Zamonaviy dunyodagi juda g‘alati irim-sirimlar

21:17, 17 март 2024
3
0

Ko‘pchilik tuzni to‘kib yuborish yoki yo‘l bo‘ylab yugurayotgan qora mushukni ko‘rish bu falokat alomati deb chin dildan ishonadi. Dunyodagi har bir davlat va xalqlarning o‘ziga xos va faqat ma’lum odamlar guruhlariga tanish ko‘plab xurofotlar bor. Ularning ba’zilari shunchalik g‘alatiki, siz faqatgina yelka qisib, bunga qanday munosabat bildirishni bilmay ham qolasiz.

Germaniyada qadahni boshqa birov bilan urishtirish mumkin emas

Germaniya — Germaniyada bayramlarda ishtirok etayotib, stakaningizdagi qadahni boshqa birov bilan urishtirish mumkin emas. Hatto biror kishi nutq so‘zlasa ham stakanni stolga qo‘yish kerak. Mabodo qadahni tegizdirib qo‘ysangiz, u niyat bildirilgan odamga o‘lim tilaganingizni anglatadi.

Yaxshisi Germaniyada bayramlarda qo‘lingizga stakanda suv yoki sharbat tutmaslik ma’qulroqdir. Birdaniga esingizdan chiqarib qo‘yib atrofingizdagilarni xafa qilish ehtimoli bor.

Ispan ayollari qo‘lida supurgi bor odamlardan qo‘rqishadi

Ispaniya — Turmushga chiqmagan ispan ayollari qo‘lida supurgi bor odamlardan o‘lguday qo‘rqishadi. Negaki, supurgi tasodifan oyoqlaringizga tegib ketguday bo‘lsa, bu butun umringiz davomida yolg‘iz qolishingizni xavfi ostida qolib ketishingizni anglatadi.

Bundan tashqari, ispanlar oyning muvaffaqiyatsiz kuni deb hisoblanadigan 13 sanasi seshanba kuniga to‘g‘ri kelgan kunida hech bir ish qilmaydi.

Daniyaliklar singan idishlarni tashlamaydi

Daniya, Gollandiya, Shvetsiya — Agar Stokgolmda biror bir qiz to‘sadan oldingizga uchib kelib, sizdan uning yelkasini silab qo‘yishni so‘rasa, qo‘rqmang. U shunchaki tasodifan “A” harfi bo‘lgan kanalizatsiya lyukini bosib qo‘ygan.

Gap shundaki, Shvetsiyada “K” harfi bo‘lgan kanalizatsiya quduqlari bu quduq ostida toza ichimlik suvi borligini, “A” harfi tushirilgan lyuklar ostida esa iflos kanalizatsiya suvlari oqishini bildiradi.

Tegishincha, bo‘lajak sevgi ham yoki toza yoki iflos bo‘lishi mumkin. Yelkasidagi uchta urilgan zarba qizdagi la’natni olib tashlashi mumkin.

Daniyaliklar singan idishlarni tashlamaydi. Yil davomida singan chinni qanchalik ko‘p to‘plansa, keyingi yil shunchalik yaxshi keladi, deb ishoniladi. Yangi yil soati jom urganidan keyingina siniqlar tashlanadi.

Gollandiyada ziyofat paytida qilinadigan eng yomon narsa qo‘shiq kuylashdir. Belgiga ko‘ra, ovqat paytida qo‘shiq aytish baxtsizlik keltiradi, chunki bu shaytonga minnatdorchilik bildirishni anglatar ekan.

Xitoy, Yaponiya va Koreya mamlakatlarida 4 raqamini yoqtirishmaydi

Xitoy, Yaponiya, Koreya — Bu mamlakatlarda 4 raqamini yoqtirishmaydi. Gap shundaki, ulardagi “to‘rt” va “o‘lim” so‘zlarining talaffuzi deyarli bir xil. Shuning uchun binolarda to‘rtinchi qavat, liftlarda 4 raqami yo‘q, kvartiralar yoki uylarni raqamlashda “to‘rt”dan foylanamaslikka harakat qilishadi.

Hatto kasalxonalarda 4 raqami har qanday ko‘rinishda taqiqlangan. Koreyslar ventilyatorlardan qo‘rqishadi. Har bir koreys kechasi yoqib qo‘yilgan ventilyator o‘limga olib kelishiga amin.

Xitoyda esa ugra (ugra oshi)ni tishlab yemaydi yoki likobchada kesishmaydi. Uzun ugra uzoq umr degani, shu sababli hammasini og‘zingizga solib, so‘ng chaynash kerak. Yaponiyada esa momaqaldiroq paytida hamma darhol qorinni yopadi. Aks holda “momaqaldiroq xudosi kindikingizni o‘g‘irlab ketadi”.


Manba: UzBaza.Uz
Ctrl
Enter
Заметили ошЫбку
Выделите текст и нажмите Ctrl+Enter
Комментарии (0)
Топ из этой категории
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways How to download music to iPhone: 6 easy and free ways
How to download music to iPhone: 6 easy and free ways You can transfer audio files from a computer or via the Internet...
11.05.24
1
0
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
O‘qishgakirishuchunminimalo‘tishballari ko‘tariladi Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni...
08.05.24
147
0