Qiziqarli savollar javoblari bilan

19:35, 18 март 2024
16
0

Quyida eng qiziqarli savollar javobi bilan taqdim etilgan bo’lib. Sizni biroz o’ylantiribgina qolmay savolning javoblariga bo’lgan qiziqishingizni yanada orttiradi.

Savollarning javobi bilan tanishishdan avval, bilimingizni bir sinab ko’rishni tavsiya etaman. Savolning javobini ko’rish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.

1 — Dunyoda bir jinoyat turi borki, bu jinoyatni qilishingizdan oldin qo‘lga tushsangiz jazoga tortilasiz, agar bu jinoyatni qilib qo’lga tushsangiz jazolanmaysiz. Savol: bu qaysi jinoyat turi ekanligini aniq ayting?

Javobini ko`rsatish
Javob: O’z joniga qasd qilmoq.

2 — Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Dino Badjo o’z singlisiga uylangan va shu tufayli uni butun dunyoda yoqtirishmaydi.

3 — Bir spоrt mutаxаssisi u spоrt turini rоyаl chаlishgа o’xshаtаdi. Rоyаldаgi bir xil rаngdаgi klаvishlаrni bоsаversаngiz оvоzlаr xunuklаshib, tezdа jоngа tegib qоlаdi. Men hаm u spоrt bilаn ko’p shug’ullаnа оlmаymаn. Zerikаmаn. Bu spоrt mutаxаssisi tа’riflаyоtgаn spоrt turini tоping?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu spоrt turi muxlislаri xаfа bo’lishmаsin. Antоn Neyshtаt degаn shаxmаt mutаxаssisigа shаshkа o’yini yоqmаs ekаn. Dоimо оq yo’ldаn yuruvchi spоrt turi bu – shаshkа edi.

4 — «Insonni qidiryapman!» deya kunduz kuni ham sham ko’tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Diogen.

5 — Abort qilishga va fohishaxonalarga rasman ruxsat berilgan yagona musulmon davlati qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tunis.

6 — 1928 yili Toshkentda televizorni kashf qilgan olim kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Grabovskiy.

7 — Chekuvchilar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadigan davlat qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nauru davlati bo‘lib, aholisning 54 %i kashandadir (61 % erkaklar, 47 % ayollar). Manba: Jahon sog‘likni saqlash tashkiloti (World Health Organization).

8 — U Rossiyada birinchi o‘rinda, Fransiyada ikkinchi o‘rinda, Germaniyada uchinchi o‘rinda turadi. Savol: u nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: «R» harfi — Davlat nomlaridagi «R» harflari o’rni haqida ketmoqda.

9 — Yo’l harakati qoidalari avtomobillar ixtirolar ixtirosidan ancha oldin ham bo’lganiga ishonasizmi? Hatto Yuliy Tsezar davrida ham bunday qonunlar bo’lgan. Agar Tsezar qonunlari hozir ham o’z kuchida bo’lganda, juda ko’pchilik haydovchilar nafaqat avtomobil, velosiped ham hayday olmasdi. Bir daqiqadan so’ng, Tsezar qonunida nima taqiqlanganini topib aytasiz.

Javobini ko`rsatish
Tsezar qonunida g’ildirakli harakatlanuvchi vositalarni ayollarga boshqarish taqiqlanadi deyilgan.

10 — O’rgimchaklarni o’rganuvchi fan nima deb ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Araxnologiya.

11 — Sayyoramizdagi eng keng ko‘cha qayerda joylashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Monumental Axis ko‘chasi (Brazilia). Bu ko‘chaning eni 250 metr, uzunligi esa 2,4 kilometr, 160 ta avtomashina yonma-yon yurishi mumkin.

12 — 1820 yili Londondagi bir parkda qurib qolgan bir daraxtni rasman
kesish marosimi bo’lib o’tgan. Juda kõp jurnalistlarni ham bu marosim befarq qoldirmagan. Aytingchi, bu qanday karomatli daraxt edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rosa 50 yil oldin Nyutonni boshiga olma shu daraxtdan tushgan edi. Uni parvarishlab, turistlarga ham ko’rsatib yurishgan.

13 — Dunyodagi eng uzun ko’l qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tangan’ika.

14 — Dunyodagi eng kichkina kitob kimga tegishli va uni kim yaratgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Anton Chexovning «Xameleon» kitobi bo’lib, uni Omsklik mikrominiaturachi Anatoliy Koenko yaratgan.

15 — Dunyodagi eng tez ilon qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qora mamba.

16 — Yer yuzida ular soni 6000 tacha degan taxminlar bor. Ammo har yili ular ichidan 25-30 tasi yo’q bo’lib bormoqda. Borib-borib yo’q bo’lib ketar ekan-da, deb o’ylashingiz mumkin. Yo’q, yer yuzida hayot bor ekan, u yo’q bo’lmaydi. Savol bu nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu savolning javobi – til.

17 — Bir internet saytining g’aroyib kasb egalari bo’limida Stokgolmlik Stiv Gubtosman haqida shunday ma’lumot berilgan. U 20 xil zotdagi it kabi hura oladi. U bilasizmi, qaerda ishlar ekan. Shahar soliq idorasida. O’ylab ko’ringchi, uning ish faoliyati nimadan iborat bõlishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
U soliq idorasidan maosh oladimi, demak u g’aznaga foyda keltiradi. Gap shundaki, Stokgolmda itlar uchun uyda boqilgan itlar uchun tuzukkina soliq to’lanadi. Uy egalari itlari soliqdan berkitishga harakat qilishadi. Stiv Gubtosman uy tashqarisidan it bo’lib vovillaydi, uyda it bo’lsa albatta javob beradi.

18 — O’zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Inson manfaatlari yili.

19 — 1991 yili Nigeriyada, 3 kun hech kim ishga chiqqani yo’q, soat 7 dan
keyingina ko’chaga chiqishga ruxsat berilgan. Hukumat maxsus qaror chiqarib, hech kim kunduzi ko’chada yurishini ma’n etdi. Kimda-kim buyruqni buzsa, qattiq jazolanishi aytildi. Hukumat nega hech kimni ko’chaga chiqmasligini buyurdi va Nigeriyada shu kunlari nima bo’lib o’tgan?

Javobini ko`rsatish
Bizdayam u jarayon o’tib turadi, lekin bu darajada emas, albatta. O’sha
paytlari Nigeriyada aholi rõyxatga olinayotgan edi.

20 — «Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas», iborasi kimga tegishli?

Javobini ko`rsatish
Javob: Lev Tolstoy.

21 — Insonga «siyosiy hayvon» deya ta’rif bergan faylasuf kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Aristotel.

22 — Unday kurslar avval Amsterdamda ochilib, keyinchalik Istanbulda, Osloda, Londonda ham ishlayapti. U kurslarga haydovchilarni agar ekstremal holatlarga tushib qolishsa qanday harakat qilishga o’rgatishadi. Savol: aniq qilib aytingchi, kurs tinglovchilariga u yerda nimani o’rgatishadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Amsterdam, Istanbul, Oslo, London bu shaharlar port shaharlar, buni ustiga shahar ichida ko’plab ariqlar oqib o’tadi. Mabodo haydovchi mashinasi bilan suvga tushib ketsa, u erdan qanday qutulishni o’rgatadi.

23 — Ham Jahon Chempioni, ham Yevropa, ham Osiyo chempioni bo`lgan dunyodagi yagona futbolchi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mirjalol Qosimov.

2 4 — Ko’pchilik hayvonat bog’larida “Dushanba sindromi” nomli shartli kasallik mavjud. Diqqat savol, ko’p hayvonlarga dushanba sindromi qaerdan keladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qaerdan keladi? Yakshanbadan albatta. Yakshanbada juda ko’p tomoshabinlar kelishadi. Hamma har xil narsalar berib, ularni kasal qilishadi.

25 — Chingizxonning asl ismi nima edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Timuchin.

26 — Shimoliy Amerika hindularida shunday qurol bo’lganki, uni ishlatganda bizon hatto hushidan ketgan, undan ayiqlar qo’rqib daraxtga chiqib ketgan. Bu qurolni ishlatishga hindu bolalari erta o’rgata boshlanadi. Bu mashqni ular tog’lar tagida, daralarda mashq qilishgan. Savol: u qurolni nomini toping.

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu qurol orangizdagilarni hammasida bor. Bu qurolning nomi qichqirib, hayqirib, baqirish desayam bo’ladi.

27 — Qadimgi rimliklar nima uchun g’ozni muqaddas sanashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rimga forslar bostirib kirganda g’ozlar g’o-g’olab ularni ogoh qilgan va «Rimni qutqargan».

28 — Dunyodagi aholisi eng ko’p shahar qaysi? Uning aholisi qancha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tokio, Yaponiya; 26.4 million (2000).

29 — Bu psixologik savolni yechimi unchalik qiyin ham emas, tag’in bilmadim. Bu holatni aks ettirish payti fransuzlar 4 ta ko’z, inglizlar ikkita 2 ta sigara, nemislar 2 ta peshona kabi so’zlardan foydalanishadi. Yuqoridagi jumboqni tagiga yetingda, ayting. Bu holatni biz qanday so’z bilan ifodalaymiz?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu holat 2 kishini yolg’iz qolishi, ya’ni bizning tilda yuzma-yuz deb ataladi. Bizda, demak 2 ta yuzdan foydalanishadi.

30 — Dunyodagi eng uzun temiryo’l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Seykan (Yaponiya); 54 metr.

31 — Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Volter.

32 — Dunyodagi eng yeb to’ymas mavjudot qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ninachi. U 2 soat ichida 40 ta pashsha va mayda chivinlarni paqqos tushiradi.

33 — Ayrim sport turlarida sportchining kelib chiqishi ham muhim o’rin egallaydi. 1948 yili Shvetsiyalik Gunarseon ot sportidan Olimpiada oltin medaliga sazovor bo’ladi. Keyin ma’lum bo’lishicha, u bu sport bilan musobaqada qatnashishiga ruxsati bo’lmagan ekan. Gunaresonni Olimpiada medalidan ajralishiga qanday sabab yetishmagan.

Javobini ko`rsatish
Javob: Ot sporti bilan faqat harbiylargina shug’ullangan. Keyin hujjatlar tekshirilganda, uni harbiy emasligini bilib qolishgan. 1948 yili shunday qonunlar bo’lgan.

34 — Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo’lgan qadimgi yunon faylasufi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Anaksimandr.

35 — Birinch bo’lib qo’l ushlashib ko’rishishni joriy qilgan AQSh prezidenti kim? Undan oldin erkaklar egilib ko’rishishar edi.

Javobini ko`rsatish
Javob: Tomas Jeferson.

36 — Venger xalqida shunday bir o’xshatish mavjud: suhbat bug’doy, uzum va kanop ustida qiziydi degan. Bug’doy – bu non, uzum vino yo sharbat. Xo’sh, unda kanop nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: O’zbeklardayam shunga o’xshash gap bor: Suhbat choy ustida qiziydi degan. O’zbek xalqi sermulohaza bo’lgani uchun choy deb qo’ya qoladi. Bilasiz, bizda choy bilan boshlangan suhbat, quyuq-suyuq palov osh bilan tugaydi, tugasa agar… Vengerlarda aniq qilib aytilar ekan, qani bug’doyimiz bor, uzumimiz bor, kanopimiz bor deb. Bug’doy – non, uzum – vino, kanop bu dasturxon. Vengerlarni azaldan dasturxoni kanopdan to’qilgan.

37 — Jahon tarixida birinchi yollanib o’dirilgan prezident kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Avraam Linkoln (1861-1865 yillarda AQSh prezidenti bo’lgan).

38 — Prezident bo‘lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo‘lga Amerika prezidenti kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ronald Reygan. 50 dan ortiq filmda rol o‘ynagan.

39 — 22 yoshida «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist», 27 yoshida «Xalq artisti» unvonini olgan buyuk o‘zbek san’atkori kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Botir Zokirov.

40 — Keyingi vaqtlarda Angliyalik õsmir bolalar orasida ko’z shifokoriga murojaat qiluvchilar ko’payib ketgan. Nima qilsayu, ko’zoynak taqsa, ko’zoynak ko’rinishi dumaloq va opravasi qora bo’lishini xohlamoqda. Ko’zoynak ustalari bu xildagi ko’zoynaklarni ko’plab sotishayotganidan, xursand. Aytingchi, ular bu ko’zoynaklarni qanday nom bilan atashmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Garri Potter.

41 — Musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlat qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Indoneziya. 182,2 million musulmon istiqomat qiladi.

42 — Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo‘lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sartarosh.

43 — Quyoshning yerdagi yo‘ldoshi deb nom olgan o‘simlik?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kungaboqar.

44 — Ucha olmaydigan qush qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Pingvin.

45 — 16-asrdan boshlab, yelpig’ich Yevropaga kirib kela boshlagan. Aynan shu paytdan boshlab, u ayollar aksessuariga aylana boshladi. Va do’konlarda sotila boshlanadi. Uni turli ko’rinishda yasay boshlashadi. Yelpig’ichlarni kelishi bilan Yevropada ishsiz yurgan bir soha kishilariga talab ko’paya boshlagan. Aytingchi, u qaysi kasb egalari edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yelpig’ichlarga talab kuchaygach, uni yasovchi ustalar o’z mollarini ko’rinishiga e’tibor bera boshlashgan. Buning uchun uni ko’rinishi rangli tasvirlar bilan bezatilishi lozim bo’lgan. Bu ish uchun ularga rassomlar zarur bo’lgan.

46 — “Ali bobo va 40 qaroqchi” ertagini tarjima qilgan adib?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abdulla Qahhor.

47 — Qaysi buyuk mumtoz bastakor umuman uylanmagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Lyudvig van Betxoven.

48 — Yuriy Gagarinning kosmosga birinchi safari qancha minut davom etgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 108 minut.

49 — Sherlok Xolms haqidagi hikoyalardan: Jinoyat sodir bo’lgan joyda qoldirilgan panja iziga qarab mashhur u jinoyatni ayol kishi qilganligini, bu qo’l ayol kishiniki ekanligini aytadi. Xolms barmoqlarni nozikligiga qarab bilmagan. Savol: bu qo’l izi ayollarniki ekanini u qaerdan bilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tabiatan erkaklarni ko’rsatkich barmog’i nomsiz barmog’idan kalta bo’ladi. U panja izida esa aksincha bo’lgan. Oddiy detal orqali u jinoyatchi kimligini aniqlagan.

50 — Qondagi zararli moddalarni zararsizlantiradigan inson a’zosi qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Jigar.

51 — Qaysi o‘simlik «oltin olma’ deyiladi va vatani qayer?

Javobini ko`rsatish
Javob: Pomidor. Vatani — Braziliya.

52 — Qaysi o‘simlik hayoti davomida bir marta gullaydi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bambuk.

53 — Zarafshon vodiysining Falgar degan vohasida ajoyib hunarmandlar yashashgan. Ular o’z hunarlarini boshlashdan avval, otning dumiga loydan surtib daryoning u qirg’og’idan bu qirg’og’iga haydab o’tishgan. Ma’qul bo’lsa, shundan keyin o’z ishlarini boshlashgan. Aytingchi, 11-12 asrlarda yashagan bu hunarmandlar qanday mahsulot tayyorlashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Zarafshon vodiysi dedik, demak Buxoro tomonlar. Aynan shu davrlarda Buxoroning mashhur minora-yu-masjidlari bunyod bo’lgan. Oradan shuncha vaqt o’tsayam, bino g’ishtlari yemirilmagan. Ot dumiga bog’langan loy suvda erib ketmasa, undan g’isht qo’yishgan.

54 — Maktabga umuman bormagan, lekin bo‘lajak rafiqasi tomonidan 17 yoshida yozish va o‘qishni o‘rgangan Amerika Prezidenti kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Andryu Jonson.

55 — Birinchi globusni kim yasagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abu Rayhon Beruniy XI asr boshida birinchi globusni yasagan. XV asrda nemis olimi Bexaym tomonidan Yevropada ham globus yaratilgan.

56 — Ko‘pchilik mamlakatlarda “ikkinchi non” deb ataladigan o‘simlik?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kartoshka.

57 — Sharqda o‘simliklar dunyosi nima deb atalgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nabotat.

58 — Faylasuflar u yerni tafakkur va ibrat manzili, ammo beg’amlar joyi emas deb atashadi. Shoir Chustiy u yerni sarisi ham, so’risi ham, akrabo-yu ham aziz mehmoni yo’q ekanligini yozganlar. Bir so’z bilan ayting, bu joy nomini.

Javobini ko`rsatish
Javob: Shoir Chustiy bu g’azallariga indamaslar olami deb sarlavha qo’yganlar. Bir so’z bilan ataluvchi bu manzil – qabriston.

59 — Qaysi rangdagi yulduzlar eng yorqin va issiq bo‘ladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ko‘k yulduzlar yuzasidagi harorat 400 000 C° ni tashkil etadi. Quyosh yuzasidagi harorat esa 6000 C°.

60 — Suvning tiniqligi qaysi asbob yordamida aniqlanadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Suvning tiniqligi Sekki gardishi orqali aniqlanadi (diametri 30 sm).

61 — Quyoshning diametri qancha? Quyosh va Yer o‘rtasidagi masofa necha km.ni tashkil etadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Quyoshning diametri — 1 400 000 km. Quyosh va Yer o‘rtasidagi masofa — 150 000 000 km.

62 — Zoologlar fikricha, u jonzotning erkagi gulning nektari bilan kun kechirib ketaveradi. Ammo urg’ochilari tuhum qo’yishi uchun, ularga ko’p miqdorda protein kerak bo’ladi. Ular proteinni bizdan olishadi. Jonzot nomini yozib bering.

Javobini ko`rsatish
Javob: Chivin. Bizni faqat urg’ochi chivin chaqadi.

63 — Salomlashish bo‘yicha rekordchi prezident kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1907 yil, 1 yanvar kuni AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. U Oq uyga to‘plangan 8513 nafar odam bilan qo‘l berib salomlashib chiqqan.

64 — Qayerda va nima sabab bilan 3 hafta ichida 5 ta prezident almashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 2001 yil dekabr oyida Argentina iqtisodiy inqirozga uchraganini e’lon qilgan edi. O‘shanda uch hafta mobaynida roppa-rosa 5 ta prezident almashgan.

65 — Eng ko‘p suiqasd uyushtirilgan davlat rahbari kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: XX asrda Fransiya tarixida ulkan o‘rin tutgan prezident Sharl de Gollga qarshi 1944-1966 yillar ichida 31 marotaba suiqasd uyushtirilgan.

66 — U aslida oqish rangda bo’ladi. Aynan mutaxassislar uni qalbakilashtirishni oldini olib qizig’ish, och qizig’ish rangda ishlab chiqaradi. Uni qalbaki ishlab chiqaruvchilar uchun qizg’ish ranga kiritishlari mushkul va bu ularga qimmatga tushadi. Uni xoxlagan dorishunos ajratib olishi mumkin. Savol: Aytingchi nimaga rang berish haqida gap ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Jаvоb: Benzingа.

67 — Dunyodagi eng chuqur ko‘l qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Baykal. Eng chuqur joyi — 1637 metr.

68 — Dunyodagi eng uzun g‘or qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: AQShning Kentukki shtatidagi Flint-Mamont g‘orining uzunligi — 345 km.ni tashkil etadi.

69 — Dunyodagi eng chuqur g‘or qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Fransiyadagi Jan-Bernar g‘orining chuqurligi 1,5 km.ni tashkil etadi.

70 — Bu kompaniya 1950 yillarda Koliforniyada shakillana bashladi. 1968 yilgacha bu kompaniyada ayollar ishga olinmagan. 1968 yildan keyin esa uncha chiroyli bo’lmagan ayollar ishga qabul qilina boshlagan. Kompaniya raxbarlari fikricha aynan chiroyli ayollar ularning ishiga putur yetkazishi mumkin ekan. Savol : Bu qaysi kompaniya?

Javobini ko`rsatish
Jаvоb : Mоkdоnаlds.

71 — Kartoshkaning vatani qayer?

Javobini ko`rsatish
Javob: Janubiy Amerika.

72 — Eng katta o‘simlik urug‘i qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kokos palmasi mevasi. 2,5 kilogramgacha kelishi mumkin.

73 — Ummon davlati ayollarga mashina xaydash xuquqini beruvchi ikkinchi arab davlati xisoblanadi. Ammo ularga bir shart qo’yilgan. Savol: qanday?

Javobini ko`rsatish
Javob : Yo’lovchi sifatida faqat ayollarni olishlari mumkun.

74 — Metallar orasida eng qadimiysi qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oltin.

75 — Qaysi qush asalarilarning kushandasi hisoblanadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Chug‘urchuq.

76 — Kanada davlat bayrog‘ida qaysi daraxtning bargi tasvirlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Zarang.

77 — Afrika janubida yashovchi gerero qabilasida «Bunday oilalar bilan qoʻshni boʻlishdan ogʻirroq kulfat yoʻq» degan maqol bor. Xoʻsh, bu oilalar oddiy oilalardan qaysi jihati bilan ajralib turadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Egizaklari bor oila.
Izoh: Afrikaning ushbu qabilasida, shunday aqida borki, egizaklar — muqaddas, ular nafaqat oʻz uyida, balki qoʻshnilarinikida ham bemalol, istagan ishini qila olishadi, ularga hech kim yomon gapira olishmaydi.

78 — XIX asrda Avstraliyada bir qonun boʻlgan. Qonunga koʻra baʼzi shaxslarga har 5-6 yilda (yillik ta’tillardan tashqari) qo’shimcha 13 haftalik ta’til berilgan. Savol – ushbu shaxslar kimlar va qo’shimcha ta’tilning sababi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yevropadan kelgan ishchilar o’sha vaqtda samalyot bo’lmagani bois uylariga kemada borib kelishlariga to’g’ri kelgan.

79 — Afrikadagi ba’zi qabilalar tilida «Junglidan kelgan odam» ma’nosini bildiradigan hayvon qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Orangutang.

80 — Odamdan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Fil.

81 — “Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!” Ushbu fikrlar muallifi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abdurauf Fitrat.

82 — “Kometa” so‘zining ma’nosi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Daydi yulduz.

83 — Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rentgen.

84 — Gugurtning ixtirochisi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mark Sorio.

85 — Nega O‘tkir Hoshimov 1 ta telbani 100 ta donishmanddan ustun qo‘yadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Telbalarga ta’zim qiling! Zero, yuzta donishmand aytmagan haqiqatni bitta devona aytadi.

86 — Xayyom so‘zining ma’nosi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Chodir tikuvchi.

87 — “Titanik” kemasi qaysi hahardan yo‘lga chiqqan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Angliyaning Liverpul shahridan.

88 — Zaharli tsetse pashshasi chaqsa ham o‘lmaydigan hayvon qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Zebra.

89 — 1908 yil yer shariga urilgan meteorit qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tungus.

90 — Tayson qaysi bokschining qulog‘ini tishlab olgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Evander Xolifild.

91 — Atmosferaning eng yuqori qatlami qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ekzosfera.

92 — Ma’lumki sport o‘yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o‘zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o‘yinchiga naq 6,5 hakam to‘g‘ri keladi. Bu qaysi sport?

Javobini ko`rsatish
Javob: 2-kishilik Kort Tennisi.

93 — Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o‘rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Timsohlar.

94 — AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm.ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektor va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kitoblar og‘irligini.

95 — Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo‘ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.

Javobini ko`rsatish
Javob: Kanalizatsiyadagi yoqimsiz hidlarni xonaga kirishdan saqlaydi.

96 — Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday hazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni(pechat) ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo …..ni emas. Xo‘sh xitoyliklar nima qilishmagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Amerikani ochishmagan.

97 — Odam qancha ko‘p qiziqsa, shuncha ko‘p o‘qiydi. Qancha ko‘p o‘qisa, shuncha ko‘p biladi. Qancha ko‘p bilsa, …. davomini to‘ldiring.

Javobini ko`rsatish
Javob: Shuncha yashashi qiyin bo‘ladi.

98 — Bu hayvon tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat — ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar uning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi. Bu qaysi hayvon?

Javobini ko`rsatish
Javob: Buqalamun.

99 — Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, U Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro qilingan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Shprits.

100 — Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan. Nima uchun?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ular kar bo‘ishgan.

101 — Jeyms Naysmit tomonidan u 2 ta olma savatini tepaga ilib qo‘yish natijasida paydo bo‘lgan. U nimani ixtiro qilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Basketbol.

102 — Uni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan. U nimani yaratgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Velosiped.

103 — Bu mashina 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan. Bu qanday «mashina»?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ayollar yaxshi ko‘radigan mashina — tikuv mashinasi.

104 — Inson tarqatishi mumkin bo‘lgan eng baland tovush qichqiriq emas, balki u ekan. U ayrimlarda naq 69 detsibelga yetar ekan. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Xurrak.

105 — Har yili bir paytda Yerning bu qismi 10 trillion tonnaga og‘irlashadi. Nima uchun, qachon va bu yerning qaysi qismi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Antarktida muzlaganda.

106 — Bir rivoyatga ko‘ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda …. nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ular shaharga nom bergan.

107 — Eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik shamollash, eng keng tarqalgan yuqmaydigan kasallik-chi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Karies.

108 — Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya butun dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan. 2007 yili kompaniya nomidan «computer» (kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin. Bu qaysi kompaniya?

Javobini ko`rsatish
Javob: IBM.

109 — Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha nima bilan aniqlanardi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ungacha uy egasining ismi bilan atalgan. Masalan, Janob Smit xonadoni….

110 — “U ahmoq uchun og‘ir yuk, johil uchun qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir”. Fransua Volter inson hayotining qaysi davrini shunday ta’riflagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Keksalik davrini

111 — 1856-1860 yillarda AQShning 15-prezidenti bo‘lgan Jeyms Byukenen shu kungacha bo‘lgan barcha 44 prezident ichida nimasi bilan farq qilgan? Ushbu farq uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lgan.

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu yerda gap shundaki, u bir umr bo‘ydoq o‘tgan yagona prezident sanaladi, ya’ni uylanmagan.
Izoh: Shaxsiy hayotiga tegishli farq uning oilaviy holati bilan bog‘liq bo‘lgan.

112 — Eynshteynga ko‘ra bilimdan yuqori turuvchi narsa nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Fantaziya.

113 — Grek yong‘og‘ining mazasini ko‘pchilik yaxshi biladi. Brazil yong‘og‘i ham mashhur. Qiziq, amerikaliklar rus yong‘og‘ini nima deb atashadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Semichka.

114 — Bu hayvonning tili eng uzun hisoblanadi. Uning bu a’zosi og‘izga ham emas, tomoqqa ham emas, ko‘krak suyagiga yopishgan. Bu qaysi hayvon?

Javobini ko`rsatish
Javob: Chumolixo‘r.

115 — Uning qabriga «Sening o‘liming bizga ilhom bag‘ishlaydi» deb yozilgan. Savol, u kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bryus Li.

116 — Dunyoda qaysi millat eng ko‘p baliq va baliq mahsulotlarini iste’mol qiladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yaponiya.

117 — Toshkent shahrining qadimiy nomlaridan biri Choch va Shosh. Nima sababdan Choch nomi 7-8 asrlarda Shosh nomiga o‘zgargan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sababi arablar egallagandan so‘ng, ularning alifbosiga monand ravishda «Ch» harfi «Sh» ga o‘zgargan.

118 — Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Agarda ular kasal bo‘lsalar.
Izoh: Shunday yo‘l bilan ular o‘zlarini betobliklarini atrofdagilarga ko‘rsatishgan.

119 — Malayziyada “Sen qayerga ketyapsan?” deyishadi, bu savolga “Aylangani” deb javob berishadi. Yahudiylar “Sizga tinchlik” desa, fors “Quvnoq bo‘l” deydi, Grenlandiyaliklar esa “Yaxshi ob-havo” deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?

Javobini ko`rsatish
Javob: Assalomu Alaykum-Vaalaykum Assalom.

120 — Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq holatda saqlashlarini aniq sababibini ayting?

Javobini ko`rsatish
Javob: yog‘och tiqinlar qurib qoladi va ichiga havo kirib vino buziladi.

121 — O‘zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va  yerdan kamida 2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: O‘zbekiston bayrog‘i.(Bayroq to‘g‘risidagi qonunga muvofiq).

122 — Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o‘zbekchasiga “quruq” deb nomlagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: O‘sha davrda faqat namlik orqali nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bo‘lgan xolos.

123 — Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi.Qaysi inventar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Xokkey darvozaboni shlemi.

124 — Qadimgi skandinavlarda agar shoh yoki harbiy qo’mondon o’lsa, uning hamma boyliklari va … si bilan birgalikda dahmalarga ko’mishgan. Nuqta o’rnini to’ldiring.

Javobini ko`rsatish
Javob: Kema

125 — Andijon davlat Universiteti kimning nomida?

Javobini ko`rsatish
Javob: Zahiriddin Muhammad Bobur.

126 — Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o‘qish vaqtida o‘quvchilar o‘zlarini o‘qituvchi o‘rniga qo‘yib ko‘rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo‘yishlari ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: U atayin xatolar bilan chop etilgan.

127 — Mashhur angliyalik yozuvchi Grem Grin «dunyoning eng yaxshi turistik tashkiloti» deya nimani nomlagandi?

Javobini ko`rsatish
Javob: MI-6 Britaniya razvedka xizmatini.

128 — Qadimgi yunon faylasufi Diogen savollarga antiqa javob bergani bilan mashhurdir. Unda sen qaysi davlatga tegishlisan deya so’raganlarida, u o’zidan keyin ko’pchilik foydalangan mashhur javobni beradi. U javob qanday edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Men — tinchlik fuqarosiman».

129 — Bu narsani biz deyarli har kuni o’z uyimizda, balki o’zimizga tegishli buyumda ham ko’rishimiz mumkin. Bu narsani lotinchadan tarjima qilsa, «hasharot mo’ylovi» degan ma’noni bildiradi. Gap nima haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Antenna.

130 — AQShlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort, Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni nima birlashtirib turadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu tennischilar «Grand Slam» unvoni sazovorlari bo’lishgan.

131 — 1821 yili Taleyranga bu haqida aytishganida, «Bu endi e’tiborga molik voqea emas, shunchaki bir xabar» deb, nimani nazarda tutgan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Napaleonning vafot etgani haqidagi xabar.

132 — 1978 yil noyabrda Tokiodagi ko’p qavatli binolardan birining yuqori qavatidan bir dona tuxum tashlab yuborildi. Ko’pchilik guvohi bo’lgan bu voqeadagi tuxumning oddiy tuxumlardan qanday farqi bo’lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: U pastga tushganda sinib ketmagan.

133 — Qadimgi Rusda bir g’aroyib odat bo’lgan ekan. O’z qarzini to’lamagan odamni katta maydonga odamlarni chaqirib, bog’lab qo’yib, uni yaxshilab chirmashar ekan. Nima uchun qarz egalari uning bu azoblardan qattiqroq baqirishini xohlashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Uning yaqinlari yoki qarindoshlaridan biri bu hayqiriqni eshitib uning qarzini to’lashi uchun.

134 — XVIII asrda bu mahsulot saroyda desert sifatida dasturxonga tortilardi. Uni iste’mol qilishdan avval qaynatib, so’ng shakar qo’shib yeyishardi. Hozirda esa uni biz juda ko’p iste’mol qilamiz. Bu qaysi mahsulot?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kartoshka.

135 — Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan.Nima sifatida?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sham sifatida.

136 — Dunyoda juda ko‘plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to‘yingan hujayra va to‘qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo‘lgan hujayra va to‘qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Robin Gud.

137 — Futbolda «La-ola» degan atama bor. Bu qanday tushuncha?

Javobini ko`rsatish
Javob: La ola — To’lqin degan ma’noda keladi. Bu muxlisalarning o’ziga xos to’lqinsimon ko’rinish xosil qilishi.

138 — Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo‘yilgan: Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o‘ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo‘ygan. Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo‘lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan. Ushbu olimlarning “mijozi” kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mona Liza — Jakonda.

139 — Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini) Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og‘irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Javob: Poetik va she’riy dostonlarni. Sababi ular katta hajmda bo’ladi.

140 — Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko‘pincha tor doirada bo‘ladi. Masalan: Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan. Xuddi shunga o‘xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko‘rsatuvchi strelka ixtiro qilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yurak pulsni o’lchash uchun.

141 — Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o‘lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o‘lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo‘lgan. U xozir bir o‘yinning ramzi. Xo‘sh bu qaysi o‘yin?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Nima? Qayerda? Qachon?» o’yinining ramzi. Gap Boyo’g’li haqida ketmoqda.

142 — Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko‘proq yolg‘on gapirishga moyil bo‘ladilar. Savol, nimadan oldin?

Javobini ko`rsatish
Javob: Saylovdan oldin.

143 — Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo‘yicha chempionlar ko‘p. Lekin ular orasida 1900 yili chempion bo‘lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa sportchilardan farqli o‘laroq u narsani birinchi bo‘lib qo‘llagan va chempion bo‘lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: U ilk bor quyi startni boshlab bergan, ya’ni tizzalab yugurgan.

144 — Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina I jahon urushiga kelib uning targ‘iboti keng ko‘lamda bo‘lgan va uning qulayligi urushda o‘z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o‘sha ixtirochining ismini ayting.

Javobini ko`rsatish
Javob: King Kemp Jillet. Xavfsiz ustara ixtirochisi.

145 — Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko‘rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo‘q. Ulug‘ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo‘lgan. Gap nima haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Dengizlar. Sargossa dengizining chegarasi yo’q.

146 — Yaponlarda “be” o‘tirmoq degani. Xo‘sh unda “teribe” qanday tarjima qilinadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Televizor.

147 — Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o‘sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g‘oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mashhur masalchi Krilovning haykali.

148 — Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o‘tagan. Savol, u nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bizon.

149 — 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg‘ash mumkin. U nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Neft.

150 — AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko‘rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sanalarning yozilishi edi. Bizda kun, oy, yil yoziladi. Ularda esa aksincha.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0