Zakovat savollari javoblari bilan

19:35, 18 март 2024
15
0

Zakovat savollari javoblari bilan — Aqlni charxlovchi, zehinni yanada o‘tkir qiluvchi, qolaversa inson dunyo qarashini o‘zgartruvchi savollar javoblari bilan. Savolning javobini ko’rish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.

1 — Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o‘zbekchasiga «quruq» deb nomlagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: O’sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.

2 — Nemis kimyogarlari Gans Tropsh va Frants Fisher 1924 yilda uglerod oksidi va vodorod aralashmasidan past bosim ostida uni sanoat miqiyosida olishning yangi usulini ochdilar. Nimaning?

Javobini ko`rsatish
Javob: Benzin.

3 — Autfild, Bol, Ketcher, Pitcher, Xoum-ran atamalari qaysi sport turida ishlatiladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Beysbol.

4 — Siverra narretis non opustis testibus. Qadimgi lotin aforizmiga ko‘ra, agar siz haqiqatni gapirsangiz, uning hojati yo‘q. Ularni kimni nazarda tutishgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Guvoh.

5 — Ularning birinchisi yevrey, keyingilari yunon, italyan, fransuz, ingliz, portugal, ispan. Menga bularning xozirgisi va undan oldingisini nomma-nom ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Benedikt XVI va Ioan Pavel II.
Izoh: Rim papalari haqida gap ketmoqda.

6 — AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm. ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektoe va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kitoblar og’irligini.

7 — 1492 yilning avgustida Ispaniya sohilidan Palos shahriga 3 ta yelkanli kema yo‘lga chiqdi. Bular: «Santa Mariya», «Ninya» va «Pinta» edi. Ularning kapitani kim bo‘lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Xristofor Kolumb.

8 — Rossiyaga u dastlab Mongoliyadan 1638 yilda dori sifatida yuborilgan; Rossiyada uni iste’mol qilish XVIII asr o‘rtalaridan boshlab odat tusiga kirgan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Choy.

9 — II jahon urushi davrida nemislar Leningradni bosib olganlarida bir itlar fermasiga duch keladi. Undagi barcha itlarni o’ldirmoqchi bo’ladilar. Lekin nemislar bu fikridan qaytadi. Agarda bunda hech qanday harbiy maqsadlar ko’zlanmagan bo’lsa, unda ularning bunday qarorga kelishining sababi nimada edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu itlar mashhur olim Pavlov tajribalar o’tkazgan itlar edi. Shuning uchun ilm-fan yo’lida ularni o’ldirmaganlar.

10 — 2006 yilda may oyida San-Paulu shahri qamoqxonasida xaqiqiy janjal boshlandi. Maxbuslar qamoqxona ma’muriyatidan o‘zlari uchun ma’lum bir vaqtga qo‘shimcha imtiyoz berishlarini talab qildilar. Savol, ushbu tartibsizliklarga qanday voqea bilvosita sabab bo‘lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: futbol bo‘yicha JCh.

11 — Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.

Javobini ko`rsatish
Javob: Soat.

12 — Bu ovozni eshitgan qoplon irillashdan, sirtlon uvillashdan to‘xtaydi, maymunlar ayuhannos solib daraxtlarning eng baland shohlariga chiqib ketadi, kiyiklar, ohular yashin tezligida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, podada ma’rayotgan qo‘y, echkilarning ovozi o‘chadi, tuyalar arqonini uzib qochadi, otlar oldinig ikki oyog‘ini tik ko‘tarib, og‘ir hansirab, kishnay boshlaydi va zo‘r berib orqasiga tisariladi, itlar dumini qisib egasining pinjiga kiradi. Bu ovozni eshitganda hatto odam ham bezgak tutgandek qaltirab, bekinish uchun joy axtaradi. Bu qanday ovoz?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sher na’rasi.

13 — Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oqqush.

14 — U juda iste’dodli edi, ximiyaga qiziqib, 27 yoshida professor bo‘ldi. Uning tadqiqot va kashfiyotlari olimlarni hayratda qoldirardi. Hech kim uning yaqin orada ximiya qolib, butunlay boshqa soha bilan shug‘ullanib ketishini hayoliga ham keltirmagan edi. Bu olim kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Lui Paster.

15 — Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy ta’siri to’g’risida tajribalar o’tkazdi. Ularning aniqlashicha televizor yonida ko’p o’tirish ko’z kasalliklarini keltirib chiqara ekan. Ular bu holat yana bir mintaqaga xos bo’lgan kasallikni keltirib chiqarmoqda deya ma’lumot berishdi. Bu qanday kasallik?

Javobini ko`rsatish
Javob: Semizlik.

16 — 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin.

Javobini ko`rsatish
Javob: Neft.

17 — Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor. Gap nima haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Hushtak chalish.

18 — U narsani biz deyarli har kuni ko‘ramiz. U haqidagi birinchi ma’lumotlar 1254 yilda ma’lum bo‘la boshladi. Lekin uning ilk ko‘rinishlari metalli bo‘lib, u bronzaga sayqal berish yo‘li bilan tayyorlangan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ko‘zgu.

19 — Rossiyaga bu sabzavot Petr I davrida olib kelingan. U paytlarda uning donalari maydaroq va taxir bo‘lgan. Ular zich ekilgan, shuning uchun yanada maydalashib ketgan. Dexqonlar uzoq vaqt bu sabzavotni ekishdan bosh tortishgan. Uni ekishga majbur qilinganda xatto qo‘zg‘olonlar xam bo‘lib o‘tgan. Bunday isyonlar xarbiy qo‘shinlar bilan bostirilgan. Dexqonlar shunchalik ekishni xoxlamagan sabzavot qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kartoshka.

20 — Shotlandiyada yangi yil kechasi ular xonadoniga men yoki G’anisher Rahmatullaev, Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, boringki Obid Asomov birinchi bo‘lib qadam qo‘ysa, bu oila yil bo‘yi baxt-saodatli bo‘larmish. Nega shunday bo‘lishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Javob: Chunki bizlarning barchamizning sochlarimiz qora rangda.

21 — Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi. Qaysi inventar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.

22 — Ilgaridan olimlar ushbu osmon jismlarini «ko‘rinadigan hech narsa» deb atashardi. Qaysi osmon jismlarini?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kometalar.
Izoh: Chunki, ba’zi kometalarning boshi ham, dumi ham juda siyrak – ularning zichligi biz nafas oladigan havo zichligidan milliardlarcha marotaba kichik bo‘ladi.

23 — Bu so‘z Italiyada to‘rt yuz yil muqaddam paydo bo‘lgan. Yetimlar yashaydigan bolalar uylari shunday nomlangan. Bu uylarda yetimlarni etik tikishga, devorlarni bo‘yashga, shuningdek musiqa asboblarini chalish va qo‘shiq aytishni o‘rgatishgan. Ushbu uylar qanday nomlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Konservatoriyalar.

24 — Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o’sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g’oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob 9: Mashhur masalchi Krilov.

25 — Moviy ko‘llari va daryolarining betakror go‘zal manzarasi, bu davlat qarag‘ayining nafis yam-yashilligi tufayli bu davlatni qadimdan «Tonggi musaffolik mamlakati» deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Koreya.

26 — G’arbiy Yevropada o‘rta asrlarda ritsarlarning xarbiy musobaqasi bo‘lib o‘tgan. Uning maqsadi – ritsarlarning jangovarlik qobiliyatlarini namoyish qilishdan iborat bo‘lgan. 16-asrga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda barham topib ketgan. Ushbu musobaqa qanday nomlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Turnir.

27 — Hozir Moskva konservatoriyasi buyuk rus kompozitori P.I. Chaykovskiy nomi bilan yuritiladi. Toshkent konservatoriyasi esa o‘zbek kompozitori Muxtor Ashrafiy nomida. Sankt Peterburg konservatoriyasi esa boshqa bir rus kompozitori nomi bilan ataladi. U kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nikolay Andreevich Rimskiy-Korsakov.

28 — Ochiq dengiz Kolumb boshchiligidagi dengizchilarni cho‘chitardi, chunki ular avvallari faqat sohil bo‘ylab suzishardi. Shuning uchun ufqda yashil tasmani ko‘rishganida bexad sevinib ketishdi. Lekin u yer emas, balki u edi. Nima edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yuzi qalin suvo‘tlar bilan qoplangan Sargasso dengizi edi.

29 — Albatta bizga juda ko‘p o‘yin turlari mavjud. Xar bir o‘yin ishtirokchilarining foydalanadigan predmet va atributlari mavjud. Biz miriqib o‘ynaydigan bir o‘yinda, xammamiz bir narsadan foydalanamiz, ushbu narsa esa o‘z navbatida 85% suvdan iborat. Agar siz qaysi o‘yin xaqida gap ketayotganligini aniqlagan bo‘lsangiz, menga biz “foydalanadigan” narsani yozib bering va umid qilamanki bu narsa sizga savol topishingizda yordam beradi.

Javobini ko`rsatish
Javob: Miya.
Izoh: Bu o‘yin “Zakovat” o‘yini edi.

30 — Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib «tirikchilik, umr kechirish, yashash» degan ma’nolarni bildiradi. Lekin hozirgi kunda bu narsa yashash va umr kechirish uchun unchalik ham yetmasligi mumkinligini ko‘rish mumkin. Bu qanday so‘z?

Javobini ko`rsatish
Javob: Maosh.

31 — 1502 yilning yozida Florentsiya aholisi ko‘chalarda ko‘pincha tashqi qiyofasi g‘alati bir kishini uchratishardi. Uning oq oralagan uzun sochlari bosh kiyimi tagidan yelkasiga yoyilagan, soqoli yuzini qoplab, ko‘ksiga tushgan edi. Quyuq qoshlari ostidan sinchkov ko‘zlari termulib turardi. Baland yirik gavdasiga keng kiyim yarashardi. Bu inson kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Leonardo da Vinchi.

32 — Bu puflama mundshtukli musiqa asbobining nomi uning ixtirochisi bo‘lgan belgiyalik puflama asboblar ustasi nomiga qo‘yilgan. Bu qaysi musiqa asbobi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Saksofon (Saksa (1814-1894) sharafiga).

33 — Stokgolmdagi moliyaviy Boshqarmada ishlaydigan Elfrid Karlson 20 dan ortiq kuchukcha hurushni biladi. Bu nimaga kerak?

Javobini ko`rsatish
Javob: U kuchuklarga soliq soladi.

34 — Bu daraxt Afrika shimolida shu yerlik xalqning ozuqaga, qurilish materiallariga, qisqasi, kun ko‘rish uchun zarur narsalarga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Sahroi kabirning ayrim viloyatlarida uning mevasi hamon pul vazifasini o‘tab kelmoqda. Bu qaysi meva?

Javobini ko`rsatish
Javob: Xurmo.

35 — Ulug‘ Vatan urushi yillarida okop va yerto‘lalarda bu hayvonlar boqilgan. Chunki bu hayvonlar askarlarni jiddiy xavfdan saqlagan. O’sha okoplarda qaysi hayvonlar boqilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mushuklar.
Izoh: Harobaga aylangan dalalarda yemish topa olmagan kemiruvchilar jangchilar yaqiniga joylashib olardi. Ular tulyaremiya degan juda ham xavfli, og‘ir yuqumli kasalliklarni tarqatardilar.

36 — Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering.

Javobini ko`rsatish
Javob: Made in China.

37 — O’tmishda yashab o‘tgan buyuk yozuvchilar, kompozitorlar, rassomlar ko‘pincha klassiklar deyiladi. «Klassik» so‘zi eng yaxshi, barkamol, namunali, hamma e’tirof qilgan kabi ma’nolarni anglatadi. Shunday bir alohida fan ham borki, u o‘zining barkamolligi tufayli klassik fan deyiladi. Bu qaysi fan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu Nyutonning klassik mexanikasidir.

38 — Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan. Nima sifatida?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sham sifatida.

39 — 2007 yilning boshida bo‘lib o‘tgan bir voqeadan keyin ko‘pgina AQShning boylari unga o‘z uylarini taklif qila boshladilar. Albatta uning vaqti ziq bo‘lganligi sababli u bu uylarni ko‘rib chiqib, tanlashni o‘zining yaqin bir insoniga topshirdi. Biz esa sizdan ishonib topshirgan insoniga bog‘liq guruh nomini yozib berishingizni so‘raymiz.

Javobini ko`rsatish
Javob: “Spice Girls”.
Izoh: Bu inson Bekxem edi. Uning xotini Viktoriya esa aynan shu guruh qo‘shiqchisi xisoblanadi.

40 — U 1855 yili sayyoh Livingston tomonidan kashf etilgan. Uning yonida bu sayyohning haykali o‘rnatilgan. Uning yaqinida «katta daraxt» o‘sib turibdi. U nimani kashf qilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Viktoriya sharsharasi.

41 — Mavzuni davom ettirib yumoristlarning bir gapini to‘ldirishingizni so‘rayman. “Labaratoriyada yangi dangasa-robot yaratildi. Imtixonlar a’lo darajada o‘tdi: robot …..”. Gapni bir so‘z bilan tugating.

Javobini ko`rsatish
Javob: Ishlamadi.

42 — XV asrda Parij shahri 3 qismga bo’lingan. 1 – Sobor, 2 – Luvr. 3 – qism qanday nomlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sarbonna.

43 — 1895 yili amerikalik ixtirochi metalli almashtiruvchi ustarani xavfsiz soqol olish moslamasi bilan almashtirdi. U olimning ismi-sharifi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: K. Jilleti.

44 — Mutahassislarning fikriga ko‘ra, agar ular yer yuzida yo‘q bo‘lib ketganlarida yuz ming tur o‘simlik o‘lib ketgan bo‘lardi. Bu o‘simlik «halaskorlar» ini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Asalarilar.
Izoh: Ular o‘simliklarning gulini changlatib ularning ko‘payishiga qulay sharoitni yaratadi.

45 — Dunyoda uning 600 dan ortiq turi mavjud. Nima uchundir uni ishlab chiqaruvchi dastlabki fabrika Italiyada emas, balki 1848 yili Nyu-Yorkdagi Bruklin shahrida Antoini Segera tomonidan ochilgan. Gap nima haqida ketayotganligini topgan bo’lsangiz, u sifatli bo’lishi uchun tarkibida nima kamida 5.5% ni tashkil etishi kerak?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tuxum (Gap Makaron haqida bormoqda).

46 — Uning asarlari nomida besh, o’n besh, sakson, yigirma ming va hatto besh yuz million raqamlarini uchratish mumkin. U kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: J.Vern.

47 — Yevropa politsiyasi bronjeletni ekstremestik harakatlarda, ish tashlashlar vaqtida va har hafta bir joyga borganda kiyishadi. Savol, qayerga borganda ular bronjelt kiyib olishadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Futbol matchlariga.

48 — Petr I ning farmoniga binoan, jahonda birinchi marta Tula zavodida ular faqat metalldan yasala boshlangan. Ular Rossiya iqlimi uchun juda qulay bo‘lgan vositalar hisoblangan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Konki.

49 — Qaysi hasharot to’g’risida ma’lumotni shotland radiosi har kunlik ob-havo ma’lumotida aytib o’tadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Chivinlar to’g’risida.

50 — Bu taom nomi turkchada «tovada pishiriladigan ovqat» degan ma’noni bildiradi. Bu gruzin xalqining milliy taomidir. Uni hammamiz sevib iste’mol qilamiz. Bu taom qanday ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tabaka.

51 — Angliya milliy balet teatrida boshqa barcha teatrlar kabi ta’til vaqti ham bor. Ular ta’tildan keyin mavsumning boshlanishini “Otello”, ”Spartak” kabi asarlar bilan boshlashadi. Lekin ingliz aktyorlari hazillashib mavsumni ana shu balet bilan boshlab bo’lmaydi deyishadi. Qaysi sahna asari?

Javobini ko`rsatish
Javob: “Oqqush ko’li” baleti.
Izoh: Sababi barcha aktyorlar ta’tildan quyoshda qorayib qaytgan bo’ladi.

52 — Bundan sakkiz asr muqaddam Neglinnaya daryosining Moskva daryosiga quyilish joyida, tik yonbag‘irli tepalikda rus knyazi Yuriy Dolgorukiy buyrug‘i bilan kichik yog‘och qal’a quriladi. O’sha davrlarda Rusda bunday kichik qal’a-shaharchalar ko‘p bo‘lgan. Aynan mana shu shaharcha va ana shu qal’a shonli va buyuk tarixga ega bo‘lishi o‘sha paytlarda hech kimning hayoliga kelmagan. U qal’a-shaharcha qanday nomlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kreml.

53 — Birinchi marta BU 2001 yilda AQShning harbiy flotida, avia tashuvchi “Enterprayz” da yaratilgan. U 400 odamga mo‘ljallangan, uning birinchi qo‘shtirnoq ichidagi boshlig‘i AQSh harbiy kuchlari floti leytenanti, asli kelib chiqishi Arabistonlik Moxi-ed-Din bo‘ldi. Gap nima haqidaligini qisman bo‘lsa xam ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Ko‘chma Masjid.
Izoh: Masjid javobi xam qabul qilinadi.

54 — Rossiya tarixidagi eng yorqin va qahramonona sahifalar bu yer bilan bog‘langan. Dmitriy Donskoy drujinalari shu yerdan dushmanga qarshi kurashga jo‘nab ketishgan. Rus xalqini polyak va shved bosqinchilaridan ozod etgan Minin va Pojarskiyning ko‘ngilli qo‘shinlari bu joydagi qo‘ng‘iroq ovozlari bilan kutib olingan. Bu yerda Petr I va Karl XII va shved qo‘shinlari ustidan qozonilgan Poltava g‘alabasini nishonlagan. Bu qaysi joy?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kreml.

55 — Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o’tagan. Savol, u nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bizon.

56 — Kongoda aholi uning 500 tasidan, Indoneziyada 250 tasidan, Sudanda esa 117 tasidan foydalanishadi. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Til.

57 — Bu ro’yxat boshida Indoneziya turadi. 2-o’rinda Yaponiya. 3-o’rinda 2000 yilgacha Buyuk Britaniya turgan. Xozir Filippin 3-o’ringa ko’tarilib olgan. Savol, bu ro’yxat nimaga qarab tuzilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Orollar soni bo’yicha.
Izoh: 2000 yili Buyuk Britaniyaning ba’zi mustamlakalari ozodlikka chiqqan.

58 — U mustahkamligi jihatidan po‘lat simga o‘xshaydi. Uni uzish qiyin bo‘lib, 1 kvadrat millimetrini uzish uchun 50 kg kuch kerak. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ipak.

59 — AQShda har bir shtatning o’z “Tayms”i bor. Masal, “New York Tayms”, “Los-Angeles Tayms” va h.k. Unda aytingchi Alyaskada chiqadigan “Tayms” gazetasining nomi qanday?

Javobini ko`rsatish
Javob: “Tundra Tayms”.

60 — Bu siz bilan bizga juda yaxshi tanish bo‘lgan so‘z arab tilidan olingan bo‘lib, nozik fahm, yaxshi fikrlash degan ma’nolarni bildiradi. Bu qanday so‘z?

Javobini ko`rsatish
Javob: Zakovat.

61 — Miloddan avvalgi 47 yilda Rim Senatiga bir insondan xat keladi. Qani bir yaxshilab o’ylab ko’ringchi o’sha xatda qaysi 3 ta so’z yozilgan bo’lishi mumkin.

Javobini ko`rsatish
Javob: Vini Vidi Vichi (Keldim, ko’rdim, g’alaba qildim).

62 — Bu sportning eng qadimgi turlaridan biri. Miloddan 2500 yil avval u bilan misrliklar qiziqishgan. Yunonlar ham bu sportni sevishgan. U paytlarda ko‘proq qumli maydonchada musobaqalashishgan. Bu qaysi sport turi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kurash.

63 — U haqidagi dastlabki ma’lumotlar yunon shifokori Klavdiy Galenning yozma manbalarida uchraydi. Ilgari undan foydalanish uchun uni surtishgan. Faqtgina Jyulen Lui Joffruning ihtirosidan keyingina u qattiq holda ishlatila boshlangan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sovun.

64 — Bu hayvon nomining tarjimasi mahalliy qabilalardan birining tilida «ichmaydi» degan ma’noni bildiradi. Bu hayvon haqiqatdan ham suv ichmaydi. Evkalipt barglari tarkibidagi suv uning uchun kifoya. Bu qaysi hayvon?

Javobini ko`rsatish
Javob: Koala.

65 — Polineziya orollarida ularga cho‘chqa va toshbaqa go‘shti, tunets balig‘i, tovuq kabi lazzatli taomlar iste’mol qilish man etiladi. Kimlarga nisbatan bunday ta’qiq qo‘llaniladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ayollarga.

66 — Uni bugungi kunda xam Djon Kennedi, Geydar Aliev, Leonardo Da Vinchi, Sharl de Goll qabul qilib kelmoqda. U bevosita 747, 757, 767, 777 sonlari bilan bog‘liq bo‘lsa, menga 1 daqiqadan keyin uni bir ingliz so‘zi bilan ta’riflab bering.

Javobini ko`rsatish
Javob: Boing.

67 — Sigir – 4, cho’chqa – 8, tipratikan – 10, yaguar – 11, ko’rshapalak – 20. Xo’sh, bu ko’rsatkich insonda nechaga teng?

Javobini ko`rsatish
Javob: 7-8 soat.
Izoh: Bu 1 sutkada normal uxlash vaqti edi.

68 — Bu sport turining nomi «qurolsiz o‘zini himoya qilish» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi sport turi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sambo (rus. «Самозащита без оружия»).

69 — Xalqimizda nikohlangan kelinning onasiga berilgan sovg‘a shunday atalgan. U qizni tarbiyalagan ona mehnatini alohida taqdirlash uchun nikoh to‘yi oldidan kuyov tomonidan berilgan. Uni ona o‘z ixtiyori bilan sarf etishga haqli bo‘lgan. U qanday nomlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sut haqi.

70 — Rossiya, Qozog’iston, Mug’uliston, Qirg’iziston, Shimoliy Koreya, Tojikiston, Vetnam, Afg’oniston, Makao, Pokiston, Laos, Nepal, Myanma, Butan. Agar bu davlatlarni nima birlashtirib turganini aniqlagan bo’lsangiz men aytmagan yana bir davlatni topishingiz kerak.

Javobini ko`rsatish
Javob: Hindiston (Barchasi Xitoy bilan chegaradosh).

71 — 1763 yilda shotland monaxi tomonidan yaratilgan elektr asbobi dunyodagi ilk elektr asbobi hisoblanadi. Undan cherkov qo‘ng‘irog‘i sifatida foydalanilgan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Zvonok (eshik qo‘ng‘irog‘i).

72 — Qaysidir bir amerikalik millioner o’limi oldidan o’z pullaridan ma’lum bir foizni jiyaniga, u universitetda o’qishini tugatib olishi uchun ajratib berilishini vasiyat qilgan. Bundan so’ng jiyan Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishiga arzigulik o’ziga hos bir rekord o’rnatgan. Bu qanaqa rekord?

Javobini ko`rsatish
Javob: U vafot etguncha bu universitetni tugatmagan.

73 — Bu so‘z frantsuzcha «darveshning kulbasi, hilvat joy» degan ma’nolarni anglatadi. Shahardan tashqarida qurilgan villa,atroflari bog‘li pavilonlarning nomi hisoblanadi. Bu so‘z bilan jahon madaniyati durdonalari bilan bog‘liq bir joy ataladi. Bu qanday nom?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ermitaj.

74 — Bu voqea dastlab Londonda yuz yildan ko‘proq vaqt muqaddam sodir bo‘ldi. Moskvada esa, 1935 yilning 15 mayida sodir bo‘ldi. Ho‘sh, bu voqea Toshkentda qachon sodir bo‘ldi?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1977 yilning 6 noyabrida.
Izoh: Bu yerda gap ushbu shaharlarda ilk bor metropolitenning ishga tushirilishi haqida bormoqda.

75 — Stalin, Brejnev, Andropov, Chernenko va Gorbachyov u mansab egasi bo’lishgan. Lenin va Xrushyov esa bo’lmagan. Bu qaysi mansab?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bosh kotib (Gen. Sekretar).

76 — «Fil sichqondan qo‘rqadi, chunki sichqon filning hartumiga kirib ketarmish» deyishadi. Bu noto‘g‘ri. Fil hartumiga sichqon kirishidan qo‘rqmaydi. Mabodo sichqon filning hartumiga kirgudek bo‘lsa, uni chirpirak qilib puflab yuboradi. Lekin «fil sichqondan qo‘rqadi» degan iboraning zamirida haqiqat bor. Bu haqiqat nimadan iborat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sichqon va kalamushlarning narsalarni qitirlatib kemirishi filni asbiylashtirib yuboradi, jazavasini qo‘zg‘otadi va shuning uchun fil o‘sha yerdan qochishga harakat qiladi.

77 — U narsa bizning yanada ko‘rkamroq ko‘rinishimizni ta’minlaydi. U dastlab 1470 yilda paydo bo‘lgan. Faqtgina 1890-1894 yillardan boshlab aynan hozirgi vaqtdagi ko‘rinishga kirgan. Bu nima bo‘lishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Javob: Dazmol.

78 — Bu davlatdan bo‘lgan shoira o‘z davlati haqida shunday yozgan edi: «Mo‘jaz o‘lkam mening bamisoli Qahraboning zarrin tomchisi». Chindan ham bu o‘lkani qahrabo o‘lkasi deyishadi. Bu qaysi mamlakat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Litva.

79 — Tabiblar uni qanday ichish kerakligini yozishgan: «Bu ajoyib ichimlikni osoyishta ich, shundagina sen tanangga ozor beruvchi tashvishlarni yenga oladigan darajada o‘zingni tetik his etasan». Bu qaysi ichimlik?

Javobini ko`rsatish
Javob: Choy.

80 — Qadimgi Rimda qirq yoshli odam chol hisoblangan, oltmish yoshlisi esa-dopontanus, ya’ni faqat ungagina yaraydigan bo‘lgan. Nimaga yaraydigan bo‘lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Faqatgina qurbonlik qilishga yaraydigan bo‘lgan.

81 — XIV asrda Florentsiyada BUNI savdoda ishlatgan xar bir odam “Sharqqa bosh egish” aybi bilan jazoga tortilishi mumkin edi. Xozirda esa bu deyarli xamma joyda bir shaklda qo‘llaniladi. Bir xudud nomi bilan ataluvchi BU narsa o‘sha xududda boshqacha tarzda qo‘llaniladi. Bu nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: ARAB raqamlari.

82 — Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o’rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo’lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Timsohlar.

83 — Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko’rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo’q. Ulug’ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo’lgan. Gap nima haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Dengiz.
Izoh: Sargossa dengizining chegarasi yo’q. Beruniy asarlarida ko’plab dengiz nomlari keltirilgan.

84 — Alisher Navoiyning «Hayrat-ul abror» dostonida «U shoxona to‘shagini muallaq havoda soldirar, safarda unga yellar hamrohlik qilar, sehrli uzugi tufayli devu parilar odamlar qatorida amru farmoniga itoatda edi» deb yozilgan. U qaysi payg‘ambar haqida shunday yozgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sulaymon.

85 — 1945 yilda AQSh da uning sanoat miqiyosida ishlab chiqarilishi boshlangan. U ilk bor angliyalik mikrobiolog Aleksandr Fleming tomonidan 1920 yildayoq ajratib olingan edi. Bu kashfiyot uzoq vaqt amalga kiritilgani yo‘q. Ikkinchi Jahon urushi vaqtida angliyalik bioximik Ernst Boris Cheyn va vrach Xouard Uolter Flori uni keng ishlab chiqarishga joriy etdi. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Penitsillin.

86 — Bu moslamani ilk bor 1670 yilda nemis ustasi Erxard Veygel Ienada turar joy binosida qurgan edi. Keyinchalik uni rivojlantirishda amerikalik muhandis Elishey Otis o‘z hissasini qo‘shdi. Mana salkam 340 yilki u insoniyatga beminnat xizmat qilib kelmoqda. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Lift.

87 — 1958 yili Shvetsiyada bo’lgan futbol bo’yicha Jahon chempionatida 16 jamoani guruhlarga bo’lish uchun qur’a tortish marosimi bo’lgan. Unda barcha jamoalar hududiy yaqinligidan kelib chiqib 4 guruhga bo’lingan. Bunda 1-guruh “G’arbiy Yevropa”, 2-guruh “Sharqiy Yevropa”, 3-guruh “Amerika” deb nomlangan. Xo’sh unda oxirgi 4-guruhga qanday nom berilgan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: “Buyuk Britaniya”
Izoh: O’sha yili Buyuk Britaniyaning 4 jamoasi ham chiqqan edi: Angliya, Shotlandiya, Uels, Irlandiya.

88 — AQSHlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort, Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni bir umumiylik bog’lab turibdi. Bu qanday bog’liqlik?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu insonlar katta dubulg’ani qo’lga kiritganlar. Bularning barchasi tennischilar.

89 — Zardob, zardolu degan so‘zlarni barchamiz eshitganmiz. Zardob va zardoluni ko‘z oldingizgi keltiringda, shu so‘zlarning o‘zagi bo‘lgan «zard» so‘zi qanday ma’noni bildirishi mumkinligini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Fors tilida «sariq» degan ma’noni bildiradi.

90 — Germaniyada birinchi bor qon topshirgan kishiga an’ana bo’yicha kinoga bilet beriladi. Qaysi filmga?

Javobini ko`rsatish
Javob: “Drakula”.

91 — Dunyoda turli fanlar ko‘p va ularning barchasi nimanidir o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Shu fanlarning ichida onomastika deb nomlangan fan bor. Ho‘sh, onomastika nimani o‘rganadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Odamlar ismining kelib chiqishi, ma’nolarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

92 — Bu shahar nomining tarjimasi «qizil botir» degan ma’noni bildiradi. Bu qaysi shahar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ulan Bator.

93 — Ular Zanjibarda uyning kishi diqqatini jalb etadigan asosiy va go‘zal qismidir. Ular boshqa san’at turlari kabi Zanjibar xalqining shon-shavkati hisoblanganidan uni oroldan tashqariga chiqarishmaydi. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Eshik.

94 — «Mo‘l-ko‘lchilik dengizi», «Sokinlik dengizi», «Bulutlar dengizi», «Ravshanlik dengizi», «Yomg‘irlar dengizi», «Moskva dengizi», «Orzular dengizi» kabi dengizlar qaerda joylashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oyda.

95 — O’tmishda Seyshel orolida bu meva «baxt ramzi» hisoblangan. Baxt va daromadni kiritish maqsadida bu mevaning bir donasini qimmatbaho buyumlarga, hatto bir kema molga almashib olgan kishilar ham bo‘lgan. Bu qanday meva?

Javobini ko`rsatish
Javob: Seyshel yong‘og‘i.

96 — Ozod Sharofiddinov aytgan: «Tanqidchi ijod bog‘iga bolta emas, uni ko‘tarib kirishi kerak». Nimani?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tokqaychi.

97 — Ma’lumki 19 asrda dunyodagi ko’pgina kuchli kapitalistik davlatlar singari Rossiyada ham temir rudasi qazib olish va temir quyish juda rivojlangan. Rossiyada ishlab chiqarilgan temirning 4 dan 3 qismi bitta narsa uchun ishlatilgan. Nima uchun?

Javobini ko`rsatish
Javob: Temir yo’l qurishga.

98 — U podsho o‘zining shahsiy muhriga «Men shogirdman va ustozlarga muhtojman» deb o‘yib yozdirgan. U podsho kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Petr I.

99 — Qo’l yozmadan na’muna keltiraman: “Agar kraxmallangan matodan tikilgan vintli qurilma ish bersa v tez aylansa, u havoda tirgak xosil qiladi hamda bulutlar orasiga ko’tariladi.” Menga qo’l yozma muallifini va ta’riflangan chizma nimaning ajdodi ekanligini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Leonardo Da Vinchi, vertalyot.

100 — Ma’lumki urushlar hech qaysi bir davlat yoki mamalakatga yaxshilik olib kelmagan. Umuman insoniyat uchun katta zarar. Ammo XX asrda Yevropadagi bir davlatda bo’lib o’tgan urush Yevropadagi boshqa bir davlatga quvonchli damlarni hadya etgan. Sizlar esa menga o’sha ikkita davlatni ham ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Daniya – Yugoslaviya. Daniya 1992 yil Futbol bo’yicha Yevropa Chempioni bo’lgan.

101 — “Transamerikan ekspress” da sayohat qilayotgan bir fransuz shunday eslaydi, ya’ni vagon restoranida u qo’shni stolda o’tirgan kishi bilan bir xil ovqat buyurgan bo’lsada, u sal keyinroq ovqatlanib bo’lgani uchun arzonroq to’laydi. Buni sababini so’raganda ofitsiant tushuntirib beradi. Xo’sh ofitsiant qanday javob bergan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Biz xozir boshqa shtatga kirib keldik, bu yerda soliqlar arzonroq. Shuning uchun sizning ovqatingiz arzon bo’ldi.

102 — Yaponiyaning Nagoya shaxrida futbol bo‘yicha JCh bo‘lib o‘tgan. O’yin 10 minutli 2 taymdan iborat bo‘lib, tanaffusi esa 20 daqiqa cho‘zilgan. Agar siz u yerdagi “futbolchilarni” topgan bo‘lsangiz, menga esa nima uchun 20 daqiqa tanaffus berilganini aniq qilib yozib berishingizni so‘rayman.

Javobini ko`rsatish
Javob: Batareykalarni zaryadka qilish uchun.
Izoh: JCh robotlar o‘rtasida o‘tgan.

103 — Nima uchun kaltakesak dumini tashlab ketganda uning dumi yerda goh yig‘ilib, goh to‘g‘irlanib harakat qiladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Raqibi diqqatini ana shu dumga qaratgani zamon dum egasi o‘zining yashirin uyasiga qochib qoladi.

104 — Har yili Gannibal shahrida bir festival bo‘lib o‘tadi, u yerda o‘tadigan devor bo‘yash bo‘yicha musobaqa ayniqsa qatnashchilar o‘rtasida katta qiziqishga sabab bo‘ladi. Endi o‘ylab ko‘rib aytingchi bu festival kimning nomi bilan ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mark Tven.

105 — Birinchi marta ularni ko‘rgan dengizchilar ularni uzoqdan frak va sutdek oppoq mashnika kiyib olgan odamlar to‘dasi deb o‘ylashgan. O’sha zamonlarda erkaklar tantanli marosimlarda shunday kiyinishar edi. Dengizchilar o‘shanda aslida nimani ko‘rishgandi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Pingvinlarni.

106 — Bundan 135 yilcha avval Amerika firmalaridan biri qimmatbaho fil suyagi o‘rnini bosa oladigan material tayyorlashga konkurs e’lon qildi. Konkursda ko‘p ixtirochilar, injinerlar va olimlar ishtirok etishdi. Shular orasida Xayaat degan aka-uka ixtirochilar ham bor edi. Ular hozirgi kunda juda keng tarqalgan bir materialning dastlabkilarini yaratishgan edi. U qanday material edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Plastmassa.

107 — Bu daho yaratgan ixtirosini stol ustiga qo’yib o’rinbosari Jon Kruezining diqqatini jalb qiladi va ixtirosining “shoxchasi”ga qarab “Merining qo’zichoqlari bor edi” deb qichqiradi. Keyin nima ro’y berganini bilgan bo’lsangiz, menga kashfiyotchini emas, uning ixtirosi nima ekanligini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Fonograf (Tomas Edison ovozini yozib olgach apparat uni qaytaradi).

108 — Ma’lumki sport o’yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o’zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o’yinchiga naq 6,5 hakam to’g’ri keladi. Bu qaysi sport?

Javobini ko`rsatish
Javob: 2-kishilik Kort Tennisi.

109 — U qadimgi Rimda ixtiro qilingan. Arxeologik materiallarga qaraganda, dastlab paypoq yoki boshmoq shaklida qamishdan to‘qib tayyorlangan, keyinchalik ilmoqli temir plastinkachalarni arqon yoki qayish bilan bog‘lab qo‘yilgan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Taqa.

110 — Rossiyada chop etiladigan “Xalqaro huquq” jurnalining birinchi betida 1998 yil yo‘lbars, 2000 yilda baliq, 2001 ilon rasmi chop etilgan. Lekin 1999 yildagi xar bir jurnalda quyonning rasmi bilan bir insonning rasmi chop etilgan. Savol, bu kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Pushkin.
Izoh: Shu yili Pushkinning 200 yillik yubileyi bo‘lgan.

111 — Islandiya poytahti Reykyavikdan 112 km janubi-sharqda Surtsey degan vulkan bor. Bu vulkanning boshqa vulkanlardan farqi bor. Bu farq nimada?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu vulkan dengiz ostidan otilib chiqadi.

112 — Narshaxiyning ma’lumotiga ko’ra arablar istilo qilgan hudud aholisi arablardan moddiy manfaatdor bo’lishgan. Arablar mazkur hudud aholisiga bir ishlari uchun 2 dirxamdan berishgan. Qanday ish evaziga?

Javobini ko`rsatish
Javob: Masjidga kelgani uchun.
Izoh: “Islom dinini qabul qilish” javobi qabul qilinmaydi.

113 — Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo’ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.

Javobini ko`rsatish
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi.

114 — 1997 yilning 4 avgustidan keyin NASA ning internet saytiga 220000000 ga yaqin kishi tashrif buyurdi. Ular u yerda nimani ko’rmoqchi bo’lishgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mars sayyorasi rasmlarini (Mars Pathfinder sun’iy yo’ldoshi tomonidan uzatilgan).

115 — Sankt Peterburgdagi Yozgi bog‘da bir haykal bor. Uning atrofida har doim bolalar gavjum. O’rindiqda o‘tirgan qariya chuqur o‘yga tolgan, uning poyida hayvonlarning bronza haykalchalari. Bu odam kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ivan Andreevich Krilov va uning masallari qahramonlari.

116 — Mashhur sayyoh D. Livingston uni to‘ntarib qo‘yilgan ulkan sabziga o‘xshatgan. Afrikaliklardagi bir rivoyatda: «Kunlardan birida qudratli tangri undan g‘azablanib, uni sug‘urib olganu, ildizini yuqoriga, shoxini pastga qaratib to‘ntarib yana yerga tiqib qo‘ygan» deyiladi. Bu nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Baobab daraxti.

117 — Buni qarangki sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs sizga qurbonlik ham bermoqchi. Lekin siz uni qabul qilmasligingiz ham mumkin. Aytingchi sizni chalmoqchi bo’lgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: shaxmatchi (Gambit – bu “chalmoq” degani. Bunda bir sipoh qurbon qilib yakunda g’alabaga erishiladi).

118 — 1993 yilda mashhur “Kristi” auktsion firmasi Xalqaro Astronomik Uyushma bilan kelishgan holda sotuvga bir necha lot(sotiladigan buyum) qo’ydi. Bu firma sotuvga boylar o’rtasida juda mashhur bo’lgan nima qo’ydi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bir necha nomsiz yulduz. Lotni sotib olganga yulduzga o’z nomini berish imkoni beriladi.

119 — Tarixchi Xondamir o‘zining «Makorimul-ahloq» deb nomlangan kitobida «Navoiy vafotiga hatto tabiat ham motam tutdi» deb yozgan. Xondamir nima sababdan shunday deb yozgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1501 yil uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan.

120 — Birmaning tog‘li rayonlaridan birida yashovchi paduanglar qabilasida ayol kishining go‘zalligi uning bo‘ynining uzunligiga qarab belgilanadi va ayollar bo‘yinlarini uzaytirish maqsadida mahsus xalqalar kiyib yurishadi. Paduanglarda og‘ir gunoh qilgan ayollarga beriladigan eng qattiq jazo bor. Eriga xiyonat qilgan ayolga bunday jazo qo‘llaniladi. Bu qanday jazo bo‘lishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bo‘ynidagi xalqalarni olib tashlashdan iborat.

121 — A, K, Q, J, ….. qatorni davom ettiring.

Javobini ko`rsatish
Javob: 10, 9, 8, …..m(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet (Jack).

122 — Tijortda raqobatga qarshi uchta qudratli qurol bor: 1. Sifat. 2. Narx. 3-nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Reklama.

123 — Bu yerda qizil zarang o‘sadi. Uning barglari kuzda shunday yorqin tusga kiradiki, daraxt go‘yo lovullab yonayotgan mash’alani eslatadi. Bu qaysi mamlakat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kanada.

124 — Mashhur sport kiyimlari va buyumlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi emblemalaridan biri bu “Uch barg” hisoblanadi. Bu uch bargli emblema nimani ifodalaydi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu uch barg uch qit’ani anglatadi.

125 — 1751 yili Angliyadagi bir reformadan ko’chilik norozi bo’lgan. Ular mazkur islohat tashkilotchisi bo’lgan lordning uyiga borib “Bizning 2,5 …mizni qaytaring” deya aytishgan. Ular nimasini qaytarishni talab qilishgan va bu qanday islohat edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: “2,5 oyimizni qaytaring”.
Izoh: O’sha vaqti Angliyada kalendar o’zgargan. Natijada 2,5 oy keyinga surilgan.

126 — Qaysi mamlakat gerbida ot choptirib ketayotgan chavandoz tasvirlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mongoliya.

127 — Bu san’at 16-17 asrlar bo‘sag‘asida, Uyg‘onish davrida paydo bo‘ldi. Italiyaning Florentsiya shahridagi shoirlar, musiqachilar, rassomlar bu san’atning asoschisi bo‘lishgan. Bu san’atda ular san’atning har xil turlarini (she’riyat, musiqa, drama, tasviriy san’at) birlashtirishdi. O’shandan buyon bu san’at butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi. Bu qaysi san’at?

Javobini ko`rsatish
Javob: Opera.

128 — Bepoyon jazirama cho‘ldagi yashovchi badaviylar uchun bu rang muqaddas rang, baxt va go‘zallik rangi, jannat rangidir. Bu qaysi rang?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yashil rang.

129 — Eramizdan avvalgi V asrda yashagan yunon olimi Gerodot: «U Nilning sovg‘asidir» degan. U nimani nazarda tutgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Misr.

130 — Qo’lsiz oyoqsiz eshik ochar. Bu shamol ekanligi hammamizga yoshlikdan ma’lum. Ammo Ginnesning Rekordlar kitobiga kirgan Litvalik Antanas Kontrimas 2001 yili 11 martida 59 kg.li qizchani 10,93 soniya qo’l-oyoqsiz qanday qilib ko’tarib turganligini aytinchi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Soqoli bilan.

131 — XVIII asrda Gollandiyaning Zaandam shaharchasidagi dengiz kemalari qurilayotgan korxonada kunlarning birida yangi duradgor paydo bo‘lib qoldi. Boshqalar qatori u ham taxtalarni randalar, mix qoqar, og‘ir g‘o‘lalarni tashir edi. Ishdan keyin u iloji boricha ko‘proq qiziqarli narsalarni ko‘rish ishtiyoqida uzoq vaqt shahar aylanib yurardi. Keyinchalik Zaandam aholisi ana shu yosh duradgor aslida chet el sayohatiga chiqqan rus kishisi ekanligi haqida taajjub bilan xabar topdi. U rus kishisi kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Petr I.

132 — Latifa. Er turistik sayoxatdan uyga kelib xotiniga rasmlarni ko‘rsatibdi. “Bu Venetsiya, bu Neapol, bu Rim”. Xotini rasmlar ichidan birini olib: “Juda yaxshi mast bo‘lgan ekansan” – deb rasmni ko‘rsatibdi. Savol rasmda nima tushirilgan edi.

Javobini ko`rsatish
Javob: Piza minorasi.

133 — Ularni birinchi bo’lib 1947 yilda tog’larda amerikalik tadbirkor Arnold ko’rgan. O’sha paytlardan beri ularni AQShning o’zida 80000 ga yaqin odam ko’rgan. Ular nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Uchar likopchalar.

134 — Bodrirallar aytgan: «U turmani mahbuslar bilan to‘ldirib turuvchi xizmatkordir». U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ichkilik.

135 — Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko’proq yolg’on gapirishga moyil bo’ladilar. Savol, nimadan oldin?

Javobini ko`rsatish
Javob: Saylovdan oldin.

136 — U gollivud, ko’zoynakli, tuxumli, gurunchli va hatto mono bo’lishi mumkin! U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Dieta.

137 — Rus olimi K.A.Timiryazev: «U narsa inson tafakkurining buyuk ixtirolaridan birini tashkil etadi» degan edi. U nimaga shunday ta’rif bergan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yaxshi yopilgan bug‘doy noni.

138 — Vengriyada yangi yilda bayram dasturxoniga turli-tuman taomlar, tamaddilar, ko‘katlar, ko‘p hil noz-ne’matlar tortiladi. Mehmonlar oldiga cho‘chqa bolasi butunligicha keltirib qo‘yiladi. Lekin dasturxonga bir turkum taomlargina qo‘yilmaydi. Qanday taomlar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Parranda go‘shti.
Izoh: Chunki ularning tushunchalari bo‘yicha, parranda uchadi va uning go‘shti bayram dasturxoniga qo‘yilsa, yil davomidagi baraka va baxt uchib ketadi deb hisoblashadi.

139 — U qozoqlarda «kures», gruzinlarda «chidaoba», armanlarda «kox», ozarbayjonlarda «gyulesh» deb ataladi. U o‘zbeklarda qanday nomlanadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Kurash».

140 — 1 ta Yaguar, 2 ta it, 1 ta qunduz, 4 ta ayiq, 1 ta burgut, 4 ta boyqush, 1 ta o‘rdak, 1 ta o‘rdakburun, 1 ta yexidna, 1 ta yenot, bir bola va bir qiz, 1 ta quyon, 1 ta koyot, 1 ta bo‘ri hamda 2 ta yunon ma’budi. Ushbu qatordagi bog‘liqlikni toping?

Javobini ko`rsatish
Javob: Olimpiada talismanlari.

141 — Armiya davlatning asosiy kuchidir. Misol uchun Shimoliy Koreyada axolining 5% armiyada xizmat qiladi. Ushbu mamlakatda esa 2004 yilga kelib eng internatsional armiya xosil bo‘ldi. 7622 askar 136 ta turli millatga mansubdir. Savol, bu qaysi mamlakat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Frantsiya.

142 — AQSh stamotologi Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko‘rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga uning oldingi tishlari sabab bo‘lgan. Bu ayol kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mona Liza – Djakonda.

143 — Germaniyada “Unsicht” nomli restoran mavjud bo‘lib, uning nomi “ko‘rinmas” deb tarjima qilinadi. Restoran nomining bunday qo‘yilishiga 2 ta sabab mavjud. 1-si barcha xizmatlar qorong‘ulikda amalga oshiriladi. 2-sini siz bizga yozib berasiz.

Javobini ko`rsatish
Javob: U yerda ko‘rlarga xizmat qilinadi.

144 — Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar o’tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rimning 1000 yilligini.

145 — «Kristallos» so‘zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Muz.

146 — U inson haqida H. No‘‘mon va A. Shorahmedov «Ota» romanini yozishgan, «O’zbekfilm» kinostudiyasida «Mazmunli qisqa hayot» nomli badiiy film yaratilgan. U inson kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yo‘ldosh Ohunboboev.

147 — Yunonlar uni sfinks deb atashgan. U ishlatgan qatl uslubi odamlarni jalb qilmaydi. Bir mashhur adabiy qahramon ham bu qatl uslubidan foydalangan. Endi menga uning nomini emas, yunonchada sfinks qanday ma’noni bildirishini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Bo’g’uvchi.
Izoh: Gap bo’g’ma ilon haqida bormoqda. Adabiy qahramon bu – Otello.

148 — Kastor va Polidevk, Gerakl va Meleagr, Orfey, Peley va Telamon. Ularning boshqaruvchisi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yason.

149 — Boksni hamma yaxshi biladi. Lekin boks atamasi bir sport turidagi jihozlar turuvchi joyni ham anglatadi. Bu qaysi sport turi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Formula-1.

150 — Indoneziyaning Bali orolida yashovchi har bir inson umrida uch marotaba ibodatxonaga zambilda keltiriladi: birinchi marta-yigit yoki qiz balog‘atga yetganida, ikkinchi marta nikoh to‘yida. Uchinchi marta qachon?

Javobini ko`rsatish
Javob: Birinchi o‘g‘il ko‘rganda.

151 — Janubiy Afrikada yashovchi gerero degan qabilada «Ularga qo‘shni bo‘lishdan og‘irroq musibat yo‘q» degan maqol bor. Ho‘sh bu maqol nima yoki kim haqida?

Javobini ko`rsatish
Javob: Egizaklar haqida.
Izoh: Gerero qabilasida egizaklar muqaddas sanaladi va ular o‘z uyidan tashqari qo‘shnisining uyiga ham bemalol kirib, hohlagan ishlarini qilishlari mumkin, tabiiyki, bu qo‘shnilar uchun bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

152 — Turkman yozuvchisi Berdi Kerboboev «Men uni qardosh O’zbekiston adabiyoti osmonidagi oy deb hisoblayman. U yaratgan mashhur asarlarning O’zbekiston tuprog‘iga alangali nur sochayotganini kim tan olmaydi?» deb yozgan edi. U kim haqida shunday yozgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Muso Toshmuhammad Oybek.

153 — Xitoyliklarda shunday bir ibora mavjud. “Jen do – di shao” Bunda “do” va “shao” “ko‘p” va “kam” ma’nolarini beradi. Siz esa menga to‘liq iborani yozib bering.

Javobini ko`rsatish
Javob: “Insonlar ko‘p – yer kam”.

154 — Birinchi marta Vashington metrosiga tushgan inson hayratda qolishi tayin. Unda elektr yoritgichlar mahorat bilan ishlangan. Odamlarda shunday gap bor: “Vashington metrosi shunday yoritilganki, …… Xuddi narigi dunyodagidek. Savol nuqtalar o’rniga qanday jumla qo’yilishi kerak?

Javobini ko`rsatish
Javob: O’z soyangni ko’rmaysan. Narigi dunyoda esa insonlarning soyasi bo’lmaydi.

155 — Dunyodagi eng yebto‘ymas mavjudot u ekan. Chunki, u 2 soat ichida 40 ta pashsha va chivinlvrni yeb bitirar ekan. U qaysi mavjudot?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ninachi.

156 — O’tmishda Yevropaning ayrim mamlakatlarida chopar orqali yetkazilgan xat-xabar shunday atalgan, hozirgi kunda esa bu so‘z bilan bir sport musobaqasi ataladi. Bu qaysi so‘z?

Javobini ko`rsatish
Javob: Estafeta.

157 — Avstraliya aboregenlari xo’rozni “azonlab …… qush” deyishadi. Bir millat u ishni qo’rqmay qiladiganlarni jasur, mard hisoblashgan. Siz menga bu qanday ish ekanligini emas, o’zbeklardagi uning eng kamida 3 turini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Kulish, tirjayish, jilmayish.
Izoh: Abarogenlar xo’rozni “azonlab kulayotgan qush” deyishadi.

158 — Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina I jahon urushiga kelib uning targ’iboti keng ko’lamda bo’lgan va uning qulayligi urushda o’z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o’sha ixtirochining ismini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Jillet (Gillet).

159 — Bu butun jahonni o‘z qobiliyati va iste’dodi bilan zabt eta olgan buyuk ijodkor roppa rosa 56 yoshida, ya’ni o‘zining tug‘ilgan kunida vafot etgan. U kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Vilyam Shekspir.

160 — U og’ir tanazzul vaqtida tug’ilgan. Oilasini erta tark etishga to’g’ri kelgan. Tirik qolish uchun konsertlar qo’ya boshlagan. So’ngi konserti u uchun fojiali yakunlangan. Menga bosh qahramon va uning qotilini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Bo’g’irsoq va Tulki.

161 — Amerikada o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida, “siz kim bo‘lmoqchisiz?” degan savolga 40% bog‘cha yoshidagi qizlar aynan shunday javob beradilar. 1999 yilda ekranlarga chiqqan filmning bosh qaxramoni xam shu jaraynni yaxshi ko‘rsa kerakki, u ishni boshlab oxiriga yetkazmasdan ketib qolar edi. Diqqat savol, bu “kasb”ni yozib bering.

Javobini ko`rsatish
Javob: kelin.

162 — Bu davlatning nomi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib «suv o‘rtasidagi quruqlik,orol» degan ma’nolarni bildiradi. Bu davlatning nomi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Jazoir.

163 — 18 aprel tunidayoq minglab insonlar kema to‘xtash joyiga keldilar. Ertalabki soat 8 da 11-avenyudan o‘tib bo‘lmasdi. Barcha insonlar o‘zlari uchun eng qimmatli “Yuk”ni kutayotgan edilar. Maksimal aniqlik bilan ushbu insonlar kimlarni kutayotganliklarini yozib bering.

Javobini ko`rsatish
Javob: Titanik xalokatidan tirik qolgan insonlarni.

164 — M.Gerasimov “Arablar va dengiz” asarida bir ma’lumotni keltiradi. Uning aytishicha, XX asr boshlarida yo’lovchi kemalarga ayollar chiqarilmagan. Kapitanlar ayollarni kemada bo’lishini xohlamagan. Chiqarsa ham, 2-3 baravar haq evaziga chiqarishgan ekan. Buning sababi nimada?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ular ayollar fakolat olib keladi deb o’ylashgan.

165 — Ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bu so‘zning har bir harfiga bir ma’no berganlar. Bu so‘zda ittifoqlik, saodat, latofat, oqibat va muhabbat mujassamlashgandir. Bu qaysi so‘z?

Javobini ko`rsatish
Javob: Islom.

166 — Bu so‘zning ma’nosi «yo‘q joy, hayoliy joy», boshqa taxminlarga ko‘ra «farovon joy» degan ma’nolarni bildiradi. Bu ilmiy asoslab berilmagan, ideal ijtimoiy tuzum tasviridir. Bu qaysi so‘z?

Javobini ko`rsatish
Javob: Utopiya.

167 — Ob-havoning ko’p yillar davomida o’rganish natijasida olimlar shuni aniqlashdiki, yirik shaharlarda xaftasiga ikki kun xavo boshqa kularga qaraganda sovuqrok bo’larkan. Yirik shaharlarda qaysi ikki kunda sovuqroq bo’ladi va nima uchun?

Javobini ko`rsatish
Javob: Shanba va yakshanba, chunki bu kunlari zavod va fabrikalalar ishlamaydi va o’zidan issiq havo chiqarmaydi.

168 — Kishi bu davlatning qaysi joyida yashayotgan bo‘lmasin, agar u cho‘milishni istab qolsa, avtobusga o‘tirib dengiz bo‘yiga borishi, miriqib cho‘milishi va o‘sha kuniyoq yana uyga qaytib kelishi mumkin. Chunki orolning eng keng joyida u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqacha bo‘lgan masofa 230 km dan oshmaydi. Bu qaysi davlat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kuba.

169 — Yunonchada bu sohaning nomi «kema xaydash mahorati» degan ma’noni bildiradi. Hozirda bu soha bilan bog‘liq kishilar ham kema xaydashadi, ammo ularning kemalarining na yelkani bor, na bug‘li dvigateli. Bu qaysi soha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kosmonavtika.

170 — 1970 yillari SSSRda ishlab chiqarilayotgan konservalarning ustiga ma’lum bir harflar yozim qo’yilgan. Masalan: “A”, “Á” va h.k. Mantiqiy o’ylagan holda bu harflarning eng oxirgisi qaysi va bu qanday ma’noni bildirishini ayting

Javobini ko`rsatish
Javob: Oxirgisi “Ë” xarfi.
Izoh: Bu xarflar konservaning qaysi oyda chiqqanligini bildirgan. “A” – yanvar, “Á” – fevral va h.k. Rus alifbosida 12 xarf bu “Ë”

171 — 85 yoshdagi Akademik uylanmoqda. U o’z to’yida qadah so’zi aytmoqda: “Sevgi misoli ummon. Men uningsiz yasholmayman. Uni sevdim va bundan uyalmayman”. Bu kimning to’yi edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Jak Iv Kusto.

172 — Shveytsariyada ayrim qamoqxonalarda oq bayroq ilib qo’yishadi. Bu nimani bildiradi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oq bayroqni qamoqxonada bitta ham qamalgan odam bo’lmagan taqdirda ilib qo’yishadi.

173 — Gollandiyadagi xaydovchilikka o‘rgatish maktabidagi yo‘llar atayin juda yomon. Buni aniq sababini ayting?

Javobini ko`rsatish
Javob: xaydovchilar xayotda sekinroq yurishlari uchun.

174 — Agar amerikalik Floridada tug’ilgan bo’lsayu, uning tug’ilganlik xaqidagi guvohnomasida «New York J161TH» deb yozilgan bo’lsa, u aynan Floridaning qayerida
tug’ilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu raqamli avtomobilda. Tug’ilish vaqtida avtomobil Florida hududida bo’lgan.

175 — An’anaviy ispan korridasi uzog’i bilan 20 daqiqa davom etadi xolos, lekin tomoshabinlar uni soatlab tomosha qilishi mimkin. Nima uchun bitta korridaning vaqti 20 daqiqa bilan chegaralangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 20 daqiqaga yaqin vaqtdan so’ng buqa qizil matoni emas odamga hujum qilish kerakligini tushunadi, bu esa torreador hayoti uchun xavflidir.

176 — Yaponiyada urush vaqtida o‘z qo‘shinlariga kaptarlar yordamida xabar yetkazilayotganda bir muammo paydo bo‘ladi. Ya’ni xabarni olib ketayotgan kaptarni dushman merganlari urib tushirar yoki ularga yirtqich qushlar xujum qilar edi va xabar kerakli joyga yetib bormas edi. Shunda uddaburon yaponlar bu muammoning xam yechimini topishdi va xabarlar ilgarigidek, kerakli joyiga xech bir shikastsiz yetib bora boshladi. Ular kaptarlar bilan bog‘liq qanday yangilikni o‘ylab topishgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ular xatto tunda xam xuddi kunduzgidek bemalol ucha oladigan yangi kaptar zotini yetishtirishdi, natijada dushman uni ko‘ra olmaydi, yirtqich qushlar esa ularga xujum qila olmaydi.

177 — AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu sananing ifodalanishi edi.
Izoh: AQShda oldin oy, so’ng kun, oxirida yil aytiladi. Yaponlarda oldin yil, keyin oy, so’ng kun. Bizda esa kun, oy, yil aytiladi. Masalan: 17.03.1977.

178 — 1967 yili Parijda bir fotoatelye ochiladi. Uning mijozlari tobora ko’plab topila boshlaydi. Bu fotoatelye har doim gavjum va shovqin-suronli edi. Aytingchi, bu fotoatelye boshqalaridan qanday farq qilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu fotoatelyeda itlar suratga olingan.

179 — Har birimiz yoshligimizda juda ko’p ertaklar eshitganmiz. Yalmog’iz kampir, ko’rinmas odam va h.k. Siz esa menga olti oyoqli, bir boshli, ikki ko’zli va dumi bor mavjudod muallifini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: Mayn Rid (“Boshsiz chavandoz”).

180 — Bu mamlakatning mahalliy axolisi o‘zlarini kxmerlar deb atashadi. Bu qaysi mamlakat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kampuchiya (Komboja).

181 — Shaxar nomlarini yozib oling: Xenchen, Yanchi, Anbyan, Finchjen, Yanchas… ularni nima birlashtirib turganligini yozib bering.

Javobini ko`rsatish
Javob: Buyuk Xitoy Devori.

182 — U daraxt Markaziy Osiyoda hosiyatli daraxt hisoblangan. Ocharchilik yillarida ham uning pishig‘iga yetganlar tirik qolishgan. U daraxtni kesish baxtsizlik sanalgan. U qanday daraxt?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tut daraxti.

183 — Yaponlarda “be” o’tirmoq degani. Xo’sh unda “teribe” qanday tarjima qilinadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Televizor oldida o’tirmoq.

184 — Amerikalik olimlar aholining televizor ko’rish jarayonini tadqiqi qilish vaqtida qiziq bir bog’liqlikni aniqlashdi. Reklama qo’yilishi vaqtida shahar kommunal xizmatining birida yuklanish keskin oshib ketadi. Bu qaysi kommunal xizmat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kanalizatsiya.

185 — Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa … Jumlani to’diring.

Javobini ko`rsatish
Javob: Qizingdan ham ayrilasan.

186 — O’tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» ida shunday yozilgan: «Ikkita eng holis hakam sinovidan o‘tgan asar haqiqiy asardir. Birinchisi tabiiyki, kitobxon. Ikkinchisi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Vaqt.

187 — Yer sharining xamma joyida tarqalgan bu baliq xovuz va ko‘llarda yashaydi. Uning nomi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘p bolalovchi», «serurug‘» degan ma’nolarni bildiradi. Yunonlar bu baliqni bejiz bunday nomlashmagan, xaqiqatdan xam bu baliq nixoyatda ko‘p bolalaydi. Bu baliqning nomi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Karp.

188 — Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday xazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni (pechat) ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo…ni emas. Xo’sh Xitoyliklar nima qilishmagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Amerikani ochishmagan.

189 — 1912 yil 13 noyabr Namanganning Chuqur ko’cha dahasida yashovchi Mamatxo’ja va Xolambibilarning oilasida dunyoga kelgan o’gil farzandga tegishli Kemerova viloyati ichki ishlar boshqarmasida saqlanayotgan “delo”ning 91-betini o’qiyman: “Maxbus 1944 yil 9 mart kuni soat 14:00 da o’pka sili 2-darajali pellogra va yurak quvvatsizligi natijasida 3-statsionarda vafot etdi.” Bu kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Usmon Nosir.

190 — Uning vatani Bengaliya hisoblanadi. E.av. 327 yilda Iskandar Zulqarnayn Hindistonga yurish qilgan paytlarida uni «arisiz asal» deb atagan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Shakarqamish.

191 — Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo’yicha chempionlar ko’p. Lekin ular orasida 1900 yili chempion bo’lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa sportchilardan farqli o’laroq u narsani birinchi bo’lib qo’llagan va chempion bo’lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: U birinchi bo’lib yugurishda tizzalab start olishni boshlab bergan.

192 — Ular bamisoli «tirik konservalar». Ularni kemalarga to‘ldirib olib ketilaverganligining boisi ham shundadir. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bahaybat toshbaqalar.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil DIQQAT #RASMAN RAMAZON HAYITI NAMOZINING O’QILISh VAQTLARI BILAN...
09.04.24
5
0
Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish
Xalq banki «XAZNA» ilovasi Oyiga 5mln so’mgacha 0 % komissiya bilan uzcard dan humo ga va aksincha o’tkazish mumkin....
01.04.24
3
0