Qushlar va Parrandalar haqida topishmoqlar javobi bilan

01:51, 19 март 2024
11
0

Qushlar hamda parrandalar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Liking-liking yo‘rg‘asi bor,
Kumush choqli sirg‘asi bor.

Javobini ko`rsatish
Olashaqshaq.

2. Boyning o‘g‘li ko‘kka qarab yig‘laydi.

Javobini ko`rsatish
Boyo‘g‘li.

3. Oq sandiq,
Og‘zi yo‘q sandiq.

Javobini ko`rsatish
Tuxum.

4. Liking-liking yo‘rg‘asi,
Og‘zida baxmal to‘rvasi.

Javobini ko`rsatish
Kaklik.

5. Zuv-zuv borag‘ay,
Tomdan qarag‘ay.
Cho‘p, loy cho‘qig‘ay,
Savat to‘qig‘ay.

Javobini ko`rsatish
Qaldirg‘och.

6. Boshi taroq,
Dumi o‘roq.

Javobini ko`rsatish
Xo‘roz.

7. Oqligi sutday,
Ko‘kligi nilday,
O‘tirishi bekday.

Javobini ko`rsatish
Zag‘izg‘on.

8. Gul ustida olifta ashulachi.

Javobini ko`rsatish
Bulbul.

9. Ovozasi azonda,
Mazaligi qozonda.

Javobini ko`rsatish
Xo‘roz.

10. Yuqoridan keladi zebogina tovshi bor,
Oyog‘ida paxmoqqina kovshi bor.

Javobini ko`rsatish
Kaklik.

11. Bir kosada ikki xil ovqat.

Javobini ko`rsatish
Tuxum.

12. Atlas ko‘ylak qanoti,
Xush xabarchi odati.

Javobini ko`rsatish
Zag‘izg‘on.

13. Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.

Javobini ko`rsatish
Laylak.

14. Qirdan turib tuxum irg‘itdim.

Javobini ko`rsatish
Burgut.

15. Yozda keladi,
Qishda ketadi.

Javobini ko`rsatish
Zag‘izg‘on.

16. Mening bir o‘tovim bor,
Oynasi, eshigi yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Tuxum.

17. Erta turadi,
Jar chaqiradi.

Javobini ko`rsatish
Xo‘roz.

18. Jonlidan jonsiz do‘raydi,
Jonsizdan jonli do‘raydi.

Javobini ko`rsatish
Tovuq, tuxum, jo‘ja.

19. Bir qushim bor farangi,
Chorbog‘da chalar changdi.

Javobini ko`rsatish
Sa’va.

20. Chiy tagida chinni kosa.

Javobini ko`rsatish
Qush uyasi.

21. Saroyda sari otim,
Sebi bilan kishnaydi,
To‘qayda to‘riq otim,
To‘pi bilan kishnaydi.

Javobini ko`rsatish
Kaklik.

22. Bir qo‘shnim bor avval boshdan,
Soqoli uning qizil go‘shdan.
Sahar turib shovqin solar,
Xabari yo‘q hech bir ishdan.

Javobini ko`rsatish
Xo‘roz.

23. Qizil qiya ichida,
Qiyma juvon o‘tirar.
Dakanasin dol qo‘yib,
Dalva juvon o‘tirar.

Javobini ko`rsatish
Bedana.

24. Jar boshida uyurma.

Javobini ko`rsatish
Qush uyasi.

25. Jar boshida yashil paxta.

Javobini ko`rsatish
Ko‘k kaptar.

26. Bir piyolada ikki xil sharbat.

Javobini ko`rsatish
Tuxum.

27. Qizil yulg‘unning tagida,
Qizlargul opam yotibdi.

Javobini ko`rsatish
Qirg‘ovul.

28. Qoziq ustida qor turmas.

Javobini ko`rsatish
Tuxum.

29. Bir uyda ikki o‘rtoq,
Biri sariq, biri oq.

Javobini ko`rsatish
Tuxum.

30. Gul shohida,
Hasan mastcha.

Javobini ko`rsatish
Bulbul.

31. Surp ko‘ylaklik,
Selon kamzullik.

Javobini ko`rsatish
Olashaqshaq.

32. Tomda turgan pishagim,
Bo‘yni uzun eshagim.

Javobini ko`rsatish
Laylak.

33. Saharxez so‘fi,
Tuynukda bibiotin.

Javobini ko`rsatish
Xo‘roz, tovuq.

34. Bolorda beshik bor.

Javobini ko`rsatish
Qush uyasi.

35. Pishirsa osh bo‘lur,
Pishirmasa qush bo‘lur.

Javobini ko`rsatish
Tuxum.

36. O‘tga tushsa muz bo‘lar.

Javobini ko`rsatish
Tuxum.

37. Kichkina juvonmarg,
Tom boshidan o‘tin tashlaydi.

Javobini ko`rsatish
Chumchuq.

38. Buxorodan kelgan minoli,
Og‘iz-boshi xinoli.

Javobini ko`rsatish
Kaklik.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0