Islomiy va Diniy savollar javoblari bilan

19:35, 18 март 2024
7
0

Islomiy hamda Diniy savollar to’plami — Islom olamiga mansub bo’lgan eng sara va eng hikmatli savollar to’palmi javobi bilan.

Savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishdan avval, o’z bilimingizni sinab ko’rishni tavsiya etamiz. Savolning javobini bilish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.

1 — Rasululloh s.a.v.ning duolari sabab o’qi hech qahcon hato ketmagan va duosi doimo ijobat bo’lgan sahobiy kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.

2 — O‘z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ummu Sulaym r.a. o’z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol bo’ldi. Erlari Abu Tolha Islomni qabul qilish bilan Ummu Sulaymni xotinlikka oldi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

3 — Islom olamida Andalusiya deb qayerni aytishadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Portugaliya va Ispaniya.

4 — Ummu Salama r.a. Madinaga hijrat qilganlarida u kishiga kim hamrohlik qilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ummu Salama r.a. Madinaga hijrat qilganlarida u kishiga bani abduddorlik Usmon ibn Talha hamrohlik qilgan. Ummu Salama r.a. u haqda: «Allohga qasamki, arablardan undan ko’ra karamliroq kishiga hamsafar bo’lmaganman» deb aytganlar. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

5 — Oyisha r.a.ga nisbatan ifq (bo‘hton) hodisasi qaysi g‘azotidan so‘ng sodir bo‘lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oyisha r.a.ga nisbatan ifq (bo’hton) hodisasi Bani Mustaliq g’azotidan so’ng sodir bo’lgan. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

6 — Islom tarixida birinchi tarovih namozini boshlab bergan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

7 — «Sahihi Buxoriy»ga nechta sharh yozilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Sahihi Buxoriy»ga 82 ta sharh yozilgan. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

8 — Abu Bakr Siddiqning onalari ismi nima edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ummul Xayr Salmo binti Saxr ibn Omir.

9 — Payg’ambarimiz Muhammad SAV hadislarida ta’kidlangan «Ozi halol-u, lekin Allohga eng yomon korilgan narsa» nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Taloq.

10 — Islom tarixida birinchi marta mamlakatni uluslarga, viloyatlarga bo’lgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

11 — Jamoat namozi kishilar uchun yolg’iz o’qilgan namozdan necha barobar darajada ustun?

Javobini ko`rsatish
Javob: 27 baravar.

12 — Islom tarixida birinchi bojxonani tashkil etgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

13 — Islom tarixida aholini birinchi marta ro’yxatga olgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

14 — Shunday amal borki insonlar uchun juda qiyin ko’rinadi lekin Ibn Sirriyn uni juda oson deb tariflagan osonligi shundaki shubhani tark etish bilan u amalga erishish mumkin u qanday amal?

Javobini ko`rsatish
Javob: Taqvo.

15 — Salaflarning eng so’nggi vakili kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ahmad ibn Hanbal.

16 — Islom tarixida birinchi marta ayollar ismini she’rlarda madh etishni ta’qiqlagan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

17 — Rasululloh s.a.v. dedilar: «Bu yigit menga tog’a bo’ladi, yana kim menga o’z tog’asini ko’rsatadi?» Rasululloh s.a.v. ga «tog’a» bo’lgan sahobiy kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sa’d Ibn Abu Vaqqos.

18 — Islom tarixida birinchi marta Qiyos ilmini boshlab bergan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

19 — Ikki qulog’ing va og’zingga bo’lgan munosabatda ehtiyot insof qil. Gapirmog’ingdan ko’ra tinglamog’ing ko’p bo’lishi lozimligi uchun ham senga quloqni ikkita , og’izni esa bitta qilib berildi. Bu so’zlar qaysi sahobaga tegishli?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abu Dardo.

20 — Rasululloh s.a.v. faqat bir sahobiyga ota-onam senga fido bo’lsin, deganlar. Bu sahobiy kim va Rasululloh s.a.v. unga buni qaysi g’azotda aytganlar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos, Uhud g’azotida.

21 — Nuh payg’ambar kemasi to’xtagan tog’ nomi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ju’di.

22 — Umar r.a.ga suyiqasd qilishgandan keyin, halifa to o’zlarini o’rnilariga yangi halifa tayin qilingunicha musulmonlarga namozda imomlik qilishni qaysi sahobiyga topshirganlar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Suhayb ibn Sinon r.a.ga.

23 — Islom tarixida birinchi ayol qullarni sotishni ta’qiqlagan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

24 — Islomning eng birinchi elchisi kim? Va bu sahobiy qaysi shaharga elchi bo’lib borgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mus’ab ibn Umayr. Bu zot birinchi elchi bo’lib, dastlab, Madinaga va madinaliklarga Islomni yoyish va yetkazish uchun madinaga elchi bo’lib borganlar.

25 — Islom tarixida birinchi kanal qurgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

26 — Rasululloh S.A.V ikki kishining orqasida iqtido qilib namoz o’qiganlar. Ular kimlar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki marta: Abu Bakr va Abdurrahmon ibn Avf (r.a.) larning orqasida iqtido qilib namoz o‘qidilar («Musnadi Imom Ahmad»).

27 — Hazrati Umar xalifalik davrlarida Islomning nechta minbari barpo etildi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Hazrati Umar xalifalik davrlarida Islomning 12000 minbari barpo etildi. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

28 — Islom tarixida birinchi marta imom va muazzinlarga maosh belgilagan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

29 — Usmon r.a. halifalik davrida bir sahobiyga qozi bo’lishni taklif qilganlar, lekin u sahobiy o’zining kuchli taqvosi tufayli bu amaldan voz kechgan. Bu sahobiy kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abdulloh inb Umar.

30 — Islom tarixida birinchi marta qattiq hajviya yozganlarni jazolagan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

31 — Islom tarixida birinchi pul zarb qilgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

32 — Bir ayol g’azotda asir tushdi. Rasululloh s.a.v. uni ozod qilib o’z nikohlariga oldilar. Buni ko’rgan ayolning qavmining hammasi Islomni qabul qilishdi. Bu ayol qaysi mo’minlar onasi? Va shu sabab bo’lib Islomni qabul qilgan qavm qaysi qavm?

Javobini ko`rsatish
Javob: Juvayriya binti-al Horis. Otalari Bani Mustaliq qabilasini raisi bo’lganlar va bu onamiz hazrati payg’ambarimiz S.A.V.ga nikohlanganlaridan keyin qabilalari islomni qabul qilgan ekanligi haqida hadis rivoyat qilingan.

33 — Islom olamida ushbu insonning janozasiga eng ko’p odam yig’ilgan(1.000.000 dan ziyod). Ushbu buyuk inson kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ahmad ibn Hanbal.

34 — Bir g’azotda bu sahobiy 7 ta qilichni sindirgan. U kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abu Dujona.

35 — Rasululloh S.A.V ning birinchi sut onalari kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning birinchi sut onalari Abu Lahabning cho‘risi Suvayba edi. («Sifatus-sofvah»).

36 — Hijriy-qamariy yil hisobining birinchi oyi qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Muharram.

37 — Halifalar ichida eng boyi kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Hazrati Usmon r.a.

38 — Halifalar ichida eng ko’p halifalik qilgani kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Hazrati Usmon ra.

39 — Rasululloh davrlarida yashab u zotni umuman ko’rmagan inson kim deb ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tobein.

40 — Rasululloh S.A.V ning nechta nevaralari bo’lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rasululloh (s.a.v.) ning nevaralari oltitadir:
1. Umoma binti Abu Os ibn Rabiy’, onalari — Zaynab Rasululloh (s.a.v.) qizi.
2. Abdulloh ibn Usmon ibn Affon, onalari — Ruqiyya Rasululloh (s.a.v.) qizi.
3. Hasan ibn Ali ibn Abu Tolib, onalari — Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
4. Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib, onalari — Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
5. Zaynab binti Ali ibn Abu Tolib, onalari — Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
6. Ummu Kulsum binti Ali ibn Abu Tolib, onalari — Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi. («Siyaru a’lamin-nubala’», «Sofvatus-sofvah»).

41 — Islomiy ramz sifatida hiloldan foydalanish kimdan va qachondan boshlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Usmoniy imperiyasidan boshlangan.

42 — Sahobalar bir sahobiyga: «Changalida arslonni tutgan inson», deya ta’rif berishgan. Bu ta’rif sohibi bo’lgan sahobiy kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos.

42 — Duo qilganda Omiyn qaysi payg’ambardan qolgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Muso a.s. duo qilganlarida Horun a.s. Amiyyn deb turganlar.

43 — Islom tarixida birinchi marta Madinadagi Rasululloh masjidlarini kengaytirgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

44 — Islomning birinchi chavandozi, Alloh yo’lida ot choptirgan sahobiylarning birinchisi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Miqdod ibn Amr.

45 — Oyisha r.a.ning mahrlari qancha bo‘lgan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oyisha r.a.ning mahrlari 500 dirham bo’lgan edi. («Hadis va hayot»-25. «Nubuvvat xonadoni xonimlari»)

46 — Rasululloh S.A.V o’qigan oxirgi namoz qaysi edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rasululloh (s.a.v.) ning oxirgi namozlari — vafot etgan dushanba kunidagi bomdod namozi edi («Dalolilun-nubuvvah»).

47 — Bizga ma’lumki Qiyomatda barcha bandalardan birinchi so’raladigan narsa bu amallarning eng buyugi NAMOZ dir. Savol shunday: Qiyomatda insonlarning (birinchi inson bilan ikkinchi inson) o’rtasidagi birinchi bo’lib ajrim qilinadigan narsa nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qiyomat kunida bir inson bilan ikkinchi inson o’rtasidagi birinchi ajrim qilinadigan narsa, bu — QONdir,ya’ni nohaq to’kilgan qonlardir.

48 — Rasululloh s.a.v. sahobiylariga bir so’zni aytishni ma’n qilganlar. Va bu so’zga ojizlik belgisi deya ta’rif berganlar. Bu so’z qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Agar.

49 — Islom tarixida birinchi shahar qurgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

50 — Mo’minlar onalarining eng yoshi ulug’i kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Savda onamiz.

51 — Eng birinchi sahih hadis to‘plami kimniki?

Javobini ko`rsatish
Javob: Eng birinchi sahih kitob Imom Buxoriyning «Sahih»laridir. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

52 — Islom tarixida birinchi mirshablik bo’limini tashkil qilgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

53 — «Harsanglarni toshlarni ko’tardim lekin …..dan ko’ra og’irroq narsani ko’rmadim» Ali ibn abu Tolib. Ali raziyallohuga og’irlik qilgan narsa nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qarz.

54 — Islom tarixida birinchi marta masjidlarda tunlari chiroq yoqishni joriy qilgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob.

55 — Uhud jangida qaysi sahoba Rasululloh s.a.v.ga qilingan bir hamlani qo‘li bilan qaytarib, Janobimizni qutqarib qoldi? Bu zarbadan keyin uning qo‘li bir umrga harakat qilmaydigan bo‘ldi.

Javobini ko`rsatish
Javob: Uhud jangida Talha ibn Ubaydulloh Rasulullohga qilingan bir hamlani qo‘li bilan qaytarib, Janobimizni qutqarib qoldi. Bu zarbadan keyin uning qo‘li bir umrga harakat qilmaydigan bo‘ldi. («Saodat asri qissalari»)

56 — Islom tarixida birinchi marta Alloh yo’lida hijrat qilgan sahoba kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Hazrati Usmon r.a.

57 — Uylanganiga endi bir necha soat bo‘lgan, Uhud jangida shahid bo‘lgan Hanzalaning xotini kimning qizi edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Uylanganiga endi bir necha soat bo‘lgan, Uhud jangida shahid bo‘lgan Hanzalaning xotini mashhur munofiq Abdulloh ibn Ubayy ibn Salulning qizi edi. («Saodat asri qissalari»)

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0