O‘limdan keyingi holat haqida qiziqarli faktlar

06:15, 15 март 2024
104
0

O‘lim holati rasman qayd qilinganidan so‘ng, ya’ni yurak urishdan to‘xtaganidan keyin ham mayitning miyasi ma’lum muddat ishlashda davom etadi. Demak, inson joni uzilganini sezadi.

Shu bilan birga uning tanasi tashqi muhitga ta’sirchanligini yo‘qotganini ham his qiladi. Inson o‘zining huddi jasadga qamalgan mahbusdek his qiladi. Atrofidagi tovushlarni eshitadi, kishilarni ko‘radi, lekin ularga javob qaytara olmaydi, harakat qilolmaydi.

1 — Odam o’lgach, uch kundan keyin tanasi chirish pallasiga kiradi.

2 — Norvegiyaning Longyir deb atalgan shahrida g’alati odat bor. Bu shaharda odamning o’lishi taqiqlanadi. Agar aynan shu shaharda o’lib qolsa, jasadini dafn etishmaydi.

3 — Aytishlaricha, Avraam Linkoln olamdan o’tgach, jasadini 17 marta qayta-qayta dafn etishgan ekan.

4 — Fransiyada shunday qonun bor. Qonunga ko’ra, agar ayol yoki erkak istasa, o’zi tanlagan marhum yo marhuma bilan rasman turmush qurishi mumkin.

5 — Madagaskarda odam dafn etilgach, qarindoshlari jasadni yana qayta qabrdan chiqarib olishadi. Gap shundaki, ularda “Famadixon” deb atalgan marosim bor. Marosim davomida ular marhumning jasadi bilan maxsus raqs ijro etadi.

6 — O’limdan keyin kattalar o’zlarini bola qiyofasida, bolalar esa aksincha kattalar qiyofasida ko’rarkan.

Klinik o‘lim bolalarda qanday kechadi?

7 — Bola klinik o’lim holatiga tushsa, faqat go’zal va jozibali manzaralarga guvoh bo’larkan.

8 — Odam tirikligida yaxshi bo’lsa, birovni ranjitmasa, birovning haqiga xiyonat qilmasa, boshqalarga nisbatan ko’proq yerga tashrif buyurish uchun izn berilarkan.

9 — O’limidan keyin odam organizmida gazlarning o’ta kuchli bosimi yuzaga keladi.

10 — Olimlarning ta’kidlashicha, semiz odam o’lgandan so’ng tanasi sovunga aylanarkan.

11 — O’limdan so’ng yerga faqat johil bo’lmagan, beziyon, mehribon ruhlargina qaytishi mumkin ekan.

12 — Odam o’lgach, uning quloqlari oxirgi o’rinda ishlashni bas qiladi. Demak, marhum ma’lum vaqt atrofdan taralayotgan tovushlarni eshitib turadi.

13 — Odam o’lgandan keyin boshi 20 soniyagacha yashab qoladi.

O‘lim haqida ajabtovur afsona

14 — Janubiy Koreyada bir afsona bor. Afsonada aytilishicha, odam qorong’i xonada ventilyator yoqib uxlasa, albatta o’lib qolarkan.

15 — Osiyoning janubi-sharqiy qismida hanuz shunday mo’miyolangan jasadlar borki, ularning tirnoq va sochlari o’sishda davom etmoqda.

16 — Joniga qasd qilganlar o’zini o’ldirdi-yu, tamom, barcha qayg’u va yomonliklardan qutuldim deb o’ylashadi. Ammo ular boqiy dunyoda bu gunohi uchun abadiy jazo toparkan.

17 — Agar olimlarning izlanish natijalariga e’tibor qaratsak, tiriklay ko’mib tashlangan odam hech kim qutqarib qolmasa, oradan 5,5 soat vaqt o’tgachgina rosmana o’lim toparkan.

18 — Odam o’lgach, miyasida yig’ilgan axborotlar saqlanib qoladi.

19 — 1907 yili doktor Dunkan Makdugalo odamning o’lmasdan va o’limdan keyingi vaznini aniqlash bo’yicha tadqiqot o’tkazgan. Ma’lum bo’lganki, odam olamdan o’tgach, vazn tashlarkan.

20 — Juda ko’p xalqlarda yaqin kishisi o’lim topgandan keyin uning ismini tilga olish taqiqlanadi.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil
Ramazon hayit namozi o’qilish vaqti 2024 yil DIQQAT #RASMAN RAMAZON HAYITI NAMOZINING O’QILISh VAQTLARI BILAN...
09.04.24
5
0
Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish Kartadan kartaga foizsiz pul o’tkazish
Xalq banki «XAZNA» ilovasi Oyiga 5mln so’mgacha 0 % komissiya bilan uzcard dan humo ga va aksincha o’tkazish mumkin....
01.04.24
3
0