Yegulik va Oziq ovaqtlar haqida topishmoqlar javobi bilan

06:41, 19 март 2024
11
0

Oziq ovqat hamda yeguliklar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Bir qo‘yim bor,
Turib semirar.

Javobini ko`rsatish
Xamir.

2. Quda buvam quduqqa tushdi,
Quloqlari shalpillab tushdi.

Javobini ko`rsatish
Chuchvara.

3. Bir kiyigim bor,
Bir joyda turib dirkillar.

Javobini ko`rsatish
Go‘sht.

4. Jummoq qo‘ydim, jubin top,
Jumalay boyning otin top.
Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top,
Totli biyning otin top.

Javobini ko`rsatish
Sumalak.

5. Ming qo‘yim suvga tushdi.

Javobini ko`rsatish
Chuchvara.

6. Bir o‘rdakka bir chimdim.

Javobini ko`rsatish
Choy.

7. Tor ko‘chaga o‘t tushdi,
Bora borguncha kuyib tushdi.

Javobini ko`rsatish
Issiq choy ichish.

8. Oq qo‘yim bor,
So‘ysam qoni yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Xamir.

9. Sovuq kirib,
Issiq chiqar.

Javobini ko`rsatish
Yopgan non.

10. Yettisi bir yerga yig‘ilsa,
Beshisi bir yerga yig‘iladi.

Javobini ko`rsatish
Palov.

11. Suv emas, suyuq,
Qor emas, oq.

Javobini ko`rsatish
Sut.

12. Palovning ostida,
Suvning ustida.

Javobini ko`rsatish
Zig‘ir moy.

13. Ko‘prik ustida bir tutam poxol.

Javobini ko`rsatish
Ugra.

14. Oq otdim,
Qizil oldim.

Javobini ko`rsatish
Yopgan non.

15. Oltmish ikki aybni oq yopar.

Javobini ko`rsatish
Qatiq.

16. O‘zi oppoq, qor emas,
Non bo‘lmaydi, un emas.

Javobini ko`rsatish
Shakar.

17. Quduqqa sochimni yoydim.

Javobini ko`rsatish
Ugra.

18. Ip eshib quduqqa tashladim.

Javobini ko`rsatish
Ugra.

19. Jummoq qo‘ydim jup-jupgina,
Tomizig‘i tol-tolgina,
Tolqon bersang, ochaman.

Javobini ko`rsatish
Pashmak.

20. Chaynaladi, chaynaladi, yutilmaydi.

Javobini ko`rsatish
Saqich.

21. Matalim matti,
Qulog‘i qatti.
Qozonga solsam,
Tikrayib yotdi.

Javobini ko`rsatish
Chuchvara.

22. Kesdim,
Quduqqa tashladim.

Javobini ko`rsatish
Ugra.

23. Bukdim,
Quduqqa tashladim.

Javobini ko`rsatish
Chuchvara.

24. Xom soldim,
Pishiq oldim.

Javobini ko`rsatish
Yopgan non.

25. Bir qozondan qirq tuya suv ichar.

Javobini ko`rsatish
Chuchvara.

26. Yesam tishimga kiradi,
Yemasam tushimga kiradi.

Javobini ko`rsatish
Go‘sht.

27. Yumalatsam joni yo‘q,
Yulib olsam qoni yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Xamir.

28. Mushtlab-mushtlab urarlar,
Muncha gunoh qilibman.
O‘tga solib yoqarlar,
Muncha osi bo‘libman.
Muncha meni xorlarlar,
Bilmam nima qilibman.
Muncha meni sevarlar,
Qanday shirin bo‘libman.

Javobini ko`rsatish
Xamir, non.

29. Qorong‘i uyda shivir-shivir.

Javobini ko`rsatish
Shovla.

30. Qozon ichida oppoq qor.

Javobini ko`rsatish
Shirguruch.

31. Osh pishirdim, tuzi yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Sumalak.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0