Qiziqarli mantiqiy masalalar to’plami javoblari bilan

19:32, 18 март 2024
4
0

Mantiqiy masalalar aqlni charxlashning eng yaxshi usulidir. Ular yo’lda ketayotganda bolalarga berish, do’stlaringizning mantiqiy fikrlashini sinab ko’rish uchun qo’l keladi. Kamdan-kam hollarda ularga birdan javob berish mumkin, shu sababli vaziyatni yanada quvnoq qilish uchun kichik yordam berish mumkin.

Umid qilamizki, javoblarni birdan ochib ko’rmasdan, oldin biroz fikrlab ko’rasiz. Ayniqsa bolalarga berishda, chunki hech bir texnika bolaga ota-ona bilan vaqt o’tkazishni o’rnini bosa olmaydi.

Mantiqiy masalalar va ularning javoblari

1. Itning bo’yniga uzunligi 5 metr bo’lgan arqon bog’langan edi, lekin shunga qaramay to’g’ri bo’ylab 10 metr uzoqlikka keta oldi. U buni qanday uddaladi?

Javobini ko`rsatish
Itning bo’yniga bog’langan arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi.

2. It uning dumiga bog’langan tovaning jaranglashini eshitmasligi uchun necha km/soat tezlik bilan yugurishi kerak?

Javobini ko`rsatish
0 km/soat tezlikda, ya’ni umuman harakatlanmasligi kerak.

3. Balandligi 10 metr bo’lgan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash.

4. Qaysi talaffuz to’g’ri: «oq rangdagi tuxum sarig’ini ko’rmayapman» yoki «tuxumning oq rangli sarig’ini ko’rmayapman»?

Javobini ko`rsatish
Tuxumning sarig’i oq rangda bo’lmaydi.

5. Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?

Javobini ko`rsatish
Ular bobo, ota va farzand edilar.

6. Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish eng qulay bo’ladi?

Javobini ko`rsatish
Uyning eshigi ochiq bo’lganda.

7. Qanday idishdan umuman hech qanday ovqat yeb bo’lmaydi?

Javobini ko`rsatish
Bo’sh idishdan.

8. «To’yingda elak bilan suv tashiy» degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?

Javobini ko`rsatish
Xa, suvni avval muzlatib olish kerak.

9. Beshta yigit bir etikda qolishi uchun nima qilish kerak?

Javobini ko`rsatish
Ularning har birining bittadan etigini yechib olish.

10. Kun va tun nima bilan tugaydi?

Javobini ko`rsatish
«N» harfi bilan.

Mantiqiy masalalar kattalar va bolalar uchun

11. Qaysi oyda odamlar eng kam gap gapirishadi?

Javobini ko`rsatish
Fevral oyida, chunki bu eng qisqa oy.

12. 2 2*2 ning javobi necha bo’ladi?

Javobini ko`rsatish
6, avval ko’paytirish bajariladi.

13. O’tgan yilgi qorni topish uchun nima qilsa bo’ladi?

Javobini ko`rsatish
1 yanvar kuni ko’chaga chiqish kerak.

14. Dengiz tubida qanday tosh bo’lmaydi?

Javobini ko`rsatish
Quruq tosh.

15. Qaysi so’z doimo xato bo’lib eshitiladi?

Javobini ko`rsatish
«Xato» so’zi.

16. Xo’roz o’zini parranda deb atashi mumkinmi?

Javobini ko`rsatish
Yo’q, xo’roz gapirishni bilmaydi.

17. Yer yuzidagi barcha aholi bir vaqtning o’zida nima qiladi?

Javobini ko`rsatish
Ulg’ayadi.

18. Uning balandligi ham, bo’yi ham, eni ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?

Javobini ko`rsatish
Harorat, vaqt.

19. Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?

Javobini ko`rsatish
Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach, sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi.

20. Ikki kishi shaxmat o’ynayotgan edi. Ularning har biri 5 martadan yutdi. Bu qanday qilib mumkin?

Javobini ko`rsatish
Ular boshqa-boshqa odamlar bilan o’ynayotgan edilar.

Mantiqiy masalalar to’plami

21. Odamzod o’rgimchakka qarab, osma ko’priq qurishni o’rgandi, mushuklarni kuzatib, fotoapparat diafragmasi va nur qaytargichlarni kashf qildi. Aytingchi, ilonni kuzatib, odamzod nimani yaratdi?

Javobini ko`rsatish
Shpritsni.

22. Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?

Javobini ko`rsatish
Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.

23. Yerdan osonlikcha ko’tarib olish mumkin, lekin uzoqqa otish imkonsiz. U nima?

Javobini ko`rsatish
Qushning pati.

24. Sun’iy yo’ldosh yer orbitasini 1 soat 40 daqiqada aylanib chiqadi, lekin teskari yo’nalishda shu aylanib chiqish uchun 100 daqiqa vaqt ketadi. Buning sababini izohlang.

Javobini ko`rsatish
100 daqiqa == 1 soat 40 daqiqa.

25. Hatto eng katta kastryulkaga ham uni solib bo’lmaydi. U nima?

Javobini ko`rsatish
O’sha kastryulkaning qopqog’i.

26. Bir kilo tosh og’irmi yoki bir kilo paxta?

Javobini ko`rsatish
Ikkalasi ham bir xilda og’ir.

27. Qaysi hayvonlar ko’zini ochgan holda uxlaydi?

Javobini ko`rsatish
Baliqlar.

28. Bir erkak bozorga borib, 50 so’mga ot sotib oldi. Bir hafta o’tgach, otlarning narxi qimmatladi va erkak foyda qilaman deb olgan otini 60 so’mga sotib yubordi. Bir-ikki kun o’tgach, uzoq safarga chiqish uchun ulovi yo’qligini o’ylab, borib endigi safar 70 so’mga ot sotib oldi. Qimmat olib qo’ydimmikin deb uzoq o’ylanib, nima bo’lsa-bo’ldi deb o’sha otni 80 so’mga sotib yubordi. Erkak qancha zarar yoki foyda ko’rdi?

Javobini ko`rsatish
(-50) 60 (-70) 80 = 20 so’m foyda qildi.

29. Ikki odam bir vaqtning o’zida daryo sohiliga kelishdi. Ularning maqsadi daryoning narigi sohiliga o’tish edi. Qarasa qayiq turibdi, ammo u ulardan faqat bittasini ko’tara olardi. Shunga qaramay, ularning ikkalasi ham ko’zlaganlaridek daryoning narigi sohiliga o’ta olishdi. Ular buni qanday qilib epladilar?

Javobini ko`rsatish
Ikkala kishi dastavval daryoning turli sohillari tomonida edilar.

30. Juda mashhur mantiqiy masala. Cho’pon karam, qo’y va bo’rini olib ketayotgan edi. Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho’pon o’zi bilan birga uchta narsadan birini olib o’tirishi mumkin edi. Cho’pon qo’y, karam va bo’rini sohilni narigi betiga olib o’tish uchun nima qilishi kerak? (Cho’pon qarovisiz qolganda bo’ri qo’yni, qo’y esa karamni yeb qo’yishi mumkin)

Javobini ko`rsatish
Avval cho’pon o’zi bilan qo’yni olib o’tadi, uni tashlab, qaytib keladi va bo’rini olib o’tadi. Bo’rini qoldirib, qo’yni yana oldingi sohilga qaytib olib keladi. Endi qo’yni qoldirib, karamni olib o’tadi va sohilning narigi betiga (bo’ri turgan tomonga) qoldirib keladi. Oxirgi o’rinda qaytib kelib, nihoyat qo’yni olib o’tadi.

Qiziqarli mantiqiy masalalar

31. G’ishtning vazni 2 kg va yana yarimta g’ishtning vazniga teng. Xo’sh, g’ishtning vazni necha kilogramm?

Javobini ko`rsatish
Tarozining bir pallasiga bitta butun g’isht, ikkinchi pallasiga esa 2 kg’lik tosh va yana yarimta g’isht bo’lagini qo’yamiz. Tarozi pallasi tenglashdi. Butun g’ishtni ikkiga bo’lamiz va yarimini tarozi pallasiga qo’yamiz. Ikkinchi palladan esa yarimta g’ishtni olib tashlaymiz. Tarozi ularning vazni yana tengligini ko’rsatadi. Demak, yarimta g’isht ikki kilogramm bo’lsa, bitta butun g’isht 4 kg tosh bosadi.

32. Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi?

Javobini ko`rsatish
Bir tishli edi.

33. Bir vaqtlar Nissa shahrida eng chidamli chekuvchi bo’yicha konkurs o’tkazilgandi. Ishtirokchilardan biri ketma-ket 60 dona sigareta chekib, rekord o’rnatdi, lekin sovrin olmadi. Nega?

Javobini ko`rsatish
U sigaretadan zaharlanish tufayli vafot etgandi.

34. Oq bo’lganda tozalash kerak bo’ladi, yashil bo’lganda esa toza hisoblanadi. Gap nima haqida bormoqda?

Javobini ko`rsatish
Maktab doskasi.

35. Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi. U qaysi o’simlik?

Javobini ko`rsatish
Tamaki.

36. Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?

Javobini ko`rsatish
Traktorchi Farhodning singlisi edi.

37. Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?

Javobini ko`rsatish
Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.

38. Italiyaning bayrog’i qizil-oq-yashil rang ketma-ketligidan iborat. Qaysi mevaning ko’ndalang kesimi ularga bu ranglarni tanlashga yordam bergan?

Javobini ko`rsatish
Tarvuz.

39. Bir kasalxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshlayverdi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?

Javobini ko`rsatish
Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.

40. Yurishning yugurishdan farqi nimada. Javob berishdan oldin bir joyda yugurish ham mavjudligini inobatga oling. Ba’zan esa yugurishda yurishdan sekinroq harakatlanish ham mumkin.

Javobini ko`rsatish
Farqi tezlikda emas. Yurishda u yoki bu oyoq doimo yer bilan aloqa qilib turadi, yugurishda esa qisqa muddatga ikkala oyoq ham yerdan uzilishi mumkin.

Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0