Oshqozon og‘rig‘i va uy sharoitida davolash

13:35, 18 март 2024
4
0

Oshqozon kasalliklari va og‘rig‘ini uy sharoitida davolash: Oshqozon og‘rig‘idan samarali xalq tabobati omillari yordamida (kartoshka sharbati, aloe, propolis, dorivor o‘tlar,) xalos bo‘lishingiz mumkin. Ammo terapiyani boshlashdan oldin siz gastroenterolog tekshiruvidan o‘tishingiz kerak.

Chunki ko‘plab oshqozon kasalliklari o‘xshash belgilarga ega. Doimiy noqulaylikning sabablari malum bo‘lsa, tegishli terapiya usulini tanlash ancha osonlashadi.

Barcha materiallar faqat ma’lumot berish maqsadida joylashtirilgan, shifokor maslahatisiz ish tutmang!

Oshqozon og’rig’i va uy sharoitida davolash

Oshqozon kasalliklari belgilari va davolash

Oshqozon turli sabablar bilan og‘rishi mumkin, masalan gastrit va qorin dam bo‘lishidan tortib to jiddiy potologiyalargacha, masalan, oshqozon yarasi va pankreatit. Xar bir xolat uchun ananaviy tibbiyot bir nechta samarali retseptlarni tayyorlagan. Mana ularning bazilari.

Oshqozon yarasini davolash

Oshqozon yarasi organning shilliq qavatida xlorid kislota va safro tasirida paydo bo‘ladigan mayda yarali xosilalar mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bunday xolda bemor oshqozonida o‘tkir og‘riq, oshqozon yonishi, chanqoqning ko‘payishi, ishtahaning pasayishi va boshqa alomatlar paydo bo‘ladi. Terapiya sifatida ananaviy tibbiyot quyidagi vositalarni tavsiya qiladi.

  • Echki suti – Ertalab nonushtadan oldin 1-2 osh qoshiq yangi sog‘ilgan sut ichish, kun davomida esa bir necha stakan ichish tavsiya qilinadi. Oldindan qaynatib qo‘yilgan suv bilan suyultiriladi (1:1). Davolanish kursi: 3-4 xafta.
  • Aloe – Kattalar o‘simlikdan (3 yoshdan katta) bir nechta yirik barglar kesilib, oqar suvda yuviladi va bo‘tqa xolatiga keltiriladi. Olingan massa kuniga 2 marta 1 osh qoshiqdan istemol qilinadi. Istalgan natijaga erishish uchun mahsulot bir oy davomida qabul qilinadi. O‘simlik achchiq tamga ega bo‘lgani uchun, ozgina asal bilan aralashtirish mumkin.

Oshqozon yarasini tezda davolashning iloji bo‘lmaydi, shuning uchun bemor sabr-toqatli bo‘lishi va nima bo‘lishidan qatiy nazar terapiyani davom ettirishi kerak bo‘ladi. Ehtimol 3 kurs davolanish kerak bo‘ladi. (har bir kursdan keyin 2-4 xafta tanaffus qilish kerak).

Oshqozon yarasini xalq tabobati bilan davolash

Oshqozon yarasini xalq tabobati bilan davolash

Gastrit epigastral og‘riqlar, qaytalanuvchi ko‘ngil aynishi va kamdan-kam hollarda qusish, ishtahaning bo‘lmasligi, qattiq oshqozon yonishi, najas buzilishi (ich qotishi yoki ich ketishi), og‘izda yoqimsiz, achchiq tam bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Tashxisni tasdiqlashda bemorlar quyidagi retseptlarni sinab ko‘rishlari mumkin:

  • Propolis bilan asal – 1 choy qoshiq ezilgan propolisni bir hil miqdordagi asal bilan aralashtiring, shuni istemol qiling va ozgina toza suv iching (70-100 ml). jarayonni kuniga 2 marta takrorlang. Davolanish kursi 2-3 hafta.
  • Kartoshka sharbati – yangi kartoshka (2-3 dona) yuviladi, tozalanadi va maydalagichda maydalanadi, so‘ngra sharbati siqilib, dokada filtrlanadi. Yangi tayyorlangan sharbatni darrov ichish tavsiya qilinadi (ovqatdan yarim soat oldin). Bitta porsiya: 100 ml. buni 2 hafta davomida, xar ovqatdan oldin (yani kuniga 2-3 marta) qabul qilish kerak.

Oshqozon eroziyasni davolash

Oshqozon eroziyasi – bu organning epiteliya qatlamining vayron bo‘lishi natijasida shilliq qavatda mayda yaralar paydo bo‘ladi (ammo yaralardan farqli o‘laroq, ular faqat shilliq qavatning yuqori qatlamiga tasir qiladi).

Oshqozon eroziyasi belgilari: epigastral mintaqada kuchli og‘riqlar (ayniqsa kechqurun), ko‘ngil aynishi, oshqozon yonishi va ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi, tam bilishning buzilishi, najas yoki qusishda qon izlari borligi. Oshqozon eroziyasida samarali vositalar, bu:

  • Kalamus (aira) ildizidan tayyorlangan damlama – 1 choy qoshiq quruq o‘simlik ildizi ustidan 200 ml qaynoq suv quying va chorak soat davomida past olovda qaynatib oling. Sovutib har ovqatdan oldin 50 ml dan qabul qiling. Terapiya davomiyligi 2 hafta.

Qorin dam bo‘lishi

Oshqozon dam bo’lishi deganda, (yoki meteorizm) ichaklardagi gazning kechikishi va to’planishi tushuniladi, qorin ichkarisida gumburlash va gaz xosil bo’lishining kuchayishi bilan tavsiflanadi. Buni davolash uchun navbatdagi xalq davolash usullari tavsiya qilinadi:

Qorin dam bo’lishi
  1. Anor po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama – 2 osh qoshiq quruq po‘stloq ustidan 200 ml suv quyib, 20 daqiqa davomida qaynating, kuniga 3 mahal 2 osh qoshiqdan ichiladi. Kasallik alomatlari to‘liq bartaraf etilgunga qadar qabul qiling.
  2. Qoqigul (momaqaymoq) damlamasi – 2 osh qoshiq quritilgan gullarni ustiga 1 stakan qaynoq suv quying, idishni mahkam yopib, 24 soat davomida damlab qo‘ying. Tayyor bo‘lgan damlamani filtrlab kuniga 4-5 mahal 50 ml dan iching. Bu terapiya 3-4 kundan oshmasligi kerak yarasi va gastritdan farqli o‘laroq, qorin dam bo‘lishi uzoq muddatli davolanishni oshqozon talab qilmaydi.

Bu xolda terapiyani ma’lum bir parxez bilan birlashtirish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun dietadan quyidagilarni olib tashlash kerak: dukkaklilar (loviya, no’xat va boshqalar), mevalarni (banan, olma, nok shunga o’hshash boshqa mevalar), sut va sut mahsulotlarini, javdar noni, sabzavotlar (kartoshka, karam, sabzi, piyoz, va makkajo’xori), yog’li go’sht, shirin gazli ichimliklar va achchiq qorachoy.

Pankreatit

Pankreatit quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi, chap gipoxondriyadagi og‘riq, (belga xam og‘riq berishi mumkin) ko‘ngil aynishi, qusish, gaz xosil bo‘lishining ko‘payishi, og‘izning qurishi, terining oqarishi, qon bosimining ko‘tarilishi va boshqa shu kabi alomatlar. Uy sharoitida davolanish uchun bemorlarga quyida vositalar ko‘rsatiladi.

  • Kolonxoe damlamasi – o‘simlik barglarini oqar suvda yuving va maydalang, so‘ngra shisha idishga joylang va ustidan aroq yoki spirt quying (150 ml spirt yoki 250 ml aroq uchun 4 osh qoshiq xom ashyo). Mahsulotni qorong‘i va salqin joyda 3 xafta davomida qoldiring. Damlama kuniga 2-3 mahal 1 choy qoshiqdan qabul qilinadi. Davolanish kursi: 2 xafta.
  • Oltin mo‘ylov – o‘simlikning kamida 25 sm uzunlikdagi 1 ta katta yaprog‘ini (2 ta kichik) chopib, ustidan 700 ml suv quying. Keyin mahsulotni past olovda 15-20 daqiqa davomida qaynatib oling va uni bir necha soatga qo‘ying. Damlamani kuniga 2 mahal 1 osh qoshiqdan qabul qiling (3 hafta davomida).

MUHIM! Oshqozon og‘rig‘ini bir martada butunlay davolash oson emas, ayniqsa oshqozon yarasi yoki surunkali gastrit shaklida bo‘lsa. Qayta tiklash faqat kasallikning dastlabki bosqichida yoki murakkab terapiya (dorilar, xalq tabobati va parhez) bilan sodir bo‘lishi mumkin.

Oshqozonni tozalash

Surunkali kasalliklarda, dispeptik kasalliklar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, tez-tez ich qotishi, ayniqsa qariyalarda), terida ko‘p miqdordagi toshmalar bo‘lganda va tanada zaharlanish alomatlari bo‘lganda oshqozonni tozalash zarur.

  1. Zig‘ir moyi – xar kuni ertalab 1 osh qoshiqdan ichish kerak (faqat och qoringa). Terapiya davomiyligi 2 hafta. Bunday holda, zig‘ir moyini zaytun yoki kungaboqar yog‘i (qayta ishlanmagan) bilan almashtirish mumkin.
  2. Mineral suv – ertalab och qoringa 2 stakan gazsiz mineral (yoki shunchaki iliq qaynatilgan) suv iching. Tozalash kursi: 3-4 hafta.

Ko‘ngil aynishi va sog‘lik yomonlashganda, yog‘larni qabul qilgandan so‘ng, protsedurani to‘htatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qanday qilib oshqozon faoliyatini tezda tiklash mumkin?

Oshqozon ko‘pincha kasalliklardan (odam to‘yib ovqatlanmasa), ovqatdan zaharlanishdan va boshqa bir qator xolatlardan keyin yordamga muhtoj bo‘lib qoladi. Ushbu mazali va foydali vosita oshqozon ishini tiklashga yordam beradi

  • Shipovnik damlamasi: (200 ml qaynoq suv uchun 100 gr xom ashyo, 2 soat davomida damlang), uni bir necha kun davomida kuniga 3 mahal 1/3 stakandan ichish kerak.

Ushbu davrda tiklanishni tezlashtirish ushun bo‘tqalar (grechka, jo‘xori uni, guruch), kepakli non, sut maxsulotlari, yangi sabzavot va mevalarni istemol qilish kerak.

Ovqat hazm qilishni yahshilash

Ovqat hazm qilish muammolari og‘irlik va shishish hissi, oshqozon yonishi, ko‘ngil aynishi va boshqalar bilan ifodalanadi. Oshqozon buzilganida, yangi oq karamdan sharbat tayyorlab ichish tavsiya etiladi, uni sharbat chiqargich yordamida siqib chiqarish mumkin. 2 hafta davomida kuniga 2 mahal yarim stakandan qabul qiling.

Oy davomida qizilmiya urug‘ining qaynatmasini oq karam sharbati bilan almashtirish mumkin. (1 osh qoshiq xom ashyoga 2 st. qaynoq suv) kuniga bir necha marta 1/3 st. ichish kerak.

Agar oshqozon faoliyati oldinroq tiklansa ham (masalan bir necha kun ichida), siz davolanishni to‘xtatmay, to‘liq kursni o‘tashingiz kerak. Bu kelajakda shunga o‘hshash muammolarni oldini oladi.

Tibetcha davolash

Terapiya sifatida Tibet tibbiyoti quyidagi retseptdan foydalanishni tavsiya qiladi: 2 litrli idishga aloe sharbati (370 ml), asal (650g) va bir shisha kagor aralashtiramiz. Aralashma 4 kun davomida qo‘yiladi (vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi). Qo‘llash usuli: 1 choy qoshiqdan kuniga 2 mahal. Terapiya kursi: 3 kun, so‘ngra tanaffus qilish va yana takrorlash tavsiya etiladi.

Oshqozonni ochlik yo‘li bilan davolash

Ochlik bilan davolash – bu muqobil tibbiyotning samarali usullaridan biri bo‘lib, oshqozon va umuman ovqat hazm qilish tizimini tiklashga yordam beradi. Buning sababi shundaki, ushbu davrda oshqozon ichak trakti dam oladi va shilliq qavat tiklana boshlaydi. Dastlabki bosqichda, qisqa muddatli (2-3 kun) ochlikni tashkil qilish tavsiya etiladi, keyinchalik ochlik kunlari ko‘paytiriladi. Ochlik qoidalari:

  1. Terapiya paytida tozalangan suvdan foydalaning. (kuniga 1-1.5 litr)
  2. O‘simlik damlamalari (moychechak, shalfey va boshqalar) yordamida tozalovchi klizmalar o‘tkazing.
  3. Yomon odatlardan butunlay voz keching.
  4. Dastlabki kunlarda ochlikdan chiqishda yarim suyuq bo‘tqalar, mevalar va toza suv bilan suyultirilgan (1:1) yangi siqilgan sharbatlarni istemol qiling.

DIQQAT! Ochlik bilan davolanish: oshqozon yarasi va homiladorlik paytida mumkin emas.

Oshqozon kasalliklari odamga og‘riq va noqulaylik tug‘diradi, xayotning odatiy quvonchidan mahrum qiladi va shu sababli darhol davolanishni talab qiladi. Ko‘pincha xalq davolanish usullari samaradorligi jihatidan dori darmonlardan kam emas va bazi xollarda xatto xavfsizroq (chunki ular tarkibida agressiv kimyoviy qo‘shimchalar mavjud emas).

Davolanish paytida etiborga olinishi kerak bo‘lgan narsa – bu chastota va aniq dozalar muvofiqligi. Protsedurani boshlashdan oldin gastroenterologga murojaat qilish tavsiya etiladi.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil DIQQAT #RASMAN RAMAZON HAYITI NAMOZINING O’QILISh VAQTLARI BILAN...
09.04.24
5
0
Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish
Xalq banki «XAZNA» ilovasi Oyiga 5mln so’mgacha 0 % komissiya bilan uzcard dan humo ga va aksincha o’tkazish mumkin....
01.04.24
3
0