Shaxsiy rivojlanish uchun kerakli bo’lgan 10 qadam

13:37, 18 март 2024
6
0

Shaxsiy rivojlanish insonni mukammallik sari yetaklaydi. Inson hamisha o’zini rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Quyida shaxsiy rivojlanish uchun qilish kerak bo’lgan 10 ta eng muhim ish ro’yxati berildi.

Har kuningizni sarhisob qiling

Har kuni tunda uxlashdan oldin, o’tkazgan kuningizni analiz qiling va qilgan xatolaringiz va qilishga ulgurmagan ishlaringizni yozib boring.

Keyingi kuni o’tgan kungi xatolaringizni takrorlamaslikk harakat qiling va qilishga ulgurolmagan ishlaringizni qilishga harakat qiling. Bu narsa sizni intizomga o’rgatadi va tez orada o’z natijasini ko’rsatadi.

O’zingiz rivojlantirmoqchi bo’lgan qobiliyatingiz haqida o’qing

Biror bir qobiliyatingizni rivojlantirishni istaysizmi? Unda u haqida o’qing. Kirishimli bo’lishni istaysizmi? Unda odamlar bilan munosabat to’g’risidagi kitoblarni o’qing.

O’zingizga bo’lgan ishonchni orttirmoqchimisiz? Unda shu mavzudagi kitoblarni o’qing. Xullas, har qanday qobiliyatingizni rivojlantirishni istasangiz, dastlab, shu mavzuga oid kitoblarni o’qing. Ular sizga albatta to’g’ri yo’l ko’rsatadi. Ishonavering.

Kundalik rejalar daftari tuting

Ya’ni har kuni qiladigan ishlaringiz ro’yxatini tuzib oling. Va ana shu reja asosida ish ko’ring. Boshlanishiga  barcha yozganlaringizni qilishga ulgurolmasligingiz mumkin. Lekin vaqt o’tgan sari barcha ishlarni qilishga ulgurasiz.

Rag’bat / Jazo tizimiga amal qiling

Biror xato ish qilib qo’ysangiz, o’zngizni biror usul bilan jazolang. Misol uchun, bir kun kech tursangiz, nonushta qilmang(jazo sifatida), keyingi kun nonushta qilish uchun ham erta turishga harakat qiladigan bo’lasiz.

Rag’batlantirishga keladigan bo’lsak, biror kitobni o’qib tugatsangiz, o’zingiz sevgan biror ish bilan shug’ullaning.(ijtimoiy tarmoqqa kirsangiz ham mayli)

Ustoz toping

Ustoz aynan sizdan yoshi katta odam bo’lishi yoki repititor bo’lishi shart emas. Muhumi ustozning yoshi emas, balki siz bilishni istaydigan narsani bilishi kerak.

Hatto o’z tengdoshingiz ham siz bilmaydigan ko’p narsalarni bilishi mumkin. O’rganishdan uyalmang. Ustoz sizni to’g’ri yo’naltirib turadi. Bu orqali siz ko’zlagan maqasadingizga tezroq erishasiz.

Oldin siz odatni shakllantiring, keyin odat sizni shakllantiradi

Kundalik hayotingizdagi zararli odatlaringizni aniqlab oling. Bunday odatlar, albatta, barchamizda bor. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarga ko’p vaqt sarflash, kech turish, kech uxlash va hokazo.

Ushbu zararli odatlaringizni foydali boshqa bir odatlarga almashtiring. Ushbu foydali odatlar borib-borib o’z samarasini ko’rsata boshlaydi.

Erishayotgan yutuqlaringizni tahlil qilib turing

O’zingizda qanday o’sishlar bo’lgani tahlil qilib boring. Buning uchun o’zingizning hozirgi holatingiz bilan bir oy yoki bir yil oldingi holatingizga solishtirib ko’ring.

O’zingizga nisbatan qattiqqo’l bo’ling

Hech qachon o’zingizni o’zingiz aldamang. Biror xato ish qildizmi, albatta, yuqoridagiga o’xshash jazo tizimini qo’llang.

Davomiylikka amal qiling

Nima ish qilsangiz ham, uni vaqt o’tib to’xtatib qo’ymang. Oz-ozdan qiling lekin har doim qiling. Misol uchun har kuni kitob o’qishga harakat qilyapsizmi, bir kun yuz bet o’qib keyingi kun tashlab qo’ymang. Undan ko’ra 20 betdan o’qing, lekin har kuni o’qing. Hech qachon to’xtab qolmang.

O’zingiz havas qiladigan odamlardan o’rnak olishga harakat qiling

O’zingiz havas qiladigan odamlarning yaxti taraflarini o’zlashtirib olishga harakat qiling. Garchi bu taqlid qilishga o’xshasada, ularning ibratli jihatlarini o’rganib olish zarar qilmaydi.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0