Odam va Tana azolari haqida topishmoqlar javobi bilan

07:45, 19 март 2024
4
0

Inson hamda uning tana azolari haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Og‘izdan chiqqancha meniki,
Og‘izdan chiqqani elniki.

Javobini ko`rsatish
So‘z, gap.

2. Hamma narsaga yopishgan.

Javobini ko`rsatish
Ism.

3. Oynam usti qopqoqli,
Atroflari chachoqli.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z bilan kiprik.

4. Bir to‘kilsa,
Qayta to‘lmas.

Javobini ko`rsatish
Obro‘, nomus.

5. Bukdim, bukdim,
Ariqdan u yoqqa tashladim.

Javobini ko`rsatish
Soch o‘rimi.

6. Bir o‘choqqa besh ko’sov.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, besh barmoq.

7. Ola kabutar?
Topilmas gavhar.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

8. Kichkina — mitti,
Tepdi, yiqitdi.

Javobini ko`rsatish
Uyqu.

9. Bir ola chilbirim bor,
U tog‘dan bu toqqa yetadi.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

10. G‘aznadir, to‘lmas,
Bir kun bo‘sh bo‘lmas.
Bo‘sh qolsa, turmas,
Usiz jon bo‘lmas.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz.

11. Taqron yerda toyning izi.

Javobini ko`rsatish
Kindik.

12. Yona yerda yapaloq archa.

Javobini ko`rsatish
Quloq.

13. Tom ustida qo‘sh chiroq.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

14. Bir yoriqda ko‘p kallak,
Qistiruvli turibdi.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

15. Kunduzi yonar,
Kechasi so‘nar.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

16. O‘ra, o‘raning yuqorirog‘i sho‘ra,
Sho‘raning yuqorirog‘i buloq,
Buloqning yuqorirog‘i chiroq,
Chiroqning yuqorirog‘i qalam,
Qalamning yuqorirog‘i changal.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz. mo‘ylov, burun, ko‘z, qosh, soch.

17. Besh kampir,
Besh kampirning orqasida,
Besh muz yopishib turibdi.

Javobini ko`rsatish
Qo‘l, barmoqlar, tirnoq.

18. Bir quduqning boshida qirq qiz,
Ham qopishar, ham tepishar.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z bilan kiprik.

19. Ustida ikki darcha,
O‘rtasida bir kunda.

Javobini ko`rsatish
Burun.

20. Kichkina oxurcha,
Ichi to‘la mixcha.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

21. Bir bo‘ri qo‘yning qonini chiqarmay yeb yotir.

Javobini ko`rsatish
Azroil.

22. To‘rtida tariqday,
O‘ttizda ayiqday,
To‘qsonida tovuqday.

Javobini ko`rsatish
Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi.

23. Asaldan shirin,
Zahardan achchiq.

Javobini ko`rsatish
So‘z, gap.

24. Og‘il to‘la oq eshak,
Ustida ko‘rpa-to‘shak.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

25. Yugurgandan o‘tadi,
Bir vaqtda yetadi,
O‘q emas, otiladi,
Qush emas, uchadi.

Javobini ko`rsatish
Fikr.

26. Sandiq to‘la oq sadaf.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

27. Ikki og‘ayni bir-birini ko‘rmaydi.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

28. Beshta botir,
Orqasi yaltir.

Javobini ko`rsatish
Tirnoq.

29. Bir to‘bada yetti teshik.

Javobini ko`rsatish
Bosh, og‘iz, burun, ko‘z va quloq.

30. Daryoning naryog‘ida bir to‘p yilqi,
Beryog‘ida bir to‘p yilqi,
Tepishar ekan-da, qopishar ekan.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z bilan kiprik.

31. Kim suyaldi,
O‘sha uyaldi.

Javobini ko`rsatish
Yolg‘on so‘z.

32. O‘tda yonmas,
Suvga botmas,
Yerda chirimas.

Javobini ko`rsatish
To‘g‘rilik.

33. Yurib, oq tovug‘imni yo‘qotdim.

Javobini ko`rsatish
Tupuk.

34. Dumaloq chelga mayda tol ekdim.

Javobini ko`rsatish
Soch.

35. Yaratganga yopishgan.

Javobini ko`rsatish
Ism.

36. Bir uyim bor tuynuksiz,
Ichi to‘la yulduz.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

37. Qora tol butoqsiz.

Javobini ko`rsatish
Soch o‘rimi.

38. Temir qo‘rg‘on ichida,
Qizil toychoq o‘ynaydi.

Javobini ko`rsatish
Til.

39. Jar yoqasida yorti kapa.

Javobini ko`rsatish
Quloq.

40. Tursang turar,
Yotsang yotar.

Javobini ko`rsatish
Oyoq.

41. Ikki onaga beshtadan bola,
Har birining oti bor.

Javobini ko`rsatish
Qo‘l, barmoqlar.

42. Uyoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz,
Bu yoqqa qarasangiz ko‘rmaysiz.
Boshingizga qarasangiz ko‘rmaysiz,
Soyangizga qarasangiz ko‘rinadi.

Javobini ko`rsatish
Quloq.

43. Osmondan buyuk.

Javobini ko`rsatish
Maqsad.

44. Shov tegirmonning toshi.
Oltin egarning qoshi.
Shuni topgan yigitning,
Yuz yigirma ikki yoshi.

Javobini ko`rsatish
Tish.

45. Qatordagi qora nor,
Etakdagi jir moya.

Javobini ko`rsatish
Ota, ona.

46. Birovni suydirar,
Birovni kuydirar.

Javobini ko`rsatish
So‘z, gap.

47. Keshtadan tushgan oq tovuq,
Qaytib keshtaga qo‘nmas.

Javobini ko`rsatish
Tushgan tish.

48. Keshta to‘la oq tovuq.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

49. Yerga ko‘milmaydi,
Kosaga quyilmaydi,
Dunyoda hamma odam,
Ichmay qo‘ymaydi.

Javobini ko`rsatish
Ona suti.

50. Oq kuchugim aravadan sakradi.

Javobini ko`rsatish
Tupuk.

51. Qizil chiyning ostida,
Qizil kiygan o‘tirar.

Javobini ko`rsatish
Kelin.

52. Hay, biz edik, biz edik,
O‘ttiz ikki qiz edik,
Bir taxtaga tizildik,
Birar, birar uzildik.

Javobini ko`rsatish
Tish.

53. Qorong‘i uyda o‘ttiz sadaf.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

54. Uy ichida qizil go‘sht.

Javobini ko`rsatish
Til.

55. Ohurda ola buzoq o‘ynaydi.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

56. Jar boshida bir tup shuvoq.

Javobini ko`rsatish
Soqol.

57. Atrofi chakalakzor,
O‘rtasi yorug‘ yulduz.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z bilan kiprik.

58. Jar yoqalab tosh qo‘ydim,
Jiyronchani bo‘sh qo‘ydim.

Javobini ko`rsatish
Tish, til.

59. Sandiqchada mixcha.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

60. Bir teshikda hamma olam.

Javobini ko`rsatish
Quloq.

61. Gazlab olinmas, pudlab sotilmas,
Har kimda birdan ortiq bo‘lmas,
O‘zinikini birovga tortiq qilmas,
Ismi bo‘lsa ham, jismi bo‘lmas,
Ko‘zga ko‘rinmas, qo‘lga tutilmas,
Foydadan xoli emas, yo‘qdan topilmas,
Sholining poxoli emas,
Echkining soqoli emas.

Javobini ko`rsatish
Aql.

62. Bir bog‘ poxol, beli bog‘liq.

Javobini ko`rsatish
Soqol.

63. Otamdan bir meros oldim,
Yerga ko‘msam chirimas.

Javobini ko`rsatish
Ism.

64. Hamma vaqt og‘zimda,
Hech yuta olmayman.

Javobini ko`rsatish
Til.

65. Qizil buzog‘imni og‘ildan haydasam, chiqmaydi.

Javobini ko`rsatish
Til.

66. Quv yog‘och-a, quv yog‘och.
Quv yog‘ochda besh yog‘och,
Besh yog‘ochga qor yoqqan,
Qor ustiga qon tomgan.

Javobini ko`rsatish
Qo‘l, barmoqlar, tirnoq, xina.

67. U yog‘i arra, bu yog‘i arra,
O‘rtasida go‘shti barra.

Javobini ko`rsatish
Tish, til.

68. Sandiqchamni ochdim, yopdim,
Sachoqlari tashqarida qoldi.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z bilan kiprik.

69. Bir otim bor nos,
Ot, tuya ko‘tarmas.

Javobini ko`rsatish
Uyqu.

70. Teg desam, tegmaydi,
Tegma desam, tegadi.

Javobini ko`rsatish
Lab.

71. Bozorda sotilmaydi,
Tarozida tortilmaydi.

Javobini ko`rsatish
Uyqu.

72. Saman ot mindim, soy kechdim,
Soyasini ko‘rmadim.
Qizil baxmaldan to‘n bichdim,
Qiyig‘ini ko‘rmadim.

Javobini ko`rsatish
Tush.

73. Katta-kichik besh o‘rtoq,
Uyushsa bo‘lar to‘qmoq.

Javobini ko`rsatish
Barmoqlar.

74. Erta bilan to‘rt oyoqlab yuradi,
Tushda ikki oyoqlab yuradi,
Kechqurun uch oyoqlab yuradi.

Javobini ko`rsatish
Odam — bolaligi, yigitligi, keksaligi.

75. Jummoq qo‘ydim, jubin top,
Jumoy boboy uyin top,
Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top,
Tog‘oy boboy uyin top.

Javobini ko`rsatish
Qabr, mozor.

76. Ikki otim bor,
Bir-biridan chopog‘on.

Javobini ko`rsatish
Oyoq.

77. Besh otim,
Beshovi ham qashqa otim.

Javobini ko`rsatish
Barmoqlar.

78. Uy ustida sara yoy.

Javobini ko`rsatish
Qosh.

79. O‘zi boldan shirin,
Yesa bo‘lmaydi.

Javobini ko`rsatish
Uyqu.

80. Hovuzcha,
Hovuzcha ustida buloqcha,
Buloqcha ustida chiroqcha,
Chiroqcha ustida qalamcha,
Qalamcha ustida ayvoncha,
Ayvoncha ustida chakalakzor.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, burun, ko‘z, qosh, peshona, soch.

81. O‘ra,
O‘ra boshida sho‘ra.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, mo‘ylov, soqol.

82. Jarga ilon yopishgan.

Javobini ko`rsatish
Soch o‘rimi.

83. Qo‘sh inda qo‘sh sichqon o‘ynaydi.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

84. Kunduzi tayoqlashar,
Kechasi quchoqlashar.

Javobini ko`rsatish
Kipriklar.

85. Uzoqning u yog‘inda,
Yaqinning bu yog‘inda.
Ko‘rinmas ko‘zga,
Tinch bermas bizga.

Javobini ko`rsatish
Xayol.

86. Og‘ildan chiqqan oq eshak,
Qaytib joyiga kelmas.

Javobini ko`rsatish
Tushgan tish.

87. O‘nta og‘a-ini boshidan
O‘nta oy tushib ketdi.

Javobini ko`rsatish
Barmoqlar, tirnoq olish.

88. O‘ttiz bo‘ri bir joyga makon qo‘ydi,
O‘nta xizmatkor, ikkita qorovul qo‘ydi.

Javobini ko`rsatish
Tish, barmoqlar, ikki ko‘z.

89. Qarichdan yaqin,
Osmondan uzoq.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

90. Chelakcha,
Chelakcha ichida baliqcha.

Javobini ko`rsatish
Og’iz, til.

91. Qirli tog‘dan qizil ko‘ylakli qiz yumalab tushdi.

Javobini ko`rsatish
Burun qoni.

92. Tog‘da tayoq serkillar.

Javobini ko`rsatish
Soch o‘rimi.

93. Bir supada besh bola.

Javobini ko`rsatish
Qo‘l, barmoqlar.

94. Tekis joyda qo‘sh to‘la.

Javobini ko`rsatish
Burun.

95. Qushdan ildam uchar,
Qora yerning bag‘rin teshar.

Javobini ko`rsatish
Ko‘z.

96. O‘zi bitta,
Kallasi ikkita,
Dumi bitta,
Oyog‘i oltita.

Javobini ko`rsatish
Ot mingan odam.

97. Ko’sov,
Ko’sov boshida beshov,
Beshov boshida besh oyna.

Javobini ko`rsatish
Qo‘l, barmoqlar, tirnoq.

98. O‘zi keng,
Dengizdan chuqur.

Javobini ko`rsatish
Fikr.

99. Eshitadi, ko‘rmaydi,
Ko‘radi, eshitmaydi.

Javobini ko`rsatish
Quloq, ko‘z.

100. Og‘zim ochdim, uchdi ketdi,
Samarqandu Buxor borib yetdi.

Javobini ko`rsatish
So‘z, gap.

101. Yona yerda toyning izi.

Javobini ko`rsatish
Quloq.

102. Bir suruv eshagim bor,
Bari bir oxurdan suv ichar.

Javobini ko`rsatish
Og‘iz, tish.

103. Jar yiqildi,
Qum tiqildi.

Javobini ko`rsatish
Uyqu.

104. O‘t emas, kuydirar,
Pichoq emas, so‘ydirar.

Javobini ko`rsatish
Yolg‘on so‘z.

105. Besh og‘ayni yosh edi,
Ichida biri bosh edi.

Javobini ko`rsatish
Barmoqlar.

106. Shundan bora berdim to‘da qamish,
Uning adog‘ida bir bo‘lak qamish,
Uning adog‘ida shamchiroq,
Uning adog‘ida ikki buloq,
Uning adog‘ida to‘ymas quduq.

Javobini ko`rsatish
Soch, qosh, ko‘z, burun, og‘iz.

107. Bir otadan besh o‘g‘il.

Javobini ko`rsatish
Qo‘l, barmoqlar.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0