Matematik mantiqiy savollar va masalalar javoblari bilan

19:32, 18 март 2024
20
0

Matematika bilan shug‘ullanish to‘g‘ri va izchil fikrlashga, mulohaza yuritishga o‘rgatadi. Matematika bizni ortiqcha qayta-qayta sanashlardan xalos etadi, ma’lum narsa yordamida ilgari noma’lum bo‘lgan narsalarni topishimizga yordam beradi.

Quyida sizlar uchun matematika faniga oid mantiqiy savollar, qiziqarli boshqotirmalar, jumboqli misollarni to’plab e’tiboringizga havola etmoqdaman. Ba’zi savollar matematik aniqlikka asoslangan bo’lsa, ba’zilari mantiqiydir.

1. Ilhom bozordan 1 kg. lik tarvuz olib keldi. Tarvuz 99% suvdan iborat edi. Ilhom tarvuzni quyoshda unutib qoldirdi va keyin tarvuz 98% suvdan iborat bo‘lib qoldi. Savol: quyoshda qolib ketgandan keyin tarvuzning og‘irligi necha kg bo‘lgan?

Javobini ko`rsatish
500gr.

2. Daraxtning 4 ta shoxi bor, har bir shoxida yana 4 tadan shoxchalari bor, bu shoxchalar ham yana 4 tadan mayda shoxchalarga bo‘lingan va ularni har birida bittadan olma bor, barcha olmalar sonini hisoblang.

Javobini ko`rsatish
4*4 *4 = 64

3. 1 ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko‘payadi. O‘sha 1 ta bakteriyani bir bonka (idish)ga solganimizda 1 soatda liq to‘ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi?

Javobini ko`rsatish
59 minut 59 sekundda bonka yarim bo‘ladi, 1 sekunddan keyin esa 2 taga ko‘payib bonka to‘ladi.

4. Uzunligi 36 metr bo‘lgan chitni sotuvchi har qaysi xaridorga 3 metrdan sotdi. Savol: sotuvchi chitni necha marta kesgan?

Javobini ko`rsatish
1 2 8=11 marta kesilgan.

5. Sinfda 30 ta o‘quvchi o‘qiydi. Ulardan 20 tasi rus tilini biladi. 18 tasi ingliz tilini biladi. Savol: nechtasi har ikkala tilni biladi?

Javobini ko`rsatish
12 ta rus, 10 ta ingliz, 8 har ikki tilni biladi.

6. Men bir son o‘yladim. Uning yarmiga choragini qo‘shsak , 18 hosil bo‘ladi. Savol: Men qanday son o‘ylabman?

Javobini ko`rsatish
24.

7. Uch kishi 30 so‘mga tushlik qilishdi. Ular ketishgandan so‘ng kafe xo‘jayini tushlik narhi 30 so‘m emas, 25 so‘m ekanligini payqab qoldi va o‘sha yerdagi bir yosh bolani qo‘liga 5 so‘m berib ularning orqasidan jo‘natdi. Xurrandalarning har biri o‘zlariga 1 so‘mdan olishdi va 2 so‘mni bolaga qaytarib berishdi. Bundan chiqdiki, har bir kishi tushlik uchun 10 so‘mdan emas 9 so‘mdan to‘lashgan. Ular 3 kishi: 3×9=27, yana 2 so‘m bolada: 27 2=29. Savol 1 so‘m qayerga g‘oyib bo‘ldi?

Javobini ko`rsatish
Aslida sal chalg‘ituvchi topishmoq edi: Xo‘randalar 25 so‘m tushlik uchun kafe ho‘jainiga, 2 so‘m bolaga berishgan 3*9-2 5=30 9 — Har bir xo‘randa tushlik uchun to‘lagan haq, 2 — Boladagi pul, 5 — Xo‘jayinning bolaga bergan qaytimi.

8. Onasi Ahmadga 4 litr suv olib kelishni tayinladi. Lekin onasi unga faqat ikkita idish berdi, ulardan biri 3 litrlik, ikkinchisi 5 litrlik edi. Ahmad bu idishlar yordamida 4 litr suv o‘lchashi mumkinmi? Ahmadga yordam bering.

Javobini ko`rsatish
Avval, 3 litrda to‘ldirib suv oladi. Bu suvni 5 litrlik idishga soladi. Keyin yana 3 litrlikda to‘ldirib suv oladi va 5 litrlikka idishdagi suv ustiga soladi. Shunda 3 litrlik idishda 1 litr suv ortib qoladi. Endi 5 litrlik idishni bo‘shatib, Haligi 1 litr suvni 5 litrlik idishga solidi. Va uning ustiga 3 litrlik idishda suv to‘ldirib soladi. Shunda 4 litr suv bo‘ladi.

9. Beshta 1 yordamida 100 sonini qanday hosil qilish mumkin?

Javobini ko`rsatish
111-11=100

10. 81 ta bir xil ko‘rinishli tangalar bor. Ammo bulardan bittasi qalbaki va u boshqalaridan biroz yengil. Ikki pallali tarozi yordamida 4 marta tortish bilan shu qalbaki tangani topib bering.

Javobini ko`rsatish
Buning uchun tangalarni 3 qismga bo‘lamiz, 27 tadanga bo‘linadi.

1. Ikkita 27ni tarozuga tortib ko‘riladi, qaysi biri yengilroq kelsa qidirilayotgan tanga shular orasida bo‘ladi, agar og‘irligi teng bo‘lsa chetga olib qo‘yilgan uchinchi 27 ni ichida qidirilayotgan tangalar bor bo‘ladi. (Xullas, shu tariqa 1-o‘lchashda faqat 1 ta 27 tanlab olinadi)

2. Tanlangan 27 ni ham 3 qismga bo‘lamiz va 2 ta 9ni tarozuni ikki pallasiga qo‘yib tortamiz, va yuqoridagidek yengilroq qism tanlab olinadi.

3. Tanlangan 9 ni 3 qismga bo‘linadi.

4. Qolgan 3 tangani ikkitasi tanlanadi va tarozida tortiladi, yoki biri yengilroq bo‘ladi, yoki esa ikkisi teng, chetga olib qo‘yilgani esa qidiralayotgan tanga!

11. Bir qurbaqa 30 m quduqdan kunduz 3 metr yuqoriga, kechalari 2 metr pastga harakat etsa, quduqdan necha kunda chiqadi?

Javobini ko`rsatish
28 kunda, chunki, oxirgi kuni orqaga harakat qilmaydi.

12. Bir sutkada soatning minut strelkasi necha marta ustma-ust tushadi???

Javobini ko`rsatish
12 marta.

13. 5 xonali sondan iborat parol qo‘yilgan, Bu parolni ochish uchun necha xil variantda son terish kerak?

Javobini ko`rsatish
99999 xil taxminiy sonni terish kerak (masalan: 00000, 00001, 00002, 00003 …. va hokazo)

14. Qanday sonni hech qanday matematik amal bajarmasdan cheksizlik belgisiga aylantirish mumkin?

Javobini ko`rsatish
8

15. Qanday soat sutkada ikki marta aniq vaqtni ko‘rsatadi?

Javobini ko`rsatish
Buzuq soat.

16. Yo‘lda ketma-ket qator qilib 10 ta ustun o‘rnatilgan. Har bir ustundan keyingisigacha bo‘lgan masofa 10 metrdan. Sportchi 1-ustundan 10-ustungacha yetib bordi va yana 1- ustunga qaytib keldi. Sportchi qancha yo‘l bosgan?

Javobini ko`rsatish
180 metr.

17. Qanday 3ta sonning yig‘indisi ularning ko‘paytmasiga teng?

Javobini ko`rsatish
1, 2, 3

18. Shunday ikki sonni topingki, ularning ko‘paytmasi 28 bo‘lib, kattasini kichkinaga bo‘lganda ham 28 chiqsin!

Javobini ko`rsatish
28 va 1

19. To‘rtta besh raqami va arifmetik ishoralar yordamida 100 hosil qiling!

Javobini ko`rsatish
5*5-5)*5=100

20. Savolim kulcha haqida. Kulchalarni tarqatganda har birimizga 1.5 tadan to‘g‘ri kelyapti. Lekin Oramizdan 1 kishi kulcha yemasa, har birimizga 2 tadan to‘gri keladi. Biz necha kishimiz?

Javobini ko`rsatish
Umumiy 4 kishi va 6 ta kulcha bor. 1.5*x=(x-1)*2. 0.5*x=2. x=4

21. Mahsulotning narhini 50% ga oshirib 50% ga tushirilsa. Bahosi o‘zgaradimi?

Javobini ko`rsatish
100 so‘mlik narsani 50%ga oshiramiz = 150so‘m, 150so‘mni 50% ga kamaytirsak 75so‘m.

22. 1,2,3,4,5 raqamlar orasiga arifmetik amallar ishoralarini shunday qo‘yingki natijada 100 hosil bo‘lsin!

Javobini ko`rsatish
1*2 3)*4*5=100

23. Menda 10 sum bor, sizda 15 sum bor. Pulimiz teng bo‘lishi uchun necha pul berasiz menga?

Javobini ko`rsatish
2,5 sum. Shunda 12,5 = 12,5

24. Bu sonlarning orasiga to‘qqizta plyus yoki minus ishorasini shunday quyingki, ifodaning javobi to‘g‘ri chiqsin: 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 = 1

Javobini ko`rsatish
0-1-2-3-4-5 6-7 8 9=1
yoki
0 1 2 3 4 5-6-7 8-9=1
yoki
0-1 2 3 4 5-6-7-8 9=1

25. 12 ta odam bir-biri bilan salomlashganda salomlar soni nechta bo‘ladi? (Bitta odamga ikki martta salom berish va o‘ziga-o‘zi salom berish yo‘q)

Javobini ko`rsatish
11 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1=66

26. Yilda eng kalta oy qaysi?

Javobini ko`rsatish
May — chunki 3ta harfdan iborat.

27. Bir quruvchi bir uyni 30 kunda qurib bitirdi. Ikkinchi quruvchi shu uyni 20 kunda qurdi. Ikkala quruvchi baravariga ishlashsa necha kunda uyni bitirishadi?

Javobini ko`rsatish
1/30 1/20=1/x x=12kun
yoki (30*20)/(30 20)=12

28. Kechadan oldin Murod 17 yosh edi. Keyingi yilda u 20 yoshga kiradi. Bu qanday yuz beradi?

Javobini ko`rsatish
Agar bugungi kun 1 yanvar bo‘lsa, Murodning tug‘ilgan kuni 31 dekabrda. Kechadan oldin (30 dekabr) u 17 yosh edi, kecha (31 dekabr) u 18 to‘ldi, shu yil u 19 ga kiradi, keyingi yilda esa 20 yoshni qarshi oladi.

29. Oppoq tovuq don cho‘qir,
Suv ichadi qorasi.
Necha tovuq bo‘ladi,
Qo‘shilganda olasi.

Javobini ko`rsatish
3 ta.

30. Bir odam olma donasini 5 so‘mdan sotib olib, uni 3 so‘mdan sotgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib u millionerga aylangan. U buni qanday uddaladi?

Javobini ko`rsatish
U milliarder bo‘lgan.

31. Akasi 12 yosh 7 oylik. U singlisidan 3 yosh 5 oy katta bo‘lsa, singlisi necha yoshda?

Javobini ko`rsatish
9 yosh 2 oy.

32. Toshkentdan Samarqand tomon poyezd yo‘lga chiqdi. U belgilangan vaqtdan yarim soatga kech qoldi. Samarqanddan Toshkent tomon ham poyezd yo‘lga chiqdi, u jadvaldagidan 10 daqiqaga kech yo‘lga chiqdi. Har ikki poyezd bir-biri bilan uchrashgan vaqtda qaysi poyezd Toshkentga yaqinroq bo‘ladi?

Javobini ko`rsatish
Poyezdlar har ikki shahardan bir xil masofada uzoqlikda bo‘lishadi.

33. 7 ta sham yoqishgandi, 2 tasi o‘chib qoldi. Nechta sham qoldi?

Javobini ko`rsatish
2 ta, qolganlari erib ketadi.

34. Devorning uzunligi 20 metr va balandligi 3 metr bo‘lib, og‘irligi 3 tonna. Uni qo‘shimcha qurilmalarsiz qanday ag‘darish mumkin?

Javobini ko`rsatish
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu devorning qalinligi 2 santimetrdan oshmaydi, demak uni qo‘lda itarsak ham ag‘anaydi.

35. Quyon ikki oyog‘ida turganda 5 kg kelsa 4 oyog‘ida tursa necha kg keladi?

Javobini ko`rsatish
5 kg.

36. It 10 metrlik ipga boylangan, ammo u 300 metrga ketib qoldi. Qanday qilib?

Javobini ko`rsatish
It ustunga boylanmagan edi.

37. Bitta tayoqning 2 ta uchi bo‘lsa, 1 yarimta tayoqning nechta uchi bo‘ladi?

Javobini ko`rsatish
4 ta.

38. Qayin daraxtining 8 ta shoxi bor, har bir shoxida 8 tadan shoxcha, har bir shoxchada yana 8 tadan shoxcha bor va har bir shoxchada 8 tadan olma bo‘lsa, hammasi bo‘lib nechta olma bor?

Javobini ko`rsatish
Qayin olma solmaydi.

39. Bir bola ko‘chadan 1 so‘m pul topib oldi, agar ko‘chaga 2 ta bola chiqsa necha so‘m topib olardi?

Javobini ko`rsatish
1 so‘m.

40. Bitta birga bitta uch
Yopishibdi qolibdi,
Har ikkisi sarflab kuch,
Bitta bosh harf bo‘libdi?

Javobini ko`rsatish
B harfi.

41. Bita va koptok 1,10 dollar turadi. Bita koptokka qaraganda 1 dollardan qimmatroq turadi. Koptok qancha turadi?

Javobini ko`rsatish
5 sent. Agar koptok 5 sent bo‘lsa, bita esa 1 dollardan qimmatroq bo‘lsa, u 1,05 dollar turadi. Ularning qiymati 1,10 dollarga teng bo‘ladi.

42. Siz musobaqada ishtirok etmoqdasiz va ikkinchi o‘rinda yugurayotgan kishidan o‘zib ketdingiz. Siz hozir nechanchi o‘rindasiz?

Javobini ko`rsatish
Siz ikkinchi yugurayotgan kishidan o‘zib ketdingiz va uni o‘rnini egalladingiz, demak siz ikkinchi o‘rindasiz.

43. Ikki xonali sonning raqamlar yig‘indisi eng katta bir xonali songa teng. O‘nlar xonasidagi raqam esa, bu yig‘indidan 2 ga kam. Shu sonni toping.

Javobini ko`rsatish
72

44. Sarvar o‘yinchoq askarlarni o‘ynayapti. Dastlab o‘yinchoqlarni juft-juft qilib joylashtirishga urindi, ammo bitta ortib qoldi. So‘ngra Sarvar o‘yinchoqlarni 3 tadan joylashtirmoqchi bo‘ldi. Unda ham bitta o‘yinchoq ortib qoladi. Agar u 4 tadan, 5 tadan, 6 tadan joylashtirmoqchi bo‘lsa ham bitta ortib qoladi. Oxiri 7 tadan safga joylashtirishga erishdi. Agar Sarvardagi o‘yinchoqlar soni 1000 tadan kam bo‘lsa, unda nechta o‘yinchoq bo‘lishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
721

45. To‘la kvadratni (butun sonning kvadrati) 3 ga bo‘lganda qanday qoldiq qolishi mumkin?

Javobini ko`rsatish
0 yoki 1

46. Sinfda 35 o‘quvchi bor. Ulardan 20 tasi matematika to‘garagiga, 11 tasi biologiya to‘garagiga qatnashadi. 10 tasi esa hech qaysi to‘garakga qatnashmaydi. Nechta o‘quvchi ham biologiya, ham matematika to‘garagiga qatnashadi?

Javobini ko`rsatish
6 ta.

47. 6- sinf o‘quvchilari 2 ta masala yechishdi. Dars oxirida Shokir Qosimovich to‘rtta ro‘yxat tuzdi: 1 — birinchi masalani yechganlar, 2 — faqat bitta masala yechganlar, 3 — kamida bitta masala yechganlar, 4 — ikkala masalani yechganlar. Ro‘yxatlardan eng uzuni qaysi? Ikkita ro‘yxat tarkibi bo‘yicha ustma-ust tushishi mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qaysilari?

Javobini ko`rsatish
3-ro’yxat eng uzun, 2 va 3

48. Sayyohlar guruhi chet ellar bo‘ylab sayohatga chiqishdi. Ulardan 28 kishi ingliz tilini, 13 kishi frantsuz tilini, 10 kishi nemis tilini, 8 kishi ingliz va fransuz tilini, 5 kishi frantsuz va nemis tilini, 6 kishi ingliz va nemis tilini, ikki kishi uchchala tilni xam biladi, 41 kishi yuqoridagi uchta tildan hech birini bilmaydi. Sayyohlarning umumiy sonini toping.

Javobini ko`rsatish
75 kishi.

49. Idishda oq va qora sharlar bor. Undan bitta qora shar olsak, idishdagi oq va qora sharlar soni teng bo‘ladi. Bitta oq sharni olsak, qora sharlardan ikki marta kam oq sharlar qoladi. Idishda nechta oq va nechta qora shar bor?

Javobini ko`rsatish
3 ta oq, 4 ta qora.

50. Qiz bola o‘zining ismidagi har bir harf o‘rniga uning alifbodagi tartib raqamini qo‘ydi va 1114111 sonini hosil qildi. Qizning ismi nima?

Javobini ko`rsatish
Lola.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0