHNOZA
Hush fe’l, nozli, nafis qalbli, iboli, hayoli, baxt keltiruvchi.
HAKIMA
Bilimdon, aqlli qiz.
HAMIYAT
Qadrini, obro‘yini biladigan bola.
HUR
Jannat qizi; ko‘zining oqi va qorasi ajralib turadigan chiroyli qiz yoki ozod, erkin; baxtli, baxtiyor.
HAYRINISO
Hayrli amallar qiluvchi. Ayollarning himmatlisi, saxovatlisi yoki mehriboni.
HOSILA
Samara, natija, mehr-muhabbatdan dunyoga kelgan ulug‘ ne’mat farzand yoki aniq, ravshan.
HAVO
Hayoti bulog‘i, hayot baxsh etuvchi, hayotbaxsh, “Bibliya“dagi Eva ismining arabcha shakli.
HAVASXON
Xohlagan, orzu qilingan ulug‘ martabali qiz.
HAMDIYA
Madh qilingan, e’zozlangan.
HAYITGUL
Hayit kuni tug‘ilgan guldek go‘zal, chiroyli, zebo qiz.
HUSNIYOXON
Chiroyli, husniga tengi yo’q qiz.
HUSNI
Chiroy, go‘zallik, yaxshilik, yoqimtoylik.
HUMAYRA
Hamro, Humro — “qizil“ ma’nosidagi ismning eq.shakli. Ikki qizil yuzli, chehrasi anor qiz. Payg’ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vasallam) ayollari Oyisha onamizni erkalab shunday chaqirar ekanlar.
HILOLA
Yangi oydek ko‘rkam qiz yoki yangi oy chiqqanida tug‘ilgan go‘zal husnli qiz.
HALIMA
Muloyim, mehribon, rahmdil, mehrli, shafqatli, xushmuomala, beozor, suyukli qiz. Payg‘amabarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga oq sut bergan ayolning ismi.
HUSNIYA
Go‘zal chehrali, chiroyli, latofatli, maftunkor yuzli, zebo qiz.
HADIYA
Qar. Had’ya yoki Hodi (Hodi ya), Allohning tuhfasi yoki sovgasi.
HAYOTXON
Yashasin, barhayot bo‘lsin va baland martabaga erishsin.
HURRIYAT
Aynan: Ozodlik, erkinlik; ozod, baxtiyor zamon farzandi.
HOJIYA
Hojilar oilasiga mansub qiz, hojilar farzandi.
HUMO
Humo afsonaviy qush bo‘lib, uning soyasi tushgan odam baxtli va davlatli bo‘ladi, deyilgan rivoyat bor yoki jannat qushi, baxt va davlat keltiruvchi qush.
HASINA
Mustahkam, o‘tib bo‘lmaydigan, o‘ta berk, mahkam yoki maqbul, arziydigan.
HURIYA
Aynan: jannat qizi, taqvoli, e’tiqodli, iffatli, go‘zal. zebo, sohibjamol qiz.
HADIDA
Temir, temirdek mustahkam, ya’ni umri uzoq qiz.
HIMOYAT
Muhofazaga, himoyaga olingan qiz.
HARIR
Nozik, muloyim; nafosatli qiz.
HURJAHON
Dunyodagi eng suluv sohibjamol qiz yoki olamdagi eng baxtiyor, shodon qiz.
HANIFA
Mustahkam, ustuvor, poydevor; chin, asl, haqiqiy muslima ayol, sodiq Xudojo‘y yoki mehribon, rahmdil qiz.
HULKAR
Tolei Surayyo yulduzidek (yetti qaroqchi turkumida), yorug‘ yuzli, chiroyli, go‘zal qiz yoki iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo‘lsin.
HAMIDA
Maqtovga, tahsinga loyiq, yaxshi xulqli, a’lo fe’lli yoki Allohga shukur qiluvchi, shukrona bildiruvchi yoki maqtovga sazovor qiz.
HAYOT
Tiriklik, umr, barhayotlik; sog‘-omonlik. Samimiyligi bilan barchaga tabassum, hayot bag‘ishlovchi.
HADISA
axshi yo‘lga boshlovchi, ezgulikka yetaklovchi, yomonlikdan qaytarib yaxshilikka undovchi.
HILOL
Yangi oy, bir-ikki kunlik oy chiqqan kechada tug‘ilgan qiz.
HAJAR
Tosh, toshdek mustahkam bo‘lsin, yashasin, o‘lmasin. Qar. Hojar.
HURSHIDA
Hur, ozod, tinchlik, birovga to’be emas, o‘zligiga ega, hech kimga qaramligi yo‘q.
HURLIQO
Suluv yuzli qiz; xushro‘y, sohibjamol qiz, pari qiz.
HURMATOY
Qadrli, aziz va oydek suluv qiz.
HURZODA
Aynan: Hurlardan tug‘ilgan qiz; go‘zallar, baxtlilar nasliga mansub qiz yoki sohibjamol, dilbar qiz.
HUSHRO‘Y
Hushbo’y, yoqimli, nazokatli.
HAYO
Hayoli, orli, nomusli, odobli qiz.
HURPARI
Parilarning eng go‘zali, sohibjamoli, go‘zallarning go‘zali.
HAYITQIZ
Hayit (bayram) qizi, farzandi, hayit kuni tug‘ilgan qiz.
HOLIDAXON
Hollari ko‘p bo‘lgan taqdirda shu ism qo‘yiladi. Holi husniga yarashgan, maftunkor, istarali qiz.
HARAKAT
Taraddudli, sa’y-harakatli qiz.
HURCHEHRA
Ko‘zni qamshtiradigan darajada suluv yuzli qiz
HURBEKA
Beklar, aslzodalar nasliga mansub go‘za, dilbar qiz yoki ozod baxtiyor qiz.
HURJAMOL
Parilardek chiroyli, sohibjamol qiz.
HAYOTGUL
Guldek go‘zal qizning umri uzun, barhayot bo‘lsin.
HURMATXON
Qadrli, aziz hamda martabasi ulug‘ qiz.
HAQIQAT
Adolatli, haqqoniy, to‘g‘ri, odil qiz.
HOJATXON
Zarur bo‘lgan, muhtoj bo‘lib kutilgan, istalgan qiz.
HOSHIYA
Oxirgi, so‘ngi, kenja qiz. Shakllari: Hoshiyabibi, Hoshiyabu, Hoshiyaxon.
HOFIZA
Xotirasi kuchli, yodda soqlashga usta qiz.
HAVASGUL
Xohlagan, istalgan, havaf qilingan guldek go‘zal qiz.
HUSNIBONU
Go‘zal chehrali, oliynasab, aslzoda qiz.
HABISA
Darvesh, qalandar, tarkidunyochi.
HURPOSHSHA
Hurlar, parilar kabi go‘zal hamda yuksak martabali bola, mo‘tabar qiz.
HAYOTCHA
Jajji, kenja qizning umri uzoq, barhayot bo‘lsin.
HODISA
Yangidan tug‘ilgan, o‘zga, boshqa qiz.
HURZIYA
Go‘zallik, ko‘rkamlik nuriga yo‘g‘rilgan qiz, nafosat nurini sochuvchi qiz.
HUSNIJAMOL
Ko‘rkam husnli, sohibjamol qiz.
HURXON
Baland martabali suluv qiz yoki aziz, mo‘tabar bo‘lgan ozod, baxtiyor bola.
HUMOGUL
Baxtli, davlatmand hamda guldek go‘zal qiz.
HAYITBEKA
Hayit kuni tug‘ilgan baland martabali qiz.
HANIFA
Mustahkam, ustuvor, poydevor; chin, asl, haqiqiy muslima ayol, sodiq Xudojo‘y yoki mehribon, rahmdil qiz.
HAYBAT
Buyuklik; shukuhli, viroqli.
HUSNIYABONU
Go‘zal chehrali, chiroyli, latofatli, maftunkor yuzli, zebo qiz.
HAYITOY
Hayit kuni tug‘ilgan oydek suluv qiz.
HURIZOD
Parilar, go‘zallar nasli farzandi.
HADISAXON
Yaxshi yo‘lga boshlovchi, ezgulikka yetaklovchi, yomonlikdan qaytarib yaxshilikka undovchi.
HULKAROY
Tolei Surayyo yulduzidek (yetti qaroqchi turkumida), yorug‘ yuzli, chiroyli, go‘zal qiz yoki iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo‘lsin.
HAYOXON
Hayoli, orli, nomusli, odobli qiz.
HOMIYA
Qo‘riqlanadigan, asraladigan, himoya ostiga olingan, xavf-xatardan xoli.
HURNISA
Hur, parilardan. Pok, sof, toza, hayoli iffatli qiz.
HOSILOY
Orzuimiz, armonimiz natijasi bo‘lgan oydek suluv qiz.
HURBIBI
Go‘zal, sohibjamol qiz yoki ozod, erkin, baxtiyor qiz.
HUSNIOY
Husni oyga monand, chiroyli qiz.
HURSADAF
Tish bilan tug‘ilgan go‘zal qiz yoki sadaf kabi qimmatli, aziz va erkin, baxtiyor qiz.
HAZRATXON
O‘ta hurmatli, mo‘tabar va baland martabali qiz.
HAYITBIBI
Hayit kuni tug‘ilgan aslzoda qiz.
HUSNIOY
Husni oyga monand, chiroyli qiz.
HAMROQIZ
O‘zgalarga esh, hamdam bo‘lib yuruvchi qiz.

I harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

IMONA
Ishonch, ishonish, e’tiqod qilish, toat ibodat qilish, sig‘inish; imoni, e’tiqodi mustahkam.
IMRONA
Tiriklik, barhayotlik, uzoq umr ko‘ruvchi.
IQBOLA
Baxt, saodat, omad, porloq, kelajak, yorqin hayot.
IBODAT
Allohga sig‘inish, quluq qilish, ya’ni Allohga sig‘inuvchi. Xudojo‘y, iymonu-e’tiqodli, itoatli. Unga bo‘ysunvchi yoki ibodat vaqtida dunyoga kelgan qiz.
IZORA
Qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshindek mahkam bola yoki shohi mato, ro‘mol kabi muloyim oy yuzli, gulchehra qiz.
IXLOSA
Sofdil, pokdomon, sadoqatli va xolis qiz, ixlos bilan Yaratganga itoat qiluvchi, qalbi toza, beg‘ubor.
ISLOMIYA
Allohga bo‘ysunuvchi, sig‘inuvchi qiz yoki islom dini muxlisi.
ILMINOZ
Go‘zallik, nafosat, nazokat ilmi sohibasi, ilmli, nozli.
IFORZADA
Hushbo’y ifor tarqatuvchi gul.
ILMIYA
Ilm sohibi, bilimli, ma’rifatli qiz.
ILOHA
Allohga baxsh etilgan qiz.
ILOHIY
Xudojo‘y, taqvodor; sevimli, suyukli.
IZZATOY
Qadrli, e’zozga sazovor bo‘lgan oydek suluv qiz.
ILTIJOXON
O‘tinib, iltijo qilib erishilgan.
ILMIJAHON
Dunyo bilimlarini egallagan; dono, donishmand qiz.
IPAK
Ipakdek muloyim, yoqimli qiz.
IZOFAT
Qo‘shilish, ko‘payish, ya’ni, oldingi bolalarga qo‘shilsin, ko‘payishsin.
INJUBEKA
Beklar naslidan bo‘lgan durdek bebaho qiz yoki dur (marvariddek) bebaho ayol.
IYMONA
Iymonli, e’tiqodi mustahkam, qalbi pok, Allohga sig‘inuvchi, itoatkor qiz.
IRODA
Istab orzu qilib erishilgan qiz yoki Allohning irodasi, muruvvati bo‘lgan qiz, yohud irodali, chidamli qiz.
INOBAT
Alloh maqbul topib bergan farzand; Allohning marhamati, himmati, hadisi, tuhfasi.
ILMIRA
ilmli, aqilli, dono, tarbiyali.
ISTORA
Chaqnoq, porloq, nurli, osmonni yorituvchi yulduz. Abu Ali Ibn Sino onasining ismi ham Istorabonu bo‘lgan.
IN’OMA
Had’ya, sovg‘a qilib berilgan qiz.
ILTIFOT
Lutf, yaxshilik; mehru shafqat, marhamat.
ISFIRA
Yulduz degan ma’noni anglatib, yarqirab, charog‘on bo‘lsin deganidir.
ISLAMIYA
«Itoatkor, Allohga sodiq, islomga sajda qiluvchi» ma’nosini anglatadi. Haqiqiy musulmon ayol deganidir.
ISTARA
Istarasi issiq, yoqimtoy, jozibali. Sitora yulduzi nomidan.
ISHQIYA
Muhabbat, mehru muruvvat sohibasi.
IZZATGUL
Qadr-qimmatli va guldek ko‘rkam qiz.
IFORA
Hushbo‘y, yoqimli iforli, nafis hid taratuvchi.
INDIRA
Indu — oy demakdir. Indira veda dinidagi iloha (xudo)lardan biri va u momaqaldiroq, yomg‘ir xudosi hisoblanadi.
IFORZODA
Ifor taratuvchi, hushbo’y.
IRODAT
Tilab, orzu tilab olingan qiz yoki irodali, chidamli, sabru toqatli qiz.
ISMIZAR
Tillo (yaxshi) ism sohibi, eng go‘zal ismli qiz.
IZOLAT
Himoya qilingan; mahkam, mustahkam.
IFFATOY
Pokiza va oydek ko‘rkam qiz.
INOYATXOL
Allohning muruvvati, lutfu karami tufayli erishilgan xolli qiz.
ISMINOZ
Nozik va nafis ismli qiz.
ILMINISO
Bilimli qiz; ayollarning bilimdoni, donosi.
IXLOSBONU
Sofdil, pokdomon, aslzoda qiz.
IBOCHA
Uyatli, andishali, jajji, kenja qiz.
ILIMBEKA
Beklar naslidan bo‘lgan bilimli, dono qiz.
ISTAKOY
Qo‘msab, orzu qilib olingan oydek go‘zal qiz.
ISHORA
Badanida qanqaydir belgi bilan tug‘ilgan qiz yoki Allohning xohishi, irodasi.
IBODA
Qul, cho‘ri qiz yoki qulning qizi. Ibod (Ibod a).
IXLOSIYA
Soflik, samimiyat, sadoqat sohibasi.
IFFATBIBI
Or-nomusli, pokiza qiz.
IFRAT
Ziyoda, ortiqcha, keragidan ortiq. Hadeb qiz tug‘ilavergan oilalarda o‘g‘il ko‘rishni orzu qilib berilgan ism.
ILMORA
Hayoli, iboli, tartibli, inobatli, ilmli.
IQBOLOY
Baxt, saodat, omad, porloq, kelajak, yorqin hayot.

J harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

JASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi.
JAYRONA
Ohu, jayron kabi epchil, chaqqon, tezkor, go‘zal, jozibali, maftunkor, rom etuvchi, juda chiroyli qiz.
JUMAGUL
Juma kuni tug‘ilgan guldek suluv, zebo, go‘zal qiz.
JANSU
Jan hamda su, obi hayot, ya’ni tirik suv ma’nosini anglatadi. Jildirab, mavjlanib oqayotgan suvdek pokiza. beg‘ubor, nafis, samimiy inson bo‘lsin ma’nosida.
JAHONNUR
Olamning nuri, baxtli qiz, mislsiz baxtu saodat sohibi.
JANYA
Jannatlardan joy olsin degan maqsadda.
JAHONBONU
Olamdagi eng mashhur qiz; tengsiz malika.
JONON
Suyukli, aziz yoki ko‘rkam sohibjamol, maftunkor qiz. Shakllari: Jononbibi, Jonnoy, Jonongul, Jononboy, Jononxon.
JAHONBAXT
Tolei olamdek cheksiz bo‘lsin yoki olamdagi eng baxtli qiz.
JAHONDAGUL
Olamdagi go‘zallarning a’losi, zebolarning zebosi.
JAMOLBIBI
Chiroyli, zebo va yuksak martabali qiz.
JANNAT
Behisht, uchmoq, ya’ni jannat qizi.
JAMBIL
Janbil (xushhid o‘simlik)dek yoqimtoy suyukli qiz.
JAYRAXON
Ohu, yovvoyi qiyikdek go‘zal, nafis qiz.
JARQIN
Hayoti yorqin, nurli, ravshan bo‘lsin.
JAMILA
Go‘zal, sohibjamol, maftunkor, nafis, suluv qiz.
JOZIBA
Dilrabo, dilkash, maftunkor, jozibali, go‘zal va suluv qiz.
JO‘SHQINOY
G‘ayratli, shijoatli, sho‘xchan qiz.
JOMIYA
Pok, musaffo, toza, pokiza.
JO‘SHQINOY
G‘ayratli, shijoatli, sho‘xchan qiz.
JUMAXOL
Juma kuni dunyoga kelgan va xolli qiz.
JUMAQIZ
Juma kuni tug‘ilgan qiz.
JAYRONABEGIM
Jayron kabi epchil, ko’zlari jayron ko’laridek chiroyli va maftunkor. Oyoq-qo’lli, epchil qiz bo’lsin.
JANNATOY
Behisht, uchmoq, ya’ni jannat qizi.

K harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

KAMOLA
Kamolga erishgan yetuk,zebo, ko’rkam, mukammal inson. Boshqalarga namuna, ibrat, o‘rnak bo‘la oladigan qiz.
KAMILA
Kamalakdek rangli.
KABIRA
Ulug‘, buyuk, ayollarning ulug‘i , muhtarama ayol.
KIMYO
Aynan: Qimmatbaho, narsalar, javohirlar; kamyob, tengsiz, nodir. Shakllari: Kimyoxon, Kimyooy.
KAFILA
Kafilga olingan, yashaydigan, umri uzoq qiz.
KAMOLIYA
Yetuklik, kamolotga yetgan, barkamol qiz.
KICHIKGUL
Bolalarning eng kichigi, kenjasi bo‘lgan guldek ko‘rkam qiz.
KUMUSH
Kumushdek qadrli, qimmatbaho, e’tiborni tortuvchi qiz yoki oq yuzli oq badan, nafis, go‘zal qiz.
KARIMA
Sahovatli, sahiy, qo‘li ochiq, mehribon, rahmli, qalbi pok qiz.
KAROMAT
Olijanoblik, saxiylik, saxovat yoki mo‘jiza, mo‘jizali qiz. Karomat ismi keyingi ma’noda badanida birorta g‘ayri tabiiy belgi bilan tug‘ilgan bolalarga ham qo‘yiladi.
KAVSAR
Jannatdagi buloqdan oquvchi suv; obihayot, hayot suvi, mo‘l, farovon hayot kechirsin.
KAMRONA
Baxtli, saodatli, baxtga eltuvchi, to’lei porloq, iqboli baland, kunlari xursandchilik va quvonch bilan o‘tuvchi.
KELSINOY
Oramizga kelsin, tursin, yashasin, umri uzoq bo‘lsin. Shakli: Kelsinxon.
KICHIKQIZ
Kichik, kenka qiz.
KAFOLAT
Himoyaga olingan, muhofaza qilingan, uzoq umr ko‘ruvchi, hayoti, kunlari barakali bo‘luvchi.
KOMILA
Nuqsonsiz, barkamol, yetuk, bekamu-ko‘st, namunali, ibratli qiz.
KUBRO
Eng ulug‘, ulug‘vor, mag‘rur, g‘ururli, oriyatli, iffati kuchli ayol.
KIBORA
Ulug‘lar, aslzodalar nasliga mansub qiz.
KIFOYA
Qizlar yetarli bo‘ldi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin yoki bolalarimiz yetarli bo‘ldi, qoniqdik.
KIBRIYONISO
Ayollarning ulug‘i , buyugi; mag‘rur, viroqli ayol.
KUMUSHGUL
Kumushdek qimmatli va guldek zebo.
KUMUSHOY
Kumushdek qadrli, qimmatbaho, e’tiborni tortuvchi qiz yoki oq yuzli oq badan, nafis, go‘zal qiz.
KAROMA
Saxovatli, himmatli, qo‘li ochiq qiz.
KUMUSHBEKA
Beklar nasliga mansub kumushdek qimmatli, qadrli qiz.

L harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

LAYLO
Tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (safsan)dek go‘zal, latofatli, sadoqatli qiz. Qadimiy yahudiy tilida: Liliya – Safsangul.
LOLA
Loladek yashnagan, nafosatli, chiroyli. ko‘rkam, go‘zal qiz yoki lolalar ochilgan payitda tug‘ilgan qiz.
LUTFIYA
Mehru muruvvat sohibasi, mehribon, dilkash, rahmdil, ko‘ngli pok qiz.
LAZOKAT
Asli: Nazokat. Latofatlilik, noziklik, latiflik, nozik tabiatli, nozanin, suluv, go‘zal, chiroyli, maftunkor qiz.
LOMIA
Nurli, ravshan, yashnab turuvchi; baxtli, saodatmand.
LOLAQIZ
Lola kabi suluv qiz; lola ochilganda tug‘ilgan qiz.
LUQMONOY
Bilimdon, donishmand qiz.
LOLARUX
Lola yuzli, loladek zebo, sohibjamol qiz.
LOLARO‘Y
Lola yuzli, loladek zebo, sohibjamol qiz.
LAYLINISO
Ayollarning eng ko‘rkami, zebosi.
LOLANISO
Loladek yashnagan, nafosatli, chiroyli. ko‘rkam, go‘zal qiz yoki lolalar ochilgan payitda tug‘ilgan qiz.
LOLAGUL
Lolaguldek go‘zal, zebo qiz.
LEYLA
Tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (safsan)dek go‘zal, latofatli, sadoqatli qiz. Qadimiy yahudiy tilida: Liliya – Safsangul.
LIBOSXON
Hayoti liboslarga, zebu ziynatlarga burkansin, boy-badavlat bo‘lsin yoki sovg‘a, tortiq.
LOBAR
Go‘zal, ko‘rkam, kelishgan, yoqimtoy, nafis, hushfe’l, dilkash qiz.
LATIFA
Mehribon, g‘amxo‘r, qayg‘uruvchi, muruvvatli qiz yoki muloyim, nafis, shirinsuhan, ozoda, pokiza, qalbi toza qiz.
LILIYA
Go’zallik timsoli, guldek beg’ubor.
LENAR
Gozal, chiroyli.
LAZZAT
Shirin, chiroylikkina, yoqimtoy qiz yoki hayoti huzur-halovatli, kunlari totli, shirin kechsin.
LOLAZOR
Hayoti lolazordek yashnasin, obod bo‘lsin, nazokarli, pokiza qiz.
LAYLOGUL
Tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (safsan)dek go‘zal, latofatli, sadoqatli qiz. Qadimiy yahudiy tilida: Liliya – Safsangul.
LAYLIJAMOL
Nilufardek zebo, Layli kabi sohibjamol qiz.
LAZIZA
Yoqimli, yoqimtoy, shirin qiz.
LATOFAT
Nazokatli, mehribon, latofatli, pokiza, shavqatli, zebo qiz.
LAYLI
Savsangul, oqshom gulidek barno, go‘zal, nafis qiz yoki tun go‘zali, tungi yog‘du. Tunda tug‘ilgan qiz yoki nilufar (savsan) dek go‘zal, chiroyli qiz. Qadimiy yahudiy tilida: liliya — savsangul.
LIYA
Aytishlarica Payg’ambarimiz (Sollallohu Alayhi Vasallam)ning zavjalari bo’lgan.
LAZINA
Muhabbatga sodiq, oshiq qalb, sevganiga vafodor, hiyonat neligini bilmaydigan oqila, iffatli, hayoli qiz.
LABIBA
Ziyrak, aqlli, dono.
LATIFJAMOL
Qar. Latif va Jamol; muloyim, pokiza, go‘zal chehrali.
LABSHAKAR
Shirin tilli, xushmuomala, dilkash.
LOLAXON
Loladek yashnagan, nafosatli, chiroyli. ko‘rkam, go‘zal qiz yoki lolalar ochilgan payitda tug‘ilgan qiz.

M harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

MUBINA
Jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y latofatli, zebo qiz.
MADINA
Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism.
MUSHTARIY
Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridor.
MUNISA
Do‘st, o‘rtoq, sirdosh; sodiq do‘st, maftunkor, ishonchli, suyanish mumkin bo‘lgan qiz.
MOHINUR
Oyning nuri, oydin, oydindek pokiza, suluv, chiroyli, oydek go‘zal qiz.
MEHRIMOH
Oy va quyosh uchrashgan paytda dunyoga kelgan qizga qo‘yiladigan ism. Turk podshosi Sulton Sulaymonning qizining ismi. Mihr — Quyosh, Moh — Oy.
MOHIRA
Mahoratli, ustamon, puxta, pishiq, qo‘li gul, epchil, chaqqon, ozoda va sarnjom qiz.
MOHLAROYIM
Yorqin nur, ochiq chehrali, kulib turuvchi, istarali, mehribon qiz.
MA’MURA
Baxtli, nasibali, farovon yashovchi; boshqaruvchi, yetakchi, yo‘l ko‘rsatuvchi, boshliq.
MANZURA
Orzu qilib kutilgan qiz, yaxshiliklari va sofligi bilan elga manzur bo‘lsin degan niyatda ham qo‘yiladi.
MOHINA
Oyga o‘xshash, oymonand, nafis, nozik yoki yangi oy chiqqan paytda tug‘ilgan yoki yangi oydek suluv qiz.
MUZDALIFA
Suvdek shiddatli, tog‘dek viqorli, shijoatli va kuchli qiz.
MAHDIYA
To‘g‘ri yo‘l, Alloh yo‘liga boshlovchining quli, ya’ni Mahdining quli.
MUXARRAM
To’lin oy, muxarram oyida, oy to’lgan kechada tug’ilgan qiz.
MEHRIBON
G‘amxo‘r, jonkuyar, mushfiq, iltifotli, fidoiy, mehrli, e’tirborli qiz.
MAHINA
Oydek suluv qiz.
MA’SUMA
Pokiza, gunohsiz, bokira.
MUHABBAT
Do‘stlik, yaqinlik, suyukli, mehribon qiz, muhabbatli, yuragida mehr iliqlik bor.
MUSLIMA
Musulmon, xudojo‘y ayol, soliha, Allohga itoat etuvchi mo‘mina qiz.
MARYAM
Aynan: juda achchiq, zahar-zaqqum yoki Alloh qadrlagan, sevgan qiz yohud nomusli, pokdomon, qiz. Iso payg‘ambarning onasining ismi.
MALAK
Farishta, ya’ni chiroyli, suluv, sohibjamol, zebo, go‘zal, sof, pok, ozoda, orasta.
MALIKA
Qirolicha; podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika — Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir.
MAHLIYO
Sehrlovchi, jozibali, yoqimtoy, o‘ziga jalb etuvchi, ko‘ngilni rom qiluvchi, nazokatli, suluv qiz.
MUHSINA
Mehribon, yaxshiliklar qiluvchi, murruvatli, hayirli amallarga intiluvchi, rahmdil qiz.
MUNIRA
Nurli, ravshan, go‘zal, zebo, baxtli, saodatmand, nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, zebo qiz.
MEHRANGIZ
Suyukli, aziz, qadr-qimmatli, mehr-oqibatli, yoqimtoy qiz.
MAVLUDA
Hosiyatli, yaxshi, muqaddas kunda tug‘ilgan qiz, umrida yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin, hayoti chiroyli o‘tsin.
MAKNUNA
Yashirin, berkingan, maxfiy, ko‘zlardan, nazarlandan uzoq qilingan yoki gavhar, qimmatbaho, qadri baland.
MOXINA
Oy qiz degan manoni bildiradi. Oydek suluv.
MARHABO
Kutilgan, orzu qilingan qiz, bu dunyoga marhabo, hush kelibsan aziz inson ma’nosida qo‘yiladi.
MUBORAK
Duo olgan, omadli, baxtli, qutlug’, saodatli.
MUYASSAR
Orzu qilib yurib erishilgan; Alloh erishtirgan, sovg‘a qilgan, muyassar qilgan qiz. Hayotidagi barcha orzulari, niyatlari muyassar bo‘lib ijobat bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi.
MARG‘UBA
Qo‘msalgan, istalgan; suyukli, qadrli.
MOHIGUL
Oydek suluv, chiroyli va gul kabi ko‘rkam qiz, oyning chekkasidagi gul.
MAHFUZA
Himoyalangan, muhofazaga olingan yoki qo‘rg‘on, qasr, qal’adek mustahkam baquvvat, yengilmas.
MAFTUNA
Zavqlantiruvchi, maftun etuvchi; chiroyli, jozibali, go‘zal, latofatli, suluv.
MILANA
Shirin degan ma’noni anglatib, ko‘proq serb xorvat xalqlari orasida keng tarqalgan ismdir. Shuningdek, rus tilida «mingyillik», «zamonaviy» ma’nosini anglatadi.
MARJONA
Dur, inju, marvaridlar tizimi, qizil rangli yirik munchoq, marjondek qimmatbaho, latofatli, go‘zal, yorqin, zebo va suluv qiz.
MUXLISA
Oqko‘ngil qiz, xudojo‘y, muslima, mo‘mina qiz.
MUMTOZ
Tanlangan, saralangan, sarbaland, mashhur, e’tiborli, odamlar nazari tushgan, zo‘r.
MARZIYA
Maqbul, e’tiborga loyiq, arziydigan; suyukli, yoqimtoy.
MARIYAM
Iso alayhissalomning onalari Mariyam onamizning ismi.
MAHBUBA
Suyukli, qadrli, aziz do‘st, dilbar, dilkash, ko‘ngli toza, sevilgan, dilbar qiz.
MUIZZA
Muizza — payg‘ambarimiz Muhammad sallolohu alayhi vasallamning mushuklarining nomi bo‘lgan. Hadisda yozilishicha, mushuk payg‘ambarimizning kiyimlari ustida uxlab qolsa, uni uyg‘otmaslik uchun oxistagina kiyimni yechib, boshqa kiyim kiyib olganlar. Kunlarning birida mushuk payg‘ambarimizning xalatlarining qo‘l qismida uxlab qolgan. Uni uyg‘otib yubormaslik uchun kiyimning o‘sha qismini yirtib, o‘rinlaridan qo‘zg‘alganlar.
MUHAYYO
Hozir bo‘lgan, so‘raganda paydo bo‘lgan, bor bo‘luvchi, yashovchi, yashab ketuvchi qiz.
MATLUBA
So‘rab, intizor bo‘lib, iltijo qilib erishilgan; xohlangan, umid va orzu qilingan, uzoq kutilgan qiz.
MEHRINISO
Ayollarning quyoshi yoki ayollarning eng mehriboni,oq ko‘ngil, sabr-toqatli, chiroyli, shafqatlisi. Bu ism o‘tmishda olinasab avlodlarga mansub ayollarning o‘ziga xos unvoni bo‘lgan.
MASTURA
Aynan: berkitilgan, yopiq yuzli, halol, pok, toza, pardali, iffatli, hayoli, iboli qiz.
MUSFIRA
Ikki dunyo saodati ila nurli yuzli, yorqin chehrali, to’lei porloq, iqboli baland bo‘lgan baxtli, saodatli qiz.
MOXLAROYIM
Yorqin nur, ochiq chexra, mehribon qiz
MUATTAR
Xushbo‘y, yoqimli hid tarqatuvchi, atir sochuvchi, muattar hidli.
MAXSUMA
Sof, pokiza, gunohsiz.
MAVJUDA
Bor bo‘luvchi, barhayot, yashovchi, yaratilgan, uzoq umr ko‘ruvchi, umri barakali.
MUQADDAS
Tabarruk, aziz, qadrli yoki pokiza, sof, benuqson, ozoda, qutlug‘.
MOHICHEHRA
Oy yuzli, oydek nurli, oychehra qiz
MAXSUDA
Maqsadiga erishadigan, niyati xolis va Allohning suygan bandasi.
MO‘MINA
Shariatga e’tiqodli, iymon-insofli, mo‘mina, taqvodor, muslima qiz. Allohga so‘zsiz itoat etuvchi.
MEXRONA
Sevimli, sevgisiga vafodor, sadoqatli inson bo‘lsin ma’nosida.
MUJGONA
Mujgon yani kipriklari chiroyli nayzadek.
MARDONA
Jasur, dovyurak qiz.
MAG‘ZUNA
Hushyor, ziyrak.
MOHIDAVRON
Gulbahor, ya’ni bahorda ochilgan gul yoki gullar bahori ma’nosini anglatadi. Umri gullardek chiroyli, nafis, yoqimli is taralib tursin deganidir.
MAFTUN
Zavqlantiruvchi, maftun etuvchi; chiroyli.
MEHRIBONU
Quyoshga o‘xshash, quyoshga qiyos qilgulik.
MIRONA
Ayollarning sardori, rahbari.
MUHIBA
Do‘st, qadrli, suyukli qiz yoki rahmdil, mehribon qiz.
MAFZUNA
Latofatli, chiroyli, go‘zallar ichida yagona, suluv va nafosatli qiz.
MURSALINA
«Xabarchi» ma’nosini anglatib, yaxshi xushxabrlar keltiruvchi xosiyatli qiz bo‘lsin deganidir.
MUSINA
Keksalardek uzoq yashasin.
MORIYA
Islomni qabul qilgan qiz — Ibroximning onasi.
MEHRINOZ
Barchaga mehr ko‘zi bilan boqadigan, insonlarga qayg‘uruvchi, e’tiborli; noz-karashmali, suluv qiz.
MARVARID
Dur, inju; qimmatli, bebaho qiz.
MARG‘IYONA
Sirli, maftunkor, Marg’ilon xoni malikasi.
MALOHAT
Go‘zal, suluv, nafosatli, dilkash, malohatli, ko‘rkam qiz.
MASTONA
Go‘zal qarashlar qiluvchi, ishvali, suluv, zebo, hushbichim, suqsurdek go‘zal, latofatli nafis qiz.
MAYRAM
Bayram (hayit) kuni tug‘ilgan qiz yoki qar. Maryam.
MAQSUDA
Orzu qilingan, orziqib kutilgan qiz.
MUQADDAM
Oldinda boruvchi, peshvo yoki oiladagi ilk, birinchi bola.
MUZAYANA
«Bezangan, chiroyli degan ma’noni anglatib, ko‘zni qamashtiruvchi go‘zalikka ega bo‘lsin degan niyatda qo‘llaniladi.
MADINAIMUNAVVARA
Madina shahrining ulug’ ekanli, husnkor, yorug’lik.
MOXIDIL
Oydek go’zal, qalbi pok.
MA‘RIFAT
Malumotli, o’qimishli, bilimdon.
MAHSUMA
Ko’ngli oq, tozalikni hush ko’ruvci, sadoqatli, e’tiborli.
MUNOJAT
Yalinib, yolg‘orib yurib erishilgan bola yoki duoxon, ibodatlar qiluvchi.
MARIYA
Achchiq yoki ustunlik, yuksak turuvchi.
MAHZUNA
Dardli, g‘amli, mahzun, qayg‘uli, g‘amgin, ma’yus, ko‘zi yoshli qiz.
MUSLIHA
Dinga xayrixoh, dinni yaxshilash va e’zozlashga xizmat qiluvchi.
MAXFIRAT
Rahmdil, shafqatli, marhamatli, himmatli.
MEHRONA
Quyoshning ehsoni, tuhfasi; nurli, baxtli.
MUNAVVARA
Nurli, ravshan, jozibali, yoqimtoy.
MAYSARA
Mohisora-muloyim, nozanin yoki boy, ma’mur qiz.
MOHITABON
Nurli oy, ko’zni qamashtiruvchi, ya’ni tengsiz go’zal.
MA’RIFAT
Ma’lumotli, o‘qimishli, bilimdon, idrokli, aqlli, zakovatli, bilimdon, dono qiz.
MADHIYA
Maqtovga sazovor, madhga arziydigan, shonli qiz.
MO‘TABAR
Hurmatli, aziz, e’zozga loyuq. Eht.: Mo‘tabarxon.
MINURA
Nur taratuvchi, nurli qiz.
MEHRINUR
Mehrli, nurli qalb egasi.
MOHITOBON
Ko‘zni qamashtiruvchi, nurli oy, ya’ni tengsiz go‘zal.
MAKTUBA
Ismlik ma’nosi noaniq; eht.: xat, noma.
MAKKA
Alloh suygan banda, Arabistondagi muqaddas Makka shahari nomidan olingan ism.
MARAL
Maral (bug‘isifat hayvon), kiyikdek go‘zal, zebo qiz.
MOHIZODA
Oy farzandi, go‘zallar nasliga mansub qiz.
MOHIZAR
Oy shul’asi, yorug’lik, nurli, oy qiz.
MUSLIMXON
Xudojo‘y, taqvodor; pokiza ayol yoki qar. Muslim (Muslim xon).
MAG‘FIRAT
Kechirilgan, gunohidan o‘tilgan, beguhon, pokiza.
MAMLAKAT
O‘lka, diyor; ona yurt farandi, elning sevimli qizi.
MUKARRAMA
Hurmatga, e’zozga sazovor.
MАFTUNА
Zаvqlаntiruvchi, o’zigа jаlb etuvchi.
MOHICHEXRA
Xusni oydek, oy chehrali, porloq, nafosatga boy.
MEHRIYA
Mehr-muruvvat sohibi.
MAYRAMBIBI
Bayram, hayit kuni tug‘ilgan baland martabali qiz.
MUFZILA
Mehribon, yaxshiliklar qiluvchi, muruvvatli.
MEHRINIGOR
Quyoshdek ko‘rkam; nurli, saodatli.
MAYSA
Maysalar ko‘karganda, ko‘klam chog‘i tug‘ilgan qiz, sabr-toqatli, barchaga o‘rnak bo‘la oladigan.
MAHFIRAT
Gunohi kechirilgan, begunoh, ozod, hur.
MOHIYA
Oymonand, oy yuzli; oy farzandi.
MEHRIGUL
Guldek chiroyli va rahmdil mehribon qiz, mehr-oqibatli, guldek nafis.
MUSALLIMA
Kamtar, xoksor; odobli, xulqli.
MEHRIZODA
Quyosh qizi, quyosh farzandi.
MURUVVAT
Luftu ehson, saxiylik; mehru shafqatli.
MOHISULTON
Oydek go‘zal qizlarning sarkori, sultoni.
MEHRIYO
Xudoning mehri tushgan, aqlli, mehrli qiz.
MA’SUMXON
Pokiza, orasta, gunohsiz. Shakli: Ma’sumjon.
MOQINA
Chiroyli, oppoq qiz.
MAMNUNA
Qanoatli; qanoat hosil qilgan; shodon, baxtiyor.
MA’LUMA
Belgili, taniqli; jongdor, shuhratli.
MEHRNOZ
Quyosh jilvasidek jozibali, ko‘rkam qiz.
MOHIZAMON
Davrining (zamonasining) eng go‘zal farzandi.
MOHJAHON
Olamdagi eng go‘zal va oydek suluv qiz.
MOMOGUL
Buvisining o‘rniga kelgan va uning usmini olgan guldek go‘zal qiz.
MOHLARBONU
Eng yorqin oy va aslzoda qiz yoki qar. Mohlar va Bonu.
MOHISARA
Tengsiz oy, ya’ni go‘zallarning go‘zali.
MUSAVVIR
Rassom, naqqosh, suratkash, go’zallik yaratuvchi.
MOHIPARI
Oydek pari parilar (go‘zallar)ning eng go‘zali.
MOXISHIRIN
Oydek go’zal, shiringina qiz.
MUSHOIRA
She’r o‘qib musobaqa qiluvchi; she’riy san’at sohibasi.
MA’RIFA
O‘qimishli, savodxon, bilimli; bilim-ma’rifat tarqatuvchi.
MAHTOB
Oy nuri, oydin, to‘lin oy.
MARJONGUL
Marjondek qimmatli, aziz hamda guldek zebo qiz.
MEHRDIL
Mehribon, g‘amxo‘r, qayg‘uruvchan.
MUMTOZBEGIM
Tanlangan, saralangan, sarbaland, mashhur, e’tiborli, odamlar nazari tushgan, zo‘r.
MOHTOB
Nurli, nur sochuvchi oy yoki oydinga tug‘ilgan qiz.
MALOHAT
Go‘zal, suluv, nafosatli, dilkash, malohatli, ko‘rkam qiz.
MOHISITORABONU
Mohi — oy, oydek, go’zallikka mansub; Sitora — yulduz, baxtli tolei baland; Bonu — malika, shohlar avlodiga mansub aslzoda; Mohisitora — istarasi issiq, jozibali, nafosatli qiz, Mohisitorabonu — Oy va yulduz malikasi.
MAYSAGUL
Ko‘klam masyasidek muloyim va guldek ko‘rkam qiz.
MAHDIYA
To‘g‘ri yo‘l, Alloh yo‘liga boshlovchining quli, ya’ni Mahdining quli.
MADINABONU
Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgox bo‘lgan Madinai Munavvara ismidan olingan ism.
MUMTOZBEGIM
Tanlangan, saralangan, sarbaland, mashhur, e’tiborli, odamlar nazari tushgan, zo‘r.
MALIKABONU
Qirolicha; podshohning avlodiga mansub ulug‘ martabali ayol. Shohbonu, go‘zallar go‘zali, mahvashlar mahvashi, zakovatli sohiba. Malikalardek obro‘-e’tiborli bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Ushbu ism sohibalaridan biri Amir Temurning xotini, katta malika — Saroymulkxonim, Qozonxonning qizidir.

N harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

NURIYA
Baxtli, shodon qiz, hayoti nurli ravshan; o‘zidan nur sochuvchi, oftobdek quvonchli qiz.
NOZIMA
Tartibga, intizomga rioya qiladigan, ya’ni tartibli, sarishta.
NAFISA
Nafis, nozik, go‘zal, nafosatli, latofatli, foyda keltiruvchi, yaxshiliklar qiluvchi.
NASIBA
Rizqu-ro‘zli, nasibali qiz. Umri to‘kin-sochinlikda, bekamu-ko‘st o‘tsin, nasibali bo‘lsin ma’nosida.
NAZOKAT
Latofatlilik, noziklik, latiflik, nozik tabiatli, nozanin, suluv qiz.
NAFOSAT
Nafislik, go‘zallik, ko‘rkam, zebo, latofatli, chiroyli va suluv qiz.
NARMINA
Muloyim, yumshoq tabiatli, xushmuomala, mehribon.
NASTARIN
Nastarin gulidek nozik, nafis, go‘zal chehrali, maftunkor, dilni yayratuvchi, latofatli, suluv.
NURHAYOT
Tiriklik ziyosi, nurli, baxtli hayot sohibasi.
NASIMA
Tong shamolidek huzurbaxsh, muloyim tabiatli yumshoq ko’ngil, pokiza, nafosatli, yoqimtoy qiz.
NURINISO
Ayollarning eng nurlisi; go‘zali, zebosi yoki ayollarning baxtlisi, omadlisi.
NASRIN
Oqgul; oqguldek go‘zal qiz.
NARZIYA
Allohdan nazr qilingan.
NAGIMA
Jannat, saodat ma’nosini anglatadi. Jamiki yaxshi xislatlarni o‘zida jo aylab, jannatiy inson bo‘lsin ma’nosida.
NOZIGUL
Xushqad, xushandom; nozik, chiroyli va juda quvnoq, go‘zal, zebo qiz.
NAZMIYA
Ayollarning yulduzi, to’lei baland ayol.
NAZMINA
Og’ir, vazmin, aqlli.
NOIBA
Ko‘makchi, yordamchi, dastyor qiz, onasining qo‘lidan ish oluvchi, otasiga madadkor, ko‘makdosh, aka-ukalariga doim yordamchi bo‘lsin degan maqsadda.
NODIYA
Chaqiruvchi, ko’zlari bilan chorlovchi.
NAYZANGUL
Nayzali gul, so‘zi o‘tkir, o‘ziga ishongan, qat’iyatli, uddaburon, epchil, kurasha oladigan va shu bilan birga gul kabi go‘zal.
NIGINA
Uzuk, qimmatbaho tosh bilan ziynatlangan uzuk; qimmatli, qadrli; bebaho, go‘zal, zebo.
NARGIZ
Nargis(bo‘tagul)dek nozik, zebo, go’zal qiz.
NODIRA
Tengi yo‘q, yagona, tengsiz, bebaho, benazir, nodir, betakror, beqiyos go‘zallik sohibasi go‘zal, latofatli, zebo qiz.
NARGIZA
Nargis(bo‘tagul)dek nozik, zebo, go’zal qiz.
NAIMA
Baxtli-saodatli, to’lei baland, iqboli porloq, peshonasi yorug‘.
NISO
Ayol, xotin; qiz.
NURA
«Nur»ning muannas shakli.
NURXON
Nurli, yorug’, ochiq chexrali.
NURZODA
Baxtu iqbol farzandi yoki nurga nurkangan (baxtli) qiz.
NURAFSHON
Yorug‘lik manbai, nur sochuvchi, go‘zal, barno.
NURZIYO
Behad nurli, o‘ta ravshan, shodon, baxtiyor.
NURGUL
Nurli, tol’ei balnd, iqboli yorqin va guldek go‘zal, maftunkor, nafis qiz.
NAJIYA
Eng yaqin, qadrdon do‘st, sirdosh yoki kutilgan, orzu qilingan qiz.
NILUFAR
Nilufar (savsan) o‘simligidek chiroyli, zebo qiz, o‘ziga maftun etuvchi.
NIGORA
Go‘zal chehrali, sohibjamol, o‘ziga rom etuvchi, maftunkor, latofatli, jozibali, go‘zal, zebo, tengsiz husn sohibasi, yoqimtoy.
NOILA
Orzu qilingan, intiqib kutilgan qiz. Alloh bergan sovg‘a, tuhfa.
NAZIRA
Va’da qilingan, bag‘ishlangan, hadya qilib berilgan, sovg‘a qilingan, avliyolarga nazir qilingan qiz.
NOZANIN
Nozli, nafosatli, go‘zal qiz.
NURBONU
Aslzodalar naslidan bo‘lgan kelajagi nurli, ravshan qiz.
NOZILA
Yuqoridan tushgan, ya’ni Alloh iltifot qilib bergan qiz. Allohning sovg‘asi, hadyasi, samodan kelgan mehmon.
NASIM
Yengil shabada, tong shamoli; muloyim, yoqimtoy, yumshoq ko‘ngilli.
NURIJAHON
Jahonning nuri, ikki dunyoni tutashtiruvchi nur.
NOZLI
Nozli, karashmali, go‘zal, latif, jozibali. Shakllari: Nozlibeka, Nozligul, Nozlixon.
NOZIYA
Nozli, karashmali, muloyim yoki faxrli, g‘ururli.
NAMUNA
O’rnak, o’z xulqi-odobi bn xammaga namuna bo’luvchi.
NIHOL
O‘suvchi, yashovchi yoki niholdek unib o‘ssin.
NURIZAR
Oltin nur, zarrin, nur taratuvchi qiz.
NURXAYOT
Nurli hayot.
NAVRO‘ZA
Yangi kun, hushchaqchaqlik, bayram.
NOZIK
Muloyim, latif, nafis; xushxulq.
NASILA
Nasli nasabning davomchisi bo‘luvchi qiz.
NURIDA
Iqboli nurli, baxtli, oqila qiz, nurdek yorug’ ko’ngil sohibasi.
NOZA
Nozli, ishvali; nafosatli yoki erka qiz.
NAZIHA
Pokiza, ozoda, ma’suma qiz.
NASLI
Naslu nasabning davomchisi bo‘lgan qiz.
NURBIBI
Umri nurli, shodon va martabasi baland bo‘lgan bola.
NOVBAHOR
Bahorning boshida tug‘ilgan qiz yoki umri navbahordek yashnagan, ko‘rkam bo‘lsin. Qar. Navbahor.
NOZINA
Nozli, karammali; jozibali qiz.
NURANGIZ
Yog‘du, nur sochuvchi, o‘ziga maftun etuvchi, go‘zal, zebo.
NURSHODA
Shodlik, baxtiyorlik nuri yoki baxtli va shodon umr sohibi. Quvonch keltiruvchi xursandchilik tarqatuvchi.
NORGUL
Anor gulidek chiroyli qiz yoki anor gullagan paytda tug‘ilgan qiz.
NURSADAF
Hayoti nurli, omadli va sadafdek qimmatli, irodali qiz.
NURJAMOL
Yuzidan nur yog‘ib turuvchi qiz.
NURBAXT
Kelajagi ravshan, tolei porloq qiz.
NURHAYO
Odoblilik ziyosi, obodli, nomuslarning eng yaxshisi, a’losi.
NURYUZ
Yuzidan nur yog‘uvchi, jozibali pokiza, go‘zal qiz.
NORBIBI
Badanida qizil xoli (tamg‘asi) bor baland martabali qiz.
NIGORMOH
Oydek suluv qiz; oymonand go‘zal.
NASHIDAXON
Huzur-halovatli, baxtiyor, shodon.
NORIYA
Badanida qizil xol (tamg‘asi) bilan tug‘ilgan qiz.
NARZIXOL
Nazir qilingan, xol bilan tug‘ilgan qiz.
NURZIYODA
Qizlari yetarli (ziyoda) bo‘ldi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin yoki umri ziyoda, uzun bo‘lsin, baxtli bo‘lsin. Badanda ortiqcha belgisi, ortig‘i bo‘lsa ham bu ism qo‘yiladi.
NURBAHOR
Kelajagi ravshan, nurli va hayoti ko‘klamdek yashnab tursin yoki bahor payti tug‘ilgan saodatli qiz.
NURIDIYDA
Quvonch ko’z yoshi, chehrasi yorug’.
NOZIKJAMOL
Muloyim, nafis husnli qiz.
NAVRO‘ZOY
Navro‘z (yangi yil)da tug‘ilgan oydek suluv qiz.
NURQIZ
Baxtli, baxtiyor qiz.
NURSULUV
Nurdek yorug‘, jozibali, ko‘rkam.
NOZIKGUL
Muloyim, latif va guldek go‘zal; xushxulq, odobli qiz.
NORBADAN
Badanida qizil xoli (tamg‘asi) bor qizi.
NIYATXON
Orzu, niyat qilib kutilgan qiz.
NISOBONU
Baland martabali, aslzoda qiz.
NOZIKBEKA
Beklar avlodiga mansub bo‘lgan latif, muloyim, odobli qiz.
NOZBAHOR
Bahor payti tug‘ilgan nozli, erka qiz yoki bahordek ko‘rkam, nafosatli qiz.

O harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

OYSHA
Yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (sallolohu alayhi vasallam)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan.
ODINA
Juma kuni, ya’ni xosiyatli, qutli kunda tug‘ilgan qiz.
OYBARCHIN
Shoyi mato, ipak mato, parchin yoki balchin, barchin — go‘zal, zebo qiz.
OLIYA
Yuksak, oliy, ulug‘, tengsiz, benazir, tanho; e’zozli, izzatli, ulug‘vor, ulug‘, yuksak, martabali, e’tiborli.
OQILA
Aqlli, farosatli, zukko, dono qiz.
OYLAR
Oylarning, ya’ni qizlarning go‘zali yoki oylar (sahaftoli) gullaganda tug‘ilan qiz.
ORZIGUL
Orzu (umid) qilib yurib topilgan guldek ko‘rkam, guldek suluv, dilrabo qiz.
ORASTA
Bezangan, zeblangan, o‘ziga oro bergan; ozoda, pokiza, sarinjom-sarishta.
OYZODA
Oy farzandi, ya’ni oydek suluv, zebo qiz.
OHISTA
Osoyishta, oromli, tinch, sokin, ulg‘ayganda birovga tegmas bezarar, muloyim, sokin qiz bo‘lsin.
ODINABIBI
Juma kuni, ya’ni xosiyatli, qutli kunda tug‘ilgan ulug‘ martabali qiz.
OYSANAM
Oydek go‘zal, zebo qiz.
OYSULUV
Oydek chiroyli, suluv qiz.
ONAJON
Marhum buvisi yoki onasining ismi berilgan jondek aziz qiz.
OYBEGIM
Aslzodalar, hukmdorlar nasliga mansub bo‘lgan oydek suluv qiz.
OSIMA
Qo‘riqlangan, himoyaga olingan yoki iffatli.
OYNISO
Ayollarning oy kabi eng go‘zali.
OYAZM
Oy shul’asida tug’ilgan qiz, oydek ko’rkam.
OZARI
Uyatli, hayoli; uyatchan qiz.
OSIYO
Aynan: Tegirmon yoki Osiyo qizi. Osiyo farzandi.
OZODA
Erkni, hur, qaram bo‘lmagan, ixityori o‘zida; baxtli, baxtiyor yoki toza, pokiza, ozoda, saranjom, tartibli, begunoh, benuqson, beg‘ubor. Ba’zi manbalarada saxiy, oq ko‘ngil, qalbi pok deb ham izohlanadi.
OFIYAT
Sog‘, omon, osuda, xotirjam.
OYDINOY
Chiroyli oyning qizi.
OYAZIMXON
Oydek ko’rkam qiz.
OBIDA
Taqvodor ayol, dindor, Allohga ibodat qiluvchi ayol.
OYXON
Oydek go‘zal yoki oylarning (qizlaning) eng mo‘tabari, sarasi yohud oyli kechada tug‘ilgan qiz.
OYJAMOL
Chehrasi oydek suluv qiz, oy yuzli, oy siymo, oydek go‘zal husn sohibasi, zebo, nafis, mafqtunkor qiz.
OYSARA
Oylar (qizlar)ning eng sarasi, a’losi yoki qar. Oy va Sora.
OYBIBI
Oydek suluv va baland martabal qiz.
OYATXON
Badanida biror belgilari, nishon bilan tug‘ilgan qiz.
OLIYAHON
Oliy martabali oiladagi qiz, oliy, buyuk qiz.
OFTOB
Quyosh, nurli; chaqnagan, nurafshon.
OYIMCHA
Baland martabali qizcha; mo‘tabar oiladan bo‘lgan qizaloq.
ONAGUL
Onasining ismi berilgan guldek ko‘rkam qiz.
OMINA
Himoya qilingan, xavf-xatardan holi. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad SAVning onalarining ismi bo‘lgan.
OYDIN
Yorqin, aniq, porloq, oyday munavvar, go‘zal, oy yorug‘idan ham yorqin, maftun qiluvchi. Bu ism juma kuni tug‘ilgan qizlarga ham qo‘yiladi.
OYGUL
Oydek suluv, go‘zallikda yorqin, guldek zebo, nafis, chiroyli, maftunkor, istarali qiz.
ORZU
Umid, armon qilib yurib topilgan qiz, otasi yoki onasidan qolgan, orzuli, ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg’an yoki orziqib kutilgan bola.
ODINABONU
Aslzodalar naslidan, juma kuni tug‘ilgan qiz.
OYNISA
Ayollarning oydek suluvi, zebos, oy yuzli, go’zal chexrali qiz.
OLTINOY
Tilla, zardek qimmatli, qadri baland va oydek suluv qiz.
OLIMA
Bilimdon, donishmand, ilmli qiz.
OYNUR
Oy yog‘dusidek go‘zal, pokiza; nurafshon qiz.
ODILA
Adolatli, insofli, haqgo‘y, halol qiz.
ORIFA
Aqlli, oqila, bilimdon yoki xudojo‘y ayol yohud hadya, ehson.
OYIJON
Onasining yoki buvisining ismini olgan aziz, suyukli qiz.
OYIM
Xonim, beka; mo‘tabar oila farzandi; pydek go‘zal, zebo; bezanga yoki imonli, e’tiqodli, taqvodor.
OYIMJON
Mo‘tabar va jondek aziz qiz.
OMILA
Usta, mohir; mehnatkash.
OHU
Kiyik; ohudek go‘zal, nazokatli qiz.
OFIYA
Tinchlik, xotirjamlik.
OFATXON
Jon ofati, tengsiz go‘zal yoki qiz tug‘ilaverishi jonga tegdi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin.
OQIBAT
So‘zida turuvchi, vafodor, mehr-oqibatli qiz.
OYBEKA
Oydek suluv, yuksak martabali, aslzodalar nasliga mansub qiz yoki oy farzandi.
OYPOSHSHA
Oydek suluv va mo‘tabar, suyukli qiz.
OHUKO’Z
Ko’zlari ohunikidek, chiroyli qiz.
ODINAGUL
Juma kuni tavallud topgan guldek ko‘rkam qiz.
OLTINBIBI
Tilla (zar)dek qimmatli, aslzoda qiz.
OYSULTON
Oylar (qizlar)ning sultoni; oydek suluv qizlarning a’losi.
OZODAGUL
Erkin, xur va guldek go‘zal qiz.
OYQIZ
Oydek suluv, yorqin hamda tolei baland qiz yoki oy farzandi.
OYPARCHA
Oyning bo‘lagi (parcha)sidek gozal qiz yoki oyparcha (mato turi)dek chiroyli, muloyim qiz.
OYTO‘LDI
Oy to‘lishgan oqshonda tug‘ilgan bola yoki uyimiz oy (qiz)larga to‘ldi, navbatdagisi o‘g‘il bo‘lsin.
OYTOSH
Oydek suluv va toshdek mustahkam farzand.
OSUDA
Tinch, osoyishta, xotirjam.
OYIMQIZ
Mo‘tabar, taqvodor oila farzandi.
OYIMGUL
Mo‘tabar oilaning guldek farzandi.
ODINASULUV
Xosiyatli kun (juma)da tug‘ilgan chiroyli, zebo qiz.
OZODGUL
Erkin, xur va guldek chiroyli qiz.
OFTOBOY
Oftobday yorug’ bo’lsin, doim oftob xammroh bo’lsin, yo’li nur bo’lsin.
OYNOZ
Oydek suluv va nozli, muloyim qiz.
OTASHBIBI
Olovdek yolqinli, ravshan va ulug‘ martabali, mo‘tabar qiz.
OYRUXSOR
Oydek ko‘rkam yuzli qiz, oyjamol.
OQILOY
Oydek go‘zal, dono qiz.
OYSARVI
Sarvidek chiroyli, xushqomat qiz.
ORZIYA
Umid-armon qilib erishilgan qiz.
OYCHEHRA
Oyyuzli, oydek zebo qiz.
OYGO‘ZAL
Oydek suluv, zebo qiz.
OYSHIRIN
Oydek suluv hamda yoqimtoy, suyukli qiz.
OMONOY
Oydek suluv qiz salomat bo‘lsin, omonlik topsin.
OYBARNO
Aynan: yosh, navqiron, chiroyli, kelishgan, hushbichim, hushqad.
OYMALAK
Farishta, ya’ni chiroyli, suluv, sohibjamol, zebo, go‘zal, sof, pok, ozoda, orasta.
OYBAHOR
Bahor payti tug‘ilgan oydek suluv qiz.
OYNAMOZ
Namoz payti tug‘ilgan oy kabi chiroyli qiz.
OYYULDUZ
Oy va yulduzdek chiroyli; tolei baland, baxtli qiz.
OYSADA
Qayrag‘och, sadadey gurkirab o‘ssin, yashasin, mustahkam bo‘lsin yoki sada (sadarayhon)dek yoqimtoy, chiroyli bo‘lsin.
OYSIFAT
Oymonand, oy kabi go‘zal qiz.
OQXOL
Badanida oq xol bilan tug‘ilgan qiz yoki oq xolli qiz baxtli bo‘lsin yohud oqqol — orzuimiz, armonimiz bo‘lgan qiz.
OMONXOL
Badanida xol bilan tug‘ilgan qiz sog‘u omon bo‘lsin.
ORZIXOL
Orzu-armon qilib yurilb erishilgan xolli qiz.
OYXOL
Xol bilan tug‘ilgan oydek suluv qiz.
OYDINA
Yorqin, aniq, porloq, oyday munavvar, go‘zal, oy yorug‘idan ham yorqin, maftun qiluvchi. Bu ism juma kuni tug‘ilgan qizlarga ham qo‘yiladi.
OYSHAGUL
Yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (sallolohu alayhi vasallam)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan.
ORZUNISO
Armonimiz, niyatimiz bo‘lgan qiz.
OYSHAKAR
Oydek suluv, shakardek shirin, yoqimli, suyukli qiz.

P harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

PARIZODA
Parilardan tug‘ilgan, ya’ni go‘zallar avlodiga mansub, tengsiz chiroyli, suluv, go‘zal qiz.
PARIZOD
Parilardan tug‘ilgan, ya’ni go‘zal avlodiga mansub, tengsiz go‘zal qiz.
PARINOZ
Parilardek go‘zal, ko‘rkam, suluv, zebo, latofatli, noz karashmali qiz.
PARVIN
Hulkar yulduzidek oliy martabali, tolei baland bo‘lsin.
PATTINISO
Laylak qor yog‘ganda tug‘ilgan qiz.
PAXTAGUL
Paxta gullaganda tug‘ilgan qiz yoki oaxta gulidek go‘zal qiz.
POSHSHAXON
Ulug‘ martabali, obro‘li qiz bo‘lsin.
PARICHEHRA
Parilardek ko‘rkam yuzli, zebo qiz.
POSHSHAOY
Ulg‘ayib ulug‘ martabali va oydek suluv qiz bo‘lsin.
PARDANISO
Pardali (ko‘ylakli) bo‘lib tug‘ilgan oydek suluv qiz.
PARIQUSH
Jannat qushidek go‘zal qiz.
PECHAKGUL
Pechakguldek go‘zal qiz yoki pechakguldek chirmashib, yopishib olsin, ya’ni yashasin, o‘lmasin.
PARVINA
Hulkar yulduzidek oliy martabali, to’lei baland, hayoti porloq, nurga to‘la, bekamu-ko‘st bo‘lsin.
PARI
Parilardek go‘zal, ko‘rkam qiz.
PARIVASH
Pariga o‘xshash, parimonand go‘zal; tengsiz go‘zal qiz.
PARIZA
Pardali (ko‘ylakli) bo‘lib tug‘ilgan qiz.
PARIJAHON
Dunyodagi barcha parilar (zebolar)dan ko‘rkam qiz; olamning tengsiz go‘zali.
PARIVASH
Pariga o‘xshash, parimonand go‘zal; tengsiz go‘zal qiz.
POKIZA
Toza, ozoda, begunoh, pok qalbli, beg‘ubor, ma’suma.
PIRZODA
Muqaddas avliyolar nasliga mansub qiz, pirlar farzandi yoki pir (avliyolar) ato qilgan qiz.
PARINISO
Ayollarning parisi, eng chiroylisi; parilardek nozir, nazokatli ayol.
PARIRUH
Parilardek go‘zal yuzli, pariro‘y, xushro‘y qiz.
PARVEZA
G‘olib, yengilmas, jasur qiz.
PARIVASH
Pariga o‘xshash, parimonand go‘zal; tengsiz go‘zal qiz.

Q harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

QALBINUR
Qalbi nurli, chiroyli qiz.
QUMRI
Qumri (quyosh)dek yovvosh, beozor bola.
QIZLARXON
Qizlarning rahbari, sardori, yetkachisi, peshqadami yoki qizlarning eng mo‘’tabari, e’zozlisi, izzatlisi.
QUMRINISO
Beozor, yovvosh, odobli, muloyim ayol.
QUTLIBEKA
Baxtli, saodatli, iqboli porloq, oliynasab qiz.
QO‘ZIGUL
Qo‘zigul (erta bahorda ochiladigan sariq gulli o‘simlik) ochilgan paytida tug‘ilgan qiz yoki qo‘ziguldek nozik, chiroyli qiz.
QAMARA
Oymonand, oy yuzli, oydek suluv qiz.
QIRMIZI
Qizil gul.
QORIYAXON
Katta bo’lganida Qur’onni qiroatli o’qidigan qiz bo‘lsin.
QAMARNISO
Aynan: Xotinlar oyi; ayollarning eng ko‘rkami, go‘zali.
QIRNOQ
Ulg‘ayib ota-onasining xizmatkori bo‘lsin.
QIZLARBEK
Qizlarning sardori, beka bo‘lsin ma’nosida.
QIZLAR
“Qizlar“ so‘zi bilan boshlanadigan ismlar — Qizlargul, Qizlarbasning eq.shakli.
QORIYA
Ulg‘ayib Qur’onning mohir qiroatchisi, xudojo‘y, ibodatli, iymonu-e’tiqodli, haqiqiy mo‘mina bo‘lsin.
QURBONGUL
Qurbon Hayiti kunlarida tug’ilgan qiz, guldek go’zal, nafis.
QURBONOY
Qurbon oyida tug‘ilgan oydek go’zal, suluv qiz.
QUDDUSIYA
Pokiza, gunohsiz; farishta qiz.
QUTBIYA
E’tiborli, e’zozli; ulug‘ dahom olima.
QIRMIZGUL
Qizil guldek go‘zal, zebo qiz.
QUYOSHXON
Tolei quyoshdek porloq, baland martabali qiz.
QUNDUZ
Qunduzdek, go‘zal, chiroyli, zebo, suluv, nafis, latofatli, istarali qiz.
QAMAR
Oydek suluv, yuzli yuzli, xushro‘y.
QADRIYA
E’zozli, mo‘’tabar, qadrli, qimmatli qiz. Odamlar e’tborida, e’zozli, qadrli bo‘lsin.
QIZLARGUL
Qizlarning guldek chiroylisi.
QAMARIYA
Oymonand, oy farzandi, oydek zebo qiz.
QANDOLAT
Shirinlik (qandolat)dek yoqimli qiz; shirintil qiz.
QORASOCH
Sochlari timqora, qo‘ng‘iroq sochli qiz.
QUTLIBIBI
Baxtli, saodatli va baland martabali qiz.
QIZLAROY
Qizlarning oydek go‘zali bo‘lsin.
QIZILGUL
Qizil guldek zebo, yoqimtoy qiz.
QUTBINISO
Ayollarning o‘ziga jalb qiluvchi, o‘ziga tortuvchi, birlashtiradigan qiz.
QURBONXOL
Qurbon oyida tug‘ilgan xolli, xoldor qiz.
QANDIYA
Qanddek shirin, yoqimtoy qiz.
QADRIYA
E’zozli, mo‘’tabar, qadrli, qimmatli qiz. Odamlar e’tborida, e’zozli, qadrli bo‘lsin.
QULFINISO
Ayollarning eng mahkami, mustahkami yoki ayollarning go‘zali, zebosi.
QORAQOSH
Qora qoshli, qoshlari chiroyli qiz; go‘zal, zebo qiz.
QORAXOL
Chiroyli xol bilan tug‘ilgan qiz.
QIZLARDONO
Qizlarning aqllisi, bilimdoni, donosi.
QIZLARBEGI
Qizlarning sarasi, a’osi yoki qizlarning sardori.
QODIRA
Kuchli, qudratli, barcha narsaga layoqatli. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.
QALAMQOSH
Nozik qora qoshli; chiroyli qoshli qiz.
QIZBEKA
Baland martaba, oliy nasab qiz.
QUTLINISO
Baxtli, saodatmand ayol yoki ayollarning baxtlisi.

R harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

RAYYONA
Rayyon- jannat eshiklaridan biri. Bu eshikdan faqat ro‘za tutganlar kiritiladi.
RA’NO
Qizil guldek go‘zal, chiroyli, latofatli, ra’no guldek suluv, purlatofat qiz.
RAYHONA
Nozbo‘y, iforli, rayhonday yoqimtoy, yoqimli, nafis, jozibali qiz. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning ayollaridan birining nomi.
RUMAYSA
Maysadek sof va maysadek beg’ubor, jannatiy ayol ismi Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning qarindoshlari.
RANIYA
Chiroyli, go’zal, hayoli, iboli qiz.
RUMIYA
Rum elining qizi, go‘zal, kuchli, irodali, maftunkor.
RABIA
Eskicha to‘rtinchi oyda tug‘ilgan qiz yoki oiladagi to‘rtinchi farzand.
RASHIDA
To‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, to‘g‘ri ishlar qiluvchi, aqlli, odobli qiz.
RABBONIYA
Xudojo‘y qiz, Allohning bandasi.
RO‘ZIGUL
Rizqu nasibali, guldek ko‘rkam qiz.
RISOLA
Risoladagidek, orasta, saramjon, risolali.
RAVSHANOY
Oydek suluv qizning hayoti nurli, beg‘ubor bo‘lsin.
RUXANGIZ
Ozoda va baxtli inson deyiladi.
RO‘YA
O‘suvchi, ulg‘ayuvchi, yuksak yoki pardali (ko‘ylakli) bo‘lib tug‘ilgan qiz.
RAMUZA
Dunyodagi barcha pok narsalar ramzi sifatida biror bir belgisi bilan ajralib turadigan qiz.
RISLIG‘OY
Risqi ulug’, umri uzoq, bahtli va risqini har qanday vaziyatda ham olloh yetkazuvchi.
RABBINISO
Alloh bergan, ato qilgan qiz.
RAFAEL
Aynan: Xudo davolagan, xudo sog‘aytirgan yoki shifobaxsh, kasalliklardan xalos qiluvchi.
RAQIYA
Olg‘a intiluvchi, o‘suvchi, yuksaluvchi.
ROBIYA
Oiladagi to‘rtinchi bola yoki hijriy oy hisobining to‘rtinchi kunida tug‘ilgan bola.
RUHSHONA
Nurli, ravshan, porlovchi, hushro‘y, zebo, suluv.
RUQIYA
Sehr, tumor yoki yolvorib, umid bilan iltijo qilib, so‘rab olingan, uzoq kutilgan qiz.
RISOLAT
Elchilik, vakillik, payg‘ambar avlodiga mansub qiz. Qadim arab tilida payg‘ambar so‘zini yetkazuvchi elchi ma’nosini bildiradi.
RUSHANA
Yorug‘lik, ravshan, ro‘shnolik keltiruvchi.
ROHILA
Jajji, kichkinagina, jussasi katta bo‘lmagan, riq, oq-sariqdan kelgan qiz. Ismning ma’nosi tamoman aniqlanmagan.
REGINA
Regina yoruglik anglatuvchi va xursanchilik nishoni.
RAVZA
Bog‘, ko‘kalamzor; jannat bog‘i yoki yashagan, farovon hayot sohibi.
RAFIYA
Dinni qadrlovchi, xudojo‘y, dindor qiz.
RADIYA
Tanlangan, saylab olingan; qadrli, mumtoz. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning qizi — Fotimaning sifati; vasfi bo‘lgan.
ROHATOY
Tinch-osuda yashasin, ikki dunyo saodatiga muvaffaq bo’lsin, oydek suluv qiz bo‘lsin.
RUZANA
Rus tilida «baxtli» deganidir. Arabchada «gulzor» deb tarjima qilinadi. Forschada «yorqin» degan ma’noni anglatadi. Bu nom odatda sariq qiz deb ham ataladi.
RAMILA
Biluvchi, tilsimlar sirini ochuvchi, dono qiz.
RUXSOR
Aynan: Yonoq, yuz, chehra; zebo, sohibjamol, go‘zal chehrali qiz.
RAVIYA
Hikoya so‘zlovchi qiz; qiroatxon qiz.
RAMZIYA
Timsol, o‘rnak, namuna.
RUFIYA
Oltin tanga, qimmatli, bebaho.
RUBIYA
Dinchi, xudojo‘y ayol yoki oiladagi to‘rtinchi farzand.
ROZIYA
Qoniqqan, mamnun yoki maqbul tushuvchi, ma’qul keluvchi; yoqimli, suyukli, e’zozli, qadrli; rozilik, shukronalik, itoatgo‘ylik, mamnunlik bahsh etgan.
RUXSHONA
Xushro‘y, ko‘rkam chehrali qiz, chiroyli, nurli, go‘zal yuzli, suluv.
RUXSORA
Aynan: yonoq yuz, chehra, zebo, sohibjamol, go‘zal chehrali qiz.
RUMAYSO
Jannatiy ayol. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning qarindoshlari.
RAHIMA
Mehribon, rahmdil, muruvvatli, chiroyli, diyonatli, barchaga yaxshilik qiluvchi.
ROZA
Atir gul, go’zal.
RO‘ZA
Ro‘za (ramazon) oyida tug‘ilgan bola.
RAHMONA
Rahmdil, mehribon, qalbi toza, to’gri so’z.
RUZANNA
Qimmatbaho tosh.
RAMIZA
Badanida biror belgisi, nishoni bilinib, tanilib turgan qiz.
ROQIYA
Olg‘a intuluvchi, o‘suvchi, yuksaluvchi; ilg‘or, peshvo yoki sig‘inuvchi.
RAISA
Boshliq, sardor, rahbar, sarvar qiz yoki yunoncha: muloyim, mehribon, itoatkor.
RASMIYA
Rasm-resmlarni saqlovchi, qonun-qoidalarga amal qiluvchi; itoatkor, o‘zini tutgan qiz.
RAFOAT
Yuksak martabali, oliynasab, oliy mansabli.
RAFIQA
Do‘st, hamdam, esh, yo‘ldosh.
RUXSHODA
Jon, quvonch deganidir. Hayotga shodlik va quvonch olib keluvchi, barchaga «jon» bag‘ishlovchi inson demakdir.
RUZIXOL
Rizqli, nasibali, xol bilan tug’ilgan qiz.
RO‘ZIXOL
Xol bilan tug‘ilgan, rizq-ro‘zli bola.
ROHATGUL
Tinch-osuda yashasin a guldek go‘zal qiz bo‘lsin.
RAG‘IBA
Tilab, so‘rab olingan qiz.
ROILA
Yaxshi ko‘ruvchi yoki qar. Rohila.
RUXSANA
Yagona, bir dona, suluv go’zal.
RAIFA
Mehribon, rahmdil qiz.
RUXSATOY
Alloh rozi bo‘lib bergan, Allohning iltifotim muruvvati bo‘lgan qiz.
RIZQIYA
Nasibalik, o‘ziga to‘q qiz.
RAMZIDA
Dinning timsoli, ramzi, nishoni; dinga itoatkor, dinni o‘zida gavdalantiruvchi.
ROZIQA
Rizq, nasiba beruvchining , ya’ni Allohning bandasi.
ROBINISO
Oiladagi to‘rtinchi bola yoki eskicha yil hisobining to‘rtinchi oyida tug‘ilgan qiz.
ROYIQA
Xushbo‘y, yoqimli, kelishgan, go‘zal.
RO‘ZIBUVI
Rizqu nasibali, saodatmand qiz.
RAYHONGUL
Nozbo‘y, iforli, rayhonday yoqimtoy, yoqimli, nafis, jozibali qiz. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning ayollaridan birining nomi.
RISOLAT
Elchilik, vakillik, payg‘ambar avlodiga mansub qiz. Qadim arab tilida payg‘ambar so‘zini yetkazuvchi elchi ma’nosini bildiradi.
RA’NOGUL
Qizil guldek go‘zal, chiroyli, latofatli, ra’no guldek suluv, purlatofat qiz.
RINA
Go’zal, tengsiz, farosatli, dono.
RASIDA
Orzuimiz bo‘lgan bola yoki kamolotga yetgan, pishiq, puxta qiz.
ROZIFA
Rizo bo‘luvchi, maqbul, yaxshi.
RAHSHIYA
Ravshan nurli, tolei baland.
RASIFA
Chidamli, mahkam, irodali qiz yoki pokiza, ozoda qiz.
RO‘ZIMOH
Rizqu nasibali va oydek suluv qiz.

S harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

SAMIYA
Sami — Sami’ ismlarning ma’nodosh shakli.
SA’DIYA
Baxtli, taxtli, saodatli, iqboli porloq, to’lei baland. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ni emizgan onalari Halimayi Sa’diya sad qabilasidan.
SABINA
Qadrli, qimmatli, suyukli, mehribon, e’zozli. Sabini (Sabini), markaziy italiyaning qadimgi xalqi. Rimliklar ular bilan doimiy urush olib borgan. Ammo miloddan avaalgi 82 yilda qo‘mondon Sulla bu xalqni mag‘lubiyatga uchratgan va rimliklar matonatli ayollarni xotin va kanizaklar qilib olishgan.
SARVINOZ
Tik qomatli, bo‘y-basti kelishgan, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz.
SAIDA
Baxtli, omadli, to’lei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz.
SEVARA
Suyukli, mehribon, sevimli, go‘zal, latofatli, yoqimtoy, qadrli aziza qiz.
SURAYYO
Iqboli Surayyo yulduzidek yuksak yoki Surayyo yulduzidek go‘zal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq, hayoti yorqin bo‘lsin.
SOHIBA
Uyning egasi, bekasi, malikasi yoki do‘st, hayotdagi sodiq yo‘ldosh, suyukli rafiqa, sevilgan yor.
SANAVBAR
Xushqomat, chiroy daraxtining nomi, sanavbardek go‘zal, kelishgan, xushbichim qiz.
SADOQAT
Vafodor, sodiq, chin samimiy do‘st, ishonish, suyanish mumkin bo‘lgan yaqin inson.
SAFONA
Hajdagi eng katta tog’.
SAMIHA
Qo‘li ochiq, samimiy, haqiqatgo‘y, karami keng degan ma’noni anglatadi.
SARVINA
Go’zal, omadli qiz.
SAYIDA
Sayidlar, aslzodalar naslidan bo‘lgan qiz.
SUMAYYA
Samo, osmon. Islomda birinchi shahid bo‘lgan ayol. Qiyomatdan keyin jannatga birinchilardan bo‘lib kiradigan ayol.
SOLIHA
Pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y, oq ko’ngil, mehribon, oqila, iymonli, sadoqatli, muslima qiz.
SAFINA
Aynan: kema, Nuh payg‘ambarimizning kemasi, u najot ramzi deb tasavvur qilinadi yoki shirinso‘z, shirinkalom qiz yohud yaqin, samimiy do‘st.
SABRINA
Sabr-toqatli, bardoshli, chidamli, yengilmas, irodali, kuchli, matonatli. Sabriya ismining shakllaridan biri. Uels nomi Angliyadagi daryo nomidan kelib chiqqan. Afsonalarga ko‘ra, malika Sabrina baxtsiz sevgidan daryoga cho‘kib ketgan. Yozuvchi Samuel Teylorning «Go‘zal Sabrina» (1954 yildagi «Sabrina») romani hamda kinofilm, shuninglek spktakl chiqganidan so‘ng bu ism mashhur bo‘lib ketgan.
SABRIYA
Sabr-toqatli, matonatli qiz, qanoatli, sabrdan topilgan, mushkulotlarga bardosh beruvchi.
SEVINCH
Shodlik, quvonch, baxtiyorlik, mehribon, xursandchilik ramzi hisoblanadi. G‘am-g‘ussasiz, armonsiz, dardlardan forig‘ holda hayot kechirsin degan niyatda qo‘yiladi.
SO‘G‘DIYONA
Sug‘d xalqi jasur bo‘lganligi uchun jasur, qo‘rqmas, mard bo‘lsin deb qo‘yiladi.
SOJIDA
Sajda qiluvchi, taqvodor, Allohga sig‘inuvchi, muslima mo‘mina qiz.
SAFIRA
Elchi qiz yoki yoqimli, yoqimtoy, maqbul qiz; aziz, qimmatbaho qiz.
SADAF
Tishli tug‘ilgan bola; safardek tish bilan tug‘ilgan yoki sadafdek bebaho, qimmatli qiz.
SABIHA
Chiroyli, go‘zal, latif, zebo, xushro‘y, malohatli, nazokatli, latofatli, husni maftun etuvchi, istarali qiz.
SALIMA
Sog‘lom, umri uzoq qiz yoki samimiy, dilkash, ko‘ngli ochiq, vafodor qiz.
SEVDA
Sevgi savdosi ma’nosida keladi. Sevgi va muhabbatli qiz, mehribon, omad keltiruvchi, yashashga undovchi.
SOKINA
Tinch, osoyishta, sokin, osuda, turg‘un, sobit, mahkam turuvchi, mustahkam bo‘luvchi.
SADRIYA
Baland martabalar egasi.
SENZORA
Yorug’lik, kutilgan farzand.
SAFFONA
Soflik, tozzalik belgisi.
SAFIYA
Aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya — sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘n uchinchi ayollarining ismi bo‘lgan.
SADIA
Jannatiy ayol, go’zal sofdil, mehribon, sodiq.
SAMIRA
Suhbatdosh, hamsuhbat, shirinso‘z, dilkash va ko‘ngli ochiq qiz.
SAKINA
Asli: Sokina. Tinch, osoyishta, sokin, osuda, turg‘un, sobit, mahkam turuvchi, mustahkam.
SAMINA
Qadrli, izzat-obro‘li qiz yoki Samin (gul)dek chiroyli, zarif, latofatli qiz.
SITORA
Aynan: Yulduz, baxtli, omadli, chiroyli, to’le baland qiz, yulduz kabi porloq.
SAODAT
Baxtli, saodatli, baxtiyor, iqboli porloq, tole’i balnd qiz.
SAYYORA
Tez harakat qiluvchi yulduz; sayyora planetasi yoki to’lei baland, iqboli porloq, baxtli-saodatli qiz.
SABOHAT
Ko‘rkamlik, go‘zallik, malohat, oq yuzli go‘zal, sabo tongi shabadasi, nafislik chiroyi.
SARAFROZ
Mag‘rur, viqorli, o‘z qadrini biluvchi; xursand, quvonchga boy, baxtiyor, baxtli, mag‘rur, qadri baland, hayotdan mamnun.
SABIYA
Kichik, kenja qiz.
SABINAXON
Qadirli, qimmatli, suyukli.
SOLIHABEGIM
Pokiza, ozoda yoki diyonatli, taqvodor, xudojo‘y qiz.
SYUZANA
Nilufar o‘simligi singari ko‘zni qamashtiradigan chiroy, betakror, nafis, barchani diqqat-e’tiborini o‘ziga torta oladigan jozibali qiz bo‘lsin ma’nosida.
SAMIDA
Hech kimga qaram bo‘lmaydigan mag‘rur, viqorli hamda or-nomusi kuchli qiz bo‘lsin.
SANOBAR
Xushqomat, chiroy daraxtining nomi, sanavbardek go‘zal, kelishgan, xushbichim qiz.
SAKIYA
Xushyor, ziyrak qiz yoki saklarga mansub qiz, saklar farzandi.
SABINUR
Sabrli, nurli, irodali.
SAIMA
Ro‘za tutuvchi yoki qar. Sayima.
SUMAN
Xushbo‘y oq gul; yosmin (jasmin)dek qiz yoki qimmatli, bebaho qiz. Sumanbar (qar.) ismining qisqargan shakli.
SIDDIQA
Rost so‘zlovchi qiz, to‘g‘li so‘zli qiz; sofdil, samimiy.
SADBAR
Aynan: Yuz barg, yuz yaproq; qizil guldek zebo qiz.
SUBHIDA
Asli: Subhidam (tong), tug‘ilgan yoki tong kabi musaffo, ravshan.
SABILA
Sabil qolgur. Oilada qiz ko‘p tug‘ilaversa, o‘g‘il tug‘ilsin deb shunday ism beriladi.
SOMIA
Aynan: Tinglovchi, quloq soluvchi, ya’ni itoatko, mo‘min-qobil; tarbiyali, odobli qiz.
SUNBULA
Xushbo‘y, sunbul, guldek go‘zal qiz yoki shamsiya (quyosh) yili hisobining sakkizinchi oyi sunbula oyida (22 avgust — 21 sentabr) tug‘ilgan qiz.
SIMORA
Ko’rinmas farishta.
SAYINA
Mahkam, mustahkam, ya’ni uzoq umrli.
SABO
Tong eli, shabadasi; yoqimli, muloyim yoki sahar paytida tug‘ilgan bola.
SOIMA
Ro‘zador qiz; taqvodor, xudojo‘y qiz.
SAFIDA
Oq yuzli qiz, pokiza, ozoda qil yoki tong oqargan paytda tug‘ilgan qiz.
SO‘FIYA
So‘fizm tariqatiga bo‘ysunuvchi tasavvuf (so‘fiylik) yo‘lini tutuvchi yoki So‘fi (qar.) ning farzandi.
SAVIYA
Daraja, pog‘ona; tenglik, yuksaklik.
SARBINA
Qadrli, qimmatli, mehribon sodiq.
SALIFA
Shirin va gozal qiz.
SUDOBA
Sudobadek (rayhonga o‘xshash o‘simlik) go‘zal, ko‘rkam qiz.
SOHIBJAMOL
Chiroyli, zebo qiz; tengsiz husn sohibi.
SUBHINA
Erta tongda tug‘ilgan, subhidamda tug‘ilgan yoki tongdek ravshan, osuda.
SANIYA
Saniya ismining bir qancha ma’nosi mavjud. Ulug‘vorlik, himoyachi, quyosh nuri ila charog‘on qilib, xayr — baraka ulashuvchi degan ma’noni anglatadi.
SABRONA
Sabrli, jasur degandir. Sabr-bardoshi ila barcha to‘siqlarni qiynalmay, mardonavor yengib o‘tsin, ma’nosida.
SUMBULA
«Sumbul-gul» ma’nosini anglatib, doimo guldek go‘zal hamda navqiron bo‘lib yursin ma’nosida qo‘yiladi.
SORAXON
Saralangan, Eng a’lo, pokiza qiz.
SINDORA
Yosh, navqiron, bo‘z bola yoki topib olingan, tashlandiq qiz.
SULTONA
Hukumdor ayol; podshoh avlodiga mansuv qiz yoki ulg‘ayib baland martabalar egasi bo‘lsin.
SUBHIYA
Tong (subhidam) qizi; subhidamda tug‘ilgan qiz.
SALTANAT
Aynan: hokimiyat, hukmronlik, ulug‘lik, ulug‘vorlik; boshqaruvchi, yetakchi, yuqori mansabdagi inson, ko‘zga ko‘ringan rahbar.
SANTALAT
Asli: Saltanat — ulug‘vorlik, buyuklik, mahovatlilik.
SOHILA
Qirgo‘q, chegara; maqsad, orzu, armon. Abdunabini hotini yani Payg’ambarimizni (sollallohu alayhi vasallam) qullarining hotini.
SARVINISO
Sarvdek xushqomat ayol yoki ayollarning eng chiroylisi.
SULUV
Chiroyli, go‘zal, ko‘hlik.
SODIQA
Vafodor, sadoqatli, rostgo‘y qiz.
SARDORA
Boshliq degan manoni bildiradi. Qabila boshlig’ining hotini. Yani ayollar boshi.
SORABEGIM
Aslzoda (bekzoda) qizlarning eng sarasi, a’losi.
SABRLI
Chidamli, to‘zimli bola.
SARVIYA
Sarvmonanad, xushqomatli qiz.
SULTONPOSHSHA
Baland martabalar sohibi va e’zozlarga sazovor qiz, sultonlar zotidan.
SABOGUL
Tongda, saharda ochilgan gul, subh guli.
SUNBUL
Sumbul (o‘simlik) kabi go‘zal qiz; jozibali, yoqimtoy. Sunbula (qar.) ismining qisqargan shakli.
SORIYA
Sariya sariq sochli qiz yoki Sariya (qar.) — cho‘ri qiz.
SADBARGNISO
Qizil guldek chiroyli ayol.
SOJIYA
Aynan: Tabiat, xislat, xulq yoki yaxshi xulq sohibasi.
SAXOVAT
Qo‘li ochiq, ko‘ngilchan, mehribon, muruvvatli.
SARBONA
To‘ng‘ich qiz farzandga. Yo‘l boshlovchi, qizlarning sadori ma’nosida qo‘yiladi.
SORAGUL
Gullar (qizlar)ning eng sarasi, a’losi; qizlarning eng go‘zali, zebosi.
SORABIBI
Baland martabali, suyukli qizlarning eng a’losi.
SULHIYA
Tinch, osoyishta yashovchi.
SUVAYDO
Yurak, bag‘ir; aziz, suyukli qiz.
SOBIDA
Kelishgan, ko‘rkam qiz yoki mahkam, mustahkam qiz.
SARVIGUL
Sarvdek xushqomat, bo‘yi-basti ko‘rkam, zebo qiz.
SIDQIYA
Samimiy, haqgo‘y, xolis qiz.
SAFOGUL
Sof, pokiza, pokdomon va guldek go‘zal qiz yoki rohat-farog‘atda yashovchi guldek go‘zal qiz.
SALOBAT
Ulug‘lik, mahobatli; ko‘rkam; mustahkam.

T harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

TANZILA
Allohning yo‘l-yo‘rig‘i, ko‘rsatmalari, Allohning irodasi yoki suyukli, muloyim qiz.
TURSUNOY
Sog‘ bo‘lsin, yashasin, umri uzoq va oydek suluv, go‘zal, chiroyli bo‘lsin.
TASNIM
Sevimli, Allohni sevguvchi rostgoy hushmuomala hushfe’l.
TASMINA
Jasmina ismidan kelib chiqib, «jasmin guli» ma’nosini anglatadi.
TAKBIRA
Islomda Allohning «Ollohu akbar» so‘zlari bilan ulug‘lanishi, ya’ni «Alloh buyukdir!» deganidir. Takbir — yaratganga hamudu sano aytish deganidir.
TASKINA
Ko‘nglimiz osoyishtaligi, hotirjamligi, topgan taskini, tinchligi bo‘lgan qiz.
TOLIBA
Bilim istovchi, ilmga chanqoq, o‘quvchi, o‘rganuvchi, toliba qiz.
TAMIZA
Toza, pok, pokiza yoki ziyrak, fahm-farosatli yohud shamsiya yili hisobining beshinchi oyi (saraton — iyul)da tug‘ilgan qiz.
TASLIYA
Ko‘ngilga dalda, tasalli beruvchi qiz yoki g‘am-g‘ussadan yiroq, baxtiyor, quvnoq qiz.
TOBON
Nurli, yorqin, ya’ni tolei baland yoki tobonini bosib yurib ketsin, ya’ni o‘lmasin yohud oldingi vafot etgan farzand (lar) o‘rniga tovoniga berilgan bola.
TARBIYA
Odobli, xushxulq, tarbiyali qiz yoki qar. Tarfiya.
TO’MARIS
Mard va botir bo’lsin degan maqsadda qo’yiladi, kuchli malika.
TAMILA
Ozoda, pokiza, toza, chiroyli, suluv, go‘zal, istarali va mehribon qiz.
TAMANNO
Iltimos, iltijo qilib, umid bilan so‘rab topilgan qiz; orzu, armon qilingan qiz yoki nozli, karashmali, maftunkor, jozibali, dilkash, ochiq ko‘ngil qiz.
TASMIYA
O‘zidan ko‘paygan; oilada tug‘ilgan ikkinchi qiz shunday nomlangan.
TURKQIZ
Turk qabilasiga mansub qiz yoki chiroyli go‘zal qiz.
TOJIGUL
Guldek chiroyli xolli qiz yoki xol bilan tug‘ilgan guldek go‘zal qiz.
TAVHIDAXON
Yakka, yagona; tengsiz qiz yoki yagona Allohga sig‘inuvchi, e’toqod qiluvchi qiz.
TANNOZ
Nozli, karashmali qiz, ya’ni yoqimtoy, dilbar.
TASFIYA
Poklangan, begunoh; ozoda, pokiza qiz.
TO‘LINOY
Oy to‘lishganda tug‘ilgan qiz yoki to‘lik oydek ko‘rkam qiz yohud umrini to‘liq, mukammal qilib berilgan qiz.
TAHMINA
Kuchli, qudratli; jasur. «Shohnoma» asari qahramoni Suhrobning onasini ismi.
TOIBA
Tavba qiluvchi, sig‘inuvchil xudojo‘y, musulmon qiz.
TABASSUM
Hayotidan shod, xursand bo‘lib yursin va tabassumli, ochiq chehrali, kulib turuvchi qiz.
TAMARA
O’ziga ishongan mag’rur, qo’rqmas, sof dil, sodiq.
TASNIMA
Jannat chashmasi.
TOZAGUL
Bokira, toza ozoda, hamma uchun qadrli, guldek nozik qiz.
TO‘TI
Shirinsuxan, notiqa bo‘lib o‘ssin; tili chiqib gapirib ketsin yoki onasining ismi berilgan qiz.
TO‘XTAGUL
Guldek go‘zal qiz to‘xtasin, yashasin.
TAROVAT
Poklik, so‘limlik; malohat, go‘zal, sohibjamol.
TILOVATXON
Go’zal, furviqor, qoriya, olima, o’ta e’tiqodli, ko‘rkam, go‘zal, nafosatli yoki Qur’onni yoddan o‘quvchi (tilovat qiluvchi), dindor, xudojo‘y.
TASINA
Aql, idrok, qudratli zehn soxibi.
TASMILA
Tinch, osoyishta; yovvosh, beozor bola.
TOJIXOL
Badanida ham toji (qizil xol, dog‘), ham xoli bo‘lgan qiz.
TASLIMOY
Umri uzoq, izzat-ikromli, oydek suluv qiz yoki qar. Taslim.
TAHSIN
Ma’qullashga, maqtashga loyiq; hurmat va e’zozga munosib qiz.
TAZKIRA
Otasi yoki onasi yodgor bo‘lib qolgan qiz yoki o‘git-nasihat, maslahat, meros.
TUMORA
Duoxat. Bolaga balo-qazolar yaqinlashmasin degan niyatda qo‘yiladigan. Yomon ko’zlardan asraydigan ko’z munchog’im ma’nosida ham.
TARIFA
Oliynasab qiz; aslzoda qiz.
TESHAGUL
Teshadek mustahkam, ya’ni yashaydigan, o‘lmaydigan qiz.
TO‘TIYO
To‘tiyodek nodir, noyob qiz.
TO‘TINISO
Ayollarning shirin, biyron tillisi; notiqa.
TAZKIYA
Sadaqa, qurbonlik qilingan qiz yoki sof, pokiza, ma’suma yohud maqtovga, madh qilishga sazovor.
TOLEXON
Baxtli, omadli, saodatli qiz.
TASHRIFA
Ulug‘langan, e’zozlangan, hurmatga munosib qiz yoki oilaning yangi mehmoni. Shakllari: Tashrif, Tashrifxon.
TO‘TIXOL
Xol bilan tug‘ilgan qiz, biyron, shirintil bo‘lsin yoki onasining ismi berilgan xolli qiz.
TONGYULDUZ
Tongda tug‘ilgan yulduz (qiz) yoki tong yulduzidek go‘zal qiz.
TO‘RAGUL
Oliy martabali, aslzoda hamda guldek ko‘rkam qiz.
TA’RIFA
Ta’rishlashga loyiq, maqtovga sazovor.
TILLAGUL
Oltindek qimmatli va guldek go‘zal qiz.
TO‘XTAOYIM
To‘xtaydigan, yashaydigan va e’zozli, mo‘tabar qiz, taqvodor oilaga mansub qiz.

U harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

UMIDA
Orzu qilingan, umid bilan kutilgan qiz yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz.
UMAYRA
Umri go’zal. Payg’ambarimiz (sallolohu alayhi vasallam) ayollari Oysha onamizning (r.a.) sifatlaridan biri.
UMRIYA
Uzoq umr yashab hayoti barakali, chiroyli o‘tsin hamda qalbi toza pokiza qiz ma’nosida qo‘yiladi.
UFORA
Aynan: mushk, mushku anbar, hushbo‘y, iforli, ya’ni yoqimli, suyukli, qadrli, e’zozli, ko‘ngilga yaqin.
UMNIYA
Orzu, armon qilingan, kutib yurilgan qiz.
UMMANISO
Aynan: Ayollarning onasi yoki ona qiz yohud lo‘ppigina, do‘ndiqchagina qiz (ayol).
ULVIYA
Oliy martabali; muqaddas, ilohiylikka mansub.
ULDONO
Ushbu aqlli, dono, zukko, aqlli, fahm-farosatli qizdan keyingi farzand o‘g‘il bo‘lsin.
ULUG‘BUVI
Mo‘tabar, e’zozli qiz yoki buvisining ismi berilgan mo‘tabar, aziz qiz.
ULUG‘BEKA
Aslzodalar avlodining mo‘tabar ayoli, bekasi.
ULQIZ
Aynan: Bu o‘g‘il bo‘luvchi qizdir, ya’ni bu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.
UMMUGULSUM
Payg’ambarimiz Rasulullox (sollallohu alayhi vasallam) ning qizlarining ismlari.
UMIRA
Yashovchi, umri uzoq, hayoti barokatli bo‘lsin.
UKFORA
Jannatning guli.
UMAIZA
Chiroyli, yuragi yorqin.
UMRINISO
Uzoq umrli ayol (qiz).
UMMATOY
Allohning bandasi. Payg‘ambarimizning (sallolohu alayhi vasallam) ummati bo‘lgan oydek suluv qiz. Robbisi ko‘rsatgan yo‘ldan boruvchi, xudojo‘y, dindor qiz.
UNSIYA
Do‘st, o‘rtoq, ulfat; sadoqatli, mehribon do‘st.
UYTO‘LA
Uyimiz farzandlarga to‘lsin.
UMRSULTON
Umri bilan berilgan qiz ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
UMRI
Qar. Umriniso yoki o‘lmaydigan, yashovchi, barhayot. Shakllari: Umribibi, Umribu, Umrixon.
URFIYA
Mos, maqbul, muloyim.
UMAYYA
Kenja, eng kichik qul, cho‘ri, qaram deganidir.
UVAYSIY
Tasavvufda Uvaysiy al-Qaraniy tariqatiga mansub.
UMMAGULSUN
Aynan: Gulsumning onasi yoki lo‘ppigina, do‘ndiqchagina qizaloq va xohlagan, qo‘msalgan, orzu qilingan qiz.
UMIYOXON
Jajji, kichik qul, ya’ni Allohning kichik, kenja bandasi.
UBAYDA
Qul, qul qizcha yoki bo‘ysunmovchi, o‘jar, sarkash.
UMRENA
Onasi yoki buvisining ismi berilgan umri uzoq qiz.
UMMATXON
Alloh ko‘rsatgan yo‘ldan boruvchi; xudojo‘y qiz.
UMIRXOL
Xol bilan tug‘ilgan uzoq umrli qiz.
ULUG‘BIBI
ULBIBI
Navbatdagisi o‘g‘il bo‘lsin.

V harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

VASILA
Yaqin, ajralmas do‘st yoki tuhfa, in’om yoki vasliga yetishmoq. Visolga yetishmoq.
VOLIDA
Ona, farzandlarga boy ayol yoki marhum onasining ismini olgan qiz.
VILOYAT
Muqaddas, tabarruk, ya’ni valiylik, azizlik yoki o‘lka, el qizi.
VAZINA
Sabrli, toqatli, chidamli.
VASFIYA
Maqtashga, e’zozlashga, e’tirofga munosib, loyiq bo‘lgan qiz.
VEJA (VIJA)
Pok, toka, pokdomon yoki tamom, tugasin, ya’ni hadeb qiz tug‘ilishi to‘xtasin.
VOJIDA
Vojid (qar.) ismining ayollar nomi shakli (Vojida).
VOZIHA
Nurli, ravshan, ya’n go‘zal, zebo qiz.
VASOLAT
Maqsadga, murodiga yetuvchi qiz.
VASFIJAMOL
Maqtashga, ta’riflashga loyiq, go‘zal qiz.
VOQEAXON
Yuzaga chiqqan, chindan yashaydigan qilib berilgan qiz.
VAG‘IZA
Nisahatgo‘u qiz, oqila, dono qiz.
VAJIULLA
Allohning go‘zal, ko‘rkam kishisi yoki Allohning baxtiyor bandasi.
VASIQA
Ustuvor; vafodor, sadoqatli.
VAFOXON
Vafo (qar.) ismining ayollari nomi shakli. (Vafoxon).
VAZIFA
Burch, xizmat yoki sof, toza, ko‘rkam.
VAZIRA
Ulg‘ayib vazira, martabali, obro‘li bo‘lsin ma’nosida niyat qilib qo‘yiladi. Erining soliha yordamchisi bo‘lsin ma’nosida ham.
VALIDA
Valid ismining ayollarga moslangan.
VALIYA
Taqvodor, iymonu-e’tiqodli, mo‘mina, muslima, ihlos bilan itoat qiluvchi xudojo‘y ayol.
VAZMINA
Og’ir-bosiq, vazmin, fe’li.
VALIYYA
Do’stlariga do’st, madadkor.
VORISA
Merosxo‘r yoki ota-onasining izdoshi, ular o‘rnini bosuvchi.
VOJIBA
Musulmon, taqvodor, xudojo‘y qiz.
VARDIYA
Atirguldek ko‘rkam, chiroyli qiz.
VORASTA
Ozod, erkin, xalos bo‘lgan.
VAJIDA
Shodon, baxtiyor, xurram.
VASIFA
Maqtalgan, madh etilgan, maqtovga, e’zozga szovor.
VOFIRA
Saxiy, qaramli, mehribon qiz.
VAJIHA
Go‘zal, dilbar qiz.
VARAQA
Baraqa — gul bargidek chiroyli, yashnagan qiz.
VAFODOR
Sadoqatli, sodiq qiz.
VISOLA
Tilab, so‘rab yurib erishilgan, kutib yetishilgan qiz yoki husnijamol, go‘zal, latofatli, suluv, chiroyli qiz.
VASLIYA
Visolga, murod-maqsadga, orzu-umid, go‘zal havasga intiluvchi, erishuvchi qiz.
VOHIDA
Yakka, yagona, tengi yo‘q, tanho. Vohid ismidan kelib chiqqan.
VILDAN
Jannatning nomi.
VADIA
Sabr-toqatli, chidamli yoki omonat, omonatga berilgan, mehr-muruvvatga muhtoj qiz.
VOSIMA
Go‘zal, chiroyli, zebo.
VASIMA
Go‘zal, chiroyli.
VASILAT
Kelishgan, ko‘rkam.
VASFIJAHON
Madhi, ta’rifi, olamga tatirli qiz.
VAJIYA
Quvnoq, mag‘rur, shodon.
VAZIRAXON
Ulg‘ayib vazira, martabali, obro‘li bo‘lsin ma’nosida niyat qilib qo‘yiladi. Erining soliha yordamchisi bo‘lsin ma’nosida ham.
VAFOLI
Sadoqatli, so‘zida, ahdida turadigan qiz.
VOJIHA
Go‘zal, chiroyli qiz.
VAJHIYA
Chiroyli, oyyuzli.

X harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

XONZODA
Aynan: Xonning, hukmdorning qizi; oliy nasab, aslzodalar, zodagonlar, beklar, amirlar avlodiga mansub kuchli, irodali, viqorli qiz.
XURSHIDA
Quyoshdek husnu jamol sohibasi bo’lgan go’zal, suluv latofatli, zebo; oftobmonand qiz, quyosh farzandi.
XOLID
Abadiy, mangu turadigan, yashab ketadigan, umri uzoq bola yoki qiz.
XUSNORA
Chiroyli, xusn ichra tanho.
XUSHNOZA
Go’zal, yoqimli, insonlarning qalbiga doimo xush keladigan, nozik qiz.
XILOL
Nozik, ozg‘in; kelishgan.
XUSHNUDA
Xursand, baxtli, xushchaqchaq qiz.
XUSHNIDA
Xursand, mamnun, baxtiyor qiz.
XURSANOY
Doim xursand bo’lib yursin. Xursandchilik, tantana, bayramona, shodiyona.
XURMATOY
Hurmatli insonlardan bo’lsin.
XAMISA
Alisher Navoiyning Xamsa to‘plamidan. Keng qalbli, olamni qamrab oluvchi, mashhur, tanilgan, e’tiborli, olamshumul.
XUSHRO’ZA
Ro’za kunlarida tug’ilgan. Go’zal chehrali, suluv qiz.
XANIZA
Mashxur, ma’qul.
XIROM
Go‘zal va nozik qadam tashlovchi; chiroyli yuruvchi.
XONOYIM
Yuksak martabali va e’zozga munosib qiz yoki xonlar, aslzodalar nasliga mansub qiz.
XANIFA
Rostgo‘y, pokiza; begunoh; sodiq musulmon yoki mehribon, g‘amxo‘r.
XUMORA
Orzu, armon qilib, mushtoq bo‘lib yurib erishilgan, ko‘p intizor bo‘lib kutilgan qiz. Chiroyli, go‘zal, lobar, maftunkor, yoqimtoy.
XILOLA
Yangi oy, chiroyli, oydek go’zal.
XOJAR
Munosib, loyiq; qadrli, e’zozga loyiq.
XAYRINISO
Ayollarning eng himmatlisi, saxovatlisi; mehriboni.
XOLISA
Pokiza, xalol, sofko‘ngil qiz.
XANDON
Quvnoq, shodon, baxtiyor; kulib turgan.
XAZINA
Boylik, davlat; qimmatli, aziz.
XUMOR
Orzu, armon qilib, mushtoq bo‘lib erishilgan, ko‘p intizor bo‘lib kutilgan farzand.
XONISH
“Xon“ so‘zi bilan boshlangan ba’zo qo‘shma ismlar (Xonzoda, Xonniso)ning eq.shakli yoki yoddan o‘quvchi, qiroat qiluvchi; kuylovchi, quvnoq qiz.
XUSHNAVOZ
Yoqimli navolar sohibi, mohir cholg‘uvchi, sozanda.
XOTIMA
Qiz tug‘ilishining oxiri, xotimasi, ya’ni navbatdagisi o‘g‘il bo‘lsin.
XOSIYAT
Yaxshi sifatlar, fazilatlar, go‘zal hislatlar egasi yoki omadli, ishi yurishgan yoki xosiyatli kunda tug‘ilgan qiz.
XUSNIYA
Go’zal xusnli, betakror chiroyli qiz.
XUSHRO‘Y
Chiroyli yuzli, go‘zal chehrali, latofatli qiz; dilkash, jozibador qiz.
XUSNIYABONU
Chiroyli, go’zal xusnli, betakror suluv qiz.
XOLBIBI
Badanida xol bilan tug‘ilgan, baland martabali qiz.
XAYRIYA
Himmatli, saxovatli; mehribon, olijanob qiz.
XUSNIRA
Quyosh chehrali, mehribon qiz.
XOLBEKA
Badanida xol bilan tug‘ilgan beklar avlodiga mansub qiz.
XUSHDIL
Shodon, quvnoq qiz yoki ochiq ko‘ngil, dilkash qiz.
XOTIRA
Onasidan yodgor, esdalik bo‘lib qolgan qiz yoki xatir — ulkan, ulug‘ qiz.
XANIDAXON
Hurmatga, e’zozga munosib qiz; shuhratli, dongdor.
XOLSHAKAR
Chiroyli, shirin xolli qiz.
XOLDONO
Dono xolli qiz yoki xol bilan tug‘ilgan aqlli, dono qiz.
XOLPOSHSHA
Xol bilan tug‘ilgan hurmatli, e’zozli qiz.
XADDINISO
Qizil yuzli, ol yonoqli; go‘zal, zebo qiz.
XURSHIDXON
Quyoshmonand, baland martabali qiz.
XAYRIYAT
Yaxshilik, ezgulik sohibasi yoki xayriyatki (shukurki) farzandlik bo‘ldik.
XUSHOVOZ
Yoqimli, muloyim ovozli; odobli, madaniyatli. Eht.: Xushavoz avvalgi turmagan bolalar o‘rniga kelgan yoqimtoy bola yoki qar. Xush va Avaz.
XURSANDOY
Xursandchilik, tantana, bayramona, shodiyona. Hayoti doim xursandchilikka limmo-lim bo‘lsin. Dunyodagi eng baxtli, xushnud inson bo‘lib yursin.
XUSNINIGOR
Go’zal, latofatli, nafis, chiroyli husnli.
XATMINISO
Oxirgi qiz, kenja qiz.
XONSULUV
Baland martabali va go‘zal qiz yoki go‘zallarning sardori, go‘zallarning go‘zali.
XOLBUVI
Xol bilan tug‘ilgan qiz.
XUSHJAMOL
Chiroyli husn sohibi.
XONBIBI
Yuksak hurmat va e’zozga munosib qiz.
XOSIYA
Tengsiz, benazir, bebaho qiz.
XUSHNAVO
Yoqimli so‘z, go‘zal nutq sohibi yoki yoqimli, ohanglar chaluvchi, usta sozanda.
XUSHDAVR
Qutlug‘ davr, baxtli zamon farzandi.
XISLATOY
Yaxshi fazilat, xislatlar egasi bo‘lgan oydek chiroyli qiz.

Y harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

YASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul.
YOSUMAN
Yosuman guldek chiroyli, zebo qiz.
YAKZONA
Oq ko‘ngil, qalbi toza, pok, beg‘ubor, benuqson, qattiq so‘z aytmaydigan, yuvvosh, yoqimtoy, iffatli qiz.
YAG’MUR
Yomg’ir, yomg’irli kunda tug’ilgan qiz.
YOSAMIN
Yasmina ismining turk tilida nomlanishi shunday. Gul nomi.
YOQUTOY
Yoqutdek suluv, bebaho, nodir va oydek qiz.
YULDUZOY
Yoruqlik, yuzi yulduz va oydek yorug’.
YIGITOY
Yigitlardek jasur, mard qiz bo‘lib o‘ssin yoki keyingi bola o‘g‘il bo‘lsin.
YOLQINA
Nurli, yolqinli, otashin qiz.
YETMISHXON
Otasi yetmish yoshligida tug‘ilgan qadrli, e’zozli qiz.
YAXSHIGUL
Qizlarning yaxshisi, a’losi.
YODGOROY
Tug‘ilganida onasi vafot etib yoki tug‘ilganida (tug‘ilguniga qadar) otasi vafot etib undan yodgor bo‘lib qolgan oydek suluv qiz.
YASHNAROY
Gulday go‘zal qizning hayoti yashnagan va farovon bo‘lsin.
YASHIL
Yarashiqli, go‘zal, zebo.
YANGULI
Yangi qiz, guldek go’zal, nafis.
YASHNASIN
Gullasin, hayoti farovon va qutli bo‘lsin.
YO‘LDOSHBU
Otasiga (oldingi aka-opalariga do‘st, hamroh bo‘lib yursin.
YORA
Bilaguzuk, ya’ni bilaguzukdek mahkam va e’tiborli qiz.
YETAROY
Oy, ya’ni qizlar tug‘ilishi yetar, navbatdagisi o‘g‘il bo‘lsin. Yetar (Yetar oy).
YASINA
Qur’oni karimda kelgan Yosin surasiga nisbat, qoriya bo‘lsin. Quro’on ilmini o‘rgansin degan niyatda ham qo‘yiladi.
YASIRA
Oson, yengil degan ma’noni anglatib, qushday yengil bo‘lib, qadamidan o‘t chaqnaydigan uddaburon inson bo‘lsin ma’nosida qo‘llaniladi.
YOQUT
Qizil rangli qimmatbaho tosh, yoqut. Turkiy xalqlar yoqut kishini turli kasalliklardan asraydi, davo bo‘ladi deb hisoblaganlar. Shundan kelib chiqib, odamlar dardiga malham bo‘luvchi, dardkash, qalblarga shifo beruvchi ma’nosida ham qo‘yiladi.
YORQINOY
Hayoti nurli va oydek suluv qiz yoki mehribon dilkash qiz.
YAYRA
Hur, ozod, mustaqil, qaram bo‘lmagan, to’beligi yo‘q, yayrab-yashnab o‘ssin, sho‘x-shodon kunlar kechirsin, hayoti quvonchga, xursandchilikka to‘liq bo‘lsin.
YAXYONA
O‘ta saxiy, muruvvatli, ochiq qo‘l; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki xushxulq, insonga do‘st qiz.
YANGISULUV
Toza, pokiza, hamda zebo qiz.
YANGIGUL
Toza, pokiza, yashnagan gul.
YOZJAMOL
Yozda tug‘ilgan sohibjamol qiz.
YULDUZ
Yulduzdek yorug‘ yuzli, nurli, chiroyli,latofatli va suluv qiz. To’lei yulduzdek yuksak va iqboli porloq, hayoti nurga to‘la bo‘lsin.
YOSINABONU
Sura nomidan olingan bo‘lib, «Qur’on yuragi» degan ma’noni anglatadi. Kelajakda ilmli, e’tiqodli, toatu-ibodatli, qoriya bo‘lib ulg‘aysin degan niyatda qo‘yiladi.
YODGORA
Tug‘ilgandan keyin ota (yoki onasi) vafot etgan, ulardan yodgor bo‘lib qolgan qiz.
YASHNA
Umri yashnasin, barq ursin, farovon yashasin.
YOMG‘IROY
Yomg‘ir yog‘gan kuni tug‘ilgan oydek suluv qiz yoki yomg‘irdek serob bo‘lsin (Yomg‘ir oy).
YALLOLA
Gul isi kelib turuvchi, gulzor manosida keladi.
YASHNARGUL
Hayoti gul kabi yashnoq, go‘zal va farovon bo‘lsin.
YASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul.
YODGORBIBI
Onasidan yodgor bo‘lib qolgan qiz, ulg‘ayib, baland martabalar sohibi bo‘lsin.
YODGORGUL
Onasidn yodgor bo‘lib qolgan, go‘zal, zebo qiz.
YASMINA
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul.
YOZCHECHAK
Ko‘klam, bahorda ochilgan gul, ya’ni bahor guldek ko‘rkam qiz.
YODGORQIZ
Vafot etgan onasidan yodgor bo‘lgan, onasining qo‘zi bo‘lmish qizi.
YASMIN
Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi, hushbo‘y, ifori kuchli chiroyli gul.

Z harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

ZAHRO
Yorqin, ravshan, oq yuzli. Nurli, porloq, nur taratuvchi yoki intiluvchi, havas qiluvchi, oldinga intiluvchi.
ZARINA
Zarli, oltinli, zarlangan, zarrin, chiroyli, go‘zal, ko‘z qamashtiruvchi husn sohibasi, suluv qiz.
ZEBO
Ko‘rkam, chiroyli, go‘zal, suluv, husni jamoli nafis qiz.
ZULFIYA
Sochi o‘ralib tug‘ilgan, jingalak, jilvakor sochli qiz, suluv, latofatli, maftunkor zebo.
ZAYNURA
Go‘zal, zebo qiz.
ZUBAYRA
Oqila, dono qiz.
ZUMRAD
Yashil tusli qimmatbaho tosh, zumraddek qimmatli, bebaho, noyob, zebo, latofatli, suluv qiz yoki ko‘k ko‘zli qiz.
ZARA
Oltin, yorug’, zar kabi.
ZEBUZAR
Bebaho, yagona,eng qimmatli zebi ziynat.
ZEBUNISO
Zebu — zeb ziynat, niso -nur, shu’la, zebu-ziynatni nuri, shu’lasi.
ZOHIRA
Ochiq, oydin, nurli, ravshan qiz yoki onasiga ko‘makdosh, suyanch bo‘luvchi qiz.
ZAMINA
Ona yer (ona zamin) farzandi.
ZAYNAB
Kelishgan, bo‘yi raso, ko‘rinimli, go‘zal hamda gullardek nafis. Zaynab nomi Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qizlarining ismi bo‘lgan.
ZILOLA
Tiniq buloq suvidek pokiza, sof, toza, beg‘ubor oqila qiz.
ZIYODA
Qizlari yetarli (ziyoda) bo‘ldi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin yoki umri ziyoda, uzun bo‘lsin, baxtli bo‘lsin. Badanda ortiqcha belgisi, ortig‘i bo‘lsa ham bu ism qo‘yiladi.
ZAMIRA
Oliyjanob, vijdonli, pokdomon, iboli, ifffatli, pokiza qiz.
ZULAYHO
Kichik, kenja qiz. Ism ma’nosi turli ko‘rinishda keladi. Ba’zilar sirg‘anchiq, silliq, muloyim deb ham talqin qilishgan. Yusuf payg‘ambarning ayollarining ismi bo‘lgan.
ZIROAT
Hosil, hosila. Mo‘l-ko‘lchilik, qut-baraka olib keluvchi qiz.
ZULAYXO
Qadriga ega ma’nosini anglatadi. Doimo qadr-qimmati yuqori bo‘lsin degani hamdir. Yusuf payg‘ambarimizning ayollarining ismi bo‘lgan.
ZULFIZAR
Tilla sochli, sariq sochli, sochlari zarrin bo‘lib tovlanib turuvchi qiz.
ZUBAYDA
Ayollarning eng yaxshisi, a’losi, oliysi, tanlab olingani, saralangani.
ZABIHA
Alloh yo‘liga qurbonlik qiluvchi qiz yoki Alloh yo‘liga baxshida qilingan qiz.
ZARGINA
Zarga burkangan, gozal yuzli qiz.
ZAROFAT
Nafis, nmozik, nazokatli; zukko, zakovatli qiz.
ZULFINA
Temir zanjir (eshik xalqasi, zulfinja)dek mustahkam qiz.
ZINNURA
Nurli, ravshan, chiroyli, dilbar qiz. Odamlar hayotini yoritishga intiluvchan, yaqinlariga yaxshilik ulashuvchi.
ZUHRO
Aynan: nur, yorqin, ravshan, porloq. Cho‘lpon yulduzi, Zuhrodek nurli, ko‘rkam, go‘zal, baxt-saodat sohxibi. Zuhro Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning qizi Fotimaning sifati (laqabi) bo‘lgan.
ZARNIGOR
Tilloga bezangan, zeblangan, bebaho, qadri baland, zarrin yoki sochlari tillodek jilvali, tovlanib turuvchi, chiroyli, maftunkor qiz.
ZEBINISO
Ayollarning eng go‘zali, zebosi, zebu-ziynati, latofati, jozibali, maftun qiluvchi, o‘ziga rom etuvchi chiroyda teng yo‘q qiz.
ZARIFA
Pokiza, ma’suma, iffatli, nozik ta’b, fahm-farosatli, aqilli, oriyatli, hayo-iboli, munis, xushfahm qiz.
ZULXUMOR
Xumorli, qo‘msalgan, orziqib, intizor bo‘lib kutilgan qiz yoki dilbar, maftunkor, jozibali, ishvali, o‘ziga rom etuvchi.
ZINNUR
«Zin (ikki), nur (nur) — ikki nur egasi. Payg’ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning kuvovlari Usmon (r.a) ga berilgan ta’rif. Payg’ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning qizlari vafotidan keyin ikkinchi qizlarini ham Usmon (r.a) ga turmushga berganlar. Shundan so’ng odamlar orasida «»Zinnur»» ikki nur egasi bo’ldi degan ta’rifga ega bo’lgan»
ZOHIDA
Dindor, xudojo‘y, mo‘mina ayol.
ZIYNAT
Bezangan, orolangan go‘zal, ziynatli, chiroyli.
ZELISH
Hayotda go’zal va erkatoy qiz farzandlarda yolg’iz qizga atalgan ismdur. Zelish turkcha ism bo’lib shaddod va quvnoq, mehribon ko’ngli mussafo osmon kabi toza qiz.
ZULFIRA
Ajoyib, chiroyli sochli qiz, zulfli, zarlangan, zarrin kokilli qiz.
ZILOL
Tiniq suvdek pikiza yoiki himoya ostiga olingan, muhofaza qilingan qiz.
ZEHNIYA
Aqlli, farosatli, dono qiz.
ZEBI
Go‘zal, xushro‘y, zebo. Asli: Zebiniso.
ZABIDA
Bezangan, go‘zal, chiroyli.
ZULFINISO
Jingalak (qo‘ng‘iroq) sochli ayol.
ZERO
Tuban, past, yaramas; yomon bola. Chaqaloqqa ko‘z tegmasin deb beriladigan ism.
ZARBONU
Tiilo qiz, oltin sochli qiz.
ZINNATXON
Orolangan, zebu ziynatlarga burkangan oliy nasab qiz.
ZUHRA
Aynan: nur, yorqin, ravshan, porloq. Cho‘lpon yulduzi, Zuhrodek nurli, ko‘rkam, go‘zal, baxt-saodat sohxibi. Zuhro Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning qizi Fotimaning sifati (laqabi) bo‘lgan.
ZARIRA
Zarir yoki yovshan, darmanadek mustahkam, chidamli.
ZULFINOZ
Jingalak sochi va nozli, nafosatli qiz yoki qora sochli qiz.
ZARBEGIM
Oltin, zardek qimmatli, qadrli va beklar nasliga mansuv qiz.
ZARBIBI
Qadrli, qimmatli, bebaho qiz, tillo qiz.
ZARNUR
Nurlar aro yog‘ilgan tilla zar, nurli, porloq, zarrin, yaltirab turuvchi, nur taratuvchi.
ZIKRINISO
Allohni yodga oluvchi, xudojo‘y ayol.
ZUKKOHON
Aqlli, bilimdon, topqir.
ZEBAR
Zevar yoki ustun turuvchi, ulug‘vor.
ZAMZAM
Makka shahrida Ka’ba yaqinidagi buloq, muqaddas suv. Umri Zamzamdek boqiy va zilol bo‘lsin.
ZULFINUR
Tovlanib turuvchi ko‘rkam sochli qiz.
ZULHIJJA
Hijriy yil hisobining o‘n ikkinchi oyi, o‘sha oyda tug‘ilgan qiz.
ZAIMA
Boshliq, sarvar bo‘luvchi, rahnamolik qiluvchi qiz.
ZEBONUR
Go‘zal va nurli, ya’ni baxtli, iqbolli qiz.
ZULKABIRA
Xushbichim, xushqad; kelishgan qiz.
ZAVQIYA
Xursand, shodon, baxtiyor qiz.
ZULFINOY
Zulfi (zanjir)dek mahkam va oydek suluv qiz.
ZAYNIYA
Bezangan, arolangan qiz.
ZARRIN
Tillaga, oltinga bezangan; oltinga ko‘milgan.
ZARXOL
Chiroyli xolli qiz.
ZULFIQORA
Qora sochli, zebo qiz.
ZOKIRA
Allohni yodga oluvchi, unga madhu sano aytuvchi qiz; xudojo‘y qiz.
ZARGUL
Oltindek qimmatli va guldek ko‘rkam qiz.
ZOBIYA
Ko‘payuvchi, o‘suvchi, ulg‘ayuvchi.
ZABIBA
Mayizdek shirin, dilxoh qiz.
ZEBOJAMOL
Go‘zal husnli, sohibjamol qiz.
ZARIR
Tilla suvli, serhasham kiyimlar, anjomlar yoki ko‘z, ko‘zi ojiz. Zarir “Shohnoma“ asari qahramonlaridan birining nomi.
ZEBISH
Latofatli, jozibali qiz; malohat sohibi yoki Zebi, Zebo bilan boshlangan ismlarning eq. shakli.
ZIYODAXON
Qizlari yetarli (ziyoda) bo‘ldi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin yoki umri ziyoda, uzun bo‘lsin, baxtli bo‘lsin. Badanda ortiqcha belgisi, ortig‘i bo‘lsa ham bu ism qo‘yiladi.
ZEHNIY
O‘tkir fikrli, zehnli, dono.
ZOIDA
Yuksak, ulug‘ martabali yoki ortiqcha, ziyoda. Hadeb qiz tug‘ilavergan oilalarda shunday ism qo‘yiladi.
ZIYODAGUL
Qizlari yetarli (ziyoda) bo‘ldi, endigisi o‘g‘il bo‘lsin yoki umri ziyoda, uzun bo‘lsin, baxtli bo‘lsin. Badanda ortiqcha belgisi, ortig‘i bo‘lsa ham bu ism qo‘yiladi.
ZEBIXOL
Chiroyli xolli qiz; xoli o‘ziga yarashib turgan qiz.
ZEBIGUL
Gul kabi ko‘rkam, go‘zal qiz.
ZAKIYA
Ziyrak, sezgir, tezfahm qiz.
ZOIRA
Ziyoratdan keyin, ilohiy joylarga sig‘ingach tug‘ilgan qiz yoki ziyoratchi, toat-o=ibodat qiluvchi, sig‘inuvchi qiz.
ZULFIXON
Jingalak sochli, hurmatli qiz.
ZAYNABGUL
Kelishgan, bo‘yi raso, ko‘rinimli, go‘zal hamda gullardek nafis. Zaynab nomi Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qizlarining ismi bo‘lgan.

O’ harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

O‘G‘ILOY
Bu oydek suluv, go‘zal qizdan keyingi farzand o‘g‘il bo‘lsin niyatida. Qiz farzandi ko‘p ota-onalar keyingisi o‘g‘il bo‘lishini niyat qilib shu ismni qo‘yadilar.
O‘G‘ILJUMA
Juma kuni tug‘ilgan ushbu qizdan keyingi farzandimiz o‘g‘il bo‘lsin.
O‘ROZGUL
Go‘zal va saodatli qiz.
O‘G‘ILCHA
O‘g‘il o‘rniga berilgan va kutilgan, orzu qilingan qiz.
O‘TKIROY
Aqlli, zakovatli hamda oydek suluv qiz.
O‘G‘ILNOZIK
Ushbu muloyim, dilbar qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.
O‘G‘ILTUG‘AR
Bu qizdan keyin o‘g‘il tug‘ilar deb umid qilamiz.
O‘G‘ILNOR
Qizil xolli bu qizdan keyingi bola o‘g‘il bo‘lishini istaymiz.
O‘G‘ILDONO
Ushbu aqlli, bilimdon qizdan keyin o‘g‘il bo‘lishini orzu qilamiz.
O‘ROZBUVISH
Baxt-saodat sohibasi, qutlug‘ qiz.
O‘G‘ILGUL
Ushbu guldek suluv qizdan keyin o‘g‘il tug‘ilsin.
O‘LMASOY
Yashaydigan, uzoq umrli, hayoti barokatli go‘zal, oydek suluv, zebo, chehrasi porloq qiz.
O‘G‘ILSHOD
Bu quvnoq, shodon qizdan keyingi bola o‘g‘il bo‘lsin.
O‘ZBEKBIBI
O‘zbek qiz, o‘zbek farzandi.
O‘RINBIBI
Oldingi vafot etgan bolalar evaziga, o‘rniga kelgan bola.
O‘ZBEKOY
O‘zbekning o‘ydek ko‘rkam farzandi yoki erkli, hur va oydek go‘zal qiz.
O‘G‘ILXOL
Xol bilan tug‘ilgan ushbu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.
O‘TKIRA
Aqlli, zakovatli; epchil, shiddatli qiz.
O‘G‘ILZEBO
Bu go‘zal qizdan keyin o‘g‘il tug‘ilsin.
O‘G‘ILBEKA
Oliy nasabli bu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.
O‘RMONOY
Oydek suluv qizning hayoti o‘rmondek gullagan, bepoyon bo‘lsin.
O‘G‘ILNIYOZ
Bu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin deb iltijo qilamiz yoki o‘g‘il o‘rniga berilgan tuhfa, sovg‘a.
O‘RINXOL
Avvalgi turmagan farzandlar o‘rniga berilgan xolli qiz.
O‘G‘ILBERSIN
Bu qizdan keyin o‘g‘il bersin, Alloh o‘g‘il ato qilsin.
O‘G‘ILSHAKAR
Shirin, yoqimtoy bu qizdan keyingi farzandimiz o‘g‘il bo‘lsin.
O‘ROZBIBI
Baxtli va baland martabali qiz.
O‘G‘ILSORA
Qizlarning yaxshisi, sarasi bo‘lgan bu qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.
O‘ROZBEKA
Baland martabali, oliy nasab; baxtli, saodatli qiz.
O‘RINGUL
Avval vafot etgan bola(lar) evaziga kelgan guldek go‘zal qiz.
O‘G‘ILNUR
Ushbu ravshan, tolei baland qizdan keyingisi o‘g‘il bo‘lsin.
O‘RINOY
Avval turmagan, nobud bo‘lgan bolalar o‘rniga berilgan, in’om qilingan oydek suluv, go‘zal va maftunkor qiz.

G’ harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

G‘UNCHA
Og‘zi g‘unchadek chiroyli qiz; zebo, sohibjamol, go‘zal, latofatli, suluv qiz.
G‘OLIYA
Mushk, anbar, xushbo‘y; yoqimli.
G‘AZAL
Notiqa, gapga usta, so‘z mohiri yoki kiyik, ohu kabi go‘zal, zebo va suluv qiz.
G‘ALABA
G‘oliblik, zafar. Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba munosabati bilan qo‘yilgan ism.
G‘AYNIYA
Ko‘rkam, go‘zal, sohibjamol qiz.
G‘AYNIJAMOL
Go‘zallik, nafosat chashmasi, bulog‘Ii; o‘ta chiroyli, zebo qiz.
G‘ANIGUL.
Boy, badavlat va guldek ko‘rkam qiz.
G‘AYNINISO
Qizlarnin eng go‘zali, sohibjamoli.
G‘ANIMAT
Orzu qilingam, kutilgan o‘lja, boylik, davlat.
G‘AMZAXON
Nozli, qarashmali; yoqimli qiz.
G‘OZIYA
Din yo‘lida kurashuvchi yengilmas, g‘olib qiz yoki g‘ozilar avlodiga mansub qiz.
G‘AZALXON
G‘azaloy yoki g‘azal o‘quvchi notiqa, so‘z mohiri.
G‘AFILA
Beg‘am, shodon qiz yoki salomat, bardam.
G‘AYNIJAHON
Qizlarning eng yaxshisi, olamdagi eng go‘zali.
G‘AZOLA
Kiyik, ohu kabi go‘zal, suluv qiz.
G‘OLIBA
Yengilmas, muzaffar, g‘oliba, zafar kuchguvchi, g‘alabaga ershiuvchi, muvaffaqiyatli qiz.
G‘IZOLA
Ohu kabi go‘zal, nozik yuzli qiz.
G‘AFIYAT
Sog‘lik, salomatlik, bardamlik.
G‘AYRATOY
G‘ayratli, harakatchan, intiluvchan, shijoatli, ishchan, mehnatsevar, dangasalikni istamagan, qo‘li gul, usta qiz.
G‘ALILA
Orziqib, armon qilib kutilgan qiz.
G‘UNCHAGUL
Gul g‘unchasi; pok, pokiza, ma’suma; go‘zal, sohibjamol qiz.
G‘OZINISO
Din yo‘lida kurashuvchi, yengilmas qiz.
G‘AZNABIBI
Boy, badavlat va obro‘li, e’zozli qiz.

SH harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

SHAHINA
Shohlar avlodi vakillaridek mard, jasur, ziyrak, dovyurak, odobli, qo‘rqmas qiz.
SHAHNOZA
Shohona, beklarcha yoki nozli karashmali, latofatli. Shohlar, aslzodalar avlodiga mansub nozik va zebo go‘zal qiz.
SHAHLO
Katta qora ko‘zli qiz, qora ko‘zli go‘zal, chiroyli, suluv, maftunkor qiz.
SHABNAM
Shudring, tungi shudringdek pokiza, musaffo, beg‘ubor, go‘zal, zebo qiz.
SHODIYONA
Bayram, xursandchilik, shodyona. Shodlik, xursandlik, shodlik kunda tug’ilgan. Shodlik va quvonch olib keluvchi.
SHAYDO
Aynan: oshiq, maftun bo‘lgan yoki maftunkor, o‘ziga rom etuvchi, chiroyli, go‘zal, dilbar qiz.
SHAROFAT
Oliyjanob, oliyhimmat, sharafli — ko‘ngli toza, qalbi pokiza.
SHALOLA
Hayoti sharshara, shaloladek jo‘shqin, barakali bo‘lsin, sharshara kabi mayin ovozli, zilol suvidek sokin.
SHAHODAT
Guvohlik beruvchi, tsdiqlovchi yoki to‘g‘ri, haq yo‘lida (din yo‘li) halok bo‘luvchi, dini uchun jonini fido qiluvchi.
SHAHRINOZ
Nazokatli, latofatli yoki xushqad; latif, zebo.
SHODIYORA
Quvonch keltiruvchi, yaqin hamdard, shodlik, xursandchilik yor bo’lsin.
SHIRINOY
Yoqimli, suyukli va oydek suluv qiz.
SHОHSАNАМ
Gо’zаllаrning go’zali tengsiz, shohona, viqorli qiz.
SHODONA
Xursand, suyukli, shodiyona.
SHUKRONA
Sabr-toqatli, qanoatli, boriga qanoat qiluvchi, itoatkor, shukronalik hissini tuygan, Allohga shukr qiluvchi.
SHOHSANAM
Sanamlarning shohi, go‘zallarning sardori, suluvlar shohi, zebolikda benazir, beqiyos qiz, viqorli, tengsiz go‘zal.
SHODIYA
Shodon, quvnoq, baxtiyor qiz. Shodlik, xursandchilik kuni tug‘ilgan qiz. Odamlarga shodlik olib keluvchi.
SHAHRUZA
Shahro‘za — ro‘za payti (oyida) tug‘ilgan aslzoda, oliy nasabli, mo‘’tabar, itoatli, shirinso‘z qiz.
SHOHIDA
Chiroyli, kelishgan, suyukli qiz. Arab tilidan olingan bo‘lib mehribon, suluv, zebo va go‘zal qiz ma’nosini anglatadi. Qurbon xayit kuni tug‘ilgan qizlarni ismini ham Shohida deb qo‘yishadi.
SHAMSIYA
Quyoshli, nurli, quyosh farzandi; mehrli, mehribon. Quyoshdek porlovchi charog’on qiz, chiroyli qiz
SHAHNURA
Nurli, chiroyli, aqlli, iboli qiz. Shohona nur.
SHAHRINA
Shohona, chiroyli, go’zal qiz.
SHOHRUZA
Ulug’, zo’r, yaxshi, saodatli kun degan ma’noni anglatadi. Ya’ni saodatli, ulug’ kunda tug’ilgan, har bir kuni ajoyib deganidir. Aslzoda, mo’tabar, oqila qiz.
SHAHRIYA
Shaharda tug‘ilgan, oqila, latofatli, shahar qizi.
SHOKIRA
Allohga shukr qiluvchi, yaratgandan minnatdor qiz.
SHARQIYA
Sharq qizi; nurli, baxtli qiz.
SHUKURIYA
Shukur qiluvchi, qanoatli qiz.
SHAHRIZOD
Asli: Shahrzod. Ochiq chehrali, jilmayib, tabassum qili, kulib turib, xayrixohlik bilan boquvchi, nigoh tashlovchi.
SHIRIN
Totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli.
SHABBONA
So’lin tun ma’nosi.
SHOHISTA
Hurmat-ehtiromga loyiq,chiroyli, kuchli, e’zoz-e’tiborga munosib, e’tirofga arziguvchi qiz.
SHOIRA
So‘zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo‘lsin. Ulg‘ayib shoira bo‘lib she’rlar ijod qilsin ma’nosida. Forscha Shaere — «shoir ayol» dan kelib chiqqan.
SHAHRIBONU
Shoh avlodiga, aslzodalarga mansub qiz; ayollarning eng yaxshisi, mo‘tabari.
SHUKRIYA
Shukur qiluvchi, qanoatli ayol.
SHARIFA
Qadrli, e’zozga munosib, aziz, qadrli, sharafli qiz.
SHOISTA
Munosib, loyiq, e’zozga arziydigan.
SHAHNOZ
Shohona, beklarcha yoki nozli, karamashli, latofatli. Shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozik va zebo go’zal qiz.
SHAMSIYABONU
Mexribon, quyosh qizi (shams — quyosh, shamsiya — quyosh qizi, bonu — mexribon), quyoshdek charog’on qiz, chiroyli qiz.
SHABBODA
Tungi salqinlik, osuda tun ma’nosini anglatadi. Hayoti tinch, bardavom bo‘lsin, deganidir.
SHOBEKA
Podshohlar nasliga mansub qiz, aslzoda qiz.
SHAMSIBONU
Quyoshdek nurli, aslzoda qiz.
SHIRMONOY
Yuzlari shirmondek lo‘ppi va oy kabi suluv qiz.
SHOIRGUL
Guldek go‘zal shoira qiz, adiba.
SHAKAROY
Yoqimtoy, shirin va oydek suluv qiz.
SHARQONA
Sharq onasi yoki qizi yoki sharqona, sharq ayoli.
SHAMSHODA
Mangu, doimo yam-yashil bo‘lib turuvchi shamshod daraxtidek.
SHAVQIYA
Orzu qilingan, istalgan, qo‘msalgan qiz yoki zavqga to‘lgan, quvnoq, shodon qiz.
SHOHIGUL
Gullarning shohi, malikasi, yagonasi. Go‘zallikda tengi yo‘q, latofatli, zebo, suluv qiz. Viqorli, oliy nasab, ko‘zga ko‘ringan.
SHOYISTA
Munosib, loyiq, e’zozga arziydigan.
SHOHIDIL
Pok ko‘ngil, maftunkor, jozibali.
SHIRMON
To‘liq, lo‘ppi yuzli; yuzlari shirmon nondek chiroyli.
SHADDODA
Sho‘x, o‘jar, qaytmas.
SHAMSIRO‘Y
Yuzidan nur balqib turgan qiz; sohibjamol, go‘zal qiz.
SHAYDONA
Shaydo qiluvchi, o‘ziga rom etuvchi, chiroyli, go‘zal, dilbar qiz.
SHOXONA
Qirol, shox ma’nosinini anglatadi. Qirollardek elning nazdida bo‘lgan, fahm-farosatli, aqlda tengsiz inson deganidir.
SHO‘XIYA
Quvnoq, baxtiyor qiz.
SHIRINOZA
Shirin qiz.
SHUKURA
Shukr etuvchi, qanoat qiluvchi qiz.
SHERGUL
Jasur, dovyurak va guldek go‘zal qiz.
SHAKARNOZ
Yoqimli, shirin nozlar qiluvchi qiz.
SHAMSIGUL
Quyoshdek nurli, iqboli baland va guldek go‘zal qiz.
SHODMONA
Xursand, mamnun, baxtiyor, masrur qiz.
SHAHRIZODA
Asli: Shahrzod. Ochiq chehrali, jilmayib, tabassum qili, kulib turib, xayrixohlik bilan boquvchi, nigoh tashlovchi.
SHOHIDOY
Go‘zal, zebo, suyukli qiz.
SHIRINGUL
Totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli.
SHOHSANAM
Sanamlarning shohi, go‘zallarning sardori, suluvlar shohi, zebolikda benazir, beqiyos qiz, viqorli, tengsiz go‘zal.
SHIJOATXON
Jasur, dovyurak, qo‘rqmas qiz.
SHIRINA
Totli, chuchuk, lazzatli. Aziz, yoqimli, suyukli.

CH harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

CHAROS
Katta qora ko‘zli qiz, ko‘zlari charosdek chiroyli, fusunkor, jozibali, nafis, latofatli, suluv va go‘zal qiz.
CHEHROZA
Chehrasi ochiq, doim kulib turuvchi, yuzidan nur yog‘iluvchi, yorug‘ yuzli, chiroyli, maftunkor, latofatli.
CHECHAK
Gul, maysa; go‘zal, zebo, sohibjamol.
CHEVAR, CHEVARXON
Mohir to‘quvchi yoki to‘quvchi; qo‘li gul qiz.
CHUCHUKGUL
Shirin, yoqimtoy va guldek go‘zal qiz.
CHEHRA
Yuz, jamol, ko‘rk; asli: Gulchehra (qar.)
CHORGUL
Oiladagi to‘rtinchi qiz yoki nopok, yomon qiz. Keyingi ma’no chaqaloqni yomon ko‘zdan asrash niyatini ifodalaydi.
CHAMANBUVI
Go‘zal, sohibjamol qiz.
CHIROYINA
Go‘zallik, ko‘rkamlik, go‘zal chehrali, chiroyli, maftunkor, sohibjamol, istarali, latofatli.
CHIROYXOL
Xol bilan tug‘ilgan go‘zalm sohibjamol qiz.
CHAMAN
Hayot gulzor, o‘tloqlardek yashnasin yoki ko‘rkam, zebo. Go‘zal qiz yohud chamand — o‘jar, qaysar bola.
CHINNIGUL
Chinniguldek go‘zal, yoqimtoy qiz.
CHIROY
Go‘zallik, ko‘rkamlik, go‘zal chehrali, sohibjamol.
CHUCHUKOY
Shirin, yoqimtoy va oydek suluv qiz.
CHEHRAGUL
Gulyuzli; chiroyli, go‘zla qiz.
CHINORGUL
Chinor kabi uzoq umrli va guldek go‘zal qiz.
CHAMANBIBI
Hayoti chamandek yashnagan, baxtiyor bola.
CHIROYGUL
Go‘zal chehrali qiz, sohibkamol, gulyuzli qiz.
CHECHAKOY
Guldek zebo va oydek suluv qiz.
CHINORA
Chinordek umri uzoq qiz.
CHASHMA
Hayoti buloq suvidek mustafo hamda davomli bo‘lsin.
CHINJAMOL
Chiroyli, sohibjamol qiz.
CHINNIXOL
Quloqlari kichkina bo‘lib yoki jingalak sochli bo‘lib tug‘ilgan bola.
CHINSULUV
Jingalak sochli yoki umrini to‘liq, rost qilib berilgan go‘zal qiz.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil DIQQAT #RASMAN RAMAZON HAYITI NAMOZINING O’QILISh VAQTLARI BILAN...
09.04.24
5
0
Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish
Xalq banki «XAZNA» ilovasi Oyiga 5mln so’mgacha 0 % komissiya bilan uzcard dan humo ga va aksincha o’tkazish mumkin....
01.04.24
3
0