Harflar haqida sara sherlar to‘plami

03:28, 19 март 2024
8
0

Alifbo tartibi bo‘yicha barcha harflarga doir eng sara sherlar to‘plamini qabul qilib oling. Sherlar bilan birin-ketin tanishib chiqish uchun, o‘zingizga kerakli harf ustiga bosing.

Javobini ko`rsatish
A dan boshlab alifbo,
Bo’ling der doim a’lo,
Unlidirman unutmang,
Bo’lingiz doim dono.
* * *
Assalom avvalo aziz jonajon,
Alla aytib katta qilgan onajon!
* * *
Assalom aziz maktab,
Assalom mehribon qalb,
Assalom ey ustozim,
Avvalo sizga ta’zim.
Javobini ko`rsatish
Bolalarga bosh bo’lar,
Sizlarga sirdosh bo’lar,
Bahrom, Barno, Botirni,
Yozganda yo’ldosh bo’lar.
* * *
Buyuk bobosi bor boshida bu kun,
Butun el taniydi yurtimni bugun!
* * *
Bor bo‘l doim maktabim,
Buyuk bo‘lmoq maqsadim,
Bag‘ringda o‘qib albat,
Bo‘laman sodiq farzand.
Javobini ko`rsatish
D man davrada doim,
Dono bo’ling iloyim,
Davron, Dilshod, Dilafruz,
Dostdir hamisha hamro’z.
* * *
Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!
* * *
Dong taratgan dostonim,
Vatan bog‘u, bo‘stonim.
Dunyo turguncha turgin,
Doimo obod bo‘lgin.
Javobini ko`rsatish
E  demang meni ko’rib,
Ehtiyot bo’ling kulib,
Ekranda Erkin akam,
Ertak so’zlar chinakam.
* * *
Elim deb, yurtim deb yashayman har vaqt,
El-yurt baxti — mening baxtimdir abad.
* * *
Ertaklarni sevaman,
Ertak jonu dilimdir,
Har narsaging kaliti,
Do‘stlarim bu bilimdir.
Javobini ko`rsatish
F harfiman men o’zim,
Fahmlang har bir so’zim,
Farida, Furqat, Farhod,
Mendan bishlanar faqat.
* * *
Fido bo’lsin mayli bu jonim,
Faqat omon bo’lsin ona Vatanim.
* * *
Fahrimsan aziz Vatan,
Fahrlarga to‘laman,
Unib o‘sib bag‘ringda,
Senga qalqon bo‘laman.
Javobini ko`rsatish
G ga quloq tutingiz,
Gulzorlarga o’tingiz,
Gul ushladim qo’limga,
Gilam to’shang yo’limda.
* * *
Gulla go’zal, gulgin diyorim,
Gul maskanim – O’zbekistonim!
* * *
Gulman go‘zal gulzorda,
Ochilam bahorda,
Yurtim quyoshli,oyli,
Yaproqlarim chiroyli.
Javobini ko`rsatish
H man hayron bo’lmaglar,
Yo’lni to’sib turmanglar,
Handalak bor qo’limda,
Hamrph bo’ling yo’limda.
* * *
Hayotim, hur o’lkam baxtimdir faqat,
Hur o’lkam baxti deb yashayman har vaqt.
* * *
Hozirjavob bolaman,
Misoli gul, loloaman,
Hazilkashman do‘stlarim,
Buyukdir orzularim.
Javobini ko`rsatish
I harfini bilingiz,
Ishda ilg’or bo’lingiz,
Iroda, Izzat, Ikrom,
Istagi o’qish tamom.
* * *
Ismingizdir Islom bobojon,
Istiqlolni bergan har qachon.
* * *
Ilm izlab tolmayman,
Ikki baho olmayman,
Intilib yuksaklarga,
Erishgum istaklarga.
Javobini ko`rsatish
J harfini  bilasiz,
Nega jahl qilasiz?
Jamila, Jasur, Javlon,
Jo’jani quvdi chunon.
* * *
Jaranglaydi jajji sho’x so’zim,
Jahon tanir bugun ovozim.
* * *
Jajjigina qo‘limga,
Qalam tutgan mehribon,
Sizga rahmat ustozim,
Doim bo‘ling sog‘,omon.
Javobini ko`rsatish
K dan koptok yozamiz,
Katta bo’lsak o’zamiz,
Kattani aylang hurmat,
Keladi baxt – saodat.
* * *
Kamolingni kulib kuylayman,
Yurtim jamolingga boqib to’ymayman.
* * *
Kitob menga do‘st,o‘rtoq,
Ko‘zlarim nuri har choq,
Uni o‘qib toymayman,
Qo‘llarimdan qo‘ymayman.
Javobini ko`rsatish
L dan lola yozamiz,
Limuzinda o’zamiz,
Latif, Laylo, Latofat,
Loqaydlikka yo’q toqat.
* * *
Lolaman lov-lov yonar yuragim.
Xalqqa mehnat orzu, tilagim.
* * *
Lola,lola,lolajon,
Tog‘lardagi gul -alvon,
Iforlaring taratib,
Bog‘larimda bo‘l mehmon.
Javobini ko`rsatish
M dan yozilar maktab,
Mening do’stimdir kitob,
Murod, Maqsud, Mo’tabar,
Madina maktub yozar.
* * *
Mana men mardona mashxur makonman,
Siz tug’ilib o’sgan – O’zbekistonman.
* * *
Mevalari asal qand,
Mehri qalbimga payvand,
Mening g‘o‘zal chamanim,
O‘zbekiston vatanim.
Javobini ko`rsatish
N harfini bilamiz,
N siz nima qilamiz?
Noz – ne’mat non bo’ldi,
Ochil dasturxon bo’ldi.
* * *
Non aziz, non bilan hayotdir inson,
Non ushog’in ko’zga surgin bolajon.
* * *
Navdalarda nogohon,
Nafis barglar ochildi,
Nurafshon quyoh nuri,
Har tarafga sochildi.
Javobini ko`rsatish
O oyga o’xshar ekan,
Osmonda uchar ekan,
Obid, Olim, Ozoda,
Ostonang bo’lsin toza.
* * *
Ona yurt onajon – O’zbekistonim
Ona kabi aziz – jonu-jahonim.
* * *
Onajonim olamga,
Oftob sochgan quyoshsiz,
Mehringiz daryo misol,
Tog‘larga yelkadoshsiz.
Javobini ko`rsatish
P harfiman bilingiz,
Kuzda paxta teringiz,
Po’lat, Parfi, Pokiza,
Paxta teringiz toza.
* * *
Poytaxtim– Toshkentim, porlagin yurtim,
Paxtaga kon makon– O’zbekistonim!
* * *
Polizda pishdi piyoz,
Pishdi qovun tarvuzlar,
Keling hirmon uyamiz,
Hasharga keling do‘stlar.
Javobini ko`rsatish
Q dan qayiq yozamiz,
Qayerlarga suzamiz,
Qishda qarg’a uchadi,
Qarang, qorni quchadi.
* * *
Qo’limda qalamim she’r bitay sizga,
Onajon doston kam ta’rifingizda.
* * *
Qaldirg‘ochim,qaldirg‘och,
Ikkimiz ayirmasin,
Qalbi qora qarg‘alar,
Qanoting qayirmasin.
Javobini ko`rsatish
R ga ruxsat beramiz,
Rasm so’zin yozamiz,
Ra’no, Rahim, Ruhsora,
Dono, aqlli bola.
* * *
Roxatbaxsh yurt bir jannatmakon,
Rost so’zlasam bu – O’zbekiston.
* * *
Rost so‘zlamoq odatim,
Rostgoylik saodatim.
Nur ziyoga to‘laman,
Rostgo‘y inson bo‘laman.
Javobini ko`rsatish
S man soatga boqing,
So’zining mag’zin chaqing,
Sobir, Said, Surayyo,
So’zdan adashmang aslo.
* * *
Salom sevimligim, serquyosh diyor,
Senga qo’lda, so’zla aytaman alyor.
* * *
Suv bo‘lmasa hayot yo‘q,
Suvsiz unmaydi nihol,
Suv bu obi haytdir,
Suvni qilmaylik uvol.
Javobini ko`rsatish
T man tanib olursiz,
To’maris deb yozursiz,
Toshkent ona shahrimdir,
T harfidan yozgumdir.
* * *
To’yingga to’yona tilda dostonim
2200 yoshing qutlug’ Toshkentim.
* * *
Tarozining toshi bor,
Tog‘larning ko‘z yoshi bor,
Taraqqiyot yo‘lida,
So‘nmas — yurt quyoshi bor.
Javobini ko`rsatish
U man uchrab ko’p so’zda,
Sizga tanish bo’laman,
Uzum, ummon, Umida,
So’zlarini yozaman.
* * *
Unutmang, ustozim har bir so’zingiz,
Umrbod yodimda ulkan mehringiz.
* * *
Ustoz ulug‘,mo‘tabar,
O‘gitlari tillo,zar,
O‘qitgan chekib zahmat,
Ustoz sizga ming rahmat.
Javobini ko`rsatish
Men V durman bilursiz,
Varrak so’zin yozursiz,
Vasila, Vohid, Vail,
Yozing kelganda gali.
* * *
Vatanim, volidam vatanda jonim,
Vatan ishqi bilan o’tar har onim.
* * *
Vodiylaring gullagan,
Vatan bog‘laring chaman,
Bag‘ringda yayrab,yashnab,
Men baxtlarni quchaman.
Javobini ko`rsatish
Qattiq X derlar meni,
Yozgum taxta, paxtani,
Xo’roz, xona, xola ham,
Men bilan bo’ladi jam.
* * *
Xalqimning ovozi baland har onda,
Xumo qushi shoduchar moviy osmonda.
Javobini ko`rsatish
Y man balki bilursiz,
Yo tanimay qolursiz,
Yo’lchi, Yo’ldosh, Yoqut deb,
Mendan boshlab yozursiz.
* * *
Yillar o’tib, yillar kelibdi,
Yurtim 27yoshga to’libdi.
Javobini ko`rsatish
Z deydilar otimni,
Bilasizmi zotimni,
Zuhra, Zahro, Zokirjon,
Mendan boshlanur chunon.
* * *
Zamonim zo’r, zorim yo’q eldan,
Zamonamni men kuylayman dildan.
* * *
Zo‘r olim bo‘lay desang,
Ziyoga to‘lay desang,
Kitobga bo‘lgin o‘rtoq,
Kitob o‘qigin har choq.
Javobini ko`rsatish
O’ deydilar har zamon,
O’tir, o’rtoq bo’laman,
O’zbekiston so’zini,
Faxr bilan yozaman.
* * *
O’zbekman, o’z tamg’am, bayrog’im bor,
O’zbek madhiyasi tillarda alyor.
Javobini ko`rsatish
G’ harfini tanirsiz,
G’ayrat bilan o’qirsiz,
G’ani, G’ulom, G’afurning,
G’amini yo’qotursiz.
* * *
Guruhlar g’oliblik bayrog’i qo’lda,
Har elimning madhi jaranglar tilda.
Javobini ko`rsatish
Sh harfiman bilasiz,
Shoshib – shoshib kelasiz,
Shokir, Shahzod, Shadmonni,
Shogirtlikka olasiz.
* * *
Shodman, shamol kabi shoshaman har on,
Bilimlar maskani maktabim tomon.
* * *
Shamoldek shoshma sira,
Daryodek toshma sira,
Yelga sochma shahdingni,
Mehnatla top baxtigni.
Javobini ko`rsatish
Ch man tanib olingiz,
Charchoq bilmay qolingiz,
Chollarni chaman qilib,
Chaqqon – chaqqon bo’lingiz.
* * *
Chamanning chiroyli guli o’zingiz Ustozim!
Duru-gavhar har bir so’zingiz.
Javobini ko`rsatish
Ng bordir singilda,
Yoki biror ko’ngilda,
Tongda dengizda suzdim,
Daladan bordring uzdim.
* * *
Kuylang, o’ynang, quvnang, shodlaning bu kun,
Bizni qutlang Alifbeni tugatdik bugun.
Javobini ko`rsatish
Tutuq qo’yib yozaman,
Unlini sal cho’zaman,
Ra’no, ma’no, a’lodir,
Yaxshi bola donodir.
* * *
Kimning kelsa belgisi,
Menman tutuq belgisi.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0