Sabzavot va Poliz ekinlari haqida topishmoqlar javobi bilan

05:44, 19 март 2024
9
0

Poliz ekinlari va sabzavotlar haqida eng sara va qiziqarli topishmoqlar to’plami barcha yoshdagi insonlar, o’quvchilar, kattalar va bolalar uchun.

1. Pishmaganda mazali,
Pishganda mazasiz.

Javobini ko`rsatish
Bodring.

2. Yer tagida chaksa go‘sht.

Javobini ko`rsatish
Lavlagi.

3. Bizlar, bizlar biz edik,
Bizlar bir talay qiz edik,
Bizlarni uzdilar,
Bir ipga tuzdilar.

Javobini ko`rsatish
Garmdori.

4. Qo‘shnimning arqoni devoldan oshib tushdi.

Javobini ko`rsatish
Oshqovoq.

5. Jumboq qo‘ydim, jubin top,
Yumaloq biyning otin top.
Tag‘i qo‘ydim, tag‘i top,
Tolli biyning otin top.

Javobini ko`rsatish
Tarvuz.

6. Qonga o‘xshash, qoni yo‘q,
Bolasining soni yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Garmdori.

7. Yer tagida oltin qoziq.

Javobini ko`rsatish
Sabzi.

8. Qizilgina ko‘zachak,
Ichi to‘la zirachak.

Javobini ko`rsatish
Garmdori.

9. Yer tagida zar kalapush.

Javobini ko`rsatish
Sholg‘om.

10. Boyning o‘g‘li Boysari,
Soqollari sap-sari.

Javobini ko`rsatish
Sabzi.

11. Kalta bobom ichkarida,
Quloqlari tashqarida.

Javobini ko`rsatish
Sholg‘om.

12. Qirq ko‘ylagi bor,
Bir tugmasi yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Piyoz.

13. Ko‘kkina qo‘zim,
Quvanda turib semiradi.

Javobini ko`rsatish
Tarvuz.

14. Sari bobom ichkari,
Soqollari tashqari.

Javobini ko`rsatish
Sabzi.

15. Yer tagida oq sochli boy yotar.

Javobini ko`rsatish
Piyoz.

16. Zar-zar to‘ni bor,
Zarbdan panohi bor.
Urdi pichoqni,
Uning ne gunohi bor.

Javobini ko`rsatish
Qovun.

17. Xilla xiloyim bor,
Janda-kulohim bor.
Boshimga urdilar pichoq,
Mening ne gunohim bor?

Javobini ko`rsatish
Qovun.

18. Qizil qiz yer ostida,
Sochlari yer ustida.

Javobini ko`rsatish
Sabzi.

19. Urmasdan yig‘latar.

Javobini ko`rsatish
Piyoz.

20. Qat-qat to‘nli,
Qarich bo‘yli.

Javobini ko`rsatish
Karam.

21. Buxorodan kelgan fil,
Orqasidan tasma til.

Javobini ko`rsatish
Qovun.

22. Men ajab hayronman bir narsaga,
Qoziqda boylovli turibdi-yu,
Onasi bolasining qornida.

Javobini ko`rsatish
Tarvuz.

23. Iyagi yerga qaragan,
Soqoli osmonga qaragan.

Javobini ko`rsatish
Sabzi.

24. Bir barmoqcha bo‘yi bor,
Qizil baxmal to‘ni bor.

Javobini ko`rsatish
Garmdori.

25. Xo‘ppa semiz,
Bir tuki yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Tarvuz.

26. Mayda-mayda uzunchoq,
Tashi ko‘k, ichida zirachak,

Javobini ko`rsatish
Bodring.

27. Qat-qat quloq,
Dum-dumaloq.

Javobini ko`rsatish
Karam.

28. Yer tagida kumush kunda,
Sho‘rva qilsang kelar kunda.

Javobini ko`rsatish
Piyoz.

29. Yer tagida yumron qoziq.

Javobini ko`rsatish
Turp.

30. Yer ustida mushtday quyruq.

Javobini ko`rsatish
Qo‘ziqorin.

31. Uzoqdan yaldir-yuldur,
Yoniga kelsam qulfi-kalit.

Javobini ko`rsatish
Tarvuz.

32. Oppoq, semiz, moyi yo‘q,
Terisi qalin, juni yo‘q.

Javobini ko`rsatish
Oshqovoq.

33. Past-past bo‘yi bor,
Yetti qavat to‘ni bor.

Javobini ko`rsatish
Piyoz.

34. Yer tagida oltin bosh.

Javobini ko`rsatish
Sholg‘om.

35. Bir uyning ichida,
To‘rt ko‘rpacha yoyig‘lik turibdi.
Eshigi ham yo‘q, teshigi ham yo‘q,
Mehmon kelsa ochiladi.

Javobini ko`rsatish
Qovun.

36. Bozordan bir narsa ol,
Ham o‘zing ye, ham tovug‘ing yesin,
Ham moling yesin.

Javobini ko`rsatish
Qovun.

37. Yer tagida kokilli bachcha.

Javobini ko`rsatish
Piyoz.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0