O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi

11:46, 16 март 2024
18
0

O‘g‘il bolalar uchun o‘zbekcha, arabcha, islomiy va zamonaviy ismlar manosi bilan tanishib chiqing.

A harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

A’LAM
Barchadan ko‘p biluvchi, o‘ta bilimdon, kuchli, ilmli, donishmand. Islom dini qonunshunosi, ruklarini yaxshi biluvchi.
A’LO
Yuksak, o‘ta yaxshi, ustun turuvchi; qimmatli, qadrli.
A’LOBEK
Yuksak, o‘ta yaxshi, ustun turuvchi, qimmatli, qadrli, e’zozlanuvchi, bebaho.
A’LOIDDIN
Dinning ulug‘ xizmatkori yoki dinning qadrli, yuksak turuvchi kishisi.
A’LOQUL
Allohning yuksak, qadrli, e’zozli bandasi.
A’ZAM
Eng ulug‘, eng buyuk, qudratli, sahovat olovida toblangan, yengilmas.
A’ZAMIDDIN
Eng ulug‘, eng buyuk, qudratli, sahovat olovida toblangan, yengilmas.
A’ZAMQUL
Eng ulug‘, eng buyuk, qudratli, sahovat olovida toblangan, yengilmas.
ABADAN
Allohga ibodat qiluvchi ma’nosini anglatadi.
ABAY
Hushyor, ehtiyotkor yoki himoya, muhofaza qilingan.
ABBOS
Aynan: qovog‘i soliq, badjahl, beshavqat yoki dovyurak, jangvor xo‘mraygan jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug‘iladi. Payg‘ambarimiz Muhammadning (sallolohu alayhi vassalam) amakilarining ismlari Abbos bo‘lgan.
ABDOL
Toat-ibodat qiluvchi; avliyolar, valilar, qalandar, devona yoki abdol urug‘igan mansub bola.
ABDOLNIYOZ
Avliyolar, valilar sovg‘asi, tuhfasi.
ABDU
Qul, banda. Shu so‘z bilan boshlanadigan ko‘pgina qo‘shma ismlarning qisqargan shakli.
ABDUAHAD
Yolg‘izning, yakkayu-yagonaning, ya’ni Allohning quli.
ABDUALI
Oliy martabali, buyukning, ya’ni Allohning quli.
ABDUALIM
Bilim va donolik sohibining, ya’ni Allohning quli.
ABDUAZIM
Ulug‘, buyukning, ya’ni Allohning quli.
ABDUAZIZ
Izzat va kuch-qudrat sohibi bo‘lgan g‘olib Allohning bandasi, itoatkor quli.
ABDUBASHAR
Insonlar (insoniyat)ning xizmatkori quli.
ABDUBOIS
Qaytadan hayot baxsh eta oluvchining, ya’ni Allohning quli.
ABDUBOQI
Doimiy va abadiy mavjudodning, ya’ni Allohning quli.
ABDUBORIY
Yaratuvchi, hal etuvchining, ya’ni Allohning quli, itoatkor bandasi.
ABDUBOSIT
Rizq ato etuvchining, ruh baxsh etuvchining, ya’ni Allohning quli.
ABDUBOTIR
Qo‘rqmas, dovyurakning quli.
ABDUFADIL
O‘ta a’lo va yuksak bo‘lganning quli.
ABDUFARMON
Falakdan keluvchi buyruqlarning sodiq ijrochisi (quli). Bu o‘rinda Alloh xohish-irodasi ko‘zda tutiladi.
ABDUFATTOH
Hukm etuvchining yoki rahmat xazinalarini ochuvchi va unga yo‘l ko‘rsatuvchining, ya’ni Allohning quli; doimo g‘olib va muzaffarning quli.
ABDUFAYYOD
O‘ta sahiy va sahovatlining quli.
ABDUFAYZ
Nozu ne’matlari mo‘l va sahiyning quli.
ABDUFOZIL
Barkamol, mukammal va bekamu ko‘stning quli. Fozil — “fozlu karomat sohibi“ ma’nosida Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning ham sifatlaridan biri (qar. Fozil)
ABDUG‘AFFOR
Gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchining, ya’ni Alloh Taoloning quli, bandasi.
ABDUG‘AFUR
Gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchining, ya’ni Alloh Taoloning quli, bandasi.
ABDUG‘ANI
Boy, ehtiyojsiz, ya’ni Allohning quli.
ABDUHAKIM
Tengsiz aql va hikmat sohibining, ya’ni Allohning quli.
ABDUHALIM
Jazolashga shoshmaydigan, yaxshilik qilib turuvchi, ya’ni Allohning quli.
ABDUHAMID
Hamdu sanoga, maqtovga sazovor Zotning, ya’ni Allohning quli.
ABDUHANIF
G‘amxo‘r va mehribonning quli.
ABDUHASAN
Imom Hasanning quli (qar. Hasan)
ABDUHOSHIM
Aynan: non sindiruvchining quli, ya’ni rizqu ro‘z ulashuvchining quli.
ABDUHUSAYN
Imom Husaynning quli (qar. Husayn).
ABDUJABBOR
Bandalari ishini isloh qilib, jabrlovchining quli, kuch-qudrat sohibining, ya’ni Allohning quli.
ABDUJALIL
Mukammal va ulug‘ zotning, ya’ni Allohning quli.
ABDUJALOL
Buyuk va ulug‘vor, shonu shuhratlining, ya’ni Allohning quli

B harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

BADAL
Oldingi turmagan bolalar evaziga berilgan bola yoki badal — chakalakzor, butazor.
BADRIDDIN
Aynan: dinning to‘lin oyi va nuri, mash’ali. Dinning asl farzandi. Boshqa mo‘minlarga o‘rnak bo‘luvchi xulqi yaxshi, niyati pok inson.
BAG‘IR
Yurakga, qalbga yaqin, aziz yoki bilimdon, donishmand bola. Eht. Baxir (qar.)
BAHODIR
Botir, pahlavon, azamat, dovyurak, mard, jasur, qo‘rqmas, kuch-qudratli.
BAHODIRSHO
Aynan: jasur, dovyurak shoh yoki botir, pahlavon sardori.
BAHOR
Ko‘klamda, bahorda tug‘ilgan bola yoki hayoti bahordek gullagan, yashnoq, go’zal, chiroyli, fayzli bo‘lsin.
BAHORNIYOZ
Bahorda, ko‘klamda berilgan tuhfa, sovg‘a.
BAHOVADDIN
Dinning ulug‘vorligi, ko‘rki; muruvvati, nuri.
BAHRIDDIN
Dinning nuri, yog‘dusi, shu’lasi, dinning viqori, shukuhi yoki dinning nurli, e’tiqodli, iymonli, saodatmand kishisi.
BAHRIDIL
Nurli, ravshan qalbli, ya’ni mehrli, mehribon, olijanob.
BAHROM
Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo‘lsin.
BAHROMALI
Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo‘lsin.
BAHROMIDDIN
Dinning porloq yulduzi yoki dinning Bahrom sifat himoyachisi, tayanchi.
BAHROMQUL
Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo‘lsin.
BAHRUZ
Hosiyatli, saodatli kunda tug‘ilgan bola; baxtli, omadli. Qar. Behruz.
BAKIR
Aynan: «bo‘taloqning onasi» yoki aybsiz, gunohsizning, rostgo‘yning otasi. Ba’zilar Abubakr ismi «Tong otasi » deb izohlaydi. Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) bilan birga namoz o‘qigani uchun Bakr shu laqabni olgan.
BAKIRULLA
Allohning o‘rganuvchan, izlanuvchi, maqsad sari intiluvchi bandasi.
BAKR
Bo‘taloq. Shu so‘z bilan boshlangan qo‘shma ismlarning qisqargan shakli.
BARAKA
Mo‘llik, farovonlik yoki bolalarimiz yanada ko‘paysin, barakali bo‘lsin.
BARAKAT
Mo‘llik, — ko‘plik, farovonlik. Qar. Barakatulla.
BARDOSH
Chidamli, to‘zimli, sabr-toqatli.
BARHAYOT
Umrboqiy, barhayot.
BASHIR
Xushxabar keltiruvchi; baxt-saodat elchisi. Bashir — Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning sifatidan biridir.
BASIR
Ko‘zi o‘tkir, ziyrak, sezgir, zehnli.
BAXSHULLA
Allohga bag‘ishlangan, baxshida (nazir) qilingan bola yoki Allohning tuhfasi, in’omi.
BAXT
Baxtli, saodatli, tolei baland. Baxti yurishgan kuchli va chiroyli. Shakllari: Baxtboy, Baxtjon, Baxtbek.
BAXTI
Birinchi qismida “baxt“ so‘zi kelgan qo‘shma ismlar (Baxtiazim, Baxtiniso) ning qisqargan shakli.
BAXTINUR
Nurli, baxtli, porloq tole sohibi yoki Nur (qar.), ya’ni Alloh bergan saodat.
BAXTIQUL
Allohning baxtli, saodatmand bandasi, quli.
BAXTIYOR
Saodat, qut, istiqbol yor bo‘lgan bola yoki shodon, quvnoq. Baxt-saodat, quvonch yor bo‘lsin.
BAXTJON
Saodatmand, baxtiyor, xurram.
BAYOT
Tangri, xudo yki baxtli, olijanob. Asli: Bayotqul (qar).
BAYOZ
Oq; toza, beg‘ubor, pokiza yoki bayoz-tong yorishgan paytda tug‘ilgan bola. Eht. Bayazid ismining o‘zgargan shakli.
BAYRAM
Bayram, ayyom, shodiyona, (Hayit) kuni tug‘ilgan bola yoki hayoti shodlikka, umri tantanaga boy bo‘lsin.
BAYTULLA
Aynan: Baytulloh — Allohning uyi. Makka shahridagi Ka’ba ziyoratgohining nomi.
BEDIL
Aynan: dardli, qayg‘uli; maftun bo‘lgan. Bu ism mashhur shoir Bedilning nomiga nisbat berilgan.
BEG‘AM
Qayg‘usiz, shodon bo‘lib ulg‘aysin.
BEG‘AMQUL
Allohning g‘amsiz, qayg‘usiz, baxtiyor bandasi.
BEGI
Botir, qahramon yoki qo‘shma ismlar (Beginiso, Begimurod)ning eq. shakli.
BEGIM
Xonim, beka, oyim, ya’ni podshoh yoki bekning oilasi farzandi; malika, bekzoda; 2) bek yoki shohning o‘g‘li, farzandi; shahzoda, bekzoda.
BEGZOD
Beklar nasliga mansub bola yoki Behzod (qar).
BEHBUD
Tinch, osoyishta, rohat-farog‘atda yashovchi, baxtli.
BEHRO‘Z
Aynan: baxtli kunlar, ya’ni baxtli, saodatli kunda tug‘ilgan. Hayotda baxtiyor, iqboli, porloq, to’lei baland bo‘lsin.
BEHRUZ
Baxtli saodatli kunda, shodiyonada tug‘ilgan bola yoki bu bola tug‘ilgan kun oilaga, yaqinlariga quvonch, shodlik olib kelgan.
BEHZOD
Xosiyatli, saodatli kunda tug‘ilgan, aslzoda yoki olijanob, oliyximmat bola.
BEK
Hukmdor, hokim; boshqaruvchi; o‘tmishda mo‘tabar mansablardan biri bo‘lgan yoki bek — berk — mustahkam, mahkakam, xavfsiz.
BEKBOTIR
Mahkam, mustahkam botir yoki beklar avlodiga mansub dovyurak bola.
BEKBOY
Beklar avlodiga mansub bo’lib, insonning ma’nan yetuk va jismonan kuchli irodali, sabrli, shukur qiluvchi va halol, o’z kuchiga ishonuvchan maqsadli bir so’zli bola.
BEKDAVLAT
Mahkam mustahkam hamda boy, badavlat, bo‘lsin.
BEKJO‘RA
Beklar nasliga mansub o‘g‘il yoki otasi va o‘zidan oldingi bolalarga esh, o‘rtoq bo‘lib o‘ssin.
BEKJON
Beklar nasliga mansub, jon kabi aziz bola.
BEKMUROD
Beklar avlodiga mansub murod-maqsadli bola berk (mustahkam) bo‘lsin va ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
BEKPO‘LAT
Po‘latdek berk, mustahkam bo‘lsin yoki baland martabali bola, po‘latdek mustahkam bo‘lsin.
BEKSHOD
Ulug‘ martabali bolaning umri quvonchlarga to‘la bo‘lsin.
BEKSHOH
Beklarning boshlig’i yani shohi. Asilzoda yigit ma’nosinida.
BEKSULTON
Mustahkam, mahkam va martabasi ulug‘ bo‘lsin yoki sultonlarning sardori, rahbari.
BEKTEMIR
Temirdek mahkam, mustahkam bola.
BEKZOD
Bek farzandi, beklar avlodiga, zotiga manusub bola. Viqorli, kuchli, mard bo‘lsin.
BEKZODBEK
Bek farzandi, beklar avlodiga, zotiga manusub bola. Viqorli, kuchli, mard bo‘lsin.
BERDIMUROD
Tangri bergan o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin yoki Alloh yetkazagan, erishtirgan orzu, istak.
BERDINUR
Nur — o‘z-o‘zidan borlig‘i,a yon bo‘lib turgan, ya’ni Alloh ato qilgan bola, Qar. Abdunur, Nurulla yoki Alloh ato qilgan baxtli, omadli o‘g‘il.
BERDIYOR
Alloh bergan bola o‘zgalarga hamdam, hamroh bo‘lib o‘ssin yoki berganning o‘zi (Alloh) yor bo‘lib, qo‘llab yursin.
BILOL
Uch kunlik oy, yangi tug‘ilgan oy, (Hilol) yoki sog‘lom bola. Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sahobalaridan biri bo‘lgan.
BILOLIDDIN
Dinning uch kunlik (yangi tuqqan) oyi. Hiloliddinga o‘xshatma ism yoki dinni saqlovchi, sog‘lomlashtiruvchi.
BO‘RI
Qadimiy odatga ko‘ra so‘g bo‘lsin, mahkam bo‘lsin deb bo‘rining jag‘idan (terisidan) o‘tkazib olingan bola yoki tish bilan tug‘ilgan bola. Shakllari: Bo‘riboy, Bo‘rijon, Bo‘ribek, Bo‘ritoy, Bo‘riqul.
BOBO
Marhum buvasi, bobosining ismi berilgan bola. Ba’zi manbalarda Bobo (ar.) — ota, diniy rahnamo, ulug‘ shayx.
BOBONAZAR
Muqaddas bobo (avliyo)ning muruvvati, nazari tufayli erishilgan bola.
BOBOSH
“Bobo“ so‘zi bilan boshlangan ba’zi qo‘shma ismlar (Bobosharif, Bobosher)ning qisqargan shakli.
BOBUR
Aniq ma’nosi noma’lum. Ba’zi manbalarda: 1) yo‘lbars, arslon; 2) ulug‘, ulkan, buyuk; 3) tez gapiradigan odam ma’nolarida talqin qilingan.
BOQI
Umri boqiy, uzoq bo‘lsin yoki poydor, ustuvor tursin, yashasin. Abduboqi, Boqiulla ismlarining eq. Shakllari: Boqibek, Boqiboy, Boqijon, Boqixon.
BOQIMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) abadiy, mangudir yoki umri uzoq, boqiy umrli bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
BOSIQ
Bosiq, vazmin, salobatli.
BOSIT
Ulug‘, ulkan, azim yoki rizq beruvchi, ruh ato etuvchi, ya’ni Alloh, qar. Abdubosit.
BOTIR
Mard, polvon, pahlavon, dovyurak, jasur, qo‘rqmas, azamat, botir.
BOTIRALI
Mard, polvon, pahlavon, dovyurak, jasur, qo‘rqmas, azamat, botir.
BOYAZID
Tuhfa, sovg‘a qilingan yoki juda yaxshi, ustun turuvchi. Ba’zi manbalarda “Abuyazid“ (Yazidning otasi) ismining qisqargan shakli deb izohlanadi.
BOYAZIT
Dunyoning yarmini bosib olgan Turklar sultoni Sultan Boyazit ismidan.
BOYMUROD
Boy-badavlat bola, ulg‘ayib murodiga yetsin.
BOYTEMIR
Davlatli hamda temirdek mustahkam bola.
BOZOR
Bozor kuni tug‘ilgan bola yoki uyimiz bozor kabi bolalarga to‘lsin.
BOZORBOY
Bozor kuni tug‘ilgan bola yoki uyimiz bozor kabi bolalarga to‘lsin.
BUNYOD
Asos, tamom, ushalgan orzu, maqsadiga erishgan, yaratuvchi, yetuklik ma’nosida, shuningdek, bunyod qiluvchi, barpo qiluvchi.
BUNYODBEK
Asos, tamom, ushalgan orzu, maqsadiga erishgan, yaratuvchi, yetuklik ma’nosida, shuningdek, bunyod qiluvchi, barpo qiluvchi.
BURHON
Dinning dalili, asosi, shahodati yoki din qo‘riqchisi, dinni dalillovchi. O‘rta asrlar hukmdorlari o‘zlarini Burhoniddin — dinning himoyachisi, dinni asrovchi deb yuritishgan va bu so‘z ularning fahriy unvoni bo‘lgan. Burhoniddin ismining qisqargan shakli.
BURHONIDDIN
Dinning dalili, asosi, shahodati yoki din qo‘riqchisi, dinni dalillovchi. O‘rta asrlar hukmdorlari o‘zlarini Burhoniddin — dinning himoyachisi, dinni asrovchi deb yuritishgan va bu so‘z ularning fahriy unvoni bo‘lgan. Burhoniddin ismining qisqargan shakli.

D harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

DADA
Marhum dadasi (otasi) yoki bobosining ismi berilgan bola, yohud sog‘ ulg‘ayib otasidek kishi bo‘lsin.
DADAAHMAD
Dadasi yoki bobosi ismi bilan atalgan o‘g‘ilni Ahmad (qar.) qo‘llab yursin yoki Ahmadning (payg‘ambar)ning ehsoni, had’yasi.
DADABEK
Beklardan bo‘lgan bobosining xotirasini abadiylashtirish. Ota qoni ulangan barcha ota–bobolarining nomini eslatib turuvchi ustun, mard, jasur, paxlavon, pok va toat ibodat etuvchi yigit.
DADABOY
Qar. Dada (Dada boy) yoki sovg‘a, tuhfa qilingan o‘g‘il.
DADAKELDI
Marhum dadasining o‘rniga berilgan bola.
DADAXO‘JA
Dadasi nomini olgan, xo‘jalar nasliga mansub bola.
DADAXON
Dadasining nomi berilgan ulug‘ martabali bola.
DALER
Baquvvat, qo‘rqmas, botir, azamat, jasur, dovyurak. Yuragida o‘tir bor, xavfga tik boquvchi.
DALIR
Qo‘rqmas, dovyurak, botir.
DAMIN
Sabotli, qunt-toqatli, mustahkam. Shakllari: Daminbek, Daminboy, Daminjon.
DAMIR
Temir, ya’ni temirdek mustahkam, bardoshli, yashovchi, qattiq, kuchli, chidamli.
DAMIRALI
Temir (damir)dek mustahkam o‘g‘ilni Ali panohida asrasin.
DARBESHMUHAMMAD
Muhtoj (gado) bo‘lib, yurib erishilgan bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin yoki Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) diniga o‘zini baxshida etuvchi.
DARMON
Ota-onasiga kuch, quvvat, suyanch bo‘lsin. Shakllari: Darmonjon, Darmontoy, Darmonxon.
DAVLAT
Boy, badavlat, baxtli, saodatli, davlatmand, tole’i porloq. Tarkibida davlat so‘zi bor (Davlatali, Davlatmurod ) qo‘shimchaga ega qismi.
DAVLATBEK
Boy, badavlat, baxtli, saodatli, davlatmand, tole’i porloq. Tarkibida davlat so‘zi bor (Davlatali, Davlatmurod ) qo‘shimchaga ega qismi.
DAVLATJON
Boy-badavlat hamda aziz, suyukli o‘g‘il.
DAVLATKARIM
Karim (Alloh) bergan boylik, saodat.
DAVLATMAND
Boy, badavlatli, baxtiyor, xushbaxt.
DAVLATMUHAMMAD
Boy, badavlat bo‘lsin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llab, asrab yursin.
DAVLATMUROD
Boy, badavlatli bo‘lib, murod maqsadiga yetsin.
DAVLATNAZAR
Allohning iltifoti bilan erishilgan boy, davlatli bola.
DAVLATNIYOZ
Tuhfa qilingan boylik, davlat, ya’ni farzand.
DAVRBEK
Davr, zamon farzandi. Shakllari: Davrjon, Davrboy.
DAVRBOY
Davr, zamon farzandi. Shakllari: Davrjon, Davrbek.
DAVRON
Davr sursin, umri shodon, baxtiyor o‘tsin, davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo‘lsin ma’nosida.
DAVRONALI
Davr sursin, umri shodon, baxtiyor o‘tsin, davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo‘lsin ma’nosida.
DAVRONXO‘JA
Xo‘jalar avlodiga mansub baxtiyor, saodatmand bola.
DEHQON
Ulg‘ayib dehqon bo‘lsin yoki boy, badavlat (yer egas) bo‘lsin.
DENOV
Denovda (Surxondaryo viloyatidagi tuman) tug‘ilgan bola, Denov farzandi.
DEVONMUHAMMAD
Ulg‘ayib mansabdor bo‘lsin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llab, asrab yursin.
DEVRIM
Davr so’zidan olingan.
DIAS
Chiroyli, barno, aqilli, ilmli dono, kuch-qudratli, jasur, azamat, botir, qo‘rqmas bola.
DIL
Qalb, yurak, tiriklik, ya’ni vijdonli, saxovatli qalb egasi yoki mard, jasur. Shakllari: Dilbek, Dilboy, Diljon.
DILBEK
Yurakka yaqin, yuraklarning sohibi, begi.
DILMUHAMMAD
Dil — qalb, tiriklik, vijdonli, saxovatli qalb egasi yoki mard, jasur deganidir.Maqtovga, olqishlarga azovor. Muhammad payg‘ambar (Muhammad ibn Abdulloh 570 yoki 571 Makka — 632, Madina)ning ismi. Muhammad payg‘ambar sallolohu alayhi vasallam Allohning eng yaqin do‘sti, eng so‘nggi dunyoga kelgan, eng kamtarin payg‘ambar. Dil hamda Muhammad ismlariga ma’nodoshdir.
DILMUROD
Ko‘nglimizdagi istak, orzu (murod) bo‘lgan bola; dilga taskin, qalbga malham bergan bola.
DILNIYOZ
Dildan istab, qo‘msab erishilgan in’om, sovg‘a (farzand).
DILSHOD
Quvnoq, baxtiyor, shodon yoki ko‘nglimizni quvonchi bo‘lgan farzand, dili shod bo‘lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu-hurramlik bahsh etuvchi.
DILXUSHBEK
Dildan xush ko’rilgan, dildan istalgan, qalb orzusi bo’lgan.
DINAHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.
DINISLOM
Islom dini farzandi, musulmon.
DINMUHAMMAD
Musulmon, xudojo‘y bola yoki Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) diniga mansub bola.
DINOR
Dinor (tillo tanga) kabi qadrli, qimmatli o‘g‘il yoki ulg‘ayib boy, badavlat bo‘lsin.
DIYDOR
Diydor — ko’rishuv, uchrashuv, yuz, oraz.
DIYOR
O‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin.
DO‘LBOY
Do‘l yog‘gan kuni tug‘ilgan bola yoki iris-nasabli bo‘lsin.
DO‘SBOY
Qar. Do‘stboy yoki do‘s — o‘rik pishgan paytda tug‘ilgan bola.
DO‘ST
Otasiga yoki o‘zidan oldingi aka va opalariga yo‘ldosh, esh bo‘lib yursin. Shakllari: Do‘stbek, Do‘stjon, Do‘stxo‘ja.
DO‘STMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning do‘sti, uni e’zozlovchi bola.
DO‘STNIYOZ
O‘tinib, yolg‘orib olingan do‘st, hamdam.
DONI
Uquvli, epchil; botir, qahramon.
DONIYOR
Yaqinlar, do‘stlar yoki bilimli, dono yoki (qadimiy yahudiycha) Allohning ehsoni, sovg‘asi, marxamati. Afsonalarga ko‘ra, Xo‘ja — Doniyor payg‘ambar arab voizi Kusam ibo Abbosning sherigi bo‘lgan. Shuningdek ular Xo‘ja Doniyorni Qur’on va Eski Ahd kitoblaridan biri Doniyor deb hisoblashadi. Uning qoldiqlari, aniqrog‘i uning qo‘li Temur tomonidan Suzo shahridan Samarqandga olib kelingan. Ularning dafn etilgan joylari ustiga maqbara qayta qurilgan. XX asr boshlarida qayta ta’mirlangan.
DOSTON
Dovrug‘i tillarda doston bo‘lgan, taniqli, mashhur. Bu nom Rustamning otasi Zolning (Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni qahramoni) laqabi bo‘lgan.
DOVUD
Mehrli, mehribon, dildan sevuvchi, suyukli, chin do‘st yoki shifo beruvchi, matonatli, sog‘aytiruvchi. Dovud payg‘ambarning ismlari.
DURBEK
Inju, marvarid donasidek aziz, beklarning eng asili yoki uzoq yashasin, umri uzoq bo‘lsin. Ba’zan bu ism “Yusuf va Zulayho“ dostoni muallifi shoir Durbekning taxallusiga nisbat berib ham qo‘yiladi. Shakli: Durboy, Durjon.
DURJON
Durdek aziz va suyukli bola.
DURMUHAMMAD
Injudek bebaho, qimmatli o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida saqlasin.
DURNIYOZ
Tilab, iltijo qilib erishilgan qimmatli o‘g‘il yoki qar. Turniyoz.
DURUSTBOY
Ma’qul, mukammal; samimiy.

E harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

E’ZOZBEK
Hurmatli, izzatli, ehtiromli, e’zozli, xalq nazarida bo‘lgan, obro‘-e’tiborli yigit.
EGAM
Aynan: Javob, xo‘jayin, ya’ni Alloh, xudo. Asli: Egamberdi, Egambergan.
EGAMBERDI
Alloh ato qilgan (bergan) bola.
EGAMBERGAN
Alloh ato qilgan bola.
EGAMMUROD
Alloh yetishtirgan orzu, maqsad.
EGIZBEK
Egizak bo‘lib tug‘ilgan bola yoki otasiga egizak, esh bo‘lib yursin.
EHROM
Qadrlovchi, qadriga yetuvchi.
EHSON
Lutf, iltifot; ezgulik; tuhfa, sovgʻa: Asli: Ehsonulla — Allohning lutfu-karami ila tugʻilgan bola.
EL’YOR
O‘z elining do‘sti, hamdami, hamdardi, o‘z elini sevuvchi, vatanparvar, fidokor inson.
ELARSLON
Elning, yurtning dovyurak farzandi.
ELBEGI
Elning sardori, boshlig‘i, yo‘lboshchisi.
ELBEK
Elning boshlig‘i, sardori, yo‘lboshchisi.
ELBOY
Elning badavlat o‘g‘li. Eht.: Alboy~Aliboy (qar.) ismlarning o‘zgargan shakli.
ELCHI
Vakil, elning ishonchli, nufuzli kishisi; xushxabar keltiruvchi, xosiyatli.
ELCHIBEK
Qar. Elchi (Elchi bek).
ELCHIN
El, yurtining jasur farzandiu; el qahramoni.
ELDOR
Qabila, ellat boshlig‘i, yetakchisi, sardori, shoh, hukmron, podishoh, amir. Ulg‘ayib yuqori martabalar egasi, elning yo‘lboshchisi, rahnamosi, hukmdori, yetakchisi bo‘lsin.
ELFAN
Elning bilimdon, dono, zukko farzandi.
ELMUHAMMAD
El farzandi Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
ELMUROD
Murod-maqsadli yoki orzu qilngan, qo‘msalgan bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
ELNAZAR
Ulg‘ayib elning nazariga tushsin, obro‘li, mashhur yigit bo‘lsin yoki eliga g‘amxo‘rlik qiluvchi.
ELNIYOZ
1) Allohdan so‘rab, iltijo qilib olingan bola; 2) muhtoj bo‘lib, armon va orzu bilan erishilgan bola; 3) Allohning marhamati, ehsoni tuhfasi
ELNUR
Elga nur sochuvchi, foyda keltiruvchi, elning sevuvchi, el chirog‘i, mash’ali. Vatani rivojiga katta hissa qo‘shuvchi, elparvar.
ELO‘G‘LI
El farzandi.
ELOMON
El baxtiga omon bo‘lsin yoki el posboni, tungi qorovul.
ELROZ
Xalq g’amini yeguvchi, el uchun qayg’uradigan inson.
ELSHOD
Eli, xalqiga shodlik, quvonch keltiruvchi bola yoki elning shodon, baxtiyor farzandi yohud elning rahbari, sardori.
ELTOY
Eli, xalqining suyukli, erkatoy o‘g‘li.
ERBEK
Beklar avlodiga mansub jasur bola.
ERGASH
Ota-onasiga yoki aka-opalariga ergashib, esh bo‘lib, hamroh, hamdam bo‘lib yursin yohud kokilli bola.
ERGASHALI
Ota-onasiga yoki aka-opalariga ergashib, esh bo‘lib, hamroh, hamdam bo‘lib yursin yohud kokilli bola.
ERJON
Mard, dovyurak hamda suyukli, aziz bola.
ERKA
Erkatoy, suyukli, aziz bola yoki kenjatoy bola. Shakllari: Erkatoy, Erkajon, Erkabeka, Erkabibi, Erkabuvi, Ekraoy, Erkaxon.
ERKIN
Hur, ozod, erkin, mustaqil, hech kimga qaram yoki to’be bo‘lmagan bola.
ERSHOD
Jasur hamda quvnoq, shodon o‘g‘il; jasur, dovyurak boshliq, yo‘lboshchi. Eht.: Irshod (qar.)
ERYIGIT
Botir, dovyurak yigit bo‘lib ulg‘aysin.
ESHBEK
Beklar avlodiga mansub bola otasi (aka-ukalari)ga hamdam bo‘lib ulg‘aysin.
ESHMAN
“Esh“ so‘zi bilan boshlanadigan ba’zi qo‘shma ismlar (Eshmuhammad, Eshnazar)ning eq. shakli.
ESHMUHAMMAD
Muhammadning do‘sti, tarafdori yoki Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) yo‘ldosh bo‘ladigan, qo‘llaydigan bola, yohud ota-onasi (aka-opalari) ga hamroh, hamdam bo‘luvchi bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
ESHNAZIR
Nazir (qar.), ya’ni Allohga do‘st, hamdam bo‘ladigan, Alloh qo‘llaydigan bola.
ESHNIYOZ
1) Allohdan so‘rab, iltijo qilib olingan bola; 2) muhtoj bo‘lib, armon va orzu bilan erishilgan bola; 3) Allohning marhamati, ehsoni tuhfasi.
ESHNUR
Ravshan, baxt, omad, hamrohi bo‘lgan bola yoki Nur (qar.), ya’ni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) hamrohi bo‘lgan, payg‘ambar qo‘llaydigan bola.
ESHON
Aynan: Avliyo, muqaddas, shaxs; Eshon bobosining ismi berilgan bola yoki Eshonni (avliyoni) ziyorat qilgach tug‘ilgan bola yohud eshonlar nasliga mansub bola. Ba’zi qo‘shma ismlarning (Eshonali, Eshonnazar, Eshonniyoz) eq.shakli. Shakllari: Eshonboy, Eshonjon, Eshonbek, Eshonjon.
ESON
Sog‘, omon, salomat bo‘lsin. Shakllari: Esonjon, Esongul, Esonoy, Esonxon, Esontoy, Esonqul, Esonbibi, Esonbu.
ESONALI
Sog‘, omon bo‘lsin va Ali o‘z panohida asrasin.
ESONBOY
Suyukli, erka o‘g‘il omon-eson bo‘lsin.
ESONMUHAMMAD
Omon-eson ulg‘aysin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) panohida asrasin.
ESONMUROD
Sog‘u salomat bo‘lib ulg‘aysin va murod-maqsadiga yetsin yoki bizning orzuimiz bo‘lgan bola omon bo‘lsin.
ESONQUL
Allohning bandasi bo‘lgan bola sog‘-salomat bo‘lsin.
EVAZ
Oldingi turmagan bolalar o‘rniga, evaziga berilgan bola.
EZGULIK
Yaxshilik, savob ish yoki himmatli, marhamatli, rahmdil.
ESHTEMIR
Otasi va qarindoshlariga hamdam, yelkadosh bo‘lib yursin va temirdek mustahkam bo‘lsin.

F harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

FAIZ
Yengilmas, g‘olib, muzaffar yoki olihimmat, saxiy. Sol: Fayz.
FARAHMAND
Shod, baxtiyor, xursand.
FARAZ
Ulug‘vorlik, yuksaklik; qadrli, e’zozli.
FAREZ
Hukmdor, tinchlik elchisi.
FARHOD
Aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari qahramoni Farhoddek tog‘ni talqon qiluvchi bo‘lsin.
FARID
Yakka, yolg‘iz, yagona, tengsiz, bebaho, betakror, tanho yoki pardali bo‘lib tug‘ilgan bola.
FARIDDIN
Taqvodorlikda yagona; tengsiz; dinning yagona, mo‘tabar kishisi.
FARIDUN
Yagona, mashhur, Alloh olqishlagan yoki uch bor qudratli, kuchga to‘la, baquvvat, mustahkam.
FARMON
Buyruq, amr; Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola.
FAROBIY
Ulug‘ olim Farobiy nomiga nisbat berilgan.
FARRUH
Baxtli, baxtiyor yoki chiroyli, ochiq chehrali, yuzidan nur taraluvchi, jozibali.
FARRUX
Yuzidan nur yog’iluvchi, ochiq chehrali, chiroyli ko’rkam.
FARUQ
Ziyrak, farosatli, yaxshi-yomonni farqlovchi yoki qar. Farrux.
FARYOB
Baxtli, iqboli baland.
FARYOD
Faryod, iltijolar qilib erishilgan bola.
FARYOZ
Oqlik, yorug’lik.
FARZIDDIN
Dinning zarur va majburiyligi yoki dinga bo‘ysunuvchi, xudojo‘y, taqvodor.
FARZULLA
Allohning amri, irodasi. Allohning muruvvati, Alloh lozim ko‘rgan bola.
FARZINXON
Qo‘li uzun, har ishga qodir, omadli, tolei baland.
FASIH
Chiroyli, ravshan nutq sohibi; xushsuxan, so‘z ustasi, notiq.
FASLIDDIN
Aynan: Dinning mavsumi, fasli yoki din ato qilgan qismat, taqdir.
FATHALI
Alining g‘olibligi, g‘alabasi yoki g‘olib, muzaffar bolani Ali o‘z panohida asrasin.
FATHMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning g‘olibligi, g‘alabasi, zafari.
FATHULLA
Allaohning muzaffar va g‘olibligi Tangrining zafari yoki Alloh bergan g‘oliblik, g‘alaba.
FATHXON
G‘olib, muzaffar, yengilmas bola.
FATTOH
Rahmat xazinalarini osuvchi, mushkul ishlarni hal etuvchi. Allohning sifatlaridan biri. Asli: Abdufattoh (qar.) yoki yenguvchi, g‘olib, muzaffar.
FAXIR
Faxr qiluvchi, g‘ururli; iftixor va obro‘ga sazovor, juda yaxshi, a’lo. Asli: Faxriddin.
FAXRI
Faxr qiluvchi, g‘ururli; iftixor va obro‘ga sazovor, juda yaxshi, a’lo. Asli: Faxriddin.
FAXRIDDIN
Dinning faxri, iftixori, shavkati, shoniu-sharafi, g‘ururi.
FAXRIISLOM
Islom (dinning) faxri, g‘ururi, shuhrati.
FAXRIYOR
Faxrli, faxrlanib yurish uchun.
FAYOD
Yagona, tanxo.
FAYOZ
Asli: Fayyoz. O‘ta saxiy, oliy himmat, mehribon, fayzi bor, muruvvatli, qo‘li ochiq, oqko‘ngil, qalbi pok, dovyurak va jasur, azamat.
FAYOZIDDIN
«Fayyoz — juda saxiy, qo’li ochiq, muruvvatli. Fayoziddin — dinning saxiy, saxovatli, qo’li ochiq bandasi ma’nosini anglatadi. Ushbu ism oxiriga «»bek»», «»jon»», «»ali»» qo’shimchalari ham qo’shilishi mumkin. Ism o’zagi avvalida esa «»Mir»», «»Abdu»» va boshqa qo’shimchalar ham uchrab turadi».
FAYYOZ
Asli: Fayyoz. O‘ta saxiy, oliy himmat, mehribon, fayzi bor, muruvvatli, qo‘li ochiq, oqko‘ngil, qalbi pok, dovyurak va jasur, azamat.
FAYYOZBEK
O‘ta saxiy, oliy himmat, muruvvatli, mehribon, fayzi bor, oqko‘ngil, qalbi toza, qo‘li ehsonli, dovyurak, qo‘rqmas, mard.
FAYZ
Yoqimli, muloyim; jozibali; chiroyli, ko‘rkam yoki ne’mat, farovonlik; saxiylik, saxovat.
FAYZALI
Alining muruvvati, himmati, shafqati, ehsoni.
FAYZBEK
Fayz-baraka, omad olib keluvchi.
FAYZI
Qar. Fayziddin, Fayziniso ismlarining eq.shakli. Shakllari: Fayziboy, Fayzigul, Fayzixon.
FAYZIMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning himmati, muruvvati, ehsoni.
FAYZIRAHMON
Rahmon (qar.)ning, ya’ni Allohning himmati, muruvvati, ehsoni.
FAYZIRAXMON
Allohning fayziga ega bo’lgan.
FAYZULHAQ
Haqgo‘y, barhaqning, ya’ni Allohning marhamati, lutfu karami, ehsoni.
FAYZULLA
Allohning marhamati, himmati, shafqati yoki Allohning risqu-nasibali bandasi.
FAYZULLOH
Allohning marhamati, himmati, shafqati yoki Allohning risqu-nasibali bandasi.
FAZIL
Munosib, loyiq; hurmatli afzal turuvchi, yaxshi, maqbul. Eht.: Fozil (qar).
FAZLI
Marhamat, inobat, himmat yoki ortiqlik, ustunlik, yetuklik. Asli: Fazliddin (qar).
FAZLIDDIN
Dinning yuksakligi, kamoloti, afzalligi yoki dinning marhamati, in’omi, tuhfasi, fazli, kamolga yetishganligi.
FERUZ
G‘olib, muzaffar, yengilmas, birinchi, peshqadam, yetakchi, doimo oldinda bo‘lguvchi, mag‘lubiyat bilmas.
FERUZBEK
G‘olib, muzaffar, yengilmas, birinchi, peshqadam, yetakchi, doimo oldinda bo‘lguvchi, mag‘lubiyat bilmas.
FEXRUZ
Omadli, rizqli, baxtli, yaxwilikkka intiluvchan.
FIDO
Qar. Fidoali, Fidomuhammad.
FIDOMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sidqidil, samimiy ixlosmandi, o‘zni Muhammadning yo‘liga baxshida etgan.
FIKRAT
Idrokli, aqlli, o‘tkir, zukko fikrli.
FIRDAVS
Bog‘, ko‘kalamzor, jannat bog‘i, jannat, sakkizinchi jannat nomi.
FIRDAVSIY
Jannat farzandi.
FIRUZ
Baxtli, tolei baland; nurli yoki yengilmas, g‘olib, muzaffar. Shakllari: Firuzbek, Firuzboy.
FITRAT
Aynan: Tug‘ma tabiat; aqlu farosatli, aqlli, dono.
FOTIH
Yengilmas, g‘olib, muzaffar; jasur, mard.
FOTIQ
Shifo topuvchi, sog‘ayib ketuvchi yoki qar. Fotih.
FOZIL
Bilimdon, dono, zukko, donishmand. Fozil — » fazlu-karomat sohibi» ma’nosida. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biridir.
FOZILBEK
Bilimdon, dono, zukko, donishmand. Fozil — » fazlu-karomat sohibi» ma’nosida. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biridir.
FOZILKARAM
Qar. Fozil va Karam yoki bilimli, dono va saxiy, saxovatli bola.
FOZILKARIM
Karim (qar.), ya’ni Alloh bergan dono o‘g‘il.
FOZILXON
Bilimdon, dono, zukko, donishmand. Fozil — » fazlu-karomat sohibi» ma’nosida. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biridir.
FURQAT
Ayriliq, judolik, ajralish, uzoqlashish. Bu ism shoir Furqat (Zokirjon Holmuhammad o‘g‘li) tahallusi bo‘lib, Furqat ismi o‘shanga nisbat berilgan.
FUZAYL
Odobli, tartibli, yaxshi xislatli; insofli, e’tiqodli, adolatli; yuksak, ustun turuvchi.

G harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

GO‘RO‘G‘LI
Aynan: “Go‘rda tug‘ilgan bola“. Bu ism o‘zbek xalq dostonlari qahramoni Go‘ro‘g‘li nomiga nisbat berib qo‘yiladi. Qadimiy turkiy tilda go‘r — ko‘r-botir, dovyurak, pahlavon ma’nolarini bildiradi.
GULXANIY
O‘t yoquvchi, olov yoquvchi, yondiruvchi, gado bechorahol.
GULIM
“Gul“ so‘zi bilan boshlanadigan ba’zi qo‘shma ismlaring eq. Shakllari: Gulimboy, Gulimjon.
GULMENGIZ
Guldek go‘zal xolli qiz yoki gulyong‘oq, gulchehra.
GADOYTURDI
Tilab olingan bola tursin, yashasin.
GADOYMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) dan tilab olingan bola yoki tilab olingan o‘g‘ilga Muhammad o‘zi yor bo‘lsin, qo‘llab yursin.
GARAY
Orzu qilingan, tilab olingan bola.
GADOYQUL
Allohning tilab olingan bandasi.
GULBACHCHA
Guldek chiroyli bola.
GULSHODBEK
Baxor oyida tug’ilgan bola, shod bolib yurish, oyning yaqin gulshodi ogil bola.
GULBOY
Guldek go‘zal yigit bo‘lsin, ulg‘aysin.
GULBOLA
Guldek go‘zal, ko‘rkam bola.
GULXANIY
O‘t yoquvchi, olov yoquvchi, yondiruvchi, gado bechorahol.
GADOYMUROD
Tilab olingan bola murodu maqsadiga yetsin yoki orziqib yurib erishilgan maqsad, orzu.
GULXO‘JA
Xo‘jalar avlodiga mansub guldek go‘zal bola.
GADOYNIYOZ
Iltijolar qilib erishilgan tuhfa, in’om.
GULBEK
Beklar nasliga mansub, viqorli, obro‘li, e’tiborli va guldek chiroyli, kelishgan istarali bola.
GUJUM
Sada qayrag‘ochdek mustahkam, chidamli bo‘lsin, uzoq yashasin.
GULMUHAMMAD
Guldek ko‘rkam bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llab yursin.
GULIMJON
Guldek dilbar va jondek aziz, suyukli qiz.
GO‘RO‘G‘LI
Aynan: “Go‘rda tug‘ilgan bola“. Bu ism o‘zbek xalq dostonlari qahramoni Go‘ro‘g‘li nomiga nisbat berib qo‘yiladi. Qadimiy turkiy tilda go‘r — ko‘r-botir, dovyurak, pahlavon ma’nolarini bildiradi.
GAJIR
Mard, dovyurak, qaytmas yoki gajar-gajir urug‘iga (turkiy urug‘lardan biri) mansub bola.

H harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

HABI
Sovg‘a, tuhfa, ehson. Eht.: Xabibulla ismining eq. shakli.
HABIB
Suyukli, qadrdon, g‘amxo‘r do‘st. Asli Habibulloh. Allohning suyuklisi va do‘sti. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning sifatlaridan biridir.
HABIBULLA
Allohning suyuklisi, Allohning suyukli do‘sti. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biridir.
HABIBULLO
Allohning suyuklisi, Allohning suyukli do‘sti. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (Sallolohu alayhi vassallamning) sifatlaridan biri.
HABIBULLOH
Suyukli, qadrdon, g‘amxo‘r do‘st. Asli Habibulloh. Allohning suyuklisi va do‘sti. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning sifatlaridan biridir.
HAD’YA
Tuhfa, sovg‘a, ehson; tortiq, in’om.
HAD’YATULLA
Allohning tuhfasi, ehsoni.
HADIS
Hikoya, rivoyat; suxbat payg‘ambarning so‘zlari.
HADYATILLO
Hidoyat yoliga boshlovchi imoni mustahkam inson.
HAFIZ
Himoya qiluvchi, qo‘riqlovchi, o‘z panohida asrovchi. Bu nom Allohi Taoloning sifatlaridan biridir. Asli: Abduhafiz (qar).
HAFIZULLA
Alloh qo‘riqlaydigan, asraydigan bola; Allohning panohida, muhofazasida bo‘lgan bola.
HAKIM
Bilimdon, aqlli, dono, donishmand. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Qar. Abduhakim.
HAKIMBOY
Engsiz, aql va hikmat sohibining, ya’ni Allohning quli.
HAKIMXON
Aqlli, dono baland martabali bola.
HALID
Jannatda mangu qoluvchi.
HALIM
Muloyim, mehribon, muloyimlik bilan ish tutuvchi. Bu nom Allohi Taoloning sifatlaridan biridir. Asli: Abduhalim. Shakllari: Halimboy, Halimjon.
HALIMBOY
Yumshoq so’zlovchi.
HALOL
Toza, pokiza; qonuniy.
HAMDAM
Do‘st, o‘rtoq, sodiq, vafodor do‘st. Otasiga, boshqa bolalarga do‘st, esh bo‘lib yursin.
HAMID
Maqtovchi, madh qiluvchi, Allohga hamd-sano aytuvchi, shukr qiluvchi yoki hamid — issiq, qaynoq. Bu nom Muhammad (sallolohu alayhi vasallam) ning sifatlaridan birdir. Asli: Hamidulloh.
HAMRO
Yo‘ldosh, esh, hamdam, sherik yoki qirmizi, qizil rangli. Shakllari: Hamroboy, Hamrojon, Hamroxon.
HAMZA
O‘tkir, achchiq, kuydiruvchi, yondiruvchi, chirog‘ yoki dorivor o‘simlik nomi. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vasallam) ning tog‘alarining ismi bo‘lgan.
HANAFIY
Payg‘ambar avlodiga mansub yoki bo‘ysunuvchi, itoatkor.
HAQBERDI
Odil, adolatli, ya’ni Alloh ato qilgan bola.
HAQNIYOZ
Odil, adolatli, ya’ni Alloh bergan tuhfa, ehson.
HASAN
Yaxshi, tuzuk; chiroyli, sohibjamol. Ba’zi manbalarda ezgulik, yaxshilik, fasohatli deb izohlanadi. Bu nom Ali ibn Tolibning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘li — Hasan ibn Alining ismi bo‘lgan (595-669) Hasan — payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning nabirasi, imom Hasanning ismi. Husayn va Hasan Alining o‘g‘illari bo‘lib, islomning birinchi shahidlari hisoblanadi.
HASRAT
Qayg‘urib yurib, armon bilan erishilgan bola yoki onasi yosh o‘lib qolgan bola.
HAYDAR
Arslon; jasur, dovyurak, kuchli, qudratli. Bu nom xalif Alining laqabi bo‘lgan. Shuningdek Haydar — erkak bolalarda orqaga o‘rib qo‘yiladigan bir tutam soch, u sog‘lik, osoyishtalik ramzi deb hisoblanadi va bola ulg‘aygach, ma’lum marosindan keyin qirqiladi.
HAYIT
Hayit, diniy bayram kunlarida tug‘ilgan bola.
HAYITMUHAMMAD
Hayit kuni tug‘ilgan o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
HAYITQUL
Allohning hayitda, bayramda tug‘ilgan bandasi (quli).
HAYOTBEK
Beklar avlodiga mansub bola yashasin, barhayot bo‘lsin.
HAYOTJON
Tiriklik, umrboqiy, hayot baxsh etuvchi.
HAYOTULLA
Alloh hayot baxsh etgan bola yoki Allohning barhayot bandasi.
HAYRAT
Aynan: Hayratlanish, taajublanish. Badanida biror bir g‘ayritabiiy belgi, nishon bilan tug‘ilgan bolaga qo‘yiladigan ism. Sol: Qudrat, Qudratulla.
HAYRULLOH
Allohning yaxshiligi, murruvati, saxovati; Alloh bergan tuhfa, in’om, suyukli bandasi yoki Allohningsevimli quli.
HIDOYAT
To‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, to‘g‘ri yo‘l topuvchi. Allohning bergan hidoyati, muslim. Shakllari: Hidoyatbu, Hidoyatxon.
HIDOYATULLA
Alloh to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchidir yoki Alloh yo‘liga (to‘g‘ri yo‘lga) boshlaydigan bola.
HIKMAT
Donolik, donishmandlik; mo‘jiza. Badanida qandaydir g‘ayritabiiy, ortiq belgi bilan tug‘ilgan bola.
HOFIZ
O‘z panohida saqlovchi, asrovchi, mana shu ma’noda bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Qar. Abduhofiz, shuningdek hofiz Qur’onni yoddan o‘quvchi, qiroatchi yoki ashulasi, kuychi.
HOJI
Ziyoratchi, sig‘inuvchi, Hajga borgan, Ka’bani (Makkada) ziyorat qilgan shaxs. Shakllari: Hojibek, Hojibibi, Hojibeka, Hojiboy, Hojixon.
HOJIAHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.
HOJIAKBAR
Ulug‘, ulkan, buyuk, hurmatli, obro‘-e’tiborli, odamlar nazarida bo‘lgan, mo‘’tabar, aziz.
HOKIM
Boshliq, hukmdor, yo‘lboshchi. Eht.: Hakim (qar.). Shakllari: Xokimxon, Xokimjon, Xokimbek.
HOLID
Abadiy, doimiy, cheksiz, umri uzoq, barakali bo‘lsin, ko‘p kunlar ko‘rsin ma’nosida.
HOLMUROD
Holli bola (Holi bilan tug’ilgan).Murodu-maqsadiga yetishib yursin.
HOMID
Shukur qiluvchi, qanoat qiluvchi, sabr-toqatli. Shakllari: Homidjon, Homidboy, Homidxon.
HORUN
Aynan: Aaron — tog‘lik, o‘jar, qaysar, qaytmas yohud boy, badavlat yoki posbon, qorovul, qo‘riqchi. «Bibliya» dagi Aaron ismining arabchcha shakli. Bu nom Muso payg‘ambarning katta akasi ismi ham bo‘lgan. Payg‘ambarlardan birining nomi.
HOSHIM
Maydalovchi, ushatuvchi; nonni ushatuvchi, taqsimlovchi yoki hurmatli, hurmatga sazovor. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning katta o‘g‘li ismi bo‘lgan. Shakllari: Hoshimbek, Hoshimjon, Hoshimxon
HOTAM
Saxiy, qo‘li ochiq, oliyhimmat. Asli bu ism saxiyligi bilan juda mashhur bo‘lgan Hotami Toy arabning homidandir yoki hotam — yo‘lboshchi, boshliq. Shakllari: Hotamxo‘ja, Hotamsho, Hotamqul.
HUMORBEK
Humo qushini anglatuvchi va mustahkam, oliy degan ma’noda.
HUMOYIDDIN
Din ato qilgan baxt, saodat, davlat, haqlik, poklik.
HUMOYUN
Qutlug‘, muborak, noyob, tengsiz. Humo qushidek sofdil, erk yigit.
HURRAM
Hamisha shod-hurram, hushchaqchaq, hushbaxt, shodon.
HUSAN
Hasan ismining eq. shakli bo‘lib, yaxshi, mehribon, sahiy, chiroyli, go‘zal ma’nolarini anglatadi. Husayn ibn Ali (626-680) ismi bo‘lib, u Ali ibn Abu Tolibning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘li. Muhammad (sallolohu alayhi vasallam)ning nabirasidir. Husayn uchinichi shiya imomi bo‘lgan.
HUSANALI
Hasan ismining eq. shakli bo‘lib, yaxshi, mehribon, sahiy, chiroyli, go‘zal ma’nolarini anglatadi. Husayn ibn Ali (626-680) ismi bo‘lib, u Ali ibn Abu Tolibning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘li. Muhammad (sallolohu alayhi vasallam)ning nabirasidir. Husayn uchinichi shiya imomi bo‘lgan.
HUSAYN
Hasan (qar.) ismning eq.shakli bo‘lib yaxshi, mehribon, saxiy; chiroyli, go‘zal ma’nolarini anglatadi. Husayn ibn Ali (626-680) ismi bo‘lib, u Ali ibn Abu Tolingning Fotimadan tug‘ilgan o‘g‘li, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning nabirasidir. Husayn uchinchi shia imomidir.
HUSHVAQT
Yaxshi vaqtda tug’ilgan, hush ko’rilgan farzand.
HUSNIDDIN
Dinning chiroyi, ko‘rki, go‘zalligi yoki dinning go‘zal farzandi, ushlab turuvchisi.

I harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

IBOBAT
Ibo, odob sohibi.
IBOD
Aynan: Qullar; bandalar, mo‘minlar; “adb“ — qul so‘zining ko‘plik shakli. Asli: Ibodulla (qar).
IBRAT
Barchaga namuna, ibrat bo‘luvchi, ibratli, axloqli yoki nasihatni qabul qiluvchi bola.
IBRAY
Ibrohim (qar.) ismining qisqargan shakli.
IBROHIM
«Injil «dagi Avrazm ismining arabcha shakli bo‘lib, «xalqlar otasi» ma’nosini anglatadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Ibrohimning Ishoq va Ismoil degan o‘g‘illari bo‘lgan. Ishoqdan yahudiylar xalqi, Ismoildan esa arablar tarqalgan.
IDRIS
Aynan: «o‘quvchi, o‘rgauvchi», tirishqoq, bilimdon, dono, zukko, g‘ayratli, shijoatli bola. Idris payg‘ambar o‘qishda tirishqoqligi tufayli mana shunday nom (laqab) olgan.
IDROK
Aqlli, bilimdon, fahm-farosatli.
IFTIXOR
Faxr, g‘urur; shonu shavkat, ulg‘ayib elining g‘ururi, iftixori bo‘lsin. Komilikka intilish, fahrlanish, yangilik yaratish.
IHLOSBEK
Ihlos qilib qo’yilgan ism, ihlosli.
IKROM
Izzat, ehtirom, obro‘, martaba, hurmat yoki sovg‘a, tuhfa, hadya.
ILHOM
Ruhlanish, jo‘sh urish, mavjlanish, intilish, hayotni sevish, ilhomlanib yashash.
ILIM
Ilimli, bilimdon. Sol: Ilimiddin. Shakllari: Ilimbek, Ilimboy, Ilimjon.
ILIMBEK
Beklar naslidan bo‘lgan, bilimli, dono bola.
ILYOS
Aynan: Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan.
ILYOSIDDIN
Ilyosning dini, imoni, e’tiqodi.
ILYOSXON
Aynan: Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan.
IMOM
Ishonch, e’tiqod, ishonish, sig‘inish. Imom Islom dinining asosiy shartlaridan biri bo‘lib, bunda Allohga, islom dini va Muhammadga ishonch, e’tiqod ko‘zda tutiladi. Demak, imon, e’tiqodli, oldinda turuvchi, peshvo, diniy raxnamo. Shakllari: Imonbek, Imonboy, Imonjon.
IMOMALI
Ali oldinda turuvchi, rahbar, peshvodir. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning tog‘asi shiitlarning birinchi imomi hisoblanadi. Shu sababli u Imomali deb yuritilgan va bu nom kishilar ismiga ham o‘tgan.
IMOMBEK
Beklar naslidan bo‘lgan diniy peshvo, diniy rahbar.
IMON
Aynan: oldinda turuvchi. peshvo, masjidda oldinda turib namozni boshqaruvchi, musulmonlarning diniy rahbari, peshvosi. Imom so‘zi Alining avlodlari hisoblanuvchi va shiitlar mazhabiga mansub kishilarning VII — X asrlardan udum bo‘lib kelgan unvonidir va u ushbu unvonga sazovor shaxsning ismiga qo‘shib aytilgan. Imom Ali kabi.
IMRON
Tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, imonli, e’tiqodli, jasur, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan.
IMRONBEK
Tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, imonli, e’tiqodli, jasur, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan.
IN’OM
Tuhfa, tortiq qilib berilgan. Shakllari: In’omboy, In’omjon.
INOMJON
Allohning in’omi.
INOQ
Do‘st, o‘rtoq, yo‘ldosh yoki o‘ziga mustaqil bo‘lgan shaxs. Buxoro xonligida eng yuqori mansablardan biri ham inoq deb yuritiladi.
INOYAT
Allohning muruvvati, lutfu karami tufayli erishilgan qiz, inoyat qilib berilgan, ko‘mak, ehson, ilitifot.
INOYATULLA
Allohning marhamati, lutfu karami yoki Allohning fikri, yodi. Ushbu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifati (laqab)laridan biri bo‘lgan.
INSOF
Pokiza, adolatli. Shakllari: Insofboy, Insofjon.
INSON
Odam, kishi; odamshavanda bola.
INTIQ
Orziqib, intiq bo‘lib kutilgan.
IS’HOQ
Aynan: Kulgi, xandon, kuluvchi, kulayotgan. Is’hoq payg‘ambarning ham ismidir.
ISFANDIYOR
Allohning tuhfasi, ehsoni, muqaddas tuhfa. Qadimgi Eron dostonlarida tasvirlangan, o‘z dushmanlariga tutqich bermaydigan qahramonlardan birining nomi yoki ispand — dorivor o‘simlik (sadaf) nomidan.
ISKANDAR
Mard, qo‘rqmas, dovyurak, azamat, pahlavon, jasurlarning sardori yoki himoya qiluvchi, asrovchi, muhofazakor. Buyuk sarakarda Iskandardek bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi.
ISKANDARBEK
Mard, qo‘rqmas, dovyurak, azamat, pahlavon, jasurlarning sardori yoki himoya qiluvchi, asrovchi, muhofazakor. Buyuk sarakarda Iskandardek bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi.
ISLOM
Aynan: O‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) olib kelgan din nomi.
ISLOMBEK
Aynan: O‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) olib kelgan din nomi.
ISLOMXON
Aynan: O‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) olib kelgan din nomi.
ISMOIL
Aynan: «Xudo eshitdi» yoki Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola. «Tavrot»dagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning xotini Hojar Allohdan farzand so‘rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug‘ilgan bolaga Ismael(Ismoil) deb ism berilgan. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) o‘g‘illarining ismi bo‘lgan.
ISMOILJON
Aynan: «Xudo eshitdi» yoki Allohdan so‘rab olingan, Alloh tuhfa qilgan bola. «Tavrot»dagi rivoyatga ko‘ra, Ibrohim payg‘ambarning xotini Hojar Allohdan farzand so‘rab iltijo qilgan. Shu tufayli tug‘ilgan bolaga Ismael(Ismoil) deb ism berilgan. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) o‘g‘illarining ismi bo‘lgan.
ISOMIDDIN
Allohning tuhfasi, ehsoni, lutfu karami; Allohning ko‘magi va yaqini. Iso — qadimiy yahudiycha Jexogua, lisus (xristos) nomining arabcha shaklidir.
ISOQ
Qar. Is’hoq. Shakllari: Isoqjon, Isoqboy.
ISOXON
Allohning tuhfasi, ehsoni, lutfu karami; Allohning ko‘magi va yaqini. Iso — qadimiy yahudiycha Jexogua, lisus (xristos) nomining arabcha shaklidir.
ISROIL
Alloh yo‘lida kurashuvchi, Allohga itoat qiluvchi. Islomda Azroil o‘lim farishtasi bo‘lib, to‘rtta asosiy farishtalardan biridir Ular: Jabroil, Mikal, Israfil.
IXLOS
Smimiy, sofdil, sadoqatli bola. Shakllari: Ixlosboy, Ixlosjon.
IXTIYOR
Ixityori, erki o‘zida, xur, ozod, hech kimga qaram bo‘lmagan, o‘ziga xon, o‘ziga bek.
IZZAT
Hurmat, e’tibor, ikrom, e’tirof, ehtirom, iymon-e’tiqodli, qadr-qimmat, mehru muruvvat sohibi.
IZZATBEK
Beklar avlodiga mansub, izzat-ikromli, e’zozli bola.
IZZATULLOH
Allohning kuchi, qudrati, shonu shavkati, izzat-ikromga sazovor, hurmatli yoki Allohning hurmatli bandasi.
IZZATXO‘JA
Xo‘jalar naslidan bo‘lgan hurmat-ehtiromga loyiq bola.

J harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

JA’FAR
Jannat arig‘i, oqar suvi, angori yoki sariq rangli xushbo‘y, ifori kuchli gul
JABBOR
Mislsiz qudratli, bandalarining ishini isloh etuvchi, ularni gunohlari uchun jazolovchi. Jabbor nomi Allohning sifatlaridan biri. Asli: Abdujabbor (qar).
JABROIL
Allohdan payg‘ambarga vahiy keltiruvchi, vositachi farishta; Allohning askari, jangchisi. Ba’zan Allohning kuchi, qudrati deb ham talqin qilinadi.
JADID
Yosh, navqiron; yangi, toza, pokiza.
JAHON
Umri olamdek keng va yorug‘likkato‘la bo‘lsin. Shakllari: Jahonbek, Jahonboy, Jahonbibi, Jahonbu, Jahonbuvi, Jahonoy, Jahonxon.
JAHONGIR
Olamni bo‘ysundiruvchi, fath etuvchi, g‘olib, muzaffar.
JALIL
Yuksak, ulug‘vor, dongdor, mashhur. Asli: Abdujalil. Barcha jihatdan mukammal va go‘zal ulug‘ Allohning bandasi.
JALOL
Buyuk, yuksak martabali, oliy nasabli, go‘zal, ko‘rkam, ulug‘, katta, benihoya.
JALOLIDDIN
Buyuk, yuksak martabali, oliy nasabli, go‘zal, ko‘rkam, ulug‘, katta, benihoya.
JAMOL
Chiroyli, nafosatli, hushro‘y, ko‘rkam bola. Eht: Jamol- tuyakash, tuyalarni yetaklovchi. Asli: Jamoliddin.
JAMSHID
Ulug‘, ulkan, muazzam, buyuk, qudratli. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asaridagi afsonaviy podshohning nomi.
JANOB
Ostono, bo‘sag‘ada qolsin; qasr, saroydek mustahkam bo‘lsin yoki Janobiddin (qar).
JASORAT
Mardlik, jasorat sohibi.
JASUR
Qaytmas, mard, jur’atli, jasoratli, dovyurak, qo‘rqmas, yuragida o‘ti bor.
JAVHAR
Gavhar toshidek qimmatli, bebaho, tengi topilmas bola yoki asl, nasabli farzand; yohud kuchli, mard, qudratli, jasur, dovyurak.
JAVLON
Chiroyli va shahdam qadamlar tashlovchi, harakatchan, chaqqon, tezkor, javlon uruvchi, jo‘shib toshuvchi.
JAVOHIR
Qimmatbaho toshlar, zebu-ziynatlar egasi, boy-badavlat bo‘lsin yoki javohir toshidek bebaho, qimmatli.
JAYXUN
Umri jayxun daryodek oqib tursin, jo‘shqin, farovon bo‘lsin.
JO’RA
Otasi yoki o‘zidan oldingi bolalarga do’st, o‘rtoq, hamdam, hamroh bo‘lib o‘ssin. Shakllari: Jo‘rabek, Jo‘raboy, Jo‘raqul, Jo‘raxon.
JO’RABEK
Dustlikni qadrlovchi, ulfat, juralarni beki.
JO‘RABEK
Do’stlari, jo’ralari ko’p bo’lsin.
JO‘RAJON
Suyukli do‘st, o‘rtoq.
JO‘RAQUL
Sadoqatli do‘st, hamdam.
JO‘SHQIN
G‘ayratli, shijoatli bola.
JO‘SHQINBEK
Jo’shqinlantiruvchi, har narsaga talabchanlik, teran fikrlilik.
JONBEK
Beklar naslidan bo‘lgan qadrli, e’zozli o‘g‘il.
JONIBEK
Joni berk (mahkam, mustahkam) umri uzoq, po‘latdek mustahkam, baquvvat bola.
JUMA
Juma kuni, ya’ni xosiyatli kunda tug‘ilgan bola. Shakllari: Jumaboy, Jumaqul, Jumatoy.
JUMADULLA
Alloh juma kuni bergan tuhfa, ehson.
JUMANAZAR
Juma kuni berilgan in’om, sovg‘a, tuhfa.
JUR’AT
Jasoratli, matonatli, shijoatli.

K harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

KA’BA
Makkadagi muqaddas dargoh, Allohning uyi (Ka’batulloh)
KABIR
Har bir narsadan katta, ulkan, buyuk; kuchli, bahodir, qudratli, tengi yo‘q. Asli: Abdukabir (Allohning quli) Allohning sifatlaridan biri
KAKAMUHAMMAD
Otasi o‘rniga ato qilingan bolani Muhammadning o‘zi qo‘llab yursin
KAKAMUROD
Olamdan o‘tgan otasi o‘rniga berilgan bola murod-maqsadiga yetsin
KALIM
Hamsuhbat, suhbatdosh. Bu nom Muso payg‘ambarning laqabi bo‘lgan. Asli: Kalimulloh (qar.). Rivoyatga ko‘ra, Muso payg‘ambar Tur tog‘iga chiqib Alloh bilan suhbatlashgan. Shu sababli uni Kalimulloh deb atashgan
KALIMULLOH
Allohning suhbatdoshi, Alloh bilan so‘zlashgan. Muso (as)ning laqabi
KALOM
So‘z, gap; so‘zga chechan; notiq
KALON
Katta, ulkan; to‘ng‘ich bola yoki oqsoqol, boshliq. Qar. Kolon
KAMOL
Yetuk, mukammal, nuqsonsiz, bekamu-ko‘st. Asli: Kamoliddin.
KAMOLIDDIN
Yetuk, mukammal, nuqsonsiz, bekamu-ko‘st. Asli: Kamoliddin.
KAMRON
Baxtga elituvchi, baxt keltiruvchi. Odamlarni xushnud qilib, quvonch ulashuvchi.
KAMRONBEK
Baxtga elituvchi, baxt keltiruvchi. Odamlarni xushnud qilib, quvonch ulashuvchi.
KAMTAR
O‘zini kichik oluvchi, kichik fe’l, odobli
KARAM
Saxiy, qo‘li ochiq, muruvvatli. Asli: Karomulla (qar.)
KARAMULLOH
Allohning marhamati, bergan ne’mati
KARIM
Karamli, saxiy, sahovatli. Asli: Abdukarim — karamli, saxovatli, kechiruvchining ya’ni Allohning quli. Allohning sifatlaridan biri.
KARIMBEK
Beklar naslidan bo‘lgan saxiy, jo‘mard bola
KARIMNIYOZ
Saxovatlining, ya’ni Allohning tuhfasi, had’yasi yoki Karim (Alloh)dan iltijolar qilib so‘rab olingan bola
KAROM
Saxiy, qo‘li ochiq, muruvvatli. Asli: Karomulla (qar.)
KAROMATULLA
Allohning muruvvat, saxovati; tuhfasi, ehsoni yoki Allohning mo‘jizasi, qudrati
KATTA
Ulkan, ulug‘. Oiladagi birinchi farzand. Shakllari: Kattabek, Kattaboy, Kattajon
KATTABEK
Beklar nasliga mansub bo‘lgan to‘ng‘ich bola
KENJA
Keksa yoshdagi ota-onaning oxirgi bolasi; oxirgi, kichik bola
KENJABEK
Beklar nasliga mansub so‘nggi, kichkintoy bola
KENJATOY
Kichik (kenja) va suyukli, erka bola
KO‘CHAR
Ko‘chib yuruvchi, ko‘chmanchi
KO‘CHARALI
Ko‘chmanchi, ko‘chib yuruvchi
KO‘KKO‘Z
Ko‘k ko‘zli bola
KO‘MAK
Ota-onasiga yordamchi, ko‘makdosh bo‘lsin. Shakllari: Ko‘makboy, Ko‘makxon
KOMIL
Yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biri bo‘lgan.
KOMILSHER
Yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biri bo‘lgan.
KOMILXO‘JA
Yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biri bo‘lgan.
KOMILYOR
Yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biri bo‘lgan.
KOMRON
Baxtli, saodatli; maqsadiga erushuvchi; kuchli, qudratli, omadli, tolei porloq
KOMRONSHOX
Arabcha — buyuk , jasur va ko’zlari ko’k rangli bola
KOZIM
Sabrli, toqatli, vazmin, og‘ir-bosiq; g‘azabdan o‘zini tutib tura oluvchi, jahlini boshqara oluvchi. Bu nom shiitlar imomi Musoning laqabi ham bo‘lgan.
KOZIMBEK
Sabrli, toqatli, vazmin, og‘ir-bosiq; g‘azabdan o‘zini tutib tura oluvchi, jahlini boshqara oluvchi. Bu nom shiitlar imomi Musoning laqabi ham bo‘lgan.
KUMUSHALI
Qadrli, qimmatbaho, nodir bolani Ali o‘z panohida asrasin
KUMUSHBOY
Kumushdek qadrli va suluv bola
KUZMUHAMMAD
Kuzda tug‘ilgan bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin

L harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

LA’LI
La’l kabi qimmatli, qadrli, bebaho bola
LAPAR
Katta, ulkan; qulog‘I katta bo‘lib tug‘ilgan bola
LAQAY
O‘zbeklarning laqay urug‘iga mansub bola; laqaylar farzandi
LASHKAR
Aynan: qo‘shin; otasi yoki akalaridan biri armiyaga yoki urushga ketgan (yoki qaytib kelgan) paytda tug‘ilgan bola
LATIF
Muloyim, pok, pokiza, xushro‘y yoki rahmdil, mehribon. Latif — Allohning sifatlaridan biri. Ism qo‘yilganda Abdulatif deb qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
LATIFIDDIN
Muloyim, pok, pokiza, xushro‘y yoki rahmdil, mehribon. Latif — Allohning sifatlaridan biri. Ism qo‘yilganda Abdulatif deb qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
LATIFRAHMON
O‘ta muruvvatli, rahmdilning (Allohning) tuhfasi, ehsoni
LATIFULLA
Muloyim, pok, pokiza, xushro‘y yoki rahmdil, mehribon. Latif — Allohning sifatlaridan biri. Ism qo‘yilganda Abdulatif deb qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
LAZIZ
Yoqimli, yoqimtoy, shirin, aqilli, xushchaqchaq, ko‘pchilikka hush kelgadigan bola.
LOCHIN
Lochindek ziyrak, ko‘zi o‘tkir, dovyurak, qo‘rqmas, epchil, chaqqon, tezkor bola yoki lochin urug‘iga mansub bola.
LOCHINBEK
Lochindek ziyrak, ko‘zi o‘tkir, dovyurak, qo‘rqmas, epchil, chaqqon, tezkor bola yoki lochin urug‘iga mansub bola.
LUQMON
Dono, bilimdon, qadimda o‘tgan arab tabibining nomi. U bilimdonlik, donishmandlik ramzidir.
LUQMONXO‘JA
Xo‘jalar nasliga mansub, bilimdon, donishmand bola
LUTFI
Iltifot, mehribonlik; nazokat, nafosat. Lutfiddin, Lutfulla, Luffiniso kabi (qar.) ismlarning eh
LUTFIDDIN
Dinning iltisoti, marhamati; dinning sovg‘asi, ehsoni
LUTFILLOH
Yaratganning in’omi, ehsonidir. Allohning marhamatiga loyiq inson bo‘lib, xalqni yaxshilik sari ergashtirib, ularga raxnamo bo‘lsin.
LUTFIXO‘JA
Xo‘jalar nasliga, avlodiga mansub bo‘lgan mehru muruvvatli bola
LUTFIY
Lutfu karam sohibi yoki farzandlikka olingan, boqib olingan bola
LUTFULLA
Allohning muruvvati, saxovati, tuhfasi, hadyasi, in’omi, ehsoni. Bu nom xalifa Alining sifatlaridan biri bo‘lgan.
LUTFULLOH
Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamat, tuhfasi

M harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

MA’RUF
Taniqli, mashhur, ma’rifatli. Kun botar payt tug’ilgan
MA‘RUFJON
Yomonlikdan qochuvchi, yaxshilikga eltuvchi. Tunni yaxshi ko’ruvchi
MA’MUR
Boshqaruvchi, yetkachi, yo‘l ko‘rsatuvchi boshliq (ma’muriyat — boshqarma); farovon hayot kechiruvchi.
MA’MURALI
Hayoti obod va farovon bo‘lib, Ali o‘z panohida asrasin
MA’MURXO‘JA
Xo‘jalar nasliga mansub baxtiyor bola
MA’QUL
Arziydigan, ma’qul bo‘lgan, orzu qilingan bola yoki olijanob, olihimmat. Shakllari: Ma’qulbek, Ma’quljon
MA’RUFXO‘JA
Xo‘jalar nasliga mansub mashhur, shuhratli bola
MA’SUM
Pok, toza, gunohsiz, pokiza, nuqsonsiz, beg‘ubor, orasta saqlanuvchi, o‘zini tutgan, sabr-qanoatli, og‘ir-bosiq, jiddiy.
MA’ZUR
Kechirilgan, gunohsiz, pokiza
MADAD
Ota-onasiga madadkor, suyanch, ko‘makdosh. Shakllari: Madadboy, Madodjon
MADINBEK
Muqaddas shahar, ziyoratgoh Madina (Arabistonida) nomidan olingan ism
MADIYOR
O‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin.
MAFTUNBEK
Chiroyli, o’ziga rom etuvchi yani maftun qiluvchi
MAG‘RUR
Viroqli, mag‘rur, sarkash
MAHDIY
Allohning yo‘li, to‘g‘ri yo‘lga boshlochi; qiyomat kuni tirilib kelib Dajjol bilan kurashuvchi va yerda adolat o‘rnatuvchi payg‘ambar nomi
MAHDUM
Janob, xo‘ja, aslzoda, din ilmining bilimdoni, diniy peshvo
MAHMUD
Maqtalgan, maqtovga sazovor, dongdor, atoqli. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
MAHSUD
Havas qilsa arziydigan, orzu qilingan
MAHZUN
Dardli, g‘amli; qayg‘uli
MAJID
Ne’mati va ehsoni bepayon; muruvvatli; atoqli, dongdor, shuhratli. Majid ) Allohning sifatlaridan biri. Asli: Abdumajid (qar.). Shakllari: Majidboy, Majidxon va boshqalar
MAJNUN
Telba, devona, aqldan ozgan; muhabbat gadosi. “Layli va Majnun“ dostonining bosh qahramoni — Majnun nomidan olingan ism
MALIK
Molikning, podshohning, ya’ni Allohning quli, itoatkor bandasi
MALIKIDDIN
Dinning obro‘-e’tiborli, mansabdor kishisi
MANGU
Umri uzoq, abadiy turuvchi. Asli: Manguberdi (qar.)
MANGUBERDI
Umrini uzoq qilib berilgan bola, manguga berilgan bo‘lsin
MANNON
Barchaga xayrixoh, mehru marhamatli, karamli. Bu nom Allohning sifatlaridan biri. Asli: Abdumannon (qar.)
MANSUR
Sardor, sarkarda, yo‘lboshchi, yengilmas, g‘olib, peshqadam, yetakchi, yo‘lidan qaytmas, faqat olg‘a intiluvchi.
MANSURBEK
G‘olib, muzaffar, yengilmas, omadli, jasur, mard, qo‘rqmas.
MANZUR
Kutilgan, niyat qilingan, orzu qilib kutilgan; maqbul, erziydigan bola
MAQSAD
Istalgan, orzu qilingan yoki maqsad-murodli bola
MAQSUD
Hohlangan, istalgan, orzu qilingan, umid qilib kutilgan bola.
MARDON
Botir, dovyurak, mard. azamat, botir, qo‘rqmas, kuchli, qaytmas, erkaklarning eng jasuri.
MASHHUR
Taniqli, dongdor, shuhratli, nomi chiqqan; baxtli, saodatli, iqboli porloq, to’lei baland.
MASHRAB
Xosiyat, tabiat, xulq, odat, xislat, mayl. Shoir Boborahim Mashrabning nomi bilan ham bog‘liq.
MAVLON
Ustoz, valine’mat, muruvvat, yaxshilik qiluvchi. Mavlon — Allohning sifatlaridan biri. Qar. Abdumavlon.
MAXDUM
Din yo‘lida xizmat qiluvchi; baland martabali, hurmatga sazovor
ME’ROJ
Muhammad payg‘ambar Arshi a’loga ko‘tarilgan kechasi (kuni) tug‘ilgan bola
MEHRIBEK
Beklar nasliga mansub mehribon, g‘amxo‘r bola
MEHROJ
Yuksak, ulug‘ martaba sohibi, obro‘-e’tiborli, odamlar nazari tushgan, oliy nasab.
MIRA’ZAM
Eng ulug‘, eng buyuk, qudratli, sahovat olovida toblangan, yengilmas.
MIRABBOS
Aynan: qovog‘i soliq, badjahl, beshavqat yoki dovyurak, jangvor xo‘mraygan jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug‘iladi. Payg‘ambarimiz Muhammadning (sallolohu alayhi vassalam) amakilarining ismlari Abbos bo‘lgan.
MIRJALIL
Yuksak, ulug‘vor, dongdor, mashhur. Asli: Abdujalil. Barcha jihatdan mukammal va go‘zal ulug‘ Allohning bandasi.
MIRSAID
Yuksak martaba egasi, yo‘lboshchi hamda baxtli bo‘lsin
MIRSAYID
Yuksak martabali boshliq, sardor yoki sayidlar avlodidan (Muhammad va Ali naslidan) bo‘lgan bola
MIRSHAKAR
Ovchilar boshlig‘i, ovga rahbarlik qiluvchi yoki qadrli va suyukli o‘g‘il ulg‘ayib baland martabali bo‘lsin
MIRZABEK
Savodxon, o‘qimishli va baland martabali, oliy nasabli yoki beklar nasliga mansub o‘qimishli, ilmli. ziyoli bola.
MIRZOBEK
Savodxon, o‘qimishli, baland martabali yoki beklar nasliga mansub bola
MO‘MIN
Dinga ishonuvchi, dinga sodiqligini til va iqror bilan hamda qalban tasdiqlovchi, imonli, xudojo‘y, mo‘min nomi Allohning sifatlaridan biri bo‘lib, bandalarini asrovchi; ular xavfsizligini ta’minlovchi ma’nolarini anglatadi.
MOHIR
Ustamon, bilag‘on, qobiliyatli, har ishga mohir, o‘z ishining ustasi
MUHAMMADALI
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)oliy martabali, yuksalgan, ulug‘vordir yoki qar. Muhammad va Ali ularning kuyovlari, dinimizdagi 4-xalifaning ismi.
MUHAMMADBEK
Maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallamning) Allohning eng yaqin do‘sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so‘nggi payg‘ambardir.
MUHAMMADI
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning yo‘lidan boruvchi, unga ergashuvi, musulmon
MUHIBULLA
Allohning suyukli, yaxshi ko‘rgan bandasi yoki Allohni sevuvchi, e’zozlovchi bola
MUHIBULLO
Alloh sevuvchi, e’zozlovchi bola
MUHSIN
Karamli, marhamatli, mehribon, sahovatli, qadr qimmatli, oliyjanob
MUMTOZBEK
Tanlangan, mashxur, saralangan, yengilmas, intiluvchan
MUSAFFO
Pokiza, toza, tiniq; begunoh
MUSIN
Yoshi ulug‘, keksa, piri badavlat
MUSLIM
Musulmon, islom diniga amal qilgan, xudojo‘y, solih mo‘min, Allohga shak-shubhasiz ioat etuvchi banda.
MUSULMON
Islom diniga e’tiqod qiluvchi; islom diniga bo‘ysunuvchi; xudojo‘y, Allohning sodiq quli
MUXIDDIN
Dinni orab turuvchi, muhofaza qiluvchi, dinning dengizi
MUXRIDDIN
Islom dinining muxrini anglatadi. Payg’ambarimiz SAVning yelkalaridagi muxrdan kelib chiqgan
MUXTOR
Tanlangan, saylangan, saralab olingan yoki o‘z erki o‘zida bo‘lgan, hur, mustaqil, tobe bo‘lmagan, qaramligi yo‘q.
MUZROB
Mizrob — noxunak; musiqa asbobi torini qo‘zg‘atuvchi asbobcha

N harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

NODIR
Siyrak, kam uchraydigan, tengsiz yoki bebaho, topilmas, qadrli qimmatli.
NURBEK
Beklar naslidan bo‘lgan to’lei baland, iqboli porloq, kelajagi nurli, yuksaklarga intiluvchi, hayot yo‘li yorug‘ bo‘lgan bola.
NOSIR
Yordamchi, ko‘makchi, suyanchiq, madadkor yoki g‘olib, muzaffar, muvaffaqiyat qozonuvchi. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sifatlaridan biridir.
NURMUHAMMAD
Maqtovga, olqishlarga sazovor. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina) muborak ismlari. Muhammad Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallamning) Allohning eng yaqin do‘sti, kamtarin, dunyoga kelgan eng so‘nggi payg‘ambardir.
NE’MAT
Nasibali, risqu-ro‘zli yoki baxt-saodatli. Kelajagi yorqin bo‘lsin, Alloh bergan ne’mat.
NURILLOH
Allohning nuri, hayoti porloq nurli bo’lsin.
NARMIN
Muloyim, yumshoq tabiatli; mehrli, shafqatli.
NURLAN
Nurga, baxtga-iqbolga to‘la.
NURZOD
Nurli kishi. Nasldan naslga o’tb keladigan buyukligi bor.
NAJIM
Aynan: Yulduz. Najimiddin, Najimulla (qar.)
NURALI
Eng yuksak, eng ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad payg‘ambarning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir.
NAMOZ
Namoz, ibodat payti tug‘igan bola.
NURFAYZ
Nur (Alloh) bergan baxt, ehson.
NASIBULLA
Alloh lozim topib erishtirgan, nasib qilgan bola yoki Allohning yaqini, qadrdoni.
NAZARBEK
Beklar naslidan bo‘lgan Alloh nazar qilgan bola.
NOYOB
Kam uchraydigan, kam topiluvchi, nodir, kamyob, tengsiz yoki yashirin hammadan berkitilgan, asrab avaylangan, muhofaza qilingan.
NURIDDIN
Dinning yog‘dusi, ziyosi, din ma’shali, yorug‘ligi, porloq nuri.
NURSULTON
Baxtlilarning sardori, qutli, baxtli bola yoki qar. Nur va Sulton.
NIZOMIDDIN
Aynan: Dinning tartib-qoidalari; dinning bebaho va muqaddasligi yoki dinni tartibga soluvchi.
NAJMIDDIN
Din yulduzi, yorug‘ligi; dinning iqboli, istiqboli yoki dinning to’lei baland, iqboli porloq kishisi.
NURONA
Yorug’lik, nurli qiz, toza farishta ona.
NURJAHON
Olamdagi eng baxtli, nurli hayot sohibi, jahondagi eng go‘zal, zebo bola.
NAZAR
Allohning nazari, murruvati bilan tugʻilgan bola, Alloh nazar qilgan bola.
NURSHOD
Shodlik, baxtiyorlik nuri yoki baxtli va shodon umr sohibi. Quvonch keltiruvchi xursandchilik tarqatuvchi.
NIYOZ
1) Allohdan so‘rab, iltijo qilib olingan bola; 2) muhtoj bo‘lib, armon va orzu bilan erishilgan bola; 3) Allohning marhamati, ehsoni tuhfasi.
NIZOM
Tartibli, intizomli, odobli o‘g‘il bo‘lsin yoki marvarid shodasidek qimmatli, nodir.
NURSAID
Baxt, iqbol nuriga chulg‘andan bola.
NOR
Badanida qizil xoli yoki qizillik belgisi bilan tug‘ilgan bola yohud (bir o‘rkachli tuya)dek kuchli, qudratli.
NOIB
O‘rinbosar, ko‘makchi, yordamchi.
NASRULLA
Allohning yordami, ko‘magi bo‘lgan bola.
NORBEK
Nori bor yoki biror joyida belgisi bo’lgan.
NURIYMON
Iymon nuri.
NORTOY
Qizil xolli aziz, erkatoy (toyloq) bola yoki Nor tuyaning bo‘talog‘idek quvnab o‘ssin.
NAFAS
Allohning (sig‘inilgan avliyolarning) nafasi tufayli erishilgan bola.
NUR
Yog‘du, ziyo, ravshanlik; baxtli, omadli, tolei baland. Bu so‘z Allohi Taoloning va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatalaridan biridir.
NOZIM
Tartibga keltiruvchi, tartibga soluvchi yoki tartibli, intizomli, ishni to‘g‘ri tashkil qiluvchi.
NUSRAT
Yordam beruvchi, ko‘makchi yoki g‘olib, muzaffar, peshqadam, qo‘li ustun keluvchi.
NABI
Payg‘ambar, Allohning elchisi, ilohiy xabarlar keltiruvchi, bashorat qiluvchi.
NAZIR
Ogoh qiluvchi, azoblardan ogohlantiruvchi. Nazir nomi Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning sifatlaridan biridir.
NAVRO‘Z
Navro‘z — yangi yil kuni (oyi)da tug‘ilgan bola.
NARIMON
Qo‘rqmas, botir, dovyurak, jasur, mard, bukilmas irodali, kuch-qudratli, azamat.
NAIM
Baxtli, omadlim, saodatmand.
NURULLA
Allohning nuri, ziyosi, yog‘dusi, mehri. Alloh bergan baxt.
NAJOT
Yordam, ko‘mak qilib, najot qilib berilgan bola yoki bolamiz tursin, yashasin deb Allohdan najot tilaymiz.
NASRIDDIN
Dinning g‘olibi, dinning zafari yoki dinning ko‘magi, yordami tufayli erishilgan bola.
NURAZIZ
Aziz, ya’ni Allohning muruvvati, ziyosi.
NURIISLOM
Dinning, islomning ziyosi, yog‘dusi, islom baxsh etgan baxt, omad.
NUH
Bu ism uzoq umr kechirgan Nuh payg‘ambar nomi bo‘lgan. Nuho — aql, zehn yoki ovunch, tasalli, taskin, yupanch; Sokinlik, orom, rohat. Nuh — payg‘ambarning laqabidir. Uning usmi asli Sakib > Sokib (ar.) — qo‘ymoq, to‘lmoqdir
NAVOIY
Kuyga, qo‘shiqqa mansub, Buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning taxallusiga nisbat berilgan ism. Buyuk shoir Navoiyga o‘xshasin, Navoiydek shuhrat topsin deb orzu qilinadi.
NE’MATULLOH
Allohning saxovati, marhamati, Allohning ne’mati.
NAZRULLA
Allohga bag‘ishlangan, nazir (sadaqa) qilingan bola.
NAJMIRAHMON
O‘ta mehribon (Rahmon Alloh)ning yulduzi yoki Allohning tolei baland kishisi.
NURMAHMUD
Saralangan nur.
NORLI
Qizil xolli (tamg‘ali) bola.
NASIMBEK
Yengil shabboda. Muloyim.
NIYATULLOH
Niyat qilib olingan bola.
NABIAHMAD
Allohga cheksiz hamdu sano aytuvchi payg‘ambar, Allohni ta’rif qiluvchi, madh qiluvchi.
NAJI
Yaqin do‘st, qadrdon o‘rtoq, sirdosh.
NISHON
Badanida qandaydir belgi (alomat) bilan tug‘ilgan bola yoki otasidan yodgorlik (nishon) bo‘lgan o‘g‘il.
NE’MATULLA
Allohning marhamati, himmati, ne’mati; Alloh baxsh etgan baxt.
NURQOSIM
Rizqu ro‘zni taqsimlovchi, bandalarini boquvchi bergan, ya’ni Alloh bergan baxt, ehson.
NAVRO‘ZBEK
Navro‘z (yangi yil) kuni tug‘ilgan beklar nasliga mansub bola.
NABIBULLA
Allohning elchisi, xabarchisi.
NAZRIDDIN
Din yo‘liga bag‘ishlangan, dinga sadaqa qilingan.
NASIBALI
Ali muyassar qilgan, Ali ato qilgan bola yoki rizqu ro‘zli bolani Ali o‘z panohiga olsin.
NISONUR
Ayol, yog‘du, ziyo, ravshanlik; baxtli, omadli, tole’i baland. Ayol kishining yuzidagi nuri aslo o‘chmasin deganidir. Niso hamda Nur ismlarining majmuasidan olindi.
NADIM
Yaqin do‘st, suhbatdosh, sirdosh.
NAFASMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning yordami, nafasi tufayli tug‘ilgan bola.
NORIN
Norim urug‘iga mansub bola yoki qutli, baxtli bola.
NURLIBEK
Beklar zotidan bo’lgan, nurli bola.
NORJON
Badanida qizil xoli (tamg‘asi) bor qadrli, suyukli bola.
NORHAYOT
Qizil xolli bolaning umri uzoq bo‘lsin.
NORBOBO
Bobosining ismi berilgan xolli bola.
NAVQIRON
O‘spirin, bo‘z bola, yigit.
NAZARMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning iltifoti, shafqati tufayli erishilgan bola.
NAQSHBEK
Beklar naslidan bo‘lgan chiroyli bola yoki qar. Naqshboy (Naqsh bek)
NABIQUL
Payg‘ambarning sodiq xizmatkori, quli.
NORMUHAMMAD
Badanida qizil xoli (tamg‘a) bilan tug‘ilgan bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) shafoat qilsinlar.
NAZARALI
Alining nazari, iltifoti tufayli erishilgan bola.
NORQURBON
Qurbon oyida tug‘ilgan badanida qizil xoli (tamg‘asi) bor bola.
NURKARIM
Shafqatli, muruvvatlining, karam ehsoni cheksiz (Allohning) nuri, iltifoti, bo‘lgan bola.
NODIM
Hamdam, hamsuhbat, do‘st.
NABIYDIN
Mehribon, rahmdil, hushmuomala, dinnig elchisi.
NIYOZIDDIN
Dinning marhamati,ehsoni yoki din yo‘liga bag‘ishlanagan (niyoz qilingan) bola.
NORBOY
Qizil xolli bola, ulg’ayib, boy-badavlat bo’lsin.
NURG‘IYOS
Ota-onasining ko‘makchisi, ularga yordamchi bo‘lib yursin va baxtu iqbolli bo‘lsin.
NURSAYID
Sayidlar, ya’ni aslzodlar, payg‘ambar nasliga mansub baxtli bola.
NURLI
Baxtli, omadli, yorqin kelajak egasi.
NURSALIM
Baxt-iqbolli va sog‘lom bola.
NARZIQUL
Alloh yo‘liga bag‘ishlangan bola yoki qar. Narzi (Narzi qul).
NAMOZALI
Namoz payti tug‘ilgan o‘g‘ilni Ali o‘z panohiga olsin.
NODIRMUHAMMAD
Qimmatli, tengsiz o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin yoki Muhammad o‘z himoyasiga olgan bola.
NAJOTNUR
Najot beruvchi nur, yaxshi kunlarga eltuvchi.
NIYOZALI
1) Allohdan so‘rab, iltijo qilib olingan bola; 2) muhtoj bo‘lib, armon va orzu bilan erishilgan bola; 3) Allohning marhamati, ehsoni tuhfasi.
NODIRXO‘JA
Siyrak, kam uchraydigan, tengsiz yoki bebaho, topilmas, qadrli qimmatli.
NIYATULLA
Allohdan so‘rab, orzu, niyat qilib olingan bola.
NORSULTON
Badanida qizil xoli bor baland martabali bola.
NURAHAD
Yakkayu yolg‘izning (Alloh) nuri, muruvvati bo‘lgan bola.
NAZARQUL
Nazarga oluvchi, mehribonlik qiluvchining, ya’ni Alloh quli.
NURKAMOL
Yetuk, mukammal, nuqsonsiz, bekamu-ko‘st. Asli: Kamoliddin.
NODIRBEK
Siyrak, kam uchraydigan, tengsiz yoki bebaho, topilmas, qadrli qimmatli.
NAZARBEK
Beklar naslidan bo‘lgan Alloh nazar qilgan bola.
NABIRAHMON
Mehribon, shafqatlining, ya’ni Allohning elchisi, payg‘ambari.
NORAHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.
NURAHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.
NIYOZXO‘JA
Allohdan yolvorib olingan (xo‘jalar) nasliga mansub bola.
NURIZAMON
Zamon yog‘dusi, mash’ali, o‘ta baxtli, omadli.
NORPO‘LAT
Qizil xolli bola po‘latdek mustahkam bo‘lib o‘ssin.
NODIRSHOH
Siyrak, kam uchraydigan, tengsiz yoki bebaho, topilmas, qadrli qimmatli.
NORAHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.
NURAHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.
NURHAQ
Haqiqatda mavjudning (Allohning) nazari, ziyosi, mehru muruvvati.
NORMUROD
Murod-maqsadli yoki orzu qilngan, qo‘msalgan bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.

O harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

OTABEK
Shahzoda, xonzoda, beklar boshlig‘i, yetkachisi, sardori; ilg‘or, obro‘-e’tiborli, nasl-nasabli bola.
OZOD
Erkin, hur, ozod, xursand, baxtiyor yoki ulug‘, salobatli; kasalliklardan holi.
OBID
Toat-ibodat qiluvchi, taqvodor, dindor, Allohga sig‘inuvchi, unga ibodat qiluvchi, osiy bo‘lmagan mo‘min banda.
OXUN
Mulla, muallim, ustoz, xudojo‘y, iymon e’tiqodli yoki turkmancha og‘a.
ORIFJON
Bilimdon, aqlli, dono, orif.
OLMAS
“Olmaydi, olmasa kerak“ de, ya’ni olmaydi deb umid qilamiz, o’lmasin, umri uzoq bo’lsin yoki olmosdek mustahkam va qimmatli bola. Eht.: Itolmas (qar.) ismining qisqargan shakli.
ORTIQ
Badanida biror ortiqcha belgi, hol, dog‘ bilan tug‘ilgan bola yetarli (ziyoda) bo‘ldi.
OLOVIDDIN
Dinning jozibasi, qudrati; ulug‘vorligi, yuksakligi.
OSIM
Qo‘riqlangan, muhofaza qilingan; xavfsiz asraladigan.
OTA
Marhum otasi yoki bobosining nomi berilgan bola yoki Otanazar, Otaqul kabi ismlarning qisqargan shakli.
OHUNJON
Chiroyli, oqko’ngil, mehribon va hamma havas qiladigan. Asosa uyg’urlarda uchraydi.
OG‘A
Akasi (og‘asi) nomi berilgan bola yoki ulg‘ayib baland martabali boshliq bo‘lsin.
OLLOHYOR
Alloh o‘zi qo‘llasin, yor bo‘lsin.
OTASH
“Ota“ so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning eq.shakli yoki otash — o‘t, olov, alanga.
OLTIBOY
Olti barmoqli bola yoki oiladagi oltinchi farzand.
OGAHIY
Narcha narsadan xabardor, bilimdon, dono.
ORZUBEK
Ne-ne umidlar ila orziqib kutilgan farzand. Farzandim tug‘ilib orzuim amalga oshdi, ishonch, umid ma’nolarini anglatadi.
ORZUMUROD
Allohdan farzand so’rab erishilgan bola. Orzu qilib, murodga yetsin ma’nosi ham bor.
OMONULLA
Allohning o’zi xar qanday xavf-xatar va ofatlarddn omon saqlaydigan bola.
OYBEK
Beklar naslidan bo‘lgan omadli, baxtli tole’i oydek porloq bola yoki oybek urug‘i (o‘zbek urug‘laridan biri)ga mansub bola.
OLIM
Bilimli, aqilli, donishmand, ziyoli, farosatli, dono, bilguvchi, xabardor, ilm sohibi.
OG‘ABEK
Og‘a, do‘st, birodar, ishonchli, hamroh, sherik, beklar avlodidan do‘sti uchun tog‘ bo‘lib suyanchiq bo‘la oladigan bola.
OMAD
Omadli, baxt-saodatli, tol’ei, mavqei baland, yuqori martabali bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi.
ODAM
Kishi, inson, haqiqiy inson; asli: yer, qizil tuproq, ya’ni bug‘doy rang, qorachadan kelgan odam.
OQIL
Aqlli, fahm-farosatli, zukko, dono bola.
OTAXON
Otasi yoki bobosining ismi berilgan aziz bola.
OLAMGIR
Jahonni egallovchi, zabt etuvchi; tengsiz, yagona.
OCHIL
Ochilsin, ya’ni kasaldan (ko‘rlik, eshitmaslik, soqovlik va b.) xolos bo‘lsin.
OTLI
Ot egasi, boy-badavlat bo‘lsin yoki nomi (ismi) bor, mashhur, atoqli.
OZAR
Olov, o‘t; olovdek jo‘shqin bo‘lsin.
OLCHINBEK
Olchin urug‘ida bo‘lgan va beklar avlodiga mansub bola.
OLLOHBERDI
Uzoq kutilgan, Alloh ato qilgan farzand.
OLTIMUROD
Olti barmoqli yoki oiladagi oltinchi farzand ulg‘ayib murodiga yetsin.
ODIL
Haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol, pokdomon, egrilikni bilmaydigan, odil.
OYATULLOH
Allohning oyati, qadimda Eron shialarining ismi. Allohning marhamati ila dunyoga kelgan farzand.
ORIF
Ma’rifatli, bilimli, dono, ilmli, ziyoli,aqilli, Allohni tanigan xudojo‘y, taqvodor, itoatgo‘y mo‘min.
OLLOYOR
Alloh qo‘llab yor bo‘lib yursin. Alloh madadkor bo’lsin, xamisha hamdam, hamroh bo’lsin, qo’llab o’z panohida asrasin.
OTAJON
Otasining ismi berilgan aziz bola.
OTAMUROD
Otasining ismi berilgan va orzuimiz, armonimiz bo‘lgan bola.
OLLOSHUKUR
O‘g‘il bergani (tug‘ilgani) uchun Allohga shukurona qilamiz.
O’NGBOY
Ishlari o’ngidan kelsin, unuvchi bola.
OBOD
Hayoti kamko‘st, obod, farovon, serfayz, nasibasi butun bo’lsin.
OCHILMUROD
Kasaldan forig‘ bo‘luvchi va bizning orzuimiz, armonimiz bo‘lgan bola.
OLQISHBOY
Yaxshi duo oluvchi, maqtovga sazovor bola.
OTABERDI
Avliyolar, muqaddas ruhlar ato qilgan bola.
OLAMIDDIN
Din olami; dinning tayanchi, suyanchi.
ORZIMUHAMMAD
Umid qilib yurib topilgan bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin yoki Muhammad erishtirilgan orzu.
OMONQILICH
Qilichdek o‘tkir va mustahkam o‘g‘ilning umri uzoq bo‘lsin.
OMONBEK
Beklar naslidan bo‘lgan bola so‘gu salomat ulg‘aysin.
OMONDAVLAT
Omonlik topib umri uzoq va badavlat bo‘lsin.
OLCHIN
Olchin urug‘iga mansub bola yoki lochindek jasur bola.
ORZIBEK
Beklar naslidan bo‘lgan; armon qilib yurib topilgan bola.
OMIL
Usta, mohir; mehnatkash.
OSTONAQUL
Avliyoning, muqaddas qadamning xizmatkori, quli; muqaddas joyga nazir qilingan bola.
OMONJON
Jondan aziz bola, omonlik topsin, sog‘u salomat bo‘lsin.
OQILBEK
Beklar naslidan bo‘lgan aqlli, dono bola.
OLLOBERDI
Alloh ato qilgan bola.
OG’ABOY
Boshliq ,bosh, yetakchi.
OTANIYOZ
Aziz avliyolardan o‘tinib, so‘rab olingan bola.
OLLONUR
Allohning mehri, muruvvati tufayli dunyoga kelgan bola.
OLMOS
“Olmaydi, olmasa kerak“ de, ya’ni olmaydi deb umid qilamiz, o’lmasin, umri uzoq bo’lsin yoki olmosdek mustahkam va qimmatli bola.
ORTIQQURBON
Qurbon oyi yoki qurbon hayiti kuni tug‘ilgan badanida ortiq belgisi bor bola.
OMONXO‘JA
Xo‘jalar naslidan bo‘lgan bola sog‘-omon yashasin.
OFIYATULLA
Alloh bergan sog‘lom bola.
OLLONAFAS
Allohning qudrati, nafasi tufayli tug‘ilgan bola.
OLLOBERGAN
Alloh bergan, ato qilgan bola.
OLLONAZAR
Allohning e’tibori, nazari tufayli erishilgan bola yoki Allohning mehri (nazari) tushgan bola.
OZODBAXT
Nur, baxtli, shodon, baxtiyor bola.
OSHIQOLLOH
Allohning oshig’i.
ORZUMAND
Zoriqib, armon qilib yurib topilgan o‘g‘il.
OYMUHAMMAD
Oydek suluv o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
OLIMJON
Bilimli, aqilli, donishmand, ziyoli, farosatli, dono, bilguvchi, xabardor, ilm sohibi.
OSHIQMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ni qadrlovchi, e’zozlovchi bola.
OZODBEK
Erkin, hur, ozod, xursand, baxtiyor yoki ulug‘, salobatli; kasalliklardan holi.
ORTIQMUROD
Badanida biror ortiqcha belgi, hol, dog‘ bilan tug‘ilgan bola yetarli (ziyoda) bo‘ldi.
ORZI
Orzu, umid qilib yurib erishilgan bola.
ODILXON
Haqgo‘y, adolatli, insofli, to‘g‘ri, halol, pokdomon, egrilikni bilmaydigan, odil.
OLLONIYOZ
Allohdan o‘tinib so‘rab olingan bola.
ORTIQXO‘JA
Badanida ortiq belgisi bor xo‘jalar avlodiga mansub bola.
ORTIQXO‘JA
Badanida ortiq belgisi bor xo‘jalar avlodiga mansub bola.

P harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

PARVEZ
G‘olib, muzaffar, g‘alaba qozonuvchi, yengilmas, kuragi yerga tegmas, mag‘lubiyat bilmas.
PARDA
Pardali (ko‘ylakli) bo‘lib tug‘ilgan bola.
POCHCHA
Aka, og‘a, akasi yoki otasining ismi berilgan bola.
POLVON
Kuchli, qudratli, bahodir.
PANOH
Qar. Panohulla, Panohiddin.
PIRAN
Pirnazar ismining eq.shakli yoki pirlar, avliyolar ato qilgan bola.
PAYKAR
Aynan: Badan, gavda, sumbat, qomat; go‘zal kelishgan.
PADAR
Otasi ismini olgan bola.
PAYG‘AMBARQUL
Xabar beruvchining, ogoh qiluvchining quli, kishilarni din yo‘liga soluvchining quli.
PAYMONQUL
Ahd, va’da qilingan bola.
PAYMON
Hafa, qayg‘uli; qumsovchi, sog‘inuvchi. Odatda onasi o‘lib, yetim qolgan bolaga beriladi.
PAYSHANBA
Payshanba kuni tug‘ilgan bola. Bu kun xosiyatli hisoblanadi.
PAHLAVON
Botir, bahodir, kuchli, qudratli.
PIR
Aynan: Qari, chol, keksa, oqsoqol, diniy ustoz; suyanchiq, avliyo, muqaddas shaxs; ko‘ngil qo‘yilgan, sig‘inilgan shaxs yoki pir so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlaring qisqargan shakli.
PAMIR
Pomir tog‘i nomiga nisbatan berilgan ism.
PAKANA
Laqabdan yasalgan ism, asosiy ism o‘rnini bosib ketgan laqab.
POLAPON
Chaqaloq, ma’sum go‘dak, qarchig‘ayning chag‘asi.
PO‘LATSHER
Po‘latdek mustahkam va sherdek jasur, qudratli bola.
PAHLAVONMUROD
Kuchli, qudratli o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
PIRIMBEK
Birinchi (bosh) qismida pir so‘zi mavjud ismlarning qisqargan shakli yoki beklar avlodi, naslining rahnamosi.
PO‘LAT
Po‘latdek mustahkam, yashaydigan, umri uzoq bola.
PANJI
Oiladagi beshinchi bola.
PARPI
Farfi — nafis, muloyim, hushmuomala, bezarar, yumshoq tabiatli yoki parpi — dorivor o‘simlik nomidan.
PIRMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) rahnamo, diniy, ustozdir.
PIRALI
Ali suyanchiq bo‘lsin; Ali qo‘llovchi bola yoki Ali ato qilgan bola.
PESHVO
Yo‘lboshchi, rahbar, dono, bilimdon, mutaffakkir.
PANOHIDDIN
Dinning panohida bo‘lgan bola, din najot beruvchi, asraydigan bola.
PIRNAZAR
Pirning (avliyoning) iltifoti, marhamati.
POYON
Hadeb qiz tug‘ilaverib keyin birinchi bo‘lib tug‘ilgan o‘g‘ilga beriladigan ism, ya’ni qizlarning oxirgisi, intixosi yoki foyda, manfaat.
PO‘LATXO‘JA
Xo‘jalar nasliga mansub bo‘lgan po‘lardek mustahkam bola.
POLVONJON
Jismoniy, aqliy, ruhiy yetuk, kuchli pahlavon yigit.
PARPIDDIN
Farfi — nafis, muloyim, hushmuomala, bezarar, yumshoq tabiatli yoki parpi — dorivor o‘simlik nomidan.
PIRSHOX
Pirlaning ulug‘i, shohi.
PODSHOQUL
Podshohning, ya’ni osmon, tangrining (Allohning) xizmatkori, quli.
PIRXON
Pir ato qilgan baland martabali bola.
PO‘LATTURDI
Po‘latdek mustahkam va turadigan, yashaydigan bola.
PARVIZ
G‘olib, muzaffar, g‘alaba qozonuvchi, yengilmas, kuragi yerga tegmas, mag‘lubiyat bilmas.
PORLOQ
Tolei baland, baxtiyor umr sohibi.
PIRIMNIYOZ
Pirdan so‘rab, tilab olingan bola; pir bergan ehson, sovg‘a.
PIRNIYOZ
Pirdan so‘rab olingan bola yoki pirning ehsoni, sovg‘asi.
PIRAHMAD
Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam) sifatlaridan biridir.
PIRIMQUL
Pirning (sig‘ingan avliyoning) xizmatkori, quli.
PIRVAYS
Ko‘pchilikning vakili, ishonchli odam yoki Uvays ismining shakli, yohud, kuch, qudrat. Ba’zi manbalarda, “bo‘rining bolasi“ yoki ustod (shayx)dan tarbiya topgan shogird (bola).
POLVONNAZAR
Alloh iltifot, nazar qilib bergan pahlavon bola.
PARDAALI
Pardali (ko‘ylakli) bo‘lib tug‘ilgan bola.
POKDOD
Tag-tugli, aslzoda.

Q harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

QURON
Ko‘paysin, unsin (o‘ssin) yoki quran (oltoy — mo‘gulcha) — guran — xuran — “uch“, “uchinchi“, ya’ni oiladagi uchinchi bola.
QAHRAMON
Kuchli, qudratli, bahodir, dovyurak, azamat, botir, jasur, qo‘rqmas. Eht: qahramon — qayrog‘ich, ya’ni qayrog‘ichdek mustahkam, chidamli bo‘lsin yohud qahramon urug‘i farzandi.
QORI
Sog‘ ulg‘ayib Qur’onni yoddan qiroat qiluvchi (qori) bo‘lsin yoki marhum qori bobosining ismi bilan nomlangan bola.
QUDRAT
Quvvatli, kuchli, qodir. Asli: Qudratulla.
QUDDUS
Pok, pokiza, begunoh, muqaddas; aziz; ilohiy. Falastindagi Dovud payg‘ambar barpo qilgan shahar nomi. Shuningdek bu nom Allohi Taoloning sifatlaridan biri bo‘lib, “nuqsonlardan xoli“ ma’nosini anglatadi.
QALANDAR
Darvesh, tarkidunyochi, darbadar kezuvchi.
QURBONALI
Qurbon oyida dunyoga kelgan bola Alidek kuch-qudrat, akl-zakovatli bo’lsin yoki Aliga hadya qilingan, qurbon qilingan bola.
QAMBAR
To‘rg‘ay. Bu nom xalif Aliga sodiq qulining ismi bo‘lgan. U ozod qilingach ham Qambarali, ya’ni Aliga sodiq kishi deb yuritilgan.
QIYOMIDDIN
Ibodat payti, quyosh tik kelganda tug‘ilgan bola yoki tiklovchi, dinni oyoqqa turg‘azuvchi, dinni yuksaltiruvchi bola.
QALPOQ
Paqmoq sochli, sersochli, ya’ni qalpoqli bo‘lib tug‘ilgan bola.
QADR
Qadrli, obro‘li, izzat-e’tiborga sazovor.
QO‘ZI
Suyukli, erkatoy bola yoki molli-davlatli bo‘lsin yohud qo‘ylar qo‘zilagan mavsumda tug‘ilgan bola.
QANOAT
Alloh bergan farzandlar bilan qanoatlandik, bolalar yetarli bo‘ldi yoki sabrli, toqatli bola.
QANOT
Sog‘ ulg‘ayib ota-onasiga suyanch, tayanch, qanot bo‘lsin yoki sog‘ ulg‘ayib yuksak martabalarga erishsin, tolei baland bo‘lsin.
QAYTMAS
Yo’lidan qaytmaydigan, qaysar, o‘jar, chekinmaydigan, bir so‘zli; mard, dovyurak.
QUVONDIQ
O‘g‘illik bo‘lganimiz uchun shodlikka to‘ldik yoki quvonch, baxtiyorlik boisi bo‘lgan o‘g‘il yohud quvondiq urug‘iga (arg‘in, laqay qabilalari tarkibida) mansub bola.
QODIR
Kuchli, qudratli, barcha narsaga layoqatli, baquvvat. Allohning sifatlaridan biridir. Asli: Abduqodir.
QOBIL
Iste’dodli, qobiliyatli, kuchli, qudratli yoki yovvosh, tarbiya ko‘rgan yohud orzu-tilaklarimiz bajo bo‘lib berilgan bola.
QAHHOR
Qahr qiluvchi, barchani bo‘ysindiruvchi, g‘olib. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.
QUTBIDDIN
Dinning qutbi, markazi; dinning asosi, tayanchi.
QURBON
Qurbon oyida (qamariya yil hisobining 12-zulxijja oyi), qurbon hayiti kunlarida tug‘ilgan bola.
QUDRATULLA
Allohning qudrati, irodasi bilan tugʻilgan bola, Allohning qudratli, kuchli bandasi boʻlsin yoki badanida qandaydir gʻayritabiiy belgi, nuqson bilan tugʻilgan bola
QORAKO‘Z
Ko‘zlari qora bola; go‘zal, ko‘rkam bola.
QADAM
Sog‘ bo‘lib, qadam bosib ketsin, qadami qutlug‘ bo‘lsin, hayotda ildam qadam tashlab yashasin, yo‘li ochiq bo‘lib, yomonlik ko‘rmasin, umri qutli-barakali bo‘lsin.
QUSHBEGI
Bu nom o‘tmishda Buxoro va Xiva xonligida xonning ovchilik (shikor) bilan bog‘liq ishlarini tashkil qiluvchi amaldorlarning unvoni bo‘lgan.
QUDRATALI
Alining qudrati, iltifoti tufayli tug‘ilgan bola; Alining tuhfasi.
QURBONNAZAR
Qurbon oyida tug‘ilgan va Allohning nazari tushgan bola.
QOZOQ
Ko‘rinishi qozoqqa o‘xshagani uchun shunday atalgan yoki erkin, hur, ozod yohud uyga qozoq mehmon kelganda yoki qozoqlar orasida tug‘ilgan bola ham shunday nomlanadi.
QOSIM
Taqsimlovchi, inson qismatini belgilovchi. Bu nom Muhammad (sallolohu alayhi vasallam) ning o‘g‘illarining ismi bo‘lgan.
QUVONCH
Ota-onasiga quvonch, shodlik keltirgan bola. Qayg‘u alam soya solmay, hayoti quvonch-shodlikka to‘liq bo‘lsin.
QAYYUM
Abadiy majvud bo‘luvchi. Bu nom Allohi Taoloning sifatlaridan biri. Asli: Abduqayyum.
QILICH
Qilichdek keskir, o’tkir, mustahkam yoki kindigi qilich bilan kesilgan bola yohud g‘olib, muzaffar bola.
QUYOSH
Tolei quyoshdek porloq bo‘lsinl quyosh farzandi yoki go‘zal, zebo.
QO‘NG‘IROT
Qo‘ng‘irot qabilasiga mansub bola, qo‘ng‘irot farzandi.
QUDRATILLA
Allohning qudrati, irodasi bilan tug‘ilgan bola. Allohning qudratli, kuchli bandasi bo‘lsin yoki badanida qandaydir g‘ayritabiiy belgi, nuqson bilan tug‘ilgan bola.
QADRBEK
Ezozli, qadrli, umidli yani ko’p vaqtdan so’ng tug’ulgan bola.
QALBMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga sodiq, sidqidildan xizmat qiluvchi.
QO‘CHQOR
Peshonasi do‘ng yoki moyaga kattaroq bo‘lib tug‘ilgan bola ulg‘ayib sog‘, qo‘chqordek baquvvat, kuchli yigit bo‘lsin.
QURBONXO‘JA
Qurbon oyida tug‘ilgan xo‘jalar, oqsuyaklar nasliga mansub bola.
QORABOTIR
Kuchli, qudratli, bahodir; jasur bola.
QANDAHOR
Qandahor shahari nomiga nisbat berilgan ism.
QURBONMUROD
Qurbon oyida erishilgan orzu, armon yoki qurbon oyida tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib murodu maqsadiga yetsin.
QO‘RQMAS
Mard, jasur, dovyurak.
QUTLUG‘MUROD
Murodu maqsadimiz, orzuimiz bo‘lgan o‘g‘il ulg‘ayib, baxtli, saodatli bo‘lsin.
QO‘SHNIYOZ
Allohdan iltijolar qilib olingan bola ulg‘ayib kattalar safida qo‘shilsin yoki qar. Xushniyoz.
QADRIDDIN
Dinning qimmati, obro‘si, yuksakligi yoki dinning qadrli, e’tiborga sazovor kishisi.
QO‘QON
Qo‘qon shahrida yoki otasi Qo‘qonga ketganda (yoki kelganda) tug‘ilgan bola.
QORAXON
Ulug‘, qudratli xon.
QOPLONBEK
Beklar avlodiga mansub bo‘lgan dovyurak, qo‘rqmas, jasur bola.
QUVNOQ
Quvnoq, shodon, baxtiyor bo‘lib o‘ssin.
QULMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sodiq xizmatkori (quli) bo‘lsin.
QUTLIMUROD
Baxtli, saodatli o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
QURBONKELDI
Qurbon oyida tug‘ilgan bola.
QOSIMQUL
Qosim, ya’ni Allohning bandasi, quli.
QILICHMUHAMMAD
Qilichdek o‘tkir, mustahkam yigit bo‘lsin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
QUVVATALI
Alining iltifoti, ko‘magi bilan topilgan bola yoki Alidek kuchli, qudratli bo‘lsin.
QODIRALI
Kuchli, qudratli, barcha narsaga layoqatli, baquvvat. Allohning sifatlaridan biridir. Asli: Abduqodir.
QAYNAR
Sho‘x, jo‘shqin, g‘ayratli bola.
QODIRMUROD
Alloh yetkazgan orzu, maqsad.
QO‘SHAR
Alloh ota-onasiga yoki oldingi bolalarga qo‘shar, sog‘u omon ulg‘ayar deb umid qilamiz.
QURBONBEK
Qurbon oyida (qamariya yil hisobining 12-zulxijja oyi), qurbon hayiti kunlarida tug‘ilgan bola.
QULBOY
Allohning boy-badavlat bandasi. Sol: Boyqul.
QO‘NOQBOY
Mehmonga borganda tug‘ilgan bola yoki qo‘noq (tariqning turi) pishganda tug‘ilgan bola.
QOSIMBERDI
Taqsimlovchi, inson qismatini belgilovchi. Bu nom Muhammad (sallolohu alayhi vasallam) ning o‘g‘illarining ismi bo‘lgan.
QURBONBEK
Qurbon oyida (qamariya yil hisobining 12-zulxijja oyi), qurbon hayiti kunlarida tug‘ilgan bola.
QAMBARALI
To‘rg‘ay. Bu nom xalif Aliga sodiq qulining ismi bo‘lgan. U ozod qilingach ham Qambarali, ya’ni Aliga sodiq kishi deb yuritilgan.
QODIRALI
Kuchli, qudratli, barcha narsaga layoqatli, baquvvat. Allohning sifatlaridan biridir. Asli: Abduqodir.
QURBONPO‘LAT
Qurbon oyida tug‘ilgan po‘latdek mustahkam bola.
QODIRXON
Kuchli, qudratli, barcha narsaga layoqatli, baquvvat. Allohning sifatlaridan biridir. Asli: Abduqodir.

R harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

RIZVON
Jannat, behisht; jannat eshigini qo‘riqlovchi parishtaning nomi yoki Allohning tankagan, yoqtirgan bandasi.
RAVSHAN
Yorug‘, nurli, shu’lali, porloq, tiniq, beg‘ubor. Pok, g‘am-g‘ussasiz, charog‘on yoki iqboli porloq, kuchli, idrokli, to’lei yorqin bola bo‘lsin.
RIZO
Rozi, qanoatli; ma’qul yoki rozilik, tobelik. Alloh rozi bo’lsin ma’nosida.
RAMZIDDIN
Dinning timsoli, ramzi, nishoni; dinga itoatkor, dinni o‘zida gavdalantiruvchi.
RAHMON
Rahmdil, o‘ta mehribon, shavkatli.
RUFAT
Ulug‘, yuksak, buyuk, baland martabali, g‘amxo‘r, mehribon, xayrixoh, dovyurak, mard, vijdonli, halol, pahlavon.
RAJAB
Hijriy yil hisobining yettinchi oyi — rajab oyida tug‘ilgan bola.
RAFIQ
Do‘st, birodar, hamdam, saxiy, qo‘li ochiq yoki himmatli, xotamtoy, ochiqqo‘l, sahovatli.
RO‘ZIMUHAMMAD
Rizqu nasibali, saodatmand bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) oxiratda shafoat qilsinlar.
RO‘ZIMUROD
Rizqu nasibali va o‘z murodiga yetuvchi bola.
ROHAT
Huzur-halovat, lazzatlanuvchi; tinch-omon, rohatda, osuda, farovon yashovchi.
RASO
Mukammal, nuqsonsiz, kamolga erishgan.
RO‘ZIMBEK
Beklar kuni, yani kuni beklar kunidek bo’lsin.
ROZIQ
Bandalariga rizq beruvchi, to‘ydiruvchi. Allohning sifatlaridan biri yoki xushnud, to‘q, farovon.
RASHSHOD
To‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, aqlli, ziyrak bola.
ROFI
Yuksaluvchi, mashhur qiluvchi, Allohning sifatlaridan biri.
RASIF
Chidamli, mahkam, mustahkam yoki ozoda, pokiza.
RIZA
Rozi, qanoatli; ma’qul yoki rozilik, tobelik. Ushbu nom 12 imomdan 8-sining ismi bo‘lgan.
RIF’AT
Ulug‘lik, yuksaklik; baland martabali.
RASUL
Alloh tomonidan yuborilgan; Allohning elchisi, vakili, payg‘ambar. Qar.Rasululloh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
RUSLAN
Arslon, dovyurak, azamat, jasur, qo‘rqmas, kuchli, sheryurak, botir yigit.
RAMAZON
Qamariy yil hisobining 9-oyida (muborak ramazon oyi) tug‘ilgan bola. Bu hosiyatli, qutlug‘ oyda tug‘ilgan bola umri ham hosiyatli, barokatli bo‘lsin.
RAMIL
Tilsim egasi, sir-asrorlarni ochuvchi, folchi; bashoratchi, dono o‘g‘il.
RAHMAT
Shafqatli, rahmdil, mehribon.
RISHOD
To‘g‘ri yo‘l, adolat va haqqoniyat yo‘lidan yuruvchi; din yo‘lidan boruvchi, sobit qadam bo‘luvchi, to‘g‘rilik sari intiluvchi.
RAZZOQ
Rizq beruvchi, nasiba ulashuvchi. Bu nom Allohning sifati, vasflaridan biridir.
RAHMATULLA
Allohning muruvvati, shavkati tufayli erishilgan bola, Allohning raxmati, marxamati va iltifotiga sazovor banda.
RABBONI
Xudojo‘y, xudoga mansub, Allohning bandasi.
RAHMIDDIN
Dinning mehribon, muruvvatli kishisi, din homiysi yoki dinning yordami, ko‘magi tufayli erishilgan bola.
RAHNAMO
Yo‘lboshchi, rahbar; boshliq, sardor.
RAVON
Aynan: Jon, ruh, hayot, tiriklik yoki aziz, arziydigan, munosib yohud hayoti ravon, tolei baland bo‘lsin.
RAFID
Yordamchi, ko‘makdosh.
RAVZIDDIN
Dinning bog‘i, gulshani, bo‘stoni; dinning farovon hayot kechiruvchi kishisi.
RIZOALI
Ali rozi, mamnun bo‘lgan, Aliga bo‘ysunuvchi yoki qar. Rizo va Ali.
RUSTAM
«Avesto»dagi Raodastan so‘zidan yasalgan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, yengilmas, dovyurak, jasur, matonatli, bahodir. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» dostonidagi Zol o‘g‘lining ismi.
RAHMATULLOH
Allohning muruvvati, shavkati tufayli erishilgan bola, Allohning rahmati, marhamati va iltifotiga sazovor banda.
RAHIM
Rahm qiluvchi, mehribon, marhamatli. «Abdu» ya’ni qul qo‘shimchasi qo‘yilishi lozim. Sol: Abdurahim. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.
RAUF
Rahmdil, yumshoq ko‘ngilli; oliyhimmat, saxiy. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.
RAMZ
Belgi, ishora; timsol.
RIXSITILLA
Rizqu nasibali, umri uzoq, tilladek qimmatli, qadrli.
RABBIM
Aynan: “Mening xo‘jayinim“ ya’ni Alloh, egam.
RUHIDDIN
Dinning ruhi; hayoti; dinning kuchi, qudrati.
RAVI
Hikoya qiluvchi; hikoyachi; qiroatxon.
RAHMONBERGAN
O‘ta rahmdil, ya’ni Alloh bergan bola. Sol: Xudoybergan, Tangribergan.
RAHMATNIYOZ
Rahmdil, mehribon, ya’ni Alloh bergan bola yoki qar. Rahmat va Niyoz.
RASULMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Allohning elchisi, payg‘ambar yoki Muhammad payg‘ambar qo‘llasin.
RAHMONQUL
O‘ta mehribon, shavkatlining, ya’ni Allohning bandasi, quli.
RAVNAQ
Jilolangan, tarovatli; rivojlangan, gullab-yashnagan.
RIHSIVOY
Rizqi nasibasi to‘liq bo‘lsin. umri uzoq bo‘lsin ma’nosida.
ROZIDDIN
Din rozi bo‘lgan, dinni rozi qiluvchi.
RO‘ZINAZAR
Allohning muruvvati (nazari) tufayli erishilgan rizq-ro‘zli bola.
RABIB
Birovning qo‘lida tarbiya topgan; o‘gay, yot bola. Chaqaloq dushmanlarini chalg‘itish, adashtirish uchunn shunday ism beriladi.
ROTIB
Mustahkam, barqaror, turg‘un, yashovchi, umri uzoq.
RIZOQUL
Tanlangan, ma’qil tushgan qul, banda.
ROZIY
Qoniqqan, mamnun, xushnid, rizo bo‘lgan.
ROIZ
Tarbiya qiluvchi, o‘rgatuvchi, riyozatga soluvchi; ustoz.
RIYOZIDDIN
Dinga itoat qiluvchi, bo‘ysunuvchi, mo‘min-qobil yoki jannat bog‘i.
RO‘ZATILLA
Ro‘za oyida tug‘ilgan tilladek qimmatli, aziz bola.
RAHMONBERDI
O‘ta rahmdil,shavkatli ato qilgan bola. Sol: Xudoyberdi, Tangriberdi, o‘g‘onberdi.
RIVOJIDDIN
Dinning rivoji, ravnaqi yoki dinni rivojlantiruvchi, dinga ravnaq beruvchi.
RAQIB
Qarshi turuvchi, raqobat qiluvchi; qo‘riqchi.
RAHIMYOR
Rahmdil qo‘llaydigan, ya’ni Allohning ehsoni, sovg‘asi, tuhfasi.
RO‘ZIQUL
Allohning rizqu nasibali bandasi.
RIZOMIDDIN
Din rozi bo‘luchi, dindor.
RAMAL
Ko‘paysin, o‘ssin, umri uzoq bo‘lsin.
RIYOZ
Yovvosh, mo‘min-qobil yoki riyoz — bog‘, jannat bog‘i.
RIZQI
Rizqiddin, Rizqiniso kabi ismlarning qisqargan shakli.
RAHMONULLA
Allohning o‘ta mehribonligim cheksiz muruvvati tufayli erishilgan bola.
RAJABTURSIN
Rajab oyida dunyoda kelgan bola yashasin, o‘lmasin.
RIZQ
Qut, baraka, nasiba, ulush; to‘q, nasibali.
RASULMUROD
Alloh tomonidan yuborilgan; Allohning elchisi, vakili, payg‘ambar. Qar.Rasululloh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
RO‘ZIBADAL
Oldingi turmagan farzandlar evaziga berilgan bola, rizqu nasibali bo‘lsin.
RAZZOQBERDI
Rizq-nasiba ulashuvi, ya’ni Alloh ato qilgan bola.
RAHIMALI
Rahm qiluvchi, mehribon, marhamatli. «Abdu» ya’ni qul qo‘shimchasi qo‘yilishi lozim. Sol: Abdurahim. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.
RAFIUDDIN
Dinni ulug‘lovchi, dinni yuksaltiruvchi.
RAHIMBERDI
Rahm qiluvchi, mehribon, marhamatli. «Abdu» ya’ni qul qo‘shimchasi qo‘yilishi lozim. Sol: Abdurahim. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.
RO‘ZITURDI
Rizq-ro‘zli bola tursin, yashasin.
RIZQUL
Allohning rizq-ro‘zli, to‘q, farovon yashovchi bandasi.
RAHIMXON
Rahm qiluvchi, mehribon, marhamatli. «Abdu» ya’ni qul qo‘shimchasi qo‘yilishi lozim. Sol: Abdurahim. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.
RUHULLA
Allohning ruhi. Bu nom Iso (as)ning sifarlaridan biri bo‘lgan.
RAZZOQBERGAN
Rizq-nasiba ulashuvchi, ya’ni Alloh ato qilgan bola.
RO‘ZINIYOZ
Allohdan o‘tinib so‘rab olingan bola rizqu nasibali bo‘lsin.
RAHMONALI
O‘ta mehribon va mehrli Zotning quli, ya’ni Allohning quli.
RAHMATALI
Alining shavkati, muruvvatli bo‘lgan bola.
RAVSHANBEK
Yorug‘, nurli, shu’lali, porloq, tiniq, beg‘ubor. Pok, g‘am-g‘ussasiz, charog‘on yoki iqboli porloq, kuchli, idrokli, to’lei yorqin bola bo‘lsin.
RASULBEK
Alloh tomonidan yuborilgan; Allohning elchisi, vakili, payg‘ambar. Qar.Rasululloh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
RAVSHANALI
Yorug‘, nurli, shu’lali, porloq, tiniq, beg‘ubor. Pok, g‘am-g‘ussasiz, charog‘on yoki iqboli porloq, kuchli, idrokli, to’lei yorqin bola bo‘lsin.
RUSTAMALI
«Avesto»dagi Raodastan so‘zidan yasalgan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, yengilmas, dovyurak, jasur, matonatli, bahodir. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» dostonidagi Zol o‘g‘lining ismi.
RIZQIDDIN
Dinning rizqu nasibali bolasi, din qo‘llaydigan bola.
RAMAZON
Qamariy yil hisobining 9-oyida (muborak ramazon oyi) tug‘ilgan bola. Bu hosiyatli, qutlug‘ oyda tug‘ilgan bola umri ham hosiyatli, barokatli bo‘lsin.
RASULBEK
Alloh tomonidan yuborilgan; Allohning elchisi, vakili, payg‘ambar. Qar.Rasululloh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
ROZIQBERDI
Rizq-nasiba ulashuvi, ya’ni Alloh ato qilgan bola.

S harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

SAMIR
Suhbatdosh, hamsuhbat, dilkash inson yoki suvsardek qimmatli, qadrli, e’zozli.
SARVAR
Yo‘lboshchi, boshliq, rahnamo, yetakchi, ilg‘or, peshqadam, sardor.
SUXROB
Qizil yog‘du; yoqut, la’l. Bu nom “Shohnoma“ dostoni qahramoni. Rustamning ismidir.
SUNNAT
Aynan: yo‘l, odat, udum; sunnat qilinganga o‘xshab tug‘ilgan bola.
SOLIH
Yaxshi, maqbul, adolatli, haqgo‘y, iymonli, insofli; pok, halol, pokiza; hayirli amallar qiluvchi.
SAFO
Tiniq, pokiza, ozoda yoki beg‘am, osoyishta; baxtiyor, rohat-farog‘atli; Ka’batullohdagi Safo — Marva tog’i sharafiga ham qo’yilgan.
SAYFULLA
Allohning qilichi. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifati bo‘lgan.
SIROJ
Yorug‘lik, nur; mash’al.
SA’DULLA
Alloh bergan baxt, saodat. Allohning baxtli, to’lei baland bandasi. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) payg‘ambarning sifati bo‘lgan.
SAYID
Aynan: Xo‘ja, ega; boshliq, rahnamo, rahbar. Bu so‘z Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) avlodlarining faxriy unvonidir; aslzoda; zadagon.
SAYDULLA
Allohning yo‘liga boshlovchi, Allohning sodiq xizmatkori yoki Allohning oliy nasab kishisi; avliyozoda.
SATTOR
Kechiruvchi, avf etuvchi. Bu nom Allohi Taoloning sifatlaridan biridir.
SAVLATBEK
Savlatli, kelishgan yigit bo‘lsin.
SOBIT
Mustahkam, mahkam yoki kelishgan, xushbichim, chiroyli.
SAMIN
Qadrli, aziz, qimmatli.
SA‘D
Baxtli, omadli.
SARDOR
Yetakchi, rahnamo, yo‘lboshchi, boshliq; urug‘ yoki qabila boshlig‘i; lashkar boshlig‘i; qo‘mondon.
SANJAR
Aynan: sanchmoq, pichoq bilan urmoq; shiddatli, o‘tkir, kuchli yoki qal’a, qo‘rg‘on, yoxud g‘olib, muzaffar. So‘nggi saljuqiy sultonining ismi bo‘lgan.
SAID
Baxtli, saodatli, omadli yoki to’lei baland, intiluvchan, iqboli porloq, yuksaluvchi, mukammal bo‘luvchi, kamolga yetuvchi.
SULTON
Shoh, hukmdor ya’ni umri uzoq bo‘lib, baland martabalar egasi bo‘lsin.
SALIM
Sog‘lom, eson-omon yashovchi, sog‘u-salomat, bardam-baquvvat, umri uzoq yoki sodda dil samimiy, dilkash ko‘ngli ochiq.
SAMI
Eshituvchi, tinglovchi. Allohning sifatlaridan biri. Asli: Abdusami — Abdusome’ (qar.)
SADDAM
Qaytaruvchi, to‘g‘on, to‘sib qoluvchi, himoyachi, asrovchi, muhofaza qiluvchi.
SALMON
Beozor, yuvosh, muloyim; tinch, osoyishta yoki sog‘u salomat, behbud.
SUBHON
Madh, maqtash, ulug‘lash; salobat, mahobat. Odatda bu sifatlar Allohi Taologa tegishlidir.
SIYOVUSH
Qora chavandoz, yengilmas, qaytmas, mard, kuchli, botir, dovyurak. Eron mifologiyasida shoh Kaykovusning o‘g‘li.
SAIDBEK
Beklarning saidi, ya’ni baxtli, saodatli, omadli yoki tolei baland, o‘suvchi, yuksaluvchi insonlar orasida bek.
SAIDKAMOL
Mukammal baxt sohibi yoki qar. Said va Kamol.
SALOH
Rost, to‘g‘ri, halol; haqgo‘y. Asli: Salohiddin.
SURXON
Sur-to‘y, bazm, shodlik yoki sur-qo‘rg‘on, qal’a, ya’ni mustahkam, mahkam bola.
SAIDMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ato qilgan baxt-saodat yoki qar. Sayidmuhammad.
SAIDA’LO
Ulkan, tengsiz baxtsiz baxt yoki qar. Said va A’lo.
SAFAR
Safar oyi (musulmon yil hisobining ikkinchi oyi) tug‘ilgan bola yoki safar chog‘i, yo‘lda tug‘ilgan bola, yohud otasi yoki qarindoshlaridan biri safarda bo‘lgan paytda tug‘ilgan bola.
SAMANDAR
Salamandra — o‘tdan paydo bo‘lib, o‘t ichida yashovchi, kalamushsimon, afsonaviy, hayvon (qush) nomi. Samandar o‘sha nomning arabcha shakli. Ism sifatida chidamli, kuchli, irodali, mustahkam, toblangan ya’ni o‘lmaydigan, yashaydigan, umri uzoq bo‘ladigan ma’nolarini bildiradi.
SALOHIDDIN
Dinning yaxshiligi, ezguligi, hayirli ekanligi, din bahsh etuvchi iqbol, saodat yoki dinning saodoatli, baxtli farzandi.
SUHROB
Qizil yog‘du, yoqut, la’l. Bu nom «Shohnoma» dostoni qahramoni Rustamning ismidir.
SIROJIDDIN
Dinning nuri, mash’ali, quyoshi, oftobi. Nurli, porloq, yorqin, chiroyli, zebo.
SOHIB
ga, ho‘jayin, do‘st, hamdam, ilmu-fanda yo’lboshchi, yo‘ldosh. Asli: Sohibiddin.
SOBIR
Chidamli, sabru-toqatli, irodasi mustahkam bola. Bu nom Ayyub payg‘ambarning laqabi bo‘lgan.
SAMAR
Aynan: hosil, natija, yakun, meva, intiho, samara, tugallangan.
SADRIDDIN
Dinning baland martabali, mansabdor kishi diniy boshliq, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug’ namoyandasi.
SULTONALI
Shoh, hukmdor ya’ni umri uzoq bo‘lib, baland martabalar egasi bo‘lsin.
SODIQ
Sadoqatli, vafodor, rostgo‘y, ishonchli, chin do‘st. Asli: Abdusodiq.
SALOMAT
Tinchlik, osoyishtalik, eson-omonlik.
SIDDIQ
To‘g‘ri so‘zli, rostgo‘y, sofdil. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri — Abubakrning laqabi bo‘lgan.
SA’DI
Baxtli, saodatli, omadli; iqboli porloq yoki Sa’diniso (qar.) ismining qisqargan shakli.
SAYFIDDIN
Din qilichi; dinning kuchi, qudrati.
SAN’AT
Chiroyli kasb egasi, chiroyli hunarlar sohibi; mohir, uddaburon bola.
SUXAYL
Ishni yengillashtiruvchi.
SUHAYL
Suhayl yulduzi, porloq yulduz, ya’ni baxtli, iqbolli bola yoki dono, donishmand.
SAYYID
Xo’jayin, ega, sohib, rahbar, janob, eng ulug’.
SOAT
Baxtli soatda tug‘ilgan, tolei baland bola; yoki mahkam, mustahkam, ya’ni yashovchi bola.
SAIDALI
Eng yuksak, eng ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad payg‘ambarning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir.
SESHANBA
Seshanba kuni tug‘ilgan bola.
SAFIY
Toza, pokiza yoki sara, tanlangan, yohud samimiy do‘st, oqko‘ngil.
SIMRON
Xotira, eslash; uzoq umr ko‘ruvchi, umri barakali, kunlari mazmunli bo‘lgan bola.
SAFARALI
Safar oyida yoki safar chog‘ida tug‘ilgan bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovat egasi bo’lsin.
SAIDMUROD
Murodimiz, orzuimiz bo‘lgan bola baxtli bo‘lsin yoki baxtli bo‘lib murod-maqsadiga yetsin, yohud saodatga erishuvchi bola.
SADR
Baland martabali, mansabdor; boshliq, diniy rahnamo.
SEVDIYOR
Sevgisi uchun jonini beradigan, har doim o’zgalar uchun jonini fido qiladigan.
SOIB
To‘g‘ri yo‘lga boshlovchi; to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi yoki saxiy, ochiqqo‘l, odamoxun.
SULAYMONQUL
Sulaymon payg‘ambarning xizmatkori, quli yoki Sulaymon payg‘ambar nomi berilgan mo‘min-qobil bola.
SAIDAHROR
Said va Ahror (Xo‘ja Ahror) bergan baxt, saodat, Ahrorning muruvvati, ehsoni.
SUR’AT
Chaqqon, tezkor, jadal; epchil, uddaburon; mehnatkash.
SAFIR
Elchi, vakil yoki ko‘kish rangli yoqut; qimmatli, bebaho yohud yoqimli, maqbul.
SAHOBIDDIN
Hamfikr dindoshlar; din yolida yakdil bo‘lib kurashuvchilar.
SAHOB
Aynan: Bulut, to‘siq yoki maslakdoshlar, safdoshlar, hamkorlar, ko‘makdoshlar. Eht.: Shahob (qar.)
SAIDKARIM
Karim (Alloh) bergan baxt, saodat yoki baxtli-saodatli hamda saxiy, saxovatli bola.
SULTONBEK
Shoh, hukmdor ya’ni umri uzoq bo‘lib, baland martabalar egasi bo‘lsin.
SOBIRALI
Sabrli, to‘zimli bolani Ali o‘z panohida asrasin.
SARBON
Karvon boshi, yo’l boshchi, oila boshi.
SAXIY
Qo‘li ochiq, jo‘mard; mard; mehribon, g‘amxo‘r. Sol: Saxovat.
SO‘FI
Odamlarni nomozga chorlovchi; xudojo‘y, taqvodor.
SABOHIDDIN
Aynan: Din tongi; dinning nuri, yog‘dusi, ziyosi.
SANGIN
Toshdek mustahkam, ya’ni yashaydigan, umri uzoq bola.
SARDORBEK
etakchi, rahnamo, yo‘lboshchi, boshliq; urug‘ yoki qabila boshlig‘i; lashkar boshlig‘i; qo‘mondon.
SABRIDDIN
Dinning sabr-toqatli, chidamli kishisi.
SAIDJAHON
Bir olam baxt, saodat sohibi.
SADID
Mahkam, mustahkam, irodali.
SUYAR
Suyukli, e’zozga sazovor bola yoki Alloh qo‘llaydigan madad beradigan bola.
SUBHI
Erta tongda tug‘ilgan, subhidamda tug‘ilgan yoki tongdek ravshan, osuda.
SAIDRAHIM
Rahim, ya’ni Alloh bergan baxt, saodat yoki baxtli hamda muvuvvatli bola.
SAYFI
Tanlangan, saylab olingan; omadli yoki qilich, shamshir.
SAMIT
Sokin, osoyishta, osuda.
SAIDISLOMBEK
Saidlar bu paygambar avlodlari hisoblanadi.
SAFARXON
Safar oyi yoki chog‘ida tug‘ilgan baland martabali bola.
SAIDJAMOL
Baxt-saodatli va zebo, sohibjamol o‘g‘il.
SADIDDIN
Dinning to‘g‘riligi; diniy adolat, dinning yutug‘i, ustunligi va dinning haqgo‘y, adolatli kishisi.
SAFARMUHAMMAD
Safar oyi yoki safar chog‘ida tug‘ilgan o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
SULTONMUROD
Shoh, hukmdor ya’ni umri uzoq bo‘lib, baland martabalar egasi bo‘lsin.
SAN’ATILLA
Allohnig go‘zal hunarlar sohibi bo‘lgan bandasi.
SAIDAKBAR
Ulug‘, ulkan, buyuk, hurmatli, obro‘-e’tiborli, odamlar nazarida bo‘lgan, mo‘’tabar, aziz.
SAIDYOR
Baxtu omad yor bo‘lgan bola.
SUYUN
Quvonch, shodligimizning boisi bo‘lgan o‘g‘il yoki quvonib, doim suyunib yursin.
SULTONMUHAMMAD
Ulg‘ayib baland martabalar egasi bo‘lsin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
SARVARIDDIN
Din yo‘liga yetaklovchi, rahnamo yoki dinchilar, musulmonlarining rahbari, sarvari.
SAIDSHO
Baxtlilarning podshosi, boshlig‘i, eng yuksak saodat sohibi.
SARDORXON
Aynan: Xonlarning boshlig‘i, peshvosi, rahnamosi yoki qar. Sardor (Sardor xon).
SAYRIDDIN
Dinning huzuri, sayru tomoshasi yoki dinning huzur-halobatda yashovchi kishisi.
SUQROT
Qadimgi yunon faylasufi, kopgina faylasuflar ustozi, donishmand.
SOLIHIDDIN
Dinning yaxshiligi, ezguligi yoki ezgu, savobli ishlar qiluvchi dindor.
SAYIDMUROD
Aslzodalar naslining farzandi ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
SALOMBEK
Beklar naslidan bo‘lgan bola tinch, osoyishta o‘ssin.
SA’DIMUROD
Baxtli, omadli bo‘lib murod-maqsadiga yetsin.
SOBITXO‘JA
Xo‘jalar avlodiga mansub mustahkam, to‘zimli bola.
SAYIM
Ro‘za tutuvchi, ro‘zador.
SAYIDKAMOL
Yetuk, bilimdon eshon, xo‘ja yoki qar. Sayid va Kamol.
SAIDFOZIL
Baxtli hamda e’zozga sazovor bola.
SAFIULLA
Allohning tanlagani, saylagani; Allohning ko‘ngliga yaqin odam. Bu nom Odam Ato va Muhammad payg‘ambarlarnin sifati bo‘lgan.
SAYDIN
Saydulla, Saydiddin (qar.) ismlarining eq.shakli.
SOMIY
Baland martabali, obro‘li bola.
SIDDIQNAZAR
Allohning iltifoti (nazar) qilib bergan rostgo‘y, to‘g‘ri so‘zli bola.
SUYUNBEK
Hayot yo‘li quvonch, shodlikdan iborat bo‘lib, barchani ko‘nglini ko‘tarib, suyuntirib yursin ma’nosida. Jasur, qo‘rqmas, yengilmas inson bo‘lib voyaga yetsin.
SAYIDOLIM
Aslzodalar nasliga mansuv bola donishmand, olim bo‘lsin.
SADRULLA
Allohning muruvvati, ehsoni yoki Allohning xizmatchisi, Alloh yo‘liga boshlovchi.
SIDDIQXO‘JA
Xo‘jalar nasliga mansub to‘g‘riso‘z, rostgo‘y bola.
SOATALI
Tolei baland o‘g‘ilni Ali o‘z panohida asrasin.
SULTONSAID
Baxtiyor, baxtli, tolei balandlarning sardori, ya’ni eng baxtli bola.
SAIDNUR
Nur — Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) bergan baxt-saodat.
SAIDAHMAN
Ahmad — Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) bergan baxt, saodat yoki Muhammadning hurmatiga sazovor bola.
SAIDKOMIL
Yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biri bo‘lgan.
SAIDKOMIL
Yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning sifatlaridan biri bo‘lgan.
SAIDRASUL
Alloh tomonidan yuborilgan; Allohning elchisi, vakili, payg‘ambar. Qar.Rasululloh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.

T harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

TEMIR
Temirdek mustahkam irodali, mahkam, ya’ni baloqazolarga bardoshli, umri uzoq bola.
TOLIB
Bilim istovchi, qo‘msovchi, ilmga chanqoq, talab qiluvchi, ilm izlovchi, bilim ixlosmandi; o‘quvchi, g‘ulom, shogird yoki talaba; iltimos qilib, umid bilan olingan bola.
TAVFIQ
Baxtli, omadli, iqbolli yoki yomon odamlardan o‘zini saqlaydigan, pokiza, avliyo bola.
TOIR
Parvoz qiluvchi, ko‘klarga, yuksakka ko‘tariluvchi, ozod, erkin, hur, to’lei, iqboli baland bola.
TUYG‘UN
Qirg‘iy, qarchigaydek sezgir, ziyrak, xushyor bo‘lsin.
TANTI
Saxiy, saxovatli, qo‘li ochiq.
TARIF
Aslzoda, zodagon; oqsuyak; oliynasab avlodga mansub.
TAL’AT
Aynan: Ko‘rinish, qiyofa, yuz, chehra, ya’ni chiroyli, kelishgan, istarali, sohibjamol.
TURON
Turon zaminining farzandi, Turon farzandi.
TOJIDDIN
Aynan: Dinning toji, sarkori yoki dinning xolli ixlosmandi, dinning yuksak bilimdoni, ulug’ namoyandasi.
TA’LIM
Ta’lim beruvchi, o‘rgatuvchi, bilimdon.
TEMIRBEK
Beklar avlodiga mansub bo‘lgan temirdek mahkam bola.
TILOVAT
Ko‘rkam, go‘zal, nafosatli yoki Qur’onni yoddan o‘quvchi (tilovat qiluvchi), dindor, xudojo‘y.
TO‘XTASIN
To‘xtasin, yashab ketsin, umri uzoq bo‘lsin.
TOHIR
Pokiza, dog‘siz, nuqsonsiz, begunoh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sallolohu alayhi vassalam)ning o‘g‘illarining ismi bo‘lgan. Xalqimizda Tohir ismi Alisher Navoiyning asari «Tohir va Zuhra» qahramoni sifatida ham taniladi.
TO‘LQIN
Hayotda yayrab, yashnab, dengiz to‘lqinidek jo‘shqin bo‘lib, to‘lib toshib yursin degan ma’noda.
TIMUR
Temirdek mustahkam irodali, mahkam, ya’ni baloqazolarga bardoshli, umri uzoq bola.
TOLMAS
Baquvvat, mustahkam, sog‘lom yoki g‘ayratli, tirishqoq, mehnatkash.
TUROB
Tuproq, xok, muqaddas tuproq; mozor, avliyo. Asli: Abuturob.
TURSUNALI
Sog‘-omon tursun, ulg‘aysin va Ali o‘z panohida asrasin.
TURSUN
Yashasin, omon, sog‘ bo‘lsin. Nobud bo’lmasin sog’u salomat o’ssin, omon qolsin yashab ketsin.
TOIB
Tavba qiluvchi, sig‘inuvchi; dindor, xudojo‘y.
TURSUNTOSH
Sog‘-omon tursin, yashasin va joni toshdek mustahkam bo‘lsin.
TOJINOR
Qizil xol (belgi) bilan tug‘ilgan bola yoki badanida ham xoli (qora xoli), ham nori (qizil xoli) bor bo‘lgan bola.
TALANT
Talantli, iste’dodli, bilimli, ixtirochi.
TANHO
Yakka; yagona; tengsiz, bebaho.
TOSHPO‘LAT
Tosh va po‘latdek mustahkam, yashaydigan bola, uzoq umr ko’rsin.
TEMUR
Temirdek mustahkam irodali, mahkam, ya’ni baloqazolarga bardoshli, umri uzoq bola.
TO‘RA
Aslzoda; xonzoda; ulug‘ martabalar sohibi yoki kattaligi odam bo‘yidek keladigan qalqondek mustahkam bola. To‘ra so‘zi o‘tmishda Buxoro xonligida chig‘atoy ayonlari va sayidlarning faxriy unvoni bo‘lgan.
TURG‘UN
Sobit turuvchi, o‘lmaydigan, umri uzoq, hayoti barakali bo‘lsin ma’nosida. Ko‘p marotaba vafot etgan farzanddan keyin tug‘ilgan bolaga yashasin degan niyatda qo‘yiladigan ism.
TILLA
Oltindek qimmatli, qadrli bola yoki boy-badavlat bo‘lsin.
TOJI
“Toji“ so‘zi bilan boshlangan qo‘shma ismlarning (Tojiniso, Tojiddin kabi ) eq.shakli.
TURDIALI
Yashaydigan, o‘lmaydigan bolani Ali o‘z panohida asrasin.
TASKIN
Ko‘nglimizni tinchlantirgan, ko‘ngilga xotirjamlik bergan; shukronamiz boisi bo‘lgan bola.
TOSHTEMIR
Toshdek va temirdek mustahkam bola.
TO‘RABEK
Oliy martabali, to‘ralar, beklar naslidan; uzoq umr ko‘ruvchi, halol, mard, jasur, bir so‘zli, dovyurak bola.
TO‘LAGAN
Oldingi farzandlar o‘rniga, evaziga berilgan bola.
TANGRIBERGAN
Alloh bergan, ato qilgan bola Allohning tuhfasi, sovg‘asi.
TOJIAHMAD
Xol bilan tug‘ilgan maqtovga sazovor bola yoki xolli xolani Ahmad Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llab yursin.
TOG‘AYMUROD
Tog‘asi uyida tug‘ilgan bola ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
TEMIRPO‘LAT
Temirdek va po‘latdek mahkam, mustahkam, ya’ni uzoq yashaydigan bola.
TOPIBOLDI
Topib olingan, o‘zga bola. Chaqaloqning “dushman“larni chalg‘ituvchi ism.
TURSUNMUROD
Sog‘-omon turib, murod-maqsadiga yetsin yoki maqsadimiz, orzuimiz bo‘lgan bola sog‘ tursin, o‘lmasin.
TO‘RAMUHAMMAD
Aslzoda, baland martabali o‘g‘ilni payg‘ambar qo‘llar yursin.
TO‘YCHIQUL
Allohning to‘y-tomoshalar kuni tug‘ilgan bandasi.
TURG‘UNALI
Sobit turuvchi, o‘lmaydigan, umri uzoq, hayoti barakali bo‘lsin ma’nosida. Ko‘p marotaba vafot etgan farzanddan keyin tug‘ilgan bolaga yashasin degan niyatda qo‘yiladigan ism.
TOSHMUHAMMAD
Joni toshdek mahkam bo‘lsin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
TO‘XTANIYOZ
Yolvorib, iltijolar qilib olingan bola to‘xtasin, yashasin.
TILOVNIYOZ
Orzu, armon bilan iltijolar qilib urib erishilgan bola.
TURDIMUHAMMAD
Tursin, yashasin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
TILLAMIRZA
Oltindek qadrli hamda o‘qimishli, bilimdon yigit bo‘lsin.
TURNIYOZ
O‘tinib, yolvorib so‘rab olingan bola tursin, yashasin.
TOJIMUROD
Xol (toj) li bola ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin yoki istagimiz, orzuimiz bo‘lgan xolli bola.
TOG‘MUHAMMAD
Umri, martabasi tog‘dek yuksak bo‘lib, Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
TURDIAHMAD
Yashaydigan, turadigan bolani Ahmad (Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)) o‘z panohida asrasin.
TO‘RAMIRZA
Aslzoda, mirzalarning sarkori.
TURDIBEK
Beklar avlodiga mansub bola yashaydi, o‘lmaydi.

U harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

UMAR
Mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi.
UMID
Orzu, umid qilingan, kutilgan yoki yashab ketishga umid qilingan bola.
UZUN
Baland martabali yoki uzun urug‘iga (qo‘ng‘irot urug‘I tarkibida) mansub bola, uzun farzandi.
UYG‘UR
Uyg‘urlar orasida tug‘ilgan bola, uyg‘ur qabilasi (o‘zbek qabilalaridan biri)ga mansub bola.
UYG‘UN
Kelishgan, kelishimli; kutilgan, orzu qilingan.
UMRON
Obod, ma’mur, farovon, gullab yashnagan yoki yaxshi, kelishgan, maqbul, solih, ma’qul kelgan.
USTOD
Muallim, ustoz, rahnamo yoki omilkor, bilimdon, mohir.
ULUG‘XO‘JA
Xo‘jalar avlodidan bo‘lgan buyuk, mo‘tabar bola yoki xo‘jalarning eng ulug‘I, e’zozlisi, mo‘tabari.
UMURZOQ
Uzoq umrli bola.
UMIDULLA
Alloh erishtirgan orzu-umid, armon.
ULUG‘SHOH
Buyuk shoh, hukmron, shohlarning ulug‘I, mo‘tabari.
ULKAN
Katta, ulug‘, e’zozli, obro‘li. Yosh oiladagi bosh bola.
UMRSUYUN
Quvonchimiz bo‘lgan bola uzoq umrli bo‘lsin yoki qar. Umr va Suyun.
UBAYXO‘JA
Allohning xo‘jalar avlodiga mansub xizmatkori, quli.
ULOQBOY
Ulangan, bog‘langan, zanjirlangan, ya’ni yashaydigan bola yoki uloqgin, adashgin, ya’ni balo-qazodan nari bo‘lsin yohud kenjatoy, kenja bola.
ULUG‘NAZAR
Ulug‘ning, ya’ni Allohning muruvvati, e’tibori tufayli erishilgan bola.
USMON
Siniqchi, singanlarni davolovchi, shikastband yoki og‘ir, bosiq, mard, jasur. Bu nom Usmon ibn Affon (614-656 yillar) choryorlar deb yuritiluvchi halifalarning uchinchisining ismi.
UBAYDULLA
Allohning kichik quli, bandasi. Ubayd — qul, qulcha.
UVAYS
Kuchli, qudratli yoki bo‘ri, bo‘ri bolasi yohud g‘oyibona ustoz.
UMRBEK
Yashovchi, umri bilan berilgan yoki umri uzoq, barakali, hayoti mazmunli bo‘lsin.
UZAYR
Kuchli, qudratli, “ko‘makchi“. Qadimda Isroilda o‘tgan payg‘ambarlardan birining ismi.
UMIRBEK
Yashovchi, umri bilan berilgan bola.
USMONXO‘JA
Xalifa Usmon (qar.) ismi qo‘yilgan xo‘jalar avlodiga mansub bola.
ULUG‘MUROD
E’zozli, mo‘tabar o‘g‘il ulg‘ayib, murod-maqsadiga yetsin yoki ulkan orzuimiz bo‘lgan bola.
UCHTEMIR
Oiladagi uchinchi bola temirdek mustahkam bo‘lsin, yashasin.
UMIR
Yashovchi, umri bilan berilgan bola.
UMIRBOQI
Boqiy umrli, umri uzoq bola.
ULUG‘BEK
Buyuk hukmron, buyuk sulton yoki beklarning beki. Amir Temur nabirasi, davlat arbobi va olim Ulug‘bekdek yuqori martabali bo‘lsin degan niyatda ham qo‘yiladi.
UCHQUN
Hayoti nurli, yorug‘, nurli to’lei porloq, iqboli baland, baxtiyor, saodatli va omadli, umri yorqin bola.
UMRZOQ
Uzoq umr, hayoti barokatli hamda cheksiz bo‘lsin ma’nosida.
USMONALI
Siniqchi, singanlarni davolovchi, shikastband yoki og‘ir, bosiq, mard, jasur. Bu nom Usmon ibn Affon (614-656 yillar) choryorlar deb yuritiluvchi halifalarning uchinchisining ismi.
ULUG‘
Ulkan, buyuk, mo‘tabar, e’zozli.
ULUG‘ZODA
Ulug‘lar, aslzodalar, kuch-qudratln, hukmdor yoki beklar avlodining farzandi, buyuk sardori, boshlig’i.
UMMON
Cheksizlik ma’nosida suvning nomi, tuganmas, bag‘ri keng, umri uzun, hayot yo‘li katta, ummondek ulkan, jo‘shqin.
ULUG‘MUHAMMAD
Ulg‘ayib yuksak martabalar sohibi bo‘lsin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llab yursin yoki Muhammad — buyukdir, muqaddasdir.
UMARQUL
Xalifa Umarning xizmatkori, ixlosmandi, quli.
ULUG‘BERDI
Ulug‘, ya’ni Alloh buyuk farzand ato qildi.
ULUG‘XON
Buyuk hukmron, podshoh yoki qar. Ulug‘ (Ulug‘ xon).
UMIDBEK
Orzu, umid qilingan, kutilgan yoki yashab ketishga umid qilingan bola.
UZOQMUROD
Umri uzoq, bo‘lib ulg‘ayib, murod-maqsadiga yetsin.
UMARBO‘LDI
Barhayot, turuvchi, yashovchi bola yoki Umar ismi berilgan bola yashaydi, turadi deb umid qilamiz.
UVAYSIDDIN
Dinning qudratli, sodiq ixlosmandi.
UMARBEK
Mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi.
UZOQMUHAMMAD
Umri uzoq bolani payg‘ambar qo‘llab yursin.

V harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

VALI
Eng yaqin do‘st, avliyo taqvodor. To‘g‘ririog‘i Abduvali. Valiulla ismlaridan. Allohning sifatlaridan biri.
VORIS
O‘rinbosar, merosxo‘r, otasining o‘rnini bosuvchi.
VAHHOB
Saxiy, jo‘mard, saxovatli, barcha nozu ne’matlarni ato etuvchi, ya’ni Allohi taolo. Asli: Abduvahhob.
VALIY
Aziz, muqaddas avliyo yoki karomat, bashorat qiluvchi.
VOIZ
Va’z aytuvchi, va’zgo‘y, diniy tariqat targ‘ibotchisi, notiq.
VALILULLOX
Allohning eng yaqin, qadrdoni. Allohning yaqin sirdoshi, taqvodor, avliyo. Bu nom xalifa Alining laqab (sifat)laridan biri bo‘lgan.
VAYS
Ko‘pchilikning vakili, ishonchli odam yoki Uvays ismining shakli, yohud, kuch, qudrat. Ba’zi manbalarda, “bo‘rining bolasi“ yoki ustod (shayx)dan tarbiya topgan shogird (bola).
VALIAHD
Hukmdorning, podshohning, xonning o‘rnini bosuvchi, merosxo‘r.
VOLIY
Hukmdor, podshoh, hokim.
VOHIDULLA
Allohning yakkayu yagonaligi yoki Allohning yagona, tengsiz bandasi.
VALIDULLA
Allohning eng yaqini, do‘sti yoki taqvodor, xudojo‘y.
VALIAHMAD
Ahmad (qar.), ya’ni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ulug‘ do‘st, muqaddas avliyodir yoki Muhammadning ulug‘ avliyo do‘sti.
VALIMUHAMMAD
Aynan: Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aziz, muqaddasdir yoki Muhammadning eng yaqin, sevimli do‘sti.
VOHID
Yakka, yolg‘iz, yakkayu yagona, odob-ahloqda barchaga namuna bo‘lib, o‘rnak olishga arziydigan, tanho. Bu nom Allohning sifatlaridan biri.
VOSIT
O‘rtada turuvchi, vositachi yoki chora topuvchi, sababkor.
VALISHER
Alloh (Vali)ning sherdek dovyurak, jasur bandasi yoki Vali (Alloh) qo‘llab yursin va sherdek dovyurak bo‘lsin.
VAFO
Vafoli, sadoqatli, sodiq, ishonchli; ota-onasini qadrlaydigan, hurmat-izzatini o‘rniga qo‘yadigan solih farzand.
VOQIF
Hamma narsadan xabardor, voqif, ya’ni bilimdon, donishmand.
VAKIL
Kafillik qiluvchi, kafolatli, ishonchli.
VALINUR
Vali (Alloh)ning nuri, mehri tushgan bola.
VALIYOR
Vali-ulug‘ avliyolar yor bo‘lsin yoki taqvodot, xudoj’oy hamrohi, yo‘ldoshi.
VAZIR
Yordamchi, ko‘makchi, oliy mansabdor yoki sog‘ ulg‘ayib vazirlarning obro‘-martabasiga ega bo‘lsin.
VALIKARIM
Saxovatlining, karamlining, ya’ni Allohning do‘sti, hamrohi.
VOSIF
Ta’riflovchi, madh etuvchi. Bu o‘rinda Allohga shukrona aytish, uni zikr qilish ma’nosida.
VALIAKRAM
Marhamatli, saxovatlining, saxiyning do‘sti yoki saxovatli avliyo, xudojo‘y.
VALIKARAM
Sahiyning, jo‘mard va saxovatlining, ya’ni Allohning do‘sti, yaqini.
VASLIDDIN
Dinning jamoli, yuzi, dinning kamoloti yoki dinning visoliga, diniy murodga, maqsadga intiluvchi bola.
VALID
Bola, o‘glon; nasl, avlod yoki yo‘ldosh, do‘st, o‘rtoq.
VASIL
aqin, ajralmas, doim vafodor do‘st yoki tuhfai in’om yoki vasliga yetishmoq, baxtli bo‘lmoq.
VAHOBIDDIN
Alloh in’om etayotgan barinki nozu-ne’matlarga shukronaligini namoyon etgan, dinga ixlosi kuchli hamda e’tiqodi baland, sadoqatmand inson.
VOIS
Asli: Voiz. Va’z aytuvchi. Va’zgo‘y, diniy tariqat targ‘ibotchisi, amri-ma’ruf, nahyi munkarga da’vat qiluvchi, notiq.
VALIMARDON
Jasur, dovyurak, erkaklarning do‘sti, hamdami.
VALIAKBAR
Ulug‘larning ulug‘I, muqaddas taqvodor zotlarning do‘sti.
VALIMAMAT
Valimuhammad ismining qisqargan shakli.
VOZID
Ochiq, oshkor, ravshan, nurli.
VASFIULLA
Allohning madh qiluvchi yoki Allohning madhi, shonu shuhrari.
VALIKELDI
Ota-onasiga do‘st, yo‘ldosh bo‘luvchi bola dunyoga keldi yoki muqaddas, aziz bola tug‘ildi.
VALITURDI
Sodiq, vafodor do‘sti tursin, yashasin.
VALIMULLA
Donolar, o‘qimishli, donishmandlarning do‘sti, hamdami bo‘lsin.
VASIYULLA
Allohning asdigan, saqlaydigan, ya’ni Alloh panohida bo‘lgan bola. Bu nom xalifa Alining laqabi bo‘lgan.
VOJID
Xohlagan narsasini topuvchi, yaratuvchi. Vojid nomi Allohning sifatlaridan biri.
VALIQURBON
Ali (Alloh) qurbon oyida bergan, ato qilgan bola.
VALIRASUL
Allohning elchisi. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sadoqatli do‘sti. Qar. Rasul.
VALIMIRZA
Eng yaqin do‘st, avliyo taqvodor. To‘g‘ririog‘i Abduvali. Valiulla ismlaridan. Allohning sifatlaridan biri.

X harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

XURSHID
Quyosh (oftob); g‘oyat go‘zal yohud jozibali, iqboli baland bola.
XAYRULLA
Allohning yaxshiligi, muruvvati, saxovati; Alloh bergan tuhfa, in’om.
XUSHNID
Mamnun, xursand, shod, farahli.
XURSAND
Shod, quvnoq, baxtiyor. Xursandchilik, tantana, bayramona, shodiyona. Hayotda doim xursand bo’lib yursin.
XUDOYOR
Alloh yor bo‘ladigan, qullab-quvatlaydigan bola.
XURSHIDBEK
Porloq quyosh, quyoshdek nur sochuvchi. Quyosh (oftob); g‘oyat go‘zal yohud jozibali, iqboli baland.
XALILULLA
Allohning sodiq do‘sti; vafodor xizmatkori yoki Alloh sevgan do‘st. Bu nom Ibrohim payg‘ambarning laqabi bo‘lgan.
XUSROV
Shonli, shavkatli; nomdor; podshoh, hukumdor yoki taskin beruvchi; shod, xursand.
XUDOYNAZAR
Allohning iltijolar (nazari) tushib erishilgan bola.
XUMOYUN
Buyuk qush, inson qilolmas ishlarni bajaruvchi, Boburmirzoning izdoshi, buyuk hukmdor.
XUSHNUD
Mamnun, xursand, shod, farahli.
XON
Podshoh, hukmdor, hokim, ya’ni ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi, elboshi bo‘lsin.
XALIL
Suyukli, sevimli, aziz, qadrdon, samimiy, sodiq do‘st; vafodor, sirdosh.
XUDOYBERDI
Alloh ato qildi; Allohning marhamati, tuhfasi.
XIDIR
Aynan: “Yashil“ rangli, Xizr — abadiy tiriklik, barhayotlik, omadlilik timsoli. Rivoyatga ko‘ra, hayot suvi bulog‘ini topib ichgan afsonaviy payg‘ambarning nomi. Shu uchun doimo barhayot deb hisoblanadi. U yo‘ldan adashganlarga, oshiqlarga yo‘l ko‘rsatuvchi, rahnamo deb hisoblanadi. Xidirning pok, pokiza, pardali (niqobli) ma’nolari ham bor.
XISRAV
Mashhur, donddor; nomdor; hukmron, podshoh.
XURSANDBEK
Xursandchilik, tantana, bayramona ismi beklar sulolasasiga mansub.
XAYRIDDIN
Dinning saxovati, himmati yoki saxovatli, himmatli dindor, xayru saxovatpesha himmatli din namoyandasi.
XUSHBAXT
Baxtli yigit, hush ko’rilgan inson, baxtiyor, saodatmand.
XUDOYQUL
Allohning bandasi, quli.
XUDOYSHUKUR
Farzand uchun Allohdan minnatdormiz, unda shukuronalar aytamiz.
XOLID
Abadiy, mangu turadigan, yashab ketadigan, umri uzoq bola yoki qiz.
XUZAYFA
Sahobaning ismi.
XUSNIDDIN
Dinning chiroyli, ko‘rki yoki dinning go‘zal farzandi.
XURRAM
Hamisha shod-hurram, hushchaqchaq, hushbaxt, shodon, hayotdan baxra oluvchi, g‘amgin bo‘lmagan, doim kulib turuvchi.
XOLIQ
Yaratuvchi, bunyod etuvchi, ijod qiluvchi, hal qiluvchi. Bu nom Allohi Taoloning sifatlaridan biridir.
XOTAM
Xotam so’zi uzuk degan manoni beradi va saxiylik, mexribolik belgisi hamdir.
XO‘JA
Aynan: Xo‘jayin, sohib, janob; muallim, ustoz.
XAYRULLOH
Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi.
XOLMUROD
Badanida xoli bilan tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
XUDOYBERGAN
Alloh ato qilgan, tuhga qilgan bola.
XURSANDQUL
Allohning o‘z taqdiridan mamnun, shodon, baxtiyor bandasi.
XISLAT
Fazilatli, yaxshi xislatli; qadrli, qimmatli.
XATIFULLA
Allohning zikr qiluvchi, xudo yo‘liga chorlovchi bola, va’zxon.
XURSANDALI
Shodon, baxtiyor bo‘lib o‘ssin va Ali o‘z panohida asrasin.
XOLDOR
Badanida xol bilan tug‘ilgan bola, xolli bola.
XONSULTON
Ham xon, ham sultonlardek yuksak martabalarga munosib bola yoki qar. Xon va Sulton.
XONMUHAMMAD
Yuksak martabali o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
XOLSAID
Xosiyatli, baxtli xol bilan tug‘ilgan bola.
XONTEMIR
Baland martabali o‘g‘il temirdek mustahkam bo‘lsin.
XOLDORBEK
Beklar (aslzodalar) avlodidan bo‘lgan xolli bola.
XUSHNUR
Xush kayfiyat inson, chehrasi nurli, yorqin, istarasi issiq, dilkash.
XO‘JAMUROD
Xo‘ja, eshon (avliyolar) yetkazgan, maqsad.
XOLMO‘MIN
Xol bilan tug‘ilgan mo‘min-qobil, musulmon bola.
XUSHVAQT
Shodon, baxtiyor, quvnoq bola yoki yaxshi payt, qutlug‘ kunda tug‘ilgan bola.
XOLMUHAMMAD
Badanida xol bilan tug‘ilgan o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) oxiratda shafoat qilsinlar yoki xosiyatli xol bilan tug‘ilgan bola.
XUSHBEK
Beklar avlodiga mansub, munosib bola.
XONBEK
Beklar, xonlar avlodiga mansub bola ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
XOLBEK
Beklar avlodiga mansub xoldor, xolli bola.
XOLBOY
Xolli bola, ulg‘ayib boy, badavlat bo‘lsin.
XUDOYNUR
Allohning nazari (nuri), qudratidan paydo bo‘lgan bola yoki Alloh bergan qut, baxt.
XAYRIMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning himmati, saxovati, ya’ni tuhfasi.
XURSANDXO‘JA
Xo‘jalar avlodidan bo‘lgan quvnoq, baxtiyor bola.
XAYRIISLOM
Islomning muruvvati, himmati, tuhfasi.
XOLTO‘RA
Xoli bilan tug‘ilgan, aslzodalar nasliga mansub bola.
XUSHNOR
Xol (qizil xol) bilan tug‘ilgan shodon, baxtiyor bola yoki xosiyatli xoli bor bola.
XOLIQNUR
Xoliqning, ya’ni Alloh mehri, nuri bilan yaralgan bola yoki Xoliq (Alloh) bergan yorug‘lik, baxt, saodat.
XURRAMBEK
Beklar avlodiga mansub shodon, baxtiyor bola.
XOLMIRZA
Xol bilan tug‘ilgan o‘g‘il ulg‘ayib mirzolardek kelishgan, bilimdon dono, o’qimishli,savodxon bo’lib yetishsin.
XUSHNIYOZ
Iltijolar qilib so‘rab olingan bola shodon, baxtiyor bo‘lsin.
XOLAHMAD
Xol bilan tug‘ilgan bolani Ahmad (qar.), ya’ni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
XIDIRNAZAR
Xizr iltifot qilib, nazari tushib erishilgan bola. Xizr nazar qilgan umri uzoq va badavlat bola.

Y harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

YASIN
Iymonli, e’tiqodli bo‘lsin, din yuragida bo‘lsin ma’nosida ham qo‘yiladi. Qur’oni Karimda keltirilgan «Yosin» surasiga (Qur’onning yuragi) nisbat olib qo‘yilgan.
YUSUF
Muhammad — maqtovga, olqishlarga sazovor. Muhammad payg‘ambar (Muhammad ibn Abdulloh, 570 yoki 571 Makka — 632, Madina)ning ismi. Muhammad payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) Allohning eng yaqin do‘sti, so‘nggi dunyoga kelgan, kamtarin payg‘ambardir. Yusuf — qadimiy yahudiycha nom, Iosifning (Ya’qub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi Sharqda go‘zallik, xushro‘ylik timoslidir.
YOQUB
Aynan: «izidan boruvchi», sabotli, matonatli, irodali, intintiluvchan, tirishqoq; qaytmas, jasur. Qar. Ya’qub. Yoqub — Ilyos Qur’onda Allohning payg‘ambarlaridan biri.
YASHNAR
Gullab-yashnaydigan, umri barq uruvchi, barhayot bo‘luvchi, hayot ummonida to‘lib toshuvchi, barchaga yaxshilik istovchi.
YA’QUB
O‘kcha tovon, izidan boruvchi, ergashuvchi. Bibliyadagi afsonaga ko‘ra, egizak bola tug‘ilgan bo‘lib, ikkinchisi birinchi tug‘ilgan akasidan qolib ketmaslik uchun tovodidan ushlab yurgan emish. Bu nom payg‘ambarlardan biri ismi (Yakov)ning arabcha shaklidir. U Yusuf (qar.) ning otasi hisoblanadi.
YIGITALI
Ulg‘ayib navqiron yigit bo‘lsin va Hazrati Alidek kuchli, mard, qo‘rqmas, iymonli, e’tiqodli bo‘lsin. Fotimaning eri payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning amakivachchasi va kuyovining ismi bo‘lgan.
YAKSHANBA
Yakshanba kuni tug‘ilgan bola.
YO‘LDOSHALI
Ota-onasiga hamroh, esh bo‘lib yursin va Ali o‘z panohiga olsin yoki Alining hamrohi, yo‘ldoshi, Alining himoyasi, panohidagi bola.
YOLQIN
O‘t yolqini kabi nurli, ravshan, otashin.
YASHAR
ashaydigan, barhayot bo‘ladigan, umri uzoq va barakali bo‘ladiga bola. Yer turgunicha tursin degan niyatda.
YURSINALI
Sog‘u omon yursin va Ali o‘z panohida asrasin.
YAHYO
O‘ta sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi.
YAMIN
O‘ng qo‘l, o‘ng tomon (taraf) yoki kuchli, qudratli, baquvvat, pahlavon.
YO‘LDOSH
Otasi yoki akalariga esh, hamroh, yelkadosh, madadkor bo‘lib yursin, yaqinlariga mehr-muruvvatli, oqibatli bo‘lsin yoki yo‘lda, safar vaqtida tug‘ilgan inson.
YODGOR
Tug‘ilgandan keyin ota (yoki onasi) vafot etgan, ulardan esdalik, yodgor bo‘lib qolgan farzand.
YORMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning hamrohi, do‘sti yoki Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) yor bo‘lsin, qo‘llab yursin.
YO‘LBARS
Yo‘lbars (arslon) kuchli, qudratli, baquvvat, qo‘rqmas, yengilmas, zo‘r, shijoatli, qaytmas, irodali.
YILDIRIM
Yashin, chaqmoq, momaqaldiroq payti tug‘ilgan bola.
YAZID
Alloh, Tangri, Haq taolo, xudo. Asli: Ezidbaxsh, Eziddiyor.
YOLCHIN
Sayr, sayohat chog‘ida, yo‘lda tug‘ilgan bola yoki yolli, yoldor, ya’ni dovyurak bola.
YUNUS
Iona, Ionis — kaptar. kabutar. Yunus payg‘ambarning ismlari.
YIGIT
Aynan: o‘smir, navqiron; sog‘ ulg‘ayib katta yigit bo‘lsin.
YORQIN
Hayoti (kelajagi) porloq, nurga to‘la bo‘lsin yoki mehrli, shavkatli, muruvvatli, samimiy, ko‘ngli ochiq bola.
YORBEK
Beklar nasliga mansub bola. Oiladagilarga hamroh, yo‘ldosh bo‘lib o‘ssin.
YO‘LCHI
Hamroh, do‘st, esh yoki yo‘l ko‘rsatuvchi, to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi; boshliq, sarkor yoki yo’lda tug’ilgan.
YAHYOQUL
Yahyo payg‘ambarga tobe, uning sodiq xizmatkori.
YELDIRIM
Charmoq (yashin, momaqaldiroq) payti tug‘ilgan bola yoki hayoti charmoqdek yorqin va nurli bo‘lsin.
YOG’DUBEK
Yorug’lik tarqatuvchi, shul’a, nur ulashuvchi.
YODGORQUL
Vafot etgan otasidan yodgor bo‘lib qolgan bola (Yodgor qul).
YUZERSIF
Yusuf payg’ambarimizning ikkinchi ismlaridur.
YUSUFXO‘JA
Qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari.
YOZMUHAMMAD
Yozda tavallud topgan va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) qo‘llovchi bola yoki eht.: Niyozmuhammad (qar.)
YUNUSXON
Iona, Ionis — kaptar. kabutar. Yunus payg‘ambarning ismlari.
YONDIRBEK
Olovdek yorqin, eli uchun yonib yashovchi farzand.
YUSUFMUROD
Yusufdek chiroyli o‘g‘il ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
YUNUSALI
Iona, Ionis — kaptar. kabutar. Yunus payg‘ambarning ismlari.
YUSUFKELDI
Yusufdek go‘zal o‘g‘il tug‘ildi.
YUSUFBEK
Qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari.
YODGORXO‘JA
Vafot etgan otasidan yodvor bo‘lgan qolgan va xo‘jalar avlodiga mansub bola.
YUSUFJON
Qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari.

Z harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

ZUBAYR
Kuchli, qudratli, aqilli, dono, idrokli, zehnli, baquvvat, bilagida kuchi bor. Abu Abdulloh az-Zubayr ibn Avvam al-Kurashi (594 — 656) — payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning amakivachchasi ( Safiya payg‘ambarning xolasining o‘g‘li) va xalifa Ali, shuningdek Xadichaning jiyani.
ZAFAR
G‘olib, muzaffar, yengilmas, zafar quchuvchi, g‘alabaga erishuvchi, kuragi yerga tegmagan; baxtli, saodatli, iqboli porloq, to’lei baland.
ZUHRIDDIN
Dinning g‘olibligi yoki dinning g‘olib kishisi, muzaffari, qo‘li ustun keluvchisi.
ZUFAR
G‘olib, muzaffar, yengilmas; yo‘lboshchi, sarkor.
ZIYOD
Umri ziyoda, farovon, to‘kinlikda, to‘qchilikda bo‘lsin yoki badanida qandaydir ortiqcha belgisi, ortig‘i, holi bilan tug‘ilgan bola.
ZULFIQOR
Zulfiqor (arab. — teshib o‘tuvchi, o‘tkir) — Muhammad sallohu alayhi vasallamning ikki uchli qilichi. Badr jangida qo‘lga tushirgan. Arabistonda mashhur qilich bo‘lgan. U Muhammad sallohu alayhi vasallamdan oldin makkalik Munabbih ibn Hajjojga tegishli edi. Muhammad sallohu alayhi vasallamdan keyin hazrat Aliga, so‘ngra esa xalifalarga o‘tgan. Islom an’anasida uchi sehrli deb hisoblanadi. Xususan u uzayishi yoki qisqarishi mumkin edi.
ZAYNIDDIN
Dilning ko‘rki, bezagi, chiroyi, go‘zalligi, diniy nafosat yoki dinning ko‘rki, go‘zal husni bo‘luvchi bola.
ZAYNOBIDDIN
Dinning go’zalligi.
ZIKRIYA
Zakariyo ismining qirg‘izcha shakli bo‘lib, Allohga itoat etguvchi ma’nosida. Payg‘ambarlarimizdan birining nomi bo‘lgan.
ZUHAYR
Yorqin, nurli, porloq, ravshan, ko‘rkam, istarali, hayot yo‘li nurli, umri porloq, yulduzi yorqin bo‘lsin.
ZULFUQOR
Ikki tigli o’tkir qilich ma’nosida keladi.
ZIKRILLA
Allohning yodi, xotirasi; Allohni eslovchi, yoz etuvchi kishi; xudojo‘y.
ZEHNIDDIN
Zehnli, aqlli, xushmuomala, zukko, mehribon, salohiyatli.
ZOID
Ustuvor, buyuk, yuksak turuvchi yoki umri ziyoda, uzun bo‘lsin.
ZIYO
Nurli, ravshan, yorqin yoki baxtli, tolei baland yoki “ziyo“ so‘zi bilan boshlanadigan qo‘shma ismlar (Ziyobuddin, Ziyoali, Ziyodulla).
ZOHID
Dindor, iymonu e’tiqodli. Xudojo‘y, taqvodor, tarki dunyo qilgan. Asli Zohidulla, Zohiddin.
ZOKIR
Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi, eslovchi, xotirlovchi, ya’ni Allohga sig‘inuvchi, itoat qiluvchi solih banda.
ZOIR
Ziyoratchi, muqaddas (ilohiy) joylarga sig‘inuvchi. Eht.: Zohir ismining o‘zgargan shakli.
ZIYODULLA
Alloh bergan ehson, ne’mat, tuhfa. Alloh umrini uzoq qilib bergan bola.
ZAMIR
Yurak, qalb, vijdon. Insofli, e’tiqodli, qalbi pok, vijdoni kuchli, adolatli, nohaqlikni yomon ko‘ruvchi.
ZIYOVUDDIN
Dinning nuri, yog‘dusi, din mash’ali yoki dinning muruvvati, ko‘magi tufayli erishilgan bola.
ZIKRIYO
Allohni eslovchi, xotirlovchi, ulug‘lovchi; darvesh, qalandar.
ZIKRULLO
Allohni doimo zikr etuvchi, tangri taolo yo‘lida yaxshi amallar bajaruvchi inson.
ZIKIR
Yodlash, xotirlash. So‘fiylar, darveshlarning Allohni yodga olib zikr tutishi.
ZIYOMIDDIN
Dinning boyligi, davlati yoki dinning boy, badavlat kishisi.
ZAKARIYO
Zaahariya — Allohni yodda tutuvchi, Allohni xotir qiluvchi yoki er, mard, jasur. Zakariyo payg‘ambar AS ismlari (Zakariyo ibn Azon).
ZOHIR
Nurli, ravshan, porloq, yoki ko‘makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor.
ZARIF
Pokiza, fahm-farosatli, beg‘ubor, benuqson, nozik ta’b, o‘tkir aql sohibi, ziyrak, dono, ziyoli.
ZABIHULLA
Allohga atalgan, sadaqa qilingan o‘g‘il. Allohga o‘zini bag‘ishlagan bola.
ZAKARIYA
Zaxariya — Allohni yodda tutuvchi, Allohning xotirasi yoki er, mard, jasur. Allohni zikr qilguvchi.
ZAHIRIDDIN
Nurli, ravshan, chehrasidan nur yog‘iluvchi yoki dinning posboni, himoyachisi.
ZINNAT
Ziynatlangan, zebu ziynatlarga burkangan; go‘zal, kelishgan.
ZIYOUDDIN
Dinning nuri, mash’ali. Bu nom o‘rta asrlarda ba’zi hukmron va ruhoniylarning faxriy laqabi bo‘lgan.
ZAYNABIDDIN
Dinning go‘zalligi, diniy nafost yoki dinning ko‘rkli farzandi.
ZULQAYNAR
Aynan: Qo‘sh muguzli. Bu nom makedoniyalik Iskandarning laqabi bo‘lgan yoki ikki shohli toj kiygan, ya’ni g‘arb va Sharq hukmdori.
ZARSHID
Zardek yorqin bola, boylik egasi.
ZUHUR
Paydo bo‘lish, yuzaga kelish.
ZAYDBEK
Alloh ato qilgan va beklar nasliga mansub bola.
ZOKIRULLA
Allohni eslovchi, uni madh qiluvchi bola.
ZAFARXO‘JA
Xo‘jalar naslidan bo‘lgan baxtli, toleli baland bola.
ZO‘RMUHAMMAD
Kuchli, qudratli bo‘lib o‘ssin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin yoki Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning qudrati, irodasi bo‘lgan bola.
ZIYODJON
Nurli, yorqin, ya’ni saodatli, iqbolli bola.
ZABUR
Yozilgan, bitilgan. Dovud payg‘ambarning diniy kitobi nomi.
ZORMUHAMMAD
Zorlanib, tilab olingan bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohiga olsin.
ZA’FARON
Za’faron guldek ko‘rkam yoki yoqut toshdek qimmatli, nurli.
ZULFIDDIN
Dinning jingalak sochli, xudojo‘y farzandi.
ZOKIRIYO
Allohni yodga oluvchi, uning zikri (yodi) bilan yashovchi bola.
ZAHIRULLA
Allohning nuri, yog‘dusi yoki Allohning panohida bo‘lgan bola.
ZURRIYODBEK
Avlodimning yani zuryodimning davomchisi degan manoni anglatadi.
ZAHIRULLOH
Allohning nuri, yog‘dusi yoki Allohning panohida bo‘lgan bola.
ZAVQIDDIN
Din beruvchi shavq, lazzat, shodlik yoki dinning huzur-halovatli farzandi.
ZABARDAST
Kuchli, qudratli, baqquvat, kuchli, pahlavon; mohir, uddaburon.
ZOBIT
Zabt etuvchi, boshqaruvchi; hokim hukmdor yoki xushyor, sergak bola.
ZOHIDDIN
Dining haqiqiy, sodiq muxlisi; avliyo, taqvodor.
ZAYNULISLOM
Islomning bezagi, ko‘rki.
ZAMONXO‘JA
Davrining xo‘jalar nasliga mansub bo‘lgan munosib farzandi.
ZAYFULLA
Alloh yuborgan mehmon, Alloh ato qilgan bola.
ZAYNULLA
Allohning go‘zal, ko‘hlik bandasi.
ZOKIRXO‘JA
Xo‘jalar naslidan bo‘lgan xudojo‘y, dindor bola.
ZOHIRXO‘JA
Xo‘jalar avlodiga mansub, baxtli, iqbolli bola.
ZOHIDNUR
Muqaddas, ezgu, nur; Allohning mehri, muruvvati.
ZOHIRBEK
Nurli, ravshan, porloq, yoki ko‘makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor.
ZOHIRJON
Nurli, ravshan, porloq, yoki ko‘makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor.
ZAMONMIRZA
Davrining o‘qimishli, martabali o‘g‘li.
ZIYOAHMAD
Ahmadning (Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)) nuri, ziyosi. Sol: Ziyomuhammad yoki Muhammadning muruvvati, tuhfasi.
ZIYODBEK
Umri ziyoda, farovon, to‘kinlikda, to‘qchilikda bo‘lsin yoki badanida qandaydir ortiqcha belgisi, ortig‘i, holi bilan tug‘ilgan bola.
ZOHIRIDDIN
Nurli, ravshan, porloq, yoki ko‘makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor.
ZIKRIYOQUL
Allohni xotirlovchi, Alloh yodi bilan yashovchi.
ZIYOBEK
Nurli, ravshan, yorqin yoki baxtli, tolei baland yoki “ziyo“ so‘zi bilan boshlanadigan qo‘shma ismlar (Ziyobuddin, Ziyoali, Ziyodulla).
ZUHRULLA
Allohning aniq namoyon bo‘lishi; Alloh qudratining nayomon bo‘lishi.
ZARIFXO‘JA
Pokiza, fahm-farosatli, beg‘ubor, benuqson, nozik ta’b, o‘tkir aql sohibi, ziyrak, dono, ziyoli.
ZOKIRMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ni yod etuvchi, eslovchi bola yoki xudojo‘y o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
ZOHIRMIRZA
Nurli, ochiq chehrali va o‘qimishli, martabali bola.
ZULQADAR
Baxtli, saodatli, baxtiyor.
ZOHIRNUR
Nurli, ravshan, porloq, yoki ko‘makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor.
ZOHIRBEK
Nurli, ravshan, porloq, yoki ko‘makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor.

O’ harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

O‘TKIR
Keskir; mohir, aqilli, zakovatli, o‘tkir. Bilimli, zehnli, ilmli. Dono, ziyrak bola.
O‘ROL
Tug‘ilganida o‘ralib tushgan , jingalak sochli yoki to‘ng‘ich, birinchi farzand yohud baxtiyor, shodon, saodatli bo‘lsin.
O‘ROZXOL
Xol bilan tug‘ilgan baxtli, saodatli bola yoki ro‘za oyida tug‘ilgan saodatli bola.
O‘ZBEK
O‘zbek bolasi, farzandi yoki ulg‘ayib o‘ziga o‘zi bek, erkin, ozod, hurram bo‘lib yursin. Oltin O‘rda xonining ismi.
O‘G‘LON
Yosh bola, o‘g‘il bola, botir, mard yoki podshohzoda. Shakllari: o‘glonboy, o‘glonoy, o‘glonxon.
O‘GABEK
Beklar boshlig‘I, rahbari yoki og‘asining nomi berilgan beklar nasliga mansub bola.
O‘GAMUHAMMAD
Og‘asi ismi berilgan bolani payg‘ambar qo‘llasin.
O‘RTOQ
Otasiga yoki o‘zidan oldingi bolalarga hamdam, esh bo‘lib yursin.
O‘ROZJON
Ro‘za (o‘roza) oyida tug‘ilgan jondek aziz, qadrli boa yoki jondek aziz, baxtiyor bola.
O‘KTAM
Mehr-muruvvatli, g‘amxo‘r, mehribon, oqibatli yoki mag‘rur, viqorli, mustaqil, erkin, tobe bo‘lmagan qiz.
O‘ROZ
Baxtli, saodatli, to’lei baland, iqboli porloq, omadli, peshonsi yorug‘ yoki ro‘za (o‘roza) ramazon oyida tug‘ilgan bola.
O‘RINBOY
Umri uzoq, baxtli-taxtli, hayoti barokatli bo‘lsin. Hayot yo‘li bardavom davom etsin.
O‘LPON
O‘tmishda yer solig‘i. Ismlik ma’nosi noma’lum. Eht.: Turmagan farzandlar evaziga to‘lab berilgan bola.
O‘ZIL
Sog‘ ulg‘aysin, bo‘ylari cho‘zilib katta yigit bo‘lsin.
O‘RINJON
Avvalgi turmagan bola(lar) o‘rniga berilgan jondek aziz erka bola.
O‘LMAS
O‘lmaydi, umri uzoq bo‘ladi deb umid qilingan bola, umri ziyoda barakali bo‘lsin.
O‘RIN
Turmagan bolalar o‘rniga, evaziga berilgan bola yoki o‘rinbosar.
O‘G‘ILBOY
Er bola, dovyurak, mard yigit bo‘lsin.
O‘ROQ
Ekin o‘rog‘I paytida tug‘ilgan bola yoki o‘roqdek o‘tkie, keskin, uzoq umrli bo‘lsin, yohud kindigi o‘roq bilan kesilgan bola.
O‘ROZMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ato qilgan baxt, saodat yoki ro‘za oyida tug‘ilgan bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
O‘ROZBOY
Baxtli, saodatli, to’lei baland, iqboli porloq, omadli, peshonsi yorug‘ yoki ro‘za (o‘roza) ramazon oyida tug‘ilgan bola.
O‘ROZTOJ
Xolli bo‘lib tug‘ilgan qutli bola yoki xosiyatli xolli bola.
O‘ZJON
Jondek aziz, qadrli, suyukli hamda hur, erkli bola.
O‘SARALI
O‘ssin, ulg‘aysin va Ali o‘z panohida asrasin.
O‘RINNIYOZ
Avvalgi turmagan bolalar o‘rniga o‘tinib so‘rab olingan bola yoki avvalgi vafot etgan farzandlar o‘rniha berilgan tuhfa, sovg‘a.
O‘RINMUROD
Turmagan bola(lar) evaziga berilgan o‘g‘il murod-maqsadiga yetsin.
O‘RINBADAL
Avvalgi turmagan bolalar evaziga berilgan bola.
O‘ZBEKXON
O‘zbek bolasi, farzandi yoki ulg‘ayib o‘ziga o‘zi bek, erkin, ozod, hurram bo‘lib yursin. Oltin O‘rda xonining ismi.
O‘SKIN
O‘ssin, ulg‘aysin, umri uzoq bo‘lsin yoki o‘ssin, yuksalsin.
O‘ZBEKBERDI
Alloh go‘zal hamda hur, erkli o‘g‘il ato qildi.

G’ harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

G‘ULOM
O‘tmishda hukmronlar saroyidagi yosh xizmatkor; «G‘ulom» so‘zi bilan boshlangan qator qo‘shma ismlarning (G‘ulomali, G‘ulomiddin) eq. shakli.
G‘ANI
Boy, badavlat, ehtiyojsiz, o‘ziga to‘q; taniqli, mashhur, nomi chiqqan; sherdek dovyurak, kuch-qudratli. Asli: Abdug‘ani. Allohning sifatlaridan biri.
G‘OLIB
Yengilmas, muzaffar, doim yenguvchi, yutuqqa, g‘alabaga, muvaffaqiyatga erishuvchi bola.
G‘OZI
Din uchun jangda g‘olib chiquvchi; dinning muzaffar, yengilmas jangchisi.
G‘AFFOR
Kechiruvchi, avf etuvchi; rahmdil, mehribon, shafqatli. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir.
G‘UFRON
Kechirilgan, begunoh, pokiza bola.
G‘ULOMNAZIR
Nazirning (azoblardan ogohlantiruvchining), ya’ni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning quli.
G‘ULOMQODIR
Qodirning (qudratlining, barcha narsaga layoqatlining), ya’ni Allohning quli. Qar. Abduqodir.
G‘ANIQUL
Allohning boy, davlat bandasi.
G‘ULOMHAYDAR
Haydar (arslon)ning, ya’ni xalif Alining quli.
G‘OYIBBERDI
Ko‘zga ko‘rinmaydigan, ya’ni Alloh ato qilgan bola.
G‘ULOMNABI
Nabining (Alloh elchisining), ya’ni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning quli.
G‘ULOMIDDIN
O‘tmishda hukmronlar saroyidagi yosh xizmatkor; «G‘ulom» so‘zi bilan boshlangan qator qo‘shma ismlarning (G‘ulomali, G‘ulomiddin) eq. shakli.
G‘ANISHERXON
Jasur, bahodir bola, xon, aslzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak yoki sherlarning sheri, hukmdori, ya’ni bahodirlarning sardori.
G‘IYOS
Yordam, ko‘mak, suyanch; yordamchi, suyanchiq, ishongan tog‘, qo‘llovchi, ko‘maklashuvchi.
G‘AFUR
Gunohlarni kechiruvchi, rahmdil, marhamatli, mag‘firatli. Bu nom Allohning sifatlaridan birdir. Asli: Abdug‘afur.
G‘AYBULLA
Sirli, ko‘zga ko‘rinmaydigan, ya’ni Alloh bergan tuhfa, ehson yoki Allohning siru asrorlari, Allohning mo‘jizasi. Bu nom Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) sifatlaridan biri bo‘lgan.
G‘OYIB
Ko‘rinmaydigan, yashiringan, maxfiy.
G‘ULOMMAHMUD
Mahmudning (qar.), ya’ni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning quli.
G‘IYOSMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning yordami, ko‘magi bilan topilgan bola.
G‘IYOSIDDIN
Yordam, ko‘mak, suyanch; yordamchi, suyanchiq, ishongan tog‘, qo‘llovchi, ko‘maklashuvchi.
G‘ULOMXO‘JA
O‘tmishda hukmronlar saroyidagi yosh xizmatkor; «G‘ulom» so‘zi bilan boshlangan qator qo‘shma ismlarning (G‘ulomali, G‘ulomiddin) eq. shakli.
G‘AYRAT
Serharakat, shijoatli, tolmas, gʻayratli, mehnatsevar, intiluvchan, oʻtkir, peshqadam bola boʻlsin.
G‘AVVOS
Yordamchi, ko‘kamchi, qutqaruvchi.
G‘AFFORBERDI
Kechiruvchi, rahmdil, ya’ni Alloh ato qildi.
G‘OYIBKELDI
G‘oyib, ya’ni Alloh ato qilgan bola dunyoga keldi, tug‘ildi.
G‘OYIBNAZAR
Ko‘zga ko‘rinmaydiganning, ya’ni Allohning nazari tushgan bola.
G‘ULOMBOY
O‘tmishda hukmronlar saroyidagi yosh xizmatkor; «G‘ulom» so‘zi bilan boshlangan qator qo‘shma ismlarning (G‘ulomali, G‘ulomiddin) eq. shakli.
G‘ANISHER
Boy, badavlat, ehtiyojsiz, o‘ziga to‘q; taniqli, mashhur, nomi chiqqan; sherdek dovyurak, kuch-qudratli. Asli: Abdug‘ani. Allohning sifatlaridan biri.
G‘ANIAKBAR
Boy, badavlat, ehtiyojsiz, o‘ziga to‘q; taniqli, mashhur, nomi chiqqan; sherdek dovyurak, kuch-qudratli. Asli: Abdug‘ani. Allohning sifatlaridan biri.
G‘AFIL
Beg‘am, g‘amsiz, baxtiyor.
G‘IYOSXO‘JA
Yordam, ko‘mak, suyanch; yordamchi, suyanchiq, ishongan tog‘, qo‘llovchi, ko‘maklashuvchi.
G‘ULOMMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning quli.

SH harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

SHOHRUX
Shohlar avlodidek viqorli, kelishgan, chiroyli yoki shaxmatdagi shoh figurasi ruhi (ladya, to‘ra). Rivoyatga ko‘ra, Temur shaxmat o‘ynab o‘tirganida o‘g‘li tug‘ilganini eshitadi va unga Shohrux deb ism beradi.
SHAHZOD
Shohlar nasliga mansub bola, podshoh o‘g‘li, boy. Zodagon, sardor, hukmron va qirollardek savlatli, viqorli, obro‘-e’tiborli.
SHAHRIYOR
Buyuk podshoh, shohlar shohi, shohanshoh.
SHAVKAT
Shon-sharafli, shuhratli, dong‘i olamlarga yoyilgan, kuchli, qudratli, irodali, zabardast, kuch-g‘ayratli, shijoatli.
SHAMSIDDIN
Dinning quyoshi, yog‘dusi, porloq vakili, din nurini tarqalishiga hissa qo‘shuvchi.
SHERALI
Shiit musulmaonlar halifa Alini jasurligi uchun «Alloh sheri» deb atashgan yoki farzand Alidek sherdek jasur, qo‘rqmas, dovyurak bo‘lsin ma’nosida.
SHAROFIDDIN
Dinning salobati, ulug‘vorligi, buyukligi, viqori.
SHUKRULLO
Allohga shukr aytuvchi, bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar bo’lsin.
SHERDOR
Sherlarning sardori, yo’lboshchisi, kuchlilarning kuchligi, dovyuraklarning dovyuragi.
SHAFOAT
O‘rtada turib vositachilik qiluvchi, himoya qiluvchi.
SHOYAD
O‘lmasdan, yashab ketsa ajab emas, yashaydi deb umid qilamiz. Hadeb farzandlari nobud bo‘lavergan oilalarda navbatdagi bolaga beriladigan nom.
SHOH
Podshoh, sulton yoki Tangri, Alloh yoki eng yuksak, eng mo‘tabar.
SHER
Aynan: Arslon, arslondek dalir, jasur, qahramon yoki sanskircha: sher-tosh, ya’ni mustahkam, mahkam.
SHUNQOR
Lochin; dovyurak, jasur, chaqqon.
SHOHJAHON
Jahonga shoh degan ma’noni anglatadi, ammo bu ism islom dinida nojoiz hisoblanadi, chunki dunyoning hukmdori yolg‘i Alloh.
SHOHRUZ
Ulug‘, yaxshi, saodatli kun degan ma’noni anglatadi, ya’ni Shohruz saodatli, ulug‘ kunda tug‘ilgan, har bir kuni ajoyib deganidir. Podshohlardek obro‘li bo‘lsin.
SHERZOD
Aynan: Sher bolasi, ya’ni dovyuraklar, jasurlar, azamatlar, qo‘rqmas botirlar avlodidan bo‘lgan bola.
SHAMSHOD
Mangu, doimo yam-yashil bo‘lib turuvchi shamshod daraxtidek baquvvat; kuchli, jasur, qo‘rqmas, azamat.
SHAHOBIDDIN
Yorug‘, porloq, chaqnoq yulduz, dinning nurli, zulmatni yorituvchi yorug‘ yulduzi. Dindor, din vakili ham demakdir.
SHARIF
Ilohiy, muqaddas, sharafli, aziz, e’zozli yoki toza, pokiza, vijdonli.
SHOHZAMON
Davr hukmdori, davr podshohi.
SHOHINUR
Ma’nosi shohlar shohi, nur tarqatuvchi, nurli.
SHOHNUR
Shohlar kabi adolat nuri bilan odamlarni yaxshilikka yetaklovchi.
SHOMANSUR
G‘olib, muzaffar, yengilmas, omadli, jasur, mard, qo‘rqmas.
SHODIYOR
O‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin.
SHAHDIYOR
Shahdidan qaytmaydigan, mard, dovyurak, lochindek o’tkir, butun olamni egallaydigan inson.
SHAYXMUHAMMAD
Aynan: Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) diniy rahbar, boshliq, din sardoridir yoki qar. Shayx va Muhammad.
SHAMSINUR
Quyosh nuri yoki Nur (qar.), ya’ni Allohning mehri, muruvvati.
SHAHRAM
Shoh askari, shohni qo‘riqlovchi, Sosoniylar davridagi qal’a Vizantiya imperiyasiga qarshi turgan.
SHAHBOZ
Aynan: shunqor, lochin, ya’ni dovyurak, mard; chaqqon, sezgir, shiddatkor, qudratli bo‘lsin.
SHUHRAT
Dovrug‘li, mashhur, nomi chiqqan, elga tanilgan, obro‘li, e’tiborli, shonli, iftixorli, shonu-shavkatli, sharafli.
SHAHRUZ
Shahro‘za — ro‘za payti (oyida) tug‘ilgan aslzoda bola. Shahruz saodatli, ulug‘ kunda tug‘ilgan, har bir kuni ajoyib deganidir. Podshohlardek obro‘li bo‘lsin.
SHOKIR
Allohga shukrlar qiluvchi, tangri (yaratgan) dan minnatdor bola yoki farzand berganiga Allohga shukrlar qilamiz, minnatdormiz.
SHERBEK
Beklar avlodiga mansub bo‘lgan sherdek dovyurak, botir, qo‘rqmas, jasur, botir.
SHERMUHAMMAD
Sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHUKUR
Qanoat , sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor. Asli: Shukulla, Shukuriddin (qar.).
SHOXZAMON
Shox hamda zamon uyg‘unlashgan holda paydo bo‘lgan ism. Amirlardek savlatli, aqilli, dono. Shuningdek, har bir o‘tgan vaqtdan unumli foydalanadigan inson bo‘lsin.
SHOXISLOM
Dunyodagi pok va halol din Islom dini shohi ya’ni podshohi.
SHAHOB
Nurli, nurli yulduz; to‘q qizil, qirmizi yog‘du sochuvchi.
SHOHID
Go‘zal, kelishgan, suyukli. Asli: Shohiddin, Shohidulla (qar.)
SHUKURULLA
Farzandli bo‘lganimiz uchun shukrona aytamiz.
SHAMSIR
Tig‘ (shamshir) dek mustahkam va o‘tkir yigit bo‘lsin.
SHERJAHON
Aynan: Olamning sheri, ya’ni dunyodagi eng dovyurak, qo’rqmas, qudratli bola.
SHOKARIM
Qar. Sho va Karim yoki Karim (qar.), ya’ni Alloh bergan o‘g‘il ulg‘ayib baland martabalar sohibi bo‘lsin.
SHOHISULTON
Sultonlar shohi, shohan-shoh.
SHOHBEK
Aslzodalar, beklarning sardori yoki beklar avlodiga mansub ulug‘ martabali bola.
SHAYXZAMON
Dinning mashhur boshlig‘I, taniqli taqvodor.
SHODMON
Xursand, mamnun, baxtiyor bola yoki umri doimo shodlikda o‘tsin. Quvonchli, shodmon kunda tug’ilgan bola.
SHAHRZOD
Ochiq chehrali, jilmayib, xayrixohlik bilan boquvchi.
SHAYXIDDIN
Din boshlig‘I, taqvodor, xudojo‘y; din homiysi.
SHOHNAZAR
Allohning iltifoti (nazari) tufayli erishilgan bola.
SHERDIL
Sheryurak; jasur, qo‘rqmas, dovyurak.
SHAKARBEK
Hayoti shirin, totli, o’zi chiroyli.
SHAYXISLOM
Islom dini homiysi, islom dini boshlig‘i, pevshosi.
SHOHZOD
Shohlar nasliga mansub bola, podshoh o‘g‘li.
SHERXON
Beklar avlodiga mansub bo‘lgan sherdek dovyurak, botir, qo‘rqmas, jasur, botir.
SHODLIK
Baxtiyorlik, quvonchning boisi bo‘lgan bola yoki shodlik, baxtiyorlik hamrohi bo‘lsin.
SHERNAZAR
Alloh muruvvat (nazar) qilib bergan sherdek jasur bola.
SHERZAMON
Zamonasining buyugi, sheri.
SHAMSIMUHAMMAD
Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) payg‘ambarning nuri, quyoshi va mehri, muruvvati, tuhfasi.
SHODIBEK
Beklar avlodiga mansub shodu xurram, quvnoq, xonadonga shod xurramlik olib kelguvchi baxtiyor bola.
SHOHSULTON
Shoh, hukmdor ya’ni umri uzoq bo‘lib, baland martabalar egasi bo‘lsin.
SHARAFIDDIN
Dinning salobati, ulug‘vorligi, buyukligi.
SHOHAKIM
Bilimdon, donishmandlarning eng ulug‘i, mo‘tabari yoki qar. Sho(h) va Hakim.
SHOBERDI
Alloh ato qilgan ulug‘ martabali bola.
SHODIMUHAMMAD
Shodlik, baxtiyorlik yoki hayoti quvnoq, shodon bo‘lsin va Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHERSHOD
Sherdek dovyurak va shodon, baxtiyor bola.
SHOHNIYOZ
Allohdan o‘tinib so‘rab olingan bola yoki Allohning tuhfasi, ehsoni.
SHOHXO‘JA
Xo‘jalar avlodiga mansub bola ulg‘ayib ulug‘ martabalar egasi bo‘lsin.
SHAHDAM
Dadil, qat’iy, mahkam; jasurona.
SHOHMALIK
Podshoh, shoh, hokim, qirol, boshliq, ya’ni sog‘, ulg‘ayib obro‘li, davlatmand, oliy martabali, ulug‘ inson bo‘lsin.
SHARIFXO‘JA
Xo‘jalar avlodiga mansub bo‘lgan qadrli, e’zozli bola.
SHAMSIY
Oftobmonand, quyoshdek mehrli, otashqalb.
SHERQOBIL
Sherdek dovyurak, jasur, bahodir va odobli, musulmon-qobil bola.
SHORASUL
Alloh tomonidan yuborilgan; Allohning elchisi, vakili, payg‘ambar. Qar.Rasululloh. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sifatlaridan biri.
SHERPO‘LAT
Po‘latdek mustahkam, yashaydigan, umri uzoq bola.
SHOADHAM
Aynan: qora ot; badanida qora belgisi (hol) bilan tug‘ilgan bola yoki qimmatli, noyob, kam uchraydigan.
SHERBOY
Sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.

CH harfidan boshlanuvchi ismlar manosi

CHINGIZ
Buyuk, qudratli, dovyurak, pahlavon. Mashhur jahongir Chingizxon nomiga nisbat berilgan ism.
CHO‘LPON
Tong yulduzi, yorug‘ (Venera) yulduzi, ya’ni to’lei baland, iqboli porloq, yuksak saodatli bola.
CHORI
Oiladagi to‘rtinchi farzand yoki Choriyor ismining shakli.
CHUST
Aynan: Chaqqon, shay, mohir, zebo qiz mahkam, mustahkam yohud munosib, sazovor. Eht.: Chustda tug‘ilgan bola, Chust farzandi.
CHIG‘ATOY
Aynan: Bola yoki jasur, botir, nomuschan. Bu nom Chingizxonning ikkinchi o‘g‘il ismi bo‘lgan.
CHINMUROD
Rostdan istalgan, orzu qilingan, qo‘msab kutilgan bola.
CHO‘PONQUL
Sog‘ ulg‘ayib qo‘ychi, qo‘ychivon bo‘lsin; mollari ko‘p, boy-badavlat bo‘lsin yoki bechora, xoksor bola. Keyingi ma’noda ism bo‘lani yomon ko‘zlardan asrashga qaratilgan.
CHINDAVLAT
Umrini rostakam uzoq qilib berilgan boylik, ya’ni bola.
CHAVANDOZ
Otda yaxshi chopuvchi, epchil, chavandoz yigit bo‘lsin.
CHORSHANBA
Chorshanba kuni tug‘ilgan bola.
CHALAMUROD
Muddatidan avval tug‘ilgan bola ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
CHO‘QMOR
To‘qmoq (cho‘qmor) deb mustahkam va zabardast bo‘lsin.
CHAYIR
Mustahkam, mahkam, to‘zimli (chayir).
CHAQIRBOY
O‘tkir, keskir, mustahkam. Turkmanlarda chaqir (urug‘) farzandi.
CHINMUHAMMAD
Umrini to‘liq, rost qilib berilgan o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
CHUCHUK
Shirin, yoqimtoy; aziz, e’zozli.
CHAMANBEK
Hayoti gulzordek yashnagan, gurillab o‘sgan, baxtli saodatli bo‘lsin, gullab-yashnasin yoki ilk bahorda, uyg‘onish faslida tug‘ilgan bola.
CHINOR
Chinordek basavlat, viqorli, salobatli va umri uzoq, kunlari barakali bo‘lsin yoki suyanchiq, madadkor, ko‘makchi bola.
CHINOZ
Chinozda yoki Chinozni ziyorat qilgach tug‘ilgan bola yohud chinoz urug‘iga mansub bola.
CHINDIYOR
O‘lkaning rost, haqiqiy, ya’ni umrini uzoq qilib berilgan farzand.
CHO‘YAN
Cho‘yandek mustahkam bo‘lsin.
CHIMKENT
Chimkent shahri nomiga nisbatan berilgan ism.
CHORTOQ
Chortoqda tug‘ilgan bola.
CHEGABOY
Mixdek mustahkam, mahkam bo‘lsin, o‘lmasin.
CHINBOY
To‘g‘ri, rostgo‘y, adolatli bola yoki qar. Chimboy.
CHEHRAZOD
oza nasl farzand, aslzoda yoki go‘zal, zebo.
CHINORBERDI
Alloh chinordek uzoq umrli bola ato qilgi yoki Alloh bergan va chinor kabi umri uzoq bola.
CHINXO‘JA
Umri rost, to‘liq qilib berilgan xo‘jalar avlodiga mansub bola.
CHORIMIRZA
Oiladagi to‘rtinchi farzand yoki Choriyor ismining shakli.
CHINTEMIR
Umri to‘liq qilib berilgan temirdek mustahkam bola.
CHECHAN
So‘zamol, chaqqon, uddaburon yoki notiq, shirintil.
CHAQQON
Ildam, harakatcham, tezkor, g‘ayratli.
CHIRMASH
Oiladagilarga yaqinlashgin, bog‘lanib, chirmashib olgin, ya’ni sog‘ bo‘lsin. Shakllari: Chirmashboy, Chirmashxon
CHO‘LPONQUL
Tong yulduzi, yorug‘ (Venera) yulduzi, ya’ni to’lei baland, iqboli porloq, yuksak saodatli bola.
CHERIKBOY
Qo‘shin, lashkar, askar. Harbiy yurishlar paytida tug‘ilgan bola yoki kuchli, qudratli, chidamli.
CHORIYOR
Oiladagi to‘rtinchi farzand yoki Choriyor ismining shakli.
CHO‘TMUHAMMAD
Cho‘t (tesha) dek mustahkam o‘g‘ilni Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) o‘z panohida asrasin.
CHORIKELDI
Alloh ato qilgan to‘rtinchi o‘g‘il.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil DIQQAT #RASMAN RAMAZON HAYITI NAMOZINING O’QILISh VAQTLARI BILAN...
09.04.24
5
0
Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish
Xalq banki «XAZNA» ilovasi Oyiga 5mln so’mgacha 0 % komissiya bilan uzcard dan humo ga va aksincha o’tkazish mumkin....
01.04.24
3
0