Rasmli mantiqiy savollar javoblari bilan

19:32, 18 март 2024
12
0

Ziyrak hamda zehinli insonlar, yani kattalar va bolalar uchun rasmli mantiqiy savollar to’plamini javobi bilan taqdim etmoqdamiz.

Savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishdan avval, o’z bilimingizni sinab ko’rishni tavsiya etamiz. Savolning javobini bilish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.

1 — Ushbu suratdagi qizlardan qiysi biri yigitning ayoli bo’lishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qo’lida gul ushlagan qiz. Sababi nikoh uzugi uning qo’lida.

2 — Erkak o’z kabinetida o’lik holda topilgan. Savol: Nima bo’lishi mumkin edi? Bu qotillikmi yoki o’z joniga qasd qilishmi?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qotillik. Sababi kreslo teskari holatda. To’pponcha esa marhumning o’ng qo’l tarafida. Aslida esa u chapaqay. Buni ruchkadan ham bilsangiz bo’ladi.

3 — Mashhur golland shifokori va botanigi German Burgave tomonidan yozilgan «Tibbiyot sanʼatining yagona va teran sirlari» nomli kitobi uning o‘limidan so‘ng 1738-yil 10ming dollar oltinga auksionda sotilgan. Bejirim bezal­gan va g‘iloflangan kitob ochilganda uning barcha sahifalari bo‘sh bo‘lgan. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: Savol: 1-sahifasida nima deb yozilgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog’ingni issiq tut. Shunda eng zo’r shifokorni ham kambag’alga aylantirasan.

4 — Djordj Smit yakshanba kuni tunda o’ldirildi. Bu paytda uyda 5 kishi bor edi:

  1. Janob Smitning turmush o’rtog’i;
  2. Shaxsiy oshpaz;
  3. Bosh xizmatkor;
  4. Xizmatkor;
  5. Bog’bon.

Detektiv ularning har biri bilan suhbat qilib jinoyat sodir etilgan vaqt nima bilan shug’ullanayotgan ekanliklarini so’raydi. Shunda:

  • Smit xonim o’z xonasida kitob o’qiganini;
  • Oshpaz nonushta tayyorlayotganini;
  • Bosh xizmatkor hovlida gul ko’chatlarini qabul qilayotganini;
  • Xizmatkor idish tovoqlarni yuvayotganini;
  • Bog’bon gullarga suv quyayotganini aytadi.

Ushbu suhbatdan so’ng u darhol jinoyatchi kim ekanligini fosh etadi. Savol: Smitning qotili kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Oshpaz. Chunki nonushta ertalab emas kechqurun tayyorlanadi. Djordj Smit esa tunda o’ldirilgan.

5 — Tushlik paytida o’z vaqtini snovbourd uchish bilan sarflagan yigit do’stlari oldiga qaytib keladi. Birdaniga unga ovqat yetishmayotganini sezadi. U do’stlariga savol beradi: meni ovqatimni kim yedi?

Birinchi qiz kuni bilan chang’ida unchagini aytadi, ikkinchi qiz esa ertalabdan beri gulxan qarshisida qo’lidagi sharbatni ichib o’tirganini aytadi. Savol: Kim yolg’on gapirgan?

Javobini ko`rsatish
Javob: O’rtada o’tirgan qiz. Sababi u ertalabdan buyon olov oldida sharbat ichib o’tirganini aytmoqda, ammo qo’lidagi sharbatning muzi ertalabdan beri erimagan.

6 — Bir boy inson avtohalokatga uchrab hotirasini yo’qotdi. Uning yoniga ikki ayol kelib xotini ekanligini ta’kidlamoqda. Savol: Ularning qaysi biri uning ayoli?

Javobini ko`rsatish
Javob: Yigit qo’lidagi uzukning ikkinchisi Sariq ko’ylakli ayolda. Demak u uning xotini.

7 — Suratda XVIII-XIX- asrlarda Angliyada bir kasb egalariga tegishli bo‘lgan to‘pponchani ko‘rib turibsiz. Savol: To‘pponchadan qanday kasb egalari (Kimlar) foydalangan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Qorovullar foydalangan. To’pponcha va kalit vazifasini o’tagan.

8 — Suratga qarab yigitga qaysi qiz yoqishini toping. Savol : Yigitga qaysi qiz yoqadi? U qaysi qizga e’tibor qaratmoqda? Ushbu savolga faqatgina 15% odamlar to‘g‘ri javob berar ekan…

Javobini ko`rsatish
Javob: Yigitga 3-qiz yoqadi. Sababi yigit yuzini boshqa tarafga o’girib olsaham, oyoqlari qayerga qarab turganidan ishora beradi.

9 — Xorvatiyada svetaforlar yonida rasmdagi kabi qizil yorug’ tushib turganini ko’rishingiz mumkin. Savol: Bu kimlar (qaysi turdagi yo’lovchilar) uchun qilingan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Telfondan bosh ko’tarmay kelayotganlar bilmay mashina yo’liga chiqib ketmasliklari uchun qo’yilgan.

10 — Leonardo da vinchi’ning oldiga juda ko’pchilik shogirdlikka olishini so’rab kelishardi va u shu rasmi ko’rsatib bu yerda qanday xato qilganman deb so’rardi. Hamma siz xato qilmaysiz deb javob berar edi va shogirdlik ularga nasib qilmas edi. Savol: Sizningcha xato qani?

Javobini ko`rsatish
Javob: Tuyalarning soyasi yo’q.

11 — Ushbu suratdagi xona aslida qaysi bir insonga tegishli? Suratda 3 ta inson keltirilgan bo’lib ular orasidan xona egasini aniqlang.

Javobini ko`rsatish
Javob: Suratdagi 3-insonga tegishli. Sababi U o’z kabinetida o’zini bemalol his qilyapti va uning kostyumi stuli ustiga ilingan.

12 — Odamlarning atigi 3 foizi aylana ichida qaysi hayvon tasvirlanganini ko’rishadi, ba’zilari esa bu yerda hech narsa ko’rmaydilar! Savol: Siz qanday hayvonni ko’rdingiz?

Javobini ko`rsatish
Javob: Aylana ichida Ot hayvobi bor edi. Agarda siz ham aylana ishidagi hayvonni ko’rmagan bo’lsangiz, suratni biroz ko’zdan uzoqroq ushlang va yaxshilab qarang.

13 — AQShda ushbu topishmoq Federal Qidiruv Byurosiga qabul qilinishidan oldin agentlardan so’raladi. Savol: Bolaning haqiqiy onasi kim?

Javobini ko`rsatish
Javob: Bolaning onasi yashil kiyimdagisi. Sababi u biroz oldinga egilgan bu uning bolasini himoya qilish istagini bildiradi.

14 — Stiv Jobs juda aqilli edi shu sabab har bir hodimni ishga olishdan oldin shu savolni bergan. Savol: Bu yerda nima mantiqqa tog’ri kelmaydi?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1) Rasm oldi qismda yoz orqa tarafda esa kuz tasvirlangan. 2) Uydan chiqayotgan tutun o’ng tarafga daraxtlar esa chap tarafga qaragan. Bundan chiqdi shamol esishi ham mantiqqa to’g’ri kelmaydi.

15 — Bill Geyts tomonidan oʻylab topilgan rasmli savol. Odatda u bu savolga 15 sekund vaqt berilgan! Savol: Rasmda nima yetishmayapti?

Javobini ko`rsatish
Javob: Cho’rtan baliqning suzgich qanotchalari yo’q edi.

16 — Meni hammangiz eshitgansiz lekin ko’rmagansiz. Bilib qo’ying siz gapirmaguncha men gapirmayman. Savol: Men nimaman?

Javobini ko`rsatish
Javob: Men aks sadoman!

17 — Mashxur dizayner ham aniqlolmagan savol. Savol: Bu yerda rassom qanday xatoga yo’l qo’ygan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Suv quyayotgan ayolning qo’lidagi idish bo’m-bo’sh.

18 — Iq darajasi 130dan yuqori bo’lgan odamlar uchun rasmli jumboq. Odamlarning 87% javobini topa olmadi. Rasmda nechta uchburchak bor?

Javobini ko`rsatish
Javob: 1 9 3=13
1) Katta uchburchakning o’zi.
2) 9 ta kichik uchburchaklar.
3) Oq uchburchakni o’z ichiga olgan uchta o’rtacha uchburchak.

19 — Ushbu suratda nima ortiqcha yoki nima mantiqqa to’g’ri kelmaydi?

Javobini ko`rsatish
Javob: 31-iyun bo’lmaydi.

20 — Bir kema halokatga uchrab birgina erkak omon qolibdi. To’lqinlar faqat ayollar yashaydigan orolga eltib qo’yibdi. Erkak hushiga kelganda ayollar uni qurbonlik qilish uchun tayyorlashayotgan ekan. Ular erkakka oxirgi so’zini aytishini taklif qilishibdi. U so’nggi so’zlarni aytgach ayollar uni o’ldirish o’rniga qayiq yasab, oziq ovqatlar bilan taminlab qo’yib yuborishipti. Savol: erkak nima degan?

Javobini ko`rsatish
Javob: Meni oroldagi eng hunuk ayol o’ldirsin degan.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0