Bolalarni yozishga qanday o‘rgatish mumkin?

19:30, 18 март 2024
3
0

Maktabgacha yoshdagi farzandlari bo‘lgan ota-onalarga pedagog va ruhshunoslardan bolani yozishga to‘g‘ri o‘rgatish haqida kerakli tavsiyalar va maslahatlar.

Kuniga 15 daqiqadan ortiq shug‘ullantirmang: Yozuv – qo‘llarning mutanosiblikdagi harakati, rivojlangan ko‘rish xotirasi, diqqat va o‘tirib ishlashni talab etadigan murakkab ko‘nikma. Maktab yoshidagi bola uchun uni darhol o‘zlashtirish mushkul.

Shuning uchun bir qoidaga rioya qiling: biroz yozamiz – dam olamiz. Zo‘riqishni oshirib yuborish bola organizmi rivojlanishiga qattiq ta’sir qiladi.

Bolani shoshirmang: Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalar o‘qishni bilish bilmasligidan qat’i-nazar, uch yoshidan boshlab so‘zlar va rasmlar o‘rtasidagi farqni ko‘ra boshlaydi.

Biroq bola bunday erta yoshda yozishga tayyor bo‘lmaydi: ularning miyasi kerakli ko‘nikmalarni 5-7 yoshga kelib shakllantiradi.

Yozishga tayyorlikni quyidagicha tekshirish mumkin:

  • Bolaga bir varaq qog‘oz berib, biror narsa chizishni taklif qiling.
  • Rasmning bir qismini bo‘yashni so‘rang.

Agar bola qog‘ozni doimiy ravishda aylantirib, chiziqlar yo‘nalishini bazo‘r o‘zgartirsa, demak, u harflarni yozishga hali tayyor emas.

Bola yozishni istamasa uni majburlamang

Agar bola harflarni o‘rganishni istamasa, uni majburlamang. Yaxshisi kichik motorika va xotirani rivojlantiradigan mashqlar bilan shug‘ullaning.

Bo‘lajak birinchi sinf o‘quvchisiga «yozishni bilish» rasmiy talabi mavjud emas. 5-7 yoshda maktabda yozish uchun qo‘lni tayyorlab borishga e’tibor berish kerak.

Ma’lumotni o‘yin tariqasida yetkazing: Mashg‘ulotlarni majburiyatga, o‘zingizni esa jiddiy o‘qituvchiga aylantirmang. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘qib-o‘rganishi qiziq o‘yinni yodga solishi lozim.

Marina Suzdalevaning so‘zlariga ko‘ra, hech qanday salbiy hislar, baho va tanqiddan foydalanmaslik zarur.

Yozma harflarni o‘rgatmang: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ota-onalardan mana shuni iltimos qilishadi. Gap shundaki, o‘quv qo‘llanmalarda harflarni yozish usullari bir-biridan farq qiladi.

Agar ota-onalar, eng muhimi kichkintoylarda kalligrafiyani o‘zlashtirishga qiziqish bo‘lsa, harflar elementlari ustida ishlashingiz mumkin. Bunday mashqlarni maktabgacha yoshdagi bolalarning yozuv daftarlarida uchratish mumkin.

3-5 yoshdagi bolalar uchun yozishga tayyorgarlik

Mayda motorikani rivojlantiring: Bola yozishni o‘rganishi uchun uning mayda motorikasini rivojlantirish kerak. Bu uning katta bo‘lmagan buyumlarni qiyinchiliksiz boshqarish va ko‘z hamda qo‘llarning muvofiq harakatini talab etadigan harakatlarni bajara olishini anglatadi. Masalan, xamirdan narsalar yasash yoki rasmlar chizish.

Maktabgacha yoshdagi bolaning qo‘lini yozishga tayyorlash uchun quyidagi mashqlarni bajarib ko‘ring:

  • Qog‘ozdan chiziq bo‘ylab shakllarni qirqing.
  • Rangli qalam, flomaster va bo‘yoqlar yordamida chizing va bo‘yang.
  • Xamir va plastilindan narsalar yasang.
  • Konstruktordan modellar yig‘ing.
  • Mozaikalar bilan ishlang.
  • Ilmoqda to‘qing.

Mashqlarni doimiy tarzda bolaga qulay tezlikda kattalar bilan birgalikda bajarish lozim.

Aytgancha, barmoqlar harakatida miyaning nutq uchun javob beradigan peshona va chekka qismlari faoliyati kuchayadi: motorikasi rivojlangan bolalar yaxshi gapiradi.

5-7 yoshdagi bolalar uchun elementlar va bosma harflarni o‘rgatish

Barmoqlar bilan chizing: Harflarni ko‘pik, patnisga yoyilgan don-dun, terlagan oyna, havoda, asfalt ustida bo‘r bilan yoki barmoq bo‘yoqlari bilan qog‘ozda yozishni o‘rganish mumkin. Ularni poliz ekinlari urug‘laridan terib chiqish va plastilindan yasash mumkin. Harflarni aytayotganda unga muvofiq tovushlar hamda u bilan boshlanadigan so‘zlarni yodga olish kerak.

Harflar va raqamlarni chizish albomida yozing: Ishni elementlarni o‘zlashtirishdan boshlang: vertikal va gorizontal chiziqlar, oval va boshqalar. Vazifalarni maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qo‘llanmalardan topish yoki mustaqil ravishda chizish mumkin.

Element namunasini chizing va boladan uni takrorlashini so‘rang. Agar xato qilsa, nima uchun aynan shunday qilish kerakligini so‘rang. Dastlabki tajribalar uchun alohida chizish albomini tutish kerak.

Maxsus yozuv daftarlardagi mashqlarni bajaring: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yozuv daftarida ko‘plab foydali mashqlarni uchratasiz: «naqshni davom ettir», «tasvirni yakunla», «namunaga qarab chiz», «nuqtalarni birlashtir» va boshqa h.k. Ushbu mashqlar bolani tartibli yozuv, bosma harflarni yozishga o‘rgatadi. Katak va chiziqlar ichida yo‘nalish olishni osonlashtiradi.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0