Sizni baxtli qilishga qodir 40 mayda va oddiy narsalar

13:29, 18 март 2024
27
0

Baxtli bo‘lish uchun nima kerak? Ehtimol, har bir kishi bu savolga duch kelar. Ikki mingdan ortiq kattalar ishtirok etgan Double Tree mehmonxonalar tarmog‘i tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, hayotdagi oddiy kichik narsalar bizni chinakam baxtli qila oladi.

Odamlarning aksariyati optimistlar ekanligini bilib hayratlanishingiz mumkin: kattalarning yarmidan ko‘pi quyidagi narsalarning 56%ida o‘zlarini juda baxtli deb bilishadi.

So‘ralganlarning to‘rtdan biridan ko‘prog‘i, yoqimli mayda narsalar har doim ko‘nglini ko‘tarishini aytdi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kichik syurprizlar bizga ko‘proq quvonch bag’ishlaydi va respondentlarning 82% hayotdagi eng yaxshi narsalar kutilmagan yoqimli hodisalarda deb aytishgan.

Nottingem universiteti psixologiya bo‘yicha katta o‘qituvchisi doktor Glenn Uilyams shunday deydi: «Baxtga olib boradigan yo‘l katta rejalashtirilgan tadbirlar -turmush qurish, sayohat, muhim lavozimga ko‘tarilish yoki ta‘tilga chiqishlardangina iborat emas. Aksincha, ular hayotda kichik va ko‘pincha kutilmagan, bizni har kuni tabassum qilishgan undaydigan quvonchlardadir. Bu narsalar bizning va boshqalarning hayotini yanada baxtli va mazmunli qilishga yordam beradi.»

Quyida kundalik hayotda bizni xursand qiladigan eng oddiy 40 ta kichik narsalarni to‘pladik:

1 — Cho‘milish yoki dush qabul qilish.

2 — Notanish odam sizga qilgan samimiy tabassumini ko‘rish.

3 — Kir yuvish mashinasini tuzatish yoki lampochkani almashtirish kabi kichik g‘alabani qo‘lga kiritish.

4 — Sevimli qo‘shiqchining qo‘shig‘ini yoki sevimli musiqiy albomni tinglash.

5 — Nima kasb bo‘lishidan qatiy nazar ijodiy imkoniyatlardan foydalanish.

6 — Sevgani nsoningizdan iliqlikni his etish.

7 — Hech qayerga borishga hojat bo‘lmaganda divanda o‘rangan holda yomg‘irni tomosha qilish.

8 — Sog‘lom va mazali taomlarni iste’mol qilish.

9 — Sevgilingiz bilan qo‘l ushlashib sayr qilish.

10 — Farzandingiz kechki ovqat tayyorlashda yordam berishini quvonch bilan qabul qilish.

11 — Batareyada isitilgan kiyimni kiyish.

12 — Sevgan kitobni mutolaa qilish uchun vaqt ajratish.

13 — Uyg‘onishdan va kundalik ishlarni boshlashdan oldin kerishib olish.

14 — Yoshlikdagi sevimli o‘yinni o‘ynash.

15 — Miriqib uhlash.

16 — Uqalash mashqlarini qabul qilish.

17 — Yangi retseptni sinab ko‘rish va turli-tuman mazali yeguliklarni tayyorlash.

18 — Uyg‘onib, tashqaridagi quyoshli va go‘zal tongni qarshilash.

19 — Har qanday ishda do‘stlar yoki oila yordamini his etish.

20 — Yomg‘irdan keyin tashqaridagi hidni tuyish.

21 — Baxtli xotiralar haqida gap ketganda baland ovoz bilan kulish.

22 — Cho‘ntakdan uzoq vaqtdan beri unitilgan pulni topib olish.

23 — Birovning muammolariga yordam berishga vaqt ajratish.

24 — Bolalar qanday o‘ynashini kuzatish.

25 — Kunni boshlashdan oldin yaqinlarni bag‘ringizga bosish.

26 — Maysazorda yangi sabza urgan o‘tlar hidi yoki issiqqina pishirilgan non kabi o‘zingiz yoqtirgan ifordan to‘yib nafas olish.

27 — Sevimli ichimlikni sotib olish yoki yengil gazak bilan lazzatlanish.

28 — Quyoshning iliq tafti ostida tashqarida ovqatlanish.

29 — Ko‘chada notanish bolakayga tabassum qilish.

30 — Biroz vaqtni sevimli uy hayvonlari bilan o‘tkazish.

31 — Sevgan va uzoq vaqtdan beri eshitmagan odamingiz bilan uzun suhbat qurish.

32 — Do‘stlardan xatni elektron pochta orqali yoki jonli efirda olish.

33 — Siz befarq bo‘lmagan insondan “Ahvollaring qalay?” degan savolni eshitish.

34 — Toza va ozoda bo‘lgan uyda vaqt o‘tkazish.

35 — Sizni sevadigan kishidan gullar yoki yoqimli sovg‘alar qabul qilish.

36 — Yangi yoki bo‘lmasa toza choyshabda uhlash.

37 — Hamma narsa tezkor ritmda aylanayotgan pallada bir necha daqiqaga to‘xtash.

38 — Quyosh botishini yoki chiqishini tomosha qilish.

39 — Yotoqda nonushta qilish.

40 — Sevimli lekin anchadan beri eshitilmagan qo‘shiqni tinglash.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0