Bolalarda ma’suliyat hissini qanday shakillantirish mumkin?

19:30, 18 март 2024
1
0

Bolada mas’uliyat hissini qanday tarbiyalash kerak? Shu haqida ota-onalar uchun bir qancha psixologik tavsiyalarni berib boramiz.

Hozirgi vaqtda ota-onalar oldida turgan asosiy vazifalardan biri – farzandlarining tatil vaqtidagi faoliyatlarini samarali va sermazmun o‘tkazishdan iborat, deydi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani Gulsanam Ibragimova.

Yosh davrlar psixologiyasi nuqtayi nazaridan kelib chiqilsa, bola shaxsida o‘yin va o‘qish faoliyatlari parallel namoyon bo‘ladi. Shuning uchun bolalar murakkab topshiriqlarga to‘la vazifalardan ko‘ra, o‘yin faoliyatini afzal ko‘radi.

Ibragimovaga ko‘ra, bu holat ota-onalarga farzandi bilan shug‘ullanishi uchun qiyinchiliklar tug‘dirishi tabiiy.

Buning uchun ota-onalarimiz quyidagi tavsiyalarga amal qilishi o‘rinli, deydi u.

Bola harakatidagi ijobiy va salbiy oqibatlarini tushuntiring

Buni o‘z hayotingizdan misollar keltirish orqali tushuntiring. Yani yaxshi joyda ishlashingiz, yetarlicha moddiy mablag‘ topishingiz, farzandlaringizga imkoniyatlar yaratib bera olishingiz.

Bularning barchasini yoshligingizda intiluvchan bo‘lganingiz bilan bog‘lab tushuntirishga harakat qiling.

Imkon darajasida siz namuna keltiradigan insonlar farzandingiz uchun tanish bo‘lgani maqul.

Qoidalarga nega amal qilish kerak?

Bu o‘z-o‘zidan bolalarda javobgarlik hissini o‘rgatish uchun asosdir. Farzandingiz barcha qoidalarga amal qilishi uchun ularga kutilayotgan yakuniy natijani tasvirlab berishga harakat qiling.

Etiborli bo‘ling, agar farzandingizga qoidalarni hozirdan o‘rgatmasangiz, keyinchalik o‘rgatish qiyin bo‘ladi.

Masuliyatli vazifalarni bajarishiga imkoniyat bering

Farzandingizga uyda bajariladigan ishlar ro‘yxatini taqdim qiling. Ular ichidan bajara oladigan vazifalarini tanlab olishiga imkon bering.

Shunday qilib, u o‘zi uchun javobgarlikni tanlash bilan birga ularni qanday qilib to‘g‘ri bajarish haqida o‘ylaydi.

Bu – farzandingizda masuliyatni his qilish va o‘ziga nisbatan hurmati oshishiga olib keladi.

Farzandingizga uning yoshiga mos vazifalar bering

Ota-ona sifatida esingizda bo‘lsin, farzandingizga berayotgan topshiriqlaringiz uning yoshiga mos bo‘lishi kerak. Har qanday topshiriqni berishdan oldin o‘zingizni uning o‘rniga qo‘yib ko‘ring.

Farzandingizni imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan topshiriqlarni berish orqali jazolashga urinmang. Buning natijasida bolada o‘ziga ishonchsizlik hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Mas’uliyatli bo‘lishi uchun kerakli vositalar bilan ta’minlang

Farzandingiz o‘zini o‘zi tarbiyalashi uchun zarur vositalar bilan ta’minlash orqali javobgarlikni zimmasiga olishga o‘rgating.

Masalan, o‘z vaqtida uyg‘onishini istasangiz, uyg‘otkich-soat olib bering. Har hafta maktab va uy vazifalariga sanalarni yozib berib, natijasini nazorat qiling. Bu ham farzandingizni maktabda yaxshi o‘qishiga undashi bilan birga kelajakka mas’uliyatli qarashiga olib keladi.

Biz ota-onalar doimo farzandimizda mas’uliyatlilik hissini tarbiyalash o‘z qo‘limizda ekanini yodimizda tutishimiz kerak. Shu bilan birga, avvalo o‘zimiz mas’uliyatli inson sifatida o‘rnak ko‘rsatishimiz talab etiladi.

Kelgusida psixologning ota-onalar uchun farzandlar bilan samimiy munosabat o‘rnatish qoidalari borasidagi tavsiyalari taqdim etiladi.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0