Hayotiy savollar javoblari bilan

19:35, 18 март 2024
12
0

Eng sara hayotiy savollar javobi bilan — ushbu sahifada e’lon qilingan barcha savollar biz yashab turgan yer sharining qaysidir burchagida sodir bo’lgan voqea va hodisalardan tashkil topgan.

Savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishdan avval, o’z bilimingizni sinab ko’rishni tavsiya etamiz. Savolning javobini bilish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.

1 — «Dovud» haykali muallifi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mikelanjelo.

2 — Aniq soatlar mamlakati qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Shveysariya.

3 — Ma’lumki payg’ambarimiz hayot paytlarida hijriy yil hisobi yuritilmas edi. Savol: hijriy-qamariy yil hisobini kim joriy qilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Umar ibn Hattob r.a.

4 — «Gulliver»dagi uchuvchi orol nomi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Laputa.

5 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning «Injil»dagi ismlari?

Javobini ko`rsatish
Javob: Forqilit (Fraklit).

6 — Angliya terma jamoasi xujumchisi Maykl Ouen hozir qaysi klub libosida harakat qilmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nyukasl.

7 — AQSh tarixida muddati tugamay iste’fo bergan birinchi prezident kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Richard Nikson (1968-1974 yillar mobaynida prezidentlik qilgan).

8 — «Time» jurnali tomonidan «yil odami»ni qo’lga kiritgan birinchi amerikalik qora tanli kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Martin Lyuter King (1929-1968).

9 — Moskva shahriga asos solgan knyaz kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yuriy Dolgorukiy.

10 — O’zbekiston Oliy Ligasidagi «To’palang» jamoasi qaysi viloyat sharafini himoya qiladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sariosiyo, Surxondaryo viloyati.

11 — Shoir Mavlono Lutfiy Navoiyning qaysi g’azali uchun butun umrlik ijodini almashmoqchi bo’lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Orazin yopqoch ko’zimdin…».

12 — Yer kurrasida g’aroyib bir dengiz bor. Uning sohillari yoq. U qaysi dengiz va qayerda joylashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sargasso.

13 — Dunyodagi eng tez yurar poezd qaerda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Dunyodagi eng tez yurar poezd Frantsiyada . u TGV deb ataladi, 200 km ni 1 soatda bosib o’tadi.

14 — Koinotga ko’tarilgan birinchi ayol kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Valentina Tereshkova.

15 — «Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi» asari muallifi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Herman Vamberi.

16 — Buyuk Amir Temurning onasi ismi nima edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Takinaxotun.

17 — 1999 yili «Oltin to’p» sohibi bo’lgan futbolchini aniqlang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Rivaldo.

18 — 1940-yili maktab yoshidagi bola AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga 10 dollar so’rab xat yo’llaydi. U keyin mashhur siyosatchi bo’lib yetishadi. Gap kim haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kuba yetakchisi Fidel Kastro (1926 yilda tug’ilgan).

19 — Yupiterning eng katta yo’ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ganimed. 1610 yilda kashf qilingan, diametri 5262 km ni tashkil etadi.

20 — «O’zbek maqomchilar ansambli» ning asoschisi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yunus Rajabiy.

21 — Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Dunyoning Elektr tarmog’iga ulangan eng birinchi tramvay liniyasi 1881 yil 16 mayda Berlin shahridagi Lichterfelde degan rayonda ishga tushiriladi. Unda Werner von Siemens (shu nomli firmaning asoschisi) tomonidan qurilgan, uzunligi 4,3 metr bo’lgan vagonlar 2,5 kilometr bo’lgan masofada 20 km/h tezlikda yurishadi. Bu tramvaylar 5 PS — 5 ot kuchiga ega bo’lishgan.

22 — Qadimgi greklarning uyqu xudosi kim? Uni rimliklar qanday atashar edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Gipnoz (rimliklarda Somnus).

23 — Qadimda Lyutetsiya deb nomlangan shahar qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Parij.

24 — Dunyodagi eng baland sharshara qaysi davlatda joylashgan. Uning balandligi qancha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ahxel sharsharasi Venesuelada, 979 metr.

25 — Misrdagi Asvon to’g’oni va Nil daryosini bog’laydigan Nasser ko’li kimning nomiga qo’yilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1956-1970 yillarda Misr prezidenti bo’lgan Jamol Abdul Nosir.

26 — 1995-2003-yillarda eng yaxshi film nominatsiyasi bo’yicha Oskar mukofotini qo’lgan kiritgan filmlar qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1995 — «Sheryurak» («Braveheart»). 1996 — «Inglizcha qanoat» («The English Patient»). 1997- «Titanik» («Titanic»). 1998 — «Shekspir sevgisi» («Shakespeare in Love»). 1999 — «Amerikacha go’zallik» («American Beauty»). 2000 — «Gladiator» («Gladiator»). 2001 — «Tafakkur o’yinlari» («A Beautiful Mind»). 2002 — «Chikago» («Chicago»). 2003 — «Uzuklar qiroli: Qirolning qaytishi» («The Lord of the Rings: The Return of the King»).

27 — Dendrologiya fani nimani o’rganadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qadimiy o’simliklarni.

28 — Xiyonati, zino bilan qo’lga tushgani uchun o’z qizi Juliani surgun qilgan Rim imperatori kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oktavian Avgust.

29 — 2004 yil, Afinada o’tkazilgan yozgi olimpiada o’yinlarida yurtimiz sportchilari nechta medal bilan taqdirlandilar (nechta oltin, kumush, bronza)?

Javobini ko`rsatish
Javob: 5 ta: 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumiy hisobda 34-o’rin. Manba: Xalqaro Olimpia Qo’mitasi (International Olympic Committee (IOC).

30 — Ma’lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o’qib bo’lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini nimada deb aytishadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Quyosh tikkaga kelganda jahannam eshiklari ochiladi.

31 — Germaniyaning «Bavariya» klubida o’ynayotgan gollandiyalik xujumchini aniqlang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Roy Makaay.

32 — Arablarda insonni o’z nomi bilan emas, kunyasi bilan chaqirish odati bor. Masalan, Abu Abdulloh, Ibn Hakam, Ummu Gulsum va h. Mashhur sahobalardan Abu Hurayraning ma’nosi nima? Bunga qaysi voqea sabab bo’lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abu Hurayraning ma’nosi «Mushukchaning otasi» demakdir. Abu Hurayra mushuk boqardilar. Englariga mushukchalarini solib yurardilar. Shuning uchun ham Payg’ambarimiz s.a.v. ul zotni shunday ataganlar.

33 — Everest cho’qqisiga birinchi bo’lib ko’tarilgan yangi zelaydiyalik alpinist?

Javobini ko`rsatish
Javob: Hillari.

34 — Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Volter.

35 — «Toshkent kurant soati» nechanchi yilda qurilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Toshkent kurant soati 1947 yili qurilgan.

36 — Quyoshning yerdagi yo’ldoshi deb nom olgan o’simlik?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kungaboqar.

37 — Jahonning eng yosh milliarderi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Germaniyalik Albert von Thurn und Taxis 21 yoshda. Uning mablag’i: 2 mlrd. $.

38 — Ilk plastik operatsiya qachon va qaerda o’tkazilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1814 yilda londonlik xirurg Jozef Karpyu tomonidan birinchi plastik operatsiya o’tkazilgan.

39 — O’zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Inson manfaatlari yili.

40 — Torli kvartet musiqa asbobining otasi hisoblanadigan kompozitor kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Frans Yozef Gaydn.

41 — Shoir Mahmudho’ja Behbudiy qaysi shaharda tug’ilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Samarqand.

42 — Margilanets: Ucha olmaydigan qush qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Pingvin.

43 — AbdulAziz: Edison kashf qilgan 3 ta ixtironi sanang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Fonograf, kineskop, telegraf.

44 — Chexiya terma jamoasi xujumchisi Milan Barosh hozirda qaysi klub sharafini himoya qilmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Aston Villa».

45 — «Isroil» so’zi kimdan va qayerdan kelib chiqqan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yahudiylarning tarixiy otasi Yoqub a.s.ning laqabi «Isroil» (Allohning quli) edi. Yoqub a.s.ning 12 o’g’lidan 12 yahudiy qabilalari tarqagan.

46 — Dunyodagi eng baland to’g’on qaysi? Uning balandligi qancha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rogun (Tojikiston), balandligi 335 metr.

47 — Sayyoralar orasida bir sayyora bor, uning yo’ldoshlari shu sayyoraga juda yaqinligi bilan mashhur. U qaysi sayyora?

Javobini ko`rsatish
Javob: Marsning 2 yo’ldoshi — Fobos va Demos.

48 — Kemiruvchi chumoli?

Javobini ko`rsatish
Javob: Termit.

49 — Karlos Valderrama o’z vaqtida qaysi terma jamoada to’p surgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kolumbiya.

50 — Mixail Bullgakovning «Usta va Margarita» asaridagi mushukning nomi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Begemot.

51 — Turkiston jadidlarining birinchi gazetasi qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Taraqqiy».

52 — Inglizchada ayollarga nisbatan qo’llanadigan Mrs. qaysi so’zning qisqartma formasi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mistress.

53 — Daniya parlamenti qanday ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Folketing.

54 — Saturn sayyorasining eng katta yo’ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Titan. 5150 km.

55 — Ingliz tilida bitta so’z bor — barcha harflari alfavit tartibida izma-iz kelib yoziladigan eng uzun inglizcha so’z. Bu qaysi so’z?

Javobini ko`rsatish
Javob: Almost so’zi yozilganida harflari alfavit tartibi bo’yicha ketma-ket keladigan eng uzun Inglizcha so’z hisoblanadi.

56 — Handaq g’azoti musulmonlar uchun g’alaba bilan yakaunlanganini bilamiz. Ma’lumki arablarda shu paytgacha jangda handaq qazish usuli bo’lmgan. Savol: Handaq qazishni taklif qilgan sahoba kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Salmon Forsiy r.a.

57 — Rim imperatori Gay Yuliy Sezar o’zining mashhur «Keldim. Ko’rdim. G’alaba qozondim!» iqtibosini qachon va nima munosabat bilan aytgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Eramizdan avvalgi 47 yili Kichik Osiyo hukmdori Pontiy ustidan qozongan tezkor g’alabasi munosabati bilan aytgan.

58 — «Alvido qurol» asari muallifi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ernest Xeminguey.

59 — Dunyodagi turistlar eng ko’p tashrif buyuradigan mamlakat qaysi? Yiliga qancha turist tashrif buyuradi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Fransiya; yiliga 77,010,000 (2002) turist tashrif buyuradi.

60 — Rim katolik cherkovi tomonidan o’ldirilgan mashhur italian fizigi va astronomi? Birinchi termometrni yasagan olim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Galileo Galiley (1564-1642).

61 — Muz hokkeyi bo’yicha birinchi jahon chempionati qachon o’tkazilgan? Unda qaysi davlatlar medallar sovrindori bo’lishgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1920 yilda Belgiyaning Antwerpen sharida o’tkazilgan. Unda Kanada — oltin, AQSh — kumush, Chexoslavakiya — bronza medalini qo’lga kiritgan.

62 — Shoir Alisher Navoiyning so’nggi asari qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mahbubul-qulub.

63 — Rim raqamidagi MMMCCLXXVIII sonini arab raqamiga o’giring.

Javobini ko`rsatish
Javob: 3278 (MMM-3000; CC-200; LXX-70; VIII-8;).

64 — Nurfologiya nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Buyrak xastaligini o’rganuvchi fan.

65 — «Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas», iborasi kimga tegishli?

Javobini ko`rsatish
Javob: Lev Tolstoy.

66 — Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Uni Sharqda qanday nomlar bilan atashadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Merkuriy. Uni Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu deb atashgan.

67 — Dunyodagi eng uzun temiryo’l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Seykan (Yaponiya); 54 metr.

68 — Qishda uyda nima yaxlaydiyu, ko’chada yoq?

Javobini ko`rsatish
Javob: Deraza.

69 — Shaxmat bo’yicha birinchi jahon chempioni kim? U qayerlik?

Javobini ko`rsatish
Javob: Adolf Anderssen 1859-1866 yillarda shaxmat bo’yicha jahon chempioni bo’lgan; germaniyalik.

70 — Mashhur fransuz rassomi, «Qayerdanmiz? Kimmiz Qayoqqa ketayapmiz?» asari muallifi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Gogen.

71 — Hozirgi kunda dunyodagi eng baland bino qaysi? Uning balandligi qancha, necha qavatdan iborat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Taipei 101 (Taipei, Taiwan), 2003yili ishga tushirilgan, balandligi 508 metr, 106 qavat.

72 — Gavay orollari AQSH tomonidan olinishidan oldin uning qirolichasi kim bo’lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qiqolicha Liliuokalani.

73 — Neptun sayyorasini kashf etgan olim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Neptun sayyorasi 1845 yili fransiyalik olim Jan Jozef Laverye tomonidan kashf qilingan.

74 — Ovqat qilayotganda qozonga birinchi nima tushadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nazar.

75 — Germaniya, Kanada, Hindistonning eng boy kishilari kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Germaniyaning eng boy kishisi — Karl Albrecht, 18.5 mlrd.$ mablag’i bor; Kanadaning eng boy kishisi — Kenneth Thomson va oilasi, 17.9 mlrd. $; Hindistonning eng boy kishisi — Lakshmi Mittal, 25 mlrd $. Manba: Forbes jurnali.

76 — Chingiz Aytmatovning qaysi asari qahramoni Ona Yer bilan suhbatlashadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Somon yo’li».

77 — Shoir Bobur necha yoshida taxtga o’tirgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 12 yoshida.

78 — «O’tkan kunlar»da Usta Olimning qaynisi, Saodatning ukasi ismi nima edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sayfi.

79 — Har bir musulmon bilishi shart bo’lgan savol: Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning 5 ta ajdodlarini sanang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Muhammad ibn Abdulloh — Abdulloh ibn Abdulmutallib — Abdulmutallib ibn Hoshim — Hoshim ibn Abdumannof — Abdumannof ibn Qusay — Qusay ibn Murra — … — Ismoil ibn Ibrohim alayhissalom.

80 — Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edgar Davids asli qaysi davlatda tug’ilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Surinam.

81 — Rossiya Romanovlar sulolasining oxirgi vakili kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nikolay II.

82 — O’rgimchaklarni o’rganuvchi fan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Araxnologiya.

83 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. Abu Bakr va Umarni Qur’oni karimda zikr etilgan payg’ambarlarga o’xshatganlar. Savol: Aynan qaysi payg’ambarga o’xshatganlar va nima uchun?

Javobini ko`rsatish
Javob: Hazrati Abu Bakrni Ibrohim a.s. ga muloyimliklari uchun, hazrati Umarni Muso a.s.ga cho’rtkesarligi uchun o’xshatganlar.

84 — Xristianlikka o’tgan birinchi Rim imperatori?

Javobini ko`rsatish
Javob: Konstantin (274-337).

85 — Dunyoda kattaligi jihatdan Kaspiy dengizidan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi ko’l qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yuqori ko’l.

86 — Fransiyaning eng birinchi prezidenti va ayni paytda 3-imperatori bo’lgan shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Napoleon III.

87 — Dunyoda maydoni bo’yicha Sahroi kabirdan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi cho’l qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Gobi.

88 — Dunyodagi eng uzun ko’l qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tangan’ika.

89 — Yangi ixtirolar odatda patentlashtiriladi. Bizning kundalik hayotimizda asosiy aloqa vositasiga aylangan Telefon patenti uchun 1876-yilda 2 amerikalik ixtirochi bir-biriga nisbatan 2 soatlik oraliqda ariza topshirishadi. Patent kimga va Telefon apparatiga qanaqa nomer berilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1876-yilning 7-mart kuni amerikalik Alexander Graham Bell telefon kashfiyotini patent ofisiga jo’natadi. 10-mart kuni esa sinab ko’radi. Belldan ikki soat keyin Elisha Gray ham tekefonga patent uchun ariza topshiradi. Telefon 174465 raqamli patent bilan ro’yxatdan o’tkazilgan.

90 — Bill Klintonning ijro etadigan sevimli musiqa asbobi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bill Klinton AQSh prezidentlari ichida yagona — saksafon chala oladigan san’atkordir.

91 — 1961 oldin, y’ani eramizning 40 yilida barpo etilgan Evropaning yirik shaharlaridan biri?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu London shahri, dastavval bu shahrning nomi Lodinium bo’lgan.

92 — AQShning yollanib o’ldirilgan ikkinchi prezidenti kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Jeyms Garfild. 1881 yil, 4 mart kuni prezident bo’ladi. 1881 yil, 19 sentabr kuni o’ldiriladi.

93 — «Moskva — Osiyoning go’zal poytaxti» deb ta’kidlagan mashhur shaxs kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Fransiya imperatori Napaleon Banopart.

94 — Bil’yard o’yini qachon va qayerda kashf etilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1429 yilda Fransiyada.

95 — Vaqtni to’g’ri ko’rsatadigan soat?

Javobini ko`rsatish
Javob: Xronometr.

96 — Prezident bo’lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo’lga Amerika prezidenti kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ronald Reygan. 50 dan ortiq filmda rol o’ynagan.

97 — Argentina tarixida eng qimmatli futbolchi Xavier Saviolaning ayni paytdagi klubini aniqlang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Sevilla.

98 — Dunyodagi eng kichkina kitob kimga tegishli va uni kim yaratgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Anton Chexovning «Xameleon» kitobi bo’lib, uni Omsklik mikromuniaturachi Anatoliy Koenko yaratgan.

99 — Abdullo Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida Anvarning otasi ismi nima edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Salim bo’yoqchi.

100 — «Komila» taxallusida ijod qilgan shoira?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nodira.

101 — O’zining so’nggi kunlarini Muqaddas Yelena orolida o’tkazgan buyuk imperator kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Napoleon Bonapart.

102 — Dunyodagi eng chuqur botiq — O’lik dengizligini bilamiz. Bu dengiz dengiz sathidan 408 metr pastda joylashgan. Savol: O’lik dengizidan keyin qaysi botiq eng chuqur hisoblanadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Turfon botig’i (Shinjon, Xitoy). Dengiz sathidan 154 metr pastda joylashgan.

103 — «Shum bola» qissasi 1936 yili «Mushtum» jurnalida qanday nom bilan bosilgan edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Dovdirash».

104 — «Little Magician» va «Red Fox of Kinderhook» nomi bilan mashhur bo’lgan AQSh prezidenti kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Martin Van Buren, 1837-1841 yillarda AQSh prezidenti bo’lgan.

105 — Musulmonlikni qabul qilgan birinchi qul kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

106 — Eng katta astroid qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Serera (Cerer).

107 — Ka’batullohda Qur’oni karimni birinchi marta tilovat qilgan sahoba kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud r.a.

108 — Kanada tarixidagi eng yosh bosh vazir kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Jo Klark, 39 yoshida bosh vazir bo’lgan.

109 — Oq uyda birinchi bo’lib avtomobili bo’lgan prezident kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Teodor Ruzvelt.

110 — Insonga «siyosiy hayvon» deya ta’rif bergan faylasuf kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Aristotel.

111 — Angliyaning eng qari futbol jamoasini aniqlang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Angliyaning eng qari jamoasi «Sheffild Yunayted». Bu jamoa nafaqat Angliyada, balki butun dunyoda eng qari hisoblanadi.

112 — «Nomlar haqidagi fan» nima deb ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Onomastika.

113 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. tomonidan jannatiyligi bashorat qilingan 10 sahoba kimlar? («Ash’arai mubashshara»)

Javobini ko`rsatish
Javob: Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zubayr ibn Avvom, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abrurahmon ibn Avf, Talja ibn Ubaydulloh, Said ibn Zayd, Abu Ubayda ibn al-Jarroh.

114 — Pokiston davlatining tashilotchisi va birinchi lideri kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Muhammad Ali Jinnah (1876-1948).

115 — Oq Uyda yashagan birinchi AQSh prezidenti kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Jon Adams (1797-1801 yillarda prezidentlik qilgan).

116 — Yer yuzidagi eng katta timsoh qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Gvial. Uzunligi 7m dan oshadi.

117 — Dunyodagi eng baland vulqon?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kilimanjaro.

118 — «Umid qilamanki umidimiz tongi otajak, balo zindonlarining qora tuni yo’qolajak» satrlari kimga tegishli?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nodirabegimga.

119 — 500 $, 1000$ va 5000$ lik pullar(bank notalari)da qaysi AQSh prezidentlarining rasmi bor?

Javobini ko`rsatish
Javob: 500$ da — Villiam MakKinli, 1000$ da — Grover Klivland, 5000$ da — Jeyms Medison.

120 — Payg’ambar (s.a.v) Madinaga qilgan hijrat safarlarida Eron shohi Kisroning uzugini kimga va’da qilganlar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Suroqa ibn Molik. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. ga Madina safarida yo’l ko’rsatgan Suroqa ibn Molikka Eron podshohi Kisroning bilaguzugi bir kun senga tegajak, olam ahli buyrug’ingga bo’ysungaylar, deya bashorat qiladilar. Hazrati Umar davrlarida butun Eron fath qilinadi. Shunda hz. Umar Kisroning bilaguzugini Suroqaga taqib qo’yadilar.

121 — O’zbek adabiyotidagi birinchi epopeya qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Qullar».

122 — Respublikamizda eng birinchi tashkil etilgan xiyobonning nomi va u nechanchi yilda tashkil etilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: O’zbekiston Xalq Xiyoboni. 1977 yilda barpo qilingan.

123 — Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo’lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sartarosh.

124 — Geografiya atamasini birinchi bo’lib qo’llagan qadimgi yunon mutafakkiri kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Eratosfen.

125 — Birinchi qishki olimpiada o’yinlari qachon va qayerda o’tkazilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1924 yilda Fransiyaning Chamonix sharida o’tkazilgan.

126 — Sobiq SSSR yetakchisi Yozef Stalinning yoshlikdagi laqabi nima bo’lgan?

Javobini ko`rsatish
Javob Koba. Koba — Gruziya mustaqilligi uchun kurashgan xalq qahramoni bo’lib, Stalin maktab davrida u haqda qiziqib o’qiydi. Keyinchalik o’z tengqurlaridan uni Koba deb atashlarini talab qiladi.

127 — Eng birinchi diktorning (ayol kishi) ismi-familiyasi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ursula Patschke.

128 — AQShdagi eng katta kutubxona qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kongress kutubxonasi.

129 — Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanini o’zbekchaga kim tarjima qilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Asil Rashidov.

130 — Mashhur irland millatparvari va shoirasi Speranza qaysi masshur shoirning onasi edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oskar Uayld (1854-1900).

131 — Dunyodagi maydoniga ko’ra eng katta dengiz qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Filippin dengizi.

132 — Zelinskiyning olamshumul ixtirosi.

Javobini ko`rsatish
Javob: Gazniqob.

133 — Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning asl ismi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Samuel Klemens.

134 — Amur Temurning 4 farzandi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Amir Temurning 4 ta o’g’li bo’lgan: 1. Muhammad Jahongir. 2. Umarshayx mirzo. 3. Mironshoh. 4. Shohruh mirzo.

135 — Kosmonavtikaning asoschisi, kosmik kemalar ixtirochisi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Siolkovskiy.

136 — Sobiq SSSR Kommunistik partiyasi liderlarini tartib bilan sanang.

Javobini ko`rsatish
Javob: 1. Vladimir Ilich Lenin (1917—22). 2. Jozef Stalin (1922—53). 3. Nikita Hrushchev (1953—64). 5. Leonid Brejnev (1964—82). 6. Yuriy Andropov (1982—84). 7. Konstantin Chernenko (1984—85). 8. Mikhail Gorbachev (1985—91).

137 — Islom tarixidagi birinchi shahidlar kimlar edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ammor r.a.ning onasi Sumayya r.a.

138 — Dunyoning yetti mo’jizasini sanang.

Javobini ko`rsatish
Javob: 1. Misr ehromlari. 2. Bobil osma bog’lari. 3. Artemida ibodatxonasi. 4. Galikarnas dahmasi. 5. Zevs haykali. 6. Rodosdagi haykal. 7. Iskandariya minorasi.

139 — Qaysi Angliya qirolichasi «Yevropaning momosi» («Grandmother of Europe») nomi bilan mashhur bo’lgan va nima uchun?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qirolicha Viktoriya. Uning bolalari va nevaralari boshqa Yevropa qirollari farzandlari bilan oila qurishgani uchun.

140 — Chekuvchilar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadigan davlat qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Nauru davlati bo’lib, aholisning 54 %i kashandadir (61 % erkaklar, 47 % ayollar).

141 — «Biologiya» so’zini birinchi bo’lib qo’llagan va fanga kiritgan olim kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Fransuz botanigi Jan-Batist Lamark (1744-1829).

142 — Kim Xitoy terma jamoasiga 2002 yilgi Jahon Chempionatida bosh murabbiylik qilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Serbiyalik Bora Milutinovich.

143 — Rustamning sevgilisi ismi nima? («Shohnoma»)

Javobini ko`rsatish
Javob: Taxmina.

144 — Televideniyeda chiqish qilgan birinchi AQSh prezidenti kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Franklin Delano Ruzvelt 1939 yil aprelda TVda chiqqan.

145 — Ma’lumki Qu’oni karim o’zbek tiliga 5 marta tarjima qilingan. Kalomullohni o’zbekchga o’girgan 5 ta ulamoni sanang.

Javobini ko`rsatish
Javob: 1. Oltinxonto’ra Taroziy. 2. Domla Hindustoniy. 3. Shayx Alovuddin Mansur. 4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. 5. Shayx AbdulAziz Mansur.

146 — Rasululloh umrlari bo’yi qilgan g’azotlarida faqat bir kishini o’z qo’llari bilan o’ldirganlar. O’sha kishi kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ubay ibn Xalaf.

147 — Dunyodagi eng katta vokzal?

Javobini ko`rsatish
Javob: Perronlar soni bo’yicha dunyodagi eng katta vokzal New Yorkdagi Grand Central Terminal eng katta vokzal hisoblanadi (33 gektar, bir vaqtni o’zida 1043 vagon joylashishi mumkin).

148 — 1994 yilgi Jahon chempionatida Rossiya-Kamerun o’yinida qanday natija qayd etilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rossiya 6:1 hisobida g’alaba qozongan.

149 — Lyudvig Van Betxovenning «Qahramonlik simfoniyasi» asari kimga bag’ishlangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Napoleon Banopartga bag’ishlangan.

150 — Shekspirning «Romeo va Julietta» asaridagi voqealar qaysi shaharda bo’lib o’tadi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Verona.

151 — Futbol bo’yicha ayollar o’rtasida birinchi jahon chempioni qaysi davlat? Finalda qaysi davlat bilan kuch sinashgn?

Javobini ko`rsatish
Javob: AQSh (1991-yil, Guanchjou, Xitoy). Finalda Norvegiyani 2-1 hisobida mag’lub etgan.

152 — Ikkita qo’y-biri boshi bilan shimolga, ikkinchisi esa janubga qarab turibdi. Ular boshini aylantirmasdan bir- birini ko’ra oladimi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ha, agar boshi bilan bir biriga qarab turgan bo’lsa.

153 — «Kal’cho»… Ushbu so’z qaysi davlat chempionatiga nisbatan ishlatiladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Italiya.

154 — AQSH tarixida eng yosh prezident kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Teodor Ruzvelt. 42 yoshida prezident bo’lgan.

155 — Mahatma Gandining Hindiston ozodligi yo’lidagi kurashda qo’llagan mashhur g’oyaviy usuli qanday edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Kuch ishlatmaslik — e’tiqodimning birinchi ustunidir!» («Non-Violence Is the First Article of My Faith»).

156 — 1865-1869 yillarda AQSh prezidenti bo’lgan Andryu Jonson siyosatga kirmasdan oldin qaysi kasb bilan shug’ullangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tikuvchi bo’lgan.

157 — Dante Aligyerining «Ilohiy komediya» asarining asl nomi nima edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «La commedia» («Komediya») bo’lgan. 1555 yili nashr qilinganda unga «ilohiy» so’zi qo’shib qo’yilgan.

158 — AbdulAziz: Balandligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadigan cho’qqi qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: K2 (Godvin Osten tog’i), Xitoy — Jammu va Kashmirda joylashgan, balandligi 8611 metr.

159 — «Sigaretalar poytaxti» nomini olgan shahar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Binegen.

160 — «Semiotika» nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: Belgilarni o’rganuvchi fan.

161 — Zamonaviy matematika asoschilari kimlar?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ingliz olimi Isaak Nyuton va nemis olimi Leybnits.

162 — Dunyoda birinchi imperiyaga asos solgan podsho kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Doro II.

163 — Chingizxonning asl ismi nima edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Timuchin.

164 — Dunyodagi eng qimmat 3 ta rasmni (kartina) tartib bo’yicha sanang!

Javobini ko`rsatish
Javob: 1. Pikasso «Trubkali bola» — 102.2 mln $. 2. Vinsent van Gog «Doktor Gashe portreti» — 82.5 mln $. 3. Renuar «Mulen de la Gallet» — 78.1 mln $.

165 — Butan davlatining pul birligi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ngultrum.

166 — Berlin xalqaro film festivalida 2000-2004 yillarda g’olib bo’lgan filmlarni toping.

Javobini ko`rsatish
Javob: 2000 — Magnolia (United States); 2001 — Intimite (Intimacy) (France); 2002 — Sen To Chihiro No Kamikakushi (Spirited Away) (Japan) (cowinners) Bloody Sunday (United Kingdom); 2003 — In This World (United Kingdom); 2004 — Gegen Die Wand (Germany).

167 — 16-asrda mikroskopni yaratgan olim kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mikroskop 1590 yili daniyalik Zaharias Jannsen tomonidan kashf qilingan.

168 — V.F.Odoevskiyning «Rus she’riyatinig qoyoshi so’ndi» deb aytgan so’zlari kimga qaratilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Pushkinga.

169 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nechta o’g’illari bor? Ularni sanang.

Javobini ko`rsatish
Javob: 3 ta. Ibrohim, Qosim, Abdulloh.

170 — Musulmonlar eng ko’p yashaydigan davlat qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Indoneziya. 182,2 million musulmon istiqomat qiladi. Manba: Britannica Encyclopedia.

171 — Odatda o’z qo’shiqlarini ijro etuvchi shoir-xonanda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bard.

172 — Dunyodagi aholisi eng ko’p shahar qaysi? Uning aholisi qancha?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tokio, Yaponiya; 26.4 million (2000).

173 — Fransiyaning eng qari futbol klubi qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Gavr shahrining «Gavr» futbol klubi. Hozirda ikkinchi divizionda o’ynaydi. 1872 yilda tashkil etilgan.

174 — «Chelsi» (Angliya) xujumchisi Didie Drogba qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kot d’ivuar.

175 — Jahon tarixida birinchi yollanib o’dirilgan prezident kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Avraam Linkoln (1861-1865 yillarda AQSh prezidenti bo’lgan).

176 — Dunyodagi eng yeb to’ymas mavjudot qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ninachi. U 2 soat ichida 40 ta pashsha va mayda chivinlarni paqqos tushiradi.

177 — Basketbol o’yini qachon va kim tomonidan kashf etilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1891 yilda James Naismith omonidan kashf etilgan.

178 — Eng mustaxkam modda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tellur.

179 — Ayollarning eng baland ovozi nima deb ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Soprano.

180 — Afrika, Antarktida, Osiyo, Evropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Janubiy Amerikaning eng baland cho’qqilarini aniqlang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Kilimanjaro, 5895 metr (Afrika); Vinson Massif, 4897 metr (Antarktida); Everest, 8850 metr (Osiyo); Elbrus, 5642 metr (Evropa); Mak Kinli, 6194 metr (Shimoliy Amerika); Jaya, 5030 metr (Okeaniya); Cierro Akonkagua, 6960 metr (Janubiy Amerika).

181 — Qur’oni karimda nomi zikr qilingan yagona sahoba kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Zayd ibn Horisa r.a.

182 — Argentinalik Ariel Orteganing muxlislar o’rtasidagi laqabi nima?

Javobini ko`rsatish
Javob: El Burrito.

183 — Don Kixotning sevgan yori? (Servantes).

Javobini ko`rsatish
Javob: Dyulsineya.

184 — Galileo Galileyning mashhur ixtirosi.

Javobini ko`rsatish
Javob: Teleskop.

185 — «Jamila» qissasida Jamilaning sevgan yori? (Ch. Aytmatov)

Javobini ko`rsatish
Javob: Doniyor.

186 — Dunyoda eng ko’p gaplashiladigan 5 ta tilni tartib (unda gaplashuvchilar soni bo’yicha) bilan yozing.

Javobini ko`rsatish
Javob: 1. Xitoy tili — 1,212,560,000; 2. Arab tili — 422,039,637; 3. Hind tili — 366,000,000; 4. Ingliz tili — 341,000,000; 5. Ispan tili — 322,200,000.

187 — 90-yillarning oxirlarida qaysi terma jamoada Oliver ismli uch nafar futbolchi to’p surgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Germaniya.

188 — Dunyoda mavjud toshbaqaning eng yirigi qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Terili dengiz toshbaqasi. Uning og’irligi 544 kg, zirhining uzunligi 183 sm, panjalari uchlari o’rtasidagi kengligi 274 sm. U Yangi Zellandiya sohillarida, Atlantika, Tinch va Hind okeanlari kengliklarida uchraydi.

189 — Quruqlikda yashaydigan eng kichik toshbaqa qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Madagaskarda yashaydigan o’rgimchak toshbaqa.

190 — «Kattanachio» deb nima ataladi? (futbolda)

Javobini ko`rsatish
Javob: Bu umumlashgan himoya bilan, gol urish bilan kontaratakaga o’tishdir. Buni Italiyaliklar ishlab chiqqan.

191 — «Saksafon» musiqiy asbobini o’ylab topgan shaxs?

Javobini ko`rsatish
Javob: Belgiyalik Adolf Saks tomonidan 1840-yilda kashf qilingan.

192 — 20 ta farzandning otasi bo’lgan (birinchi xotinidan 7 ta, ikkinchisidan 13 ta) mashhur mumtoz bastakor (kompozitor) kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Iogann Sebastyan Bax (1685-1750).

193 — Boburiylar sulolasidan bo’lgan bu shoh davrida imperiya inqirozga yuz tutgan, bu shaxsning qilgan ishlari oldin yuritilgan siyosatga «bolta urgan». Ga kim haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Avrangzeb.

194 — Qadimgi rimliklar nima uchun g’ozni muqaddas sanashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Rimga forslar bostirib kirganda g’ozlar g’o-g’olab ularni ogoh qilgan va «Rimni qutqargan».

195 — Sayyoramizdagi eng keng ko’cha qaerda joylashgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Monumental Axis ko’chasi (Brazilia). Bu ko’chaning eni 250 metr, uzunligi esa 2,4 kilometr, 160 ta automashina yonma-yon yurishi mumkin.

196 — Ma’lumki Islom kelgan payt Arab yarim orolida johiliyat avjiga chiqqan payt edi. Payg’ambarimiz ham dastlab da’vatni yashirin olib bordilar. Bu paytda Makkai mukarramadagi Ka’batulloh atrofi turli butlar bilan to’lgan edi. Mushriklar ana shu butlarga sig’inishardi. Bunday paytda Baytullohda Islom haqida so’z ochishning o’zi katta falokatga olib kelardi. Mana shunday paytda ham Baytullohda «La ilaha ilallohu, Muhammadur Rasululloh»ni oshkora aytgan sahoba kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abu Zarr G’iforiy r.a.

197 — Eskimoslarning turar joyi nima deb ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Iglu.

198 — Hozirgi kunda qochoqlarga eng ko’p boshpana bergan davlat qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Eron. Afg’oniston va Iroqlik 1 868 000 kishiga boshpana bergan. Manba: BMTning qochoqlar bo’yicha oliy komissarligi (UN High Commissioner for Refugees (UNHCR).

199 — Birinch bo’lib qo’l ushlashib ko’rishishni joriy qilgan AQSh prezidenti kim? Undan oldin erkaklar egilib ko’rishishar edi.

Javobini ko`rsatish
Javob: Tomas Jeferson.

200 — «Maysaraning ishi» operasini kim yaratgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Sergey Yudakov.

201 — Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo’lgan qadimgi yunon faylasufi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Anaksimandr.

202 — O’z vaqtida Sevardning «Muz qutisi» deb atalgan joy qayer?

Javobini ko`rsatish
Javob: Alyaska.

203 — Ham Jahon Chempioni, ham Yevropa, ham Osiyo chempioni bo`lgan dunyodagi yagona futbolchi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Mirjalol Qosimov.

204 — «Insonni qidiryapman!» deya kunduz kuni ham sham ko’tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi kim edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Diogen.

205 — 1928 yili Toshkentda televizorni kashf qilgan olim kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Grabovskiy.

206 — Ma’lumki yahudiylardan juda ko’p payg’ambarlar chiqqan. Ular oxirgi payg’ambarning ham o’zlaridan chiqishini umid qilib yashardilar. Allohning taqdirida esa oxirgi payg’ambar arabdan chiqishi yozilgan edi. Savol: Arablardan chiqqan 5 payg’ambarni sanang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Hud a.s., Solih a.s., Ismoil a.s., Shuayb a.s., Muhammad s.a.v.

207 — Dunyodagi eng tez ilon qaysi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qora mamba.

208 — 22 yoshida «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist», 27 yoshida «Xalq artisti» unvonini olgan buyuk o’zbek san’atkori kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Botir Zokirov.

209 — 1960-yil 4-aprel kuni «Paxtakor» jamoasi SSSR chempionatlari tarixidagi ajoyib rekord sohibi bo`ldi. Gap nima haqida bormoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1960-yil, 4-aprel kuni «Paxtakor» jamoasi SSSR Chempionatlari tarixidagi ajoyib antirekordni qayd etishgan. Ular bir uchrashuvda o`z darvozalariga uch bor gol urib qoyishgan.

210 — «Tavrot»va «Injil»da yozilishicha, Odam atoning Qobil ha Hobildan keyingi uchinchi o’g’li, 50 sahifali ilohiy oyatlar nozil qilingan, 912 yil yashagan payg’ambar kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Shis (Sif) payg’ambar.

211 — Galaktika markazidagi yulduzlar «buluti» nima deb ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Galo.

212 — obiq AQSh prezidenti Hillari Klintonning yoshlikdagi orzusi … bo’lish edi. U bu haqda yordam so’rab, shu soha tashkilotiga yozganda, ular «qizlardan … chiqmaydi» deb javob qilishadi. Gap qaysi soha haqida ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
Javob: Hillari Klinton yoshligida NASAga «qanday qilib astronavt bo’lish mumkin?» deb xat yozadi. Ular esa «qizlardan astronavt chiqmaydi», deb javob berishadi.

213 — Shekspir yozgan 5 ta tragediyani sanang.

Javobini ko`rsatish
Javob: «Hamlet» («Gamlet»), «Othello» («Otello»), «King Lear» («Qirol Lir»), «Macbeth» («Makbet»), «Timon of Athens» («Afinalik Timon»).

214 — Dunyodagi eng balandda joylashgan ko’l?

Javobini ko`rsatish
Javob: Titikaka.

215 — Ispaniyada «Valensiya» nomli futbol klubi bor. Osiyoning qaysi davlatida aynan shu nomdagi futbol jamoasi bor?

Javobini ko`rsatish
Javob: Maldiv orollari.

216 — «1970-yili kosmosda qora yulduz paydo bo’ldi…» Gap nima haqida bormoqda? (Ba’zi tinish belgilarini ishlatmadim, yo’qsa javobi oson bilinib qoladi).

Javobini ko`rsatish
Javob: Gap futbol qiroli Pelening AQShning «Kosmos» jamoasiga o’tishi haqida bormoqda.

217 — 10 6 — Million; 10 9— Milliard; 10 51 — ?

Javobini ko`rsatish
Javob: Seksdetsillion.

218 — Birinchi olimpiada o’yinlari qachon va qayerda o’tkazilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Eramizdan avvalgi 776 yilda Gretsiyaning Olimp tog’ida o’tkazilgan.

219 — Sharqda Jolinus nomi bilan mashhur bo’lgan qadimgi yunon fizigi, tabibi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Galen (129-199).

220 — Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Dino Badjo o’z singlisiga uylangan va shu tufayli uni butun dunyoda yoqtirishmaydi.

221 — Dunyoning yetti mo’jizasidan biri Zevs haykalini kim yasagan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Fidiy (Fidias).

222 — Yulduzlarning halokatli to’qnashishi nima deb ataladi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Kollaps.

223 — «Ali bobo va 40 qaroqchi» ertagini tarjima qilgan adib?

Javobini ko`rsatish
Javob: Abdulla Qahhor.

224 — O‘zbek adabiyotidagi birinchi «roman» deb atalgan, ammo roman nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydigan asar qaysi edi?

Javobini ko`rsatish
Javob: «Zaharli hayot», Hamza Hakimzoda Niyoziy.

225 — Gitler bilan Napoleon Bonapart o’rtasida qanday bog’liqlik bor?

Javobini ko`rsatish
Javob: Ularning dunyoga kelishi vaqti orasi 100 yil va ikkalasi ham dunyoni bosib olishni havas qilgan.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil DIQQAT #RASMAN RAMAZON HAYITI NAMOZINING O’QILISh VAQTLARI BILAN...
09.04.24
5
0
Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish
Xalq banki «XAZNA» ilovasi Oyiga 5mln so’mgacha 0 % komissiya bilan uzcard dan humo ga va aksincha o’tkazish mumkin....
01.04.24
3
0