Mantiqiy savollar javoblari bilan

19:32, 18 март 2024
16
0

Ushbu sahifada eng sara mantiqiy savollar to’plami javoblari bilan taqdim etilgan bo’lib. Savollarning javoblari oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin.

Savollarning javobi bilan tanishishdan avval, bilimingizni bir sinab ko’rishni tavsiya etaman. Savolning javobini ko’rish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.

1 — Mahmudning 10 ta qo’yi bor edi. 9 tadan boshqa hamma qo’ylari o’lib qoldi. Mahmudning nechta qo’yi qoldi?

Javobini ko`rsatish
9 ta.

2 — U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?

Javobini ko`rsatish
Sizning ismingiz.

3 — Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.

Javobini ko`rsatish
Ot, sababi islom dinida hayvon tasviri mumkin emas.

4 — Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?

Javobini ko`rsatish
Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach, sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi.

5 — Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?

Javobini ko`rsatish
Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.

6 — Kim o’tirgan holda yuradi?

Javobini ko`rsatish
Shaxmatchi.

7 — Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?

Javobini ko`rsatish
Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa.

8 — Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi?

Javobini ko`rsatish
Bir tishli edi.

9 — Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
Yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
Dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?

Javobini ko`rsatish
Xarita.

10 — Yerdan osonlikcha ko’tarish mumkin, lekin uni uzoqqa otib bo’lmaydi. Bu nima?

Javobini ko`rsatish
Qush pati.

11 — Bir kuni chol ikki nabirasi bilan yo’lga chiqibdi. Ular yo’lda ketayotib katta daryoga duch kelibdi. Daryoda qayiq bor ekan. Qayiq esa faqatgina 100 kilogram yukni ko’tara olarkan. Chol o’zi 100 kilo ekan. Nabiralar esa 50 kilodan ekan. Ular daryoni u betiga o’tishlari shart.
Qanday qilib o’tib olish mumkin?

Javobini ko`rsatish
Dastlab nabiralar o’tadi, ulardan biri tushib qolib biri qaytadi. Bu safar bobo narigi betga o’tadi va u yerdagi nabira qayiqqa o’tirib bu tarafda qolgan nabira bilan birgao’tadi.

12 — Ikki ota va ikki farzand ketishayotgandi. Do’kondan uchta olma xarid qilishdi. Bo’lmadilar, kesmadilar, teng qilib bo’lib olishdi. Qanday qilib?

Javobini ko`rsatish
Ketayotganlar boto, ota va bola bo’lib, har biri bittadan olma olishgan.

13 — Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi xarf?

Javobini ko`rsatish
O harfi.

14 — Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz?

Javobini ko`rsatish
Soat strelkasi 2 da turganda.

15 — Yomg’ir vaqtida qarg’a qanday daraxtga qo’nadi?

Javobini ko`rsatish
Nam bo’lgan daraxtga.

16 — O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?

Javobini ko`rsatish
39 ta. Oldinda 17 ta o’rdak. Ortida esa 21 ta. Shuningdek boshini orqa-oldinga burgan o’rdakning o’zi ham.

17 — Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?

Javobini ko`rsatish
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi.

18 — Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.

Javobini ko`rsatish
Filning bolasi.

19 — Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:

– Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.

Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: “Azizam, senga nima bo’ldi, nega?”, – deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: “Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili”, – deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?

Javobini ko`rsatish
Sherlok Xolms erkakka qotillik sodir bo’lgan manzilni aytmagan edi.

20 — Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.

Javobini ko`rsatish
Begonaning noki.

21 — Stolning 4 ta burchagi bor. Uning bir burchagini kesib yuborsak nechta burchak qoladi?

Javobini ko`rsatish
5 ta.

22 — Erkak kishi o’zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?

Javobini ko`rsatish
Yo’q, o’zi vafot etgan kishi hech kimga uylana olmaydi.

23 — Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?

Javobini ko`rsatish
Soat 11:30 da, birinchisi 10:30 da, ikkinchisi 11:00 da, uchinchisi esa 11:30 da.

24 — Yerdan turib, to’qqiz qavatli uydan balandroq sakrash mumkinmi?

Javobini ko`rsatish
Albatta mumkin, to’qqiz qavatli uylar sakrashni bilmaydi.

25 — Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi?

Javobini ko`rsatish
Arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi.

26 — Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?

Javobini ko`rsatish
Shaxmatchi.

27 — Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi. Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?

Javobini ko`rsatish
U odam dastavval milliarder bo’lgan.

28 — O’n metrlik narvondan sakrab tushib, hech bir jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Narvonning birinchi zinasidan sakrash.

29 — Nima oq bo’lganda toza xisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?

Javobini ko`rsatish
Maktab doskasi.

30 — Nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turishning iloji yo’q, garchi u o’ta yengil bo’lsa ham?

Javobini ko`rsatish
Nafasni.

31 — Nega odamlar orqaga burilib qarashadi?

Javobini ko`rsatish
Chunki ensasida ko’zlari yo’q.

32 — Mashina rulini o’ngga burganda uning qaysi g’ildiragi umuman burilmaydi?

Javobini ko`rsatish
Zaxiradagi (zapas) g’ildirak.

33 — Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.

Javobini ko`rsatish
Sigir burchakdan boshining yarimini chiqarib poylamoqda.

34 — Professor kech soat sakkizda budelnikni 9 ga qo’yib uyquga yotdi. U necha soat uxlaydi?

Javobini ko`rsatish
1 soat.

35 — U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va o’z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.

Javobini ko`rsatish
Tulki va bo’g’irsoq.

36 — 3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?

Javobini ko`rsatish
Archada olma nima qilsin.

37 — Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?

Javobini ko`rsatish
O’ng qo’lning tirsagi.

38 — Stolda qalam, chizg’ich, sirkul va o’chirg’ich turibdi. Qog’ozga aylana shaklini chizish kerak bo’lsa, birinchi bo’lib nimani olish kerak?

Javobini ko`rsatish
Qog’ozni.

39 — Bir shifoxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshladi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?

Javobini ko`rsatish
Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.

40 — Bir burchakdan qimirlamagan holda butun dunyoni kezadi.

Javobini ko`rsatish
Pochta markasi.

41 — “To’yingda elak bilan suv tashiy” degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?

Javobini ko`rsatish
Mumkin, agar suv muzlatilgan bo’lsa.

42 — Shoh vaziriga menga nok olma anor keltir — deb buyurdi. Zukko vazir bitta meva keltirdi. Bu qaysi meva edi?

Javobini ko`rsatish
Anor. Chunki shoh nokni olma, anor keltir degan edi.

43 — Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?

Javobini ko`rsatish
Shaxmatchilar.

44 — Xonaning qaysi joyiga qalam qo’yilsa, uning ustidan sakrab o’tib bo’lmaydi?

Javobini ko`rsatish
Burchakka.

45 — Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish oson bo’ladi?

Javobini ko`rsatish
Eshik ochiq bo’lsa.

46 — 7 ta sham yonib turgan edi. Ulardan 3 tasini o’chirib qo’yishdi. Nechta sham qoldi?

Javobini ko`rsatish
3 ta qoladi. Chunki, qolganlari yonib tugaydi.

47 — Daraxtning shoxida qarg’a bor. Qarg’ani cho’chitmasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish kerak.

48 — Ko’p qavatli kiyim kiygan, usti yashil ichi sariq, bolalari qator-qator, pishganda mazali.

Javobini ko`rsatish
Makkajo’xori.

49 — Quyon o’rmondagi hayvonlarga shunday savol berdi: «Agar men ayiqdan og’irroq bo’lsam-u, lekin chumolidan yengilroq bo’lsam, oramizda kim eng yengil bo’ladi?».

Javobini ko`rsatish
Ayiq.

50 — Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish.

51 — Qaysi oddiy odam oldida podshohlar ham boshlarini egishgan?

Javobini ko`rsatish
Sartaroshlar oldida.

52- Stolda 70 dona oq qog’oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog’ozni sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog’oz sanab olish uchun nechi soniya vaqt ketadi?

Javobini ko`rsatish
20 soniya. 10 soniyada birinchi o’ntasi, keyingi o’n soniyada ikkinchi o’ntasi. Stolda esa 50 ta qog’oz qoladi.

53 — Hamma narsani ko’rayotganingizda uni ko’ra olmaysiz, hech narsani ko’rmaganingizda esa uni ko’ra olasiz. U nima?

Javobini ko`rsatish
Qorong’ulik.

54 — 100 so’m pulingiz bor. 100 ta hayvon olishingiz kerak. Mol – 10 so’m, qo’y – 3 so’m, xo’roz – 50 tiyin. Qaysi hayvonlardan nechtadan olasiz?

Javobini ko`rsatish
Mol 5 ta, qo’y bitta, xo’roz 94 ta.

55 — Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Shisha qo’yilsa ham, qo’yilmasa ham xonaga istalgan kishi kira oladi.

56 — Ikki kishi daryo sohiliga keldilar. Ularning har ikkisi ham daryoning narigi tarafiga o’tishi kerak edi. Sohilda bitta qayiq bo’lib u faqat bir kishini ko’tara olardi. Shunga qaramay ular maqsadlariga yetdilar. Ular buni qanday uddalashdi?

Javobini ko`rsatish
Ular daryoning turli sohillarida edilar.

57 — Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.

Javobini ko`rsatish
Tish

58 — A punktdan B punktga poezd yo’lga chiqdi. Unga tomon B punktdan A punktga ham harakatlana boshladi. Yo’l bir relsli, lekin poezdlar bir-biri bilan uchrashmadi. Savol: nega?

Javobini ko`rsatish
Uchrashish taqdir emas ekan.

59 — Qaysi oyda odamlar kam gapiradilar?

Javobini ko`rsatish
Fevral oyida. Negaki bu oyda kunlar kam.

60 — Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz.

Javobini ko`rsatish
Quyosh.

61 — Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas. Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas. U nima?

Javobini ko`rsatish
Musiqa.

62 — Qaysi so’z har doim xato bo’lib eshitiladi?

Javobini ko`rsatish
Xato so’zi.

63 — Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin – ushbu ro’yxatda kim “ortiqcha”?

Javobini ko`rsatish
Sherlok Xolms. Chunki, qolganlaridan farqli ravishda u to’qima shaxsdir.

64 — Uning balandligi ham, eni va bo’yi ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?

Javobini ko`rsatish
Harorat, vaqt.

65 — Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?

Javobini ko`rsatish
Ular aslida uch kishi: bola, ota va bobo edi.

66 — Tuyaqush o’zini qush deb atay oladimi?

Javobini ko`rsatish
Yo’q, chunki u gapira olmaydi.

67 — Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi.

Javobini ko`rsatish
Tamaki.

68 — Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi?

Javobini ko`rsatish
9 ta.

69 — Undan qancha olsangiz, shuncha kattalashib boraveradi. U nima?

Javobini ko`rsatish
Chuqur.

70 — Meni hamma toptaydi, lekin men yanada yaxshiroq bo’lib boraman.

Javobini ko`rsatish
Yo’lak.

71 — Yomg’irda quyon qanday daraxt tagida turishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Ho’l daraxt.

72 — 5 ta yigit 1 ta etikda qolishi uchun nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Ularning bittadan etigini yechib olish kerak.

73 — Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?

Javobini ko`rsatish
Qaynatilgan tuxumni.

74 — Shifoxonadan to’rt muchchasi sog’ bo’lgan odamni qo’lda ko’tarib olib chiqishdi. U mutlaqo sog’lom bo’lsa, nega ko’tarib olib chiqishmoqda?

Javobini ko`rsatish
Bu odam yangi tug’ilgan chaqaloq edi.

75 — Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?

Javobini ko`rsatish
Qizchalarning biriga quyon qafasi bilan birga berilgan.

76 — 1 dan 100 gacha sonlar orasida nechta 9 bor?

Javobini ko`rsatish
20 ta.

77 — Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?

Javobini ko`rsatish
Choyni qo’l bilan emas, balki qoshiqcha bilan aralashtirish maqsadga muvofiq.

78 — 1 kg tosh og’irmi, 1 kg paxta?

Javobini ko`rsatish
Teng.

79 — Balandligi 10 metr keladigan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash kerak.

80 — Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz. Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?

Javobini ko`rsatish
Qorong’ulik.

81 — Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Albatta Meri

82 — Ular qanchalik ko’payib ketsa, vazni shunchalik kamayib boraveradi.

Javobini ko`rsatish
G’ovak.

83 — Avtobusda 15 yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda 3 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 2 yo’lovchi tushib qolib, 4 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 4 yo’lovchi tushib 7 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda esa 1 yo’lovchi tushib 6 yo’lovchi chiqdi. Avtobus necha bekat yurdi?

Javobini ko`rsatish
4 bekat.

84 — 16 qavatli uyda bir liliput (pakana) odam yashaydi. U har kuni ertalab ishga ketayotib liftda pastga tushib, so’ng ishga ketadi, ishdan qaytayotganda esa 10- qavatgacha liftda ko’tarilib, u yog’iga piyoda ketadi. U nimaga shunday qiladi?

Javobini ko`rsatish
Chunki uning bo’yi 10- qavat tugmasigacha yetadi xolos.

85 — O’rdaklar qator bo’lib suv ichgani ketishayotgan edi. Ulardan biri oldinga qarab 7 ta boshni ortiga qarab 12 ta panjani ko’rdi. O’rdaklar nechta?

Javobini ko`rsatish
14 ta. 7 bosh 7 o’rdak, 12 panja 6 o’rdak, qaragan o’rdak bilan xisoblanganda shuncha chiqadi.

86 — Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas. Tangalar necha so’mlik?

Javobini ko`rsatish
1 so’m va 2 so’mlik tangalar. Ulardan biri aniq 1 so’mlik emas, lekin ikkinchisi 1 so’mlik.

87 — Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?

Javobini ko`rsatish
Futbol hakamlari.

88 — Men suvman va suv yuzida suzib yuribman. Men kimman?

Javobini ko`rsatish
Muz.

89 — Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?

Javobini ko`rsatish
Elektropoezdlar tutun chiqarmaydi (albatta yong’in chiqmasa).

90 — Xomligida iste’mol qilinmaydi, qaynatilganda tashlab yuboriladi.

Javobini ko`rsatish
Lavr yaprog’i.

91 — Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?

Javobini ko`rsatish
1 ta, keyingilari to’q qoringa yeyiladi.

92 — Sen notanish xonaga kirib qolding. U erda benzin va gaz bilan yonadigan chiroqlar bor ekan. Sen birinchi bo’lib nimani yoqishing kerak?

Javobini ko`rsatish
Gugurt yoki yondirgichni.

93 — Bir vaqtlar Nissa shahrida eng chidamli chekuvchi bo’yicha konkurs o’tkazilgandi. Ishtirokchilardan biri ketma-ket 60 dona sigareta chekib, rekord o’rnatdi, lekin sovrin olmadi. Nega?

Javobini ko`rsatish
U sigaretadan zaxarlanish tufayli vafot etgandi.

94 — Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchining o’rindig’iga o’tish kerak.

95 — Bir kunda bitta tug’ruqxonada ikki o’g’il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko’p qavatli uyda yashashardi. Ikkita bola bitta bog’chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o’qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko’rmadi. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Bolalarning ko’zi ojiz edi.

96 — Saudiya Arabistoni mamlakatida nechta daryo o’rin olgan?

Javobini ko`rsatish
Ushbu mamlakatda 1 ta ham daryo mavjud emas.

97 — Bir kishi sochini oldirib bo’lib qancha bo’ladi dedi. Usta esa g’aladanda necha so’m bo’lsa shuncha tashlab 2000 so’m oling dedi .Keyingi odamga ham shu qaytarildi va 3- odam ham g’aladanda qancha bo’lsa shuncha pul tashlab 2000 so’m olib chiqib ketdi va galadanda pul
tugadi. Dastlab g’aladonda necha so’m bor bo’lgan?

Javobini ko`rsatish
1750 bor bo’lgan. 1- kishi shuncha tashlasa 3500 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa 1500 qoladi. 2- kishi 1500 tashlasa 3000 bo’ladi 2000 qaytarib olsa 1000 qoladi. 3- kishi 1000 tashasa 2000 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa pul qolmaydi.

98 — Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?

Javobini ko`rsatish
Dami chiqqan g’ildirak zahiradagisi edi.

99 — Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1- kitob o’qiyapti, 2- shaxmat o’ynayapti, 3- ovqat yeyapti, 4- yig’ishtiryapti, 5- nima qilyapti?

Javobini ko`rsatish
Shaxmat o’ynayapti.

100 — Futbolda “Quruq barg” degan termin bor, qaysi holda ishlatiladi?

Javobini ko`rsatish
Hech kimga tekkizmay gol urilsa

101 — Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping.

Javobini ko`rsatish
Skripkachilar.

102 — Qanday holda 12 sonini teng ikkiga bo’lsak, 7 chiqadi?

Javobini ko`rsatish
12 soni rim raqamida XII bo’lganda yarmi VII bo’ladi.

103 — O’rmonga qachongacha kirish mumkin?

Javobini ko`rsatish
O’rtasiga borgungacha, undan keyin o’rmondan chiqish boshlanadi.

104 — It, jirafa, tuya. Bularning qanday umumiy xususiyatlari bor?

Javobini ko`rsatish
Ular qadam olishni chap oyoqdan boshlaydi.

105 — Nimani chap qo’l bilan ushlash mumkin, lekin o’ng qo’l bilan umuman ushlab bo’lmaydi?

Javobini ko`rsatish
O’ng qo’lning tirsagini.

106 — Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchi o’rindig’iga o’tish kerak.

107 — U sizniki, lekin undan sizdan ko’ra boshqalar ko’proq foydalanishadi.

Javobini ko`rsatish
Bu o’z ismingiz

108 — Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin?

Javobini ko`rsatish
Xonaga barcha kira oladi, shisha qo’yish shart emas.

109 — Ot o’z bo’yniga bog’langan qo’ng’iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?

Javobini ko`rsatish
0 km/soat tezlikda.

110 — Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi?

Javobini ko`rsatish
G’ovaklar.

111 — Ikki kun ketma-ket yomg’ir yog’ishi mumkinmi?

Javobini ko`rsatish
Yo’q, kunlarni tun ajratib turadi.

112 — U savol emas, lekin unga javob berish kerak.

Javobini ko`rsatish
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi.

113 — Qo’llarda 10 ta barmoq bor. 10 ta qo’lda nechta barmoq bor?

Javobini ko`rsatish
50 ta.

114 — Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?

Javobini ko`rsatish
Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.

115 — Yog’ochni 12 bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?

Javobini ko`rsatish
11 marta.

116 — Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?

Javobini ko`rsatish
Traktorchi Farhodning singlisi edi.

117 — Qaysi oyda 28 kun bor?

Javobini ko`rsatish
Barcha 12 oyda 28 kun bor.

118 — Bola choynak va uning qopqog’i uchun 11 so’m pul to’ladi. Choynakning narxi qopqog’iga qaraganda 10 so’m qimmat. Qopqoqning narxi necha pul?

Javobini ko`rsatish
50 tiyin. (50 tiyin 10 so’m = choynakning narxi).

119 — Ota va o’g’il avto halokatga uchrashdi. Otasi shu joyning o’zidayoq halok bo’ldi, o’g’lini esa kasalxonaga yuborishdi. Operasiya vaqtida xirurg bolani ko’rib: «Voy xudoyim-ey, bu mening o’g’lim-ku-deb baqirib yubordi. Shunday ham bo’lishi mumkinmi?

Javobini ko`rsatish
Ha, bu uning onasi.

120 — Qanday idishda ovqat yeb bo’lmaydi?

Javobini ko`rsatish
Bo’sh idishda.

121 — Qaysi yegulikni pishirish vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho’r bo’lib ketmaydi?

Javobini ko`rsatish
Qaynatilgan tuxum.

122 — Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?

Javobini ko`rsatish
Chuqur.

123 — Yarimta olma nimaga o’xshab ketadi?

Javobini ko`rsatish
O’zining ikkinchi yarimiga.

124 — Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?

Javobini ko`rsatish
U sakragan samolyot hali havoga ko’tarilmagan edi.

125 — Uchta toshbaqa sudralib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
Toshbaqalar aylana bo’ylab sudralib yurishibdi.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0