Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz

14:36, 18 март 2024
3
0

Jamiyat ham, davlat ham, boshqa birov ham emas. So‘zsiz, ayrimlarning imkoniyatlari ko‘proq, masalan, o‘ziga to‘q ota-onalarning farzandlarida. Biroq hech narsaga qaramay, har qanday inson o‘z maqsadiga erishishi mumkin. Buning uchun sizga olg‘a harakat qilish imkoniyatini bermayotgan fikrlardan xalos bo‘lish lozim.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishim kerak

«Muvaffaqiyatli bo‘lishim uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lishim kerak» Yo‘q. Orzuingizdagi hujjat biror kishi uchun kuniga 8 soat ishlashni istayotgan bo‘lsangizgina kerak bo‘ladi. Agar o‘z ishingizni ochsangiz, o‘z-o‘zingizga xo‘jayin bo‘lasiz.

Oliy ma’lumotsiz ham biznes qurish mumkin. Facebook asoschisi Mark Sukerbergni yodga oling. U eng mashhur ijtimoiy tarmoqni yaratish uchun Garvardni tashlab ketgan. U o‘zi sevgan va qo‘lidan kelgan ish bilan shug‘ullangan.

Bu esa unga katta boylik orttirishda qo‘l keldi. Universitet avtomatik tarzda aqlliroq bo‘lib qolishni kafolatlamaydi. Mustaqil o‘qib-o‘rganish ko‘pincha ancha samarali.

Vaqtim yo‘q

«Vaqtim yo‘q» — Insonlar o‘z muvaffaqiyatsizliklarini ko‘pincha ana shu tarzda oqlashadi. Bir daqiqa ham bo‘sh vaqti bo‘lmagan odamni izlab topish mushkul bo‘lsa kerak. Kompyuter o‘yinlarini o‘ynash yoki yangiliklar lentasini ko‘zdan kechirish o‘rniga o‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullaning.

Sevimli mashg‘ulotingiz muvaffaqiyatli biznesga aylanishi mumkin. Albatta, ba’zida dangasalik ustunlik qiladi. Biroq maqsad sari mayda qadamlar bilan harakat qilsangiz, oxir-oqibat qat’iyatliligingiz uchun mukofotga ega bo‘lasiz.

Yoshim o‘tib qoldi

Miyangiz hali ham ishlamoqda. Hali ham vaqtingiz bor. Tirik ekansiz, istagan narsangizga erishishingiz mumkin. O‘qish-o‘rganishning kechi yo‘q. Hatto 20 yoshdan ancha katta bo‘lsangiz ham bu qo‘l qovushtirib o‘tirish uchun bahona bo‘lolmaydi.

Nimadan boshlashni bilmayman

Boshlash doim og‘ir. Tashabbus ko‘rsating. Foydali ma’lumotni izlashni boshlamasangiz, biror yangi narsa o‘rganolmaysiz. Yordam so‘rab kasbining ustalariga murojaat qiling.

Sayohatdagi eng murakkab ish – uydan chiqib olish. Bor-yo‘g‘i boshlang. Keyin esa qo‘rquvlaringizni yuzingizda tabassum bilan yodga olasiz.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0