Ekin, Hosil va O‘simliklar haqida topishmoqlar javobi bilan

21:09, 18 март 2024
5
0

Ekin, hosil hamda boshqa ko‘plab o‘simliklar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Bir uya ustida ming ari.

Javobini ko`rsatish
Jo‘xori.

2. Kichkina qiz,
Qo‘lida bigiz.

Javobini ko`rsatish
Sholi.

3. Amakim egnida ko‘k chopon,
Boshida oq dastor.

Javobini ko`rsatish
Oq jo‘xori.

4. Qizlarjonning boshida
Qizil baxmal taqiya.

Javobini ko`rsatish
Qizg‘aldoq.

5. Kichkina, kichkina kelinchak,
Boshlarida tugunchak.

Javobini ko`rsatish
Isiriq.

6. Kunga qarab tolmaydi,
Kundan ko‘zni olmaydi.

Javobini ko`rsatish
Kungaboqar.

7. Biz, biz edik,
Ming qiz edik,
Bizni o‘rdilar,
Ipga tizdilar.

Javobini ko`rsatish
Qamish.

8. Hamma yog‘i qiltik,
Hamma unga intiq.

Javobini ko`rsatish
Bugdoy.

9. Ko‘m-ko‘k tusi,
Xushbo‘y isi.

Javobini ko`rsatish
Rayhon.

10. Yo‘l ustida voyvoyak.

Javobini ko`rsatish
Tikan.

11. Qora-qora qoramuq.

Javobini ko`rsatish
Mosh.

12. Qizilini o‘zim yedim,
Sarig‘ini molga berdim.

Javobini ko`rsatish
Bug‘doy, somon.

13. Ko‘k kiyimni kiymayman,
O‘sha yerda turmayman.

Javobini ko`rsatish
Jo‘xori.

14. Qiya-qiya yerlarda
Qiyma juvon o‘tirar.
Dakanasin dol qo‘yib,
Tolma juvon o‘tirar.

Javobini ko`rsatish
Oq jo‘xori.

15. Sariboy bobom ichkari,
Soqollari tashqari.

Javobini ko`rsatish
Jo‘xori.

16. Zil terak,
Zilmon terak.

Javobini ko`rsatish
Qamish.

17. Qorday oppoq,
Yungday yumshoq.

Javobini ko`rsatish
Paxta.

18. Qora-qora qo‘g‘irmoch.

Javobini ko`rsatish
Mosh.

19. Yerdan chiqar taranib,
Zarrin dastor o‘ranib.

Javobini ko`rsatish
Makkajo‘xori.

20. O‘z elimda el edim,
Tulki tumoq bek edim.
Qiyildim, quchoqqa tushdim,
O‘ttiz ikki tuzoqqa tushdim.

Javobini ko`rsatish
Qamish.

21. Soqoli bir qarich,
O‘zi ming qarich.

Javobini ko`rsatish
Qamish.

22. Bizning uyda bir qiz,
Boshida bir tol qil yolg‘iz.

Javobini ko`rsatish
Sholi.

23. Chopsang kular,
Chopmasang o‘lar.

Javobini ko`rsatish
Paxta.

24. Bir tanada
Ming dona.

Javobini ko`rsatish
Kunjut.

25. Kichkina xurmacha,
Og‘izlari burmacha.

Javobini ko`rsatish
Ko‘sak.

26. Bo‘yi bir qarich,
Soqoli ikki qarich.

Javobini ko`rsatish
Makkajo‘xori.

27. Uzun terak,
Ichi kovak.

Javobini ko`rsatish
Qamish.

28. Ildizi yerda,
Yulduzi ko‘kda.

Javobini ko`rsatish
Paxta.

29. Lip etadi, kirib ketadi,
Chiqazolmay esing ketadi.

Javobini ko`rsatish
Tikan.

30. Ariq bo‘yida to‘shak.

Javobini ko`rsatish
Maysa.

31. Mingta alp og‘adir,
Ming o‘raga sig‘adir.

Javobini ko`rsatish
Jo‘xori.

32. Abdal buva ariqdir,
Og‘zi, burni murriqdir.

Javobini ko`rsatish
G‘o‘za.

33. Chir-chir qushlar,
Chirmashiq qushlar.
O‘zining joni yo‘q.
Odam kelsa, tishlar.

Javobini ko`rsatish
Tikan.

34. Qator-qator turganlar,
Tulki tumoq kiyganlar.

Javobini ko`rsatish
Qamish.

35. Dik-dik etar, buti yo‘q,
O‘tiray desa o‘rni yo‘q,
Arig‘i boru suvi yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Bug‘doy.

36. Yerdan ko‘karib chiqar,
Bag‘ridan oltin oqar.

Javobini ko`rsatish
Paxta.

37. Solaman qizil,
Chiqaraman oq.

Javobini ko`rsatish
Bug‘doy, un.

38. Terak uchida xum,
Ichida qum.

Javobini ko`rsatish
Ko‘knori.

39. Kich-kichkina to‘ni bor,
Uchida qili bor.

Javobini ko`rsatish
Shodi.

40. O‘zi yosh,
Mo‘ylovi uzun.

Javobini ko`rsatish
Shodi.

41. Bir tub chikor, bir tub chinorda
Qirq butoq, qirq butoqda qirq uya,
Qirq uyada qirq tuxum.

Javobini ko`rsatish
Tariq.

42. Bir qarichcha bo‘yi bor,
Ola-chipor to‘ni bor.

Javobini ko`rsatish
Zig‘ir.

43. Biznikiga mehmon keldi,
Hammasining qoshi qora.

Javobini ko`rsatish
Loviya.

44. Uzun-uzun ko‘chalar,
Ichi to‘la bachchalar.

Javobini ko`rsatish
Loviya.

45. O‘tirishlari eshonday,
Ko‘zlari mohparonday.

Javobini ko`rsatish
Oq jo‘xori.

46. Ernazar bobom enkayadi,
Kallasi qinqayadi.
Tevaragi to‘p-to‘p,
O‘rtasi qip-qizil.

Javobini ko`rsatish
Tariq.

47. Ko‘k ko‘ylakli xotin,
Sarig‘ bola ko‘targan.

Javobini ko`rsatish
Jo‘xori.

48. Malla mushuk,
Bo‘yni qiyshiq.

Javobini ko`rsatish
No‘xat.

49. Oltin sochdim tojidor,
Bunga hamma xaridor.

Javobini ko`rsatish
Tariq.

50. O‘zi pishiq,
Burni qiyshiq.

Javobini ko`rsatish
No‘xat.

51. Og‘zini ochib yerga qaraydi,
Og‘zidan oq ko‘pik sochadi.

Javobini ko`rsatish
Paxta.

52. Taram sochli qiz to‘dasi,
Suvda yotar kun-kechasi.
Suvda yotib suvga tegmay
Oltmishida u sarg‘aygay,
Sakson kunda saboqdadir,
To‘qson kunda tovoqdadir.

Javobini ko`rsatish
Guruch.

53. Eksang bitar,
Isi hamma yoqni tutar.

Javobini ko`rsatish
Rayhon.

54. Daryo,
O‘rtasida bo‘yro.

Javobini ko`rsatish
Qamish.

55. Yer tagida qizil yulg‘un.

Javobini ko`rsatish
Ro‘yan.

56. O‘zi ariq,
Rangi sariq,
Yuzi qizil,
Boshi qiltiq.

Javobini ko`rsatish
Bug‘doy.

57. Madad akamning boshida baxmal taqiyasi bor.

Javobini ko`rsatish
Qizg‘aldoq.

58. Momiqqina onasi,
Yog‘liqqina bolasi.

Javobini ko`rsatish
Paxta, chigit.

59. Boyning qizi tog‘da kelinchak.

Javobini ko`rsatish
Isiriq.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0