Tutun, Chiroq va Olov haqida topishmoqlar javobi bilan

15:58, 18 март 2024
2
0

Olov, Chiroq hamda tutun haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Miltillaydi ko‘zlari,
Mo‘ltillaydi yoshlari.

Javobini ko`rsatish
Sham.

2. Bir bosh bug‘doy uy to‘ldirar.

Javobini ko`rsatish
Chiroq.

3. Uyog‘i devol,
Bu yog‘i devol,
O‘rtasida o‘lik ilon.

Javobini ko`rsatish
Chiroq.

4. Ko‘k otim qo‘yivordim,
Qizil otim olib qoldim.

Javobini ko`rsatish
Tutun, olov.

5. Changaroqdan uchib chiqadi,
Qarasa, ko‘zni ko‘r qiladi.

Javobini ko`rsatish
Uchqun.

6. Taq etdi, taqolon ketdi,
Otasi etigini kiyguncha
Bolasi bog‘lon ketdi.

Javobini ko`rsatish
O‘t-olov, tutun.

7. Qilich uchi qaltiroq.

Javobini ko`rsatish
Sham.

8. Kichkinagina sandiqcha,
Ichi to‘la mixcha.

Javobini ko`rsatish
Gugurt.

9. Nur buva,
Usti boshi kir buva.

Javobini ko`rsatish
Chiroq.

10. Ko‘zining yoshi oyog‘iga dori.

Javobini ko`rsatish
Sham.

11. Oyoqsiz, qo‘lsiz tomga chiqadi.

Javobini ko`rsatish
Tutun.

12. Yalt-yalt etadi,
Yamlab ketadi.

Javobini ko`rsatish
O‘t-olov.

13. Uy ortida qora tuya o‘lib yotir,
Ichak-chavog‘i oqib yotir.

Javobini ko`rsatish
O‘tin va arqoni.

14. Kichkintoygina kelinchak,
Boshida bor tugunchak.

Javobini ko`rsatish
Gugurt.

15. Otasi arava qo‘shgancha,
O‘g‘li Qo‘qon boribdi.

Javobini ko`rsatish
Tutun.

16. Ko‘k ho‘kiz oldin chiqar,
Qizil ho‘kiz quvib chiqar.

Javobini ko`rsatish
Tutun, olov.

17. O‘zining badanini o‘zi yeydi.

Javobini ko`rsatish
Sham.

18. Ko‘k otim ko‘kka qarab yo‘rg‘alaydi.

Javobini ko`rsatish
Tutun.

19. Xirmoni katta,
Doni yo‘q.
Dastori katta,
Noni yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Kul, o‘tin.

20. Oyog‘i yo‘q qochadi,
Qanoti yo‘q uchadi.

Javobini ko`rsatish
Tutun.

21. O‘zi qovoq,
Boshida tovoq,
Og‘zida karnay,
Tunlari hay-hay.

Javobini ko`rsatish
Chiroq.

22. Qorongi tomda bir kampir,
Sochini yoyib o‘tiribdi.

Javobini ko`rsatish
Chiroq.

23. O‘zi uzun, oriq,
Sallasi sariq.

Javobini ko`rsatish
Gugurt.

24. Uzundan uzoq,
Havoga tuzoq.

Javobini ko`rsatish
Tutun.

25. Hovuz,
Hovuz ichida suv,
Suv ichida ilon,
Ilonning og‘zida o‘t.

Javobini ko`rsatish
Chiroq.

26. Bir tovoq qizil olma,
Ushlamoqqa hadding borma.

Javobini ko`rsatish
Cho‘g‘.

27. Qizil sigir qora sigirning qornini yalaydi.

Javobini ko`rsatish
Olov, qozon.

28. Bir savat anor,
Hadding bo‘lsa ol.

Javobini ko`rsatish
Cho‘g‘.

29. O‘z qonini o‘zi ichar.

Javobini ko`rsatish
Sham.

30. Men ajoyib bir askar ko‘rdim,
Boshi uzra quvvati.
Ko‘p qavatli, yo‘q qadri qimmati,
Suvli yerni aslo bosmas,
Cho‘lni poymol qilmay qo‘ymas.

Javobini ko`rsatish
Gugurt.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0