Daraxtlar, Mevalar va O‘simliklar haqida topishmoqlar javobi bilan

12:50, 19 март 2024
8
0

Draxt, meva va o’simliklar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Qo‘shaloq tovoq,
Ichi to‘la yog‘.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

2. Chorpoya ustida,
Shirin-shirin shox soqqa.

Javobini ko`rsatish
Tok, uzum.

2. Daraxt ustida langar.

Javobini ko`rsatish
Anjir.

3. Ichi un-un,
Tashi gulgun.

Javobini ko`rsatish
Jiyda.

4. Sariqqina to‘ni bor,
Ichi to‘la doni bor.

Javobini ko`rsatish
Anor.

5. Kichkina gumbaz ichida,
Qizlar aylabdi makon.
Yuzlarida parda tutig‘lik,
Har birining bag‘ri qon.

Javobini ko`rsatish
Anor.

6. Kichkina dekcha,
Ichi mazaliqcha.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

7. Beli bog‘li, cho‘tir choldir,
Qo‘ynida bor bujur kampir.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

8. Kichkina tandircha,
Ichi to‘la kulcha.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

9. Past-past bo‘yi bor,
Malla to‘ni bor.

Javobini ko`rsatish
Behi.

10. Pastu baland ko‘p xotin,
Ko‘ylaklari oq, gulgun.

Javobini ko`rsatish
O‘rik guli.

11. Eshagim quduqqa tushib ketdi,
Dumidan ushlasam, yulinib ketdi.

Javobini ko`rsatish
Qora mayiz.

12. Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq.

Javobini ko`rsatish
Anjir.

13. Osmondan tushdi bir tugun,
Usti baxmal, ichi un.

Javobini ko`rsatish
Jiyda.

14. Dum-dumaloq bo‘yi bor,
Palovda obro‘yi bor.

Javobini ko`rsatish
Behi.

15. Kichkina qozon,
Jingla palov.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

16. Qopcha,
Qopcha ichida uncha,
Uncha ichida ustuncha.

Javobini ko`rsatish
Jiyda.

17. Ikki tog‘ning orasida,
Bir tup yantoq.

Javobini ko`rsatish
Bodom.

18. Otasi uyda qolar,
Bolasi bozor borar.

Javobini ko`rsatish
Mevali daraxt.

19. Usti zahar, ichi tosh,
Toshning ichi asal.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

20. Bo‘g‘un-bo‘g‘un, bo‘g‘unchoq,
Tugun-tugun, tugunchak,
Yetmish qizning onasi,
Hali ham bo‘lsa kelinchak.

Javobini ko`rsatish
Tok, uzum.

21. Mallagina to‘ni bor,
Nordongina ta’mi bor.

Javobini ko`rsatish
Behi.

22. Kichkina qozon,
Jikr palov.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

23. Qora ho‘kizim og‘ilga kirishda dumini yulib qoldim.

Javobini ko`rsatish
Qora mayiz.

24. Bir onadan yuz bola,
Yuzovi ham bo‘z bola.

Javobini ko`rsatish
Tok, uzum.

25. O‘zi shirin, tukligina,
Mazasi bor, totligina.

Javobini ko`rsatish
Shaftoli.

26. Yozda ham qishda,
Bir xil kiyimda.

Javobini ko`rsatish
Archa.

27. U yog‘i tog‘,
Bu yog‘i tog‘,
O‘rtasida sarig‘ yog‘.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

28. Gulsiz bo‘lar mevasi,
Shirin-shirin donasi.

Javobini ko`rsatish
Anjir.

29. Bolalari qarsak chaladi,
Onalari o‘yinga tushadi.

Javobini ko`rsatish
Terak, barglari.

30. Yer tagida qizil qayish.

Javobini ko`rsatish
Tut daraxtining ildizi.

31. Kichkina dekcha,
Ichi to‘la mixcha.

Javobini ko`rsatish
Anor.

32. Tashi qizil anorday,
Ichi oq — unday,
O‘tirishi gulday.

Javobini ko`rsatish
Jiyda.

33. Osh ichida tosh,
Tosh ichida osh.

Javobini ko`rsatish
O‘rik.

34. U yog‘i tosh, bu yog‘i tosh,
O‘rtasida nishgan osh.

Javobini ko`rsatish
Danak mag‘zi.

35. Qo‘tir tosh,
Ichida osh.

Javobini ko`rsatish
Bodom.

36. Ota-onasidan bolasi shirin.

Javobini ko`rsatish
Tok, bargi, uzumi.

37. Qamchi dasta,
Qamchi dastada marjon.

Javobini ko`rsatish
Do‘lana.

38. Igna tegmasdan qon,
Tegirmon bermasdan un,
Tesha tegmasdan ustun.

Javobini ko`rsatish
Jiyda.

39. Kichkina qozonning oshi totli.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

40. Otasi bukri xo‘ja,
Onasi yoyma chalpak,
Bolasi shirin-shakar.

Javobini ko`rsatish
Tok bargi, uzumi.

41. Po‘sti qalin, qovoqday,
Beli bog‘li tanobday,
Mevasi sarig‘ yog‘day.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

42. Bodom kabi yaprog‘i,
Sollanadi butog‘i.

Javobini ko`rsatish
Shaftoli.

43. Qirq hujrada qizil qizlar.

Javobini ko`rsatish
Anor.

44. Kichkina xotin shoshaqon,
Kichkina qozon toshaqon.

Javobini ko`rsatish
Yong‘oq.

45. O‘zi ko‘m-ko‘k,
Yuzi qip-qizil.

Javobini ko`rsatish
Olma.

46. Hasan aka tikka turadi,
Bolalari chapak chaladi.

Javobini ko`rsatish
Terak, barglari.

47. Tepdim, sandiq ochildi,
Yerga bodom sochildi.

Javobini ko`rsatish
Do‘lana.

48. Bir qop un,
Ichida ustun.

Javobini ko`rsatish
Jiyda.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0