Uy jihozlari va Anjomlari haqida topishmoqlar javobi bilan

17:11, 18 март 2024
7
0

Uy jihozlari hamda unga tegishli anjomlar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Bir do‘stim bor ajoyib,
Agar kim unga boqsa,
Kulib boqar iljayib.

Javobini ko`rsatish
Oyna.

2. Ko‘kkina qo‘zim uy aylanar.

Javobini ko`rsatish
Qora uyning beldovi.

3. Katta xotin uy poylaydi,
Kichkina xotin yo‘qlovga ketadi.

Javobini ko`rsatish
Qulf, kalit.

4. Hachcha,
Dachchaning ustida bachcha.
Bachchaning ustida qalpoq,
Qalpoqning ustida telpak.

Javobini ko`rsatish
Qora uy.

5. Akasi uy poylaydi,
Ukasi o‘ynab yuradi.

Javobini ko`rsatish
Qulf, kalit.

6. Jindi qiz, jindi qiz,
Jin tepaga chiqdi qiz.
Bolalarini ergashtirib,
Harang-darang bo‘ldi qiz.

Javobini ko`rsatish
Qora uyning chang‘arog‘i.

7. Xitoy qush qanotlarini yoyib,
Oyog‘ini bukib, tog‘da o‘ltiribdi.

Javobini ko`rsatish
Chodir.

8. O‘zi katta,
Sarpo‘shi yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Hovuz.

9. Bir to‘baning ustida to‘rt shiboq.

Javobini ko`rsatish
Qora uyning‘ tuynuk bog‘i.

10. Kichkinadir, minadir,
Unga odam ishonadir.

Javobini ko`rsatish
Qulf.

11. Qo‘lsiz, oyoqsiz ko‘ylak kiyar.

Javobini ko`rsatish
Yostiq.

12. O‘zi ming xil,
Gapi bir xil.

Javobini ko`rsatish
Soat.

13. Onasi yettita,
Bolasi bir nechta.

Javobini ko`rsatish
To‘sin, vassa.

14. Kunduzi hur bo‘ladi,
Kechasi qul bo‘ladi.

Javobini ko`rsatish
Ko‘rpa.

15. Og‘zi pulday,
Ichi xumday.

Javobini ko`rsatish
Obriz.

16. Opon-oponni ko‘rdim,
Eski choponni ko‘rdim.
Qobirg‘asi qalashgan,
Odam yutganni ko‘rdim.

Javobini ko`rsatish
Qora uy.

17. O‘ra qazdim,
Tuprog‘i yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Qoziq o‘rni.

18. Qobirg‘asi tarim-tarim,
Asli uning joni yo‘q.
Terisini siyirib olsam,
Yerga tomar qoni yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Qora uy.

19. Chin qushim, chinni qushim,
Chin tepaga qo‘ndi qushim.
Qanotini yoydi qushim.
Tanobini tortdi qushim.

Javobini ko`rsatish
Chodir.

20. Bersang, to‘yadi,
Bermasang, turadi,
Hamma xizmatin ko‘radi.

Javobini ko`rsatish
Sandiq.

21. Amakim ichkarida,
Quloqlari tashqarida.

Javobini ko`rsatish
Uyning to‘sini.

22. Otasi bor, enasi bor,
O‘n ikkita bolasi bor.

Javobini ko`rsatish
Narvon.

23. Oyog‘i yo‘q, yuradi,
Og‘zi yo‘q, gapiradi.

Javobini ko`rsatish
Soat.

24. Kunduzi yig‘iladi,
Kechasi yoyiladi.

Javobini ko`rsatish
Ko‘rpa.

25. Akasini ukasi qitiqlaydi.

Javobini ko`rsatish
Qulf, kalit.

26. Onasi qornida bolasi ko‘ndalang yotibdi.

Javobini ko`rsatish
To‘sin, vassa.

27. Kichkina fildi,
Menga qarab kuldi.

Javobini ko`rsatish
Oyna.

28. Qora qulim uy qo‘rir.

Javobini ko`rsatish
Qulf.

29. Tolning tagida tiniq suv.

Javobini ko`rsatish
Oyna.

30. Bir uyga kirsam,
Qorni yoriq ayiq turibdi.

Javobini ko`rsatish
Mo‘ri.

31. Qoragina zog‘cha,
Qanotidan osilgan.

Javobini ko`rsatish
Qulf.

32. Kechasi turadi,
Kunduzi yotadi.

Javobini ko`rsatish
Eshik zanjiri.

33. Bir eshagim bor,
To‘rt oyoqli.
To‘balasam yurmaydi.

Javobini ko`rsatish
Sandiq.

34. Bir tepada olti qo‘chqorning
shoxi almashib yotir, —
Yetti qo‘chqorning shoxi yalmashib yotir.

Javobini ko`rsatish
Qora uy.

35. Gum-gumbaz,
Qirq chanoq.

Javobini ko`rsatish
Qora uyning chang‘arog‘i.

36. Bizning uyda qirq qiz,
Hammasi sochpopukli.

Javobini ko`rsatish
Uviq va bog‘i.

37. Bir to‘bada to‘rt ilon.

Javobini ko`rsatish
Qora uyning tuynuk bog‘i.

38. Kechasi osmonga qaraydi,
Kunduzi yerga qaraydi.

Javobini ko`rsatish
Eshik zanjiri.

39. Kechasi bo‘g‘oz,
Kunduzi qisir.

Javobini ko`rsatish
Ko‘rpa.

40. Quduq qazdim betuproq.

Javobini ko`rsatish
Qoziq o‘rni.

41. Kichkinagina quyoncham jar aylanib qochadi.

Javobini ko`rsatish
Qora uyning beldovi.

42. Tepdim, tepdim,
Terakka chiqdim.

Javobini ko`rsatish
Narvon.

43. Bir shaharni bir qora hakka qo‘riqlaydi.

Javobini ko`rsatish
Qulf.

44. Qoravoy buvam eshik qo‘rir.

Javobini ko`rsatish
Qulf.

45. Top-tobonoq, tobonoq,
Toboni yo‘q quyonoq,
Quyonog‘i kumushdan,
Kulib turgan buvishdan.

Javobini ko`rsatish
Oyna.

46. Yo‘nsa yo‘g‘on bo‘lar.

Javobini ko`rsatish
O‘ra.

47. Kunduzi tashqari,
Kechasi ichkari.

Javobini ko`rsatish
Eshik.

48. Tepasi ayvon,
O‘rtasi xumdon,
Tagi zindon.

Javobini ko`rsatish
Obriz.

49. Eliboy akam kissasini,
El yig‘ilib tikolmas.

Javobini ko`rsatish
Devol yorig‘i.

50. Og‘il to‘la chinoq qo‘y.

Javobini ko`rsatish
Qora uyning uvig‘i.

51. To‘rt og‘aynining boshida bir qalpoq.

Javobini ko`rsatish
Tancha.

52. Oq tovoqda sariq qaychi.

Javobini ko`rsatish
Soat.

53. Olti ko‘zli, suyakli,
Hamma uyga kerakli.

Javobini ko`rsatish
Deraza romi.

54. O‘zi bitta,
Og‘zi ikkita.

Javobini ko`rsatish
Lo‘labolish.

55. Chumchug‘im chiq etdi,
Uyasiga kirib ketdi.

Javobini ko`rsatish
Qulf, kalit.

56. Kichkina itcha hurmaydi,
Tishlamaydi, uyga qo‘ymaydi.

Javobini ko`rsatish
Qulf.

57. Jarda yantoq osilgan.

Javobini ko`rsatish
Qulf.

58. Kunu tun yuradi,
Doim bir joyda turadi.

Javobini ko`rsatish
Soat.

59. Osmondan osilgan,
Yerdan qazilgan.

Javobini ko`rsatish
Quduq.

60. Ikki opamning bo‘yi teng.

Javobini ko`rsatish
Eshik.

61. Yuraveradi, yuraveradi.
Yo‘li ko‘paymaydi.

Javobini ko`rsatish
Beshik.

62. Amakim ariq,
Qorni yoriq.

Javobini ko`rsatish
Mo‘ri.

63. Usti yotinqi,
To‘rt oyoqli.

Javobini ko`rsatish
So‘ri.

64. O‘zi bitta,
Ko‘zi to‘rtta.

Javobini ko`rsatish
Tancha.

65. To‘rt oyog‘i bor,
Burnida avaraki.

Javobini ko`rsatish
Sandiq, kalit.

66. To‘rt oyog‘i bor,
Ostida toshi bor,
Top-chi!

Javobini ko`rsatish
Beshik.

67. Chirgiday yerga kun tegmas.

Javobini ko`rsatish
Quduq.

68. Olisdan jangir-jungir,
Yaqindan oddiy temir.

Javobini ko`rsatish
Qulf, kalit.

69. Kechasi yuqori,
Kunduzi quyi.

Javobini ko`rsatish
Eshik zanjiri.

70. Devolga qo‘ngan qushim,
Ba’zilari bir qanot,
Ba’zilari qo‘sh qanot.

Javobini ko`rsatish
Eshik.

71. Tursa tuyaday,
Yig‘ilsa kichkintoy.

Javobini ko`rsatish
Pashshaxona.

72. Shaytonning uyi taxtavonlik,
Ichi to‘la xoda.

Javobini ko`rsatish
Tancha.

73. Qirq chinoq qirq quduqdan suv ichar.

Javobini ko`rsatish
Qora uyning uvig‘i.

74. Uzun bo‘yli,
Qora to‘nli.

Javobini ko`rsatish
Mo‘ri.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0