Maqsadlar tezda amalga oshmasligining asosiy 10 sababi

13:44, 18 март 2024
10
0

Aslida, hayotda biror maqsad bilan yashashning o‘zi — baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin! Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, ta’na-dashnomlar eshitib kuyib-yonib yurish ham — baxt. Degan edi taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi Erkin Vohidov.

Maqsadingiz va rejalaringiz amalga oshmayapdimi? Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tashlashimiz kerak bo’lgan 10ta qadam haqida gaplashamiz.

1. Qat’iyatli qarorlardan ko‘ra o‘zni oqlash, bahona va ma’suliyatsizlik. Insonlar o‘ziga bo‘lgan past bahoni yashirish maqsadida omadsizlik va jur’atsizliklarini oqlashga urinishadi. Afsuski bu faqat vaziyatni og‘irlashtiradi. Har qanday qiyinchilikka tik boqib, oldinga harakat qilish zarur.

2. Shunchaki maqsad sari «yurish» qilishmaydi. Odatda buning uchun dangasalikni bahona qilib ko‘rsatishadi. Dangasalik-bu sabab emas, bu – xulosa. O‘zini yolg‘on taskinlar bilan tinchlantirish, go‘yoki orzular o‘z o‘zidan ushalishi kerakday.

3. Qo‘rquv. Harakatlar natija bermasligidan hadiksirash. «Shuncha harakatim zoye ketsachi… » Aynan shu qo‘rquv sizni maqsad sari yo‘ldan chalg‘itadi. Ichingizdagi qo‘rquvni yenga olsangizgina nimagadir erisha olasiz.

4. Ko‘pchilik maqsadlarini so‘nggi natijasini ko‘z oldiga keltirmaydi

Kecha ro‘y bergan oddiy bir holatni ko‘z oldingizga keltiring. Endi esa qilishingiz mumkin bo‘lgan lekin qila olmagan ishingizni eslang. Endi esa bu ikki holatning o‘zaro farqiga e’tibor bering. Qay biri sizni o‘ylantiryapti? Bo‘lib o‘tgan ishmi yoki bajarilmay qolgani? O‘tib ketgan vaziyat uchun kuyinar ekansiz – nimaiki maqsad qilmang u natijasiz qolaveradi.

5. Yetarlicha xohish istakning yo‘qligi. Maqsadlar quyidagi formatda qo‘yiladi. «Xohlardim», «Istagan bo‘lardim». Ushbu ishonchsizlik va qat’iyatsizlik orzular parvozini yo‘qqa chiqaradi. Har birimizda mavjud bo‘lgan cheksiz imkoniyatlarni bloklab qo‘yadi. Siz chin dildan istagan istaklargina ijobat bo‘ladi!

6. Eng siyqasi chiqqan sabab bu maqsadlarni aniq qo‘yilmagani. Oramizda hali ham maqsadlarni aniq rejalashtirish mumkinligini bilmaydigan insonlar bor. Bu muammoning asl negizi – tarbiyada. Agar oilada oldiga maqsad qo‘yish rejalashtirilmasa, farzand «qanday bo‘lsa shunday yashash» shabloniga ko‘nikadi.

7. Insonlar maqsadga erishib bo‘lmaydi deb o‘ylashadi

Orzulari haqiqatdan juda yiroqda, puch va ushalmas bo‘lib tuyiladi. Oldiga maqsad qo‘yishdan cho‘chishadi. «Ushalmas orzular deb o‘zimni aldab nima qildim, baribir o‘xshamaydi». Shu tariqa o‘zlaridagi bor imkoniyat va ishonchni «o‘ldirishadi».

8. Maqsad sari harakat qilishadi, lekin unga yetisha olishiga ishonishmaydi. Ular o‘zlarini har xil bahona va vajlar bilan aldashadi. «Menda bu maqsadlar uchun yetarli darajada imkoniyat yo‘q», «Qo‘limdan kelmaydi», «Sharoitimga to‘g‘ri kelmaydi».

9. Maqsadlar noto‘g‘ri qo‘yilgan: noaniq, mujmal, maqsadga erishish muddati aniq belgilanmagan, aniq reja yo‘q. Bu yerda insonlarning maqsad sari qo‘ygan jamiki xatolari mujassamlashgan.

10. O‘z orzu niyatlariga munosib ekanliklariga ishonishmaydi. Har kim ham o‘z maqsadlariga erishishi mumkin, lekin buning uchun o‘zini munosib hisoblamaydi. «Men hech kimga kerak emasman», «Men bunga loyiq emasman, chunki», «Menga nimadir yetishmaydi, men shu omadsizlikka loyiqman». Shu kabi bahonalar bilan o‘zini chalg‘itadi.

Endi aytingche, ushbu maqoladagi berilgan tavsiyalardan kelib chiqgan holda, o’zingiz uchun nima rejalarni amalga oshirishni maqsad qildingiz? Buni izohda yozib qoldirishingizni kutamiz!


Manba: UzBaza.Uz

Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0